Научная статья на тему 'DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISHNING JINOIY-HUQUQIY JIHATLARI'

DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISHNING JINOIY-HUQUQIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1051
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diniy tashkilot / vijdon erkinligi / diniy marosim / diniy konfessiya / diniy ta’lim muassasasi. / religious organization / freedom of conscience / religious ceremony / religious denomination / religious educational institution.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Obidova, Umida Miryunus Qizi

Mazkur maqolada vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilma sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan diniy tashkilotlarning huquqiy maqomi, uning diniy ehtiyojlarni qondirishdagi o‘rni, huquqlari hamda majburiyatlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, diniy tashkilotlar faoliyatining huquqiy asoslari, diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hamda ularni buzganlik uchun javobgarlik masalalari o‘rganilgan. Maqolada milliy jinoyat qonunchiligimizning tegishli masala bo‘yicha amaldagi holati, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi qiyosiy tahlil qilingan holda o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CRIMINAL LEGAL ASSIGNMENTS OF VIOLATIONS OF LEGISLATION ON RELIGIOUS ORGANIZATIONS

This article analyzes the legal status of religious organizations, their role, rights and obligations in meeting religious needs, which are important as a structure that guarantees freedom of conscience. In addition, the legal framework for the activities of religious organizations, the legislation on religious organizations and the issues of liability for their violation were studied. The article examines the current state of national criminal law on the relevant issue, a comparative analysis of the experience of developed countries.

Текст научной работы на тему «DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISHNING JINOIY-HUQUQIY JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

DINIY TASHKILOTLAR TO'G'RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISHNING JINOIY-HUQUQIY JIHATLARI

Obidova Umida Miryunus qizi,

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat qo'nunchiligini qo'llash nazariyasi va amaliyoti" mutaxassisligi magistranti E-mail: obidovaumida@mail .ru

+998949280414

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilma sifatida muhim ahamiyatga ega bo 'lgan diniy tashkilotlarning huquqiy maqomi, uning diniy ehtiyojlarni qondirishdagi o'rni, huquqlari hamda majburiyatlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, diniy tashkilotlar faoliyatining huquqiy asoslari, diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunchilik hamda ularni buzganlik uchun javobgarlik masalalari o 'rganilgan. Maqolada milliy jinoyat qonunchiligimizning tegishli masala bo 'yicha amaldagi holati, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi qiyosiy tahlil qilingan holda o'rganilgan.

Kalit so'zlar: diniy tashkilot, vijdon erkinligi, diniy marosim, diniy konfessiya, diniy ta 'lim muassasasi.

УГОЛОВНО-ПРАВОВЫЕНАЗНАЧЕНИЯНАРУШЕНИЙ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА О РЕЛИГИОЗНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Обидова Умида Мирюнус кизи,

Ташкентский государственный юридический университет, магистр теории и практики уголовного права эл.почты: obidovaumida@mail .ru

В данной статье анализируется правовой статус религиозных организаций, их роль, права и обязанности в удовлетворении религиозных потребностей, которые важны как структура, гарантирующая свободу совести. Кроме того, были изучены правовые основы деятельности религиозных организаций, законодательство о религиозных организациях и вопросы ответственности за их нарушение. В статье рассматривается современное состояние нашего отечественного уголовного законодательства

+998949280414

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

по актуальной проблеме с проведением сравнительного анализа опыта развитых зарубежных стран.

Ключевые слова: религиозная организация, свобода совести, религиозный обряд, религиозное вероисповедание, религиозное образовательное учреждение.

CRIMINAL LEGAL ASSIGNMENTS OF VIOLATIONS OF LEGISLATION ON RELIGIOUS ORGANIZATIONS

Obidova Umida Miryunus kizi

Tashkent State Law University, Master's degree in Theory and Practice of

Criminal Law e-mail: obidovaumida@mail .ru +998949280414

ABSTRACT

This article analyzes the legal status of religious organizations, their role, rights and obligations in meeting religious needs, which are important as a structure that guarantees freedom of conscience. In addition, the legal framework for the activities of religious organizations, the legislation on religious organizations and the issues of liability for their violation were studied. The article examines the current state of national criminal law on the relevant issue, a comparative analysis of the experience of developed countries.

