Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODIYOTI TADQIQOTCHISI
Sulaymonov Isroil Isomiddinovich filologiya fanlari doktori (DSc)
Samarqand davlat universiteti [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga yangicha talqinda ham ilmiy, ham badiiyat nuqtai nazaridan murojaat qilgan olim Aziz Qayumovning “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti”ga bag'ishlangan asari tahlil etilgan. Unda Bobur hayoti va ijodi haqida muallifning o'ziga xos tasvir usuli, tarixiy faktlar asosida badiiy tasvir yaratish mahorati kabi masalalar yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”, Aziz Qayumov, tarixiy fakt, badiiy talqin.
АННОТАЦИЯ
в этом статье анализирован произведение выдающегося литературоведа Азиза Каюмова «Творчество Захириддина Мухаммада Бобура», в котором автор обращал внимания к жизни и творчеству Бобура по-новом научным и художественным взглядом. В статье речь идёт о тех вопросах, так как спецификационные методы описания и мастерство автора по создания художественного описания по исторических фактов.
Ключевие слова: Захириддин Мухаммад Бобур, «Бабур-наме», Азиз Каюмов, исторический факт, художественная трактовка.
ABSTRACT
This article deals with the work of Aziz Qayumov, "Zahiriddin Muhammad Babur's work", which addresses the life and work of Zahiriddin Muhammad Babur in a new interpretation, both from a scientific and artistic point of view. It covers the life and work of Babur, as well as the author's unique style of description and his ability to create an artistic image based on historical facts.
Keywords: Zahiriddin Muhammad Bobur, "Boburnoma", Aziz Qayumov, historical fact, artistic interpretation.
KIRISH
Keyingi yillar o’zbek nasrida esselashuv jarayoni kechmoqda. Bu xususiyatni ilmiy maqolalar misolida ham ko’rishimiz mumkin. A.Qayumov, I.Haqqul, S.Olim va boshqa adabiyotshunoslarning keyingi o’n yillik maqolalarining esse janriga tobora yaqinlashayotganligi bugungi adabiy jarayonning tabiiy mahsulidir.
549
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
A.Qayumovning Bobur ijodiyotiga bag’ishlangan asari shu jihatdan xarakterlidir. A.Qayumov ushbu asariga yozgan so’zboshida mazkur bitiklarini risola ataydi. «Kitobxonni zeriktirib qo’ymaslik uchun uchun tasvir shakli badiiylashtirildi», - deb izoh ham beradi. Bizningcha, ushbu asarni esse janri talablariga muvofiqligini hisobga olgan holda shunday atash, ma’qulroq. Chunki esseda ham ilmiy, badiiy, publitsistik xususiyatlar shu tarzda uyg’unlashadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga yangicha talqinda, ham ilmiy, ham badiiyat nuqtai nazaridan murojaat qilgan olim akademik Aziz Qayumov sanaladi. Bobur tarjimai holi va ijodini o’rganishda, asarlarining nashr etilishida, ularning dunyo yuzini ko’rishida, keng ommaga etib borishida bu insonning xizmatlari benihoyadir. Ushbu tadqiqotda olimning so’nggi yillarda nashr etilgan [21] tadqiqotiga murojaat qilindi. Bu tadqiqotni yaratishda, muallif aytganidek, «Boburnoma»dagi tarixiy voqealar va faktlar asos bo’lgan va uni ilhomlantirib, badiiy-ilmiy asarlar paydo bo’lishiga sabab bo’lgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Akademik A.Qayumov o’zining Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti” nomli tadqiqotida (Каюмов А. Асарлар. 10-жилдлик, 5-жилд. Захириддин Мухаммад Бобур ижодиёти. Тошкент, «Мумтоз суз», 2009) «Boburnoma»dan konkret tarixiy voqea va faktlarni misol sifatida keltirib fikr bildirmaydi. Bobur asarlarini obdon o’rgangan olim o’zining asarlarida bulardan o’rinli foydalanadi. Shu sababdan o’quvchi ulardan Bobur hayoti va ijodining kichik epizodlarigacha aniq, hayotiy ma’lumotlarni bilib oladi.
