Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
UDK: 616.441-008.61-053.2/.7-089:612.013 PARATIREOIDEKTOMIYA O'TKAZILGAN BOLALARNI DAVOLASH
NATIJALARI .
Rixsiyeva Nazira Taxirovna
Alfraganus University nodavlat oliy ta'lim tashkiloti Tibbiyot fakulteti, Klinik fanlar kafedrasi dotsenti (PhD)
Annotatsiya
Tadqiqot maqsadi. Birlamchi giperparatireoz bilan xastalangan bolalarda paratireoidektomiya natijalarini baholash.
Materiallar va uslublar. Tadqiqot 2009-2019 yillarda Respublika Ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy tibbiy Endokrinologiya markazida davolangan bemorlarning ma'lumotlarini o'z ichiga oladi. Ulardan: 50 ta paratireoidektomiya o'tkazilgan va 40 ta paratireoidektomiya o'tkazilmagan birlamchi giperparatireoz aniq tashxisi qo'yilgan bemor bolalar. Bemorlarning shikoyatlari, ob'ektiv, endokrinologik holati baholandi. Biokimyoviy va gormonal ko'rsatkich bilan tasdiqlangan holda, olingan klinik ma'lumotlarga asoslanib, dastlabki tashxis qo'yildi.
Olingan natijalar. Paratireoidektomiya 88% bemorda sog'ayishga olib keldi. Klinik belgilarning sezilarli ijobiy o'zgarishlari negizida fosfor-kalsiy almashinuvini 84% (3-6 oy) va gormonal statusning 76% (1-3 oy) hollarda ijobiy dinamikasi qayd etildi. Jarrohlik amaliyotidan oldin kuzatilgan surunkali buyrak etishmasligi mavjudligi (43,2%); kasallik davomiyligini ortishi (4-5 yil); kalsiy (Sa>2,9mmol/l) hamda paratireoid gormonining yuqori darajasi (PTG>81,7pg/ml) amaliyot natijasiga ta'sir etuvchi salbiy omillar deb topildi.
Xulosa. Paratireoid metabolizm darajasini normallashtirish bilan birga muvaffaqiyatli jarrohlik davolash, bemorlar hayot sifatini ijobiy o'sishiga olib keldi.
Kalit so'zlar. Birlamchi giperparatireoz, bolalar, paratgormon, buyrak shakli, paratireoidektomiya, giperkalsemiya.
Аннотация
Цель исследования. Оценка результатов паратиреоидэктомии у детей с первичным гиперпаратиреозом.
Материалы и методы. В исследование включены данные о пациентах, проходивших лечение в Республиканском центре специализированной научной
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
и прикладной медицинской эндокринологии в 2009-2019 годах. Среди них: 50 больных с паратиреоидэктомией и 40 больных без паратиреоидэктомии с установленным диагнозом первичного гиперпаратиреоза. Оценивались жалобы, объективное, эндокринологическое состояние больных. На основании полученных клинических данных был установлен предварительный диагноз, подтвержденный биохимическими и гормональными показателями.
Полученные результаты. Паратиреоидэктомия привела к выздоровлению у 88% пациентов. На основании значимых положительных изменений клинических признаков положительная динамика фосфорно-кальциевого обмена отмечена в 84% (3-6 мес), гормонального статуса - в 76% (1-3 мес) случаев. Наличие хронической почечной недостаточности наблюдалось до операции (43,2%); увеличение продолжительности заболевания (4-5 лет); Негативными факторами, влияющими на результат операции, оказались кальций (Sa>2,9 ммоль/л) и высокий уровень паратгормона (ПТГ>81,7 пг/мл).
Выводы. Успешное хирургическое лечение наряду с нормализацией уровня метаболизма паращитовидной железы привело к положительному повышению качества жизни пациентов.
Ключевые слова. Первичный гиперпаратиреоз, дети, паратиреоидный гормон, почечная форма, паратиреоидэктомия, гиперкальциемия.
Annotation
Objective. Evaluation of parathyroidectomy results in children with primary hyperparathyroidi sm.
Materials and methods. The study included data on patients treated at the Republican Center for Specialized Scientific and Applied Medical Endocrinology in 2009-2019. Among them: 50 patients with parathyroidectomy and 40 patients without parathyroidectomy with an established diagnosis of primary hyperparathyroidism. Complaints, objective, endocrinological condition of patients were assessed. Based on the obtained clinical data, a preliminary diagnosis was established, confirmed by biochemical and hormonal indicators.
