KIBERMAKON SHAROITIDA JAMYATNI AXBOROT XURUJLARDAN HIMOYA QILISHNING SAMARALI VOSITASI SIFATIDA MEDIAXAVFSILIKNI ZARURIYATI
Saloxiddin Sobitdjonovich Babadjanov s_boboj onov@mail .ru Dilshodjon Muxamadjonovich Metinov O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada kibermakonning globallashuvi sharoitida o'quvchi yoshlarga qo'yiladigan yangicha talablar, ularning mediaxavfsizlik sifatini oshirish orqali axborot xurujlardan himoya qilish vositalarining mazmun va mohiyatlari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: mediaxavfsizlik, mediasavodxonlik, mediata'lim, kibermuhit, destruktiv, axborot muhiti, virtual makon, OAV, internet.
THE NEED FOR MEDIA SECURITY AS AN EFFECTIVE MEASURE TO PROTECT SOCIETY FROM INFORMATION ATTACKS IN
CYBERMAKON
Saloxiddin Sobitdjonovich Babadjanov s_boboj onov@mail .ru Dilshodjon Muxamadjonovich Metinov Academy of Armed Forces of the Republic of Uzbekistan
Abstract: In this article reveals new requirements imposed to students of high education and essence of means of protection from destructive informations through increasing of quality their media education in the conditions of global information space.
Keywords: media security, media literacy, media education, cyber environment, destructive, information environment, virtual space, media, Internet.
Mustaqillik davrida mamlakatimizda har tomonlama yetuk va barkamol shaxslarni tayyorlash borasida ulkan ishlar amalga oshirib kelinmoqda, ta'lim tizimi davlat va jamiyat rivojlanishining ustuvor yo'nalishiga aylandi.
Hammamizga ma'lumki, uchinchi ming yillikning ijtimoiy-madaniy mohiyati jahon iqtisodiyatining globallashuvi, jamiyatni axborotlashtirish, ilmu-fan, texnika, turli xil ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining jadal rivojlanishi hamda ma'naviy qadriyatlarning o'zgarishi bilan bevosita bog'liqdir.
I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining hayotimizga beqiyos ta'sirini har jabhada kuzatish mumkin, bejizga XXI asr global axborot asri deb atalmagan.
Jahonda jamiyatni axborot o'qituvchilarining mediaxavfsizligini rivojlantirish hamda bu jarayonda tanqidiy fikr yurita olish, axborotni tahlil qila bilish va undan oqilona foydalanish, mustaqil ta'lim olish indikatorlarini takomillashtirish orqali sifatli ma'lumot olish muhitini yaratish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini jamyat hayotiga tatbiq etish mexanizmlarini takomillashtirish, uquvchi yoshlarda mediaxavfsizlikni rivojlantirish, raqamli ta'lim jarayonlarini tashkil etish, mediakompetentlik modellarini ishlab chiqish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlariga e'tibor qaratilmoqda.
Shubhasiz, axborot texnologiyalari insonlar xayotiga shu darajada chuqur kirib bormoqdaki, ularni umummadaniy kontekstdan chiqarib tashlab bo'lmaydi. Shuning bilan birga e'tirof etish lozimki, mediaaxborotni uning iste'molchilariga bo'lgan nafaqat ijobiy, balki salbiy ta'siri ham oshib bormoqda.
Hozirda axborot oqimi asosan media kanallari orqali amalga oshirilmoqda.
Media so'zi - lotincha media, medium-vosita, o'rtada turuvchi, muhit ma'nosini anglatadi va an'anaviy (bosma, radio, ovozli, kinematograf,televideniye) hamda zamonaviy (video, mobiltelefonlar, CD, DVD, kompyuter, Internet) ommaviy axborot vositalarini o'z ichiga oladi. Axborotlashgan jamiyat davrida har bir inson o'zining ongli xayotining ilk davrlaridan boshlab kerakli axborotlarni mustaqil ravishda izlash, media kanallari orqali ko'rgan, o'qigan va eshitganlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo'lishni o'rganishi kerak, mediamatnlarni tanqidiy tahlil qilish va baholay olish ko'nikmalariga ega bo'lishi lozim.
Ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilayotgan axborotlarga nisbatan "tanqidiy munosabatda bo'lish" deganda biror narsani tanqid qilishni emas, balki bizga taqdim etilayotgan axborotni tanqidiy tahlil qilishni, ushbu axborotni haqqoniyligini aniqlashni, unda yashirin ma'noda berilayotgan manipulyativ (dezinformatsiya) elementlarni topishni tushunishimiz kerak.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuchli ta'siri sharoitida oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata olish uchun Yetarli xayotiy tajribaga ega bo'lmagan yoshlarimiz negativ va yod axborotlar ta'siriga tez tushuvchi qatlam hisoblanadi.
Fikrimizning isboti sifatida eng keng tarqalgan ijtimoyi tarmoqlardan biri -YouTube platformasi orqali berilayotgan videolarga e'tibor bersak, kuzatuvchilarning eng sevimli janrlaridan biri - bu g'arb seriallardir. Albatta, ular ichida tarbiyaviy jihatdan ma'lum bir qimmatga egalari ham bor, lekin bizning milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga mos kelmaydigan, ko'p hollarda bizning o'zligimiz, mentalitetimizga tamomila teskari bo'lganlari ham mavjudligini hayot ko'rsatmoqda.
Sun'iy yo'ldosh va kabel televideniyelari orqali namoyish etilayotgan g'arb seriallari go'yoki oddiy xayotiy vaziyatlar asosiga qurilgan syujet orqali teletomoshabinlarga zo'ravonlik, behayolik g'oyalarini huddi bir oddiy holat, norma va "g'arbning ommaviy madaniyati" sifatida singdirilib kelinmoqda.
Aslida g'arb davlatlari aholisining aksariyati ham bunday ahloqiy normalarni qo'llab quvvatlamaydi.
Hammamizga ma'lumki, oav kunlik axborotga ega bo'lishimizda asosiy manbalardan hisoblanadi. Hozirgi kunda ko'plab kanallarda qo'shiqlarning videokliplarini namoyish qilinadi. Albatta, buning xech bir negativ jihatlari yo'qdek -yoshlar musiqa tinglab va kliplarni tomosha qilib hordiq chiqarishadi. Afsuski, mazkur kanallarda beriladigan kliplar, undagi yoshlarning kiyinish odobi, qo'shiqlarning ma'nosizligi, ko'rsatuvni olib boruvchilarning o'zini tutishi va ular tomonidan foydalanadigan so'zlar milliy qadriyatlarimizga zid kelishini kuzatishimiz mumkin.
Oxirgi yillarda bir narsani kuzatish mumkinki, g'arb kino ustalari o'zlarining filmlarida zo'ravonlik, beshavqatlik, behayolik g'oyalarini ko'proq targ'ibot qilishga va ana shu yo'l bilan tomoshabinlarni ekranga jalb qilishga harakat qilishmoqda.. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra yuqori saviyali, chuqur syujetli, ijodiy jihatdan ko'p kuch sarflanadigan filmlarni, ya'ni haqiqiy san'at darajasidagi, badiiy jihatdan yuqori saviyadagi filmlarni ishlab chiqish kino san'atidagilar uchun uzoq vaqtni, yuqori san'atga ega bo'lgan aktyorlarni jalb etishni talab qiladi. Albatta bunday yo'l yuqori daromad topish uchun harakat qilayotgan kinochilar uchun iqtisodiy jihatdan daromadli emas. Uning o'rniga janglar, urush, otishuvlar va zo'ravonlik sahnalaridan iborat filmlar orqali badiiy va ijtimoiy rivojlanmagan auditoriyaning e'tiborini qaratish orqali o'z maqsadlariga erishib kelishmoqda. Bunday filmlar yoshlarimizda shavqatsizlikni, zo'ravonlikni, yovuzlikni tarbiyalaydi. Dunyoning ko'plab davlatlarida yoshlar o'rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning asosiy sabablaridan biri - ekranlardagi zo'ravonlik sahnalarining ko'payishi hisoblanadi.