Keywords: religious organization, freedom of conscience, religious ceremony, religious denomination, religious educational institution.

KIRISH

Vijdon erkinligi bu fuqarolarning xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik bo'yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Fuqaro dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta'lim olishga nisbatan o'z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo'l qo'yilmaydi [1]. Fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan biri diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Diniy tashkilotlar deganda ixtiyoriy, teng huquqli, diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga ko'maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish ko'radigan o'z-o'zini boshqaruvchi uyushma tushuniladi. 2021 yil 5 iyuldagi O'RQ-699-sonli "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonunining 3-moddasiga ko'ra, diniy tashkilot —

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

fuqarolarning belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan, birgalikda dinga e'tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o'z ishtirokchilari (a'zolari) o'rtasida taqsimlamaydigan ko'ngilli birlashmasi (mahalliy diniy tashkilot, diniy ta'lim muassasasi va diniy tashkilotlarning O'zbekiston Respublikasi bo'yicha markaziy boshqaruv organi).

Fuqaroning biror diniy tashkilotga a'zoligi uning boshqa shaxslar bilan tengligini cheklab qo'ymaydi. Diniy tashkilotlardagi eng muhim belgi - o'zini o'zi boshqarishi va davlatdan ajratilganligi. Bunda shunisi ahamiyatliki, agar diniy tashkilot faoliyati qonunchilikka zid kelsagina, davlat tashkilotning ichki aqidaviy ishlariga aralashishni boshlaydi, o'shandagina ular o'rtasidagi chegara buziladi.

Diniy tashkilotlar tashkil topish, ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga ega. Ular o'z ustavlari asosida faoliyat yuritadi. O'zbekiston Musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovining Toshkent va O'rta Osiyo Yeparxiyasi, masjidlar, cherkovlar, o'quv yurtlari, mahalliy tashkilotlar o'z boshqaruv organlariga ega va ular ierarxiya tizimida tashkil topgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har qanday uyushma diniy tashkilot sifatida Adliya vazirligi (respublika) va viloyat tuman shahar (hududiy) adliya boshqarmalari tomonidan ro'yxata olinib, yuridik shaxsga aylanadi.

Boshqa tuzilmalarga o'xshab diniy tashkilotlarning ham bir qator majburiyatlari bo'lib, ular O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga va o'z ustavi qoidalariga rioya etishi; ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar yoki marosimlar uchun mo'ljallangan joylarda qulay shart-sharoitlar yaratishi; diniy tashkilot egaligida (foydalanishida) bo'lgan moddiy madaniy meros ob'ektlarining but saqlanishini ta'minlashi, bunda madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni majburiy tartibda bajarishi, arxitektura yodgorliklarini restavratsiya qilish bo'yicha loyiha hujjatlari asosida qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirishi; adliya organlarini tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar va boshqalar, bundan diniy rasm-rusumlar va marosimlar mustasno) erkin o'tkazilishida ko'maklashish uchun ularning o'tkazilishi to'g'risida xabardor etishi; adliya organlarini rahbar organning tarkibi o'zgarganligi to'g'risida ushbu qaror qabul qilingan kundan e'tiboran bir oy ichida xabardor qilishi; adliya organlariga o'zining

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'tgan yilgi faoliyati to'g'risida belgilangan shaklda har yili axborot taqdim etishi shart.

Diniy tashkilotlar o'z faoliyatini qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Diniy tashkilotlar davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining diniy tashkilotlar huquqlari va erkinliklarini buzuvchi harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to'lashdan ozod etlganligi davlatimizda diniy tuzilmalarga keng imkoniyat va yengillik berilganligidan dalolat beradi.

