Научная статья на тему 'MEDIATA’LIM – YOSHLARNI SALBIY AXBOROTLARDAN HIMOYA QILISHNING MUHIM OMILI'

MEDIATA’LIM – YOSHLARNI SALBIY AXBOROTLARDAN HIMOYA QILISHNING MUHIM OMILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1163
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot / media / mediata’lim / axborot xavfsizligi / mediasavodxonlik / mediamadaniyat. / information / media / mediaeducation / information security / medialiteracy / mediaculture.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Karshiyev, Baxtiyar Egamkulovich

Ushbu maqolada mediata’limning yoshlar ta’limiy-tarbiyaviy jarayonidagi ahamiyati, mediata’limning o‘ziga hos xususiyatlari va uni tashkil etish jarayonida qo‘llaniladigan usullar va samaradorligi haaqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDIA EDUCATION IS AN IMPORTANT FACTOR IN PROTECTING YOUNG PEOPLE FROM NEGATIVE INFORMATION

This article discusses the role of media education in the educational process of young people, the specifics of media education and the methods and effectiveness of its organization.

Текст научной работы на тему «MEDIATA’LIM – YOSHLARNI SALBIY AXBOROTLARDAN HIMOYA QILISHNING MUHIM OMILI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

MEDIATA'LIM - YOSHLARNI SALBIY AXBOROTLARDAN HIMOYA

QILISHNING MUHIM OMILI

d 10.24412/2181-1784-2021-11-300-305

Karshiyev Baxtiyar Egamkulovich

Samarqand meditsinasi instituti Toshkent filiali dotsenti v.b

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mediata'limning yoshlar ta'limiy-tarbiyaviy jarayonidagi ahamiyati, mediata 'limning o 'ziga hos xususiyatlari va uni tashkil etish jarayonida qo 'llaniladigan usullar va samaradorligi haaqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: axborot, media, mediata'lim, axborot xavfsizligi, mediasavodxonlik, mediamadaniyat.

ABSTRACT

This article discusses the role of media education in the educational process of young people, the specifics of media education and the methods and effectiveness of its organization.

Keywords: information, media, mediaeducation, information security, medialiteracy, mediaculture.

АННОТАЦИЯ

В данной статье отмечается важность медиаобразования в образовательном процессе, специфика медиаобразования, идет речь о используемых методов и эффективность его организации.

Ключевые слова: информация, медиа, медиаобразование, информационная безопасность, медиаграмотность, медиакультура.

KIRISH

Bugungi kunda endi shakllanayotgan yoshlarni turli axborotlarning salbiy ta'siridan himoya qilish va ulaming sog'lig'ini asrash muammosi dunyodagi tng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yoshlarga atrofini o'rab turgan olam haqidagi ma'lumot beruvchi asosiy manbalarga esa, matbuot, televidenie, radio, global kompyuter tarmoqlari va boshqalar kiradi. Bugungi yosh avlod ongiga ulkan axborot oqimi ta'sir ko'rsatmoqda, uni majoziy ma'noda "axborot yomg'iri" yoki "axborot seli" deb atash mumkin. Bugungi axborot makonidagi kutilmagan obrazlar, zamonaviy, yorqin tasvirlar, syujetlar va xatti-harakatlar xali ongi yetarli darajada shakllanmagan yoshlarni albatta ko'proq o'ziga jalb qiladi, chunki yosh xususiyatlari

Scientific Journal Impact Factor

va hayotiy tajribaga ega bo'lmaganligi sababli, bola ulkan ma'lumotlar oqimini qabul qilish va tushunish uchun hali tayyor emas hisoblanadi.

Barchaga ma'lumki bugungi yoshlarning telefon, kompyuter va televizor oldida o'tkazadigan vaqtlari maktabda yoki boshqa ta'lim muassasalarida o'tkazadigan vaqtlaridan ancha ko'proqni tashkil etadi. Bu ularning ongiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi turli buzuq, ziddiyatli dasturlar, shoular, saytlarni doimiy ko'rishlariga ko'proq imkon beradi, uning nozik ruhiyatiga ta'sir ko'rsatadi. Ular esa bularning turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko'pincha tushunmaydi. Agar e'tiborimizni qaratsak, faqat ko'ngilochar saytlar, turli shoularni tanlaydigan va ko'radigan yoshlar deyarli yurtimizda va dunyoda bo'layotgan ta'limiy-tarbiyaviy, ma'naviy-madaniy teledasturlar, ijtimoiy tarmoqlarni ko'rishdan o'zlarini chetga olishadi.