Mavzuni yoritishda qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-tipologik, biografik metodlardan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
A.Qayumov asarining «Zafar va mag’lubiyat» nomli qismida muallif aynan yuqoridagi uslub - tarixiy voqelarni ilmiy jihatdan umumlashtirib, uni badiiy talqin etadi va aytish mumkinki, bu ilmiy umumlashtirish olimga davr voqea-hodisalarini aniq tahlil qilish, uni kezi kelganda badiiy tasvirlash orqali maqsadga erishishni ta’minlaganki, bu uslub hozirgi boburshunoslikda, bayon tarzi bilan faqat Aziz Qayumovgagina xos, desak xato bo’lmaydi. Albatta, olim uslubiga ma’lum darajada ergashib, o’zlarining ayrim tadqiqotlarini, badialarini yaratish tajribasi zamondosh boburshunoslarimiz, yozuvchilarimiz ijodida ham kuzatiladi, ammo ularning birortasi hali bu qadar ixchamlik, ilmiy ko’lam va badiiy mukammallikda akademik A.Qayumov darajasiga etganlari yo’q, deb o’ylaymiz.
550
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
Asarining «Zafar va mag’lubiyat» qismida muallif shunday yozadi: «905 (14991500) yili Bobur Farg’onadagi ichki kurashlar davomida Andijon, Axsi, O’shni qo’ldan berdi. Uning ahvoli juda tang bo’ldi. Shu payt Samarqand hokimi Muhammad Mazid Tarxon Bobumi Samarqand viloyati hokimiyatiga chaqirdi. Bobur bu taklifni darrov qabul qildi. U Axsiga odam yuborib o’z g’animlari bilan sulh tuzdi va shu yili zulqa’da oyida Farg’onadan Samarqandga yo’l oldi. Muhammad Mazid Tarxon uning istiqboliga chiqdi. Ular hali Samarqandga etganlaricha yo’q ediki, Samarqandni Shayboniyxon egalladi, degan xabar keldi. Bobur Keshga ketdi. Bu erda Muhammad Mazid Tarxon Boburni qoldirib, Hisorga, Xisravshoh xizmatiga o’tib ketdi» [21; 212-213].
Muallif shuncha tarixiy dalillarni keltirsa-da, «Boburnoma»ni tilga olmaydi. Vaholanki, bu tarixiy faktlar aynan «Boburnoma»dan olingan. O’sha paytdagi mavjud siyosiy, ijtimoiy holatni tarixiy faktlar asosida qisqa umumlashtirib, o’quvchiga o’sha davr siyosiy holati, Samarqand taxti uchun kurash ishtirokchilari haqida umumiy ma’lumot bermoqda, xolos. Bu o’rinda muallif «Boburnoma»dagi faktik ma’lumotlarni keltirmasdan umumiy ma’lumot berish bilan kifoyalanadi. Ushbu matnning davomida ham shu aqidasiga sodiq qolib, Boburning g’oliblik va mag’lublik holatini faqat sharh berish orqali bayon etadi, xolos. «Boburnoma»dan biron bir iqtibos, parcha keltirmaydi. Bu uslub muallifning shu asari uchun qo’llagan bayon tarzi, tarixiy voqelikni ilmiy-badiiy talqinda berish uslubidir. Yuqoridagi matnning davomini ko’radigan bo’lsak: «Bobur va uning odamlari shahar va viloyatdan mahrum bo’lib, tentirab qoldilar. Ba’zi navkarlar Boburdan ajralib har tarafga keta boshladilar. Bobur o’ziga sodiq qolgan odamlar bilan tog’lar osha yaylovlarga o’ta Ko’hak daryosi bo’yiga etib keldi. Bu vaqtda Boburda ikki yuz qirq kishigina qolgan edi. Shu askar bilan Bobur 906 (1500) yili Samarqandga hujum qilib, uni egalladi. Shunda Bobur o’n to’qqiz yoshda edi. Bu Bobur tomonidan Samarqandni ikkinchi qayta egallashi edi. Samarqand a’yonlari Boburga sadoqat izhor qildilar... Atrof viloyatlardan Boburga yordam uchun qo’shinlar kela boshladi. Bobur katta kuch yig’ib, Saripul degan joyda Shayboniyxon qo’shini bilan to’qnashdi. Bu jangda Shayboniyxon qo’shini ustun chiqdi. Bobur o’z odamlari bilan shaharga kirib, darvozalarni berkitdi. Shayboniyxon Samarqandni qamal qildi. Bobur qo’shini va Samarqand xalqi qamalda og’ir azoblarni boshdan kechirdilar. Shaharda oziq-ovqat qolmadi. Hech qaerdan yordam kelmadi. Boburning ba’zi lashkarboshilari o’z odamlari bilan shahardan chiqib qocha boshladi.» [21; 212-213].
