MEDIAMAKONDA YOSHLAR DUNYOQARASHINI MISSIONERLIK FAOLIYATI TA'SIRIDAN ASRASH
OMILLARI
*AbduHayev Akmal Nasriddinovich, 2Karimov Islomjon Isroiljon o'g'li
1NamDPI dotsenti, 2NamDPI magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11224697
Annotatsiya. Ushbu maqolada axborot asri tahdidlaridan biri xisoblangan missionerlik faoliyatining mohiyati, jamiyatning salmoqli qismi bo'lgan yoshlarga ta 'siri va bunga qarshi qarshi kurashning dolzarb masalalari to'g'risda muloxaza yuritiladi.
Kalit so'zlar: vijdon erkinligi, mediamakon, kolonializm, mafkura, ijtimoiy hayot, diniy sektalar, milliy adovat, nafrat jinoyatlari, aqidaparastlik.
Abstract. This article discusses the nature of missionary activity, which is considered one of the threats of the information age, its impact on young people, who are a significant part of society, and the actual issues of combating it.
Keywords: freedom of conscience, media space, colonialism, ideology, social life, religious sects, national enmity, hate crimes, bigotry.
Аннотация. В данной статье рассматривается сущность миссионерской деятельности, которая считается одной из угроз информационного века, ее влияние на молодежь, составляющую значительную часть общества, и актуальные вопросы борьбы с ней.
Ключевые слова: свобода совести, медиапространство, колониализм, идеология, общественная жизнь, религиозные секты, национальная вражда, преступления на почве ненависти, фанатизм.
Hozirgi kunda butun dunyoda missionerlik faoliyati bilan bog'liq dolzarb masalalar barcha davlatlar uchun baxsli muammolardan biriga aylangan. Shunday ekan missionerlik nimani anglatishi va uning tarafdorlari kimlar ekanligini bilish jamiyatning har bir a'zosi uchun muxim mas'uliyatdir. Missoner o'z dinini targ'ib qilish yoki odamlarga ta'lim, savodxonlik, ijtimoiy adolat, sog'liqni saqlash va iqtisodiy rivojlanish kabi xizmatlar ko'rsatish maqsadida biror hududga yuborilgan diniy guruh a'zosidir [1]. Missionerlik vakillari o'zga dinga e'tiqod qiluvchilarni turli uslublar bilan o'z taraflariga og'dirishga urinadilar va ularning faoliyati ba'zi ijobiy samaralarga ega bo'lsada, bir qator vayronkor maqsadlarga ham yo'l ochmoqda. Jumladan, missionerlik faoliyati vakillarining mediamakondan g'arazli maqsadlar yo'lida foydalanishlari natijasida ko'plab davlatlar qatori yurtimizda ham missionerlik faoliyati taqiqlangan. "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonunning 7-moddasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasida missionerlik harakati man etiladi [2].
Avvalambor, missionerlik mohiyatan koloniallashtirish (Mustamlakachilik siyosatini amalga oshirish) siyosatini dastaklashi bilan jamiyat uchun havflidir. Missionerlar dastlab o'z missiyalarini amalga oshirayotgan maxalliy hududda bir qator ijobiy o'zgarishlar uchun yordam beradilar va axborot vositalari orqali mahalliy axolini o'zlariga tarafdorligiga erishilishi uchun harakat qiladilar. Keyinchalik esa, uning davlat tuzumi va mustaqilligiga tahdid soladilar. Bunga misol sifatida Yevropa mustamlakachilariga faol yordam bergan nasroniy missionerlari faoliyatini kelitirishimiz mumkin. XX-asrgacha bo'lgan davrda nasroniy diniga e'tiqod ustunlik qiluvchi
jamiyatlar rivojlanib siyosiy, iqtisodiy va boshqa jihatlarda taraqqiyotga erishgani missionerlar faoliyatiga katta madad bo'ldi. Mustamlakachilik xarakati natijasida bosib olingan dunyoda hukmron davlatlar tomonidan Afrika va Osiyoning bir qator mamlakatlarida nasroniylik dini tarqatila boshladi. Ko'p yillar davomida Islom diniga e'tiqod qilib kelgan Sudan davlatida missionerlar faoliyati natijasida fuqarolar urushi bo'lib, davlat musulmonlar va nasroniylar toifalariga bo'linib ketdi.
