Научная статья на тему 'DINIY EKSTERIMIZM BILAN BOG’LIQ BO’LGAN QONUNBUZARLIKLARNING PROFLAKTIKASI'

DINIY EKSTERIMIZM BILAN BOG’LIQ BO’LGAN QONUNBUZARLIKLARNING PROFLAKTIKASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
103
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Eksterimizm / demokratiya / qonunbuzarlik / proflaktika / aqidaparastlik / missonerlik / ma’muriy jazo. / Extremism / democracy / lawlessness / prophylaxis / fanaticism / missionary work / administrative punishment.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — F G‘aniyev

Ushbu maqolada diniy sohadagi qonunbuzarliklarga qarshi yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarning ta’sirchanligini oshirishdagi omillar va diniy sohadagi qonunbuzarliklarga qarshi profilaktik tadbirlar bilan qamrab oluvchi shaxslar to’g’risida yoritilgan. Bundan tashqari, hokimliklar tomonidan diniy-ekstremistik oqimga moyil oilalar bilan ishlash, missionerlik holatlarini oldini olish, diniy muassasalar va ziyoratgohlar faoliyatini samarali tashkil qilishdagi e’tiborga olinadigan tavsiyalar berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREVENTION OF OFFENSES RELATED TO RELIGIOUS EXTREMISM

This article describes the factors that increase the effectiveness of individual preventive measures against violations in the religious sphere and the persons covered by preventive measures against violations in the religious sphere. In addition, the governors gave recommendations to be taken into account in working with families prone to religious-extremist movements, preventing missionary situations, and effectively organizing the activities of religious institutions and shrines.

Текст научной работы на тему «DINIY EKSTERIMIZM BILAN BOG’LIQ BO’LGAN QONUNBUZARLIKLARNING PROFLAKTIKASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

DINIY EKSTERIMIZM BILAN BOG'LIQ BO'LGAN QONUNBUZARLIKLARNING

PROFLAKTIKASI G'aniyev Farrux Taxirjanovich.

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7263776

Annotatsiya. Ushbu maqolada diniy sohadagi qonunbuzarliklarga qarshi yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarning ta'sirchanligini oshirishdagi omillar va diniy sohadagi qonunbuzarliklarga qarshi profilaktik tadbirlar bilan qamrab oluvchi shaxslar to'g'risida yoritilgan. Bundan tashqari, hokimliklar tomonidan diniy-ekstremistik oqimga moyil oilalar bilan ishlash, missionerlik holatlarini oldini olish, diniy muassasalar va ziyoratgohlar faoliyatini samarali tashkil qilishdagi e 'tiborga olinadigan tavsiyalar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Eksterimizm, demokratiya, qonunbuzarlik, proflaktika, aqidaparastlik, missonerlik, ma'muriy jazo.

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ правонарушений, связанных с религиозным

ЭКСТРЕМИЗМОМ

Аннотация. В данной статье описаны факторы, повышающие эффективность мер индивидуальной профилактики правонарушений в религиозной сфере, и лица, на которых распространяются меры пресечения правонарушений в религиозной сфере. Кроме того, акимы дали рекомендации, которые необходимо учитывать при работе с семьями, склонными к религиозно-экстремистским течениям, недопущению миссионерских ситуаций, эффективной организации деятельности религиозных учреждений и святынь.

Ключевые слова: экстремизм, демократия, беззаконие, профилактика, фанатизм, миссионерство, административное наказание.

PREVENTION OF OFFENSES RELATED TO RELIGIOUS EXTREMISM

Abstract. This article describes the factors that increase the effectiveness of individual preventive measures against violations in the religious sphere and the persons covered by preventive measures against violations in the religious sphere. In addition, the governors gave recommendations to be taken into account in working with families prone to religious-extremist movements, preventing missionary situations, and effectively organizing the activities of religious institutions and shrines.

Keywords: Extremism, democracy, lawlessness, prophylaxis, fanaticism, missionary work, administrative punishment.

