Научная статья на тему 'MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI'

MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
761
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mediasavodxonlik / axborot / muloqot / falsafa / madaniyatshunoslik / etnologiya / etnografiya / san’atshunoslik / sotsialogiya / til / savodxonlik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yusupov O.B.

ushbu maqolada media va axborot savodxodligining rivojlanish tarixi hamda hozirgi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI»

Yusupov O.B.

Xorazm viloyati Gurlan tumani 1-son kasb-hunar maktabi Informatika fani o 'qituvchisi

MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI

Annotatsiya: ushbu maqolada media va axborot savodxodligining rivojlanish tarixi hamda hozirgi kundagi ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Mediasavodxonlik, axborot, muloqot, falsafa, madaniyatshunoslik, etnologiya, etnografiya, san'atshunoslik, sotsialogiya, til, savodxonlik.

Yusupov O.B.

Informatics teacher Vocational school No. 1 Gurlan District, Khorezm Region

MEDIA AND INFORMATION LITERACY

Annotation: this article presents information about the history of the development of media and information literacy, as well as its importance in the present day.

Keywords: Mediasavodkhanism, information, communication, philosophy, cultural studies, Ethnology, ethnography, art studies, socialogy, language, literacy.

Mediasavodxonlik va axborot madaniyatining hayotimizga chuqur kirib borishi orqali axborot hajmi ham oshdi hamda bunday global jarayonda ommaviy demokratik muloqotning eng yaxshi kafolati hisoblanadi. Muloqotning bu turi inson huquqlarini amalga oshirishning asosiy omili hisoblanadi.

Shuningdek, dunyodagi barcha voqea va hodisalar u yoki bu tarixiy manbaga o'ziga xos tarzda oydinlik kiritishi va ayni paytda muhim tarixiy ma'lumotlarning ochilishi uchun sabab bo'lishi mumkin. O'tmis h tarixi, ijtimoiy va gumanitar fanlarni o'rganishda falsafa, madaniyatshunoslik, etnologiya, etnografiya, san'atshunoslik, sotsialogiya va boshqa shu kabi fanlar yetakchilik qilmoqda. Lekin, mohiyatiga ko'ra, bu fan tarixining muhim tarkibiy qismidir.

Tarixiy manbalarga murojaat qiladigan bo'lsak, ibtidoiy odam o'z fikrini o'zi o'ylab topgan turli belgilar va tasvirlar yordamida ifodalashga harakat qilganligini bilamiz. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan til, yozuv va muloqot shakli shu tarzda paydo bo'lgan degan argument bor. Agar biz tilning tarixi va evolyutsiyasi haqida fikr yuritmoqchi bo'lsak, uni ilmiy jihatdan o'rganishimiz zarur.

Jahon tarixida ibtidoiy tasviriy san'at, ayniqsa, g'orlar devorlariga turli tasvirlarni yozish paleolit davriga to'g'ri keladi, O'rta Osiyodagi g'or va qoyalarga chizilgan rasmlar esa mezolit davriga mansubdir. O'rta Osiyoning tog'li hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlov berish usuliga ko'ra ikki turga bo'linadi. Ularning ba'zilari bo'yoq (oxra) bilan chizilgan rasmlar (petrogliflar), ikkinchi turi o'yilgan va ishqalangan. Biroq til, nutq, yozuv va uning muhim elementlari inson evolyutsiyasida ahamiyat kasb etish bilan birgalikda millionlab yillar davomida shakllangan va shakllanmoqda. Til jamiyat boyligi bo'lib, u jamiyat a'zolarining o'zaro munosabatlarini amalga oshiradi, insonning moddiy va ma'naviy hayotida sodir bo'layotgan barcha hodisalar haqida bilimlarni to'playdi, ular haqida hisobot berib boradi.

«Axborot» atamasi ko'plab tavsiflarga ega bo'lib, u ma'lumotlar, tadqiqot jarayonida olingan bilimlar, tajriba yoki tahsil olish, shuningdek, signal yoki belgilarni anglatishi mumkin.

Soddaroq qilib aytganda, axborot — bu to'plangan, qayta ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo'lgan ko'rinishda taqdim etiladigan ma'lumotlardir. Axborotni yana bir boshqacha tavsifi — «tushunishga oson shaklda berilgan bilimlar» hisoblanadi.

