Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
U^K 616.37-008.64+615.322 Tajribaviy qandli diabetda Plantaginaceae oilasiga kiruvchi o'simliklardan ajratib olingan polifenollar substansiyalarining jigarning struktur
holatiga ta'siri tajribaviy qandli diabetda
ALFRAGANUS UNIVERSITY NODAVLAT OLIY TA'LIM TASHKILOTI
FARMARSEVTIKA VA KIMYO KAFEDRASIB KATTA OQITUVCHISI -
TO'XTAEVA FERUZA SHONAZAROVNA
Annotatsiya.
Tadqiqotning maqsadi P. major L., P. lanceolata o'simligidan ajratib olingan polifenollar yig'indisining kalamushlarda alloksan yordamida chaqirilgan tajribaviy qandli diabet dinamikasida jigar gepatotsitlarining morfologik tuzilishiga ta'sirini baholashdan iboratdir. Tajribaviy alloksanli qandli diabetni erkak kalamushlar qorin bo'shlig'iga alloksanni bir marotaba 150 mg/kg dozada 0,4 ml sitrat buferida kiritish yo'li bilan chaqirdik. I guruh hayvonlari nazorat guruhini tashkil qildi, II guruh hayvonlariga har kuni og'iz orqali polifenollar summasi 50 mg/kg dozada, III guruh hayvonlariga esa - 100 mg/kg dozada kiritildi. 8 kalamush intakt guruhni tashkil qildi. Efir narkozi ta'siri ostidagi hayvonlar dekapitatsiya yo'li bilan alloksan diabete rivojlanishining 21- kuni so'yildi. Plantago turkumining har 2 turi polifenollari summasi qo'llanilganda, jigar to'qimasida gemotsirkulyator buzilishlar va ayrim gepatotsitlarning destruktiv o'zgarishlari bilan kechuvchi oz miqdordagi jigar parenximasini zararlanish o'choqlari kuzatildi. Distrofiyaning aralash xarakteri (oqsil, yog' distrofiyasi), nekrotik o'zgarishlarni ko'proq bo'laklarning markaziy qismlarida bo'lishi, portal traktlarda infiltratsiyaning kamligi tajribaviy alloksan diabetida P. major L. polifenollari summasining davolovchi xususiyati mavjudligidan dalolat beradi.
Kalit so'zlar: alloksan diabeti, P. major L., P. lanceolata polifenollar summasi, jigar, gepatotsit.
Annotation.
The purpose of the study is P. major L., P. it consists in assessing the effect of the sum of polyphenols isolated from the lanceolata plant on the morphological structure of hepatocytes in the dynamics of experimental diabetes mellitus, called by alloxan in rats. Experimental alloxan diabetes was called by the introduction of alloxan into the abdominal cavity of male rats at a single dose of 150 mg/kg in a 0.4 ml citrate
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
buffer. Group I animals formed a control group, with Group II animals being injected daily with oral polyphenols at a dose of 50 mg/kg, and Group III animals at a dose of -100 mg/kg. 8 rats formed the intakt group. Animals under the influence of ether narcosis were slaughtered by decapitation on the 21st day of the development of alloxan diabete. When the amount of polyphenols of each of the 2 species of Plantago was applied, foci of damage to the liver parenchyma in small amounts were observed, accompanied by hemocirculatory disorders in the liver tissue and destructive changes in certain hepatocytes. The mixed character of dystrophy (protein, fat dystrophy), necrotic changes being more in the central parts of the segments, low infiltration in portal tracts is found in experimental alloxan diabetes P. major L. evidence of the presence of a healing property of the amount of polyphenols.
Key words: alloxan diabetes, P. major L., P. lanceolata polyphenols sum, liver, hepatocyte.