KIRISH

Eksterimizmning turli ko'rinishlari so'nggi vaqtlarda dunyoning ko'p mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham o'zini namoyon eta boshladi. Turli diniy ekstremistik tashkilotlar ("Hizbut-tahrir", "Tavba") yangidan mustaqillikni qo'lga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda. Ular vaqtinchalik qiyinchiliklarni ro'kach qilib, aholini, ayniqsa, yoshlar ongini aqidaparastlik g'oyalari bilan zaharlamoqda. Farzandlarni yo'ldan urishga, o'z ota-onasiga, aka-ukasiga, o'zi tug'ilib o'sgan maskaniga, davlatiga qarshi qo'yishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda eksterimizmga qarshi kurash o'ta dolzarb vazifa hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ekstremizm (lotincha: — o'ta, keskin degan ma'nolarni anglatadi) — siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. Eksterimizmning siyosiy va diniy ko'rinishlari yaqqol ajralib turadi. Siyosiy eksterimizm namoyandalari o'zlarining g'arazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yo'qotishga harakat qiladi. Bu yo'lda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar "demokratiya" niqobi ostida balandparvoz shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qo'llabquvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga urinadilar, odamlarni gijgijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar[1]. Diniy ekstremizm, avvalo, boshqa konfessiyalarga, ularning vakillariga nisbatan toqatsiz bo'ladi. Diniy tashkilotlardan dunyoviy davlatga qarshi kurashda foydalanadi.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, mazkur muammoni faqat harbiy kuch ishlatish bilan to'la hal etib bo'lmaydi. Ularni takror ishlab chiqarish tizimi saqlanib qolar ekan, qayd etilgan tahdidlar saqlanib qoladi. Diniy ekstremizm va terrorizmni takror ishlab chiqarish tizimining muhim bo'g'inlari aqidaparastlik va terrorizm mafkurasi, ularning ilhomchilari va da'vatchilari, mazkur mafkurani tarqatish kanallari va ular ta'siriga tushayotgan shaxslar hisoblanadi. Shu sababli ilmiy asoslangan, texnologik jihatdan tartibga solingan, dunyoda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga mos axborot-mafkuraviy kurashni aksi targ'ibot ishlarini to'g'ri tashkil etish diniy ekstremizm mafkurasi tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyatda diniy-ekstremistik g'oyalar tarqalishining oldini olishda diniy eksterimizmga moyilligi bor shaxslar va ularning oila a'zolari bilan tashkil etiladigan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar muhim o'rin tutadi[2].

Yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar - davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining jinoyat sodir etishi ehtimoli bor shaxslarni aniqlash, mazkur shaxslar va ularning yon-atrofidagilarga o'z xulqlarini yaxshi tomonga o'zgartirish va jinoyatga moyilliklariga barham berish maqsadida ijobiy ta'sir o'tkazishga qaratilgan faoliyati hisoblanadi. Hozirgi kunda diniy sohadagi qonunbuzarliklarga qarshi yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarning ta'sirchanligini oshirish masalasining dolzarb ahamiyatga ega ekaniga quyidagi omillar sabab bo'lmoqda:

- Aqidaparast oqimlar tomonidan aholining turli qatlamlari ichida targ'ibot-tashviqot ishlari davom etib kelayotgani;

- Diniy eksterimizm oqimga mansub avf etilgan va maxsus ro'yxatdagi shaxslarning ma'lum qismi qarindoshlarini o'z safiga tortayotgani;

- Mehnat migrantlari ichida aqidaparast guruhlar ta'siriga tushib, respublikaga qaytgandan so'ng diniy-ekstremistik faoliyat olib borayotgan shaxslarning mavjud ekani;

- Ayrim dindorlar tomonidan qonunga xilof ravishda "hujra", "namozxona" va "halol fud" tashkil qilinayotgani;

- Aholining muayyan qatlamlari ichida "islomlashuv" jarayonlarining kuchayib borayotgani;

- Ba'zi noislomiy diniy konfessiya va sektalar tomonidan tub aholi ichida missio nerlik faoliyati olib borilayotgani.

TADQIQOT NATIJA

Diniy sohadagi qonunbuzarliklarga qarshi profilaktik tadbirlar bilan quyidagi toifalarga kiruvchi shaxslar qamrab olinishi mumkin:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

1) Ilgari diniy faoliyatni me'yorlovchi qonun va normativ hujjatlaming talablarini buzgani uchun jazo o'tab kelgan va shartli jazolangan shaxslar;

2) Diniy eksterimizm oqim tarkibida jinoyat sodir etgan va missionerlik faoliyati uchun jazolangan shaxslarning oila a'zolari;

3) Noqonuniy diniy jamoalar tarkibida huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar;

4) Turmush tarzida, fe'l-atvorida diniy g'oyalarga mutaassibona yondoshish aks etayotgan va amaldagi dunyoviy qonunlarni buzishga moyillik ko'rsatayotgan shaxslar.

Yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar yuqorida qayd etilgan toifalarga mansub shaxslarga nisbatan ijtimoiy instrument vazifasini o'tab, ularning jamiyat manfaatlariga zid xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan bo'lib, shaxsning jamiyat uchun zararli xulqini qonunga itoatkor sifatga keltirishga xizmat qiladi.

Profilaktika qilinayotgan shaxslarga bevosita tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning tashkiliy shakllaridan biri ijtimoiy foydali mehnatga, jamoat ishlariga va sport musobaqalariga jalb qilish hisoblanib, mazkur ishlarda jamoat tashkilotlari va homiylarning imkoniyatlaridan keng ko'lamda foydalanish mumkin[3].

Tarbiyaviy ishning o'ziga xos shakli jamoatchilik tomonidan profilaktika qilinayotgan shaxsni otaliqqa olish bo'lib, mazkur tadbir profilaktika qilinayotgan shaxsga ijobiy ta'sir ko'rsata oladigan fuqarolar, davlat va jamoat tashkiloti vakillari yordamida amalga oshiriladi.