Hozirda urf bo'lgan majoziy iboraga ko'ra, "inson o'zining "axborot pillasi"ga o'ralib olishi, o'zini real dunyodan ajratib qo'yishi, illyuzion axborot makonida yashashi mumkin [1].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Media sohasidagi eng nufuzli tadqiqotchilarning tadqiqot natijalariga asoslanib shuni ta'kidlash mumkinki, ommaviy axborot vositalari tomonidan manipulyatsiya ob'ekti bo'lib ko'proq yoshlar tanlanadi, chunki:

• ular axborotning muhim qismini, to'liq idrok etmaydilar, chunki ular xali uni idrok etishga tayyor emaslar;

• ular xabarlarning ma'nosini yoki bir nechta ma'noga ega bo'lishi mumkinligini qisman tushunadilar;

• ular ommaviy axborot vositalariga nisbatan passiv pozitsiyani egallaydilar, o'zlarini ularning ta'siridan qanday himoya qilishni bilmaydilar va ko'pincha bunday himoya zarurligini tushunmaydilar.

Bugungi kunda axborot xavfsizligi va inson ongini ommaviy axborot vositalari tomonidan manipulyatsiya qilinishidan himoya qilish davrimizning eng asosiy muammosiga aylandi, va bu hozirda ota-onalar, shifokorlar, psixologlar va o'qituvchilarni tashvishga solmoqda. Ushbu muammoni hal etishning eng samarali yo'li sifatida maktab va ta'lim muassasalarida mediata'lim va mediamadaniyatni rivojlantirish orqali amalga oshirish taklif etilmoqda. Hozirgi kunda dunyoda jadal rivojlanayotgan mediata'lim bu - pedagogikaning ommaviy axborot qonuniyatlarini o'rganish asosida yoshlarni axborot xurujlaridan o'zini himoya qilish va odamlar bilan

Scientific Journal Impact Factor

muloqot qilish va o'zligini namoyon qilishning zamonaviy shakllari bilan tanishtiradigan yo'nalishdir.

Mediata'limni o'rganish natijasida inson quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishi mumkin:

• o'zi bilan qabul qilinuvchi axborot o'rtasida "psixologik masofa" o'rnatish mexanizmlarini yaratish, o'zining ongini manipulyatsiya qilinishidan psixologik himoya qilish, axborotlarni tanqidiy baholash ko'nikmalarini egallash;

• audiovizual idrok etishning ongli tajribasini egallash; idrok etish qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish;

• amaliy darajada noverbal xabarlar tillarini (teletasvirlar tahlili, kino tili, reklama tili va boshqalar) o'zlashtirish, bu esa ularnga axborotlarning mazmuni anglashga va o'zini namoyon etish imkonini beradi

Mediata'limning o'z oldiga qo'yilgan maqsadlariga erishish uchun quyidagi faoliyat yo'nalishlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi:

• maktabda shakllangan bilimlar tizimiga sinfdan tashqari qabul qilinadigan axborotni kiritish, bu bilimlardan turli mediadagi axborotlarni idrok etish va ularni tanqidiy tushunishda foydalanish;

• axborotni talqin qilish, uning mohiyatini anglash, uni maqsadli yo'naltirish, axborot tarqalishining maqsadi, axborotlardagi yashirin ma'nolarga nisbatan shaxsiy munosabatini shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish; kerakli ma'lumotlarni turli manbaalardan topa olish, belgilangan mezonlar asosida ularni tizimlashtira olish;

• axborotlarning kommunikativ jihatdan o'zaro ta'sir maqsadini va mo'ljallangan auditoriya xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni hajmini, shaklini, belgilari tizimini, tashuvchisini o'zgartira olish;

• o'z fikrlari yuzasidan bahslasha olish, olingan ma'lumotlarda kamchiliklar va ma'nolarni topa olish va ularni tuzatish bo'yicha takliflar kirita olish;

• axborotlardagi turli muqobil nuqtai nazarlarni qabul qilish va ularning har biriga «yoqlash» va «qarshi» bo'lgan asosli dalillar keltira olish;

• axborot xabarlari o'rtasida maqsadli assotsiativ va amaliy aloqalarni o'rnatish; axborot xabaridagi eng muhim jihatlarni ajrata olish.