KIRISH: Intensiv tadqiqotlarga qaramay, 1-tip qandli diabet hozirda davolanib bo'lmaydi. So'nggi o'ttiz yil ichida diabetni davolashga qaratilgan texnologiyalardagi innovatsiyalardan tobora ko'proq foydalanmoqda [1; 202-206-b.]. Qandli diabet bilan kasallanganlar sonining prognoz qilinayotgan o'sishi butun dunyo bo'ylab tibbiyot xodimlarining imkoniyatlarini pasaytiradi [2; 1-29 b.]. Hozirgi COVID-19 pandemiyasi diabet bilan kasallangan odamlarda og'ir infeksiyalar xavfini oshirdi [ 3; 813-822-b.], ammo so'nggi ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, 2-tip diabet har qanday infeksiya uchun kasalxonada davolanishga muhtoj bo'lish xavfini ikki baravar va 1-tip diabetni qariyb to'rt baravar oshiradi [4; 513-521-b.]. Past va o'rta daromadli mamlakatlarda sil va diabet bo'yicha olib borilgan deyarli barcha tadqiqotlar 2 -tip diabet bilan bog'liq va shuning uchun ushbu sharoitlarda 1-tip diabetning sil kasalligiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q [5; 1-8-b.]. Tadqiqotlarda kasallikning geterogenligi ham antropometrik, ham genetik tadqiqotlar orqali isbotlangan. Ushbu geterogenlikka qaramay, ba'zi davolash usullari, xususan, turmush tarziga aralashuvlar kasallikka etnik o'ziga xos bo'lmagan ijobiy ta'sir ko'rsatishi aniqlandi [6; 93-96-b.]. 1-tip qandli diabetning davolanishning birgina yo'li insulin terapiyasidir va bemorlar umrbod insulin in'yeksiyalariga bog'liq; insulin bilan davolashda insulin nasoslari, doimiy glyukoza monitoringi va gibrid yopiq tizimlar kabi yangi yondashuvlar ishlab chiqilmoqda. Intensiv glikemik nazorat mikrovaskulyar va makrovaskulyar asoratlarni kamaytirgan bo'lsada, 1 -tip qandli diabet bilan og'rigan bemorlarning aksariyatida bu asoratlar hali ham rivojlanmoqda. Erta tashxis qo'yish, P-hujayra yo'qolishining oldini olish va ta'sirlanganlarning
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
hayot sifati va prognozini yaxshilash uchun yaxshiroq davolash usullarini ishlab chiqish uchun katta tadqiqot harakatlari talab etiladi [7; 1—17.—b; 5; 1-8-b.; 8; 971— 978-b.]. 1-tip qandli diabetni davolash texnologiyalari: insulin va qonda glyukoza miqdorini tushiruvchi vositalardan foydalanishni talab qiladi [8; 971 -978-b.].
MATERIAL VA METODLAR: a) Qandli diabet kasalligini modellashtirish: Funksional parametrlarni sutkalik tebranishlarini tadqiqot natijalariga ta'sirini cheklash maqsadida muolajalar ertalab - 8.30-11.00 orasida o'tkazildi [9; 1-239-b.]. Tadqiqotlar uchun birlamchi og'irligi 170-220 g bo'lgan 114 erkak oq kalamushlar olindi, shulardan 10 donasi intakt guruhini tashkil qildi. Qandli diabet modelini chaqirishdan bir kun oldin, alloksanning diabetogen ta'siri ochlik holatida yaqqol namoyon bo'lishini hisobga olib [10; 216-226-b.], hayvonlar och qoldirilib, suv o'rniga 4 %li askorbin kislotasi (C vitamin) eritmasi berildi. Bu hayvonlarni birlamchi giperglikemiya yuzaga kelganda, o'lib qolishidan himoya qilib, hayvonlarni nobud bo'lishini kamaytiradi. Tajribaviy alloksanli qandli diabetni erkak kalamushlar qorin bo'shlig'iga alloksan monogidratini ("Sigma", AQSh) bir marotaba 150 mg/kg dozada 0,4 ml sitrat buferida kiritish yo'li bilan chaqirdik. Inyeksiya qorin ortiga qilindi, chunki moddalarni aynan shu turda kiritish hayvonlar uchun kam travmatik usul hisoblanadi. Polifenollar substansiyasi P. major 50 mg/kg, 100 mg/kg va P. lanseolata 50 mg/kg, 100 mg/kg dozalarda distillangan suvda eritilib peroral yo'l bilan hayvonlarga alloksan monogidrati kiritilganidan so'ng 21 kun davomida berildi. Tajriba hayvonlarida turli biokimyoviy ko'rsatkichlar miqdoridagi o'zgarishlar alloksan monogidrati kiritilganidan so'ng 7-, 14- va 21-kunlari o'rganildi. Tajriba hayvonlarida tajriba davomida lanjlik, apatiya holati, junlarini kul rangga kirishi, ko'zlarini xiralashishi, dumlari va oyoqlarida eroziv o'zgarishlar hamda mayda qon quyilishlar kuzatildi. Bundan tashqari tajriba hayvonlari tomonidan suvni ko'plab iste'mol qilinishi hamda ko'p siydik ajralishi kuzatildi (qafas tagidagi qipiq tez nam bo'lib qoldi). Tajribaviy qandli diabet rivojlanishining 10 sutkasigacha alloksan kiritilgan hayvonlarning 15 boshi nobud bo'ldi. Bu tadqiqotga olingan jami hayvonlarni 14,4 %ini tashkil qiladi. Bunda nazorat guruhida 24 kalamushdan 18 tasi (o'lim 18%), P. major L. polifenollari summasi 50 mg/kg dozada kiritilgan guruhda 20 kalamushdan 18 tasi (o'lim 10%), 100 mg/kg dozada kiritilgan guruhda ham 20 kalamushdan 18 tasi (o'lim 10%), P. lanceolata L. polifenollari summasi 50 mg/kg dozada kiritilgan guruhda 20 kalamushdan 17 tasi (o'lim 15%) hamda 100 mg/kg dozada kiritilgan guruhda 20 kalamushdan 18 tasi (o'lim 10%) qoldi.
