Научная статья на тему 'BOBURIYLAR ADABIY MUHITIDA TURKIY TILGA BO‘LGAN MUNOSABAT'

BOBURIYLAR ADABIY MUHITIDA TURKIY TILGA BO‘LGAN MUNOSABAT Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
136
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boburiylar davri adabiy muhiti / Hindistondagi turkiy adabiyot / forsiy-turkiy ikki tillilik / adabiy-tarixiy manbalar. / literary environment of Babur period / Turkish literature in India / Persian-Turkish bilingualism / literary and historical sources.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xoliqulova, Gulsanam Yorqulovna

Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan Hindistonda shakllangan turkiy adabiyot uning avlodlari tomonidan ma’lum ma’noda rivojlandi. Maqolada ana shu adabiy muhitda turkiy tilga va shu tildagi adabiyotga bo‘lgan munosabat ayrim manbalar, jumladan, Seydi Ali Raisning “Mir’otul mamolik”, Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob”, Abdusattor bin Qosim Lohuriyning “Majolisi Jahongiriy”, Jahongir bin Akbarning “Jahongirnoma” asarlari asosida umumlashtirilib berildi. Shu jarayonda mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlarga ham munosabat bildirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ATTITUDE TO THE TURKISH LANGUAGE IN THE LITERARY ENVIRONMENT OF THE BABURIANS

Turkish literature formed in India by Zahiriddin Muhammad Babur was developed in a certain sense by his descendants. In the article, the attitude towards the Turkish language and literature in this language in this literary environment is presented in some sources, including Seydi Ali Rais's "Mir'atul Mamolik", Hasankhoja Nisari's "Muzakkiri Ahbob", Abdusattar bin Qasim Lohuri's "Majoli Jahangiri", Jahangir bin Akbar's " It was summarized based on the works of "Jahangirnoma". In this process, a reaction was also given to the researches conducted on the topic.

Текст научной работы на тему «BOBURIYLAR ADABIY MUHITIDA TURKIY TILGA BO‘LGAN MUNOSABAT»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

BOBURIYLAR ADABIY MUHITIDA TURKIY TILGA BO'LGAN

MUNOSABAT

Xoliqulova Gulsanam Yorqulovna,

Samarqand davlat universiteti doktoranti (DSc), filologiya fanlari nomzodi e. mail: gulsanamyorqulovna@mail .ru

ANNOTATSIYA

Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan Hindistonda shakllangan turkiy adabiyot uning avlodlari tomonidan ma'lum ma'noda rivojlandi. Maqolada ana shu adabiy muhitda turkiy tilga va shu tildagi adabiyotga bo'lgan munosabat ayrim manbalar, jumladan, Seydi Ali Raisning "Mir'otul mamolik", Hasanxoja Nisoriyning "Muzakkiri ahbob", Abdusattor bin Qosim Lohuriyning "Majolisi Jahongiriy", Jahongir bin Akbarning "Jahongirnoma" asarlari asosida umumlashtirilib berildi. Shu jarayonda mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlarga ham munosabat bildirildi.

Kalit so'zlar: boburiylar davri adabiy muhiti, Hindistondagi turkiy adabiyot, forsiy-turkiy ikki tillilik, adabiy-tarixiy manbalar.

АННОТАЦИЯ

Турецкая литература, сформированная в Индии Захириддином Мухаммадом Бабуром, в известном смысле развивалась его потомками. В статье отношение к турецкому языку и литературе на этом языке в данной литературной среде представлено в некоторых источниках, в том числе в «Миратуль Мамолик» Сейди Али Раиса, «Музаккири Ахбоб» Хасанходжи Нисари, «Маджоли Джахангири» Абдусаттара бин Касима Лохури. ", Джахангира бин Акбара" было обобщено на основе произведений "Джахангирнома". В этом процессе также была дана реакция на исследования, проведенные по этой теме.

Ключевые слова: литературная среда периода Бабура, тюркская литература в Индии, персидско-турецкое двуязычие, литературно-исторические источники.

ABSTRACT

Turkish literature formed in India by Zahiriddin Muhammad Babur was developed in a certain sense by his descendants. In the article, the attitude towards the Turkish language and literature in this language in this literary environment is presented in some sources, including Seydi Ali Rais's "Mir'atul Mamolik", Hasankhoja Nisari's "Muzakkiri Ahbob", Abdusattar bin Qasim Lohuri's "Majoli Jahangiri", Jahangir bin Akbar's " It was summarized based on the works of

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

"Jahangirnoma". In this process, a reaction was also given to the researches conducted on the topic.

