Научная статья на тему 'YURTIMIZDA TERRORIZMGA QARSHI KURASHISHDA DINSHUNOSLIK EKSPERTIZASINING O‘RNI'

YURTIMIZDA TERRORIZMGA QARSHI KURASHISHDA DINSHUNOSLIK EKSPERTIZASINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
13
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Terrorizm / e’tiqod / dinshunoslik ekspertizаsi / huquq vа erkinliklаrini kаmsitish / tаqiqlаngаn mаteriаllаr. / Terrorism / fаith / theology expertise / discriminаtion of rights аnd freedoms / prohibited mаteriаls.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mirzаxodjаyev Dаvron Аtxаmovich

Ushbu mаqolаdа yurtimizdа terrorizmgа qаrshi kurаshdа dinshunoslik ekspertizаsiningo’rni vа uni o’tkаzish tаrtibi, huquqiy аsoslаri hаmdа ushbu ekspertizаning qаndаy mаqsаdlаrdа xizmаt qilishi borаsidа mа’lumotlаr ilmiy tаhlil qilinib, bu borаdа ilmiy izlаnishlаr qilgаn huquqshunos olimlаr fikrlаri o’rgаnilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF RELIGIOUS STUDIES EXPERTISE IN THE FIGHT AGAINST TERRORISM IN OUR COUNTRY

In this аrticle, the role of the theologicаl expertise in the fight аgаinst terrorism in our country аnd the procedure for conducting it, the legаl bаses аnd the purposes of this expertise аre scientificаlly аnаlyzed, аnd the opinions of legаl scholаrs who hаve conducted scientific reseаrch on this topic аre studied.

Текст научной работы на тему «YURTIMIZDA TERRORIZMGA QARSHI KURASHISHDA DINSHUNOSLIK EKSPERTIZASINING O‘RNI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

THE ROLE OF RELIGIOUS STUDIES EXPERTISE IN THE FIGHT AGAINST TERRORISM IN OUR COUNTRY

Mirzahodzhayev Davron Athamovich

Senior lecturer of the Department of Criminаlistics and Forensic Expertise of the Law Enforcement Academy of the Republic of

Uzbekistan. https://doi.org/10.5281/zenodo.10843367

EURASIAN |0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 13th March 2024 Accepted: 19th March 2024 Online: 20th March 2024

KEYWORDS Terrorism, faith, theology expertise, discrimination of rights and freedoms, prohibited materials.

In this article, the role of the theological expertise in the fight against terrorism in our country and the procedure for conducting it, the legal bases and the purposes of this expertise are scientifically analyzed, and the opinions of legal scholars who have conducted scientific research on this topic are studied.

РОЛЬ РЕЛИГИОВЕДЧЕСКОМ ЭКСПЕРТИЗЫ В БОРЬБЕ С ТЕРРОРИЗМОМ В

НАШЕЙ СТРАНЕ

Мирзаходжаев Даврон Атамович

Старший преподавател кафедры криминалистики и судебно-медицинской экспертизы Академии правоохранителных органов Республики Узбекистан.

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 13th March 2024 Accepted: 19th March 2024 Online: 20th March 2024 KEYWORDS

Терроризм, вера,

теологическая экспертиза, дискриминация прав и свобод, запрещенные материалы.

В данной стате научно анализируюция рол теологической экспертизы в борбе с терроризмом в нашей стране и поруадок ее проведения, правовые основы и цели этой экспертизы, а также мнениуа ученых-правоведов, проводивших научные исследования. Изучаютсия исследования по этой теме.

YURTIMIZDA TERRORIZMGA QARSHI KURASHISHDA DINSHUNOSLIK

EKSPERTIZASINING ORNI

Mirzaxodjayev Davron Atxamovich

O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kriminalistika va sud

ekspertizalari kafedrasi katta o'qituvchisi.

ARTICLE INFO ABSTRACT

Received: 13th March 2024 Accepted: 19th March 2024 Online: 20th March 2024 Ushbu maqolada yurtimizda terrorizmga kurashda dinshunoslik ekspertizasining o'rni qarshi va uni

1 Volume 4, Issue 3, March 2024 ISSN 2181-2888 Page 74

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

KEYWORDS

Terrorizm, e'tiqod, dinshunoslik ekspertizasi, huquq va erkinliklarini kamsitish,

taqiqlangan materiallar.

o'tkazish tartibi, huquqiy asoslari hamda ushbu ekspertizaning qanday maqsadlarda xizmat qilishi borasida ma'lumotlar ilmiy tahlil qilinib, bu borada ilmiy izlanishlar qilgan huquqshunos olimlar fikrlari o'rganilgan.

