Научная статья на тему 'NODIRA AFOQOVANING “EY RUH, KIRGANMISAN GUL JISMIGA AYT…” SHE’RIDA MUMTOZ OHANGLAR JARANGI'

NODIRA AFOQOVANING “EY RUH, KIRGANMISAN GUL JISMIGA AYT…” SHE’RIDA MUMTOZ OHANGLAR JARANGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

61
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zahiriddin Muhammad Boburning ”Tuz / oh / Zahiriddin Muhammad Bobur” ruboiysi / Afoqovaning “Ey ruh / kirganmisan gul jismiga ayt…” she‟ri / tasavvufiy istilohlar: gul / oh / darvesh / jom / so`qiy so`zlari / рубаи Захириддина Мухаммада Бабура «Туз / ох / Захириддин Мухаммад Бабур» / поэма Афоковой «О душа / вошла ли ты в тело цветка…» / мистические термины: цветок / мука / дервиш / бокал / саки (бармен)

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xolida Ergashevna Bozorova

Mazkur maqolada Nodira Afoqova tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning ”Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” ruboiysiga yozgan nazirasi tahlil qilingan. She‟r tasavvuf g`oyalari asosida yozilgan bo`lib, shoira Bobur hayoti va ijodi bilan bog`liq voqealarni, ijodkorning his-tuyg`ularini nozik pardalarda tarannum etadi. “Ey ruh, kirganmisan gul jismiga ayt…” deb boshlanuvchi mazkur she‟r hozirgi zamon o`zbek she‟riyatining go`zal durdonalari safidan o`rin olgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье анализируются взгляды Нодиры Афаковой на рубаи Захириддина Мухаммада Бабура «Туз, ох, Захириддин Мухаммад Бабур». Стихотворение написано на основе мистических идей о жизни и творчестве Бабура, о чувствах художника поэт воспевает деликатно. Это стихотворение, начинающееся со слов «О душа, вошла ли ты в тело цветка?», является одним из прекраснейших шедевров современной узбекской поэзии

Текст научной работы на тему «NODIRA AFOQOVANING “EY RUH, KIRGANMISAN GUL JISMIGA AYT…” SHE’RIDA MUMTOZ OHANGLAR JARANGI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-241-247

NODIRA AFOQOVANING "EY RUH, KIRGANMISAN GUL JISMIGA AYT..." SHE'RIDA MUMTOZ OHANGLAR JARANGI

Xolida Ergashevna Bozorova

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi bozoroval [email protected]

Mazkur maqolada Nodira Afoqova tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning "Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur" ruboiysiga yozgan nazirasi tahlil qilingan. She'r tasavvuf g'oyalari asosida yozilgan boTib, shoira Bobur hayoti va ijodi bilan bogTiq voqealarni, ijodkorning his-tuyg'ularini nozik pardalarda tarannum etadi. "Ey ruh, kirganmisan gul jismiga ayt..." deb boshlanuvchi mazkur she'r hozirgi zamon o'zbek she'riyatining go'zal durdonalari safidan o'rin olgan.

Kalit so'zlar: Zahiriddin Muhammad Boburning "Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur" ruboiysi, Afoqovaning "Ey ruh, kirganmisan gul jismiga ayt..." she'ri, tasavvufiy istilohlar: gul, oh, darvesh, jom, so'qiy so'zlari

В данной статье анализируются взгляды Нодиры Афаковой на рубаи Захириддина Мухаммада Бабура «Туз, ох, Захириддин Мухаммад Бабур». Стихотворение написано на основе мистических идей о жизни и творчестве Бабура, о чувствах художника поэт воспевает деликатно. Это стихотворение, начинающееся со слов «О душа, вошла ли ты в тело цветка?», является одним из прекраснейших шедевров современной узбекской поэзии.

