Научная статья на тему 'YURT SOGʻINCHI VA AYRILIQ MOTIVLARINING BADIIY TALQINLARI'

YURT SOGʻINCHI VA AYRILIQ MOTIVLARINING BADIIY TALQINLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
347
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yurt sog‘inchi / adabiy ta’sir / lirik ifoda / epik bayon / g‘urbat motivlari / ma’naviy-ma’rifiy tarbiya / estetik ta’sir. / Homesickness / literary influence / lyrical expression / epic narrative / motifs of expatriation / spiritual and educational education / aesthetic influence.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jo‘rayev, H., Usmonova, M.

Maqolada mumtoz adabiyot tarixida vatan sog‘inchi va ayriliq mavzusidagi namunalar o‘rganilgan. Xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida ona yurtga sog‘inch va ehtiromi ifodasi tadqiq etilgan. Shoh va shoirning lirik hamda memuar asarlaridagi mavzuga aloqador o‘rinlar tarixiy va badiiy jihatdan tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC INTERPRETATIONS OF MOTIFS OF HOMESINGING AND SEPARATION

The article examines examples of homesickness and separation in the history of classical literature. In particular, the expression of longing and respect for the motherland was studied in the works of Zahiriddin Muhammad Babur. The places related to the subject in the lyrical and memoir works of the Shah and the poet are analyzed from a historical and artistic point of view.

Текст научной работы на тему «YURT SOGʻINCHI VA AYRILIQ MOTIVLARINING BADIIY TALQINLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

YURT SOG'INCHI VA AYRILIQ MOTIVLARINING BADIIY TALQINLARI

Maqolada mumtoz adabiyot tarixida vatan sog 'inchi va ayriliq mavzusidagi namunalar o'rganilgan. Xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida ona yurtga sog 'inch va ehtiromi ifodasi tadqiq etilgan. Shoh va shoirning lirik hamda memuar asarlaridagi mavzuga aloqador o 'rinlar tarixiy va badiiy jihatdan tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar. Yurt sog'inchi, adabiy ta'sir, lirik ifoda, epik bayon, g'urbat motivlari, ma 'naviy-ma 'rifiy tarbiya, estetik ta 'sir.

В статье рассматриваются примеры тоски по родине и разлуки в истории классической литературы. В частности, выражение тоски и уважения к Родине изучалось в произведениях Захириддина Мухаммада Бабура. С историко-художественной точки зрения анализируются места, связанные с данной тематикой в лирико-мемуарных произведениях шаха и поэта.

Ключевые слова: Тоска по родине, литературное влияние, лирическое выражение, эпическое повествование, мотивы эмиграции, духовно-просветительское воспитание, эстетическое воздействие.

The article examines examples of homesickness and separation in the history of classical literature. In particular, the expression of longing and respect for the motherland was studied in the works of Zahiriddin Muhammad Babur. The places related to the subject in the lyrical and memoir works of the Shah and the poet are analyzed from a historical and artistic point of view.

Keywords: Homesickness, literary influence, lyrical expression, epic narrative, motifs of expatriation, spiritual and educational education, aesthetic influence.

Ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodida g'urbat va ayriliq motivlari estetik-falsafiy jihatdan mukammal ifodalangan namunalar ko'plab uchraydi. Jumladan quyidagi ruboiysida g'ariblik tuyg'usi yuksak badiiy ifodasini topgan: Munglug' boshim ostidagi toshimnimu dey? Tosh ustidagig'arib boshimnimu dey?

H. Jo'rayev,

FarDU adabiyotshunoslik kafedrasi professori, f.f.d. M. Usmonova, FarDU tilshunoslik kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Hasrat suyidin ko'zimda yoshimnimu dey? O'lmakdin sa'broq maoshimnimu dey?

Zahiriddin Muhammad Bobur Navoiy ijodidagi ruboiyning mumtoz namunasi bo'lgan ushbu she'rga payravlik qilib, quyidagilami yozadi: G'urbat tug'iyopqan ruhi zardimnimu dey? Yo hajr chiqarg'on ohi sardimnimu dey? Holing ne durur, bilurmisen dardimni, Holing so'raymu, yo'qsa dardimnimu dey?

G'urbat mavzusidagi g'oyibona mushoira ikki ulug' so'z san'atkori ijodida yana davom etadi. Hijron azoblaridan qiynalayotgan qalb, ayriliq g'amidan hasratga to'lgan ko'ngil nolalarini Navoiy shunday lirik ifodalaydi: Andin berikim, qoshimda yorim yo'qtur, Hijronda juz nolai zorim yo'qtur.. Dasht uzra quyun kebi qarorim yo 'qtur, Sargashtaligimda ixtiyorim yo 'qtur!

