Научная статья на тему 'AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA MEDIA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH'

AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA MEDIA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
468
244
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
media / media madaniyat / pedagogik madaniyat / aksiologik yondashuv / axborot. / media / media culture / pedagogic culture / axiological approach / information.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — X. G‘Ulomqodirova

Mazkur maqolada bugungi kunda yoshlarda media vositalaridan kelayotgan turli axboriy ma’lumotlarga nisbatan aksiologik yondashuv asosida media madaniyatni shakllantirish yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF MEDIA CULTURE BASED ON AXIOLOGICAL APPROACH

This article describes the formation of the media culture of today's youth on the basis of an axiological approach to various information coming from the media.

Текст научной работы на тему «AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA MEDIA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA MEDIA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH

G'ulomqodirova Xanifaxon O'rmonbek qizi,

Andijon davlat universiteti "Umumiy pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6985412

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda yoshlarda media vositalaridan kelayotgan turli axboriy ma'lumotlarga nisbatan aksiologik yondashuv asosida media madaniyatni shakllantirish yoritilgan.

Kalit so'zlar: media, media madaniyat, pedagogik madaniyat, aksiologik yondashuv, axborot.

РАЗВИТИЕ МЕДИАКУЛЬТУРЫ НА ОСНОВЕ АКСИОЛОГИЧЕСКОГО

ПОДХОДА

Аннотация. В данной статье описывается формирование медиакультуры современной молодежи на основе аксиологического подхода к различной информации, поступающей из средств массовой информации.

Ключевые слова: медиа, медиа культура, педагогический культура, аксеологический подход, информaция.

DEVELOPMENT OF MEDIA CULTURE BASED ON AXIOLOGICAL APPROACH

Abstract. This article describes the formation of the media culture of today's youth on the basis of an axiological approach to various information coming from the media.

Keywords: media, media culture, pedagogic culture, axiological approach, information.

KIRISH

Bugungi kunda elektron hukumat, masofaviy ta'lim va ayniqsa media ta'lim butun dunyo miqyosida keng qo'llanilayotganligi bois ko'plab rivojlangan mamlakatlarda bunday ta'lim turlaridan barcha sohalarda samarali foydalanishga qaratilgan bir qator sayi-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan: Buyuk Britaniya ommaviy axborot savodxonligi ta'limini rivojlantirish bo'yicha yetakchi sifatida tan olingan. Ushbu rivojlanishda ishtirok etgan asosiy agentliklarga "Britaniya kino institute", "Film ta'limi" "Ta'lim istituti qoshidagi bolalar, yoshlar va ommaviy axborot vositalarini o'rganish markazi", "London va DARE (Digital Arts Research Education) markazi" kabilar bilan hamkorlik ishlari amalgam oshiriladi.

Fransiyada media paydo bo'lishidan boshlab kino filmlar sanoati rivojlanib brogan, ammo yaqin 10 yillar mobaynida media ishlab chiqarishni o'z ichiga olgan o'qituvchilar uchun konferensiyalar va media kurslari tashkil etilgan.

Germaniyada 70-80 yillarda media savodxonlik bo'yicha nazariy nashlarni ishlab chiqa boshlangan. 80-90 yillarda ta'lim tizimida media ta'limga nisbatan qiziqishlari ortdi.

Rossiyada media ta'lim tarixi 1820-yillarga borib taqaladi, ammo birinchi jahon urushi natijasida to'xtatilgan bo'lin 1970-1990 yillarda Jozef Stalin kin ova media ta'limi bo'yicha birinchi rasmiy dasturlar yaratdi. O.Baranov, S.Penzin tomonidan media ta'lim bo'yicha nazariy va empirik ishlar olib borildi va to bugungi kunga qadar media ta'limi bo'yicha yetakcha davlatlar qatoridan o'rin olgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

So'nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma'lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko'payishi media madaniyatga ega bo'lish

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

zaruratini yuzaga keltirdi. Media madaniyat shaxsning axborotlashgan turdagi ma'lumotlarni tahlil eta olish va sifatli axborot matnlarini yaratish qobilyati hisoblanadi. Bugun media madaniyat - axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish va anglashni talab etadi. Media madaniyatli inson o'ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? degan savolni o'ziga bera olishi va unga nisbatan tanqidiy yondashishi lozim. Mazkur savollar nafaqat oila davrasida televizor ko'rayotgan holda, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko'rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham foydali hisoblanadi. Bugungi axborot muhitini tushunish va kelayotgan axborot oqimiga nisbatan tanqidiy tahlil qila olish uchun media madaniyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Media madaniyatning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirish hisoblanib, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste'mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Media madaniyat tushunchasini shaxsda shakllantirib rivojlantirishdan dast avval biz shaxsni media savodxonlik darajasini oshirib borishimiz lozim bo'ladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Media savodxonlik, media madaniyat, media tushunchalari borasida ko'plab olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud bo'lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd etilishicha, «Mediasavodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas'uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo'lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.

