Научная статья на тему '“VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO`G`RISIDA”GI QONUN: KECHA VA BUGUN'

“VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO`G`RISIDA”GI QONUN: KECHA VA BUGUN Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
800
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
VIJDON ERKINLIGI / DIN ERKINLIGI / "INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI" / "VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO'G'RISIDA"GI QONUN / O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI / PENTIKOSTALCHILAR / EVANGELISTBAPTISTLAR / YETTINCHIKUNADVENTISTLARIVAYAHOVANINGSHOHIDLARI / DINIY EKSTREMIZM / QONUNDA DINIY TA'LIM / KONFESSIYA / MISSIONERLIK / PROZELITIZM / MAHALLIY DINIY TASHKILOT / DINIY TA'LIM MUASSASASI

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Jalilova S.A., Kattabayeva S.S.

Vijdon erkinligi” va “din erkinligi” atamalari o’zaro farqlidir. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 18-moddasida ham ushbu huquqlar alohida tartibda ta’kidlab o’tiladi. Chunki, vijdonning mavjudligi - bu mavhum masaladir. Aksincha, ushbu qonunni “Diniy e’tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun tarzida qabul qilish masadga muvofiq bo’ladi va bu nom qonunda nazarda tutilgan barcha shaxslarning din va e’tiqodni tanlashdagi erkinligini o’zida ifoda etadi. Bularning barchasi amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami qanchalar sayoz ekanligini va bu sohada qilinishi kerak bo’lgan ishlarning ahamiyatini ko’rsatib turibdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO`G`RISIDA”GI QONUN: KECHA VA BUGUN»

S.A. Jalilova, S.S. Kattabayeva

"VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TOGRISIDA"GI QONUN: KECHA VA BUGUN

"Vijdon erkinligi" va "din erkinligi" atamalari o 'zaro farqlidir. "In-son huquqlari umumjahon deklaratsiyasi"ning 18-moddasida ham ushbu huquqlar alohida tartibda ta 'kidlab o 'tiladi. Chunki, vijdonning mavjudligi -bu mavhum masaladir. Aksincha, ushbu qonunni "Diniy e 'tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to 'g 'risida "gi qonun tarzida qabul qilish masadga muvofiq bo'ladi va bu nom qonunda nazarda tutilgan barcha shaxslarning din va e 'tiqodni tanlashdagi erkinligini o 'zida ifoda etadi. Bularning barchasi amalga oshirilayotgan ishlar ko 'lami qanchalar sayoz ekanligini va bu sohada qilinishi kerak bo 'lgan ishlarning ahamiyatini ko 'rsatib turibdi.

Kalit so^zlar: Vijdon erkinligi, din erkinligi, "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi", "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonun, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Pentikostal-chilar, Evangelistbaptistlar, YettinchikunadventistlarivaYahovaning-Shohidlari, diniy ekstremizm, qonunda Diniy ta 'lim, konfessiya, missionerlik, prozelitizm, mahalliy diniy tashkilot, diniy ta 'lim muassasasi.

Tarixga nazar.

Boshqa millat va xalqlar singari bizning diyorimizda yashab kelgan aholining ham kundalik turmushini dinsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Afsuski, mamlakatimizning Sobiq ittifoqqa qaramlik davrida yuqoridagi masalaga yetarlicha e'tibor va baho bermaslik, asrlar davomida shakllangan an'analarni ta'qiqlash, o'lka xaqlarining din va e'tiqod borasidagi fikrlarini qat'iy qoralash ortidan xalqimizning mafkurasini o'zgartirishga urinishlar bo'lganligi, turli din vakillari orasiga nifoq solish ko'zlangan chora-tadbirlar ketidan mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimiz boshidan kechirgan va hozirgacha ayrim muammolarga sabab bo'layotgan holatlarni inkor etib bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: "Bularninig hammasi yangi mustaqil davlatlarga meros bo'lib qoldi. Shu tufayli millatlar va elatlar ichidagi o'zaro aloqalar muammolari strategik ahamiyatga ega bo'lib bormoqda va mintaqada davlatlararo munosabatlarni yo'lga qo'yishda alohida e'tibor berishni talab qilmoqda". Shu nuqtai nazardan ushbu siyosat kechiktirib bo'lmaydigan masala sifatida 1991-yil 14-iyunda (yangi tahriri 1998-yil 1-may)"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonunni qabul qilish orqali tartibga solina boshlangan. Ushbu qonun bilan diniy marosimlarni yakka holda yoki jamoa bilan o 'tkazish erkinligi, diniy tashkilotlarning faoliyat erkinligi va ularning vakolatlari (diniy adabiyotlarni nashr qilish, diniy buyumlar ishlab chiqarish, diniy ta'limni tashkil etish kabilar) belgilab berildi va qonun bilan himoya qilinishi hamda ushbu faoliyatlar faqatgina konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan, fuqarolarning huquq va manfaatlariga zid yohud davlat suvereniteti va xavsizligiga tahdid solish holatlarini yuzaga keltirsagina ta'qiqlan-ishi yoki cheklanishi nazarda tutilgan.

