Научная статья на тему 'YUZNING OPERATSIYADAN KEYINGI CHANDIQLARINI DAVOLASHDA TURLI SPEKORAL DIAPAZONDAGI IQ LAYERLARINING KLINIK SAMARADORLIGINI QIYOSIY BAHOLASH'

YUZNING OPERATSIYADAN KEYINGI CHANDIQLARINI DAVOLASHDA TURLI SPEKORAL DIAPAZONDAGI IQ LAYERLARINING KLINIK SAMARADORLIGINI QIYOSIY BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Operatsiyadan keyingi chandiqlar / CO2 lazer / ND YAG lazer / kombinatsiyalangan lazer terapiyasi. / Operatsiyadan keyingi chandiqlar / CO2 lazer / ND YAG lazer / kombinatsiyalangan lazer terapiyasi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tursunova Jamilaxon

Qiyosiy tahlil operatsiyadan keyingi chandiqlarni kombinatsiyalangan davolashni olgan bemorlarda sezilarli yaxshilanishni ko‘rsatdi. Operatsiyadan keyingi chandiqlarni davolashda CO2 va ND YAG lazerlarini birgalikda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCARS OF THE FACE AFTER OPERATION IR IN DIFFERENT SPECTRAL RANGES IN TREATMENT COMPARATIVE ASSESSMENT OF THE CLINICAL EFFECTIVENESS OF LAYERS

Qiyosiy tahlil operatsiyadan keyingi chandiqlarni kombinatsiyalangan davolashni olgan bemorlarda sezilarli yaxshilanishni ko‘rsatdi. Operatsiyadan keyingi chandiqlarni davolashda CO2 va ND YAG lazerlarini birgalikda

Текст научной работы на тему «YUZNING OPERATSIYADAN KEYINGI CHANDIQLARINI DAVOLASHDA TURLI SPEKORAL DIAPAZONDAGI IQ LAYERLARINING KLINIK SAMARADORLIGINI QIYOSIY BAHOLASH»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454

Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |

www.afu.uz/journal

УДК: 616.5-089-74

YUZNING OPERATSIYADAN KEYINGI CHANDIQLARINI DAVOLASHDA TURLI SPEKORAL DIAPAZONDAGI IQ LAYERLARINING KLINIK SAMARADORLIGINI QIYOSIY BAHOLASH

Tursunova Jamilaxon

Alfraganus University Klinik fanlar kafedrasi assistenti

Annotatsiya.

Qiyosiy tahlil operatsiyadan keyingi chandiqlarni kombinatsiyalangan davolashni olgan bemorlarda sezilarli yaxshilanishni ko' rsatdi. Operatsiyadan keyingi chandiqlarni davolashda CO2 va ND YAG lazerlarini birgalikda qo'llash klinik amaliyot uchun tavsiya etilgan samarali va istiqbolli usul hisoblanadi.

Kalit so'zlar. Operatsiyadan keyingi chandiqlar, CO2 lazer, ND YAG lazer, kombinatsiyalangan lazer terapiyasi.

Kirish. Jarrohlik amaliyoti va jarohatlar sonining ko'payishi, shuningdek, ishonchli profilaktika usullarining yo'qligi sababli patologik chandiqlarning paydo bo'lish (shu jumladan keloid va gipertrofik chandiqlar) yuqoriligicha qolmoqda. Tadqiqotlarga ko'ra, patologik chandiqlar jarrohlik amaliyoti yoki jarohat olgan 12 -40% odamlarda shakllanadi. Bu, ayniqsa, yosh va mehnatga layoqatli bemorlarda tez-tez kuzatiladi. Bunday chandiqlar bemorlarning faolligini cheklashi, harakatlanish yoki oddiy poyabzal kiyishni qiyinlashtirishi, shuningdek, sezilarli kosmetik nuqsonlarni yaratishi mumkin, bu esa insonning jismoniy va ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va ijtimoiy muammo hisoblanadi. Gipertrofik chandiqlar ham keloid chandiqlar singari patologik chandiqlar jumlasiga kirsa-da, ular ko'proq normal, fiziologik chandiqlarga o'xshab ketadi. Gipertrofik chandiqlar zich, teri ustidan ko'tarilgan, lekin dastlabki jarohat chegarasidan tashqariga chiqmaydi. Ular odatda chiziqli shaklda bo'ladi va sezuvchanlikning buzilishi, masalan, qichishish bilan birga davom etadi. Bu chandiqlar jarohatdan keyin bir oy ichida paydo bo'ladi va vaqt o'tishi bilan ko'payishi yoki kamayishi mumkin. Eski gipertrofik chandiqlar oq bo'lishiga qaramay, baribir teri yuzasidan ko'tarilib turadi. Bunday chandiqlar tananing har qanday qismida paydo bo'lishi mumkin, lekin ko'pincha doimiy bosim yoki cho'zilish joylarida paydo bo'ladi. Hozirgi vaqtda chandiqlarni davolashda ularning lokalizatsiyasi, chuqurligi, hajmi, bemorning yoshi va davolanishga reaksiyasiga bog'liq bo'lgan yagona yondashuv mavjud emas. Gipertrofik