Bunday sharoitda mediaxavfsizlikni joriy etilishi alohida dolzarbligi bilan yaqqol namoyon bo'lmoqda. Mediaxavfsizlik xalqimizning urf-odatlariga, milliy qadriyatlarimizga tayangan holda, umuminsoniy qadr-qimmatlarga asoslangan holda tashkil etilishi kerak.
Mediaxavfsizlik jamyatimizni zamonaviy OAV bilan xavfsiz va samarali muloqot qilishga tayyorlaydi, ularda media ogohlikni, media savodxonlikni, media madaniyatni va media kompetentlikni shakllantiradi.
Hammamiz bilamizki, Internet bugungi kunda ulkan axborot manbaiga aylanib bilimlarni egallashning eng samarali vositalaridan biriga aylangan. Internet tarmog'i orqali o'quvchi yoshlar o'zlarining bilimlarini oshirishi, tengdoshlari bilan muloqotga kirishi mumkin. Albatta, shak-shubhasiz Internet kunlik xayotimizda muhim o'rin
I icclT^^^^H 692 http://oac.dsmi-qf.uz
egallaydi. Lekin, Internetning ham yoshlar tarbiyasiga negativ ta'sirini inkor qilib hamda bunga ko'z yumib ham bo'lmaydi.
Internetning yoshlar tarbiyasiga negativ ta'siri sifatida quyidagi misollarni keltirib o'tish Yetarli bo'ladi: pornografiyaga oid, pirotexnika, suitsid, narkotik moddalarni sun'iy yo'llar bilan tayyorlash va uning inson organizmiga ta'siriga oid saytlar va ushbu saytlarda mazkur masalalarni muhokama qilinishi hamda bu narsalarga qiziqishi orqali ularning hayoti va sog'lig'iga putur Yetishi mumkin.
Yoshlar virtual muloqotda har kim bilan anonim xolatda muloqot yuritishi mumkin, va kim aslida kimligini aniqlab bo'lmaydi. Bunday holatlarda o'smirlar turli radikal oqimlar va diniy sektalar ta'siriga tushib qolishi mumkin.
Inkor etimaydigan haqiqat shuki Internetomaniya kasalligiga duch kelgan o'smir yoshlar o'zining ko'p vaqtini behudaga sarflash bilan o'tkazmoqdalar, uning oqibatida ham psixologik ham jismoniy zarar Yetmoqda. Ko'p holatlarda virtual dunyo yoshlarning ijtimoiy faolligini o'rnini qoplab, real dunyodan ajratib qo'ymoqda.
Globallashuv asrida, butun dunyo ta'lim mutaxassislari aholi o'rtasida mediasavodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirishga bo'lgan extiyoj tobora oshayotganini e'tirof etishmoqda. Shu sababli, hozirgi kunda ko'plab davlatlar yoshlarda mediasavodxonlik ko'nikmalarini shakllantirish ularning rivojoanishida muhim omil ekanligini tan olgan holda, o'zlarining mediaxavfsizlik yo'nalishi bo'yicha milliy standart va dasturlarini yaratishni boshlaganlar.
Bizda ham dunyoda turli g'oyalar raqobatlashayotgan murakkab davrda, qarama-qarshi mediamuhit sharoitida yoshlarni kelajak xayotga tayyorlashda yangi yondashuv va vositalarga extiyoj tug'ilmoqda.
Bugungi yoshlarda mediaaxborotlarni to'liq va to'g'ri tushunishlari uchun axborotlarni tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirish kerak. Jamiyatning har bir a'zosi uchun o'z o'rnini mustahkam egallashida an'anaviy savodxonlik (o'qish, yozish, hisoblash) Yetarli bo'lmaydi. Shu nuqtai nazardan, mediaxavfsizlikni ta'lim tizimiga joriy etish va uni rivojlantirish zamonaviy ta'limning ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanishi kerak.
Ta'kidlash lozimki, hattoki iqtisodiy jihatdan kuchli bo'lmagan davlatlarda ham mediata'lim orqali mediaxavfsizlikni rivojlantirish bo'yicha alohida fan sifatida hamda mediata'lim elementlarini boshqa fanlar mazmuniga singdirish (integratsiya) orqali muayyan ishlar olib borilmoqda.