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mutafakkir shoirning ta'sirchan misralari taqdir taqozosi bilan ona yurtdan, yoru diyoridan abadiy ayrilgan Boburga kuchli ta'sir etib, u ham ana shu ohang, xuddi shu mavzu va shaklda quyidagi o'tli misralarini yaratadi: Ko'pdan berikim yoru diyorim yo'qtur, Bir lahzavu bir nafas qarorim yo'qtur. Keldim bu sori o 'z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo'qtur.

Bobur garchi Navoiyning g'urbat va ayriliq haqidagi qarashlarini an'anaviy davom ettirayotgandek tuyulsa-da, yuqoridagi har ikki ruboiy o'rtasida muayyan farqlar bor. Alisher Navoiy ruboiysida mumtoz she'riyatdagi an'analarga muvofiq oshiq va ma'shuq o'rtasidagi munosabatlar, ularni o'rtayotgan hijron uqubatlari haqida so'z borsa, Bobur ruboiysida aniq tarixiy shaxs, ya'ni Boburning o'zi lirik qahramon sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, konkret tarixiy shart-sharoit -muallifning haqiqatan ham ona yurtidan judabo'lgan holda olislarda abadiy qolib ketishga majburligi she'rning ta'sir kuchini yanada orttiradi.

Ona yurt armoni bilan sargardonlikda yashagan ulug' shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan ayriliq haqidagi dardli misralarni yana ko'plab keltirish mumkin. Savol tug'iladi: Bobur ona yurtidan judo bo'lgachgina ana shunday g'urbat ohanglariga berilganmi?

Fikrimizcha, unday emas. Shoir murg'ak bolaligidan o'zi tug'ilgan tuproqqa kuchli mehr qo'ygan. "Boburnoma"ning Andijonga bag'ishlangan qismini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

yozganida muallif 12-13 yoshlarda bo'lgan. Mana, uning ona shahri haqidagi bitiklari: "...Andijondurkim - Farg'ona viloyatining poytaxtidur. Oshlig'i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo'lur." Ta'rifni shu yerda to'xtatib, qisqacha izoh beramiz. Ma'lumki, Boburshoh umrining ko'p qismini jang -jadallarda o'tkazgan. U biror o'lka, shahar yoki qal'ani zabt etishga kirishar ekan, u yerdagi "oshliq" - iqtisodiy zahiraga e'tiborni qaratadi, qaysi yurtda bo'lmasin, u yerning mevalari ta'mi haqida o'quvchiga tasavvur berish uchun ona yurtidagi biror mevaning ta'mi bilan taqqoslaydi.

Hindistonda yashaganida ona yurtidan tok qalamchalari oldirib keladi va uni parvarishlaydi, nishona mevasini ko'rib, ich-ichidan quvonadi. Ammo Andijon qovunlarini issiq o'lkalarda yetishtirib bo'lmaydi, palagi g'ovlab, gulini to'kib yuboraveradi. 1528 yili Vatanidan olib borilgan qovunni yer ekan, o'zini yig'idan to'xtata olmaydi. Do'sti Xoja Kalonga yozgan maktubida shunday yozadi: "Ul viloyatlarning latofatlarini kishi nechuk unutqay. Alalxusus, mundoq toyib va torik bo'lg'onda (may ichishni tark etganda) qovun va uzumdek mashru haz(ne'mat)ni kishi ne tavr xotirdan chiqargay. Bu fursatta bir qovun keltirib edilar, kesib yegach, g'arib ta'sir qildi. Tamom yig'lab edim." [ 1.216]

Qovun birla uzumning hajrida ko'nglumda g'am har su Oqar suvning firoqidin ko'zumdin har dam oqar suv.

Vatanga, elga muhabbat tilga muhabbat bilan chambarchas bog'liqdir. Tilni sevish bilangina cheklanib bo'lmaydi. Uni kerak bo'lganda himoya qilish, taraqqiy etishiga xizmat ko'rsatish lozim. Boburning yurtga muhabbati ona tiliga bo'lgan cheksiz ehtiromida ham ko'zga tashlanadi:

Andijon "... eli turkdur. Shahr va bozorisida turki bilmas kishi yo'qtur. Elning lafzi qalam bila rosttur.

Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning musannafoti (asarlari) bovujudkim, Hiriyda nash'u namo topibtur, bu til biladur". [1.17] Albatta bu satrlarni bitayotgan o'smir Bobur Alisher Navoiyning o'zbek adabiy tiliga asos solganligi, "mamlakatni yakqalam" qilganligini anglashdan hali ojiz bo'lgan. Shuning uchun ham bolalarcha beg'ubor iftixor bilan Navoiydek daho ijodkor o'z asarlarini "Andijonliklar tili" da yozganligini qayd etadi.