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |

www.afu.uz/journal

chandiqlarni davolash uchun okklyuzion bog'lovlar, kompression terapiya, krioterapiya, kortikosteroidlar inyeksiyasi, jarrohlik usullari va lazerli silliqlash (dermabraziya) qo'llaniladi. Lazerli dermabraziya teri relefini tekislash uchun CO2 lazeri yordamida epidermis yoki chandiq to'qimasini to'liq yoki qisman olib tashlashdan iborat. Biroq, bu usul, boshqa usullar kabi, har doim ham samarali emas va gipertrofik chandiqning qaytalanishi 30-65% hollarda sodir bo'ladi. Shu munosabat bilan ND YAG va CO2 lazerlaridan birgalikda foydalanish ishlab chiqildi. Ushbu usul chandiqning shikastlanishini minimallashtirishga va uning tuzilishini sezilarli darajada o'zgartirishga imkon beradi. Natijada gipertrofik chandiq tez yumshaydi va qaytalanmasdan normotrofik chandiqqa aylanadi. Biz gipertrofik chandiqlarni CO2 lazeri va CO2 + ND YAG lazeri bilan lazerli silliqlashdan foydalangan holda davolash samaradorligini klinik tadqiq qildik. Natijalar Vankuver shkalasi bo'yicha baholandi (1-jadval).

Jadval 1 - Vankuver shkalasi

Rangi Pigmentasiya

0 normal 0 normal

1 pushtrang 1 gipopigmentatsiya

2 qizil 2 o'rtacha ifodalangan pigmentatsiya

3 toq qizil 3 giperpigmentatsiya

Zichlik Chandiqning kengligi

0 0 1mm gacha

1 normal 1 1-2mm

2 yumshoq 2 2-3mm

3 bosish mumkin 3 3mmdan ortiq

4 plastik emas

Xorijiy manbalarda davolash usullarining samaradorligini baholash uchun turli xil mezonlar, shu jumladan klinik va morfologik ko'rsatkichlar, bemorlarning hayot sifatini baholash, shuningdek, turli shkalalar va jadvallardan foydalanish taklif etilgan. Ulardan eng keng tarqalgani Vankuver shkalasi (Vancouver Scar Scale) bo'lib, u ko'pincha patologik chandiqli bemorlarning klinik tadqiqotlarida qo'llaniladi va yangi baholash shkalalari bilan taqqoslash uchun étalon bo'lib xizmat qiladi. Tadqiqotimizda, shuningdek, gipertrofik chandiqlarni davolash samaradorligini baholash uchun ikkita usulni taqqoslashda Vankuver shkalasidan foydalanamiz. Ushbu shkala chandiqning vaskulyarizatsiya, pigmentatsiya, elastiklik va sog'lom teri darajasidan balandlik kabi parametrlarini baholash imkonini beradi,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |

www.afu.uz/journal

bunda har bir parametr uchun 4 tadan 6 tagacha baholash variantlari ko'zda tutilgan. Shkala bo'yicha umumiy ball 0 dan 14 gacha o'zgarib turadi, bunda 0 ball normal teri holatiga to'g'ri keladi.

Materiallar va uslublar. "RS Laser Clinic" klinikasida operatsiyadan keyingi yuz chandiqlari bo'lgan 22 nafar bemor (14-34 yosh) bilan tadqiqot o'tkazildi. Ular ikki guruhga bo'lindi: birinchi guruh (11 kishi) CO2 lazeri bilan lazerli silliqlashdan, ikkinchi guruh (11 kishi) CO2 va ND YAG lazerlari bilan kombinatsiyalangan davolanishdan o'tkazildi. Tadqiqot 5 sm2 gacha chandiqli bemorlarni o'z ichiga oldi, bu bitta terapiya seansini o'tkazish imkonini berdi.

