Научная статья на тему 'ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING MA’RIFIY QARASHLARI'

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING MA’RIFIY QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
16
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’rifatparvarlik / she’riyat / dunyoqarash / odob-axloq / ruboiy / aqlzakovat / ilmiy-adabiy meros / milliy ruh

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umurova Guzal Hotamovna

Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy-ma’rifiy qarashlari aks etgan. Allomaning odob-axloq, ilm-ma’rifat haqidagi ibratli fikrlari va ularning inson kamolotidagi o‘rni tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING MA’RIFIY QARASHLARI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING MA'RIFIY QARASHLARI

Umurova Guzal Hotamovna

SamDCHTI professori

Annotatsiya: Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning ma'naviy-ma'rifiy qarashlariaksetgan. Allomaningodob-axloq, ilm-ma'rifathaqidagiibratli fikrlari vaularning inson kamolotidagi o'rni tahlil qilingan

Kalit so'zlar: ma'rifatparvarlik, she'riyat, dunyoqarash, odob-axloq, ruboiy, aql-zakovat, ilmiy-adabiy meros, milliy ruh

https://doi.ore/10.5281/zenodo.13387236

Аннотация. В статье отражены духовно-просветительские взгляды Захириддина Мухаммада Бабура. Анализируются поучительные мысли Алломы об этике и знании и их роли в развитии человека.

Abstract. The article reflects the spiritual and educational views of Zahiriddin Muhammad Babur. Alloma's instructive thoughts about ethics and knowledge and their role in human development are analyzed.

Ключевые слова: просвещение, поэзия, мировоззрение, нравы, духовность, интеллект, научно-литературное наследие, национальный дух.

Key words: enlightenment, poetry, worldview, manners, spirituality, intelligence, scientific-literary heritage, national spirit.

Zahiriddin Muhammad Bobur O'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir, olim bo'lish bilan birga, yirik davlat va siyosat arbobi, mohir sarkarda ham sanaladi. U keng dunyoqarashi va komil aql-zakovati bilan Hindistonda ma'rifatparvar davlat arbobi sifatida nom qozongan bo'lsa, "Boburnoma" asari bilan jahonning mashhur tarixnavislari qatoridan ham joy olgan. Uning nafis g'azal va ruboiylari turkiy she'riyatning eng nodir durdonalaridan sanaladi. "Mubayyin", "Harb ishi", "Xatti Boburiy" asarlari va "Aruz" risolasi islom qonunshunosligi, harb san'ati, nafis san'at, she'riyat va til nazariyasi sohalari rivojiga munosib hissa bo'lib qo'shildi. Javoharla'l Neru o'zining "Hindistonning kashf etilishi" kitobida: "Bobur dilbar shaxs edi. Uyg'onish davrining ajoyib sultoni, kuchli, tadbirkor kishi bo'lib, san'atni, adabiyotni, go'zallikni sevardi", deb yozgan. Boburning ulkan ijodkorligi shundaki, asarlarida shaxsiy kechinmalarini bayon etish barobarida yuksak g'oyalar, umuminsoniy qadriyatlarni olg'a suradi. Uning ijodida, xususan, she'riyatida ona yurtni chin dildan qo'msash, uning tuprog'iga talpinish, musofirlik iztiroblaridan hasrat, yoru diyor sog'inchi katta nafosat bilan badiiy talqin etiladi.

Zahiriddin Muhammad Bobur ajoyib sarkardaligi bilan birga marifatparvar shoh va shoir ham bo'lgan. U o'z asarlarida go'zallikni kuylagan, insonlarni yaxshilik qilishga, hunar egallashga, ilm-fan o'rganishga da'vat etgan. Bobur qoldirgan ilmiy-adabiy meros o'rganilar

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ekan, Bobur bilim doirasining nihoyatda kengligi, o'zigacha mavjud bo'lgan va o'z zamonasidagi boy ilmiy adabiy merosni naqadar chuqur bilganligi kishini hayratda qoldiradi. Darhaqiqat, Boburning she'riy va nasriy asarlari har jihatdan yetukligi hamda badiiy-ilmiy ijod tarixida o'ziga xos mavqega ega bo'lganligi bilan ajralib turadi [1,279].