Bora-bora o'zi ham zabardast so'z ustasi bo'lib yetishgach, til boyliklarini namoyon qilish, kerak bo'lsa ona tilining kamsitilishiga qarshi kurashish zarurligini his qiladi. Til Vatanning tarkibiy qismi, millatning qiyofasini belgilovchi asosiy omillardan biri ekanligini tushunadi.

O'zbek tilini, yuqorida aytganimizdek, xorlik burchagidan she'riyat osmoniga ko'tarish Alisher Navoiy uchun oson bo'lmagan. Eski o'zbek tilini dag'al, ijod uchun

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

yaramaydi, deya tahqirlovchilarning aksariyati o'zi o'zbek bo'laturib, fors-tojik tilida ijod qiluvchilar edi. Kamoliddin Binoiy ana shundaylar toifasidan bo'lib, bu haqda hatto Navoiy bilan yuzma-yuz tortishishdan ham toymagan. Birgina misol: Binoiy turkman hukmdori Yoqubbek huzurida bir necha vaqt bo'lib, qaytib kelgach, Navoiy undan Yoqubbekning yaxshi fazilatlaridan so'zlab berishini so'raydi. Shunda Binoiy: " Uning eng yaxshi fazilati shuki, birorta ham o'zbekcha so'zni og'ziga olmas ekan", - deya javob beradi.

Bobur shunga o'xshash mojarolardan yaxshi xabardor bo'lgan. Samarqand taxtiga ikkinchi bor o'tirgan kezlari, taqdir taqozosi bilan Bobur huzuriga kelib qolgan Binoiy o'zining qashshoq holga tushib qolganligi, yeyishga nonu, kiyishga kiyimi yo'qligini fors-tojik tilidagi ruboiysi orqali bayon qiladi. Shunda Zahiriddin Muhammad Bobur o'ta zukkolik bilan bir vaqtlar o'zbek tilini kamsitgan Binoiyga tanbeh berishning o'ziga xos yo'lini tutadi. Ya'ni uning fors-tojik tilidagi ruboiysiga o'zbek tilida quyidagi she'r bilan javob beradi.

Ishlar bori ko 'nglungdagidek bo 'Ig'usidur,

In'omu vazifa bori buyrulg'usidur.

Ulg'allau muhmalki deb erding berdim,

Muhmalg'a bo'yu, g'alladin uy to'lg'usidur.

Boburning zimdan qilgan nozik ishorasini fahmlagan Binoiy, xijolat chekib, o'z minnatdorchiligini o'zbek tilida javob ruboiysini aytish bilan bildiradi.

Shunga o'xshash voqea Hindistonda ham bo'lib o'tadi. Boburning eng yaqin do'stlaridan biri Xoja Kalon Hindiston jaziramalariga chiday olmasdan, ruxsat olib, G'azniga ko'chadi. Ketayotganida o'zi yashagan uy devoriga fors-tojik tilida "Hindni yana ko'rishni istasam yuzim qaro bo'lsin" mazmunidagi misralarni yozib qoldiradi:

Agar ba xayru salomat guzar zi Sind kunam, Siyoh ro 'y shavam, gar havoi Hind kunam.

Bobur bu zarofatga qarshi ona tilining o'tkir va tagma'noli xususiyatini ishga solib, quyidagi ruboiysini bitadi va Xoja Kalonga yuboradi: Yuz shukur de, Boburki, karimu g'affor Berdi senga Sindu Hindu mulki bisyor. Issiqlig'iga gar sanga yo 'qtur toqat, Sovuq yuzini ko 'ray desang G'azni bor!

Ota-onaga hurmat-ehtirom, xesh-aqrabolarga mehr-muhabbat ham vatanga bo'lgan cheksiz sadoqatning tarmoqlaridir. Bobur otasi Umarshayx mirzoning yaxshi fazilatlari qatorida uning o'ta halolligi, birovning haqidan hazar qilishi haqida ham gapirib o'tadi. Masalan, Xitoydan kelayotgan katta karvonni Andijon hududlarida

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

qor ko'chkisi bosib, ikki yuz kishidan faqat ikki kishi omon qoladi. Umarshayx mirzo karvon yuklarini ehtiyot qilib saqlab, halok bo'lganlarning qarindoshlarini toptiradi va mollarni to'lasicha vorislarga topshiradi.