Tadqiqot natijalari. Davolash natijalarini baholash uchun klinik usul va Vankuver shkalasi qo'llanildi. 5 oydan so'ng birinchi guruhda 1 nafar bemorda a'lo, 3 nafarida yaxshi natija, 3 nafarida biroz yaxshilanish, 4 nafarida retsidiv kuzatildi. Ikkinchi guruhda asosan a'lo va yaxshi natijalar olindi. Ushbu guruhda Vankuver shkalasi bo'yicha yaxshilanish o'rtacha 42,94% ni, chandiq balandligi bo'yicha maksimal yaxshilanish 66,84% ni tashkil etdi. Birinchi guruhda tez-tez retsidivlar tufayli umumiy yaxshilanish 28,8% ni tashkil etdi. "RS Laser Clinic" xususiy klinikasida yuzida gipertrofik chandiqlari bo'lgan 14 yoshdan 34 yoshgacha bo'lgan 22 nafar bemor ishtirok etgan klinik tadqiqot o'tkazildi. Bemorlar davolash usuliga qarab ikki guruhga bo'lindi. Birinchi guruhda 11 nafar bemorga CO2 lazeri yordamida lazer dermabraziyasi o'tkazildi, ikkinchi guruhda esa 11 nafar bemorga kombinatsiyalangan CO2 va ND YAG lazerlari yordamida davolash o'tkazildi. Tadqiqotga maydoni 5 sm2 dan oshmagan yakka gipertrofik chandiqli bemorlar kiritildi, bu esa bitta davolash seansi bilan cheklanish imkonini berdi. (2-jadval) 2-jadval Bemorlarning guruhlarga taqsimlanishi

CHANDIQLARNING BIRINCHI IKKINCHI

JOYLASHUVI GURUH GURUH

Peshana sohasi 3 2

Chakka sohasi 4 1

Lunj sohasi 3 4

Dahan sohasi 1 2

Burun sohasi 2

Jami 11 11

Birinchi ko'rikda chandiqlarning holati Vankuver shkalasi bo'yicha baholandi va ularning fotokuzatuvi o'tkazildi. Birinchi guruhda superimpuls rejimida

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |

www.afu.uz/journal

ishlaydigan yangi SO2 lazeridan foydalanildi. Ushbu rejim qisqa impulslarda lazer energiyasining yuqori konsentratsiyasini ta'minladi, bu minimal termik ta'sir bilan to'qimalarning fotodinamik ablyatsiyasini ta'minladi. Lazer dermabraziyasi chandiqning butun yuzasi bo'ylab uning asosigacha amalga oshirildi. Bitish "BranalinD" aseptik bog'lam ostida amalga oshirildi, to'liq epitelizatsiya 3-4 haftadan keyin yakunlandi. 1-rasm CO2 lazerining ta'sir mexanizmi

Ikkinchi guruhda davolash kombinatsiyalangan SO2 + ND YAG lazer yordamida nur diametri 1 mm bo'lgan superimpuls rejimida (impuls davomiyligi 0,09 s) o'tkazildi. Silliqlash chandiqning butun yuzasi bo'ylab 2 mm oraliqda va 2-3 mm chuqurlikda amalga oshirildi. (2-rasm) 2-rasm ND YAG lazerining ta'sir mexanizmi

Davolanish davrida bemorlarga kaliy permanganat (KMnO4) ning 5% li eritmasini kuniga bir marta uch kun davomida qo'llash tavsiya etildi. Po'stlog'i 2-3 haftadan keyin to'kildi. Bemorlar dispanser kuzatuvi ostida bo'lib, davolanishdan 5 oy o'tgach, Vankuver shkalasi bo'yicha chandiqlar holati qayta baholandi.

Davolash natijalarini baholash uchun klinik usul va Vankuver shkalasi ko'rsatkichlaridan foydalanildi. Davolash samaradorligi quyidagi klinik mezonlar asosida baholandi. Davolanishdan 5 oy o'tgach, birinchi guruhda bir bemorda a'lo, uch bemorda yaxshi natija qayd etildi. Uchta bemorda chandiq parametrlarining biroz pasayishi kuzatildi va to'rtta holatda gipertrofik chandiqning qaytalanishi kuzatildi. Ikkinchi guruhda asosan a'lo va yaxshi natijalarga erishildi (3-jadvalga qarang). Ikki

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |

www.afu.uz/journal

klinik guruhni %2 mezoni bo'yicha taqqoslash p = 0,094 ehtimollik bilan farqni ko'rsatdi.

3-jadval Davolash natijalarining qiyosiy tahlili

Natija Birinchi giruh Ikkinchi guruh

A'lo 1 (9,0%) 5 (45,5%)

Yaxshi 3 (27,3%) 4(36,4%)

Qoniqarli 3 (27,3%) 2(18,2%)

Qoniqarsiz 4 (36, 4%) 0

Davolash natijalarini baholash uchun Vankuver shkalasi ham qo'llanildi. Davolashdan oldin va keyin chandiqning har bir parametri o'rtacha ko'rsatkichlarining o'zgarishi 4 va 5-jadvallarda keltirilgan. Guruhlarni taqqoslash parametrik bo'lmagan Mann-Uitni mezoni yordamida amalga oshirildi. Davolashdan oldingi va keyingi umumiy ko'rsatkichlar ikkala guruhda ham farqlanish tendensiyasini ko'rsatdi (r<0,05).