A.Qayumov Bobur tarjimai holi uchun o’ta muhim bo’lgan bu tarixiy faktd an foydalanib, turli darajadagi badiiy obrazlarni yaratishga muvaffaq bo’ladiki, bu
551
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
tarixiy faktlar badiiylik kasb etadi, kitobxonni muallif fikriga hamohang tarzda ko’hna tarix voqealariga oshno qiladi: «899 (1494) yil. Seshanba, ramazon oyining beshinchi kuni. Shahar hovlilarida baholi qudrat iftor tadoriki. Shohi to’quvchi Mulla Alijonning tashqari hovlisidagi mehmonxonada bugun iftor uchun kichik bir jamoa jam bo’lgan. Ular Qiyosiy, Jur’ar, Asiriy va xonanda Soatxon. Bu jamoat hammalari kosiblar, ammo tab’i nazm ahliga mansub kosiblar...» [21; 208].
Bu parcha A.Qayumovning «Asarlar»idan kiritilgan «Kutilmagan yangilik» nomli hikoyasi bo’lib, yuqorida nomlari keltirilgan shaxslarning barchasi muallifning tafakkuridagi xayoliy, badiiy obrazlaridir. Ular haqida «Boburnoma»ning biror bir o’rnida ma’lumot berilmaydi.
Muallif bu suhbatdoshlarning fikrini davom ettirar ekan, ularning nutqida qadim andijoniylarning shevasi yaqqol sezilib turadi. Bu bilan muallif asariga hayotiylik va haqoniylik baxsh etish maqsadida shunday yo’l tutadi: «Suhbatdoshlar turkiy (eski o’zbek) tilida so’zlashar edilar. Ularning talaffuzi, ifoda uslubi juda adabiy edi. Bu faqat tab’i nazm egalariga emas, balki butun Andijon xalqiga bir odat. Har bir savodli xonadonda, bunday xonadonlar Andijonda ko’p, kishilar Mir Alisher Navoiyning she’rlari turkiy tilning Andijon lahjasida yozilganini qayd etar ekan, bu bilan iftixor qilar edilar: yana mashhur musiqiy ustodi Xoja Yusufning Andijondan ekanini g’urur bilan eslatardilar... Suhbatdoshlarning iltimosiga ko’ra, Sabriy o’zining yangi bir she’rini o’qib berdi. Bu Navoiy g’azaliga bog’langan muxammas edi. Asiriy, Qiyosiy, Jur’at ham o’zlarining yangi she’rlarini o’qidilar [21; 209].
Bu bilan muallif Boburning «Boburnoma»da Andijon haqida keltirgan ma’lumotlariga ishora qiladi, go’yo: «Eli turkdur. Shahri va bozorida turkiy bilmas kishi yo’qdur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning musannafoti, bovujudki Hirida nash’u namo topibdur, bu til biladur» [13; 34].
Boburning Samarqand va Andijon orasida sargardon bo’lib yurgan payti. Mag’lublikka yaqin bu holat Boburga siyosiy bir xulosaga kelish, kimni do’stu kimni dushman ekanligini bilolmay sarson bo’lgan mahali: «Dakbusiyda Boqi tarxonni bosib Buxoro ustiga boribtur. O’roteppadin Bo’rka yaylog’i yo’li bila Sangzorg’a kelduk. Sangzor dorug’asi qo’rg’onni berdi. Qanbar Ali chun tutturub, oldirub keldi, ani Sangzorda qo’yub, o’ttik» [13; 77].