Ikkinchidan, missionerlik mafkurasi vijdon erkinligi huquqini amalda yo'q qilishga urinishi bilan ham jamiyat uchun real tahdidga aylanadi. Bunday jarayonlar Yevropa davlatlarida nasroniy missionerlarining boshqa dinlarga, jumladan, islomga nafrati va ularga qarshi kayfiyatni turli usullarda qo'llab quvvatlab kelayotgani ham ko'rsatadi. Fransiyada diniy adovatni qo'zg'atuvchi matbuot organi bo'lmish "Sharli Hebdo" karikaturachi jurnali orqali esa so'z erkinligi himoyasi baxonasi bilan Islom diniga qarshi mazmundagi materiallar tayyorlanmoqda.
Yevropa davlatlarida sun'iy avj oldirilayotgan islomofobia mafkurasi yana ko'plab shunday kitoblar orqali targ'ib etilmoqda. Islomofobia avj olayotgan mamlakatlarda muqaddas kitoblar va shaxsiyatlarga nisbatan haqorat, zo'ravonlik, qarshilik kabi harakatlar misolida ko'riladigan bo'lsa, boshqa din vakillariga nisbatan bunday harakat kamdan-kam uchraydi. Demokratiyaning davlat siyosati darajasiga chiqishi bilan dunyoda vijdon erkinligi xalqaro huquq normalari bilan kafolatlangan bovlsada, islom diniga nisbatan qilinayotgan ushbu mafkuraviy tazyiqlar insonlarning so'z va fikr erkinligining jamiyatda qaror topayotganining dalili sifatida noto'g'ri yondashuv bilan hayotga tadbiq etilmoqda.
Uchinchidan, missionerlar o'z media vositalari orqali firibgarlik yo'li bilan boylik orttirishga harakat qiladilar xamda buni din yo'lida sahovat qilishga targ'ib va boshqa nomlar bilan ataydilar. Butun dunyo bo'ylab xristian dini ulamolarining ko'plari shunday firibgar diniy sektalardan biri bo'lgan "Iyegova shohidlari" sektasini hatto xristianlik diniga aloqasi yo'q deb ta'kidlaydilar. U holda o'zlarini xristianlar deb ataydigan ushbu guruxning asl maqsadlari nimalardan iborat degan savol paydo bo'lishi tabiiy. Ularning asosiy maqsadlaridan biri o'z ergashuvchilarini firibgarlik yo'li bilan aldab moddiy mablag'larini o'zlashtirishdir. Bunda ular dindan foydalanadilar va axborotlashtirish orqali ergashtiruvchilarini bunga ishontiradilar. Iyegova shohidlari tomonidan tashkil etilgan diniy majlislarda kim ularning rahnamolariga nisbatan e'tiroz bildirilsa, e'tirozlarni qabul qilmaydilar va e'tirozchilarni saflaridan chiqarib yuboradilar. Bu esa ularning axborot siyosati faqat bir yoqlama fikrlashga o'rgangan insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Ular nashr etuvchi nashrlarni sotib olish majburiy va har bir oila a'zosi uchun hattoki u yangi tug'ilgan chaqaloq yoshida bo'lsa ham majburidir. "Iyegova shohidlari" rahnamolari tomonidan bir necha marotaba qiyomat qoim bo'lishi va'dasi berilgan va bunday sanalar ko'p marta o'zgartirilgan. Ushbu davrlarda esa rahnamolar va ruhoniylar tomonidan ergashuvchilarni ehson qilib qiyomatgacha poklanishga buyurilgan holda ko'plab mol-mulklariga ega bo'lib olganlar.
To'rtinchidan, missionerlik faoliyatining asosiy faoliyat sohasi ta'limga yo'nalib borayotgan bir paytda, mafkuraviy jihatdan bo'shliq yuzaga kelgan bir qator jamiyatlarda o'z cherkovlarini tashkil etish va noqonuniy diniy materiallarni tarqatishga urinishida ko'rinadi. Ularning mazmunini ko'pincha bir dinga undashgina emas, boshqa bir dinga nisbatan adovat hissini shakllantirish orqali bo'ladi. Umuman olganda bunday qo'llanmalar va darsliklarning ma'lumotlari qanchalik haqqoniy yoritilgani va mafkuraviy jihatdan yondashilgani noma'lum bo'lganidan keng kitobxonlar ommasiga tasarruf etishdan avval tekshiruvdan o'tkazish lozim.
Dunyo miqyosida islom dini eng tez o'sib borayotgan din ekanligi natijasida ushbu dinga nisbatan asosiy mafkuraviy kurash ketayotganini ayon bo'lib turibdi.