4-jadval Birinchi guruh bemorlarida davolashdan oldin va keyin Vankuver

shkalasi ko 'rsatkichlari

Chandiq belgilari Vankuver shkalasi ko'rsatkichlari

Davolanishdan Davolanishdan % da yaxshilanish

oldin keyin

Vaskulyarizatsiya 0,2 1,7 -

Pigmentatsiya 1,2 0,8 66,7

Elastikasi 2,2 2,6 -

Terdan balandligi 1,6 1,1 43,7

Natijaning jami 5,2 6,2 28,8

Ikkinchi guruhda barcha bemorlarda Vankuver shkalasi bo'yicha ko'rsatkichlarning o'rtacha 42,94% ga yaxshilanishi, teri ustidagi chandiq balandligi parametrining o'rtacha 66,84% ga maksimal yaxshilanishi qayd etildi. Birinchi guruhda, gipertrofik chandiqlarning ko'p takrorlanishi tufayli, yaxshilanishning umumiy natijasi 28,8% dan oshmadi.

5-jadval Ikkinchi guruh bemorlarida davolashdan oldin va keyin Vankuver

shkalasi ko'rsatkichlari

Chandiq belgilari Vankuver shkalasi ko'rsatkichlari

Davolanishdan oldin Davolanishdan keyin % da yaxshilanish

Vaskulyarizatsiya 1,4 1,2 25,7

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.afu.uz/journal

Pigmentatsiya 1,7 1,0 47,6

Elastikasi 2,8 2,2 35,7

Terdan balandligi 1,9 0,5 66,84

Natijaning jami 7,8 4,9 42,94

Xulosa. Gipertrofik chandiqlarni davolashning ikkita usulini qiyosiy tahlil qilganda, biz kombinatsiyalangan usuldan foydalangan holda terapiyadan o'tgan barcha bemorlarda sezilarli yaxshilanishni aniqladik. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu guruhda Vankuver shkalasi bo'yicha ko'rsatkichlar dinamikasi davolashning yuqori klinik samaradorligi bilan yaqin bog'liqlikni ko'rsatadi. Bunday ta'sirchan natijalarni bir qator omillar bilan izohlash mumkin deb o'ylaymiz. Birinchidan, ushbu usul kam invazivlik bilan tavsiflanadi, bu atrofdagi to'qimalarning minimal shikastlanishi va asoratlarning paydo bo'lish ehtimoli kamligini anglatadi. Ikkinchidan, ushbu usul tufayli tez davolanish kuzatiladi, bu esa bemorlarga normal hayotga tezroq qaytish imkonini beradi va ularning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Ushbu omillar birgalikda gipertrofik chandiqning boshqariladigan qayta tuzilish jarayoniga yordam beradi, bu esa oxir-oqibatda davolashning yanada barqaror va uzoq muddatli natijalariga olib keladi. Shunday qilib, chandiq yuzasining lazerli perforatsiyasidan foydalanish terapiyaning samarali va istiqbolli usuli bo'lib, u klinik amaliyotda gipertrofik chandiqlarni davolash uchun afzal tanlov bo'lishi mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI.

1. Mosiello G., Maggi S.P., Smith P. et al. The treatment of nonburn hypertrophic scars using a custom fitted facemask // Eur. J. Plast. Surg. - 1998. - Vol. 21. - P. 402-404.

2. Baryza M.J., Baryza G.A. The Vancouver Scar Scale: An Administration tool and its interrater reliability // J. Burn Care & Rehabilitation. - 1995. - Vol. 16, N 5. - P. 535-538.

3. Шафранов В.В., Таганов А.В., Борхунова Е.Н., Письменскова А.В. и др. Использование Ванкуверской шкалы для оценки эффективности лечения пациентов с келоидными рубцами методом СВЧ-деструкции // Детская хир. -2009. - №5.- С. 43-46.

4. Шафранов В.В., Борхунова Е.Н., Таганов А.В., Гладько В.В. и др. Келоидные рубцы. Новые технологии лечения. - Ч. 2. - М.: РАЕН, 2009. - 191 с.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |

www.afu.uz/journal

5. Цепколенко В.А. Лазерные технологии в эстетической медицине. - Киев: MedBook, 2009.- 289 с.

6. Хутов А.Б. Прогнозирование и профилактика избыточного рубцеобразования в хирургии: автореф. дис. ... канд. мед. наук. - Ставрополь, 2010. - 23 с.

7. Гейниц А.В., Доронин В.А. Дермабразия СО2-лазером эпидермально-дермальных дефектов, а также увядающей кожи в амбулаторных условиях. -М.: Медицина, 2004. - 118 с.

8. Белоусов А.Е. Очерки пластического хирурга. Том 1. Рубцы и их коррекция. - СПб.: Командор, 2005. - 265 с.

9. Белоусов А.Е. Пластическая, реконструктивная и эстетическая хирургия. -СПб.: Гиппократ, 1998. - 744 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.