Results. Parathyroidectomy led to recovery in 88% of patients. Based on significant positive changes in clinical signs, positive dynamics of phosphorus-calcium metabolism was noted in 84% (3-6 months), hormonal status - in 76% (1-3 months) of cases. The presence of chronic renal failure was observed before the operation (43.2%); an increase in the duration of the disease (4-5 years); Negative factors affecting the outcome of the operation were calcium (Sa> 2.9 mmol / l) and a
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
high level of parathyroid hormone (PTH> 81.7 pg / ml).
Conclusions. Successful surgical treatment along with the normalization of the level of metabolism of the parathyroid gland led to a positive increase in the quality of life of patients.
Key words. Primary hyperparathyroidism, children, parathyroid hormone, renal form, parathyroidectomy, hypercalcemia.
Kirish. Jahonda bugungi kunga qadar birlamchi giperparatireoz bilan og'rigan bolalarda kasallikni erta aniqlash, asoratlarini oldini olish, bemorlar hayot sifatini o'rganishga qaratilgan qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, bolalarda ushbu kasallik muammosiga bag'ishlangan bir qator xalqaro tadqiqotlarda bemorlar hayot sifati o'rganilgan. Bu kasallikning rivojlanishi va reabilitatsiya davrida, birlamchi giperparatireoz oqibatida yuzaga keladigan jiddiy buzilishlarni aniq tasvirlash va baholash imkonini bergan [1, 2, 9]. Ko'pgina olimlar tomonidan birlamchi giperparatireoz yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotlarda davolash samaradorligi biokimyoviy ko'rsatkichlarga, suyak mineral zichligi ko'rsatkichlariga yo'naltirilgan. Ammo, terapiyaning muvaffaqiyati va bemorlarning tiklanish darajasi paratireoidektomiyadan oldin bemor ahvolini yomonlashtirgan kasallik belgilarini bartaraf etishga qaratilishi lozim. [6, 8, 10]. Shu sababli bolalarda birlamchi giperparatireozni davolashdan keyingi natijalarni baholash alohida ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot maqsadi. Birlamchi giperparatireoz bilan xastalangan bolalarda paratireoidektomiya natijalarini baholash.
Materiallar va uslublar. Tadqiqot 2009-2019 yillarda Respublika Ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy tibbiy Endokrinologiya markazida davolangan bemorlarning ma'lumotlarini o'z ichiga oladi. Ulardan: 50 ta paratireoidektomiya o'tkazilgan va 40 ta paratireoidektomiya o'tkazilmagan birlamchi giperparatireoz aniq tashxisi qo'yilgan bemor bolalar. Bemorlarning shikoyatlari, ob'ektiv, endokrinologik holati baholandi. Biokimyoviy va gormonal ko'rsatkich bilan tasdiqlangan holda, olingan klinik ma'lumotlarga asoslanib, dastlabki tashxis qo'yildi. Bemorlarda qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezi va buyraklarni UTT hamda gormonlarni immun ferment tahlil usulida aniqlash amaliyoti o'tkazildi. Qon zardobidagi paratireoid gormon, 25(ON)-D vitamini, umumiy va ionlashgan kalbtsiy, fosfor, ishqoriy fosfataza, peshobdagi kalbtsiy va fosforni aniqlash, suyaklar rentgenografiyasi, exoosteometriyasi va rentgendensitometriyasi usullari, ko'rsatmaga ko'ra, qalqonsimon oldi bezini stsintigrafiya usuli, statistik usullardan
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/j ournal
foydalanilgan.
Olingan natijalar. Birlamchi giperparatireozni murojaatlarga ko'ra uchrash soni o'g'il bolalarda 57,7% va qiz bolalarda 42,3% ni tashkil etdi. O'g'il va qiz bolalar o'rtasidagi nisbat 1,3:1 ga teng bo'ldi. Birlamchi giperparatireoz kichik maktab (7 -1 lyosh) yoshidagi o'g'il bolalarda (31,1%), qiz bolalarga (15,6%) nisbatan ko'proq rivojlanishi qayd etildi. (1-rasm).
