Научная статья на тему 'ZAMONAVIY AKUSHERLIKDA BACHADON CHANDIG’I'

ZAMONAVIY AKUSHERLIKDA BACHADON CHANDIG’I Текст научной статьи по специальности «Медицинские технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Homiladorlik / kesarcha kesish (KK) / bachadon chandig'i / chandiq yetishmovchiligi / homiladorlikni olib borish. / Pregnancy / cesarean section (CS) / uterine scar / scar deficiency / carrying a pregnancy.

Аннотация научной статьи по медицинским технологиям, автор научной работы — Xudoyarova Dildora Raximovna, To‘Raqulova Shaxnoza Eshmatovna, Shopulotova Zarina Abdumuminovna

Maqola kesarcha kesish chastotasining ko'payishi va bachadonda chandiq shakllanishi bilan bog'liq bo'lgan akusherlik amaliyotidagi hozirgi tendentsiyalarni tahlil qilishga bag'ishlangan. KK sonining ko'payishi sabablarini, bachadonda chandiq paydo bo'lishining ayol va uning kelajakdagi avlodlari salomatligi uchun oqibatlarini, shuningdek, ushbu asoratni tashxislash va davolashda mavjud muammolarni o'rganilgan. Adabiyot ma'lumotlarini tahlil qilish asosida, bachadon chandig'i bo'lgan homilador ayollarni boshqarish uchun optimal strategiyalarni ishlab chiqish uchun keyingi tadqiqotlar zarur degan xulosa shakllangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UTERUS SCARS IN MODERN OBSTETRICS

The article is devoted to the analysis of current trends in obstetric practice related to the increase in the frequency of cesarean sections and the formation of scars in the uterus. The causes of the increase in the number of CS, the consequences of the formation of a scar in the uterus for the health of the woman and her future offspring, as well as the existing problems in the diagnosis and treatment of this complication were studied. Based on the analysis of the literature, it was concluded that further research is needed to develop optimal strategies for the management of pregnant women with uterine scars.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY AKUSHERLIKDA BACHADON CHANDIG’I»

é

UTERUS SCARS IN MODERN OBSTETRICS

Khudoyarova Dildora Rakhimovna Turakulova Shakhnoza Eshmatovna Shopulotova Zarina Abdumuminovna

Samarkand State Medical University, Samarkand, Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.13329683

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 09th August 2024 Accepted: 15th August 2024 Online: 16th August 2024 KEYWORDS

Pregnancy, cesarean section (CS), uterine scar, scar deficiency, carrying a pregnancy.

The article is devoted to the analysis of current trends in obstetric practice related to the increase in the frequency of cesarean sections and the formation of scars in the uterus. The causes of the increase in the number of CS, the consequences of the formation of a scar in the uterus for the health of the woman and her future offspring, as well as the existing problems in the diagnosis and treatment of this complication were studied. Based on the analysis of the literature, it was concluded that further research is needed to develop optimal strategies for the management of pregnant women with uterine scars.

ZAMONAVIY AKUSHERLIKDA BACHADON CHANDIG'I

Xudoyarova Dildora Raximovna To'raqulova Shaxnoza Eshmatovna Shopulotova Zarina Abdumuminovna

Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.13329683

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 09th August 2024 Accepted: 15th August 2024 Online: 16th August 2024 KEYWORDS

Homiladorlik, kesish (KK), chandig'i, ye tishmo vchiligi, homiladorlikni olib borish.

kesarcha bachadon chandiq

Ma qola kesarcha kesish chastotasining ko'payishi va bachadonda chandiq shakllanishi bilan bog'liq bo'lgan akusherlik amaliyotidagi hozirgi tendentsiyalarni tahlil qilishga bag'ishlangan. KK sonining ko'payishi sabablarini, bachadonda chandiq paydo bo'lishining ayol va uning kelajakdagi avlodlari salomatligi uchun oqibatlarini, shuningdek, ushbu asoratni tashxislash va davolashda mavjud muammolarni o'rganilgan. Adabiyot ma'lumotlarini tahlil qilish asosida, bachadon chandig'i bo'lgan homilador ayollarni boshqarish uchun optimal strategiyalarni ishlab chiqish uchun keyingi tadqiqotlar zarur degan xulosa shakllangan.