Key words: literary environment of Babur period, Turkish literature in India, Persian-Turkish bilingualism, literary and historical sources.

Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar hukmronligi davri (1526-1858) Hindiston adabiy muhitida forsiy, hindiy, urdu tillari bilan birgalikda turkiy til (eski o'zbek tili, chig'atoy turkiysi) ham o'z mavqiega ega edi. Turkiy tilning Bobur saroyida muloqot tili sifatida amal qilishi, hukmdor hamda ijodkor Boburning, asosan, turkiy tilda qalam tebratishi va adabiy merosini o'z davridayoq ko'plab kitobxonlar tomonidan sevib o'qilishi adabiy muhitga ham o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Turkiy tildagi adabiyot boshqa tillardagi adabiyot bilan yonma-yon holatda rivojlandi, forsiy-turkiy tillarga asoslangan zullisonaynlik an'anasining shakllanishiga imkon yaratildi. Natijada Hind adabiy muhitidagi forsiy-hindiy, forsiy-urdu tillariga asoslangan zullisonaynlik safi forsiy-turkiy tillardagi ikkitillilik bilan boyidi, rang-baranglashdi.

Bobur va boburiylar davri adabiy muhitida turkiy tilning mavqei va o'rni, turkiyzabon ijodkorlar adabiy merosi bir qancha olimlar tomonidan o'rganilgan bo'lsa-da [1.64-85; 2.248; 7.13-19; 8.26-85; 13.122; 14.332], ishimizda mazkur masalaga muxtasar o'z fikr-mulohazalarimiz bilan yondashish, adabiy manbalar, ilmiy tadqiqotlar asosida ma'lumotlarni umumlashtirish asnosida yangi ma'lumotlarni qo'shishni joiz topdik.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Bobur adabiy muhitining shakllanishiga doir fikrlar adabiy-tarixiy manbalar asosida berildi. Bunda Seydi Ali Raisning "Mir'otul mamolik", Hasanxoja Nisoriyning "Muzakkiri ahbob", Abdusattor bin Qosim Lohuriyning "Majolisi Jahongiriy", Jahongir bin Akbarning "Jahongirnoma" kabi tarixiy, tazkira asarlarga tayanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XVI-XVIII asrlarda yaratilgan tarixiy, adabiy manbalar, qo'lyozma asarlardagi ma'lumotlarga tayanib aytish mumkinki, turkiy til asosan Bobur, Humoyun hukmronligi davrida ularning va ular atrofidagi Bayramxon, Komron Mirzo, Shayx Zayn, Xo'ja Kalon, Turdibek Xoksor, Forig'iy kabi turkiygo'y ijodkorlarning sa'y-harakatlari bilan adabiy muhitda yetakchi tillardan biriga aylandi, lekin davlat tili darajasiga ko'tarila olmadi. Boburning qisqa muddatli hukmronligi davrida Hindiston

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

adabiy muhitiga kirib kelgan turkiy til, Humoyun hukmronligi davrida ham adabiy muhitning yetakchi tillaridan bo'ldi. U turkiy tilga alohida e'tiborda bo'lib, saroy adabiy muhitida bu tilda ijod etishni qo'llab-quvvatladi, hatto o'zi ham shu tilda ijod etdi. Uning turkiy tilga bo'lgan rag'bati hamda bu tildagi she'riyati haqida munozarali fikrlar ham bor. Hindistonlik olim M.G'anining ma'lumotiga ko'ra, "Humoyun turkiyni nazar-pisand qilmaganligi uchun bu til tez orada hind adabiy davralarida o'z o'rnini yo'qota boshlagan".[8.70; 15.124] Olim ushbu fikrlarni qanday ilmiy asosga tayanib bildirmoqda, bu - bizga noma'lum. Holbuki, bir necha tarixiy manbalardagi ma'lumotlar M.G'anining fíkrlarini rad etadi. [5.649; 15.124; 9.256-258] Holbuki, Humoyun Mirzo turkiy tilga va shu tildagi adabiyotga ham bee'tibor bo'lmagan, aksincha, o'z ajdodlari tilini qo'llab-quvvatlagan, shu tilda ijod etishga sharoit yaratgan. Bu haqda tarixshunos olima, akademik S.Azimjonova turk admirali Seydi Ali Raisning "Mir'otul mamolik" ("Mamlakatlar ko'zgusi") asaridagi ma'lumotlarga tayangan holda shunday e'tirof etadi: "Seydi Ali Rais Humoyun va uning saroyidagi kishilarning fan va madaniyat arboblariga bo'lgan katta hurmatlari masalasiga to'xtab, Humoyun podshohning adabiyotga munosabati haqida ayrim fikrlar bayon qiladi. Uning bu ma'lumoticha, Dehlida, Humoyun saroyida buyuk Alisher Navoiy tili, o'sha zamon termini bilan aytganda, chig'atoy turkisi, ya'ni o'zbek tilida she'r yozish, mushoira etishga ko'p o'rin berilgan. Humoyun saroyida uning har xil lavozimdagi yaqinlari o'zbek tilida she'r yozganlar va saroydagi bo'ladigan mushoiralarda o'z she'rlari bilan ishtirok etganlar"[16.32-33]