Nasroniylik e'tiqodidagi "Iyegova shohidlari" diniy firqasi misolida ko'radigan bo'lsak, bu ta'limotning yo'riqnomalari muqaddas kitobning, injilning oyatlariga qarama-qarshi keladi va ko'plab masalalar yuzasidan radikal, keskinlik bilan yo'l tutadi. Bu tashkilotning matbuot nashri "Tong qo'riqchisi" jurnali bo'lib, kimki ushbu tashkilot a'zosiga aylanar ekan ushbu nashrni xarid qilishga majbur bo'ladi. Aks holda tashkilot tomonidan bosimga uchraydi. "Iyegova shohidlari" tashkiloti o'z matbuot organlari orqali tashkilot a'zolariga oxirat kuni aniq bo'lgani va ungacha tashkilot a'zolari o'z boyliklaridan tashkilot fondiga "exson" qilishlari kerakligi haqida cho'pchak tarqatib, ko'p marotaba yolg'on xabarlarni tarqatib moliyaviy mablag'larni o'zlashtirib olgani aniqlangan. "Iyegova shohidlari" tashkiloti a'zolari donorlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin emasligi va buning natijasida o'lim topishi ham oddiy holga aylanib qolmoqda. Dunyo bo'ylab 8 miliard insonlar turli yashash sharoitlarida, siyosiy tuzumlarda, dinlarda va jamiyatlarda yashab kelmoqda.
Beshinchidan, turli sekta vakillari tomonidan diniy adovatga va millatlar totuvligiga raxna soluvchi materiallar berib borilishi esa masalaning hatto ijtimoiy-siyosiy miqyosga chiqishi xavfini yuzaga keltiradi. "Iyegova shohidlari" ta'limotiga ko'ra urush qilish va shu tamoyilga ko'ra harbiy hizmatga yollanish ta'qiqlangan. Bir qarashda bu bilan "Iyegova shohidlari" sektasi a'zolari tinchlikparvarlik ruhini targ'ib qilayotgandek tuyuladi. Biroq qaysi davlat yoki millat vakillari harbiy kuchlaridan voz kechsa boshqa millat yoki qudratli harbiy salohiyatga ega davlat tahdidiga uchraydi yoki eng oddiy holda o'sha jamiyatda jinoyatchi to'dalar faoliyatiga yo'l ochiladi. "Iyegova shohidlari" a'zosiga qabul qilingan insonlardan muddatli harbiy xizmatga qatnashishga qarshilik qilishlari kerakligi uqtiriladi. O'zbekiston Respublikasining qonunlariga ko'ra esa, diniy mansubligiga ko'ra cheklovlari uchun ma'lum bir insonlarga istisno tariqasida xizmatdan ozod qilish huquqi berilmaydi. Chunki vatan mudofaa salohiyatini saqlashda ishtirok etish har bir O'zbekiston Respublikasi fuqarosining konstitutsiyaviy burchi xisoblanadi. "Iyegova shohidlari" diniy oqimi a'zolarida insonlar uchun bir qator xavfli hukmlar e'lon etilgan bo'lib, buning natijasida ko'plab insonlar nobud ham bo'lgan. Ularga ko'ra insonning tana a'zolarini boshqa bir insonga ko'chirib o'tkazish, bir bemorning salomatligini asrash uchun boshqa bir insondan (donordan) qon olish mumkin emas.
Har bir jamiyatda missionerlik faoliyatining axborot makonida ildiz otib, muammolarni keltirib chiqarmasligi uchun quyida muxim deb bilgan bir qator chora tadbirlarni taklif qilamiz. Avvalambor, missionerlikning vayronkor g'oyalarni dastaklashi va bu bilan turli murakkab muammolarni paydo qilayotgani ma'lum bo'lib borayotgan ekan ushbu sohada amalga oshirilayotgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish zaruratga aylanadi. Bunda birgina davlatda missionerlikka qarshi kerakli chora-tadbirlar bilan kurash olib borishi yetarli bo'lmasdan, butunjahon, mintaqalar doirasida siyosiy-huquqiy hamkorlik yo'lga qo'yilishi masalaga ijobiy yechim bo'la oladi.