Ota sabog'ini olgan Zahiriddin ana shunday halollikni umr bo'yi shior qilib olgan. Ma'lumki, sarkarda Bobur o'z qo'shini o'rtasida juda qattiq tartib-intizom o'rnatgan. Xalqqa nohaq zulm qiladiganlar, talonchilarni aslo kechirmagan. Oqsaroy degan joyda mahalliy aholi vakillaridan birining bir ko'za yog'ini tortib olgan navkarni ayovsiz tayoqlatadi. Yom degan kentda esa sarkardadan beruxsat aholidan zo'rlab tortib olingan buyum va jihozlarni egalariga tongga qadar qaytarishni navkarlariga qat'iyan amr qiladi."Ertasiga, deb yozadi Bobur, - navkarlar qo'lida nina sinig'i-yu ip uchigacha qolmadi - bari elga qaytarib berildi."[1.314]

Onasi Qutlug' Nigorxonimga bo'lgan ehtiromi ham yosh avlodga o'rnak bo'lsa arziydi. Ona yurtini tashlab ketayotganida xos chodirini onasiga berib, o'zi navkarlari bilan chaylada bir necha tonglarni ottiradi. Hali Kobulni egallamay turib, onasi vafot etganida bor puliga kichikroq bog' sotib oladi va onasini o'sha yerga dafn etadi. Bu uning onasi o'z mulkida mangu orom olishini istab amalga oshirgan ishi edi.

Hindiston mamlakati zabt etilgach, Toshkent bilan Agra shaharlari bir meridianda joylashganligini hisobga olib, poytaxt uchun shu shaharni tanlaydi.

Kobul Andijon bilan iqlimi yaqin bo'lganligi, qolaversa, yurt nafasi urib turganligi uchun o'zini shu yerga dafn qilishlarini vasiyat qiladi.

Tarixda shohlarning ulug' shayxlar jilovdori bo'lganligi haqida ma'lumotlar uchraydi. Masalan, Shayx Sayfiddin Boxarziyni yurt hukmdori otga mindirib, jilovdorlik qilganligi haqida Alisher Navoiyning "Nasoyim-ul muhabbat" asarida hikoya qilinadi. Mir Alisherning o'zi ham "Xamsa" asarini yozib tugatganida shoh Husayn Boyqaro uni otga mindiradi va xaloyiq ko'z o'ngida Hirot ko'chalarini aylantirib chiqadi. Ammo Sharq mamlakatlari tarixida ayol kishiga ehtirom ko'rsatib, uning jilovdori bo'lgan shohlar uchramaydi. Bu borada birinchisi ham, oxirgisi ham Zahiriddin Muhammad Boburdir. Shoirning qizi Gulbadanbegimning yozishicha, shohning rafiqasi Mohim begim Kobuldan Hindistonga chaqirib olinganda, Bobur uni bir necha chaqirim piyoda yurib kelib, kutib oladi va malika mingan ot jilovini tutgan ko'yi yana poytaxtga piyoda yo'l oladi. Bu ham ulug' shoh va zabardast shoirning Vatan g'urbatini birga tortayotgan ahli ayoliga, demakki, sadoqatli vatandoshiga bo'lgan chuqur ehtiromi ramzi edi, deysh mumkin. [5. 37]

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

XULOSA

Shu tariqa, biz Bobur adabiy merosini, xususan, "Boburnoma" asarini mutolaa qilish jarayonida ulug' hukmdor va g'arib insonning, jahongir sarkarda hamda majruh ko'ngil sohibining vatan sog'inchi bilan bog'liq iztiroblarini har qadamda dildan his qilib turamiz.

REFERENCES

1. Bobur Zahiriddin Muhammad. "Boburnoma". T.: 1990.

2. Bobur Zahiriddin Muhammad. Devon. T.: 1994.

3. Jalilov S. Bobur va Andijon. T.: 1993.

4. Nuritdinov M. Boburiylar sulolasi. T.: 1994.

5. Humoyunnoma. T.: 1959.

6. Maftuna, G., Muhabbat, U., & Abdumalik, S. (2022). The Method of Onomastic Conversion in the Formation of Toponimes in the Fergana Region. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 451- 456.

7. M.Usmanova, Sh.Karimova. Mirzoolim Mushrifning "Qo'qon xonligi tarixi" asarida qo'shma otlar qo'llanilishi va semantikasi. "Actual problems of anthropocentric linguistics" materials of the republik scientific conference. -Scientific publication. - Ferghana: FSU, 2023, 123.

8. M. Usmonova Sh. Karimova Z.M. IMAGES OF LOVE FOR THE HOMELAND IN THE POETRY OF Z.M. BABURA. - "The role and importance of Zahiriddin Muhammad Babur in the development of world science and culture" materials of the republik scientific conference. - Scientific publication. - Ferghana: FSU, 2023. -

9. O'rinboyeva E'zozxon, Jo'raboyeva Gulrux (PhD), Usmonova Muhabbat, Saminov Abdumalik (PhD), - Representative Relation And Expression Of The Semantic Methodological Task In The Number Category. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 87-91

10. M.YcMaHOBa «KYKOH XOHrtHTH TAPHXH» ACAPH^A KynnAHHnrAH TAKPOP CY3nAP TA^mnH" —The actual problems of filology materials of the international scientific conference. - Scientific publication. - Ferghana: FSU, 2022. -

1098

61-63

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.