Научная статья на тему 'BOBUR SHARQ RENOSANSI NAMOYONDASI'

BOBUR SHARQ RENOSANSI NAMOYONDASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
149
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Zahiriddin Muhammad Bobur / Sezar / Uilyam Erskin / davlat / arbob / shoh / shoir / uyg‘onish davri / timsol / shahs / g‘arb olimlari / tarix / xalq / milliy qadriyatlar / tarixiy xotira / Hindiston / turk / ijtimoiy-tarixiy / ilmiy-tabiiy / adabiy / lingvistik / ma’lumot

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xudoyberganov Sharifjon Shokiraliyevich

Mazkur maqolada buyuk davlat arbobi, shoh va shoir, uyg‘onish davrining yetuk timsoli, Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsini o‘ziga hos jihatlari talqin qilingan. Yuksak fazilat , mardlik, jasorat, erkinlik homiysi sifatida iz qoldirgan alloma merosini o‘rganish, milliy g‘oyaga sodiqlikni, vatanparvarlik tuygusini, yuksak ma’naviy-axloqiy qarashlarni, mafkuraviy immunitetni, umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish mexanizmlarini yaratishning dolzarbligi masalasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOBUR SHARQ RENOSANSI NAMOYONDASI»

BOBUR SHARQ RENOSANSI NAMOYONDASI

Xudoyberganov Sharifjon Shokiraliyevich xudoyberganov1979@gmail.com

Qo'qon DPI

Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk davlat arbobi, shoh va shoir, uyg'onish davrining yetuk timsoli, Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsini o'ziga hos jihatlari talqin qilingan. Yuksak fazilat , mardlik, jasorat, erkinlik homiysi sifatida iz qoldirgan alloma merosini o'rganish, milliy g'oyaga sodiqlikni, vatanparvarlik tuygusini, yuksak ma'naviy-axloqiy qarashlarni, mafkuraviy immunitetni, umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish mexanizmlarini yaratishning dolzarbligi masalasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Sezar, Uilyam Erskin,davlat, arbob, shoh, shoir, uyg'onish davri, timsol, shahs, g'arb olimlari, tarix, xalq, milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, Hindiston, turk, ijtimoiy-tarixiy, ilmiy-tabiiy, adabiy, lingvistik, ma'lumot.

BOBUR IS A REPRESENTATIVE OF THE EASTERN RENOSANCE

Khudoyberganov Sharifjon Shokiraliyevich xudoyberganov1979@gmail.com Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: This article describes the personality of the great statesman, king and poet, the leading figure of the Renaissance, Zahiriddin Muhammad Babur. The study of the legacy of the scientist, who left his mark as a patron of high virtue, courage, bravery and freedom, the urgency of creating mechanisms to form loyalty to the national idea, patriotism, high moral and ethical views, ideological immunity, respect for universal values.

Keywords: Zahiriddin Muhammad Babur, Caesar, William Erskin, statesman, statesman, king, poet, Renaissance, emblem, person, western scholars, history, people, national values, historical memory, India, Turkish, socio-historical, scientific-natural, literary, linguistic, information.

«Bobur fe'li-sajiyasiga ko'ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo'yilgan». Eduard Xolden, ingliz tarixchisi

Dunyodagi har qanday millat milliy qadriyatiarini o'z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma'naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, tarixiy xotira tuyg'usi to'laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o'tgan yo'l o'zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo'qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o'rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo'ladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev takidlaganlaridek, "buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarda namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir."1 Buyuk allomalarimiz bebaho merosi, yrngilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularni milliy g'urur va iftixob tuyg'ularini kuchaytirishda Zaxiriddin Muhammad Bobur timsoli alohida o'rin tutadi.

O'zbek xalqi tarixida o'chmas iz qoldirgan, temuriy hukmdorlar orasida alohida o'ringa ega bo'lgan davlat arbobi, buyuk sarkarda, tengsiz iste'dod sohibi, matonatli, haqgo'y shoh va shoir- Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umarshayx Mirzodir(1483-1530). Boburning hayoti va ijodi, davru zamonlar o'tgani sayin necha avlodni qiziqtirib kelmoqda. U nihoyatda qisqa davrda yashab o'tgan bo'lsada, lekin mana besh yuz yildirki, to'xtamay o'rganlishda davom etayotgan hayot va ijod yo'li naqadar nurafshondir. Bobur shaxsiyati, davlat boshqaruvi hamda ijod faoliyati haqida turli davrlarda samarali izlanishlar olib borilgan va juda ko'plab ilmiy-tarixiy asarlar yaratilgan. Ana shunday asarlardan birning muallifi ingliz tarixchisi va tarjimoni Uilyam Erskindir.