A.Qayumov ana shu tarixiy voqelik va dalillardan foydalangan tarzda badiiy yo’sinda Bobur va beki Qosimbekning badiiy obrazini to’ldirishga harakat qiladi: «Sangzor daryosi quvnab oqar edi. Sangzorning zilol suvlari toshdan-toshga urilib o’ynashayotgan to’lqinlar bilan to’la. Atrofdagi tog’lar keng dalalar bag’rida daryo
552
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
yoqalab horg’in yo’l bosayotgan odamlar va otlarga beparvo boqadilar. Ularning ketidan otlari horg’in qadam tashlaydilar. Otlar ham ochlikdan shunday toliqqanlarki, endi ular odamlarni emas, odamlar otlarni tashimoqdalar.
- Faqat shukrona bilan yashamoq kerak, - deydi Qosimbek holdan toygan Boburga, - eng muhimi o’lim xavfi ortda qoldi. Dizakda Hofiz Muhammadbek do’ldoyning o’g’li Tohir do’ldoy hokimlik qiladi. U ko’p insofli va musulmonvash yigit. Kecha unga kishi yuborganman. Inshaolloh u sizni lozim hurmat bilan kutgisidur.
- Umidvormiz, - dedi Bobur g’amgin jilmayib, ammo mundin nari ne bo’lg’usini yolg’iz Allohu taoloning o’zi bilur.
- Mundin buyon ham Tangri inoyatiga umid bog’lab, o’z hokimiyatingizni barqaror etmoq sa’yingizda turingiz. Yoningizdagi beklar va yigitlar muhim sinovdan yaxshi o’tdilar. Ularga hamisha tayanmog’ingiz mumkin, - dedi Qosimbek qavchin. Shu payt uzoqdan bir guruh otliqlar ko’rindi... Kelayotgan otliqlarning boshida Tohir do’ldoy ko’rindi. Qosimbek uni darhol tanidi va buni Boburga aytdi... Shohona uchrashuv marosimining barcha qoidalariga binoan u Boburni kutib, Dizakka o’zi olib kirdi» [21; 214].
A.Qayumov «Boburnoma»da keltirilgan tarixiy shaxslardan Xoja Kalon haqida so’z yuritadi. U shaxsning Hindistondagi faoliyati davrida Bobur bilan bo’lgan munosabati, ular o’rtasidagi voqealar «Boburnoma»da ham batafsil berilgan. Jumladan: «Xoja Kalon chun Hinddin mutanaffir edi, borurida Dehlining uyining imoratlarining tomida bu baytning bitiburkim:
Agar ba xayru salomat guzar zi Sind kunam,
Siyahro’y shavam, gar havoi Hind kunam1.
Biz Hindistonda turub bunday zarofatomiz bayt aytmoq va bitmoq besuratdir. Ketmakdin bir kudurat bo’lsa bu nav’ zarofattin ikki kuduratdur, men dag’i bir ruboiy aytib bitib yubordim:
Yuz shukr de, Boburki, karimu g’affor,
Berdi senga Sindu Hindu mulki bisyor.
Issig’lig’ig’a gar senga yo’qdur toqat,
Sovuq yuzini ko’ray desang G’azni bor» [13; 210].
Mazkur parchada ifodalangan Bobur va boshqa tarixiy shaxslar tasviridan muallif badiiy obraz yaratadi, tarixiylikni badiiylikka aylantiradi: «Bobur Kobulg’a sovg’alarni eltmoqni Xoja Kalong’a topshirdi. Uning qo’shini qalin bo’lganligi *
'Mazmuni: Agar sog’-salomat Hinddan o’tib ketsam, Hindistonni yana havas qilsam yuzim qaro bo’lsin.
553
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
uchun G’azna, Gardiz, Sulton Mas’udiy hazorani, Hinistondagi Ko’hrom parganasini Xoja Kalonga berdi... A.Qayumovning «Boburnoma»da mavjud bo’lmagan bu ma’lumotlarni keltirishdan maqsadi - Bobuming Xoja Kalonga shunchalik himmat ko’rsatib Afg’oniston, Hindistonda ulkan shaharlar hadya etsa-da, u Boburga qarshi ish qiladi, uning davlatdorligiga ma’naviy ziyon etkazadi, noshukurlik qiladi: «...Oradan uch-to’rt kun o’tdi. Yana Agradagi daraxtzor. Uning bag’ridagi salqin yo’lakda Bobur va uning mo’ysafid arbobi sayr qilib suhbat tutmoqdalar. Bobur o’zining uzoq yillar sinalgan do’sti Xoja Kalonning ketmoq qaroridan xafa. Eng yaqin do’stlar ham, vaqti kelib o’zlikni do’stlikdan ustun qo’yadilar. Kun asta-sekin muhitga cho’kmoqda. Osmon yuzasini qorong’ulik tumani qoplash vaqti yaqinlashmoqda.