31,10%
21,10% 22,20% 15,60%*
5,50% 4,40%
O'g'il bolalar ; n=52 (57,7%) Qiz bolalar; n=38 (42,3%)
U3-7 yosh H7-11 yosh* u 12-15 yosh
Izoh - * r <0,05 - ikkala guruh ko'rsatkichlari orasidagi farq ishonchliligi 1-rasm. Turli yosh guruhlari orasida birlamchi giperparatireoz tarqalishi.
Bolalarda birlamchi giperparatireozni laborator tashxislash qon zardobi tarkibida umumiy va ionlangan kalbtsiy, fosfor, ishqoriy fosfataza va PTG darajasini aniqlash usullariga asoslanadi. Qalqonsimon oldi bezi giperfunktsiyasi uchun giperkaltsiyemiya, gipofosfatemiya, giperkaltsiuriya, giperparatirinemiya xos biokimyoviy ko'rsatkichlar hisoblanadi [3, 11, 12]. 2014 yil birlamchi giperparatireozga bag'ishlangan halqaro konsensusda sutkalik peshobda kaltsiyni 10 mmol/l dan yuqori darajasi va asoratlar xavfining ortishi paratireoidektomiya uchun ko'rsatma bo'lib hisoblangan [4, 5, 7].
Birlamchi giperparatireozda paratireoidektomiya o'tkazilgan bolalarning gormonal va biokimyoviy ko'rsatkichlarini uzoq va yaqin muddatlarda tahlil qilindi. Asosiy guruhdagi bolalarda davolashdan oldin 98% giperkaltsiyemiya; 94% giperparatirinemiya; 88% ionlashgan kaltsiy; 78% ishqoriy fosfatazaning yuqori darajasi qayd etildi. Jarrohlik amaliyotidan keyin bir oy o'tgach, qondagi kaltsiy miqdori (2,33±0,09 mmol/l; p<0,01) pasayib, erta muddatli kuzatuv davrida (3-6 oy) nazoratga yaqin bo'ldi (2,32±0,08 mmol/l; 2,34±0,09 mmol/l; p<0,01). Giperkaltsiyuriya 66% bemorda kuzatildi. Peshobdagi kaltsiy darajasi amaliyotdan oldin (3,42±0,27mmol/sut) nazorat guruhidan (2,46±0,25mmol/sut) sezilarli farq
40,00% 30,00% 20,00% 10,00% 0,00%
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
qildi, 3 oydan keyin (2,46±0,14mmol/sut; p<0,01) nazorat guruhiga teng bo'ldi. Gipofosfatemiya 78% bemorda qayd etildi. Amaliyotdan 3 oy o'tgach, qondagi fosfor (2,12±0,12mmol/l) nazorat guruhi qiymatlariga sezilarli yaqinlashdi (1-jadval).
1-jadval.
Asosiy guruhdagi bemorlarda paratireoidektomiyadan keyin erta muddatlarda
biokimyoviy ko'rsatkichlari dinamikasi
Ko'rsatkichlar Nazorat, n=20 Operatsiyadan oldin, n=50 o/k 1 oy, n=50 o/k 3 oy, n=50 o/k 6 oy, n=50
Ca (qonda) mmol/l 2,34±0,11 2,81±0,11 2,33±0,09 A 2,32±0,08 A 2,34±0,09 A
Ca (peshobda) mmol/sut 2,46±0,25 3,42±0,27 2,47±0,21 A 2,46±0,14 A 2,45±0,16 A
P (qonda) mmol/l 2,18±0,13 1,94±0,16 1,96±0,12 2,12±0,12 2,16±0,15
P (peshobda) mmol/sut 12,3±0,70 17,1±1,3 13,9±2,8 12,9±0,87 A 12,3±0,80 A
Ca++ mmol/l 0,76±0,03 1,31±0,06 1,16±0,05 * 0,77±0,10 A 0,76±0,01 A
IF mkm/l 0,82±0,05 1,99±0,08 1,03±0,07 * A 0,81±0,06 A 0,79±0,07 A
PTG pg/ml 60,2±2,4 81,7±3,3 64,2±2,4 A 60,4±2,2 A 60,1±1,3 A
25 (OH) vit D nmol/l 75,0±2,45 61,7±2,1 62,1±2,3 * A 70,3±2,5 A 72,6±1,7 a
Izoh: *-nazorat guruhi ko'rsatkichlariga nisbatan farqlanish ishonchli (p<0,01); A - operatsiyadan oldingi ko'rsatkichlarga nisbatan farqlanish ishonchli (p<0,01).