b) Morfologik tadqiqot usullari: Tajribaviy alloksanli qandli diabetda hamda
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
uni P. major L. va P. lanceolata L. o'simliklaridan ajratib olingan polifenollar yig'indisi bilan davolashda jigarning morfologik holatini o'rganish tajribaning 21 sutkasida olib borildi. Bunda intakt, nazorat va tajriba guruhlari hayvonlari yengil efir narkozi ostida dekapitatsiya qilindi. Hayvonlar jigari kesib olinib, filtr qog'ozi yordamida quritilib, ustara tig'i yordamida bo'lakchalarga bo'lindi. Jigar bo'lakchalari 10 %li neytral formalin eritmasida fiksatsiyalandi. So'ng bo'lakchalar 800 etil spirtida 3-4 marta yuvildi va spirtlarni oshib boruvchi konsentratsiyalarida (960 va 1000 spirtlar) suvsizlantirildi. Keyin bo'lakchalarga parafin quyildi. Har bir parafin blokidan bir-biridan 60-80 mkm uzoqlikda qalinligi 5-8 mkm bo'lgan 6-8 kesmalar olindi. Olingan materialni tashxis qilish uchun gistologik usullar qo'llanildi. Deparafinlangan kesmalar to'qima va hujayra strukturalarini o'rganish uchun gematoksilin va eozin bilan bo'yaldi va VM 200 mikroskopi ostida (ind. kat. 4,0; 10,0/0,25; 100/0,25, okulyar WF 10x20) o'rganildi.
NATIJALAR: Intakt kalamushlar jigarida gepatotsitlari ustunchalar shaklida tashkillangan. Gepatotsitlar deyarli bir xil o'lchamlarga ega va ularning markazida yumaloq yadrolari kuzatiladi. Portal traktlar vena, arteriya va o't yo'llarini o'z ichiga olib, ularni atrofida juda oz ifodalangan limfoid-hujayraviy infiltratsiya kuzatildi (1-rasm).
1-rasm. Intakt kalamush jigar to'qimasi. Gematoksilin - eozin. Kattalashtirish x 100.
Tajribaviy alloksanli qandli diabetning 21-kuni jigarda yaqqol namoyon bo'lgan destruktiv va gemomikrotsirkulyator o'zgarishlar kuzatildi. Bular o'zgarishlar gemorragik infiltratsiya shaklidagi qon quyilishlari bilan birga keluvchi markaziy vena va jigar sinusoidlarining to'laqonlilik shaklida bo'ldi.
Tomirlar atrofi va sinusoidlar yo'nalishlari bo'yicha limfotsitlar, gistiotsitlar va kam miqdordagi plazmotsitlardan iborat hujayraviy infiltratlar aniqlandi. Ko'rsatib
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARIIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
o'tilgan mikrotsirkulyator buzilishlar fonida gepatotsitlarda, ko'proq jigar bo'laklarining markaziy qismlarida lokalizatsiyalashgan, kollikvatsion nekroz o'choqlari bilan birgalikda yog'li distrofik va o'choqli destruktiv o'zgarishlar qayd qilindi (2- va 3-rasmlar).
2-rasm. Alloksan diabetli kalamush jigari to'qimasi (21-kun). Gepatotsitlarda destruktiv o'zgarishlar, sinusoid gemokapillyarlarning kengayishi, portal traktni mononuklear hujayralari bilan o'choqli yallig'lanishli infiltratsiyasi, gepatotsitlarning markaziy lobulyar qismining nekrozi. Gematoksilin-eozin. Kattalashtirish x 200. Ob'ektiv - 20x ; Okulyar
- 10x.
