INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
YOSHLАRNI ^RBIY VАTАNPАRVАRLIK XISSINI SHАKLLАNTIRISHDА
TАRBIYАNING O'RNI Xаsаnov Muzаffаr Sodiqovich
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Harbiy ta'lim fakulteti Dotsenti
Shernаzаrov Xushnudbek Sunnаtullo o'g'li
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Harbiy ta'lim fakulteti 4-bosqich
talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7149941
Annotatsiya. Yoshlаrni hаrbiy vаtаnpаrvаrlik ruhida tаrbiyаlаsh, Vаtаnini, xalqini va oilasini sevishga o'rgatish, vatanparvar bobolarimizning bizgacha qoldirgan buyuk merosini o'rganish va ularga munosib voris bo'lish.
Kalit so'zlar: vatanparvarlik, vatanparvar shaxs tushunchasi, harbiy vatanparvarlik, huquqiy ta'lim, huquqiy madaniyat.
РОЛЬ ВОСПИТАНИЯ В ФОРМИРОВАНИИ ЧУВСТВА ВОИНСКОГО ПАТРИОТИЗМА У МОЛОДЕЖИ
Аннотация. Bocnumbieamb молодежь в духе военного nampuomu3Ma, учить любить свою Родину, свой нaрoд и свою семью, U3y4amb великое Ha^edue Hamux предков-naтриотов, ocmaвлeннoe до нac, и быть достойными их нacлeднuкaмu.
Ключевые слова: ^триотизм, понятие штриотической личности, военно-namрuomuчecкuй, nрaвoвoe вocnumaнue, nрaвoвaя культур.
THE ROLE OF EDUCАTION IN FORMING А SENSE OF MILIARY PАTRIOTISM
IN YOUTH
Abstract. To educate young people in the spirit of military patriotism, to teach them to love their homeland, people and family, to study the great legacy that our patriot grandfathers left before us and to be a worthy successor to them.
Keywords: patriotism, the concept of a patriot, military patriotism, legal education, legal
culture.
KIRISH
Vatan - bu inson va uning avlod ajdodlari kindik qoni to'qilgan muqaddas dargohdir. Vatan-bu ajdodlar maskani el yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf odatlari, qadriyatlari chinakamiga ishlanib, kamol topib boradigan zamindir. Vatan deganda hamisha o'zimiz tug'ilib o'sgan, ko'z ochib ko'rgan, ta'lim tarbiya olib voyaga yetgan, necha-necha ajdodlarimiz yashab o'tgan, ularning aql- idroki, mehnati sarf qilingan yurt ko'z oldimizga keladi. [1]
Mustaqillik yillarida yoshlar tarbiyasini takomillashtirish vazifalari, usullari, vositalari va milliy g'oyaning yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mazmuni, metodi hamda vositalari tahlil etilgan. Yoshlarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg'usini shakllantirish -fuqarolik tarbiyasining asosi. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda vatanparvarlik (lotincha «patriotes» - vatandosh, «patris» - vatan, yurt) tuyg'usini shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Har bir fuqaro muayyan davlatning a'zosi sifatida uning sha'ni, obro'- e'tiborini ta'minlashi, uning manfaatlari uchun kurasha olishi zarur. «Vatan atamasi aslida arabcha so'z
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
bo'lib, ona yurt ma'nosini bildiradi, Vatan tushunchasi keng va tor ma'noda qo'llaniladi. «Vatanparvarlik - o'z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan bog'lagan barcha kishilarga xos fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obro'- e'tibori ham shu millat kishilar vatanparvarlik tuysusining darajasi bilan bog'liqdir». Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo'ladi:
1. Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
2. O'zi mansub bo'lgan millat o'tmishi, urf-odatlari, an'analari va qadriyatlariga sodiqlik.
3. Vatan va millat tarixidan g'ururlanish.
4. Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma'naviy boyliklarini asrash, ularni ko'paytirish borasida g'amxo'rlik qilish.
5. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo'lida mehnat qilish.
6. Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish. 7. Vatan va millat obro'si, sha'ni, or-nomusini himoya qilish.
8. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo'lishi. [2]
Vatanparvar shaxs o'z vatanini uning boyliklari yoki vatanining qulay geografik hududda joylashganligi uchun emas, balki, o'zi Vatanning bir bo'lagi ekanligi, o'zi mansub bo'lgan millatning shu Vatanda, shu makonda yashashi uchun qadrlay olishi, unga nisbatan chuqur hurmat ko'rsatishi zarur. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash o'zining tarixiy ildizlariga ega. Shiroq To'maris, Spitamen, Dalvarzintepa afsonalari Go'ro'g'li Alpomish dostonlarida, Vatan uchun jon fido qilishga tayyor bo'lish, jasorat, matonat, vatanga sadoqat tuyg'ulari ulug'langan. Sharq mutaffakkirlari (Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy) ijodlarida ham vatanparvarlik go'yasi alohida tarannum etilgan. Jumladan, Abu Nasr Farobiy inson kamolotini vatanparvarlik bilan bog'laydi va "Olloh in'om etgan aql ne'matidan mavjud imkoniyat darajasida foydalanmasdan turib, etuk inson martabasiga erishib bo'lmaydi chunki inson taraqqiyotining eng mukammal va etuk yakunidir" deb Shunday ekan, haqiqiy vatanparvarlik faqat yetuk insongagina xos bo'lishi mumkin. Zahiriddin Muhammad Boburning o'zga yurtda vatan tuyg 'usini chuqur his qilgani uning asarlarida ifodalangan. Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini shakllantirish, ularni o'z fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan davlat va nodavlat tashkilotlari, oila, mahalla, ta'lim-tarbiya institutlarining maqsadli, tizimli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan ko'zlangan maqsad - èshlarda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, yurt tinchligini asrash Vatan ravnaqi uchun faol bo'lishga undaydigan ijtimoiy, ma'naviyaxloqiy fazilatlarni qaror toptirish, mamlakatimizning barcha sohalari uchun jonkuyar, halol, o'z kasbiga sadoqatli va yetuk kadrlar zaxirasini shakllantirishdan iborat:
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilanadi: èshlarni O'zbekiston Respublikasi, uning xalqi va Prezidentiga sadoqat, yuksak vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish; èshlarning faol haètiy pozitsiyasi va qat'iy e'tiqodini, Vatan taqdiri uchun mas'uliyatini kuchaytirish, ularning turli ko'rinishdagi axborotpsixologik hurujlarga nisbatan mafkuraviy immunitetini mustahkamlash;
yoshlarda Vatan ozodligi yo'lida jasorat ko'rsatgan buyuk ajdodlarimiz hamda O'zbekiston mustaqilligini himoya qilish uchun jon fido etgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo'lish tuyg'usini shakllantirish; èshlarga buyuk tariximiz, milliy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
urf-odat, an'ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini chuqur tushuntirish, ular qalbida milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini kuchaytirish;
yoshlarning qalbi va ongiga jonajon Vatanimizni himoya qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi, Vatan chaqirig'iga asosan uni himoya qilishga doim shay turish, yurt uchun fidoyi bo'lish lozimligini chuqur singdirish;
yoshlarga Vatanimizning mustaqilligi, yurtimiz barqarorligi va xavfsizligini, xalqimizning tinch va osuda haètini himoyalashda milliy armiyamizning o'rni va ahamiyatini, jangovar salohiyatini keng tushuntirish; bugungi kunda amalga oshirilaètgan Yoshlarga oid davlat sièsatining mohiyatini, yosh avlod vakillariga ko'rsatilaètgan e'tibor, ularning intellektual salohiyatini ro'èbga chiqarish uchun yaratilaètgan shartsharoitlarni aniq misollar bilan èshlar ongiga singirib borish; èshlarning ongu shuuriga o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishlikni, egallagan kasbiga sadoqati va fidoyiligi bilan Vatan ravnaqi va yurt taraqqiètiga salmoqli hissa qo'shish tushunchalarini yetkazish. Harbiy-vatanparvarlikning mazmuni, uning maqsad va vazifalari bilan belgilanib, jamiyat taraqqiètiga bog'liqdir. Barcha sohalardagi taraqqièt insonning haèt mazmuni, qadriyatlari, maqsad va intilishlariga, o'z navbatida Vatanga va milliy madaniyatga bo'lgan munosabatlariga ta'sir ko'rsatadi.Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining asosiy mazmunini: Vatanini himoya qilishda O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitutsion burchini tushuntirish; mamlakat mudofaasini kelgusida kuchaytirish masalalari bo'yicha Hukumat qarorlari bilan tanishtirish;
davlatning Qurolli Kuchlari bilan hal qilinadigan masalalar, ularning vazifasi va xususiyatlarini tushuntirish; O'zbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risi"gi qonuni, Mudofaa doktrinasi, Harbiy qasamèd va Umumharbiy nizomlarning taalluqli qismini o'rgatish;
yoshlarni harbiy xizmatga tayèrlashning maqsad va vazifalari, asl mohiyatini tushuntirish; ajdodlar merosi, buyuk, mard va jasur ota-bobolarimizning jangovar an'ana va udumlarini targ'ibot qilish kabilar ochib beradi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi o'zida quyidagi omillarni qamrab oladi: [3]
TADQIQOT NATIJALARI
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi - o'zaro aloqador, bir-birini to'ldiruvchi va hamkorlikda olib boriladigan sièsiyhuquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-mafkuraviy va madaniy-ma'rifiy tadbirlar majmuasidan iborat. 16. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini quyidagi komponentlar tashkil qiladi.
Ta'lim-tarbiya jaraènida qadimiy tariximizni, milliy urf-odat an'ana va qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim muassasalari.