76% bemorlarda jarrohlikdan oldin giperfosfaturiya aniqlandi. Operatsiyadan 1 oy o'tgach, peshobda fosforning sezilarli darajada pasayishi kuzatildi (13,9±2,8mmol/l/sut), 3 oydan (12,9±0,87; p<0,01) keyin nazorat qiymatlariga tenglashdi. Ionlashgan Ca++ darajasi operatsiyadan oldin (1,31 ± 0,06 mmol/l;) nazorat ko'rsatkichlaridan (0,76 ± 0,03 mmol/l) sezilarli darajada yuqori edi. Amaliyotdan 3 va (0,77±0,10 mmol/l; p<0,01;) 6 oy o'tib, (0,76±0,01 mmol/l; p<0,01) ko'rsatkichlarning operatsiyadan oldingi darajaga nisbatan pasayishi qayd etildi. Paratireoid gormon darajasi davolashdan oldin (81,7±3,3 pg/ml; r<0,01)
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
nazoratga nisbatan (60,2±2,4 pg/ml) yuqori bo'lib, davolashdan keyin yaqin muddatlarda (1-3-6 oy) pasayib borish tendentsiyasi qayd etildi (64,2±2,4 pg/ml; r<0,01), (60,4 ±2,2 pg/ml; r<0,01), (60,1±1,3pg/ml; r<0,01 ).
Tadqiqotimizdagi bemorlarning 78% da ishqoriy fosfataza faolligi yuqori bo'lgan. Operatsiyadan 1 oy o'tgach, ishqoriy fosfataza faolligi pasaydi (1,03±0,07 mkm/l; p<0,01), 3 oydan so'ng (0,81±0,06mkm/l; p<0,01) nazorat qiymatiga yaqinlashdi. 25(ON)D-vitamin darajasi operatsiyadan keyin 1 oy (62,1±2,3; r<0,01;) 3 oy (70,3±2,5; r<0,01;) 6 oy (72,6±1,7; r<0,01) o'tgach sezilarli ortdi, ammo nazorat guruhiga tenglashmadi. Shunday qilib, PTE o'tkazilgan asosiy guruhdagi bemorlarda qondagi va peshobdagi kaltsiy darajasi 1 oy; qondagi va peshobdagi fosfor darajasi 3 oy; qondagi ionlashgan kaltsiy, ishqoriy fosfataza va paratireoid gormon darajasi amaliyotdan keyin 3 oy muddatda tiklanishi aniqlandi.
Paratireoidektomiya o'tkazilmagan qiyosiy guruhda dastlabki tekshiruvda qonda kaltsiy - 97,5%, ishqoriy fosfataza - 87,5%, ionlashgan kaltsiy - 90%, paratireoid gormon - 92,5% bemorda yuqori bo'ldi. Qonda gipofosfatemiya 82,5% hamda giperfosfaturiya 85% bemorda qayd etildi. Dastlabki tekshiruvda qondagi Ca darajasi yuqori bo'lib, 6 oydan keyin (2,92±0,03mmol/l, r<0,01) nazorat guruhiga nisbatan (2,34±0,11 mmol/l) ortdi. Peshobdagi kaltsiyning yuqori darajasi 3 oy (3,42±0,21 mmol/sut, r<0,01) va 6 oy (3,44±0,26mg/sut, r<0,01;) davomida ortishi qayd etildi (2-jadval).
2-jadval.