Darhaqiqat, "Mir'otul mamolik" asarida ushbu fikrlarni tasdiqlovchi bir necha voqealar, tarixiy shaxslar bilan bog'liq tasvirlar uchraydi. Jumladan, Humoyun podshohning safdoshi, uning o'qlarini qo'riqlovchi vazifasini bajargan Xushxolbek hamda saroyda oftabachi lavozimida bo'lgan, podshohning ishonchli kishilaridan biri Mirzo Abdurahmon, podshohning eng yaqin kishisi, sirdoshi va muhrdori Shohinbek kabilar ana shu mushoiralarda faol qatnashgan turkiygo'y shoirlardan bo'lgan. Hatto Seydi Ali Raisning o'zi ham ular bilan mushoiraga kirishib, turkiy tilda ularga bag'ishlab yoki ularning taklifiga ko'ra she'rlar yozgan, ularga maqtovli misralar tuhfa etgan. Bu haqda asarda shunday yoziladi: "Podshohning yaqin mirzolaridan Xushholbek ismli bir yigit bilan tanishdim. U podshohning o'q-yoyini qo'riqlar, saroydagi mushoiralarga qatnashib turar edi. Bir kun suhbat vaqtida bir munosabat bilan u menga ikki g'azal yozishimni taklif etdi; qofiya va radifni ham tayin qildi. Ertasi kun g'azallarni yozib keltirib, podshohning oliy majlisida o'qidim...

Shu g'azallarim Hind viloyatida shuhrat topdi; hamma yod olib o'qiy boshladi. Men mirzolardan podshohning oftabachisi Abdurahmon bilan tanishdim. U ham podshohning yaqin do'stlaridan bo'lib, uning (podshoh Humoyunning - X.G.)

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ishonchiga sazovor bo'lganlardan biri edi. Ko'pincha, u podshohning xos suhbatlarida o'tirar, adabiy bahslarga qatnashardi. U bilan ham bir necha marta mushoira etdim va bir munosabat bilan ikki g'azal yozib, unga taqdim qildim. Shunday qilib, ular bilan kecha-kunduz tinmay bahslashardim" [16.82-83] Hatto Seydi Ali Rais o'zining Hindiston fathiga bag'ishlab turkiy va forsiy tilda aralash yozilgan bir tarix she'rini hamda turkiy tildagi ikki g'azalini Humoyun podshohga tuhfa qilganligini e'tirof etadi. Muallifning yozishicha, podshoh mazkur g'azallardan ancha zavqlangan, lekin unga o'z yurti Rumga ketishga ruxsat bermagan. Qachonki, zij va taqvim vositasi bilan quyosh tutilishi (kusuf), oy tutilishi (xusuf) vaqtini bilishni, usturlabdan foydalanishni, umuman, astronomiyani o'rgatsa, ruxsat berilishini bildirgan. Shu sabab bir muddat Humoyun saroyida bo'lgan Seydi Ali Rais adabiy muhit ishtirokchisiga aylangan.

Shuningdek, Humoyun Mirzoning o'zi ham forsiy til qatori turkiy tilda ham ijod etgan. Bu haqda bir necha manbalar ma'lumot beradi. Jumladan, Hasanxoja Nisoriy "Muzakkiri ahbob" asarida shunday yozadi: "Va bu turkiy matla' ham podshohning oliy maqolotidandir. Matla':

Menki bulbuldek gulidin kuymisham ohang ila, O't solibtur jonima ruxsorai gulrang ila". [17. 57].