Shu o'rinda xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Kanadada din erkinligi "Kanada Inson huquqlari va erkinliklari xartiyasi" va "Kanadaning Inson huquqlari to'g'risidagi qonuni" bilan himoyalangan[2]. Inson huquqlari bo'yicha federal va provinsiya qonunlari diniy sabablarga ko'ra kamsitishni taqiqlaydi. Shuningdek, qonun diniy guruhlarni ro'yxatdan o'tkazishni talab qilmaydi. Agarda diniy tashkilot notijorat tashkilot sifatida ro'yxatdan o'tishni istasa, Kanada daromad agentligining xayriya ishlari bo'limida ro'yxatdan o'tkaziladi va diniy guruhlarga soliqdan ozodlik maqomi beriladi. Soliqdan ozodlik maqomiga ega bo'lish va uni saqlab qolish uchun guruh siyosiy bo'lmagan bo'lishi va davriy tekshiruvlardan o'tishi kerak. Bundan tashqari, ruhoniylar azolariga turli federal imtiyozlar beriladi, jumladan, soliq kodeksi bo'yicha uy-joy imtiyozlari [3]. Soliqdan ozod qilingan diniy guruhlarga xayr-ehson qilgan fuqarolar federal daromad solig'i chegirmalariga ega bo'lish huquqini beruvchi federal soliq kvitansiyasini oladilar.

Kanadada diniy ta'lim beruvchi tashkilotlar uchun ham bir qancha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, 6 ta viloyat o'z hududida joylashgan diniy maktablarni to'liq yoki qisman moliyalashtiradi. Yaponiya davlatida esa din erkinligi Konstitutsiyaning o'zidayoq kafolatlangan. Davlatdan esa diniy ta'lim berish yoki boshqa diniy faoliyat bilan shug'ullanishdan tiyilish talab qilingan[4]. O'z navbatida, diniy tashkilotlarga har qanday siyosiy hokimiyatni amalga oshirish taqiqlangan. Hukumat diniy guruhlardan ro'yxatdan o'tish yoki ariza berishni talab qilmaydi. Agar diniy guruh qonunchilikdagi qoidalarni buzsa, hokimiyat diniy korporatsiyaning notijorat faoliyatini bir yilgacha to'xtatib qo'yish huquqigaega.

Germaniyada diniy va mafkuraviy jamoalarga Germaniya Konstitutsiyasining 4-moddasida alohida asosiy huquqlar berilgan. Nafaqat xristian cherkovlari, asosan Rim-katolik cherkovi va protestant cherkovi, balki iudaizm, islom va buddizm kabi dunyoning buyuk dinlari jamoalari hamda Baxay va Iegova kabi kichikroq diniy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jamoalar ham ushbu himoya ostida rivojlangan. Bu xilma-xillik Germaniyada har bir kishi o'z manaviy uyini topishini taminlaydi.

Germaniya hukumati cherkovlar va boshqa diniy jamoalarni diniy erkinlik berish orqali himoya qiladi. Bundan tashqari, hukumat qonunchiligida diniy va mafkuraviy jamoalar uchun ko'plab maxsus qoidalar va imtiyozlar nazarda tutilgan. Ulardan eng mashhuri va eng muhimi - xayriya va soliqdan ozod qilingan tashkilot maqomini berishdir. Germaniya soliq organlari tomonidan etirof etilgan xayriya tashkiloti sifatida diniy tashkilot ko'pgina soliqlarga (masalan, korporativ daromad solig'i, savdo solig'i, ko'chmas mulk solig'i va boshqalar) javobgar bo'lmasdan ishlashi mumkin.

Diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunchilik hamda ularni buzganlik uchun javobgarlik masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, Jinoyat kodeksining 145-moddasida vijdon erkinligini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Moddaning birinchi qismiga ko'ra, diniy tashkilotning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni o'tkazishga to'sqinlik qilish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

"Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risida"gi xalqaro Paktning 18-moddasi 1-qismi va "Inson huquqlari umumiy Deklaratsiyasi"ning 18-moddasi bir-biridan farq qilmaydi va 145-modda ham shu halqaro hujjatlarga muvofiq ravishda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan.

Mazkur modda O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 maydagi qonuniga ko'ra Jinoyat kodeksiga kiritilgan. Mazkur moddada nazarda tutilgan jinoyat o'ziga hos hususiyatga ega bo'lib, uch qismdan iborat bo'lgan modda 3 hil ob'ektga zarar yetishini ko'rsatadi. Masalan, diniy tashkilotning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni o'tkazishga to'sqinlik qilishda jinoyat ob'ekti - diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyati,

voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o'qitishda — fuqarolarning hoxlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqi bo'lsa,

fuqarolarning o'z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga to'sqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yig'im undirish va soliq olish bilan yoxud shaxsning sha'ni va obro'sini kamsituvchi chora -tadbirlar qo'llash bilan yoki diniy ta'lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

e'tiqod qilish yoki e'tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o'z munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bog'liq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar o'tkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazilishda— fuqarolarning sog'lig'i hisoblanadi.