Qiyosiy guruhdagi bemorlarni biokimyoviy ko'rsatkichlari dinamikasi
Ko'rsatkichlar Nazorat, n=20 Dastlabki tekshiruvdagi ko'rsatkichlar n=40 1 oydan keyin n=40 3 oydan keyin n=40 6 oydan keyin n=40
Ca (qonda) mmol/l 2,34±0,11 2,90±0,03 2,90±0,03 * 2,91±0,02 * 2,92 ±0,03 *
Ca (peshobda) mmol/sut 2,46±0,25 3,41±0,12 3,41±0,14 * 3,42±0,21 * 3,44±0,26 *
P (qonda) mmol/l 2,18±0,13 1,88±0,07 0,89±0,11 * 0,86±0,18 * 0,85±0,06 *
P(peshobda) mmol/sut 12,3±0,70 16,1±1,2 16,3±1,3 * 16,7±0,9 * 16,8±1,1 *
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
Ca++ mmol/l 0,76±0,03 1,34±0,03 1,34±0,05 * 1,34±0,06 * 1,37±0,09 *
IF mkm/l 0,82±0,05 1,98±0,09 1,98±0,11 * 2,01±0,08 * 2,03±0,09 *
PTG pg/ml 60,2±2,4 82,3±3,5 80,9±4,9 * 82,4±3,9 * 84,1 ±2,4 *
25 (OH) D nmol/l 75,0±2,45 61,4±2,0 60,4±0,01* 57,1±0,02* 56,3±0,01*
Izoh: * -nazorat guruhi ko'rsatkichlariga nisbatan farqlanish ishonchli (p<0,01)
Qonda fosfor darajasini kamayishi dastlabki tekshiruvda (1,88±0,07mmol/l) qayd etildi, 3 oy (0,86±0,18 mmol/l, r<0,01;) va 6 oy davomida (0,85±0,06 mmol/l, r<0,01) nazoratga nisbatan ahamiyatli pasayishi kuzatildi. Dastlab peshobdagi fosfor (16,1±1,2mmob/sut) nazorat ko'rsatkichidan (12,3±0,70mmol/sut) yuqori bo'ldi, 1 -36 oy davomida (16,3±1,3mmol/l, r<0,01; 16,7±0,9mmol/l, r<0,01; 16,8±1,1mmol/l, r<0,01) ortib borishga moyillik kuzatildi. Ionlashgan Ca++ dastlabki tekshiruvdagi darajasi (1,34±0,03mmol/l) 1-3-6 oydan keyin qayta tekshirilganda mos ravishda nazoratga (0,76±0,03mmol/l) nisbatan ortishi (1,34±0,05mmol/l, r<0,01; 1,34±0,06mmol/l, r<0,01; 1,37±0,09mmol/l, r<0,01) qayd etildi. Ishqoriy fosfataza darajasi 3-6 oy muddatlarda (2,01±0,08 mkml/l, r<0,01; 2,03±0,09 mkm/l, r<0,01) nazorat qiymatlariga nisbatan ortdi. PTG miqdori dastlab (82,3±3,5pg/ml) nazorat qiymatidan (60,2±2,4 pg/ml) ortishi qayd etildi. 3-6 oydan so'ng (mos ravishda 82,4±3, r<0,01; 84,1±2,4 pg/ml, r<0,01;) statistik jihatdan nazoratga nisbatan ahamiyatli o'sishi aniqlandi. Dastlabki tekshiruvda 25 (ON) D nmol/l darajasi 61,4±2,0 pg/ml bo'lib, 6 oy ichida uning qiymatlari (56,3±0,01pg/ml; r<0,01) ahamiyatli pasaydi.
Shunday qilib, PTE o'tkazilmagan qiyosiy guruhdagi bemorlarda dastlabki tekshiruv qiymatlariga nisbatan qonda va peshobda kaltsiy darajasi 6 oydan keyin ortishi, qonda fosfor darajasining pasayib, peshobda ortishi, ishqoriy fosfataza va paratireoid gormon darajasining ortib borishi qayd etildi. Birlamchi giperparatireoz kuzatilgan bemor bolalarda paratireoidektomiyadan keyingi uzoq muddatlarda (1-5-10 yil) dinamik kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, qondagi kaltsiy, fosfor, PTG, 25 (ON) D-vitamini darajalari jarrohlik amaliyotidan keyin me'yoriy ko'rsatkichlarga tenglashdi (3-jadval).
3-jadval.
