Научная статья на тему 'MEDIA SAVODXONLIK TUSHUNCHASI VA UNING ILMIY NAZARIY TAHLILI'

MEDIA SAVODXONLIK TUSHUNCHASI VA UNING ILMIY NAZARIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
27439
1548
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
media / OAV / media matn / media ta’lim / media o‘rganish / media savodxonlik / media makon. / media / media / media text / media education / media learning / media literacy / media space.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A. Xolliyev

Ushbu maqolada media savodxonlik tushunchasi yoritilgan bo‘lib, taniqli olimlarning ushbu tushunchaga bergan ta’riflari qiyosiy tahlil etilgan. Qolaversa, media savodxonlikning jamiyatdagi zaruriyati va ahamiyati haqida ilmiy nazariy qarashlar berilgan. Tahlillarimiz davomida media ta’lim, media o‘rganish va media savodxonlik atamalariga keng to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONCEPT OF MEDIA LITERACY AND ITS SCIENTIFIC THEORETICAL ANALYSIS

In this article, the concept of media literacy is highlighted, and the definitions given to this concept by well-known scientists are comparatively analyzed. In addition, scientific theoretical views on the necessity and importance of media literacy in society are given. In the course of our analysis, the terms media education, media learning, and media literacy were widely discussed.

Текст научной работы на тему «MEDIA SAVODXONLIK TUSHUNCHASI VA UNING ILMIY NAZARIY TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MEDIA SAVODXONLIK TUSHUNCHASI VA UNING ILMIY NAZARIY TAHLILI

Xolliyev Abdulhamid Urmanovich

Jamoat xavfsizligi universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7268271

Annotatsiya. Ushbu maqolada media savodxonlik tushunchasi yoritilgan bo'lib, taniqli olimlarning ushbu tushunchaga bergan ta'riflari qiyosiy tahlil etilgan. Qolaversa, media savodxonlikning jamiyatdagi zaruriyati va ahamiyati haqida ilmiy nazariy qarashlar berilgan. Tahlillarimiz davomida media ta 'lim, media o'rganish va media savodxonlik atamalariga keng to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: media, OAV, media matn, media ta'lim, media o'rganish, media savodxonlik, media makon.

ПОНЯТИЕ МЕДИОГРАМОТНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ

Аннотация. В данной статье выделено понятие медиаграмотности, а также проведен сравнительный анализ определений, данных этому понятию известными учеными. Кроме того, приведены научно-теоретические взгляды на необходимость и значение медиаграмотности в обществе. В ходе нашего анализа широко обсуждались термины медиаобразование, медиаобучение и медиаграмотность.

Ключевые слова: медиа, СМИ, медиатекст, медиаобразование, медиаобучение, медиаграмотность, медиапространство.

CONCEPT OF MEDIA LITERACY AND ITS SCIENTIFIC THEORETICAL

ANALYSIS

Abstract. In this article, the concept of media literacy is highlighted, and the definitions given to this concept by well-known scientists are comparatively analyzed. In addition, scientific theoretical views on the necessity and importance of media literacy in society are given. In the course of our analysis, the terms media education, media learning, and media literacy were widely discussed.

Keywords: media, media, media text, media education, media learning, media literacy, media space.

INTRODUCTION

Media savodxonlik - odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan ko'nikmalar to'plami hisoblanadi.

Media savodxonlik iste'molchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan ko'rsatish kabi holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi.

Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik - bu tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qo'llay olish qobiliyatidir.1

MATERIALS AND METHODS

Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta ta'sirga ega kuchdir. Musiqa, televizor, video o'yinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday ko'rishimizga kuchli ta'sir ko'rsatadi, bu ta'sir ko'pincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy

1 Cynthia Vinney. „Very well mind". What Is Media Literacy? (2022-yil 12-yanvar).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

axborot vositalarini iste'molchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik ko'nikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak bo'ladi. Bu ko'nikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini o'zi ishlab chiqarish kiradi. Media savodxonligi ko'nikmalarini o'rganishning ushbu jarayoni media ta'lim deb ataladi.

UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media ta'limni targ'ib qilish madaniy-ma'rifiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishi sifatida e'tirof etildi hamda aynan shu yo'l bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi. UNESCO odamlarning tanqidiy fikrlash va to'g'ri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, o'qituvchilar, ommaviy axborot vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi, a'zo davlatlarga milliy ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini shakllantirishda yordam beradi.

Media savodxonlikni o'rganadigan eng qadimgi tashkilot bu National Telemedia Council (Milliy Telemedia Kengashi) Viskonsin shtatining Madison shahrida joylashgan va Marieli Rou 50 yildan ortiq rahbarlik qilgan. Tashkilot dastlab „Telemedium" deb nomlanuvchi media savodxonlik jurnalini nashr ettirgan. Bugungi kunda Media savodxonlik bo'yicha butun dunyo mamlakatlarida keng targ'ibot va tashqivot olib borilmoqda.