Abdulla Avloniy o'z asarlarida «vatan» tushunchasiga ta'rif berib, uning ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha qayd etadi: «Har bir kishining tug'ulub o'sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug'ilgan, o'sg'on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi - tuyg'usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o'z vatanidan - uyuridan ayrilsa, o'z yeridagi kabi rohatda yashamas. Yoshlarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishda harbiy vatanparvarlik tarbiyasining ham ahamiyati beqiyosdir. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo'lib, mazkur jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1. Fuqaro mudofaasi hamda harbiy bilim asoslarini bo'yicha dastlabki nazariy bilimlarni berish va amaliy ko'nikmalarni hosil qilish;
2. Yoshlarni milliy mustaqillik, O'zbekiston Respublikasining davlat qurilishi hamda konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtiriluvchi tahdidlarning oldini olishga tayyorlash; g'oyaviy onglilikni tarbiyalash asosida, ularda terrorizm va diniy ekstremistik g'oyalarga qarshi nafrat tuyg'usini tarbiyalash;
3. Vatan himoyasini ta'minlash borasidagi harbiy-texnik tayyorgarlikka ega bo'lishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
4. Favqulotda vaziyatlarda tegishli chora-tadbirlarni ko'ra olish, shuningdek, qurolli hurujlardan himoyalanish ko'nikma va malakalarini shakllantirish.
MUHOKAMA
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda ta'lim muassasalarida o'qitilishi yo'lga qo'yilgan boshlang'ich harbiy tayyorgarlik mashg'ulotlari muhim ahamiyatga ega. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyi ham o'z hissasini qo'shib kelmoqda. 1965 yilda tashkil topgan muzey ekspozitsiyasi qariyb 56 yillik faoliyat davrida 36 mingga yaqin noyob va qimmatli eksponatlar, turli davrga oid qurol-yarog'lar, sarkardalarimizga oid ma'lumotlar va arxiv hujjatlariga ega bo'lib, respublikamizdagi yagona harbiy muzey bo'lib hisoblanadi.Muzeyda barcha tashrifchilarga qulaylik yaratish maqsadida videogid va videotur dasturi ishga tushirilgan. Bu dastur orqali o'zlari uchun qiziq bo'lgan eksponatlar bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya o'quvchilar o'rtasida, fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o'ziga xos o'rin tutadi. 1993 yil mart oyida e'lon qilingan "Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi"da qayd etilganidek: "Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani, davlat haqidagi ta'limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo'jalik, ma'muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma'nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so'zsiz rioya etish, adliyaviy bilimlarni egallashga ehtiyoj sezish, tartib va intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, xalqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro tashkilotlar (BMT, Xavfsizlik Kengashi va hokazo) faoliyati haqida o'quvchilarning umumiy tasavvurlarini shaklantirishdan iboratdir.
XULOSA
Huquqiy ta'lim va tarbiya o'zaro bog'liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Zero, huquqiy ta'lim o'quvchilarga huquqiy me'yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to'g'risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni bo'lib, u izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim. Yoshlarni yanada vatanni sevishga va unga sadoqat bilan xizmat qilishlarida ko'plab vatanparvarlik oyligi doirasida otkaziladigan tadbirlarning ahamiyati va o 'rni beqiyos. Hususan Qurolli Kuchlarning 29 yilligi hamda "14-yanvar -Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi F-5614 farmoyishi ilovasidagi tadbirlar dasturining 10 bandini 10- bandini bajarish maqsadida o'quvchi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
yoshlar orasida "Mening armiyam - mening faxrim!" mavzusidagi ijodiy ishlar ko 'rgazmasi
tashkil etildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarni armiya hayotiga bo'lgan qiziqishini oshirish bilan birga
harbiy vatanparvarlik tuyg'usini yanada oshishiga o'z hissasini qo'shadi. [4]
REFERENCES
1. https://hozir.org/oquv-yurtlarida-harbiy-vatanparvarlik-tarbiyasi-xolatini-bahol.html?page=2
2. http://textovod.com/unique/link?url=https%3A%2F%2Felib.buxdu.uz%2Findex.php%2Fpa ges%2Freferatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi%2Fitem%2F 11926-yosh-avlodning-huquqiy-madaniyati-va-ongini-shakllantirish-fuqarolik-tarbiyasining-tarkibiy-qismi&key=8bf46e93b909235c01fe22db987f2fa0
3. Em^apHH x,ap6HH-BaTaHnapBap.nHK pyx,Hga TapGHanamHHHr acocHH MyHa.nHm.napH Ba GocKHH^apH....
4. "Science and Education" Scientific Journal February 2021
5. Abu Rayhon Beruniy Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. Toshkent fan 1968 y Mamatov O. Vatanparvarlik - milliy istiqlol mafkurasining muhim tarkibiy qismi. Toshkent-2001y.
6. Mamatov O. Vatanparvarlik - milliy istiqlol mafkurasining muhim tarkibiy qismi. Toshkent-2001y.