Dinlarning turli-tumanligi Yaratgan tomonidan o'rnatilgan ekan, uni bekor qilish ëki hammani bir din bayrog'i ostida zo'rlab birlashtirish mumkin emas. Shu bilan birga oyatlarda haqiqiy e'tiqod ichki imondan kelib chiqishi ta'kidlanganini ham qayd etish lozim. Shunday ekan, uni zo'rlik bilan o'rnatib bo'lmaydi. «Dinda zo'rlash ë'q» oyatini, insonga tanlash ixtiëri berilgan va buning uchun uning o'zi javob beradi, degan ma'noda tushunish ham mumkin. Bundan tashqari, qiëmatda e'tiqod masalasidagi bahslarni Yaratganning o'zi hal qiladi. Ungacha esa insonlar faqat xayrli ishlarda o'zaro musobaqalashmoqlari kerak.

Ushbu yuqoridagi fikrlarga hamohang tarzda yurtimizda ham qonunchilik normalarida din orqali zo'rlash kabi g'oyalardan nari turamiz. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish ëki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga ë'l qo'yilmaydi"[1] deb belgilab qo'yilgan.

E'tiqod masalasida monopoliya bo'lishi mumkin emas. Umuman olganda, Qur'onning 50 dan ortiq surasidagi yuzlab oyatlarda musulmonlar mo'min-qobillik, tinchlikparvarlik va boshqa e'tiqod vakillariga nisbatan bag'rikenglikka da'vat etilgan. Muhammad payg'ambar ham o'z haëtlari davomida hech qachon hech kimni islomga kirishga majbur qilmaganliklarini, biron marta u ëki bu harbiy harakat diniy e'tiqod tufayli bo'lmaganini ham ëddan chiqarmaslik lozim[2].

Shunda bo'lsa-da ba'zi g'araz niyatdagi shaxslar dinni niqob qilib o'z maqsadlarni amalga oshirish maqsadida siësiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning haëti, sog'lig'iga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning ë'q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy ëki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga ëki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko'zlab ig'vogarliklar qilishga, aholini qo'rqitishga, ijtimoiy-siësiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan[3] harakatni ko'zlab ya'ni terrorizmni amalga oshirib kelishmoqda.

Jahon hamjamiyatida terrorizmga qarshi kurashish maqsadida bir nechta huquqiy normalar qabul qilingan bo'lib, bulardan biri BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 1-martdagi "Diniy toqatsizlikning barcha shakllarini ë'qotish to'g'risida"gi Rezolyutsiyasi 1993-yil Venada bo'lib o'tgan Inson huquqlari bo'yicha Ikkinchi umumjahon konferensiyasining toqatsizlik hamda u bilan bog'liq zo'rlash, shu jumladan, aëllarni kamsitish, diniy marosimlar bajariladigan joylarni tahqirlashga qarshi choralar ko'rish maqsadida davlatlarning xalqaro majburiyatlariga muvofiq va ularning tegishli huquqiy tizimlarini lozim darajada hisobga olgan holda barcha zarur chora-tadbirlarni ko'rish to'g'risidagi da'vatini qo'llab-quvvatlaydi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Shu munosabat bilan Yurtimizda insonning fikrlash, vijdon, din va e'tiqod erkinligi huquqini rag'batlantirish va himoya qilish hamda din va e'tiqod asosidagi nafrat, toqatsizlik va kamsitishlarning barcha shakllarini ë'q qilish, bir so'z bilan aytganda terrorizmga qarshi kurash bo'yicha sa'y-harakatlarni kuchaytirib borilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi "Diniy mazmundagi materiallarni tayërlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 180-son qaroriga muvofiq diniy mazmundagi materiallarni tayërlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini tartibga solish hamda dinshunoslik ekspertizasidan o'tkazishni yanada takomillashtirish[4] maqsad qilindi.

Bundan tashqari ushbu qarorning 1-ilovasi bilan "Diniy mazmundagi materiallarni tayërlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o'tkazish tartibi to'g'risida"gi nizom tasdiqlandi.