Ikkinchidan, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash bilan unga qarshi kurashish lozim. Bunda asosiy e'tibor qaratiladigan masala mediamakondagi informatsion hurujlarga qarshi yoshlarda sog'lom dunyoqarashni shakllantirish xamda diniy mazmundagi kontentlarning berib borilishini jamiyat hayotiga tahdidi namoyon bo'lganda nazoratga olish kerak bo'ladi. O'zbekiston Respublikasida diniy erkinlikka qarshi qaratilgan ana shunday ommaviy axborot vositalari nazoratga olingan. Aks holda jamiyatning mafkurasiga tajovuzlar sodir bo'ladi.
Missionerlik tashkilotlari tomonidan keng targ'ib etilayotgan Salmon Rushdiyning "Shayton oyatlari" kitobi ko'plab jamiyatlarda diniy adovat va norozichiliklarni keltirib chiqarmoqda. Qur'oni Karimga nisbatan adovat qo'zg'atuvchi ruxda yozilgan ushbu kitobda Islom dinining muqaddas kitobi shayton tomonidan vahiy qilingani da'vo qilinadi. Salmon Rushdiy o'z asarlari uchun ko'plab olqishlarga sazovor bo'lgan, jumladan, Yevropa Ittifoqining adabiyot bo'yicha Aristeion mukofoti, Premio Grinzane Kavur (Italiya), Germaniyada "Yil yozuvchisi" mukofoti va adabiyotning ko'plab oliy mukofotlariga sazovor bo'lgan.[3] Nafaqat noqonuniy darsliklar orqali, balki ijtimoiy tarmoqlar orqali ham mafkuraviy tahdidlar kuchayib bormoqda.
Uchinchidan, Missionerlik natijasida vujudga kelayotgan muammolarni minimallashtirish va axborot hurujlariga qarshi turishda ta'lim tizimi zaruriyatga aylanayotgani borgan sari oydinlashib bormoqda. Missionerlar o'z g'arazli maqsadlariga yetishishda turli kitoblar va ta'lim tashkilotlariga e'tibor qaratayotgan bir davrda ta'lim tizimi mazmunan zamonaviy axborot hurujlariga qarshi kurasha oladigan kuchdir. Birgina misol, eslatib o'tilgan "Qo'riqchi minorasi" nashrining tashkilotchilari bo'lgan "Iyegova shohidlari" diniy oqimidagi ko'plab xususiyatlar hatto siyosiy va ijtimoiy havflarni yuzaga keltiradi. Tashkilotning "Qo'riqchi minora" jurnali oyiga ikki marta 125 tilda, 22 milliondan ortiq nusxada, "Uyg'oninglar!" jurnali oyiga bir marta 81 tilda, 20 million adadda nashr etiladi.[4] Jamiyatning salmoqli qatlami bo'lgan yoshlarning ta'lim darajasini oshirish bilan ularda asoslangan, to'g'ri diniy ta'limotlarni shakllantirish diniy murosasizlik, ekstremizm, terrorizm, missionerlikka qarshi kurashda muxim manbaga aylanishi mumkin.
Xulosa
Xulosa qiladigan bo'lsak, diniy erkinlik va diniy tashkilotlar faoliyati to'g'ri yo'lga qo'yilgan davlatlarda jamiyatning barqarorligi xamda hamjihatligi kuzatilishini e'tiborga olgan holda, mediamakondagi informatsion hurujlardan biri bo'lgan missionerlikka qarshi kurash tinchlik va insonparvarlik g'oyalarining asosi bo'lgan bunyodkor g'oyalarni mustaxkamlaydi. Buning aksi bo'lgan hollarda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolargacha qamrab oluvchi vayronkor g'oyalarga yo'l ochadi.
REFERENCES
1. Thomas Hale 'On Being a Missionary' 2003, William Carey Library Pub.
2. O'zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonuni, 05.07.2021 yildagi O'RQ-699-son. (https://lex.uz/docs/-5491534)
3. Martyris, Nina (20 July 2008). "One more bouquet for Saleem Sinai". The Times of India.
4. Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D. Dinshunoslik. Qomusiy lug'at. - T.: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017. - 480 bet.
5. Abdullayev, A. (2023). FUQAROLIK JAMIYATIDA DINIYLIK VA DUNYOVIYLIK UYG 'UNLIGINI TA'MINLASHNING IJTIMOIY-FALSAFIY OMILLARI. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 3(3), 113-117.
6. Abidjanovich, A. A. (2022). THE NEED TO IMPROVE HUMAN'S NOOSPHERICAL RELATIONSHIP TO NATURE. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(11), 23-30.