Научная статья на тему 'ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSIDA TILGA OID MUNOSABATLAR TAHLILI'

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSIDA TILGA OID MUNOSABATLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Boburnoma” / tilshunoslik / adabiyot / maqollar / fors tili va tovush.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Diyora Qosimova, Rayxon Rasulova

Ushbu maqolada o„zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi, mashhur davlat arbobi, atoqli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida ma‟lumotlar keltirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSIDA TILGA OID MUNOSABATLAR TAHLILI»

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSIDA TILGA OID MUNOSABATLAR TAHLILI

Diyora Qosimova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti O'zbek tili va adabiyot yo'nalishi 22/3 -guruh talabasi Ilmiy rahbar: Rayxon Rasulova O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi p.f.f.d.(PhD)

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi, mashhur davlat arbobi, atoqli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar keltirildi.

Kalit so'zlar: "Boburnoma", tilshunoslik, adabiyot, maqollar, fors tili va tovush.

O'zbek klassik adabiyotining XV asr oxiri va XVI asr boshlarida yashab ijod etgan atoqli namoyondalaridan biri, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining qarama - qarshiliklar to'la, murakkab va qisqa hayotida (1483 -1530) anchagina asarlar yaratgan bo'lsa-da, ularning hammasi bizgacha yetib kelgan emas.

Boburning bizgacha yetib kelgan asarlari uncha to'liq bo'lmagan bir devoni, islom dini asoslarini bayon etuvchi "Mubayyin" nomli she'riy risolasi, "Volidiya" deb nomlangan tasavvufga oid qarashlari bitilgan she'riy tarjimasi, Bobur ixtiro etgan va "Xatti Boburiy" nomi bilan mashhur bo'lgan alifbosi hamda "Boburnoma" asaridan iboratdir.

Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur "Boburnoma" asari benihoyat qimmatli tarixiy memuar asar bo'lib, unda O'rta Osiyo, Afg'oniston va Hindiston mamlakatlarining XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi ahvoli, geografiyasi, siyosiy -iqtisodiy va madaniy hayoti o'z ifodasini topgan. Boshqacha qilib aytganda, u o'rta asrlarda yoritilgan shu xalqlar tarixini izohlovchi bironta muqobili bo'lmagan tarixiybadiiy asardir. Aslida "Boburiya", keyinchalik "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Voqeati Boburiy" va eng so'nggida "Boburnoma " nomi bilan mashhur bo'lgan bu asar Hindistonda eski o'zbek (chig'atoy) tilida yozilgan. "Boburnoma" juda ko'p tillarga, chunonchi: fors, ingliz, nemis, fransuz, rus tillariga tarjima qilingan. Tarixiy manbalar Hindiston mamlakatining "Boburnoma" ga juda ham hurmat bilan qaraganligini ko'rsatadi. Boburning nevarasi Akbarshoh (1556-1605) davrida "Boburnoma" o'zbek tilidan fors tiliga tarjima qilindi va u bu davrda "Voqeoti Boburiy" nomi bilan mashhur bo'ldi. Fors tiliga qilingan tarjimalar ichida Abdurahmonxon tarjimasi yuqori saviyaliligi bilan ajralib turadi.

473

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

"Boburnoma" materiallari Hindiston tarixchilari (Gulbadanbegim, Abdul Fazl, Farishta, Nizamiddin Xeravi va boshqalar) uchun asosiy manba bo'lib xizmat qildi. Bu asarning to'liq matni 1857-yilda turkolog H.U.Ilimenskiy tomonidan Qozonda tipografiya yo'li bilan o'zining to'rt betlik nashr prinsiplarini ko'rsatgan ruscha so'zboshisi bilan bosilgan. Asarni nashrga tayyorlash va dunyoga chiqarishga H.U.Ilimenskiyning zo'r faoliyat ko'rsatganini alohida qayd etish kerak. Bu nashrdan keyin 1905-yilda ingliz orentalistlaridan A.Beverich xonim "Boburnoma"ning Haydarobodda topilgan bir qo'lyozmasining ayni o'zini sinkografiya yo'li bilan nashr etdi. Bu nashr nusxasining qachon va kim tomonidan ko'chirilgani noma'lum. Bu ham to'liq tekst bo'lsa-da, Qozon bosmasiga nisbatan ba'zi tushib qolgan joylari va ayrim nuqsonlari bordir. Lekin umuman olganda har ikkala nusxa ham ayrim-ayrim nuqsonlardan holi emasdir. London nusxasining afzalligi shundaki, A.Beverij nusxaning ayni o'zini berib juda yaxshi ish qilgan. Shu bilan birga asar oxirida mukammal kishi ismlari, geografiya va qabila, urug' nomlari ko'rsatkichi berilgan va ingliz tilida o'n betlik so'z boshisi ham bor. Lekin ko'rsatkichlarni transliterasiyasiz arab yozuvi bilan berilishi nashrni to'g'ri o'qish masalasini qiyinlashtiradi. Mana shu ikki mavjud nusxaga asoslanib, 1848-1949 yillarda "Boburnoma"ning ikki qismidan iborat to'liq teksti bosib tarqatilgan edi. Bu nashr o'zbek alifbosida geografik nomlar ko'rsatkichi , to'liq lug'at, ba'zi bir qisqa izoh va tarjimalar ilovasi bilan bosilgan edi.