Mazkur moddada nazarda tutilgan jinoyatning ob'ektiv tomonini tahlil qilganda aytish kerakki, diniy marosimlarni o'tkazishga to'sqinlik qilish uchun moddaning birinchi qismida javobgarlik belgilangan.

Diniy marosim diniy ye'tiqod, ibodatning amaldagi ko'rinishi, barcha dinning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Qadimda odamlar g'ayritabiiy kuchlarga turli marosimlar orqali ijobiy yoki salbiy ta'sir yetish mumkin deb hisoblaganlar. Islom dinida aqiqa, amri ma'ruf, xatna, ro'za tutish va ramazon hayiti, qurbonlik qilish va qurbon hayiti, namoz, haj, janoza, sunnat, nikoh, dafn kabi diniy marosimlar bor. Yahudiylikda — ibodat, shanba kuni, tug'ilish, diniy balog'at, nikoh va dafn marosimlari alohida o'rin tutadi. Xristian dini marosimlari misteriyalar ta'sirida shakllangan va asosan Iso Masiq shaxsi bilan bog'liq. Xristianlikdagi pravoslav va katoliklar yetti sirli marosim — cho'qintirish, non va vino totish, hushbo'y moy surish, badanni yog'lash, nikoh, tavba-tazarru va kashishlik (rohiblikka qabul qilish)ni tan oladilar. Protestantlar yesa faqat cho'qintirish, non va vino totish marosimini ye'tirof qiladilar. Buddizmda yertalabki va kechki ibodat, monaxlarga oziq-ovqat keltirish, tiyilish kuni, dunyoga kelish va balog'atga yetishini nishonlash, nikoh, yangi uyga ko'chish, ajdodlarni xotirlash va dafn marosimlari mavjud.

Diniy marosimlarda qatnashish fuqarolarning xususiy ishidir va hech qanday huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. Diniy marosimlar ibodatxonalarda, diniy tashkilot muassasalarida, ziyoratgohlarda, qabristonlarda, fuqarolarning xonadonlari va uylarida o'tkaziladi.

Moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan diniy marosimlarni o'tkazishga to'sqinlik qilish uchun javobgarlikda aynan qayerda o'tkazilayotgan diniy marosim ekanligi ko'rsatilmagan. Demak, qayerda bo'lishidan qat'iy nazar, uyda yoki diniy tashkilot hududida bo'lishidan qatiy nazar, diniy marosimlarni o'tkazishga to'sqinlik qiluvchi hatti-harakatlar - marosim o'tkazishga yo'l qo'ymaslik uchun javobgarlik belgilangan.

Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish har xil usullar orqali amalga oshirilishi mumkin. Masalan, bolaga pul taklif qilish, yaxshigina moddiy manfaatdorlik, biror garoyib yoki qimmat buyum sovg'a qilish. Jalb etishning aynan qanday usulda amalga oshirilishi qonunchilik tomonidan cheklanmaganligi sababli

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qaysi usulda amalga oshirilsa ham javobgarlik keltirib chiqaradi. Bunda bolani diniy tashkilotga jalb etishda bolaning ixtiyoriy rozi bo'lganligi yoki bo'lmasligi ahamiyatga ega emas.

Lekin dinga o'qitish bundan farqli bo'lib, shaxsni voyaga yetmagan bolalarni dinga o'qitishda ayblab javobgarlikka tortish uchun voyaga yetmagan bolaning ixtiyoriga yoki ota-onasi ixtiyoriga zid ravishda bo'lishi javobgarlikning zaruriy sharti hisoblanadi. Agar ota-onani roziligi bilan bolani dinga o'qitilsa, hech qanday javobgarlik keltirib chiqarmaydi.