Hozirgi vaziyat.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga ko'ra: "Har kim o'z istagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga egadir. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yil-maydi" va 61-moddasiga ko'ra: "Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan. Davlat diniy birlashmalar faoliyatiga aralashmaydi ". Lekin, ushbu huquqlarning qonunlar bilan belgilanishiga qaramasdan, ularni amaliy ifodasida ko'plab kamchiliklar ko'zga tashlandi. Xususan, 2017-yilgi diniy erkinlik indeksi bo'yicha quyidagilar ma'lum qilindi: "Hukumat tomonidan rad etilgan ro'yxatga olish arizalari bo'lgan diniy jamoalarning a'zolari, shu jumladan, «ekstremistik» deb nomlangan 22 tashkilot diniy e'tiqodlarini jinoiy javobgarlikka tortilishlari mum-kinligi xatari borligi uchun amalga oshira olmaganlar. Vakolatli organlar ruxsat berilgan joylardan tashqarida ibo-dat qilayotgan shaxslarga nisbatan qattiq jazo choralarini qo'llashni davom ettirdilar va hukumat sunniy bo'lmagan musulmonlarni va boshqa diniy guruhlarni va ularning ibodat joylarini ro'yxatdan o'tkazmadi.Oxirgi sakkiz yil ichida hukumat yangi, sunniy bo'lmagan musulmon ibodatxonasini ro'yxatdan o'tkazgan emas. Yoz davomida va kuzda, ommaviy axborot vositalari va diniy guruhlar ma'muriyatlarni 16 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarga o'zlarining ota-onalari bilan birga masjidlarda diniy mashg'ulotlarni o'tkazishga ilk bor ruxsat berganlarini

© S.A. Jalilova, S.S. Kattabayeva, 2022.

ma'lum qildilar.Shia jamoati a'zolari, Pentikostalchilar, Evangelistbaptistlar, Yettinchi kun adventistlari va Yaho-vaning Shohidlarining barchasi militsiya xodimlari shaxsiy uylarini, shaxsiy yig'ilishlarni to'xtatish yoki kontra-banda adabiyotlarini qidirish uchun reyd qilganliklarini ma'lum qildilar. Hukumat Farg'ona vodiysidagi katolik yoshlar uchun yozgi lagerni bekor qildi va katoliklarning sig'inish uchun yig'ilishlarini kuzatdi. Yil davomida yangi ibodatxonani ro'yxatdan o'tkazishga harakat qilgan barcha ozchilikni tashkil qiladigan diniy guruhlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qonun ro'yxatga olish talablarini, masalan, markaziy ro'yxatdan o'tkazish uchun mamlakatning sakkizta ma'muriy bo'linmasida doimiy ishtirok etishi va muayyan hududda ro'yxatga olish uchun 100 a'zoga ega bo'lishni talab qiladi. Da'vogarlar, shuningdek, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning va mahalla qo'mitasining roziligini talab qiladilar. Hukumat mahalla qarorlari va faoliyatlarini ko'rib chiqmasligini ta'kid-laydi, biroq hisobotlarda ular orasidagi munosabat davom etib kelayotgani aytiladi.26-mayda, mustaqil guruh Toshkent shahar jinoyat ishlari bo'yicha sudi 11 nafar musulmonni «diniy ekstremizm» bilan ayblab, ularni besh yildan olti yilgacha ozodlikdan mahrum etishga hukm etgani haqida xabar qildi. Ma'lumotlarga ko'ra, sud-lanuvchilarning bildirishicha, tergov davomida hukumat ularni qiynoqqa solgan, jismoniy zo'rlagan va ularning oila a'zolarini ta'qib qilgan. Sud va prokuror qiynoqqa oid da'volarni rad etdi. Sentyabr oyida, militsiya ayol-larning klubini muntazam ravishda kuzatib, diniy masalalarni va islomni qo'shnilar bilan muhokama qiladigan sunniy musulmon ayolning xususiy uyida reyd uyushtirdi. Shayxontohur tuman ma'muriy sudi lisenziyasiz diniy ta'limni tashkil etganlikda ayblab, unga 13,8 million so'm (1680 AQSh dollari) jarima soldi."

Kutilayotgan natija.

Diniy erkinlikni ta'minlash bevosita insonning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan shaxsiy huquq va erkinliklarini ta'minlash demakdir. Afsuski, ayrim shaxslar tomonidan qonunni qo'llashdagi xatoliklar va shaxsiy adovatlar sabab qanchadan-qancha insonlarga nohaq ravishda "diniy ekstremist" sifatida ayblov hukmi o'qilgan yoki ular ta'qib ostiga olingan. Bu holatlarni bartaraf etmasdan turib, inson huquqlarini to'liq kafolatlash mumkin emas, albatta.