Asosiy guruhdagi bemorlarda paratireoidektomiyadan keyin uzoq muddatlarda
biokimyoviy ko'rsatkichlari dinamikasi
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
Ko'rsatkichlar Nazorat, n=20 Operatsiyadan oldin, n=50 o/k 1 yil, n=50 o/k 5 yil, n=50 o/k 10 yil, n=50
Ca (qonda) mmol/l 2,34±0,11 2,81±0,11 2,29±0,03* 2,27±0,04 * 2,33±0,05 *
Ca (peshobda) mmol/sut 2,46±0,25 3,42±0,27 2,42±0,11 * 2,40±0,13 * 2,16±0,37 *
P (qonda) mmol/l 2,18±0,13 1,94±0,16 2,18±0,13 2,16±0,07 2,18±0,06
P (peshobda) mmol/sut 12,3±0,70 17,1±1,3 12,2±0,83 * 12,3±0,2 * 12,3±0,1 *
Ca++ mmol/l 0,76±0,03 1,31±0,06 0,77±0,02 * 0,77±0,01 * 0,76±0,01 *
IF mkm/l 0,82±0,05 1,99±0,08 0,78±0,02 * 0,77±0,02 * 0,76±0,02 *
nTr pg/ml 60,2±2,4 81,7±3,3 60,1±1,1 * 60,2±0,01 * 60,3±0,02 *
25 (OH) vit D nmol/l 75,0±2,45 61,7±2,1 73,2±2,3 74,6±1,5 75,3±1,05
Izoh:* - operatsiyadan oldingi ko'rsatkichlarga nisbatan farqlanish ishonchli (p<0,01) Birlamchi giperparatireoz kuzatilgan qiyosiy guruhdagi bemor bolalarda uzoq muddatlardagi tekshiruvlarda (1-5-10 yil) qondagi kalbtsiy, PTG, ishqoriy fosfataza, darajalarini statistik jihatdan ortib borishi kuzatildi (4-jadval).
4-jadval.
Qiyosiy guruhdagi bemorlarni uzoq muddatlarda biokimyoviy ko'rsatkichlari
dinamikasi
Ko'rsatkichlar Nazorat, n=20 Dastlabki ko'rsatkichlar n=40 1 yildan keyin n=40 5 yildan keyin n=40 10 yildan keyin n=40
Ca (qonda) mmol/l 2,34±0,11 2,90±0,03 2,92 ±0,01 * 2,92±0,02 * 2,93 ±0,01 *
Ca (peshobda) mmol/sut 2,46±0,25 3,41±0,12 3,49±0,11 * 3,54 ±0,09 * 3,56 ±0,12 *
P (qonda) mmol/l 2,18±0,13 1,88±0,07 0,85±0,07 * A 0,80 ±0,03 * A 0,80 ±0,01 * A
P (peshobda) mmol/sut 12,3±0,70 16,1±1,2 17,3±0,1 * 17,6 ±0,2 * 17,8 ±0,4 *
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
Ca++ mmol/l 0,76±0,03 1,34±0,03 1,35±0,08 * 1,35±0,09 * 1,36 ±0,02 *
IF mkm/l 0,82±0,05 1,98±0,09 2,06±0,02 * 2,11 ±0,11 * 2,12 ±0,02 *
nTr pg/ml 60,2±2,4 82,3±3,5 83,6 ±1,1 * 84,3 ±1,2 * 86,7 ±2,2 *
25 (OH) vit D nmol/l 75,0±2,45 61,4±2,0 54,2±0,02* A 52,3±0,01 * A 51,1±0,03 * A
Izoh: *-nazorat guruhi ko'rsatkichlariga nisbatan farqlanish ishonchli (p<0,001) A - dastlabki tekshiruvdagi ko'rsatkichlarga nisbatan farqlanish ishonchli (p<0,001)
Paratireoidektomiyadan keyingi uzoq davrda olib borilgan kuzatishlar asosiy guruhdagi bemorlarda paratireoidektomiyaning Ca - F almashinuviga ijobiy ta'sirini ko'rsatdi. Ammo qiyosiy guruhdagi patogenetik terapiya o'tkazilmagan bemorlarda aksincha, kuzatuv davomida ushbu ko'rsatkichlarda natijalar qoniqarsiz bo'ldi.
Birlamchi giperparatireozning erta tashxislanmasligi va davolanmasligi natijasida o'lim va nogironlikka olib keluvchi bir qator xavf omillarini integral baholadik (2-rasm).