Hozirgi vaqtda kino va videofilmlar, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar va turli teledasturlarning parchalari asosan ko'rish tamoyilini amalga oshirish sifatida qo'llaniladi. Biroq yoshlarga qaratilgan elektron, audiovizual, bosma medialarining didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlaridan ta'lim-tarbiyaviy yo'nalishlardagi maqsadlarda yetarlicha foydalanilmayapti, ammo ular insonning xulq-atvor

Scientific Journal Impact Factor

hususiyatlarini shakllantirishga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Zamonaviy axborot madaniyatini shakllantirish va yoshlarning axborot xulq-atvor hususiyatlarini rivojlantirishning yangi usullarini ishlab chiqish sharoitda albatta, media ta'limning o'ziga hos pedagogik salohiyatini hisobga olish muhimdir.

Bugungi amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, pedagoglar va ota-onalar tomonidan olib boriladigan turli xil ta'limiy va tarbiyaviy ta'sirlarni yoshlar turlicha qabul qilishlari mumkin: ularga xushmuomalalik bilan muloqot qilish natijasida paydo bo'ladigan ijobiy munosabatlardan so'ng ular o'zining xatti-harakati haqida o'ylaydi va faollik ko'rsatib, o'zini takomillashtirish va rivojlantirishga intiladi. Ana shunda bunday tarbiya usuli haqiqatan ham uning shaxsiy ijobiy hususiyatlarini shakllanishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Agar ota-onalar, tarbiyachilar va pedagoglarning tarbiya usuli ular bilan yoshlar o'rtasida ijobiy munosabat o'rnatmasa, bu usul yoshlarning psixologik rivojlanishida ijobiy rol o'ynamaydi va hatto ular tomonidan ma'lum bir qarshilikka ham uchrashi mumkin.

Ko'rinib turibdiki, o'quvchi tarbiyaviy ta'sirning nofaol ob'ekti hisoblanmaydi. Ularda bunday ta'sirlarga nisbatan ichki pozitsiya shakllanadi, ularda ushbu ta'sirlarga nisbatan o'zini takomillashtirish (rivojlantirish), o'z ustilarida faol ishlashlari yoki passiv bo'lib qolishlari mumkin. S etoy tochki zreniya mojno otmetit, chto vospitanie igraet opredelyayu^uyu rol v razvitii lichnosti tolko pri uslovii, yesli ono okazbivaet polojitelnoe vliyanie na vnutrennee stimulirovanie yeyo aktivnosti v rabote nad soboy. Shu nuqtai nazardan ta'kidlash mumkinki, ta'lim-tarbiya shaxsning kamol topishida, uning o'z ustida ishlashidagi faolligini ichki jihatdan rag'batlantirishga ota-onalar, tarbiyachi hamda pedagoglar tomonidan ijobiy ta'sir ko'rsatgandagina bu usullar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Aynan quyidagi hususiyatlar ya'ni o'sib kelayotgan shaxsning faolligi va shaxsiy intilishi, o'zini takomillashtirishga bo'lgan istagi, pirovardida uning shaxsiy rivojlanishini belgilaydi[2].

Yoshlarning darsdan tashqari mashg'ulotlarida mediata'limdan foydalanishning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ahamiyati shundaki, ularga o'zini namoyon qilish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratishda ham hisoblanadi, chunki hamma bola ham o'qish jarayonida o'zini namoyon qila olmaydi. Bunday sabablar sirasiga yoshlarda etakchilik, turli qobiliyatlarini va o'zlashtira olmaslik kabi muammolarni ko'rsatish mumkin. Shu sababli, ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan turli sinfdan tashqari mashg'ulotlarda yoshlar o'zlarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ijtimoiy motivlar va ehtiyojlarlarini amalga oshiradigan ulkan imkoniyat bilan ta'minlanadilar. Zamonaviy, shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlarni to'g'ri tanlash

Scientific Journal Impact Factor

ta'lim-tarbiya vazifalarini yanada to'liq amalga oshirishga yordam beradi. Bu jarayonda eng ahamiyatli jihatlardan biri shundaki, yoshlarning o'zlari ularni rivojlantirishning yangi shakllarni taklif qilishlari ham mumkin.

Yoshlarni medialardan to'g'ri foydalanishga o'qitishdagi samarali uslubiy usullarini quyidagi asoslar bo'yicha tasniflash mumkin:

1. Tarbiyaviy ishlar turlari bo'yicha (axloqiy, vatanparvarlik, ekologik, oilaviy va boshqalar). Bu tasnifni fin olimi Z. Tell ta'biri bilan aytganda, "mediaxabarlari fanlararo va ko'p tarmoqli xususiyatga ega bo'lishi" bilan murakkablashadi [3]. Masalan, maktab o'quvchilarini axloqiy jihatdan tarbiyalash masalalarini hal qilish maqsadida medianing badiiy yoki multfilmlarni namoyish etish orqali ulardagi estetik tarbiya imkoniyatlarini kengaytiramiz, chunki biz san'at asarini axborot manbai deb hisoblaymiz.