Yuqoridagi kabi holatlarni tahlil qilgan holda, qonunchilikni takomillashtirsh yuzasidan 19.08.2020 yilda ushbu qonuning yangi tahriri muhokama uchun taqdim etildi. Amaldagi qonunga tuzatishlar va qo'shimchalar kiritish bilan birga, yangi tartib taomillar va o'zgarishlar joriy etilishi kutilmoqda. Xususan, qonunda Diniy ta'lim, konfessiya, missionerlik, prozelitizm, mahalliy diniy tashkilot, diniy ta'lim muassasasi hamda diniy mazmundagi material kabi atamalarga ta'rif berilmoqda va ularning qo'llanishiga doir normalar kiritilmoqda, "xususiy tartibda diniy ta'lim berish" jumlasi "ota-onalarning yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning o'z farzandlariga diniy ta'lim berishi mustasnodir" degan qo'shimcha bilan to'ldirilmoqda, fuqarolarning jamoat joylarida diniy libosda yurishiga doir cheklov olib tashlanmoqda, ushbu sohada foliyat ko'rsatuvchi organlarning vakolatlari bel-gilanmoqda, diniy tashkilotlarning buzilgan huquqlari yuzasidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanmoqda va ushbu mazmundagi shikoyatlar davlat boji tolashdan ozod qilinmoqda, diniy tashkilotlarning huquq va majburi-yatlari belgilab berilmoqda, qonunga xilof bo'lmagan diniy adabiyot va materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish huquqi faqatgina diniy tashkilotning markaziy organiga emas, balki barcha jismoniy va yuridik shaxslarga berilmoqda, diniy tashkilotlarni ro'yxatdan o'tkazishdagi davlat xizmatlari ko'rsatish tartibi bel-gilanmoqda va boshqa shu kabi o'zgarishlar ko'zda tutilmoqda.

So'nggi yillarda ushbu sohadagi ayrim "kamchilik"larning bartaraf etilishi O'zbekistonning xalqaro ham-jamiyat oldidagi nufuziga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Xususan, AQSH davlat kotibi Mark Pompeo 2020-yil 7-dekabrdagi bayonotida O'zbekistonni maxsus kuzatuv ro'yatidagi davlatlar qatoridan chiqarilganini ma'lum qildi va buni quyidagicha izohlaydi: "Ijobiy o'zgarishlar ham bor. Sudan va O'zbekiston maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro 'yxatidan chiqarildi, chunki hukumatlar o'tgan yil davomida salmoqli va konkret o'zgarishlarqildi".2019-yil 18-dekabrda AQSH davlat kotibi tomonidan O'zbekistonning maxsus kuzatuv ro'yxatidagi o'rni yuqorilagan edi, avvalroq davlatimiz 2006-2017 yillar davomida alohida tashvish uyg'otadigan mamlakatlar qatoridan 2018-yil ushbu ro'yxatga kiritilgan edi.

Afsuski, ushbu qonunda ham ayrim kamchiliklar ko'zga tashlanadi, jumladan, fuqarolarning diniy erkinligi ma'lum darajada hudud bo'yicha cheklanganligiga guvoh bo'lamiz. Birinchidan, avvalgi tahrirdagi qonunda "Har-biy qismlarning qo'mondonligi harbiy xizmatchilar bo'sh vaqtlarida ibodatda va diniy rasm-rusumlarni bajarishda ishtirok etishlariga to'sqinlik qilmaydi" degan qoida nazarda tutilgan edi. Lekin yangi qonun loyihasida nafaqat xarbiy qismlar, balki qonunda belgilangan ibodat joylaridan tashqaridagi e'tiqod masalalariri hamochiq qoldiril-gan. Bu esa diyorimizda yuz berayotgan ayrim mojarolarning asosiy sababi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ikkin-chidan, ayrim mutahasislarning fikricha "Vijdon erkinligi" va "din erkinligi" atamalari o'zaro farqlidir. "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi"ning 18-moddasida ham ushbu huquqlar alohida tartibda ta'kidlab o'tiladi. Chunki, vijdonning mavjudligi - bu mavhum masaladir. Aksincha, ushbu qonunni "Diniy e'tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonun tarzida qabul qilish masadga muvofiq bo'ladi va bu nom qonunda nazarda tutilgan barcha shaxslarning din va e'tiqodni tanlashdagi erkinligini o'zida ifoda etadi. Bularning barchasi amalga oshiri-layotgan ishlar ko'lami qanchalar sayoz ekanligini va bu sohada qilinishi kerak bo'lgan ishlarning ahamiyatini ko'rsatib turibdi.

Adabiyoti

l.O'zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinliklari to'g'risida" gi qonuni, Qonun hujjatlari to'plami, https://lex.uz/docs/-5491534.

2."Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" https://constitution.uz/oz/pages/humanrights 3.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, https://constitution.uz/oz.

4.www.lex.uz/

5.gov.uz/

6.regulation.uz

JALILOVA SARDORA ABDUROZIQ QIZI- Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'qituvchisi. KATTABAYEVA SEVARA SAFAROVNA - Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'qituvchisi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.