O'tmishda mazkur tushunchani odamlar tomonidan bir-biriga og'zaki, yozma va boshqa usulda beriladigan ma'lumotlar tushunilgan. Keng ma'noda axborot ta'rifi kibernetika fanida keltirilgandir. Uning asoschisi Norbert Vinerning yozishicha, "axborot — bu biz unga va uning bizning hissiyotlarimizga moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir"

Axborot tushunchasiga juda ko'p olimlar tomonidan turlicha ta'riflar berilgan. Axborot — «bizni o'zgartiradigan» tushuncha (Stafford Beyer, 1979).

Axborot — bu «insonning ongiga yetib boradigan va uning bilimini oshiradigan» tushuncha (Blokdjik and Blokdjik, 1987).

«Axborot — bu uni oladiganlar uchun ma'noga ega shaklga keltirilgan va joriy yoki keyingi harakatlar yoki qarorlar uchun haqiqiy yohud potensial qiymatga ega ma'lumotlar» (Davis and Olsen, 1984).

Media va boshqa axborot manbalari tomonidan taqdim etilayotgan axborotdan to'g'ri foydalanish, insonlarning o'zida axborotga bo'lgan ehtiyojini anglashi, ma'lumotni topish va unga egalik qilish hamda sifatini baholash imkonini beradi.

Aksariyat hollarda iste'molchi u yoki bu maqsadga erishish uchun nimani bilishi zarurligini anglaydi va o'z qidiruvishini ma'lum bir natijaga albatta qaratadi. Masalan, inflyatsiya sharoitida har bir kishini narx-navoning o'sishi qiziqtiradi. Abituriyent oliy ta'lim muassasasiga kirish qoidalariga oid barcha ma'lumotni o'rganib boradi. Tadbirkor va moliyachini birinchi navbatda birjadagi narx kotirovkasi bilan qiziqadi.

Axborot manbasi, odatda, ijtimoiy ahamiyatga molik (ya'ni, keng ommaga qiziq va kerak bo'lgan) axborotga ega bo'lgan shaxs yoki tashuvchidir. Axborot manbalari an'anaviy (rasmiy manbalar, ya'ni hujjatlar, OAV materiallari, hukumat qarorlari, hayotning o'zi va h.k.) va noan'anaviy ("ishonch telefonlari", ijtimoiy sog'lomlashtirish markazlari, ikkilamchi xomashyo, shisha qabul qilish, mashina yuvish va yonilg'i quyish shahobchalari, bozorlar va h.k.) turlarga ajratiladi.

Axborot borasida savodxon insonlar qo'yidagi tayanch ko'nikmalarga ega bo'ladilar: tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qila bilish va undan o'z fikrini bayon etishda foydalanish, mustaqil ta'lim olish qobiliyati, davlat faoliyati va jamiyatda kechayotgan demokratik jarayonlarda ishtirok etish, xabardor fuqaro va o'z kasbining ustasi bo'lishga tayyor bo'lishdir.

"Media" tushunchasi va media savodxonlik «Media» atamasi (lotincha — medium, ya'ni vosita, vositachi, usul) turli ko'rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasiga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy ravishda axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi.

Bugungi kunda media atamasidan OAV yoki massedia tushunchalarining sinonimi sifatida ham foydalaniladi. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta'siri yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy jihatlariga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni kiritmoqda. Shu bilan birgalikda boshqa manbalarda ham media atamasiga shu tarzdagi tavsiflar berilganini ko'ramiz. «Media — ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo'ljallangan ko'ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo'naltirilgan ko'p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir».

Ayrim hollarda mutaxassislar media atamasi o'zagida aynan ushbu tavsifni ko'radi. Medialar elektron bo'lmagan bosma medialar hamda elektron medialarga ajratiladi.

Mediasavodxonlik - insonning jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas'uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo'lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.

Xulosa qilib aytganda, media va axborot savodxonligi bizga huquqiy demokratik jamiyatimizning to'laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushinishga, OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko'nikmalarini shakllantirishga, axborot orqali inson ongini boshqarishga yo'l qo'ymaslik va har qanday vaziyatda to'g'ri qarorlar qabul qilishga zarurdir.

Adabiyotlar:

1. Y.Mamatova, S.Sulaymanova. O'zbekiston mediata'lim taraqqiyot yo'lida. O'quv qo'llanma. Extremum-press, 2015-94.b

2. Yahyo, Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya.Yordamchi o'quv qo'llanma. Movarounnaxr, 2016.-672 b

3. А.В. Федоров. Медиаобразования и медиаграмотность. Учебное пособие. М. 2018 г.

4. Медиа ва ахборот саводхонлигини шакллантиришнинг педагогик жихатлари. Укув-амалий кулланма. - Extremum-press, 2017-142.6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.