Ключевые слова: рубаи Захириддина Мухаммада Бабура «Туз, ох, Захириддин Мухаммад Бабур», поэма Афоковой «О душа, вошла ли ты в тело цветка...», мистические термины: цветок, мука, дервиш, бокал, саки (бармен)

This article analyzes the views of Nodira Afakova on the rubai "Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur" (possible translation: Make, oh, Zahiriddin Muhammad Babur) written by Zahiriddin Muhammad Babur. The poem is based on mystical ideas, and the poet sang about the life and work of Babur, the feelings of the artist in a delicate way. The poem, which begins with "Ey ruh,

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

kirganmisan gul jismiga ayt..."(possible translation: O soul, tell

April, 2023

me if you have entered the body of a flower) is one of the most beautiful masterpieces of modern Uzbek poetry.

Keywords: Zahiriddin Muhammad Babur's rubai "Make, oh, Zahiriddin Muhammad Babur", Afokova's poem "O soul, have you entered the body of a flower...", mystical terms: flower, oh, beggar, goblet(glass), soqiy(who shares wine in misticism)

Tasavvuf olamining yetuk vakili, oz zamonasining mashhuri, pir-u komil Xoja Ahror tomonidan ozbek xalqi madaniyati tarixida ham sarkarda, davlat arbobi, ham ijodkor, yetuk shoir Boburga "Zahiriddin Muhammad Bobur", ya'ni "Muhammad dininning yo'lboshchisi "(Tarixchi Mirza Olim mushrifning "Ansob us-salotin fii tavorixi xavohin" ("Sultonlar nasablari va xonlar tarixlari")) ma'nosini ifodalovchi ismning berilishi bu zotning taqdir bitigi sifatida hayot maslagiga aylangani tarxiy manbalar, qolaversa, o'zining qalamiga mansub bolgan asarlardan ham ma'lum. Bobur xoh yengil, xoh og'ir, oson yoki mushkul vaziyatda bolmasin, har on, har lahza, har nafasida shariat ahkomlariga sodiq qoldi. Shariat qonun-qoidalarini islohotlar bilan yuksaltirdi. Islomiy g'oya, tushuncha, tamoyillar Boburning munosib asarlari orqali yanada rivoj topdi. Bobur she'riyati hozirgi zamon o'zbek she'riyati ijodkorlarini ham ilhomlantiradi. Boburga ergashish, uning she'rlariga o'xshatmalar yozish, shoir fikrlariga hammaslak bo'lish an'anasi she'riyatimiz xazinasini o'z salmog'i va e'tirofga sazovor namunalar bilan toldirmoqda.

Iste'dodli shoira Nodira Afoqova ham yuqorida keltirganimiz zamonaviy she'riyat xazinasini mumtoz adabiyot an'analariga boy ijod namunalari bilan boyitayotgan yetuk ijodkorlardan. Uning Boburga izdoshlik izhor qilib yaratgan " Ey ruh, kirganmisan gul jismiga, ayt!.. " deb boshlanuvchi she'ri fikrimiz dalilidir. Ma'lumki, Boburning 400ga yaqin she'ri mavjud bo'lib, shundan 231tasi g'azal bo'lsa, qolgan 100dan ortig'ini kichik janrli she'rlar: ruboiy, qit'a, tuyuq va fardlar tashkil etadi.

Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,

Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.

Sarrishtai ayshdin ko'ngulni zinhor -

Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.1 Mazkur ruboiy adabiyotshunoslar orasida turlicha talqin qilinadi. Radif sifatida qo'llangan " Zahiriddin Muhammad Bobur " jumlasi esa shoirning ismi ekaniga ishora qilinadi. Uni olimlar "Zahiri dini Muhammad Bobur" tarzida qayd etishni tavsiya etishadi. Shunda u " Bobur -Muhammad dini va shariat tayanchi" degan ma'noni anglatadi. Aysh-u ishrat, dunyo moli mehridan ko'ngilni poklash, ilohni bilish, ungagina

1 Rahim Vohidov, Husniddin Eshonqulov Ozbek mumtoz adabiyoti tarixi . Ozbekiston Yozuvc Adabiyot jamg armasi nasliriyoti.-T:. 2006-yil, 471-bet