Sodiq Kitobdorning "Majma'ul- havos" asarida esa uning turkiy tilda yozilgan quyidagi ikki bayti o'z davrida nihoyatda keng tarqalgan va mashhur bo'lganligi ta'kidlangan:

G'ariblig' g'amidin mehnatu malolim bor, Bu g'amdin o'lmakka yetdim g'arib holim bor, Visoli davlatidin ayrilibmen mahzun, Tirikmenu bu tiriklikdin infíolim bor. [12. 33].

Yana bir manba muallifi Som Mirzoning yozishicha, "Humoyun turkiyda ham juda nozik did bilan ash'or yozgan"[3.24-25] Shunday ekan Humoyunning turkiy tilga bee'tiborligi, qo'llab-quvvatlamaganligi va shu tilda ijod etmaganligi haqidagi fikrlar asossizdir.

Boburiyzoda hukmdorlardan Akbar davrida O'rta Osiyodan ilm-fan, madaniyat, adabiyotning eng ko'p sonli vakillari kirib kelgan bo'lsa-da, turkiy tilga bo'lgan e'tibor ancha pasaygan, forsiy til davlat tili darajasiga ko'tarilgan, adabiy muhitda ham bu tilga e'tibor kuchaygan. Bu haqda akademik S.Azimjonova shunday yozadi: "Boburning o'g'illari Humoyun, Komron va ularning atrofidagilar saroyda fors va urdu tillari bilan bir qatorda eski o'zbek tilini ham saqlab qolishga intilishgan bo'lsa, Akbar bu oqimni qo'llab-quvvatlashdan to'xtaydi. U sanskrit tilidan ham, eski o'zbek tilidan ham muhim tarixiy asarlarni fors tiliga tarjima qilishda katta mehnat qiladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Shunday qilib, Akbarshoh davrida "Boburnoma" birinchi marta Abdurahimxon tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. "Boburnoma"ni fors tiliga tarjima qilish zarurati, albatta, mamlakat ijtimoiy hayoti taqozo etgan katta talablar bilan bog'liq holda yuzaga kelgan. Hindistonga Bobur tomonidan olib kelingan va Humoyun, Komron, Bayramxonlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan eski o'zbek tili ma'lum rol o'ynagan bo'lsa-da, mamlakat madaniy hayotida yetakchi o'rin egallagan davlat tiliga aylana olmadi. Akbarshoh davrida bunday til forsiy til edi. O'rta asrlarda Hindistonda fors tilining o'rni katta edi, chunki bu til Hindistonda yashovchi turli xalqlar o'rtasida vositachi bo'lib xizmat qilgan"[1.75-76] Bunga sabab Akbar podshohning ijtimoiy-siyosiy sohalarda olib borgan islohatlari edi. Chunki u musulmon va hindularning madaniy uyg'unligiga ko'proq urg'u berdi. Buning natijasida uning hukmronligi davrida "... mo'g'ullar davlati asta-sekin o'z qiyofasini o'zgartirib, yangi kelgan unsurlar, begonalar holatidan umumhind davlatiga aylandi. Bu jarayon ikki yo'l bilan amalga oshirildi: hindularni mamlakat boshqaruviga jalb qilish va mo'g'ul hokimiyati (boburiylar davlati - X.G.) vakillarini mahalliy sharoit va talablarga moslashtirish»".[11.111] Akbar davridagi turkiy tilga bo'lgan passiv munosabat uning vorislari Jahongir va Shohjahonlar davrida ham saqlanib qolgan bo'lsa-da, lekin turkiy til butunlay iste'moldan chiqib ketmadi. Chunki rasmiy doira vakillari hamda saroy ahllari orasida turkiy tilni biladiganlar bo'lgan. Birgina misol. Akbarshoh davrida "Boburnoma"ni birinchi marta Abdurahimxon tomonidan forsiy tilga tarjima qilinishining o'ziyoq har ikki til (turkiy va forsiy)ning yetuk mutaxasislari mavjudligini ko'rsatadi.