Savol tug'iladi uzi ushbu qaror nima uchun kerak va qanday vazifalarni ijrosiga xizmat qiladi. Ushbu savollarga muallif quyidagicha o'z fikrini baën etadi:

birinchidan. Ushbu qaror O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi O'RQ-699-son Qonuning 5- moddasidagi Vijdon erkinligini ta'minlashning asosiy ustuvorliklari buzilishining oldi olinadi. Vijdon erkinligini ta'minlashning asosiy ustuvorliklari quyidagilardan iborat:

S fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga ë'l qo'ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo'lgan o'z huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;

S konfessiyalar o'rtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bag'rikenglikni ta'minlash;

S vijdon erkinligini ta'minlashda dunëviy davlat qurilishini saqlab qolish;

vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunchilikka fuqarolar hamda diniy tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta'minlash;

S jamoat tartibiga, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog'lig'i va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g'oyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish.

Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi "2021 — 2026-yillarga mo'ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6255-son[5] Farmonining 2-bandida keltirilgan ustuvor ë'nalishlarning ijrosi ta'minlangan bo'lardi. Ustuvor ë'nalishlar quyidagilar:

> ekstremizm va terrorizm g'oyalari tarqalishining oldini olish maqsadida vatanparvarlik, an'anaviy qadriyatlar va bag'rikenglik mafkurasini targ'ib qilish;

> voyaga etmaganlar va ëshlar orasida ekstremizm va terrorizm g'oyalari tarqalishining oldini olish;

> aëllar huquqlarini himoya qilish hamda ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish;

> uzoq muddat xorijda bo'lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g'oyalari ta'siridan himoya qilish;

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

> Internet jahon axborot tarmog'idan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish;

> fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish;

> ekstremistik va terrorchilik harakatlarini sodir etganlik hamda ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy ta'qib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish;

> ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

> ushbu sohadagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik.

Yurtimizda huquqiy ongni va huquqiy madaniyatni rivojlantirish maqsadida bugungi kunda kerakli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o'rinda diniy bilimlarni olishga ham to'sqinlik qilingani ë'q. Faqatgina diniy qonun-qoidalardan og'ishganlik ëki buzib ko'rsatish holatlari mavjud materiallardagi ma'lumotlardan foydalanish mumkin emas.

Ushbu ma'lumotlar yurtimizda ig'vo urug'ini sochmaslik maqsadida diniy mazmundagi materiallar uchun dinshunoslik ekspertizasi vakolatli organ tomonidan materiallarni O'zbekiston Respublikasi hududida tayërlash, olib kirish, tarqatishga ruxsat berish (ruxsat bermaslik) masalasini hal etish uchun ularda amaldagi qonunchilikka zid elementlar, diniy qonun-qoidalardan og'ishganlik ëki buzib ko'rsatishning mavjud ëki mavjud emasligiga oid tadqiqotlar o'tkazishadi.

O'zi qanday materiallar mumkin ëki mumkin emasligini aniqlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-son qarorining 1-ilovasi bilan "Diniy mazmundagi materiallarni tayërlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o'tkazish tartibi to'g'risida"gi nizomning 4-bandiga muvofiq Materiallarni quyidagi maqsadlarda tayërlash, olib kirish va tarqatishga ë'1 qo'yilmaydi:

birinchidan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy ëki ijtimoiy mavqeiga qarab ëxud boshqa holatlarga ko'ra fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish ëki o'zga shaxslar mahsulotlarini obro'sizlantirish hamda O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo'rlik bilan o'zgartirish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur etkazishga da'vat qilishga oid;

ikkinchidan, urush, zo'ravonlik, terrorizm, shuningdek, ekstremizm, separatizm, diniy aqidaparastlik ëki mutaassiblik bilan ë'g'rilgan g'oyalarni targ'ib qilish, milliy, irqiy, etnik ëki diniy adovat qo'zg'atuvchi axborotni tarqatishga oid;

uchinchidan, diniy e'tiqodni o'zgartirishga da'vat qilish va dinga e'tiqod qiluvchilarning his-tuyg'ularini haqorat qilish ëki kamsitish hamda fuqarolarni o'z konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirishga oid;

to'rtinchidan, davlat, jamoat ëki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash, giëhvand vositalar, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ'ib qilish, qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirishga undashga oid materiallarni olib kirish taqiqlanadi.

Diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlari murojaatlari. Bunda ushbu organlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilaëtgan materiallar ekspertizadan o'tkazish uchun yuboriladi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ekspertiza tayinlash to'g'risidagi qarorlari asoslarga ko'ra o'tkaziladi.