April, 2023

242

muhabbat qo'yish, unga sadoqatda boyish tasavvufda so'fiy, hayotda shoir sifatida bo'lgan ikki qutbning bir jismda namoyon bo'lishi she'rda qoTlangan " tuz oh", "yuz oh", " Sarrishtai ayshdin ko'ngulni zinhor uz, oh" ifodalarida mujassam. Ruboiy mag'zida garchi sen Muhammad dinining tayanchi ekansan, nafsni yenggil, dunyo rohati va huzuri rishtasini uz" degan hukm ohangi ustuvor. "Tuz" so'zi kenglik, voqelikni, "yuz" so'zi miqdor va mohiyatni anglatadi, lirik qahramon chekayotgan "oh" - ishqi komillik belgisi. Adabiyotshunoslikda Bobur yaratgan lirik qahramonga ham ilohiy, ham majoziy uyg'unlik nisbati beriladi.

Shoira Nodira Afoqova "Bobur-Muhammad dini va shariat tayanchi" ma'nonosini anglatuvchi ismi radif sifatida qo'llangan, tarkibida bor -yo'g'i 12 ta so'z mavjud mazkur ruboiyga tazmin bog'lagan.

Ey ruh, kirganmisan gul jismiga, ayt!

Nafasim qaytmoqda nafasdan:

"Yuz oh, Zahiriddin Muhammad..."

Ey jon, chiqamizmi qafasdan?2

Tasavvuf ta'limotida "gul" so'zi quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: ilm, yor,

"5

murshid, avliyo, tajalli, alloh vasli, sir, haqiqat, zikr, nafs. "Ruh" obrazi ham mushohadatalab. Negaki, "tariqat o'z aqidalari bilan ruh ilmi ekanligi jihatidan ijod psixologiyasiga yaqindir"4

"Ey ruh, kirganmisan gul jismiga, ayt!" -deya ruhga murojaat tarzida boshlangan she'rning birinchi misrasidayoq gul obrazining ifodalanishi, uni aynan qaysi ma'noda qo'llanayotgani ustida mushohada qilishga undaydi. Ikkinchi satr esa, "gul" obrazining "nafs" ma'nosini izohlayotganini ochiqlaydi: "Nafasim qaytmoqda nafasdan" oshiq ahvolining tangligini ko'rsatadi. Shoira pir-u komilga hamohang:"Yuz oh, Zahiriddin Muhammad..." iztirobini chekadi. Gul deb o'ylaganimiz nafs iskanjasi ekan, hayot sham'i ojiz lipillab, umidsizlanadi, tan sohibi najot izlaydi:"Ey jon, chiqamizmi qafasdan?". Xo'sh, bu diltanglikning boisi nimada? Ruh gul jismiga kirar ekan, unda makon tutgan nafs balosidan nafas olish og'ir, tan qafasga aylanib, ruh o'z makonini tark etishga mahkum.

Bulutmidir ko'klarda suzgan

Yo qanotmi uzilgan... yuz oh!

Dudimizmi to'lishgan ul moh?

Ey shoh, nechun oh tortasiz, oh?

Shoira ketma-ket savollar qo'yar ekan, unga o'zi javob topmoqchi bo'ladi. She'riyatda bu holat tajohuli orif deb yuritiladi, ya'ni aslida shoir mohiyat nimada

t.me/Nodirasheriyati. Nodira Afoqova she'rlari. "Telegram" kanali. 2022-yil, 12-fevral. /^"^cT^1

3M. Qalandarov, Gul ramzining tasavvufiy ma'nolari maqolasi. " Mualliflar guruhi. Badiiy adabiyot va tasavvuf timsollari". T:. 2010 -yil, www.ziyouz.com kutubxonasi. 126-bet NajmiddinKomilov , Tasavvuf yoki komil inson axloqi. T:. "Yozuvclii" nashriyoti. 1996. 157-fiet ^ 01

April, 20231

International Scientific and Practical Conference

243

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-241-247

ekanligini biladi-yu, fikriy ta'sirchanlikni oshirish maqsadida "umi, bumi?" deb javobi anglashilib turgan savollarni qo'yadi. Demak, ko'kdagi bulutlar emas, "uzilgan qanotlar", oy ham oy emas, nolalarimiz, afsus, nadomatlar jamligidir. "Bulut-uzilgan qanot-dud" so'zlari shodasi tanosub ipini hosil qilib, dildagi g'ashlik, chorasizlikdan "oh tortish" holatini tasvirlashga xizmat qilgan. Tasavvufda oshiqning oh -nola qilishi ishqi komillikka yetishganini ifodalaydi. Shoira shunga ishora qilib, pirki oh chekar dunyoda, shogird sifatida o'zining ojizligini bayon etadi: Biz-ku ojiz...