Shuningdek, Boburning "Boburnoma" asari Boburiylar saltanatini barpo etgan shoh Boburning hayoti, harbiy yurishlari, mamlakatlar sharoitiga bag'ishlangan memuar asardir. Mazkur kitob umri davomida ko'pdan-ko'p yuksalishlar, tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidirki, uning yuksalishlari qanchalik sarbaland bo'lsa, tanazzullari shunchalik iztiroblidir. Bobur qirq yetti yil umr ko'rgan bo'lsa, "Boburnoma" mana shu umrning o'n sakkiz yilini o'zida jamlagan. Kitob Boburning o'z qo'li bilan turkiy tilda yaratilgan. Unda Bobur ijodiyotida ta'lim-tarbiya, odob-axloq masalalar o'z ifodasini topgan. Bobur Mirzo tomonidan "Boburnoma"ga kiritilgan nodir ma'lumotlar faqat adabiy hayotga tegishli bo'lmay, balki keng qirralidir. Unda shoirlar bilan bir qatorda taniqli xattotlar, musiqa olamining donishmandlari, zamona zukkolari tomonidan e'tirof etilgan mudarrislar, naqqosh-u musavvirlar, tarix sohasining bilimdonlari va hakozalar haqida ham ixcham, aniq va odilona fikrlar o'rtaga tashlanadi [2,480]. Bobur ijodida: Xulqingni rost qilg'il har sorig'aki borsang, Axsanta der bari el gar yaxshi ot chiqarsang,

deb yozgan Boburning o'zi umri davomida ana shu gapiga rioya qilgan.

Ko'p g'azallarida axloqning barcha jihatlariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga, baxtga sazovar bo'lishini uqtirgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat va boshqa ezgu fazilatlarni doimo ulug'lagan. Quyidagi ruboiyda kamtarlik va uning go'zal fazilat ekanligi ta'kidlangan:

Ey, yel borib ahbobg'a nomimni degil, Har kim meni bilsa, bu kalomimni degil. Mendin demagil, gar unitilgan bo'lsam, Har kimki meni sursa, salomimni degil.

Bobur she'rlarida haqiqiy barkamol inson timsoli madh etiladi. Eng avvalo inson qadr-qimmatini yuqori tutish, doimo inson kamtarlikni o'zi uchun kasb etmog'i lozimligi targ'ib etiladi. Bobur she'rlarida inson kamoloti uchun ilmning naqadar zarurligi qayta-qayta uqtirilgan:

Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O'rgangali ilm tolibi ilm kerak. Men tolibu ilmu tolibi ilm yo'q, Men bor men ilm tolibi ilm kerak. Bobur ilm insonlari "hamisha yuksak fazilatlarga ega bo'lishi lozim" deb hisoblagan. Ularning kamtarm, sofdil, xalqni hurmat qiladigan fazilatlarga ega bo'lishini ta'kidlagan: Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo'q, Kim degaylar dahr qoldi falondin yaxshiliq. Bobur axloq-odob haqidagi qarashlariga yaxshilik, vafodorlikni eng go'zal fazilat sifatida ulug'laydi, yomonlikni jafo keltiruvchi illat sifatida qoralaydi: Har kimki vafo qilsa,vafo topqusidur,

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Har kimki jafo qilsa jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlig' hargiz, Har kimki yomon bo'lsa,jazo topqusidur.

Boburning ta'lim tarbiyaga doir qarashlaridagi bosh masala - Vatanga cheksiz muhabbatdir. Boburning mana shu mavzudagi she'rlari kitobxonni ona Vatanni sevishga, unga fidoyi, sodiq bo'lishga, o'z xalqiga xizmat qilishga chorlaydi, o'quvchining qalbida yuksak insonparvarlik tuyg'ularini shakllantiradi:

Tole' yo'q jonimg'a balolig' bo'ldi, Har ishniki ayladim xatolig' bo'ldi. O'z yerni quyub hind sori yuzlandim, Yo rab netayin ne yuz qarolig' bo'di.

Bobur she'rlarida haqiqiy, barkamol inson timsoli madh etiladi, ulug'lanadi. Eng avvalo, insonning qadr-qimmatini yuqori tutish, amal va davlatga erishib g'ururlanmaslik, kamtarinlik kabi xislatlar targ'ib etiladi. Bobur inson kamolotining birinchi ostonasi oila ekanligini uqtirib, u jarayon nihoyatda qiyin va murakkabligini his etgan edi. Bolalarning axloq-odob qoidalarini o'rganishi ko'p jihatdan atrofdagi shaxslarga bog'liqligini yaxshi bilgan Bobur o'z farzandlarini tarbiyalashda tadbirkor, bilimdon odamlar bilan maslahatlashib, tajribali fozil va tarbiya ko'rgan kishilar bilan kengashib ish tutgan.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Bobur Mirzoning umri to's-to'polon, urush-yurishlarda o'tgan bo'lsa ham, o'z davrining ilg'or fan yutuqlarini betakror aql-zakovati bilan puxta egallagan. Atigi qirq yetti yil umr ko'rgan olijanob inson va ulug' shoh avlodlarga o'zining bebaho adabiy, ilmiy merosni qoldirdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Valixo'jayev B. Mumtoz siymolar. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002, 304-b.

2. Vohidov R.J., Eshonqulov H.P. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. T.: 2006, 527-

b.

3. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. T.: "Sharq", 2002, 336-b.

4. Nuritdinov M. Boburiylar sulolasi. T.: "Fan", 1994, 48-b.

5. Y3ÔeKHCTOH mh^HH энцнкпопеAннсн. - TomKeHT. 2000-2006, 424-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.