Abdusattor bin Qosim Lohuriyning 1612 yili Agra shahrida yaratgan "Majolisi Jahongiriy" nomli asarida yozilishicha, Akbarshohning o'g'li Jahongir (Shahzoda Salim, 1605-1628) bobolarining vatani Movarounnahrga bo'lakcha muhabbat qo'ygan, uning tarixiga qiziqqan, hatto turkiy tilni yaxshi bilgan. "Majolisi Jahongiriy"ning ko'plab o'rinlarida ham Jahongirning saroydagi asli balxlik va movarounnahrlik amaldorlar, Samarqand, Buxorodan kelgan davlat elchilari va sayyohlar bilan faqat turkiy tilda gaplashgani alohida qayd etilgan. Shunga muvofiq ma'lumot Jahongir bin Akbarning "Jahongirnoma" asarida ham uchraydi. Asarda yozilishicha, Totorxon laqabli Tatarbek bin Ali Muhammad Akbar podshohning saltanati oxirlarida (1605) Shohjahon bin Jahongir (Shahzoda Xurram, 1628-1658)ga turkiy til o'rgatuvchi muallim qilib tayinlangan. Jahongir bin Akbar davrida ham u saroyda turk tilidan muallimlik qilish bilan birga "bakovulbegi" kabi boshqa katta mansab va mukofotlar bilan taqdirlangan.[4.23-27] Demak, Jahongir ham, uning o'g'li Shohjahon ham turkiy tildan bebahra bo'lmagan. Aksincha, saroyda shahzodalarning turkiy tilda tahsil olishlari uchun muallimlar tayinlangan. Shu

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

o'rinda bir savol tug'iladi. Akbar va uning vorislari Jahongir, Shohjahonlar davrida turkiy tilga bo'lgan e'tibor birmuncha pasaygan bo'lsa, nega bu tilda tahsil olish an'anasi saqlab qolingan? Bunga sabab XVI-XVIII asrlarda Hindiston va O'rta Osiyo davlatlari orasida har tomonlama o'rnatilgan diplomatik munosabatlar edi. Yana bir sabab Hind zaminidagi boburiyzodalarning o'qimishli kishilar sifatida ota-bobolarining vatani Movarounnahrga, tiliga, madaniyatiga bo'lgan qiziqishlaridir. Jumladan, "Jahongirnoma" asarida Jahongir bin Akbarning Kobulga ziyorat uchun borgani xotiralarini bayonida shunday ma'lumotlar bor: "Kobul ta'rifi borasida hazrat firdavsmakon Bobur podshohning "Voqeot" kitobi ko'zdan kechirildi. Bu qo'lyozma nusxa butunligicha alarning muborak xati bilan bitilgan edi. Faqat uning Kobul ta'rifidagi to'rt juzvini qo'shimcha ravishda o'z xatim bilan bitib, mazkur juzvlar oxiriga ham bu to'rt juzvning mening xatim bilan yozilganini ko'rsatib turishi uchun turkiycha tilda iboralar yozib qo'ydim. [Chunki] Hindistonda tug'ilib-ulg'ayganimga qaramasdan, turkiycha so'zlashish va yozishdan quruq qolgan emasman".[4.24] Boburiyzodalarning bu qiziqishu intilishlarning natijasida Hindiston va O'rta Osiyo madaniy, adabiy aloqalari boshqa sohalar singari yanada rivoj topdi.[Hindiston va O'rta Osiyo munosabatlari haqida qarang: [10; 11; 6; 8]

Boburiyzoda hukmdorlardan Avrangzeb Olamgir (1658-1707) davrida turkiy tilning mavqei nisbatan biroz yuqorilaydi. Bu davrda yaratilgan lug'atlar, mazkur tilda yaratilgan asarlar, shu tildagi yozishmalar fikrimiz dalilidir. Muhammad Yaqub Changiy Avrangzebning ko'rsatmasi bilan "Kelurnoma" yoki "Chig'atoy-forscha lug'at" nomli asarni turkiy tildagi yaratgan. Muhammad Yoqub Changiy o'z kitobiga qisqacha so'zboshi berib, unda eski o'zbek tilining grammatik tuzilishiga bag'ishlangan kitob yaratish g'oyasini unga Avrangzebning o'zi berganligini ta'kidladi. Bu muqaddimada aytilishicha, "Kelurnoma" muallifi Avrangzebning saroy olimi va uning ilm-fan, madaniyat va adabiyot sohasidagi ichki faoliyatining ilhomlantiruvchisi bo'lgan. Changiy o'z homiysi haqida o'zgacha iliqlik bilan gapirib, kitob so'zboshiga unga bag'ishlangan she'riy qasida qo'yadi. Bu qasida eski o'zbek tilida, kitobning so'zboshi esa fors tilida yozilgan. Bularning barchasi Avrengzebning o'zi ham turkiy tilini yaxshi bilganidan dalolat beradi.