Ojizmi Siz ham, -deb turib, Boburga oddiy inson sifatida emas, jahongir, buyuk xoqon sifatida murojaat qiladi: Ey jahongir, ey ulug' xoqon! Ey dilovar, ey bedil arslon! Ey, ohlari olamga to'lg'on!

Shora mahorati shundaki, u avvalgi misrada hukmdor sifatida murojaat qilgan zot, aslida hayotda, amalda, jo'mardlikda, muhabbatda, vafoda va e'tiqodda dilovar ekanligini ta'kidlab, uni tariqatning ham eng buyuk vakili- "bedil arslon"i, fikriy tadrijiylikni rivojlantirib, "ohlari olamga to4gan" orif sifatida tilga oladi. Shoira-lirik qahramon nolalari olamni tutadi, qalbi junbishga keladi: Sho'r bu yoshlar kelur qaylardan, Dud-u ohlar kelur qaylardan -Ko'zimizga to'lguncha... yuz oh! Bo'g'zimizga to'lguncha... tuz oh! Shoira nolalari o'z sarhadlaridan oshadi: Ey ruhi pok, tushlari payg'om! Ey, dastida zaqqum to'la jom! Ey, umri-yu mazhabi talosh! Ey, necha bor tutilgan quyosh!

Tariqatda ustozlar "pir", "murshid", "avvalqadam" istilohlarida qollanadi. Shoira "ruhi pok" ifodasi bilan yanada jilolagan bu ifodani. She'rda keltirilgan " Ey ruhi pok, tushlari payg'om!" misrasi Bobur hayoti bilan bog'liq quyidagi voqeani yodga soladi: "Oshul fursatda ajab tush ko'rdim. Tush korarmankim, hazrati Xoja Ubaydullo kelmishlar, men istiqbollariga chiqmishmen, Xoja kelib o'lturdilar. Xojaning olig'a g'olibo betakallufroq dastorxon solmishlar. Bu jihattin hazrat xotirig'a nima kelmish? Mullo Bobo mening sari boqib ishorat qiladur. Men ham imo bilan dedimkim, mendan emastur. Dasturxon solg'uchi taqsir qilibtur. Xoja fahm qilib, bu uzr masmu' tushti. Qoptilar. Ulata chiqtim. Ushbu uyning dolonida o'ng qo'limdin yo so'l qo'limdin tutub andoq kotardilarkim, bir oyog'im yerdan qo'pti. Turkiy dedilarkim: "Shayx maslahat

April, 2023

berdi". O'shul necha kunda - o'q Samarqandni oldim". 5 Mazkur bandni to'liq keltirishdan ikki ishora ko'rsatish maqsad qilindi. Birinchi ishora shuki, Bobur hazratlari tasavvuf tariqatining yetuk vakillaridan sanalib, bu hol tushdagi karomat belgisidan ham ko'rinib turibdi; ikkinchi ishora esa, Xoja Ahror valiydek mo'tabar zotning muridi ekanliklaridir. Chunonchi, "Boburnoma"da bu zot bilan bog'liq boshqa karomatlar yoki valiylik sifatlari haqidagi voqealar ko'plab tasvirlangan.

Bandda payg'om-jom-mazhab singari tasavvufiy so'z va tushunchalarning qo'llanishi ham yuqoridagi fikrimiz dalilidir. Shoira juda nozik, ammo teran ifodalar bilan tush orqali "payg'om"-xabar olish voqeasini el og'zida afsonaga aylanmog'iga ishora qilib o'tadi:

El o'qurlar, afsonadaymiz. Qichqirguvchi kulxonadaymiz. Ketarmiz-u oyoq yetkuncha, Har qayda lek begonadaymiz, Oh chekarmiz, pardalar kuygay.