RR max - min
Surunkali byurak etishmasligi 9,57 19,84 - 2,07
Buyraklarda tosh mavjudligi 4 5,82 - 1,45
PTG yuqori darajasi 2,93 4,27-1,45
Patologik suyak sinishlari 2,19 2,84 - 1,29
Ca 2,9 mmol/l dan yuqori 1,73 2,05 - 1,18
Klinik shakllari: buyrak shakli 1,67 10,1 - 1,60
suyak shakli 1,27 1,83 - 0,74
aralash shakli 1,24 1,32 - 0,74
Adenomalar mavjudligi 1,23 1,26 - 0,94
Poliuriya 1,08 1,14 - 1,05
Qorin sihasidagi og'riqlar 1,02 1,17 - 1,02
Vazn yo'qotish 1,01 1,04 - 1,01
2-rasm. O'lim xavfi omillarini integral baholash.
Olingan natijalarda surunkali buyrak yetishmasligi mavjudligi o'lim xavfini 9,57 martaga, buyraklarda tosh mavjudligi 4 baravarga, suyak sinishlarining mavjudligi 2,19 martaga, PTG yuqori darajasi 2,93 martaga, Ca 2,9 mmol/l dan
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
ortishi o'lim xavfini 1,73 martaga sezilarli darajada ortishiga sabab bo'ldi. Birlamchi giperparatireozning klinik shakllari bo'yicha tahlil qilinganda, uning buyrak shakli bo'lgan bemorlarda o'lim xavfi 1,67 baravar, suyak shakli 1,27 baravar, aralash shakli 1,24 baravar yuqoriligi qayd etildi. Adenomalar paydo bo'lishi, poliuriya, qorin sohasidagi og'riqlar, vazn yo'qotish o'lim xavfini mos ravishda 1,23, 1,08, 1,02, 1,01 martaga oshirdi. Birlamchi giperparatireozda nogironlikka olib keluvchi xavf omillarini kompleks baholaganimizda quyidagilarni aniqlandi:
RR max - min
Klinik shakllari: buyrak shakli 3,22 3,74 - 1,24
suyak shakli 3,22 3,45 - 0,36
aralash shakli 3,18 3,22 - 0,36
Surunkali byurak etishmasligi 3,11 8,01 - 2,48
PTG yuqori darajasi 2,90 3,27 - 1,22
Buyraklarda tosh mavjudligi 2,30 2,91 - 1,26
Patologik suyak sinishlari 1,78 2,52 - 1,41
Ca 2,9 mmol/l dan yuqori 1,50 1,70 - 1,13
Adenomalar mavjudligi 1,23 1,70- 1,02
Poliuriya 1,06 1,19 - 1,06
Suyak va bo'g'imdagi og'riqlar 1,02 1,36 - 0,41
Vazn yo'qotish 1,01 1,25 - 0,14
3-rasm. Nogironlik xavfi omillarini integral baholash.
Birlamchi giperparatireozning buyrak shakli nogironlik xavfini 3 baravar, suyak shakli 3,22 va aralash shakli 3,18 baravar ortishini ko'rsatdi. Shuningdek, surunkali buyrak yetishmasligi nogironlik xavfini 3,11 martaga, PTG yuqori darajasi 2,90 martaga, buyraklarda tosh mavjudligi 2,30, suyak sinishlari 1,78 va Ca 2,9 mmol/l dan yuqori darajasi 1,50 baravarga sezilarli oshirdi. Adenomalar paydo bo'lishi, poliuriya, suyak va bo'g'imdagi og'riqlar, vazn yo'qotish nogironlik xavfini mos ravishda 1,23, 1,06, 1,02, 1,01 martaga oshirdi. Jami 90 nafar bemordan 8 nafarida (8,89%) letal oqibatlar kuzatilgan, qolgan 82 nafar bemordan 15 nafarida (18,3%) nogironlik qayd etilgan (PTE o'tkazilmagan guruhda).