O'z qadriyat va ananalariga ega bo'lgan Osiyo mamlakatlarida media savodxonlik va uning ta'limga kirib kelishi jarayoni G'arb mamlakatlarinikidan biroz farq qiladi. O'tgan asrning 90-yillaridan boshlab Sharqiy Osiyoda media savodxonlik tomon siljish kuzatildi. So'nggi yillarda Osiyoda media savodxonlik darajasi o'sib bormoqda va Osiyo-tinch okeani mintaqasida media savodxonlik bo'yicha bir nechta dasturlar ham amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekistonda 2021-2022-o'quv yilidan boshlab 10-11-sinf o'quvchilarining „Tarbiya" darsligiga „Media savodxonlik" bo'limi kiritildi. Respublikaning O'zJOKU, TDShU, O'zMU, O'zDJTU, QDU, SamDChTI kabi oliygohlarining jurnalistika fakultet va yo'nalishlarida media savodxonlik darslari o'tila boshlandi.

RESULTS

So'nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma'lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko'payishi media savodxonlikka ega bo'lish zaruratini yanada oshirdi. An'anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo'lgan. Bugun media savodxonlik -axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Media savodxon inson o'ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? degan savolni bera olishi va to'g'ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondoshishi lozim. Mazkur savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko'rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko'rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir. Bugungi axboriy muhitni tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xo'sh, mediasavodxonlik nima uchun kerak? Avvalo:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• Huquqiy demokratik jamiyatimizning to'laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushunish;

• OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko'nikmalarini shakllantirish;

• Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo'l qo'ymaslik va har qanday vaziyatda to'g'ri qaror qabul qilish;

• Insonning vizual obrazlar ta'siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o'zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko'rinmas ma'lumotlarni "o'qiy olish";

• OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;

• Axborot qaerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilyapti, kimning manfaatlarini o'zida aks etayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir.

Media savodxonlik tushunchasi borasida turli xil fikrlar mavjud bo'lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd etilishicha, «Media savodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas'uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo'lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.

Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko'ra esa, media savodxonlik harakat bo'lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga undashdan iborat.

Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa media savodxonlikni turli xil shakllarda ma'lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi. M.Guetterz esa multimedia savodxonligi o'z ichiga multimedia hujjatlarini shakllantirishga qaratilgan tillarni bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan foydalana olish, yangi multimedia texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, mediamatnlarni tanqidiy qabul qilishni oladi, deydi.

Fikrimizcha, media savodxonlik yuqorida bildirilgan fikrlar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan barcha axborotga tanqidiy qarash, ularga xolis yondoshish va har bir uzatilayotgan axborotni saralashda ongli ravishda yondashish hamdir. Media savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirish bo'lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste'mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir.

Taniqli hind fotojurnalisti Pabak Sarkarning fikriga ko'ra, mediasavodxonlik sari tashlangan ilk qadam, bu to'g'ri savol bera olishdir. Bugungi kunda Internet orqali amalga oshirilayotgan axboriy xurujlar dunyodagi har bir mamlakat milliy xavfsizligi strategiyasining bir qismiga aylandi va u kiberxavfsizlik nomini oldi. Zero, virtual va haqiqiy dunyoning qo'shilishi, aynan virtual dunyo orqali yoshlar tomonidan haqiqiy dunyoni noto'g'ri tushunilishi, turli xil salbiy kuchlar va oqimlar tomonidan bir qarashda ijobiy ko'ringan, ammo mohiyatan inson ongiga salbiy ta'sir qiluvchi axborotning tarqatilishi ko'payib borayotganligi hech kimga sir emas. Aynan jamiyat hayotiga ta'sir etuvchi mazkur salbiy jihatlarning oldini olishda aholini mediasavodli qilish zarur, degan fikrlar ko'paymoqda.

Hozirda medianing tahlil etilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya'ni mediasavodxonlik, mediata'lim, mediani o'rganish va boshqalar bir- biri bilan bog'liq bo'lsa-da,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

olimlar ularni mohiyatan bir-biridan farqlashga urinmoqdalar. Fikrimizcha, mediasavodxonlik mediata'limning uzviy bog'liq qismidir. Shu bilan birgalikda uning ko'rinishlari ko'paymoqda. Bugungi kunda media axborotni qabul qilish, saralash, tahlil etish, baholashda media savodxonlik tushunchasi bilan birgalikda mediata'lim, mediani o'rganish, mediamadaniyat tushunchalari ham qo'llanilayotir. Ular bir-biridan farq qiladimi?