Moddaning 3-qismiga nazar tashlaydigan bo'lsak, fuqarolarning o'z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga to'sqinlik qilish bilan bog'liq diniy faoliyat yuritish deganda masalan biror diniy tashkilot rahbari fuqaroni o'zining fuqarolik burchini bajarishga to'sqinlik qilsa javobgarlik keltirib chiqaradi. Fuqarolik burchlari deganda masalan soliq va mahalliy yig'imlarni to'lash (Konstitutsiyasi 51-modda), O'zbekiston Respublikasini himoya qilish (52-modda) kabi burchlarini keltirish mumkin. Fikrimizcha, shaxsni harbiy hizmatga ketishiga to'sqinlik qilib, majburan dinga yo'naltirish ham aynan fuqarolik burchlarini bajarishlariga to'sqinlik qilish bilan bog'liq diniy faoliyat yuritish hisoblanadi.

Bugungi kunda diniy tashkilotlarga bo'lgan e'tibor - fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida so'nggi 3 yil davomida diniy bag'rikenglikni ta'minlash sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

BMT Bosh Assambleyasi 2018 yil 12 dekabrda "Marifat va diniy bag'rikenglik" rezolyutsiyasini qabul qildi. Hujjat loyihasini O'zbekiston ishlab chiqqan edi BMTning barcha a'zo davlatlari loyihani ma'qullashdi. Rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017 yilning sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan.

2018 yil 16 apreldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3668-sonli Qaroriga muvofiq Qo'mita huzurida faoliyat yuritadigan jamoyatchilik-maslahat organi hisoblanmish konfessiya ishlari bo'yicha Kengashning yangi tarkibi tasdiqlanib kengash tarkibi 9 tadan 17 ta a'zoga - O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi. [5].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2019 yil 4 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4436-sonli qaroriga muvofiq Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Ishki ishlar vazirligi O'zbkiston Yoshlar Ittifoqi O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi bilan jamiyatda vijdon erkinligi va diniy-ma'rifiy muhit barqarorligi kafolatlarini ta'minlash maqsadida mustahkam va doimiy hamkorlikni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi.

Ayni paytda davlatimizda ja'mi 2276 ta diniy tashkilot, 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Buxoriylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi shuningdek, O'zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko'rsatmoqda. [6].

Xulosa qilib aytganda, diniy tashkiltlar to'g'risidagi qonunchilikni buzishning jinoiy-huquqiy jihatlari tahlili jarayonida amaldagi Jinoyat Kodeksining 145-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan diniy marosimlarni o'tkazishga to'sqinlik qilish uchun javobgarlikda aynan qayerda o'tkazilayotgan diniy marosim ekanligi ko'rsatilmagan. Demak, qayerda bo'lishidan qat'iy nazar, uyda yoki diniy tashkilot hududida o'tkazilayotgan bo'lishidan qatiy nazar, diniy marosimlarni o'tkazishga to'sqinlik qiluvchi hatti-harakatlar - marosim o'tkazishga yo'l qo'ymaslik uchun javobgarlik belgilangan. Lekin qonun chiqaruvchi diniy marosimlarni o'tkazish boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur etkazmasligi lozimligini inobatga olgan holda, normaga aniqlik kiritishi, javobgarlik keltirib chiqarish uchun shaxs qonun hujjatlariga rioya etgan holda o'tkazilayotgan diniy marosimga to'sqinlik qilishini aniqlashtirishi lozim.

Ikkinchidan, shaxsni voyaga yetmagan bolalarni dinga o'qitishda ayblab javobgarlikka tortish uchun voyaga yetmagan bolaning ixtiyoriga yoki ota-onasi ixtiyoriga zid ravishda bo'lishi javobgarlikning zaruriy sharti hisoblanadi. Demak, agar ota-onani roziligi bilan bola dinga o'qitilsa, hech qanday javobgarlik keltirib chiqarmaydi. Vaholanki, ba'zi ota-onalarning soddaligi yoki dinni chuqur bilmasligi o'zi bilan birga bolasining ham har hil oqimlarga kirib ketishiga sabab bo'layotganligi ayni haqiqat. Shuning uchun mazkur normaga o'zgartirish kiritish, ota-onaning ixtiyori va roziligi masalasini dinga o'qitish asosi sifatidan chiqarish maqsadga muvofiq bo'lardi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni., 4-modda. Toshkent sh., 2021 yil 5 iyul, O'RQ-699-son.

2. https://settlement.org

3. https://www.state.gov

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. https://www.jstor.org

5. https:/uz.wikisko.ru

6. https: //www.strategy. uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.