3-rasm. Alloksan diabetli kalamush jigari to'qimasi (21-kun). Gepatotsitlarda o'choqli mayda tomchili yog'li va yaqqol namoyon bo'lgan diffuz gidropik distrofiya, limfomakrofagal infiltratsiyali nekroz o'choqlari. Gematoksilin-eozin. Kattalashtirish x 100. Ob'ektiv - 10x;Okulyar - 10x.
Alloksanli qandli diabetli kalamushlarga davolash maqsadida zubturumdoshlar oilasiga kiruvchi P. major L. va P. lanseolata L. polifenollari summasi turli dozalarda
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
21-kun davomida kiritilganida jigarda stereotip morfologik o'zgarishlar mavjudligi kuzatildi. Bular gemotsirkulyator buzilishlar, portal traktlarni mononuklear hujayralari bilan yallig'lanishli infiltratsiyasi va gepatotsitlarning destruktiv o'zgarishlari oqibatida jigarning gistoarxitektonikasini buzilishlari bo'lib, bu o'zgarishlarning chuqurligi va darajasi zubturumlar turi va qo'llanilgan ekstraktlar dozalariga qarab bir-biridan anchagina farqlandi. Masalan, P. major L. polifenollari ekstraktini 21-kun davomida 50 mg/kg dozada olgan kalamushlar jigarida mononuklear hujayralari bilan yallig'lanishli infiltratsiyasi kam darajada aniqlanib, faqatgina ayrim portal traktlar atrofida zanjirsimon hujayralar infiltrati shaklida namoyon bo'ladi. Bunda gepatotsitlarni aralash mayda tomchili, vakuol gidropik va yog'li distrofiyasi shaklidagi o'choqli destruktiv o'zgarishlari kuzatilib, bular ko'proq jigar bo'laklarini markaziy qismida uchradi (4-rasm).
4-rasm. P. major L. polifenollari summasi 50 mg/kg dozada kiritilgan alloksan
diabetli kalamush jigari to'qimasi. Oz miqdorda yallig'lanish infiltratsiyasi, gepatotsitlarni o'choqli mayda tomchili, vakuol va yog'li distrofiyasi. Gematoksilin - eozin. Kattalashtirish
x200.
Bundan farqli ravishda tajribaviy qandli diabetni davolashda P. major L. polifenollari summasi 100 mg/kg dozada qo'llanilganida kasallikning 21-kunida jigarning bo'lmali tuzilishi va arxitektonikasi ancha saqlangan holda namoyon bo'ldi. Asosan gidropik distrofiya, yengil limfogistiotsitar reaksiya bilan kam miqdorda gepatotsitlarni bo'lmachalar ichi mayda nekrozlari hamda sinusoidal kapillyarlar bo'shlig'ini uncha kuchli darajada bo'lmagan to'laqonliligi kuzatildi. Portal traktlar tomirlari ham shunday holatda bo'ldi (5-rasm).
Yuqorida keltirilganlar P. major L. polifenollari summasi alloksanli diabetli
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
kalamushlarga 100 mg/kg dozada kiritilganida, ularni 50 mg/kg dozada kiritilganiga qaraganda, jigar parenximasi yaqqolroq saqlanganligini ko'rsatmoqda.
5-rasm. P. major L. polifenollari summasi 100 mg/kg dozada kiritilgan alloksan
diabetli kalamush jigari to'qimasi.
Bo'lakchalar arxitektonikasi saqlangan, gepatotsitlar monomorf, oz miqdorda sinusoidal kapillyarlarda to'laqonlilik kuzatiladi. Portal trakti tomirlarining venoz va arterial tiplarida ham analogik holat kuzatiladi, jigar hujayralari sitoplazmasida o'rtacha darajada distrofik o'zgarishlar belgilari aniqlanadi. Gematoksilin - eozin. Kattalashtirish x200.