Media ta'lim (media education):

- media o'quv dasturida integrallashgan, fanlararo asosida o'rganilishini;

- «mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishini;

- amaliy ish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni;

- uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o'rganishni;

- media agentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o'rganishni;

- talabaning OAV bilan ishlashini;

- tadqiqot faoliyatini;

- medianing til va san'at orqali auditoriyaga ta'sirini o'rganadi.

Mediani o'rganish (media studies) o'z navbatida:

- mediani nazariy jihatdan o'rganishni;

- mediani qiyosiy jihatdan tahlil etishni;

- uning kontseptual tarkibini;

- mediamatnni tahlil etish va uning yaratilish metodikasini;

- ommaviy kommunikatsiya, kinosan'ati va madaniyatshunoslik fanlarining o'zaro bog'liqligini;

- jahon OAVning bir-biriga o'zaro ta'sirini o'rganadi.

MUHOKAMA

Media savodxonlik (media literacy) mediani o'rganish bo'lib, media ta'limning quyidagi natijalariga asoslanadi va o'z oldiga:

- medianing shaxs va jamiyatga ta'sirini tushunish;

- ommaviy kommunikatsiya jarayonini anglash;

- mediamatnlarni tushunish va tahlil eta olish;

- media kontekstini tushunish;

- mediamatnlarni yaratish va ularni tahlil etish;

- mediamatnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo'yadi.

Bugungi kunda media, ya'ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, san'atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma'lumot inson ongiga o'zining ma'lum bir ta'sirini o'tkazib, uning dunyoqarashini o'zgartirishga sabab bo'lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo'llanilishi va bugungi kunda mediata'lim, mediasavodxonlik, mediatanqid va mediani o'rganishga bo'lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.

XULOSA

Ayni paytda media ta'lim asoslarini har bir ta'lim muassasasiga o'quv dasturiga kiritish, bolalarga maktabgacha ta'lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o'yinlar shaklida tushuntirish, o'sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa o'z

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda

yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to'g'ri qaror qabul qila olishiga asos bo'ladi.

REFERENCES

1. Cynthia Vinney. „Very well mind". What Is Media Literacy? 2022

2. Кастельс М. Информационная эпоха: экономика, общество и культура. М.: ГУ ВШЭ, 2000.

3. Кириллова Н. Медиакультура: от модерна к постмодерну. М., 2005.

4. Понимание медиа. М.; Жуковский, 2003.

5. Sadikovich, H. M. THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE MILITARY SPECIALISTS IN THE UNIVERSITY.

6. Sadikovich, K. M. (2021). Development of professional competence in future teachers in the study of special disciplines. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 5(01), 2021.

7. Sodiqovich, H. M. (2021, August). PROFESSIONAL COMPETENCE OF STUDENTS OF MILITARY EDUCATION. In Archive of Conferences (pp. 22-30).

8. Хасанов, М. (2021). Chaqiriqqacha harbiy ta'lim yo'nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish. Общество и инновации, 2(9/S), 338-341.

9. Sadiqovich, X. M. (2022, June). TALABALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH PRINSIPLARI USULLARI. In Conference Zone (pp. 123-125).

10. Салаева, М. (2009). Периодизация истории узбекской педагогики как педагогическая исследовательская задача. Современные гуманитарные исследования, (6), 164-165.

11. Salaev, M. S., & Khaydarov, M. E. (2020). Improvement of theoretical and methodological bases of periodization of the history of uzbek pedagogy. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(9), 479-488.

12. Рашидов, А. У. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ СТИЛЕЙ УПРАВЛЕНЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ КАК ЭЛЕМЕНТ ПОДГОТОВКИ БУДУЩЕГО СПЕЦИАЛИСТА К УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В СФЕРЕ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА. Fan-Sportga, (4), 81-83.

13. Рашидов, А. У. (2021). МОДЕЛЬ СОВРЕМЕННОГО РУКОВОДИТЕЛЯ В СФЕРЕ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА. Fan-Sportga, (2), 84-87.

14. Sultonmakhmudovna, M. M. (2020, June). THE CONSTRUCTION OF THE IRRIGATION SYSTEMS IN THE PERIOD OF AMIR TEMUR AND THE TEMURIDS'REIGNS. In Archive of Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 40-43).

15. Sattorovich, K. A. (2022). METHODS OF TEACHING GENERAL SCIENCES USING INTERACTIVE METHODS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(4), 284-288.

16. Sattorovich, K. A. (2021). Article On the Methodology of Teaching General Subjects Using Interactive Methods. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 3, 22-25.

17. Sattorovich, K. A. (2021). IMPROVING THE TEACHING METHODS OF GENERAL SUBJECTS USING INTERACTIVE METHODS.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.