MUHOKAMA

Yordam ko'rsatish uslubi eng samarali uslublardan biri bo'lib, profilaktika qilinayotgan shaxsni ish bilan ta'minlash, ijtimoiy foydali aloqalar o'rnatishi, hayotda ma qsad va qadriyatlarni belgilab olishiga ko'mak berishni nazarda tutadi. Yordam berishda jamoat, diniy tashkilotlar, ijtimoiy reabilitatsiya markazlari va homiylar imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Mazkur uslub profilaktika qilinayotgan shaxs faoliyat yuritayotgan muhitga ta'sir ko'rsatish usuli bilan ham amalga oshiriladi. Buning uchun, profilaktika qilinayotgan shaxsga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlar o'tkaziladi yoki ularga nisbatan huquqiy choralar ko'riladi, profilaktika qilinayotgan shaxs mazkur muhitdan xalos etiladi (boshqa joyga o'qishga, ishga o'tkaziladi, h.k.).

Majbur etish yakka tartibdagi profilaktik ishlarning asosiy shakllaridan biri bo'lib, u odatda boshqa choralar natija bermaganidan so'ng profilaktika qilinayotgan shaxsga nisbatan qonunchilikning tegishli (fuqarolik, oila, ma'muriy va h.k.) normativ hujjatlarida belgilangan, huquqiy mazmuni va yo'nalishi jihatidan turlicha bo'lgan ta'sir choralarini qo'llashga asoslangan[4].

Amalda ko'proq ma'muriy jazo qo'llash, huquq-tartibot organlari tomonidan rasmiy ogohlantirish e'lon qilish, avval jinoyat sodir etib, jazo o'tab kelgan shaxslarga nisbatan esa nazorat tartibini kuchaytirish kabi usullar qo'llaniladi.

XULOSA

Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda, joylardagi hokimliklar tomonidan diniy-ekstremistik oqimga moyil oilalar bilan ishlash, missionerlik holatlarini oldini olish, diniy muassasalar va ziyoratgohlar faoliyatini samarali tashkil qilishda quyidagilarni e'tiborga olish tavsiya etiladi:

- Joylarda diniy sohadagi faoliyatni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonuni talablari asosida tashkil etish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- Imom-xatiblar va diniy soha vakillarining ilmiy-ijodiy faoliyatini kuchaytirish maqsadida jamiyatdagi dolzarb mavzular bo'yicha risola va maqolalar tayyorlash, OAV va internet saytlarida chiqishlarini aniq reja asosida faollashtirish;

- Avval diniy-ekstremistik oqimlar tarkibida jinoyat sodir etib, avf etilgan yoki jazoni o'tab yashash joyiga qaytib kelgan hamda xorijda ishlab kelgan fuqarolar bilan profilaktika ishlarini tizimli olib borishni yo'lga qo'yish;

- Respublika mutaxassislarini jalb qilgan holda mahalla fuqarolar yig'inlarida uyushmagan yoshlar va vaqtincha ishsiz, uy bekasi bo'lgan xotin-qizlar bilan diniy eksterimizm oqimga qarshi manzilli kompleks targ'ibot tadbirlarini tashkil etish xonadonma-xonadon o'tkaziladigan tushuntirish ishlari va yakka tartibdagi profilaktika ishlariga urg'u berish;

- Imom-xatiblarni ichki ishlar boshqarmalarida diniy eksterimizm oqim ro'yxatlarida turuvchi shaxslar va ularning oila a'zolariga tarbiyaviy va profilaktika ishlari o'tkazish uchun biriktirish, mazkur toifa fuqarolar bilan tizimli ravishda tushuntirish ishlari olib borishni tashkil etish hamda diniy ekstremizm, missionerlik g'oyalari tarqalishiga qarshi kurash, talaba va o'quvchi yoshlarning davomatini mustahkamlash, o'z joniga qasd qilishni oldini olish yo'nalishlarida tizimli ishlarni yo'lga qo'yish;

- Chegara hududlardagi tumanlarda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida estrada xonandalarining konsertlari, kino namoyishlari va hududiy teatrlarning sayyor tomoshalari kabi madaniy ma'rifiy tadbirlarini tashkil etish;

- Diniy eksterimizm oqimga moyilligi bor oilalar farzandlarini sog'lom ma'naviyat shakllantirish maqsadida madaniyat maskanlariga sayohatlarini tashkillash (muzey, teatr, konsert, stadion va h.k.).

Yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo'shish - har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bo'lib qolmog'i lozim.

REFERENCES

1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ekstremizm;

2. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari. Mualliflar jamoasi. — Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2GI3;

3. Abdurasulova Q.R. Diniy ekstremizmning mohiyati va unga qarshi kurash // Inson va qonun. 2GG7 y. 23 iyun;

4. K. Kornilov, O'. Hasanboyev, N. Hoshimov. Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm — jamiyat taraqqiyotiga tahdid. (Ma'rifiy-uslubiy qollanma). — Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2GG9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.