Shundan keyin "Boburnoma"ning to'liq matni 1960-yili qayta nashrga tayyorlandi va nashr etildi.

"Boburnoma" ning til xususiyatlari haqida fikr yuritish uchun, bizningcha juda ko'p masalalarni hisobga olmoq lozim. Chunonchi, birinchidan lahjalar munosabatini. Negaki, o'zbek tili o'zining ko'p lahjaliligi jihatidan turkiy tillarning barchasidan farqlanadi.

Shuning uchun ham professor E.D.Polivanov: "O'zbek tili yagona sistemaning , hech qachon amalda bo'lmagan o'zbek bobo tilining dialektologik parchalanishi yo'li bilan emas, balki til sistemalarining birlashuvi yo'li bilan paydo bo'lgan", -deb aytgan edi.

Haqiqatdan ham o'zbek adabiy tili uchta katta mustaqil ( qarluq-chigil yoki o'rta o'zbek qipchoq yoki sof o'zbek professor E.D.Polivanov atamasi ) o'g'iz lahjalaridan tashkil topgan bo'lib, ularning har biri yana bir-biridan farq qiluvchi bir qancha shevalarni o'z ichiga oladi. Binobarin, bu lahjalarning har biri mohiyat e'tibori bilan yirik bir til birligi sifatida bir-biridan fonetik, leksik, grammatik, uslubiyat jihatidan ham farqlanadi.

Hatto bugungi kunda sezilayotgan bunday tafovutlar eski o'zbek tili davrida yana mo'lroq ayni paytda kuchliroq bo'lganligi tabiiy holat. Zero, Zahiriddin Muhammad Bobur bu tafovutlarni juda chuqur his etgani holda ularning har biriga xos bo'lgan

474

https://cspu.uz/

International Scientific and Practical Conference

so'zlarni "Boburnoma"da qo'llaydiki, bu bilan, avvalo, adabiy tilning boyligini ta'minlaydi. Ayni paytda adabiy til bilan umumxalq tilini yaqinlashtiradi va shu asosda "Boburnoma" tilining soddaligini, natijada uning o'qimishliligini ta'minlagan. Chunonchi, Andijon lahjasida hozir ham "eshik" so'zi, "uy", "hovli" ma'nosida "to'shak solish" birikmasi mehmonga ko'rpacha solish, joy tayyorlash ma'nolarida ishlatiladiki, bunday xususiyat "Boburnoma" tilida ham mavjud. Masalan: "Ibni Husayin mirzo bu to'shakda o'lturdilar, manga solg'on to'shakdin quyi o'ng qo'limda yana bir to'shak solib erdilar, Jahongir mirzo bila Abdurazzoq mirzo ul to'shakda o'lturdilar". Ayni paytda "Boburnoma"da o'g'uz lahjasiga xos so'zlargina emas, hatto bu lahjaning xususiyatini ko'rsatuvchi grammatik shakllar ham faol ishlatilgan: "Har kimdin yaxshi qoida qolg'on bo'lsa aning bila amal qilmoq kerak, agar o'ta yomon ish qilg'on bo'lsa , yaxshi ish bila badal qilmoq kerak".(250)

Darhaqiqat, harakat nomining eski o'zbek tili davrida ishlatilgan - moq, - mak, shakli hozirda o'g'uz lahjasida keng doirada qo'llaniladi.