Dolzarbligi. JSST 15% dan ortiq kesarcha kesish (KK) chastotasini oshirishni tavsiya etmaydi, chunki bu tabiiy yo'l bilan tug'ilgan chaqaloqlar bilan solishtirganda KK bilan tug'ilgan bolalarda perinatal kasallanish va o'lim ko'rsatkichlarini kamaytirmaydi [4].

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

Zamonaviy dunyoda KK chastotasining ko'payishi tendentsiyasi mavjud, bu ham jarrohlik ko'rsatmalarining kengayishi, ham kech reproduktiv yoshdagi birinchi bor tug'uvchi ayollar sonining ko'payishi bilan bog'liq. Adabiyotlarga ko'ra, 1996 yildan 2007 yilgacha AQShda KK chastotasining o'sishi 50% dan ortiq, Braziliyada - 45 dan 81% gacha, Buyuk Britaniyada - 12 dan 29% gacha. Rossiya Federatsiyasida KK chastotasining har yili 1% ga o'sishi kuzatilmoqda, o'rtacha bu ko'rsatkich 27% ni tashkil etadi va yirik perinatal markazlarda 40-50% ga yetadi [9].

Axmedova A. (2024 y.) ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda kesarcha kesish chastotasi doimiy ravishda oshib bormoqda (1999 yildagi 9,58 foizdan 2019 yil 16,10 foizga, 2022 yilda 23-28 foizgacha), bu esa onalar va perinatal kasallanish hamda o'lim xavfini oshiradi [1].

Shuningdek, Yametova N.M. (2021) ta'kidlashiga ko'ra, "KK keyin bachadon chandig'i" muammosi tarixi keyingi tug'ruqlarni boshqarish uchun taktikani tanlashni sezilarli darajada murakkablashtiradi. Albatta, jarrohlik yo'li bilan tug'ishlar sonining ko'payishiga birinchi marta tug'uvchi onalarning o'rtacha yoshining oshishi, shu bilan bog'liq ravishda ekstragenital va genital kasalliklarga chalingan homilador ayollar sonining ko'payishi, "homilaning manfaatlari" ko'rsatmalarining kengayishi va bepushtlik uchun YRT usullarini qo'llashdan keyin homilador ayollar sonining ko'payishi kabi sabablar bilan bog'liq. Ammo so'nggi paytlarda KK ko'rsatmalarining ko'rsatkichlari bo'yicha yetakchi o'rinni bachadondagi chandiq egallaydi. Bundan tashqari, ikki yoki undan ortiq chandiqli homilador ayollar sonining ko'payishi tendentsiyasi mavjud [20].

Zamonaviy adabiyotlarda tug'ruqni boshqarish taktikasi va ikki yoki undan ortiq chandiqlari bo'lgan ayollarni tug'ish usuli bo'yicha aniq ko'rsatmalar mavjud emas, chunki onalar va perinatal kasallanish hamda o'lim soniga bog'liq bo'lgan dalillarga asoslangan tadqiqotlar mavjud emas. Chandiqli ayollarga nisbatan izlanishlar davom etmoqda, shu bilan birga yangi tug'ilgan chaqaloq uchun ham, ona uchun ham tabiiy tug'ruq vaqtida uyzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlar xavfi aniq, qayta operativ tug'ruq esa bu asoratlardan "qutqaruv operatsiyasi" kabi ko'rinadi. Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda, KK zamonaviy akusherlikning dolzarb muammsoi, uning asoratlari bevosita natijalari va uzoq muddatli natijalarini o'rganish bo'yicha ishlar juda kam. Bu esa o'z o'rnida ushbu muammolarni o'rganish, ayollarda KK dan keying natijalarni yaxshilash uchun ilmiy izlanishlarni olib borish uchun poydevor hisoblanadi.