Mediaxavfsizlikni bizning mamlakatimizda joriy etilishini tahlil qilar ekanmiz, ushbu yo'nalishda faqatgina bir nechta mutaxassislarning ushbu muammoga bag'ishlangan maqolalari OAV orqali chop etilganini ta'kidlashimiz mumkin, xolos. Axborot xavfsizlik ba'zi elementlari umumiy o'rta ta'lim tizimidagi o'quv fanlarga
integratsiya qilish orqali o'qitilib kelinyapti, lekin mediaxavfsizlik yo'nalishi sistematik tarzda alohida fan sifatida o'qitilish o'quv dasturida ko'zda tutilmagan.
Mediaxavfsizlikni rivojlantirish va joriy etish, uning tarixi, mazmunini shakllantirish va uning kelajakdagi rivojiga bag'ishlangan ilmiy-pedagogik monografik tadqiqotlar ham olib borilmayapti.
Mediaxavfsizlikni nima? - Axborotlashgan jamiyatda media va xavfsizlik atamalarini qo'llash natijasida «mediaxavfsizlik» tushunchasi paydo bo'ldi. Mediaxavfsizlik tushunchasi - bu bolalar va yoshlarning sog'lig'iga, jismoniy, ma'naviy va axloqiy rivojlanishiga zarar Yetkazadigan, shu jumladan davlatning fuqarolar uchun axborot xavfsizligini ta'minlashi, jismoniy, aqliy va ma'naviy rivojlanishi, shuningdek, barcha audiovizual va elektron ommaviy axborot vositalarida inson qadr-qimmatining himoya qilinishi hisoblanadi1.
Mediaxavfsizlik orqali shakllangan mediakompetentlik va mediamadaniyat ko'nikmalari OAV orqali uzatilayotgan axborotlarni tushunish, ularni shaxsga va jamiyatga ta'sirini o'rganish jarayonini nazarda tutadi.
Mediaxavfsizlik ko'nikmalariga ega bo'lgan inson mediamatnlarni qabul qilish, tahlil qilish, baholash va yaratish qobiliyatlarga ega bo'ladi, ulardagi ijtimoiy-madaniy va siyosiy kontekstlarni tushuna oladi.
Mediaxavfsizlik quyidagi ko'nikmalardan iborat bo'ladi: mediamatnlar mazmunini va ularning ta'sirini tushunish, ularni filtrlash; mediamatnlarda keltirilgan emotsional va asoslangan axborotlarni ajrata olish; mediamatnlar haqida tanqidiy mulohaza yurita olish; media janrlarini farqlash.
Shunday qilib, mediaxavfsizlik har bir shaxsda mediamahsulotlar va axborotlar bilan ishlashda ijodiy yondoshuvni, muloqot qilish ko'nikmasini, tanqidiy fikrlashni, axborotlar orqali uzatilayotgan asosiy maqsadlarni va yashirin g'oyalarni aniqlash, mediamaxsulotlarni tanqidiy tahlil qilish va baholash, axborotlarni filtrlash kabi ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni nazarda tutadi.
Jamiyatimiz rivojlanishining bugungi kundagi realligi shundan iboratki, bunda yangi iqtisodiyot, yangi dunyoqarash, yangi ijtimoiy munosabatlar paydo bo'lyapti. Bunday jamiyatda ishlab chiqarish samaradorligi va iqtisodiy o'sish jismoniy mehnat yoki Yer osti tabiiy boyliklarga emas, balki bilim va aqliy mehnatga bog'liqdir. Bunday iqtisodiyot - bilimlarga asoslangan iqtisodiyot deyiladi (knowledge economy).
Jahon iqtisodiyotining globallashuv sharoitida nazoratsiz axborot shunday kuchga aylanadiki, uning yordamida insonlar ongi va reallikka ta'siri har qanday quroldan kuchli ta'sir qiladi.
1 Бабаджанов С.С. Ахборот ва мультимедиа технологиялари атамаларининг изохди лугати. Методик кулланма. :Т-2019й.
