Научная статья на тему 'YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA ZAXIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHAXSIYATINING O‘ZIGA XOS TOMONLARI'

YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA ZAXIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHAXSIYATINING O‘ZIGA XOS TOMONLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

16
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zakhiruddin Muhammad Babur / king / religion / personality / Baburnama / education / ethnography / biologist / geographer / local historian / religious scholar / Zaxiriddin Muhammad Bobur / podshoh / din / shaxs / Boburnoma / ta‘lim-tarbiya / etnografi / biolog / geograf / o‗lkashunos / dinshunos

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — B.M Mirvohidov, Sh.A Raximov, H.U Murodullayev

Ushbu maqolada hozirgi kundagi yoshlarning tarbiyasiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatish hamda ularning vatanparvarlik hissida ulg‗ayishlari uchun buyuk sarkarda Zaxiriddin Muhammad Bobur shaxsiyatiga alohida urg‗u berilgan va uni qo‗llash boasida ba‘zi mulohazalar keltirib o‗tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, in order to have a positive influence on the education of today's youth and to make them grow up with a sense of patriotism, special emphasis is placed on the personality of the great general Zahiruddin Muhammad Babur, and some comments are made on its application

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA ZAXIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHAXSIYATINING O‘ZIGA XOS TOMONLARI»

YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA ZAXIRIDDIN

MUHAMMAD BOBUR SHAXSIYATINING O'ZIGA XOS TOMONLARI

Ushbu maqolada hozirgi kundagi yoshlarning tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatish hamda ularning vatanparvarlik hissida ulg'ayishlari uchun buyuk sarkarda Zaxiriddin Muhammad Bobur shaxsiyatiga alohida urg'u berilgan va uni qo'llash boasida ba'zi mulohazalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Zaxiriddin Muhammad Bobur, podshoh, din, shaxs, Boburnoma, ta'lim-tarbiya, etnografi, biolog, geograf, o'lkashunos, dinshunos

In this article, in order to have a positive influence on the education of today's youth and to make them grow up with a sense of patriotism, special emphasis is placed on the personality of the great general Zahiruddin Muhammad Babur, and some comments are made on its application.

Keywords: Zakhiruddin Muhammad Babur, king, religion, personality, Baburnama, education, ethnography, biologist, geographer, local historian, religious scholar

Yurtimizda olib borilayotgan keng islohatlar samarasi o'laroq, yoshlar masalasiga ham alohida e'tibor berilyotanini ko'rish mumkin. Chunki har qanday mamlakatning ertangi kuni mamlakat yoshlarining qay darajada komil inson bo'lib yetishganligi bilan baholanadi. Yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda vatanparvarlik tuyg'ularini yuksak darajada kamol toptirish alohida o'rin tutadi. Yoshlarda vatanparvarlik tuyg'ulari qanchalik kuchli bo'lsa shunchalik mamlakatimiz mustaqilligi va rivoji bardavom bo'ladi. Yosh avlodda vatanparvarlik hissini kamol toptirishda ulug' ajdodlarimizning alohida o'rni bor. Sababi ular yoshlarimizga o'z ona yurtidan faxrlanish, kimlarning avlodlari ekanligi va ularga munosib voris bo'lish kerakligi hissini shakllantiradi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev yoshlar tarbiyasi xususda shunday degan edi: "Bugun zamon shiddat bilan o'zgariyapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ko'p xis etadigan kim -yoshlar. Mayli yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlar avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq

B.M Mirvohidov, Sh.A Raximov H.U Murodullayev

Jamoat xavfsizligi universiteti 4-bosqich kursantlari

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May, 2024

qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan".

Tarixmiz zarvaraqlarini ko'zdan kechirganda ko'plab buyuk ajdodlarimiz o'tganiga guvoh bo'lamiz. XV -XVI asrda yashagan Zaxiriddin Muhammad Bobur ham ana shunday buyuk ajdodlarimizdandir. Zotan, bobomizning umr yo'lining o'zi biz yosh avlodlar uchun ibrat namunasidir. U 47 yillik qisqa umri davomida insonlar yuz yil yashab ham ulgurmaydigan ishlarni ado etdi.

Yoshlarni milliy an'ana va qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda ulug' ajdodlarimiz xususan, Zaxiriddin Muhammad Bobur ijodidagi ezgu g'oyalarning alohida o'rni bor. Ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoshlarga tushuntirishda bugungi kunda interfaol usullar va ilg'or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda. Ayni paytda yaratilyotgan elektron darsliklar, ko'rgazmali uslubiy materiallar, qo'shimcha badiiy-marifiy, ilmiy adabiyotlar, qo'llanmalar, ma'naviyat maskanlari ulug' bobomizning hayoti va ijodini o'rganishda yoshlarga dasturulamal bo'lib xizmat qilmoqda.