KK keyin bachadon chandig'i bo'yicha tadqiqotlar davom etmoqda va yangi topilmalar klinik amaliyot uchun ham, ushbu muolajadan o'tgan ayollarning natijalarini yaxshilash uchun ham muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Xatarlar va foydalar, shuningdek, chandiqlarni kuzatish va davolash usullarini muhokama qilish tug'ruqdan oldingi parvarish va bo'lg'usi onalarga maslahat berishning muhim qismi bo'lishi kerak. Asosiy jihat individual yondashuv va har bir bemorning ahvolini to'liq baholash bo'lib qoladi.

Mumkin bo'lgan chandiq muammosi qanchalik tez aniqlansa, kerakli choralarni ko'rish imkoniyati shunchalik katta bo'ladi. Bachadon chandig'i bo'lgan har bir ayol o'ziga xosdir, shuning uchun homiladorlikni boshqarishning individual rejasini tanlash muhimdir.

é

Sog'lom turmush tarzi, jumladan, to'g'ri ovqatlanish va o'rtacha jismoniy mashqlar chandiq holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Zamonaviy diagnostika va davolash usullari bachadon chandig'i bo'lgan ayollarda homiladorlik va tug'ish xavfsizligini oshirishi mumkin.

Kesarcha kesish muammosi so'ngi 10-20 yil davomida aktiv o'rganilmoqda, ko'plab olimlar kesarcha kesish chastotasini kamaytirish, unga bo'lgan ko'rsatmalarni aniqlash bo'yicha ishlar olib borishgan. Xususan, kesarcha kesish operatsiyasini metodikasini optimallashtirish bo'yicha Gushchin, Vladimir Igorevich (2002), Zaplatina, Vera Semenovna (2007) fan nomzodi ilmiy darajasini yoqlashgan, KK dan keyingi asoratlarni o'rganish ham ko'plab olimlar tomonidan olib borilgan (Matveeva, Elena Gennadievna 2004 yil, Samedova, Nadejda Samedovna, Kurabekova, Nailya Arifovna, Shchetinkina, Elena Sergeevna - 2006 yil, Babloyan Aramais Gagikovich 2021 yil).

Kesarcha kesishdan keying chandiq muammosi esa so'ngi o'n yillikda jadal o'rganildi. Xususan chandiq sohasi izchilligini baholash bo'yicha Gabidullina, Rushanya Ismagilovna 2004 yil, histeroskopiya va ultratovushni solishtirdi. Puchkova, Nadejda Vladimirovna 2014 yilda shunga o'xshash ishlarni amalga oshirgan. Murodova, Zarrina Fayzullaevna (2006) Tojikistonda bachadon yorilishi muammosi va ularni oldini olish yo'llarini o'rganib, yorilish ko'pincha bachadonida chandiq bo'lgan ayollarda uchraydi, degan xulosaga keldi.

Nojentseva Olga Nikolaevna (2020) KK so'ng bachadondagi chandiqning mahalliy yupqalashishini tashxislash va jarrohlik davolashni optimallashtirdi, Fedorov Anton Andreevich (2021) operatsiya qilingan bachadonning reproduktiv muammolarini o'rganib chiqdi va optimal rekonstruktiv plastik operatsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali operatsiya qilingan bachadon bo'lgan bemorlarda homiladorlik va tug'ishning asoratlari kamaytirishni amalga oshirdi.