Axborotlashgan jamiyat sharoitida hozirgi yoshlarni kelajak xayotga tayyorlashda OAV turlari, ular orqali axborotlarni yaratish va uzatish usullarini o'rgatish orqaligina erishishimiz mumkin. Bugungi yoshlar televideniye, gazeta, jurnal, kino, radio va Internet bilan kunlik xayotida duch keladilar va ularning xayotida OAV muhim o'rin egallab kelmoqda. Va bunday jarayonga pedagogik aralashuvsiz, aniq va maqsadli rejalarsiz o'sib kelayotgan avlodni kelajak xayotga tayyorlash mumkin emas.
Bugungi kunda Internetni yopish va ta'qiqlashning, ekranlarda uzatilayotgan turli syujetlardan chegaralashning, ya'ni barcha turdagi axborotlar ta'siridan izolyatsiyalanish imkoni yo'q.
Aynan shu sababli ko'plab xorijiy davlarda mediata'lim yoshlarni to'laqonli jamiyat a'zosi sifatida tarbiyalashda muhim vositaga aylangan. Mediaxavfsizlik yoshlarimizda bugungi hayotimizada o'ta muhim bo'lgan "media immunitetni" shakllanishiga va o'zning shaxsiy xayotiy pozitsiyasining shakllanishiga yordam beradi.
Mediaxavfsizlik alohida fan sifatida hamda uning elementlarini boshqa fanlarga singdirib umumiy o'rta ta'lim o'quv rejasiga kiritish orqali farzandlarimizni kelajakda muvaffaqiyatli bo'lishlariga, xayotda munosib o'rin egallashlariga va ularni turli destruktiv (buzg'unchi) axborotlardan himoya qilish mumkin.
Dunyo tajribasini o'rganish natijasida mamlakatimizda mediaxavfsizlikni samarali joriy etish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
1. Mediaxavfsizlikni barcha ta'lim bosqichlariga joriy etishning Kontseptsiyasini yaratish;
2. Mediaxavfsizlik fani bo'yicha barcha ta'lim bosqichlari uchun o'quv dasturlar, ular asosida o'quv va metodik qo'llanmalar, mediakompetentlik hamda mediaxavfsizlik darajasini aniqlovchi mexanizmlarni yaratish;
3. O'qituvchilarni mediaxavfsizlik, mediata'lim, mediakompetentlik, mediamadaniyat, mediasavodxonlik bo'yicha bilimlarini oshirish va ularning mazkur ta'lim yo'nalishi bo'yicha qayta tayyorlash va malakalarini oshirish tizimini shakllantirish;
4. Mediaxavfsizlik yo'nalishi bo'yicha ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirish;
5. OAV orqali mediaxavfsizlik, mediasavodxonlik va mediamadaniyatni targ'ibot qilish, teleko'rsatuvlar tashkil qilish, mediani muammolariga bag'ishlangan jurnal tashkil etish;
6. Mediata'limni rivojlantirish bo'yicha xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-4024-son qarori.
2. Morozova, A.A. Media-bezopasnost v epoxu informatsii // Informatsionnoye pole sovremennoy Rossii: praktiki i effekt: material IX Mejdunar. nauch.-prakt. konf. (Kazan, 18-20 oktyabrya 2012 g.): v 2 t. T. 1. Kazan, 2012. S. 280-287.
3. Fedorov A.V. Razvitiye mediakompetentnosti i kriticheskogo mshleniya studentov pedagogicheskogo vuza. - M.: Izd-vo MOO VPP YUNESKO «Informatsiya dlya vsex», 2007.
4. Fedorov A.V. Terminologiya mediaobrazovaniya// Iskusstvo i obrazovaniye. -2000. - № 2. - S. 33-38
5. Babadjanov S.S. Axborot va media texnologiyalari atamalarining izohli lug'ati. Metodik qo'llanma.:T-2022y.
6. Babadjanov S.S. Axborotlashgan jamiyatda bo'lajak harbiy xizmatchilarning mediamadaniyatni rivojlantirishga ta'sir etuvchi omillar.\\ O'R QK Akademiyasini xarbiy ta'lim va fanda innovattsiyalar ilmiy-axborot jurnali. 41-45 betlar.