Boburiylar davri adabiy muhitida turkiy tilning forsiy, hindiy, urdu tillari bilan yonma-yon holatda mavjud bo'lishi Zahiriddin Muhammad Boburning sa'y-harakatlariga bevosita bog'liq edi. Boburiylarning keyingi avlodlari davri adabiy muhitida turkiy tilning mavqei Bobur, Humoyun, Avrangzeb davridagidek yuqori bo'lmagan bo'lsa-da, butunlay iste'moldan chiqib ketmadi. Saroyda turkiy tilga bo'lgan e'tibor butunlay yo'qolib ketmadi. Bunga sabab boburiy hukmdorlarining ota

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

yurti - Movarounnahr, umuman, O'rta Osiyo bilan aloqalarining yaqinligi, bu o'lkaga bo'lgan qiziqishi, e'tiborida edi. Boburiylar davrida turkiy til bir tekis rivojlanish bosqichida bo'lmasa-da, adabiy muhitda shu tildagi adabiyotning vujudga kelishiga to'sqinlik qilmadi. Natijada XVI asrda turkiy tildagi adabiyot teritoriya jihatdan kengayib, Hindistonda ham yangi bir qatlamni tashkil etdi.

REFERENCES

1. Азимджанова С. Индийский диван Бабура. -Т.: "Фан", 1966. - Стр.127.

2. Алиев Г.Персоязычная литература в Индии. -Москва, Наука, 1968. Стр.248.

3. Алиев Г.Ю.Байрамхон - туркменский поэт. - Ашгабад. «Туркменистан», 1969. -Б.95.

4. Бекжон И. Х,индистонлик Абдусаттор Лохурийнинг "Мажолиси Жахонгирий" асари - бобурийлар маданиятига оид манба.// "Шарк машъали", 2018. 3-сон. 23-27-бетлар.

5. Захириддин Мухаммад Бобур энциклопедияси. -Т.: "Sharq", 2014. - Б.744.

6. Иномходжаев Р. Среднеазиатско-индийские литературные связи середины XVI века и творчество Байрамхана. дисс... канд. филол. наук. Москва, 1979. -Стр.120.

7. Иномхожиев Р. Бобур ва Х,индистон туркийзабон адабиёти.// Адабий мерос. -Тошкент, 1991. 4-сон. 13-19-бетлар.

8. Иномхожиев Р. Тюрко-персидское двуязычие в литературной жизни Индии XVI в. -T.: "Фан", 1993. -Стр.208.

9. Каюмов А.Асарлар. 10-жилд. (Х,инд адабий сарманзиллари). -Т.: "Mumtoz so'z", 2010. - Б.304.

10. Мирзоев А. Из истории литературных связей Маверауннахра и Индии во второй половине XVI - начале XVII в. - Москва: 1963. -Стр.8.(Доклод. XXVI Междунар. Конгресс востоковедов. №38.)

11. Низомутдинов И. Из истории среднеазиатско-индийских отношений (IX— XVIII вв.). -Т.: "Узбекистан", 1969. - Стр. 144.

12. Низомиддинов И. Маданий хамкорлигимиз сахифаларидан. -Т.: «Фан», 1987. - Б.54.

13. Низомиддинов Н. XVI-XVIII асрларда Х,индистондаги туркийгуй шоирларнинг адабий мероси. Фил.фанлар илмий даражасини олиш учун ёзилган дис-я. -Т.: 1993. -Б.122.

14. Низомиддинов Н. Бобурийлар даври Хдндистон туркий тили ва адабиёти. -Т.: А.Навоий номидаги Давлат адабиёт музейи. 2010.-Б.332.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

15. Низомиддинов Н. Буюк Бобурийлар тарихи (XVI-XIX acp).-T.:"Fan va texnologiya", 2012, - Б.516.

16. Сейди Али Раис. Миръотул мамолик (Мамлакатлар кузгуси). Таржимон ва изохлар муаллифи Ш.Зуннунова. - Т.: 1963. -Б.160.

17. Хдсанхожа Нисорий. Музаккири ахбоб. Тазкира.-Т.: АДодирий номидаги халк мероси нашриёти, 1993. - Б.344.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.