U.Erskin (1773-1852) yetuk sharqshunos olim bo'lib, shotlandiyalik katta yer egasi oilasida tavallud topgan. U.Erskin 1803 yilda taniqli faylasuf olim va iqtisodchi Jeyms Makkintosh taklifiga ko'ra, uning shaxsiy kotibi sifatida Xindistonning Bombay shahriga keladi. U 1809 yilda ingliz tarjimoni Jon Leyden bilan hamkorlikda Bobur tarixiga oid manbalar tarjimasini boshlab, 1816 yilda yakuniga yetkazdi. Uilyam Erskin Bombaydan turib, Londondagi noshirlarga yozgan xatida tuganmas ganjina topib olgandek xursandligini bildiradi va «Boburnoma»ni tarjima qilayotganidan xabar beradi. Bu izlanish orqali, tarjimon Boburdan Avrangzebgacha bo'lgan temuriylar tarixini yaratadi. Bu kitob "Bobur Xindistonda"nomini oladi. Erskin kitobga kattagina muqaddima yozib; «Biz, Osiyodagi hukmdorlar ichida Bobur singari genial va talantli kishilarni kamdan-kam uchratamiz. Aqlining aktiv faoliyati, xushchaqchaq va sovuqqonligi, bevafo taqdirning nayranglariga qaramay, ruhining tetikligi, podsholar orasida juda kam uchraydigan saxiyligi, mardligi, iste'dodliligi, fanga, san'atga muhabbat va ular bilan faol shug'ullanishi jihatidan

Osiyo podsholari orasida Boburga teng keladigani yo'q»2 deb Bobur va uning asarini ingliz kitobxonlariga tanishtiradi.

Erskin o'z asarining kirish qismida Bobur shaxsiyatini quyidagicha ifodalaydi; "Hindistonni zabt etilishiga asli zoti temuriylardan bo'lmish Bobur va uning hamrohlari jasorati tufayli erishildi. Uning yoshlik yillari ham shu irqqa mansub qabilalar orasida o'tganligi uchun davlatni boshqarish va idora qilish uslubida ham bu cho'l o'g'loni faoliyatida ikki ulkan qabila- mo'g'illar va o'zbeklarning ta'siri sezilib turadi"3. Erskin yuqoridagi fikrlari orqali bir haqiqatni ochib berganligi diqqatga sazovor, birinchidan: Bobur har tomonlama yetuk, qobiliyatli, Javoharlal Neru aytganidek, "Bobur dilbar shaxs, Uyg'onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo'lgan, u san'atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko'radigan ko'p yaxshi fazilatlarga ega bo'lgan"4 va o'sha davr uchun noyob fenomen ekanligi bo'lsa, ikkinchidan; uzoq yillar ayrim tarixchilar tomonidan Bobur saltanati "Mo'g'illar imperiyasi", Boburni esa mo'g'illardan kelib chiqqan sarkarda sifatida noto'g'ri talqin qilinishini ko'rsatib berdi. U o'z asarida Bobur va uning ajdodlari kelib chiqishi jihatidan turkiylardan ekanligiga urg'u beradi. "Turklar juda ko'p asrlar davomida Gobi cho'llari va g'arbiy Mo'g'iliston, janubda Qashqar va Pomir tog'larigacha, Xuroson, Kaspiy va Qora dengizlarigacha, g'arbda esa Don va Volga bo'ylarigacha, shimolda esa Sibirgacha bo'lgan ulkan hududni egallab yashaganlar. Turkiy tillarda so'zlashuvchi qavmlar qaysi urug'ga mansubligidan qat'iy nazar o'zlarini turklar deb biladilar"5. Erskin tarixiy voqeliklarni Bobur tilidan izohlash bilan birga, uning shaxsiyatidagi mardlik, oliyjanoblik, qa'tiy tartib intizom, shaxsiy ma'sullik kabi yuksak hislatlarini ko'rsatib o'tadi. Boburning Andijondan to Hindistongacha bosib o'tgan mashaqqatli hayot yo'lini aniq voqeliklar asosida tasvirlaydi. Masalan asardagi "Hindistonning olinishi va Panipat jangi" bo'limida shunday yozadi; "Boburning keyingi yillardagi hayoti tarixda o'chmas iz qoldirgan jasoratli ishlarga to'la bo'ldi. Bobur sharq mamlakatlari taxtiga yarashib tushgan hukmdorlarning yorqin namoyondalaridan biridir. Uning shaxsi olijanob inson va ulug' shohga mansub bo'lgan fazilatlardan tarkib topgan. U jasur va tadbirkor hamda shijoatli sarkarda bo'lib, kishilarni o'z ortidan ergashtira oladigan tashkilotchi lashkarboshi edi. U ko'ngli beg'araz hamda ishonuvchan kishi bo'lib, yoshlik g'ayrat va shijoati uni hech qachon tark etmagan. U bag'ri keng, ko'ngilchan inson bo'lganligi tufayli uy ichidagilariga iliq muomala qilar, qarindoshlari va do'stlari haqida doim g'amxo'r hamda qaysi ijtimoiy tabaqaga mansubligidan qa'tiy nazar kishilarning tashvishlariga hamdardlik bildirishga tayyor turadigan saxovatpesha kishi edi"6.