Tabiiyki, "Boburnoma" da qipchoq lahjasiga xos bo'lgan so'z va iboralar ham anchagina. Chunonchi, qaqasroq (152), obi-tobu (295), tangi (296), ko'tal (296), to'ng'ub (301), tupuchoq(303), julg'o(306), yilon (306), cho'r bitti(308), pushta (113), yayov (327), ushoq (330), kichik kirim (339), bo'dana (398), andak (398), yanga, checham (417), amma (417), qopto (255)l, uchma (258) , tumshuq (259), inish (259) va boshqalar. Masalan: "Jvong'ir kishisi tangilardin o'tub darvozag'a tiqilib bordi". (296) Shanba kuni safar oyining uchida uluq amma begimlardin: Xonzodabegim, Sulton Ma'sul mirzoning qizi, yana Sulton Baxtbegimning qizi, yana yanga chechamningkim, Zaynab Sultonbegim bo'lg'ay,...(417) Zero, o'sha davr tilida faol qo'llanilgan tangi, amma, checha so'zlari hozirgi adabiy tilda kam ishlatiladi. Ammo bular qipchoq lahjasida hozir ham keng qo'llaniladi. Ya'ni "tangi" uch tomoni tog' bilan o'ralgan joy, "amma" - otasining singlisi yoki egachisidir. Demak ko'rinadiki, "Boburnoma"ni bir lahja doirasida kuzatish, uning tilini faqat bir lahjaga nisbat berish mutlaqo mumkin emas.

Ikkinchi masala bevosita birinchi bilan aloqador bo'lib, adabiy tilning umumxalq tili bilan munosabati va shu borada "Boburnoma"ning tutgan o'rni. Ma'lumki, xalq tili bir tomondan bitmas-tuganmas boy, ikkinchi tomondan, fikrni boshqalarga yetkazish imkoniyati cheksiz. Shuning uchun hamisha yozma adabiy til umumxalq tili va og'zaki adabiy til bilan yaqin munosabatda bo'lsagina o'z boyligini, uslubiy ta'sirchanligini, asar tilining soddaligi-yu, jarangdorligini ta'minlay oladi. Zero, "Boburnoma" bu ma'noda ham yuksak pog'onaga ko'tarilgan shoh asar sanaladi. "Boburnoma"da o'xshatish, chog'ishtirish, istiora kabi badiiy vositalar tildagi ixchamlik, mo'ljalning aniqligini ta'minlash, chiroyli hajvning yuzaga keltirishlarini ta'min qilganki, bu so'z san'atining ajoyib namunasidir. Masalan, muallif Badiuzzamonning siyosiy tuturuqsizligini,

475

^23-2412024_ International Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiiniVlilllill

mamlakatni zaiflashtirishda ichki va tashqi teskari kuchlarga yo'l ochib berganligi juda bir chiroyli ifodalaydi:

"Baddiuzamon mirzo xud bularning ilkida xamir edi, bularning so'zlaridan tajovuz qila olmas edi". Yoki xurmo daraxtini hayvonot dunyosiga qiyoslar ekan, uning ikki xususiyati o'xshashligini, ya'ni birinchidan xurmo daraxtini ham xuddi hayvonot kabi boshini kessa qurishi, ikkinchidan xurmo daraxtiga ham erkagining shoxidan olib kelib changlatmasa xuddi jonzotlardagidek hosil olib bo'lmasligini ta'kidlaydi:

"Derlarkim, nabotot orasida xurmo daraxtining ikki ishi hayvonotqa o'xshar : bir ulkim , nechukkim, hayvonot boshini kesarlar - hayoti munqati' bo'lur. Xurmo daraxtining ham boshi kesilsa, daraxti qurur. Yana bir ulkim, nechukkim, hayvonottin be nar natija hosil bo'lmas, xurmo daraxtig'a ham nar xurmodin shoxini kelturub, tegurmasalar, yaxshi bar bermas".(355)

"Boburnoma" asari Boburni nafaqat turkiy tilni balki fors tilini ham xuddi shunday mukammal bilishini ko'rsatib beradi. Bundan ko'rinadiki, o'sha davrda tillarning o'zaro kontaktda bo'lganini o'z tilida ko'rsatib beradi. Asarda xalq maqollari va ta'birlari juda ham o'rinli qo'llanilgan. Masalan, "Qopudag'ini qopmasa, qariguncha qayg'urur", "Dushman ne demas, tushga ne kirmas", "Ko'zlarini tuz tutti" va boshqalar. Yana asarda o'zbek tilidagi maqollar bilan bir qatorda fors tilidagi maqollar ham ishlatilgan. Bu esa Boburning fors-tojik klassik adabiyotinigina emas, balki folklorlarni , xalq tilini ham yaqin bilganligidan darak beradi.