Bobur o’z suhbatdoshiga dedi:
- Xoja Kalon Hinddan mutanaffir edi. Uning ketar chog’i uyining devoriga yozgan baytini eshitdingizmi?
- Yo’q, taqsirim.
- Bo’lmasa mana o’qingiz.
Bobur qo’ynidan bir qog’oz olib suhbatdoshiga uzatdi.
Mo’ysafid kishi podshohning qo’lidan qog’ozni odob bilan oldi va uni ko’ziga yaqinlashtirib, o’qidi:
Agar ba xayru salomat guzar zi Sind kunam,
Siyahro’y shavam gar havoyi Hind kunam.
Qofiyani xo’b tushirgan. Ehtimol, yuzi qoraligidan tavba qilayotgandir, - dedi muysafid kishi, bu she’rdan tug’iladigan yoqimsiz taassurotni yumshatmoq maqsadida.
- Yo’q, dedi Bobur qat’iy ravishda, - bu bayt Xoja Kalonning yuzi qoraligiga iqroridir. Chunki, davom etdi o’z fikrini sharh etib, - biz Hindistonda turib, mundoq zarofatomez bayt aytmoq va bitmoq ko’rinmagan bir hol. Ketmog’idan bizga og’irlik bo’ldi, bu xil zarofatdan ikki bor malol etdi» [21; 244-245].
Bu o’rinda Bobur tarixiy shaxs bo’lsa-da, Mo’ysafid to’qima obraz bo’lib Bobur badiiy obrazini to’ldirishga, muallifning ushbu «Boburnoma»da keltirgan ruboiysidagi maqsadni ochishga xizmat qilmoqda. Bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu ruboiy tahlilida A.Qayumov ijodkor adib emas, balki adabiyotshunos olim sifatida fikr yuritadi.
«Boburnoma»da No’yon Ko’kaldosh haqida keltirilgan tarixiy ma’lumotni X.Sulton va A.Qayumov asarlaridagi badiiy talqinlarini qiyosan tahlil etsa, ularda mualliflarning o’ziga xos yondashuvi ko’zga tashlanadi. Yuqorida “Boburiynoma”
554
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
tasvirida ko’rilgan ushbu parchani A.Qayumov asarida berilishi holatiga e’tibor qaratsak: «Bobur o’z kishilari bilan Piskentga kelgan payti bir fojea yuz bergan edi... Bobur Samarqand hokimiyatini egallaganda Mo’min uning huzuriga kelgan edi. Ammo bu qilig’i sovuq, yoqimsiz odam Boburga yoqmadi. Uning g’iybat gaplarni ko’p gapirishi, qo’lidan bir ish kelmagani holda o’zgalarni qilgan yaxshi ishlarini o’ziniki qilib ko’rsatishga urinmog’i darhol bilinib qoldi. Boburning sadoqatli odamlaridan biri No’yon Ko’kaldosh Mo’minning yaramas ishlari to’g’risida Boburni mutaassil xabardor etib turgan edi» [21; 216], - deb badiiy manzara yaratgan muallif ushbu sirli fojianing asl ildizini aniqlashga harakat qiladi. Bu shubhali o’limning asosiy tashkilotchisi Piskent hokimining ukasi Mo’min degan qat’iy xulosaga keladi.