Bobur o'z davrining tarixchi, etnografi, biolog, geograf, o'lkashunos, dinshunos, shariat ahkomlarini mukammal bilgan va bu borada risola yozgan, "Xatti Boburiy" alifbosini yaratgan, davlatchilikda vaqt me'yorlarini ishlab chiqqan, aloqa tizimini qayta qurgan va yana ko'plab islohatlarni amalga oshirgan, borgan joyini bog'-rog' qilgan, Movarounnahr tamaddunini Sharqda yoygan buyuk shaxsdir. Temuriylar vorisi sifatida saltanatni qayta tiklash, buyuk saltanat barpo etish va davlatchilik ishlarini qayta yo'lga qo'yishni maqsad qildi. Eng qiyin damlarda "chun saltanat dag'dag'asi va mulkgirlik doiyasi bor, bir qatla, ikki qatla ish yurmagan bila boqib o'ltirib bo'lmas"1, degan g'oyasiga tayanib, maqsad sari dadil odimlagan. Uning bu kelajakka umid bilan qarashi barcha zamonlarda yoshlarga ibrat namunasi bo'lib xizmat qiladi.

Ulug' bobomiz haqiqiy xalqparvar inson bo'lgan, bunga birgina misol "ikki azmush-sha'n" farmonidir. Bu farmon uning adolatli davlat rahbari, podshoh sifatida yetuklikka erishganini, eng muhimi barcha din vakillariga birdek munosabatda bo'lganligini asoslaydi. Bugungi kunda Bobur tomonidan ilgari surilgan barcha din vakillariga birdek munosabatda bo'lish, millatlararo totuvlik g'oyasi butun dunyoda umuminsoniy g'oyaga aylangan. Aynan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "Harakatlar strategiyasi" ning 5 bandi ham diniy bag'rikenglik, millatlararo totuvlik masalasiga bag'ishlangan .

Qadriyatlarimiz tarixida Boburning murakkab shaxs sifatida ko'p bora tilga olingan. Har gal uni jahonga mashxur etgan "Boburnoma" asarini, dilbar g'azallari, ruboyilarini o'qiganimizda u zot shaxsiyatidagi zamondosh hukumdorlardan

1 Bobur. Boburnoma. Toshkent: 1989.

2

https://lex.uz/docs/-3307879 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta bo'yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida F-5024.

May, 2024

12

ustun jihatlarini ko'rishimiz mumkin. Ko'plab adabiyotlarda Bobur shaxsining buyukligi haqida ko'plab dalillar keltirilgan va bu dalillar yoshlarga u zotning shaxsiyatini anglab yetishlarida muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

Buyuk tarixiy siymo sifatida Bobur shaxsi Osiyo,Yevropa va AQSh sharqshunos-tarixchi diqqat e'tiborini o'ziga jalb etgan. Ingliz tarixchisi Eduard Holden Boburni Yuliy Sezar bilan qiyoslab shunday yozadi: "Bobur fe'l atvoriga ko'ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo'yilgan". Yana bir ingiliz tarjimoni Uilyam Erskin uni Osiyo podshohlariga qiyosan shunday ta'riflaydi: "Saxovati va mardligi, iste'dodi, ilm-fan, sa'natga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug'illanishi jihatidan Osiyo podshohlari orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi". Bunday iliq fikrlardan juda ko'plab misollar keltirish mumkin, biroq eng e'tiborli tomoni yoshlarni tarbiyalashda Bobur shaxsiyatini o'rganishga alohida e'tibor qaratishdir.

Bobur ta'lim-tarbiyaga doir g'oyalarini o'zi boshidan kechirgan, ko'rgan va bilgan voqealardan kelib chiqqan holda ifodalaydi. Uning ta'lim-tarbiyaviy qarashlaridagi bosh mavzu Vatanga bo'lgan cheksiz muhabbatdir. Uning shu mavzuda yozgan ruboyi,g'azallari yoshlarni ona Vatanni sevishga, unga fidoyi sodiq bo'lishga, o'z xalqiga xizmat qilishga chorlaydi, yoshlarning qalbida insonparvarlik tuyg'ularini uyg'otadi. Jumladan Bobur Vatanga bo'lgan cheksiz muhabbatini, undan ajrolmoq naqadar og'ir judolik ekanligini quyidagicha ifodalaydi:

Tole yo 'q jonimga balolig ' bo 'ldi,

Har ishniki ayladim xatoig ' bo 'ldi.