Boburda bobosi Amir Temurdek go'zallikni va san'at asarlarini qadrlash xususiyati bo'lib, ular orasida me'morchilik va bog' yaratish sa'nati alohida o'rin egallagan. Bobur bilimga bo'lgan chanqoqligi tufayli ham bilim olishga intilganlarga

hamisha otalarcha g'amxo'rlik qilar edi. Uning yaxshi xislatlaridan yana biri, shijoatliligi va muruvvatni ustun qo'yishidir.

Bobur shuningdek, ijodkor sifatida nozik did bilan yaratilgan "Turkiy devon", "Mubayyin" asarining muallifidir. Qadimiy Movarounnahr va undagi xalqlar hayoti haqida jonli guvohlik beruvchi asarlar orasida «Boburnoma» alohida ajralib turadi. "Boburnoma"nmg A.J.Klaprot, A.Longper'e, M.Langle, A.Pave de Kurteyl, F.Grenard, Barye-Grammon kabi tadqiqotchi va tarjimonlari Bobur merosining tarixiy-etnografik, bibliografik hamda lingvistik jihatdan tavsif qilish bilan Yevropada boburshunoslikning rivojiga munosib hissa qo'shdilar. Qolaversa, Zahiriddin Muhammad Boburning ilm-fan, adabiyot va san'atga baxshida boy merosini to'plash, nashr etish hamda jahon miqyosida munosib baholamoq uchun yuqoridagi manbalarni e'tirof etish maqsadga muvofiqdir.7 Zaxiriddin Muxammad Bobur tomonidan yaratilgan bu asarlar ijtimoiy-tarixiy, ilmiy-tabiiy va adabiy-lingvistik ma'lumotlar xazinasidir. Unda 1494 yildan 1530 yilgacha O'rta Osiyo, Afg'oniston va Hindistonda kechgan voqealar bayon etilgan. Bobur tarixiy faktlarni shunchaki qayd etish, jangu- jadallar, yurishlar haqida xronologik axborot berish bilangina kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda qiziqarli hikoya qiladi, manzara chizadi, tabiatni, etnografik holatlarni tasvirlaydi, davrni, uning xususiyatlarini gavdalantiradi. Buni U.Eriksin quyidagicha tasvirlaydi; "Osiyo tarixining sovuq ulug'vorligi o'rtasida, kun bo'yi yig'lab yurgan va yig'isi haqida birga o'ynab yurgan o'rtog'iga aytganidek bizga hikoya qilib berayotgan podshohni uchratish dilimizga taskin beradi" Boburning ulug'vorligi ham shundaki, uning haqiqatni real ifodalaganidir.

Muxtasar qilib aytganda, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimiz boy tarixiy merosini o'rganish, ilmiy tadqiq etish, biz uchun sharafdir. Bu esa hozirgi va kelajak avlod oldidagi yuksak mas'uliyatni anglash, Vatanni sevish va unga sodiq bo'lishda hamda davlatimiz suverenitetini g'oyaviy jihatdan mustahkamlashda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev. Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilandavom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.-Toshkent: "O'zbekiston"NMIY,2018.- 29 b.

2. Erskin. U. Bobur Xindistonda. Bobur xukumronligi davrida Xindiston tarixi. T. Cho'lpon nashriyoti.1995 6-b

3. o'sha asar. 6-6

4. https://saviya.uz/ij od/adabiyotshunoslik/mashhur-kishilar-bobur-haqida/

5. Erskin. U. Bobur Xindistonda. Bobur xukumronligi davrida Xindiston tarixi. T. Cho'lpon nashriyoti.1995 6-b

6. o'sha asar. 6-6

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X

7. http://uchildiz.uz/bobur-merosi-jahon-olimlari-nigohida/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.