X.Sulton No’yon Ko’kaldosh haqidagi tafsilotlarni berishda «Boburnoma»dagi tarixiy faktlarga tayanib, unga badiiy obraz sifatida yondashgan bo’lsa, A.Qayumov tarixiy haqiqatni xolisona izohlaydi, voqeylikka o’zining munosabatini bildiradi. Bu voqeaga aloqador tarixiy shaxslarning badiiy tasvirini berib, ular yashagan davrdagi siyosiy jarayonlar, ularning Bobur bilan bog’liq tomonlarini tahlil etishga harakat qiladi. Bu muallifning o’ziga xos uslubi - tarixiy voqealarni ilmiy sharhlash, ularni umumlashtirgan holda tasvirlab berishdan ibort. A.Qayumov tasviriga e’tibor bersak, birinchidan, ushbu sahna «Shubhali o’lim», - deb nomlanishidanoq ma’lum bo’ladiki, muallif tarixiy faktlarga tayanib, uni badiiy tasvirlashga kirishadi. Xayriddin Sultonda bu shaxsga oid tasvirlar Bobur badiiy obrazining atrofidagi kishilar bilan suhbati chog’ida bayon etiladi, unda badiiy tasvirlar A.Qayumovdan ko’ra kengroq bo’lib, muallif badiiy to’qimadan keng foydalangan. A.Qayumov tasvirida o’qiymiz: «Sadoqatli sipohi va do’sti No’yon Ko’kaldoshning bu shubhali o’limi yosh Boburga qattiq ta’sir qildi. Mo’minning qilg’iliqlarini tekshirish va haqiqatni aniqlashning vaqti emas, bunga imkoniyat ham yo’q edi. Shuning uchun alamini o’zidan olib yosh yigit uzun qish kechalari yum-yum yig’lab chiqar edi. Bir hafta-o’n kungacha shu ahvol davom etdi. Nihoyat Bobur o’zini qo’lga oldi...» [21; 217]. Muallif Bobur badiiy obrazini umumlashtirgan tarzda voqealarni ilmiy tahlil etadi va mazkur voqea mazmunini ilmiy bayon uslubida tugatadi. Shu bilan birga, A.Qayumov Boburning sodiq do’sti No’yon Ko’kaldoshning vafoti Boburning ma’naviy mag’lublik paytiga to’g’ri kelishini badiiy tarzda, chiroyli tasvirlar bilan bayon etadi. Boburning raqiblari uni mag’lub etish, ma’naviy ruhiy zarba berish maqsadida uning yaqin kishilaridan judo qilishini Bobur taqdirida juda ko’p bor kuzatamiz. Shu kabi taqdir sinovlarida toblangan Bobur o’zining buyuk maqsadlari sari dadil odimlaverdi, bu kabi sinovlar uning zohirini, ruhiyatini chiniqtirib, uning hayot haqidagi, insonlar haqidagi
555
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
qarashlarini shakllantirdi: «Bobur hayotning achchiq va chuchuklaridan bir qismini tatidi. Andijon va Samarqand taxtida g’oz o’ltirdi, g’alaba jomidan kayf qildi. So’ng mag’lubiyat zaharini totdi; ochlik, quvg’in, xiyonat nayzalaridan jarohatlandi» [21; 220]. Bobur yosh bo’lsa-da hayotning ko’p sinovlarini boshidan kechirdi, gohida g’alabadan masrur bo’lgan, undan sarxush lahzalarni ko’rgan bo’lsa, ba’zida mag’lublik alamini ham totib ko’rdi, hayotning naqadar beshafqat va bebaqoligini tushunib etdi. Yosh bo’lishiga qaramay, Bobur dunyoning o’tkinchi hoyu havaslari, shohlik minnati va insonlaming o’zaro munosabatlari xususida bir qarorga keldi. Shu lahzalarni xayolidan kechirayotgan Bobur Andijon va Samarqand o’rtasida sarson-sargardon kezgan, hech kimdan na yaqin qarindoshlaridan, na do’st birodarlaridan yordam bo’lmay aftoda holda yurgan damlarida Obburdan atrofidagi bir buloq boshiga keladi. Boshidan o’tgan voqealarni eslarkan, shu buloq boshida Sa’diyning «Bo’ston»idagi baytlar xayolidan o’tib, uni o’sha buloq bo’yidagi bir toshga yozib qo’yishga qaror qiladi. Mana o’sha bayt:
Shunidamki, Jamshidi farruxsirisht,
Ba sarchashmae bar cange navisht:
«Bar in chashma chun mo base dam zadand,
Biraftand to chashm bardam zadand.