S.A.Nurumbetovaning tadqiqotlariga ko'ra, Adliya vazirligi taqdim etgan umumiy ro'yxatda ekstremistik va terroristik deb topilgan sahifa va kanallarning soni qariyb 150 tani tashkil etadi. Ushbu sahifalar "Ekstremizmga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunning 11-moddasini buzgan. Unga muvofiq, O'zbekiston hududiga olib kirilaetgan, tayerlanaetgan, saqlanaetgan, tarqatilaetgan va namoyish etilaetgan, OAVda tarqatilaetgan materiallar agar ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga oshkora da'vat qiladigan bo'lsa, qonun hujjatlariga ko'ra sud tomonidan ekstremistik materiallar deb topiladi hamda ularni olib kirish, tayerlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi [6].

Shuningdek, diniy mazmundagi materiallarni tayerlash bo'yicha milliy qonunchiligimizda ayrim holatlar ya'ni tayerlash jaraenida taqiqlangan holatlar amalga oshiriladigan bo'lsa, bu jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi ham normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan[7]. Lekin Jinoyat kodeksi va "Ekstremizmga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunni va "O'zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayerlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risida" gi Nizom talablariga e'tibor qaratilsa, bu faoliyatning taqiqlanganligi ko'proq asoslantirilgan. Shunday ekan, ekstremizmga qarshi kurashish faoliyatiga tegishli qonunchilikni mazmun jihatdan bir xil qilgan holda diniy mazmundagi taqiqlangan materiallarni tayerlash, olib kirish va tarqatish deb belgilab olish maqsadga muvofiq [8].

Xulosa o'rnida, ushbu sohada diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasi o'tkazish faoliyatini takomillashishiga va yurtimizda ushbu sohaga murojaatlarning ko'payishiga xizmat qiluvchi quyidagi takliflarni berishni joiz topdik:

birinchidan, qanday shaxslarning ma'ruzasini eshitish taqiqlanishi eki qanday mazmundagi materiallarni o'qish taqiqlanishini bildirish maqsadida OAVlarida majburiy ravishda taqiqlangan chiqishlar, ma'ruzalar va diniy adabietlar ro'yxatini e'lon qilib borish;

ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasi o'z faoliyatini dinshunoslik ekspertizasini o'tkazish bo'yicha xizmatining mavjudligini faqat o'z sahifalarida emas, balki boshqa sayt va kanallarda reklama qilishi zarur, zero, bugungi kunda Musulmonlar idorasi matbuot xizmatining fuqarolar bu boradagi o'z savollariga ushbu "call markaz" orqali[9] javob olishlari mumkinligini bilishadi lekin dinshunoslik ekspertizasini jismoniy shaxslarning murojaatchisi sifatida murojaat qilishini bilishmaydi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Elektron manba: https://lex.uz/docs/6445145. (Murojaat vaqti: 20.03.2024 y).

2. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari. O'quv qo'llanma. Mas'ul muharrir: A. Ochildiyev. 2008 y. 8 b.

3. O'zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi "Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida"gi 167-II-son Qonuni. Elektron manba: https://lex.uz/docs/29526. (Murojaat vaqti: 20.03.2024 y).

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi "Diniy mazmundagi materiallarni tayerlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

ekspertizasini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 180-son qarori. Elektron manba: https://lex.uz/docs/ 5957921. (Murojaat vaqti: 20.03.2024 y).

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi "2021 — 2026-yillarga mo'ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6255-son Farmoni. Elektron manba: https://lex.uz/uz/docs/5491626. (Murojaat vaqti: 20.03.2024 y).

6. Nurumbetova S. Diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilishda dinshunoslik ekspertizasini o'tkazish amalietining muhim jihatlari //science and innovation. - 2022. - t. 1. - №. c6. - s. 108-113.

7. Tixomirov, O.K. Eksperimentalnbiy analiz evristik / O.K. Tixomirov // Evristicheskiye protsessbi v mbislitelnoy deyatelnosti. 25 simpozium. - M., 1966.

8. Nurumbetova S.A. Diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilishda dinshunoslik ekspertizasini o'tkazish amalietining muhim jihatlari. //science and innovation. - 2022. - t. 1. - №. c6. - s. 108-113.

9. Diniy savollarga javob beruvchi Call markaz ish boshladi. Elektron manba: https://kun.uz/16025994. (Murojaat vaqti: 20.03.2024 y).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.