Galustyan Marina Vadimovna (2022) KK uchun pregravid va perinatal xavf omillari haqidagi tushunchani kengaytirdi, bachadon chandig'i holatining ko'rsatkichi sifatida o'z to'qimalarining harorat anomaliyalari farqini aniqlash imkoniyatini isbotladi. M.S.Robson tasnifiga ko'ra KK bo'yicha ko'rsatmalarni tahlil qilish va Krasnodar o'lkasida KKning samaradorlik koeffitsientini hisoblash asosida tibbiy yordam darajasiga qarab uning sonini kamaytirish yo'llari taklif qilindi; KK keyin bachadonning pastki segmentidagi chandiq holatini har tomonlama baholash uchun ultratovushga sezgirligi va o'ziga xosligi bo'yicha kam bo'lmagan mikroto'lqinli radiotermometriya usulidan foydalanish taklif etdi, bu diagnostika ob'ektivligini oshiradi, qarshi ko'rsatmalar va nojo'ya ta'sirlarning yo'qligi, natijalarni talqin qilish qulayligi, xodimlarni qayta tayyorlashga ehtiyoj yo'qligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi bilan ajralib turdi.

Ko'rinib turibdiki zamonaviy tibbiyot rivojlanishi ushbu muammoni yangi qirralarini ochmoqda, shu bilan birga bachadonida chandig'i bo'lgan ayollarni olib borish va ularning reproduktiv salomatligini tiklash uchun ham yangi imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. O'rganilgan ma'lumotlar asosida biz shuni guvohi bo'ldikki, zamonaviy talqinda KK ni metodikasini takomillashtirish bo'yicha ishlar kam, shu bilan birgan ular chandiqning bilvosita va uzoq muddatli davrda bitishini o'rganmagan.

Xulosa. Kesarcha kesish muammosi va u bilan bog'liq asoratlar zamonaviy akusherlik amaliyotida eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ko'p tadqiqotlarga qaramay, ko'plab

é

ш

savollar ochiqligicha qolmoqda va ko'proq izlanishlarni talab etadi. KKning uzoq muddatli oqibatlarini o'rganish va bachadon chandig'i bo'lgan bemorlarni davolashda individual yondashuvlarni ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratish lozim.

References:

1. Ахмедова, А. ., Сайфиева , Н., Холмирзаева, С., & Рахматуллаева, М. (2024). КЕСАРЕВО СЕЧЕНИЕ ПРИ ПЕРВОЙ БЕРЕМЕННОСТИ. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 4(1 Part 2), 45-52. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/26289

2. Бозорова Х., Мирзабекова М., Арзиева Г. Б. ИССЛЕДОВАНИЕ ПАЦИЕНТОВ С РУБЦОМ НА МАТКЕ С ПОМОЩЬЮ ОБЩИХ КЛИНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ //Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. - 2024. - Т. 3. - №. 1. - С. 74-78.

3. Курбаниязова Венера Энверовна Ранняя реабилитация женщин, перенесших кесарево сечение, и оптимизация ведения последующих родов // Достижения науки и образования. 2020. №2 (56). URL: https://cyberleninka.ru/artide/n/rannyaya-reabilitatsiya-zhenschin-perenesshih-kesarevo-sechenie-i-optimizatsiya-vedeniya-posleduyuschih-rodov

4. Киямова Л. и др. СИМПТОМА «НИШИ» ПОСЛЕ КЕСАРЕВА СЕЧЕНИЯ //Центральноазиатский журнал образования и инноваций. - 2024. - Т. 3. - №. 1 Part 3. -С. 65-68.

5. Киямова Л. и др. СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ ЛЕЧЕНИЯ СИНДРОМА ГИПЕРАКТИВНОГО МОЧЕВОГО ПУЗЫРЯ //Models and methods in modern science. - 2024.

- Т. 3. - №. 1. - С. 237-243.

6. Малышева А. А. и др. Истонченный рубец на матке после кесарева сечения: оценка факторов риска //Акушерство и гинекология. - 2021. - №. 2. - С. 77-83.

7. Малышева А. А. и др. Эндометриоз в области несостоятельных рубцов на матке после кесарева сечения (клинический случай) //Проблемы репродукции. - 2021. - Т. 27.