Giriftem olam bo mardiyu zo’r,
Valekin naburdem bo xud ba go’r» [13; 88].
Harraru Bobur 917.
Mazmuni:
Eshitganim borki, Jamsheddek nomdor,
Boshbuloq toshiga yozdirdi yodgor:
«Bu buloq boshida ko’plar tin oldi,
Ko’z yumib ochguncha yitdi-yo’qoldi.
Mardligu zo’rlik-la jahonni oldik Lekin qabristonga quruq yo’l soldik»
Men Bobur yozdim 1511-12.
Bu satrlardan anglash mumkinki, yosh Bobur fors tilini mukammal bilgan va Sharq mumtoz adabiyotidan yaxshi xabardor bo’lgan. Uning bu kabi falsafiy mazmundagi baytlar yozdirishining boisi, yuqorida aytganimiz, bir tarafdan do’sti No’yon Ko’kaldoshning o’limini unutolmayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan uning ma’naviy mag’lubiyati umidsizlik tuyg’ularini uyg’otgan edi. Yuqoridagi baytlar mazmuniga e’tibor bersak, u dunyoning yarmini egallagan Iskandar Zulqarnayn o’lgandan keyin qo’lini tobutdan chiqarib qo’yishini vasiyat qilgan falsafiy fikrlarga
556
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
hamohang keladi. Bobur bu vaqtda garchi hech narsasi yo’q, na mol mulki, na borar joyi bo’lmay turib bu mazmundagi baytni yozdirishi uning hayotiy xulosalari natijasidir desak, yanglishmaymiz. Balki shu lahzalarda Bobur shohlik minnatidan darveshlik qismatini afzal ko’rgan bo’lishi ham mumkin. Sababi u keyinchalik barcha narsaga - hisobsiz mol mulkka, cheksiz hududga ega davlatga erishgan paytlarida ham o’zini darveshona tutgani uni hayotida yuz bergan shu kabi sinovlar, o’zidan oldin o’tgan hukmdorlarning qismati bir umr saboq bo’lgan bo’lishi, ehtimol. Shuningdek, Bobur insondan faqat yaxshi nom, ezgu ishlargina meros qolishi lozimligini anglab etadi, go’yo Alisher Navoiy aytgan:
Bu gulshan ichra ki yo’qdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot. tarzidagi fikrlariga monand yo’l tutadi.
Ushbu vaziyatdagi holati haqida «Boburnoma»da ma’lumot bergan Bobur o’zining quyidagi baytini keltirib, «Bu matla’ni o’shul ayyomda aytib erdim», -deydi:
Takalluf har necha suratta bo’lsa ondin ortuqsen,
Seni jon derlar, ammo betakalluf jondin ortuqsen [13; 88].
XULOSA
Akademik Aziz Qayumov o’zining dunyoqarashi, badiiy mahorati va tasvirlash uslubidan kelib chiqqan holda “Boburnoma”ga murojaat qiladi. Muhimi, «Boburnoma»ga murojaat qilar ekan, muallif uning eng xarakterli, Bobur shaxsiyatini ochib beruvchi, unga bevosita daxldor bo’lgan voqeliklarga e’tibor qaratadi, qahramonning ichki kechinmalarini yoritib berishga harakat qiladi.
REFERENCES
1. Arat, Resit Rahmeti [Dogu Turkfesinden Qeviren]. 1987, Gazi Zahiruddin Muhammed Babur. Vekayi Babur’in Hatirati I, (=Turk Tarih Kurumu Yayinlari II, 5a1), Ankara.
2. Arat, Resit Rahmeti [Dogu Turkfesinden Qeviren. izahli indeksi ve Notlari Hazirlayan], 1987, Gazi Zahiruddin Muhammed Babur. Vekayi Babur’in Hatirati II, (=Turk Tarih Kurumu Yayinlari II, 5b1), Ankara.
3. Beveridge A.S. The Babur-nama in English (Memoirs of Babur), Translated from the Original Turki Text of Zahiru’ddin Muhammad Babur Padshah Ghazi by Annette Susannah Beveridge, 2 Vols., - London, 1922; Repr, in one Volume, - London, 1969; - New Delhi, 1970; - Lahore, 1975.