Bobur Mirzo bosib o'tgan yo'l, u boshdan kechirgan taqdir, u chekkan uqubat xayollari kabi cheksiz, nigohlari kabi hadsiz, poyonsiz. Ammo u oyog'i yetkuncha adadi bo'lmagan yerlarga borganida ham o'zini yolg'iz, qaysi bir tilagan murodlari oldida ojiz sezadi. Shoira mazkur maslakda ham pir-u avvalga hamdard, o'zini ustodi xayollarida u bilan uyg'un his etadi, hamda ustoz-shogird Olloh ishqida vahdat birligiga erishadi:

Chekingaylar ko'klar qatma-qat -Va'da bordir... Qo'rqmasmilar, hay! Yuz oh, Zahiriddin Muhammad! O'rtamizda dashti shamoldur. Ho darvesh, ho! Bo'zlab uchar dasht. Dunyo xato, dunyo maloldur... Yuz oh, Zahiriddin Muhammad!

Adabiyotshunos olim Najmiddin Komilov tasavvuf va badiiy adabiyot orasidagi yaqinlik haqida gapirib turib, so'fiy va ijodkorlarning ruhan yaqinligini qayd etadi. Tasavvuf ta'limoti g'oyasini ilmiy tabdil qilishdan ko'ra uni she'riy yo'l bilan tavsiflash qulay yoki ta'sirchan ekanligini qayd etadi olim. Tariqatda olloh ishqiga erishish zavqi oshiq qalbida shunchalik kuchli bo'ladiki, u o'zligini yo'qotadi, hamma narsani unutib, unga yetishish payida bo'ladi. Tasavvuf ilmida mazkur hol "jazba" deb yuritiladi. Jazba tushunchasi shoirlik va darveshlikni bir-biriga yaqinlashtiradi. Hali shoir ko'ziga "begona"gina bo'lib

5 Bobur, Zahiriddin Muhammad. Boburnoma :- T.: Yulduzcha. 1989-yil. 75-bet

April, 2023

245

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-241-247

ko'ringan voqelik endi uning nazdida "xato, malol" dunyoga aylanadi:" Dunyo xato, dunyo maloldur... " Ammo hamon visoldan darak yo'q:

O'rtamizda lojuvard vodiy.

Ko'ksimizni ko'l etdi hijron.

Ol, dunyo, ich! Ko'zimiz - soqiy.

Jismimizda o'lmagan bir jon,- dunyo molidan yuz o'girgan zot endi muhabbat yo'lida chekkan uqubatlar girdobida ko'ksini koz yoshlar ko'liga aylantirib, "zaqqum to'la jom"ni dunyo qo'liga tutadi: kozlar soqiymish... Tasavvufga ko'ra jom atamasi oshiq qalbini ifodalaydi. Soqiy - obrazi ishq ulashuvchi solik. Matnda keltirilgan tarifni nasrda ifodalash uning jozibasini buzayotgandek. Tazmin she'rlarda doim ham lirik qahramon oz salafi bilan ruhan birlashib ketavermaydi. Ammo shoira Afoqovaning mahorati ham shundaki, u ishqi yo'lida chekayotgan azob- uqubatlarini ko'ngil jomiga jamlab, yuz o'girgani dunyoga taqdim etmoqda, go'yo "jismida o'lmagan birgina joni" bilan oz pirining " Sarrishtai ayshdin ko'ngulni zinhor -uz " da'vatiga sadoqatda qolmoqda. Endi ularning yo'llari aniq, borar manzillari -bir:

Ayo Mirzo! Ketarmiz hay-huv,

Alar uchun devonadaymiz.

Yo hasrato! Har qayda nechun,

Nechun? - yuz oh! begonadaymiz?

Biroq ustozning qalblari yara, vatan dardi ezar yuragini. Shogird ustozga beradi taskin:

Anda joni qolgan bir Sizmi?

Darvesh kabi aylanadur Vaqt.

Yuz oh, Zahiriddin Muhammad!