P. lanseolata L. polifenollari summasi tajribali alloksan diabet mavjud kalamushlarga yuqoridagi dozalarda (50 va 100 mg/kg) kiritilganida, ularning jigarida limfogistiotsitar va plazmotsitar hujayralar orqali asoslangan yallig'lanish reaksiyalari sifatidagi o'zgarishlar kuzatiladiki, bu plazmatik hujayralarni periportal sohalarga infiltratsiyasi bilan kechuvchi alloksan diabeti jarayonini surunkali shaklga o'tishidan darak beradi. Bunda polimorfizm (ikki yadroli hujayralarni mavjudligi) va gepatotsitlarning o'choqli nekrozlari kuzatildi. Markaziy qismlarda gepatotsitlar gidropik va «ballon» distrofiyasi holatida bo'ldi. Kam miqdorda Kausilmen tanachalari kuzatildi. Bundan tashqari bo'lmalarning periportal qismlarida jigarichi xolestaz belgilari bilan o't kapillyarlarini kengayishi ham kuzatildi. Jigar parenximasidan tashqari, bunda portal traktlarning mayda arteriya va arteriolalarining plazmorragiya va diabetik mikroangiopatiya belgilari bilan kechuvchi endoteliy proliferatsiyasi, epiteliysida distrofik o'zgarishlar rivojlanishi bilan kechuvchi o't yo'llarini zararlanishi kuzatildi (6- va 7-rasmlar).
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
6-rasm. P. lanseolata L. polifenollari summasi 50 mg/kg dozada kiritilgan alloksan diabetli kalamush jigari to'qimasi. Hujayralar polimorfizmi, gidropik va «ballon» distrofiyasi qismlari, gepatotsitlarning o'choqli nekrozlari. Gematoksilin - eozin. Kattalashtirish
- 100x.
7-rasm. P. lanseolata L. polifenollari summasi 100 mg/kg dozada kiritilgan alloksan diabetli kalamush jigari to'qimasi. Oz miqdorda Kausilmen tanachalari uchraydi. O't kapillyarlarini kengayishi. Kattalashtirish x 200.
XULOSA: Shunday qilib, tajribaviy alloksan diabetida davolash maqsadida zubturumlarning 2 turi qo'llanilganda, jigar to'qimasida gemotsirkulyator buzilishlar va ayrim gepatotsitlarning destruktiv o'zgarishlari bilan kechuvchi oz miqdordagi jigar parenximasini zararlanish o'choqlari kuzatildi. Distrofiyaning aralash xarakteri (oqsil, yog' distrofiyasi), nekrotik o'zgarishlarni ko'proq bo'laklarning markaziy qismlarida bo'lishi, portal traktlarda infiltratsiyaning kamligi tajribaviy alloksan diabetida P. major L. polifenollari summasining davolovchi xususiyati mavjudligidan dalolat beradi.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Ismailov S.I. Quality of life assessment in children and adolescents with typel diabetes mellitus on insulin pump therapy in Uzbekistan // European science review. - 2019. - Т. 2. - №. 1-2. - P.202-206.
2. Adeghate E., Schattner P., Dunn E. An update on the etiology and epidemiology of diabetes mellitus //Annals of the New York academy of sciences. -2006. - Т.1084, №1. - P.l-29.
3. Barron E., Bakhai C., Kar P., Weaver A., Bradley D., Ismail H., Knighton P., Holman N., Khunti K., Sattar N. Associations of type 1 and type 2 diabetes with COVID-19-related mortality in England: A whole-population study // Lancet Diabetes Endocrinol. - 2020. - T.8. - P.813-822.
4. Carey I., Critchley J.A., Dewilde S., Harris T., Hosking F.J., Cook D.G. Risk of Infection in Type 1 and Type 2 Diabetes Compared With the General Population: Matched Cohort Study // Diabetes Care 2018. - V.41, №.3 - P.513-521.
5. Van C.R., Critchley J.A. The interaction of diabetes and tuberculosis: translating research to policy and practice // Tropical Medicine and Infectious Disease. - 2021. - Т.6. - №.1. - P.1-8.
6. Lam D.W., LeRoith D. The worldwide diabetes epidemic // Current Opinion in Endocrinology, Diabetes and Obesity. - 2012. - Т.19. - №.2. - P.93-96.
7. Katsarou A. Type 1 diabetes mellitus //Nature reviews Disease primers. -2017. - Т.3, № 1. - P.1-17.
8. Miller K.M. Current state of type 1 diabetes treatment in the US: updated data from the T1D Exchange clinic registry // Diabetes care. - 2015. - Т.38, № 6. -P.971-978.
9. Степанова С.И., Галичий В.А. Космическая биоритмология. Хронобиология и хрономедицина. - М. Изд-во Триада-Х, 2000. - C.1- 239.
10. Lenzen S. The mechanisms of alloxan and streptozotocin induced diabete // Diabetologia. - 2008. - V.51, № 2. - P.216-226.