4. Bacque - Grammont J.L. Le livre de Babur. - Paris, 1980.
557
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
5. Zahirnddin Muhammad Babur Mirza. Baburnama I, (= Sources of Oriental Languages and Literatures 18), Cambridge: Harvard University Press, USA. Thackston, W.M., 1993.
6. Zahiruddin Muhammad Babur Mirza. Babumama II, (= Sources of Oriental Languages and Literatures 18), Cambridge: Harvard University Press, USA. Thackston, W.M., 1993.
7. Zahiruddin Muhammad Babur Mirza. Babumama III, (= Sources of Oriental Languages and Literatures 18), Cambridge: Harvard University Press, USA.
8. Eiji Mano. Babur-nama (Vaqayi). Critical Edition Based on Four Chaghatay Texts with Introduction and Notes. - Kyoto, Shokado, 1995.
9. Harold Lamb. Babur the Tiger. - New-York, 1961.
10. Вильям Рашбрук. Ун олтинчи аср бунёдкори. (инглизчадан Гофуржон Сотимов ва Холида Суфиева узбек тилига таржимаси). Тошкент: Шарк нашриёт матбаа акциядорлик компанияси Бош тахририяти, 2011. - 206 б.
11. Гулбаданбегим. Хумоюннома. - Тошкент: Фан, - 1959. - 132 б.
12. Гулбаданбегим Захириддин Мухаммад Бобур кизи. Хумоюннома. Захириддин Мухаммад Бобурнинг вориси - Хумоюн подшохнинг вокеалари. Форс тилидан Ахмад Куронбеков таржимаси. Тошкент, 2015. - 104 б.
13. Захириддин Мухаммад Бобур. Бобурнома. Нашрга тайёрловчи С.Хасанов. Тошкент. Шарк. 2002. - 335.
14. Захириддин Мухаммад Бобур энциклопедияси. Тошкент.: Шарк. 2014. -744.
15. Низомиддинов H.F. Буюк бобурийлар тарихи (XVI-XIX аср). Монография. Тошкент.: Fan va texnologiya, 2012 йил. - 516.
16. Румер Годен. Гулбадан. Тошкент: Шарк нашриёт-матбаа акциядорлик компанияст Бош тахририяти. 2007. - 175 б.
17. Sulaymonov I.I Analysis of Babur’s opinion about Shaybanikhan // Philadelphiya, USA. ISJ Theoretical & Applied Science, 09 (53), 196-200.
18. Sulaymonov I.I. Description of Victorious and Vanquished Man psychology in «Boburnoma» // International Journal of Science and Research (IJSR). - India, 2018. Volume 7. Issue 1. - P. 1220-1223.
19. Sulaymonov I.I. An artistic interpretation of Babur's personality in world literature. Journal of critical reviews. Received: 24 April 2020 Revised and Accepted: 04 July 2020. - P. 6218-6223
558
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
20. Сулаймонов И. Роль суфийского ордена накшбандия в формировании и эволюции мировоззрения Бабура // Вестник Таджикского национального университета. - Душанбе, 2019. - №9. - Стр. 154-161.
21. Каюмов А. Асарлар. 5-жилд. Захиридлин Мухаммад Бобур ижодиёти. Т.: Мумтоз суз, 2009. - 303 б.
22. Muhiddinov M.K. System of Values and Sufis (The Image of Values and Sufis in the First Epics of "Khamsa"). International Journal of Psychosocial Rehabilitation // Vol. 24, Issue 05, 2020. -P. 6702-6712. ISSN: 1475-7192.
23. Mukhitdinova N. Muhammad Goziy and His Leiterary Heritage. Journal of
Psychosocial Rehabilitation // ISSN: 1475-7192. Vol. 24, Issue 05, 2020. - P.
6713-6721.
24. Khasanova Mashkhura Jumanovna. The role of praises in the development of turkic odes. .Journal of critical reviews, 2020.07. 948-951.
25. Aslanova H. The concept of features of «Beauty» in the creative heritage of Gadoi. JOURNAL of CRITICAL REVIEWS (ISSN-2394-5125. Vol 7.ISSUE 15.2020. SCOPUS Q4, 6 H index). 2020, pp. 2672-2676.
559
November 2021
www.oriens.uz