Masalan: Uzram battar oz gunoh (Uzri gunohidan yomonroq), Deh kunjovu daraxton kujo (Qishloq qaydayu daraxtlar qayda), G'ofil az injo randa az anjo manda (G'ofil bu yerdan quvilgan , u yerdan ajralgan), Marbo yoron sur ast (Do'stlar bilan birga bo'lgan o'lish - to'ydir), Dah darvish dar yak gilame buxsoband va du podshoh dar iqleme nag'unjand (O'n darvish bir gilamga sig'ib yotarlar, ikki podsho bir iqlimga sig'maydi)va h.k.

Bobur mazkur maqollarni o'rnida qo'llaydiki, ularni kitobxon voqealarni yana ham aniqroq tasavvur qilishni, bayonning ta'sir kuchini oshirish uchun ishlatadi. Masalan, keltirilgan oxirgi maqol Shayx Sa'diyning "Guliston"idan olingan bo'lib, Bobur uni Husayn Boyqaro vafotidan keyin ikkita o'g'li barobar taxtga o'tirgani munosabati bilan ishlatadi.

"Boburnoma"ning tili umumxalq tiliga yaqin bo'lganligi sababli bu xususiyat asarda gap tuzilish jarayonida ham saqlanib qolgan. Ya'ni xuddi xalq tilida bo'lganidek, "Boburnoma"da qo'llangan qo'shma gaplarni ham sodda gaplarga yengilgina ajratish mumkinki, bu holatni quyidagi parchadan ham bilsa bo'ladi: "Ko'p el ot ustida - o'q tong otturdi, havol torroq ko'rundi. Men havolning og'zida kurak olib, qor kurab, o'zimg'a, bir takiya miqdori yer yasadim, qorni ko'ksimgacha qozdim, hanuz yerga yetmaydur edi. Bir nima elga panoh bo'ldi o'shanda - o'q o'lturdim. Har necha

476

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

dedilarkim, havolg'a boring bormadim. Ko'ngulga kechtikim, borcha el qorda va chopqunda , men issiq uyda va istirohat bila, munda borcha ulus tashvish bila tashaqqatta, men munda uyqu bila farog'atda. Muruvvattin yiroq va hamjihatlikdin qiroq ishdur. Men ham tashvish va mashaqqat bo'lsa ko'rayin, ha r nechuk el toqat qilib tursa turayin, bir forsi masal bor: "Marg boyoron surast" ("Do'stlar bilan birga bo'lgan o'lim to'ydur") (257)

Boburning fikr doirasi nihoyatda keng. U juda ko'p soha bo'yicha nazariy fikrning, bilimning yaratuvchisi ham. Demak, o'z-o'zidan shu sohaga oid tushunchalar va shu tushunchalarni ifodalovchi juda ko'p atamalar "Boburnoma" dan o'rin olganki, bu ham "Boburnoma" tilini tadqiq etganda e'tiborga olinishi zarur bo'lgan holatdir.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, "Boburnoma"dagi so'zlarni qiyoslab o'rganishlar tadqiqotchilar oldida yana bir yangi dunyo ochadi. U nafaqat o'zbek, balki, turkiy tillar doirasida, balki dunyo tilshunosligida tillarni yangi bir usulda - tarixiy-qiyosiy usulda o'rganish tarixi nuqtai nazardan zarur bo'lgan ilmiy asar sifatida namoyon bo'ladi.

Tahlillar jarayonida Boburning iqtidori yuksak darajada va so'z qo'llash mahorati a'lo darajadaligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Uning asarlari tili sodda va tushunarli, ravon tilda yozilgan, bundan tashqari bir necha tillarni yaxshi bilgan, maqollardan unumli foydalana olgan. Bobur biror so'z yoki atamadan foydalanmoqchi bo'lsa, uning sababini ham izohlab o'tgan. U qayerda bo'lmasin kichik narsadan yirik narsagacha jiddiy e'tibor bergan. Tahlil qilgan, xulosalarini aynan shu asarda ifodalagan.

REFERENCES

1. Boburnoma. - T.:1960

2. V.Zohidov .Bobirning faoliyati va ilmiy adabiy merosi haqida. Kitobda:Bobir. Bobirnoma. -T.:1960

3. Mallayev N.M. O'zbek adabiyoti tarixi. T. "O'qituvchi",1976

4. Orzibekov R. O'zbek adabiyoti tarixi. O'quv qo'llanma.S.:2005

5. G'ofurova Sh. "Boburnoma"asaridagi tilga oid ilmiy-badiiy topilmalar.Ilmiy maqola.:2021

477

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.