Xulosalar. Paratireoidektomiya 88% bemorda sog'ayishga olib keldi. Klinik belgilarning sezilarli ijobiy o'zgarishlari negizida fosfor-kalbtsiy almashinuvini 84% (3-6 oy) va gormonal statusning 76% (1-3 oy) hollarda ijobiy dinamikasi qayd etildi.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 I Issue 3 I December, 2024 I SJIF: 5,965 I UIF: 7,6 I ISRA: JIF 1.947 I Google Scholar I
www.afu.uz/journal
Jarrohlik amaliyotidan oldin kuzatilgan surunkali buyrak yetishmasligi mavjudligi (43,2%); kasallik davomiyligini ortishi (4-5 yil); kalbtsiy (Ca>2,9mmol/l) hamda paratireoid gormonining yuqori darajasi (PTG>81,7pg/ml) amaliyot natijasiga ta'sir etuvchi salbiy omillar deb topildi. Patogenetik terapiya o'tkazilmagan bemorlarda kuzatuv davomida Sa-F va gormonal ko'rsatkichlarda natijalar qoniqarsiz bo'ldi. O'lim va nogironlikka olib keluvchi xavf omillarini integral baholash shuni ko'rsatdiki, birlamchi giperparatireozning buyrak shakli o'lim xavfini 1,67 marta, suyak shakli 1,27 hamda aralash shakli 1,24 martaga oshiradi. Paratireoid metabolizm darajasini normallashtirish bilan birga muvaffaqiyatli jarrohlik davolash, bemorlar hayot sifatini ijobiy o'sishiga olib keldi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI.
1.Гостимский A.B., Матвеева 3.C., Романчишен A.Ф., Карпатский И.В., Кузьмичев A.C., Передереев C.C., Махароблишвили ДЗ. Особенности диагностики первичного гиперпаратиреоза у детей. Эндокринная хирургия. 2021;15(4):32-37. https://doi.org/10.14341/serg12758.
2.Гостимский A.B., Романчишен A^., Матвеева 3.C. и др. Первичный гиперпаратиреоз в детском возрасте. Педиатр. 2017;8(5):20-24.
3.Демидова Т.Ю., Кишкович Ю.С Манифестная форма первичного гиперпаратиреоза. Клиническое наблюдение. РМЖ. 2019;12:29-32.
4.Матвеева 3.C., Карпатский И.B., Гостимский A.B., Передереев C.C., Bоробьев C.Л., Махароблишвили ДЗ. Первичный гиперпаратиреоз как причина патологического перелома у подростка 16 лет. Вестник хирургии имени И.И. Грекова. 2022;181(4):66-70. https://doi.org/10.24884/0042-4625-2022-181-4-66-70. 5.Огородников A.B., Харнас C.C. Оценка качества жизни пациентов после паратиреоидэктомии из стандартного и малого доступов. Проблемы Эндокринологии. 2021;67(2):40-48. https://doi.org/10.14341/probl12735.
6.Рихсиева Н.Т. Клинические особенности течения первичного гиперпаратиреоза у детей. //Педиатрия илмий амалий журнали. - 2020.- №3. 136-140 бетлар (14.00.00; №16).
7.Рунова Г.Е., Голоунина О.О., Глинкина ИЗ., Фадеев B.B. Первичный гиперпаратиреоз и дефицит витамина D. Терапевтический архив. 2021; 93 (10): 1221-1226. DOI: 10.26442/00403660.2021.10.201081.
8.Трошина B.B., Латкина H.B., Мамедова Е.О., Белая Ж.Е., Кузнецов H.C. Частный случай поздней диагностики первичного гиперпаратиреоза. Эндокринная хирургия. 2019;13(2):95-100. https://doi.org/10.14341/serg10265.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
9.Assadipour Y, Zhou H, Kuo EJ, Haigh PI, Adams AL, Yeh MW. End-organ effects of primary hyperparathyroidism: A population-based study. Surgery. 2019 Jan;165(1):99-104. doi: 10.1016/j.surg.2018.04.088. Epub 2018 Nov 9. PMID: 30420089.
10. Ejlsmark-Svensson H, Sikjaer T, Webb SM, et al. Health-related quality of life improves 1 year after parathyroidectomy in primary hyperparathyroidism: A prospective cohort study. Clin Endocrinol (Oxf ). 2019; 90 (1): 184-191. DOI: 10.1111/cen.13865
11.Rikhsieva N.T., Results of a retrospective analysis of primary hyperparathyroidism in children. //The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research.-2023.-Vol.05.-Issue Pages:37-58; https://doi.org/10.37547/TAJMSPR. (14.00.00; (35) SJIF= 6. 319).
12.Somuncu E, Kara Y. The effect of parathyroidectomy on quality of life in primary hyperparathyroidism: evaluation with using sf-36 and phpqol questionnaire. Endocr J.2020. d.