O 'z yerni qo 'yub Hind sori yuzlandim.

Yo rab, netay, ne yuzi qarolig ' bo 'ldi .

Boburning ona Vatanga bo'gan mehri shu qadar kuchli ediki to umrining oxirigacha Vatan sog'inchi bilan yonib yashadi. Bu haqda u shunday yozadi: "Bizning ehtimomimiz ul sarilar bormoqqa behad va bag'oyattur. Hindiston ishlari ham bir nav somon topib keladur. Tengri taolodin umid andoqkim, bu oraning ishi tengri taolo inoyati bila bot saranjom topqay. Bu ish zabtidan so'ng betavaqquf, Tengri yetkura, mutavajjih bo'lg'umdur. Ul viloyatlarning latofatlarini kishi nechuk unutqay. Alalxusus mundoq toyib va torik bo'lg'onda qovun va uzumdek mashru hazni kishi ne tavr xotirdin chiqargay"4

Bobur ko'plab sohalarda shug'illanish bilan birgalikda farzand tarbiyasiga ham alohida etibor qaratgan. Bunga birgina misol farzandlari Humoyun va Kamron Mirzoga dasturulamal sifatida yozilgan "Mubayyin" asaridir. Masnaviy usulda bitilgan ushbu asarda islom huquqshunosligi va shariat aqidalari bilan birgalikda o'sha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bo'yicha qiziqarli malumotlar berilgan.

3 Bobur. Boburnoma. Toshkent: 1989.

4 Bobur. Boburnoma. Toshkent: 1989.

May, 2024

13

Muxtasar qilib aytganda Bobur shaxsining har bir jihatlari o'sib kelayotgan barcha yoshlarda insoniylik, odob-axloq, yaxshilik, vafo, iymon, xalqparvarlik, Vatanga muhabbat tuyg'ularini shakllantirishda g'oyat ahamiyatlidir. Bu maqsadlarga erishish uchun:

"Bobur badiiy asarlarida Vatan" mavzusida seminar -treninglar o'tkazish; Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlangan badiiy filmlar ishlash; Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Boburning vatanparvarlik jihatlarini targ'ib qiluvchi materiallarni muntazam e'lon qilib borish;

Bobur shaxsiyatining o'ziga xos tomonlarini ochib beruvchi badiiy asarlar yaratish qo'llab-quvvatlash;

Boburxonlik kechalarini tashkillashtirish;

Boburga bag'ishlangan viloyatlar va respublika miqyosidagi ko'rik tanlovlarni muntazam o'tkazib borishni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz.

Buyuklar shaxsiyatini bilish hamda yoshlarga berilayotgan to'g'ri tarbiya orqali biz ularning bobokalonlariga bo'lgan dahldorlik hissini uyg'otishga zamin yaratadi deb ayta olamiz. Yosh avlod o'zini shu kabi bobokalonlariga dahldor deb bilsa ularga o'xshab buyuk ishlar qilish uchun o'zida jurat va kuch topa oladilar. Zaxiriddin Muhammad Bobur hayotidagi juda ko'plab bo'lgan jang-u jadallar hamda mag'lubiyatlar va erishilgan zafarlar yoshlarimizda matonat va sabr toqat shu jumladan ishonch, matonat kabi ulug'vor tuyg'ularning jo'sh urishida xizmat qiladi. Kelajakda yosh avlod shu bobokalonlari kabi yurtiga qalqon bo'lishni u kabi strategiyalar tuzishni orzu qila boshlaydi. Ota-ona hamda ustoz, murabbiylarning to'g'ri yo'nalish berishi bilan bu yoshlar kelajakda buyuk marralarni egallashadi hamda vatanparvar bo'lib o'sib ulg'ayadilar.

REFERENCES

1. Azimjanova S. Zahiriddin Muhammad Bobur http://e-tarix.uz/shaxslar maqola.html

2. Bobur. Boburnoma. Toshkent: 1989.

3. Джавахарлал Неру. Взгляд на мирную историю. Т.2. - М., 1975.

4. R.Shamsuddinov. Buyuk boburiylar saltanati va uning jahon tamaddunidagi o'rni. "Vodiynoma", 3/2017/ 11

5. https://lex.uz/docs/-3307879 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida F-5024.

May, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.