- №. 2. - С. 51-55.

8. Мартынов Сергей Александрович, Адамян Лейла Вагоевна Рубец на матке после кесарева сечения: терминологические аспекты // Гинекология. 2020. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/rubets-na-matke-posle-kesareva-secheniya-terminologicheskie-aspekty

9. Пономарева Ю. Н., Логинова Е. А., Семенцова Н. А. Робот-ассистированная коррекция несостоятельного рубца на матке после кесарева сечения //Акушерство и гинекология. - 2021. - Т. 10. - С. 143-52.

10. Савина Л. В. и др. Пролонгирование беременности при расползании рубца на матке после кесарева сечения //Акушерство и гинекология. - 2022. - Т. 3. - С. 148-54.

11. Садриддинова М., Зиёдуллаева И., Арзиева Г. Б. СТАТИСТИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ СТРУКТУРЫ КЕСАРЕВО СЕЧЕНИЯ //Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. - 2024. - Т. 3. - №. 1. - С. 69-73.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

12. Худоярова Д. Р., Хайитбоев Д., Зубайдуллоева З. Х. СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ ПОВЫШЕНИЕ АКТИВНОСТИ И РОЛИ ЖЕНЩИН В ОБЩЕСТВЕ //Молодые ученые. - 2024. - Т. 2. - №. 5. - С. 147-151.

13. Худоярова Д. Р., Турсунов Н. Б. «ОСТРЫЙ ЖИВОТ» В ГИНЕКОЛОГИИ: СОВРЕМЕННЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ.

14. Худоярова Д. и др. ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ ЯТРОГЕНИИ В АКУШЕРСТВЕ //Молодые ученые. - 2024. - Т. 2. - №. 4. - С. 110-113.

15. Худоярова Д. Р., Шопулотова З. А., Солиева З. М. ПРОФИЛАКТИКА ОСЛОЖНЕНИЙ У БЕРЕМЕННЫХ С ХРОНИЧЕСКИМ ПИЕЛОНЕФРИТОМ //Бюллетень студентов нового Узбекистана. - 2023. - Т. 1. - №. 5. - С. 25-29.

16. Худоярова Д., Зубайдуллоева З., Хайитбоев Д. ОБЩАЯ КЛИНИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ОБСЛЕДОВАННЫХ БЕРЕМЕННЫХ //Евразийский журнал медицинских и естественных наук. - 2024. - Т. 4. - №. 2. - С. 57-61.

17. Xudayarova D., Tursunov N. "ACUTE ABDOMEN" IN GYNECOLOGY: MODERN OPPORTUNITIES //Modern Science and Research. - 2024. - Т. 3. - №. 1. - С. 228-233.

18. Худоярова Д. и др. СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ ЛЕЧЕНИЯ АДЕНОМИОЗА У БЕРЕМЕННЫХ //Журнал академических исследований нового Узбекистана. - 2024. - Т. 1. - №. 1. - С. 78-82.

19. Шопулотова З. А., Зубайдиллоева З. К., Худоярова Д. Р. КОМОРБИДНЫЕ СОБЫТИЯ У БЕРЕМЕННЫХ С ПИЕЛОНЕФРИТОМ И ПРОФИЛАКТИКА ЭТИХ СОСТОЯНИЙ //Бюллетень педагогов нового Узбекистана. - 2023. - Т. 1. - №. 9. - С. 35-38.

20. Яметова Н.М., Цхай В.Б., Домрачева М.Я. ПОВТОРНАЯ ОПЕРАЦИЯ КЕСАРЕВА СЕЧЕНИЯ У ЖЕНЩИН С ДВУМЯ И БОЛЕЕ РУБЦАМИ НА МАТКЕ // Медицинский вестник Юга России. 2021. №3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/povtornaya-operatsiya-kesareva-secheniya-u-zhenschin-s-dvumya-i-bolee-rubtsami-na-matke.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.