Reni Xobbs o'quvchilarga media savodxonligini joriy etishning uchta asosiy doirasini belgilaydi: mualliflar va auditoriyalar (AA), xabarlar va ma'nolar (MM) va vakillilik va haqiqat (RR). Media savodxonlik, axborot savodxonligi, visual savodxonlik va yangi savodxonlikdan adabiyotlarni sintez qilishda u media savodxonligi uchun nazariy konteksni tashkil etuvchi ushbu asosiy g'oyalarni aniqlaydi.1

Duglas Kellner va Jeff Share media ta'limi bo'yicha to'rt xil yondoshuvni ajratib ko'rsatdi: protektsionistik yondoshuv, media badiiy ta'limi, media savodxonligi harakati va tanqidiy media savodxonligi. Proteksionistik yondoshuv ommaviy axborot vositalarining auditoriyasini madaniy, g'oyaviy yoki axloqiy ta'siriga moyil va ta'lim vositasi bilan himoyaga muhtoj deb hisoblaydi. Media-badiiy ta'lim yondoshuvi o'quvchilar tomonidan turli xil media shakllarni ijodiy ishlab chiqarishga qaratilgan. Media harakati bu savodxonlikning an'anaviy jihatlarini ta'lim sohasidan olib chiqish va uni ommaviy axborot vositalarida qo'llashga urinishdir, Tanqidiy media savodxonligi ommaviy axborot vositalarining vakolatlarini shakllantiruvchi kuch tuzilmalarini va ommaviy axborot vositalarining dominand, oppozitsion va muzokarali o'qishlari orqali tinglovchilarning mazmunli ishlash uslublarini tahlil qilish va tushunishga qaratilgan.

MUHOKAMA

Fikrimizcha, mediasavodxonlik yuqorida bildirilgan fikrlar bilan umumlashtirgan holda ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan barcha har qanday axborotga nisbatan shaxs ongida tanqidiy - tahliliy qarash va baho berish, ularga xolis yondoshish va har bir uzatilayotgan axborotni saralashda ongli ravishda yondashish hamdir.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Media ta'lim tizimlaridan tarqalayotgan ma'lumot va axborotlarning shaxs ongi, psixikasiga, ma'naviyatiga beixtiyor kelayotgan ta'sirlarining afzalliklari va kamchiliklariga katta ahamiyat berishimiz dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Ushbu axborot va ma'lumotlarning ijobiy, samarali tomonga yo'naltirgan holda boshqara olish ko'nikmalari hamda qobiliyatlarini bugungi kunda o'sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirishimiz, turli media vositalaridan kelayotgan ijobiy va salbiy axborot oqimlariga nisbatan "media immunitef'ni, ya'ni media madaniyatini shakllantirishimiz lozim. Shu o'rinda savol tug'iladi: "media madaniyatni qanday shakllantiramiz? Bu muammolarga aksiologik yondashuv mazkur kabi savollarga javoblarni to'g'ri anglash imkonini beradi.

Media axborotlar oqimi olamida voqelikni o'rganishda ilmiy bilishning boshqa usullari bilan birga aksiologik yondashuv ham katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy bilishda olam, undagi narsa va voqea-hodisalar, qadryatning inson ongida aks etishi, qadryatni anglashning reallikka mos kelish qonunlari, daraja va imkoniyatlari, uning me'yor va mezonlarini aniqlash muhimdir. Bunga umumiy bilish nazariyasi (gneseologiya) bilan bir qatorda pedagogika, psixologiya, fiziologiya, mantiq, tilshunoslik kabi fanlarning yutuqlariga tayaniladi. Qadriyatlarni anglash, o'rganishda hissiy va aqliy bilishning uyg'unligi, hukm, hulosalarning tushuncha, atama va belgilarini umumlashtirishi, ijtimoiy voqelikdagi aksiologik jarayonlarni tahlil qilish, ularga tayanib amaliy faoliyat yuritish bir-biri bilan bog'liq amaliy jarayonni anglatadi. Xayot xodisalariga ijtimoiy-sotsiologik yondoshilganida voqea va jarayonlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, tarixiy aloqadorlik, sabab va oqibat bog'lanishining ifodasi bo'lgan uzluksizlikka ahamiyat ortadi. Bunday qadryatli yondashuvlar ular bilan bog'liq jarayonlarga nisbatan qo'llanilganida samarali ilmiy-amaliy natija beradi. Bunda qadryatlar tartibsiz namoyon bo'ladigan ijtimoiy hodisalar sifatida emas, balki ijtimoiy subyektlar va boshqalar bilan bog'langan aksiologik sistemalar xamda ularning elementlari sifatida namoyon bo'ladi. XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, bugungi globallashuv jarayonida aksiologik yondashuv asosida yoshlar ongiga media madaniyatni singdirishimiz jamiyatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Yoshlarda media pedagogik madaniyatni shakllantirishda ijtimoiy-sotsiologik voqea va jarayonlarning o'zaro bog'liqligi, sabab-oqibatlar uzluksizligini orttirgan holatda qadriyatga aylantirishimiz va bular asosida aksiologik yondashuvga tayanishimiz mumkin. Bunga o'xshash ko'plab muammolarga to'g'ri va oqilona yechim topish uchun aksiologik yondashuvga tayanish ularni to'g'ri anglash imkonini beradi.

REFERENCES

1. Encyclopedia of American society

2. R.Hobbs. (2006) "Multimedia savodhonligining bir necha ko'rinishi": Savodxonlik va texnologiyalar bo'yicha qo'llanma II jild. Associates (15-28 betlar)

3. Kellner, Share, Duglas, Jeff (2007). "Tanqidiy mediasavodxonligi imkoniyat emas" (59-69 betlar)

4. D.Madjidova "Oilalar mustaxkamligini ta'minlashda migratsiya ta'sirida yuzaga keluvchi hatarlarni oldini olishning muhim yo'nalishlari" - Science and innovation, 2022

5. Y.Mamatova, S.Sulaymonova "O'zbekiston media ta'lim taraqqiyot yo'lida". O'quv qo'llanma.-Toshkent.: "extremum-press", 2015.

6. htt.uz.wikieto.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.