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad!

soat kapgiri yashalgan onlarimizni o'tmish kitobiga muhrlayotgandek. Oz sohibi holiga monand vaqt ham "Darvesh kabi aylanadur..." Ammo Mirzo Boburning vataniga mehri qalbida, hayotiy maslagi esa insonlarga yaxshilik qilmoqlikdir. Garchi vafoga vafo, jafoga jafo talab bo'lgan bo'lsa-da, shoir qalbi yaxshiliklardan masrur. Hindistonday ulkan mamlakatda ijtimoiy yoki siyosiy islohotlar o'tkazib, o'zga bir mamalakat aholisining yashash sharoitini o'nglagan ijodkor oz ko'ngli mayillariga ko'ra vatandoshlarini ham unutmaydi, unutolmaydi. Hindiston hukmdori bo'lsa-da, ruhi Turkistonda. Shu yurt dardi bilan yashaydi : O, yaxshilik sog'indik faqat -Quyosh - guvoh, yulduzlar guvoh. Qo'rqadurmiz... shulmidur gunoh?

Bu hayotda har qanday dardga davo-vaqt. "Chiq-chiq" etib urayotgan

Ey shoh, nechun oh tortamiz, oh?

April, 2023

Ey, tavbasi g'azalday afruz!

Ey humoyun, ey shohi komron!

Ey mulki - Hind,

Ruhi - Turkiston!

Ey, ohlari olamga to'lg'on!

Rangimizga qon berur yuz oh,

Jonimizga jon berur yuz oh... Dil ko'zining tub-tubidan otilib chiqayotgan bu oh-nolalar lirik qahramon tuyg'ularini junbishga keltiradi. Jismda nolalangan oh go'yo bo'ron misoli qalb dengizida to'fon ko'tarib, gupurgan qonni qirg'oqlarga otadi. "Uzilgan qanotlar", "ohlar tutuni" birlashib, bo'ron kuchayadi: tanaga jon kirganday, za'faron yuzlarga qon yugurgilab qoladi. Hayot o'z izniga tushadi.

Lirika ijodning shunday bir go'zal turiki, unda bir lahzada ko'ngildan o'tgan holat satrlarga jo bo'ladi, uni nasrda sahifalarda ifodalash-da mushkul. Bundan bir necha yuz yillar avval yaratilgan ko'ngil izhoriga qayta jon etish yuksak mahorat, tengsiz iste'dod, tazmin bog'lanayotgan she'r sohibi singari betakror bo'lish talabini qo'yadi. Bugun iste'dodli shoira Nodira Afoqova mutafakkir shoir Alisher Navoiy ta'biri bilan aytganda "she'r panjasiga panja urib" Boburdek o'z davrining buyuk dahosiga izdoshlik izhor etdi. Toki izdoshlik an'anasi davom etar ekan, o'zbek she'riyati ixlosmandlari ajdodlari merosidan, ularning yashash tarzidan, orzu-o'ylari, hayot maslaklaridan xabardor bo'laveradilar. Ularning buyuk ishlarini davom ettirib, chin vorislik da'vosini qilaveradilar.

REFERENCES

1. Rahim Vohidov, Husniddin Eshonqulov O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi . O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti.-T:. 2006-yil , 471-bet

2. T.me/Nodirasheriyati. Nodira Afoqova she'rlari. "Telegram" kanali. 2022-yil, 12-fevral.

3. Najmiddin Komilov , Tasavvuf yoki komil inson axloqi, T:. "Yozuvchi" nashriyoti, 1996, 157-bet

4. Ibrohim Haqqul. Irfon va idrok. Toshkent "Ma'naviyat" nashriyoti, 1998-yil

5. Bobur, Zahiriddin Muhammad. Boburnoma :- T.: Yulduzcha. 1989-yil. 75-bet

6. N.Komilov, mualliflar guruhi. Badiiy adabiyot va tasavvuf timsollari. T:.- 2010-y.

7. Кадирова,Д.С. (2022). Цвет и образ в философии эстетического. Academic research in educational sciences, 3(NUU Conference 2), 337-347.

8. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). Amaliy etika va estetika O'quv qo'llanma. https://scienceweb.uz/publication/4489

April, 2023

247

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.