2. Global kompyuter tarmoqlari va boshqa ommaviy axborot vositalari tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlar bo'yicha. Axborotdan foydalanishning turli xil imkoniyatlarini izlash va joriy etish yoshlarga media sohasi bilan yaxshiroq tanishishiga va ta'lim muammolarini samarali hal qilish imkonini beradi.

Mediata'limning tarbiyaviy salohiyatidan foydalangan holda, yoshlar ongni media vositalari tomonidan manipulyatsiya qilinishidan himoya qilish va ularning bu boradagi qobiliyatini rivojlantirish maqsadida samarali zamonaviy usullar ishlab chiqilmoqda, jumladan:

- talabalarni media vositalar va muassasa kutubxonasidan axborotlarni axborot markazi sifatida mustaqil izlab topish va foydalanish qobiliyatini shakllantirish,

- muammoli vaziyatdan chiqish yo'lini bir necha usulda topish, mavjud vaziyatni modellashtirishga o'rgatish, ya'ni, yoshlarni vaziyatdan chiqish yechimning alternativ tanlovini to'g'ri topish vazifasini oldiga qo'yadi. Ushbu xarakatlar usulini tanlash yoshlarning o'zida qoladi, lekin shu bilan birga u o'z harakatlarini asoslashi lozim bo'ladi;

- ijtimoiy tarmoqlar, gazeta va jurnallarda o'qilgan maqolalar, tele va radio hikoyalar muhokamasi;

- turli xil media vositalaridan foydalangan holda o'z ma'lumotlarini tayyorlashga o'rgatish. Bunda media usullaridan qaysi birini tanlash unchalik muhim emas (oddiy qog'oz varag'idan Internetdagi veb-saytgacha): chunki zamonaviy yoshlar murakkab texnik vositalardan foydalanishni afzal ko'rishadi, ya'ni, kameralar, videokameralar, kompyuterlar, telefonlar. Ushbu zamonaviy texnikalardan foydalanishda topshiriqni shunday tuzish maqsadga muvofiq bo'ladiki, u fanni o'qitish va tarbiya vazifalarini o'zida mujassamlashtirsin;

Scientific Journal Impact Factor

- bir vaqtning o'zida ta'limiy va tarbiyaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan turli xil uslubiy usullardan foydalanishga imkon beradigan Internetning axborot resurslaridan foydalanish.

Yoshlarning Internetga qiziqishi to'rtta asosiy omil tufayli rivojlanadi deya hisoblanadi:

• turli xildagi ma'lumotlarga kirishga imkoniyatning mavjudligi;

• keng interaktivlik, doimiy muloqotning mavjudligi;

• o'zi haqidagi ma'lumotlar ustidan shaxsiy nazorat, ma'lum bir "obraz"ni yaratish imkoni;

• uzatilayotgan ma'lumotlarning anonimligi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mediata'lim jarayonida yoshlarni Internet bilan muloqot jarayonida xavfsizlikni ta'minlashning muhim qoidalari bilan tanishtirish zarur: barcha shaxsiy ma'lumotlarni (ismi, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili, ota-onalarning shaxsiy ma'lumotlari) oshkor qilmaslik; media tarmoqlardagi begonalarga ishonmaslik: Internetda har kim o'zini kimligini ochiq ko'rsatmasligi, aslida kimligini sir tutishi mumkin va hokazo.

Mediata'limning asosiy maqsadi sifatida yoshlarning mediasavodxonligini oshirish, ularda mediamadaniyatini shakllantirish, medialarning salbiy kontentlaridan himoya qilish, manipulyatsiya qurboniga aylanib qolishiga yo'l qo'ymaslik, shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish va zamonaviy dunyoda axborotlarni ongli ravishda izlash, talqin qilish va qo'llash, dunyoqarashini kengaytirish orqali kommunikativ ko'nikmalarini va mediakompetensiyalarini rivojlantirish vazifalarni ta'limning oldiga qo'yishdir. Buning uchun xar bir ta'lim maskanlarida bosqichma-bosqich mediata'limni joriy etish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. Зазнобина, Л.С. Медиаобразование в школе: как выжить в мире СМИ [Электронный ресурс]. - Режим доступа: http://www.mediaeducation.ru.

2. Харламов, И.В. Педагогика / И.В. Харламов. - Минск. Высшая школа, 2004. -

3. Tella S. Media nykypaivan koulutuksessa. // An electronic files: http : //www.hel sinki. fi/~teH a.

XULOSA

195 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.