Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON SHAROITIDA FUQAROLARNING DUNYOQARASHINI MAFKURAVIY TAHDIDLARGA NISBATAN LIBERALLASHTIRISHNINNG O‘ZIGA XOS MUAMMOLARI'

O‘ZBEKISTON SHAROITIDA FUQAROLARNING DUNYOQARASHINI MAFKURAVIY TAHDIDLARGA NISBATAN LIBERALLASHTIRISHNINNG O‘ZIGA XOS MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
150
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy qadryatlar / mafkura / siyosat / madaniyat / mafkura / dispatizm / totalitar boshqaruv / Sovet ittifoqi / siyosiy elita / diniy qarashlar / Markaziy Osiyo / yot mafkura / axborot xuruji / etnik xilma-xillik / liberal muhit / qarashlarni liberallashtirish / islohot / ta’lim. / national values / ideology / politics / culture / ideology / dispatism / totalitarian rule / Soviet Union / political elite / religious views / Central Asia / foreign ideology / information attack / ethnic diversity / liberal environment / liberalization of views / reform / education.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mo‘Minxo‘Jayev, Abrorxo‘Ja Muksumxodjaevich

Maqolada o‘zbek xalqining uzoq yillar davomida liberal islohotlardan holi bo‘lgan tuzim tarkibida bo‘lishi oqibatida milliy ong, siyosiy madaniyat, qadryatlar sohalarida rivojlangan davlatlardan ortda qolish sabablari ko‘rib chiqilgan. Muallif tomonidan bu sabablar millatning taroqqiyoti yo‘lidagi to‘siqlar sifatida ko‘rilib, ularga maxkuraviy taxdid sifatida baho berilgan. Maqolada o‘zbek millatining mafkurasiga nisbatan taxdid xisoblangan belgilarga nisbatan qarashlarni liberallashtirish (muammoni tan olish, dushman obrazlaridan vos kechish, natijani emas muammoni ko‘rish, ularda o‘z-o‘zini isloh qilish ehtiyojini ko‘rish) orqali kurash yo‘lini ishlab chiqish zarurati ilgari suriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC PROBLEMS OF LIBERALIZATION OF CITIZENS 'IDEAS IN RELATION TO IDEOLOGICAL THREATS IN UZBEKISTAN

The article discusses the reasons why the Uzbek people lag behind developed countries in the field of national consciousness, political culture and values, due to the fact that for many years the Uzbek people were part of a system devoid of liberal reforms. The author sees these reasons as obstacles to the development of the nation, and assesses them as an ideological threat. The article argues the need to develop a way of struggle through the liberalization of views (recognition of the problem, abandoning the image of the enemy, seeing the problem, not the result, seeing the need for self-reform) on the symbols of the Uzbek nation, which are considered a threat to the ideology.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON SHAROITIDA FUQAROLARNING DUNYOQARASHINI MAFKURAVIY TAHDIDLARGA NISBATAN LIBERALLASHTIRISHNINNG O‘ZIGA XOS MUAMMOLARI»

O'ZBEKISTON SHAROITIDA FUQAROLARNING DUNYOQARASHINI MAFKURAVIY TAHDIDLARGA NISBATAN LIBERALLASHTIRISHNINNG O'ZIGA XOS MUAMMOLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-529-539

Mo'minxo'jayev Abrorxo'ja Muksumxodjaevich

O'zbekiston Respublikasi IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

Respublika ma'naviyat-ma'rifat markazi 23.00.02 (siyosiy insitutlar, jarayonlar, mexanizmlar) yo'nalishi erkin tadqiqodchisi. abrorhuja@bk.ru +998998875699

ANNOTATSIYA

Maqolada o'zbek xalqining uzoq yillar davomida liberal islohotlardan holi bo'lgan tuzim tarkibida bo'lishi oqibatida milliy ong, siyosiy madaniyat, qadryatlar sohalarida rivojlangan davlatlardan ortda qolish sabablari ko'rib chiqilgan. Muallif tomonidan bu sabablar millatning taroqqiyoti yo'lidagi to'siqlar sifatida ko'rilib, ularga - maxkuraviy taxdid sifatida baho berilgan. Maqolada o'zbek millatining mafkurasiga nisbatan taxdid xisoblangan belgilarga nisbatan qarashlarni liberallashtirish (muammoni tan olish, dushman obrazlaridan vos kechish, natijani emas muammoni ko'rish, ularda o'z-o'zini isloh qilish ehtiyojini ko'rish) orqali kurash yo'lini ishlab chiqish zarurati ilgari suriladi.

Kalit so'zlar: milliy qadryatlar, mafkura, siyosat, madaniyat, mafkura, dispatizm, totalitar boshqaruv, Sovet ittifoqi, siyosiy elita, diniy qarashlar, Markaziy Osiyo, yot mafkura, axborot xuruji, etnik xilma-xillik, liberal muhit, qarashlarni liberallashtirish, islohot, ta 'lim.

ABSTRACT

The article discusses the reasons why the Uzbek people lag behind developed countries in the field of national consciousness, political culture and values, due to the fact that for many years the Uzbek people were part of a system devoid of liberal reforms. The author sees these reasons as obstacles to the development of the nation, and assesses them as an ideological threat. The article argues the need to develop a way of struggle through the liberalization of views (recognition of the problem, abandoning the image of the enemy, seeing the problem, not the result, seeing the need for self-reform) on the symbols of the Uzbek nation, which are considered a threat to the ideology.

529

Keywords: national values, ideology, politics, culture, ideology, dispatism, totalitarian rule, Soviet Union, political elite, religious views, Central Asia, foreign ideology, information attack, ethnic diversity, liberal environment, liberalization of views, reform, education.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются причины отставания узбекского народа от развитых стран в области национального самосознания, политической культуры и ценностей из-за того, что на протяжении многих лет узбекский народ был частью свободной от либеральных реформ системы. Автор видит в этих причинах препятствия для развития нации и оценивает их как идеологическую угрозу. В статье выдвигается необходимость разрабатывается способ борьбы с идеологией узбекской нации через либерализацию взглядов (признание проблемы, отказ от образа врага, видение проблемы, а не результата, видеть необходимость самоисправления в проблемах) на символы, несущие угрозу.

Ключевые слова: национальные ценности, идеология, политика, культура, идеология, диспатизм, тоталитаризм, Советский Союз, политическая элита, религиозные взгляды, Центральная Азия, иностранная идеология, информационная атака, этническое разнообразие, либеральная среда, либерализация взглядов, реформа, образование.

KIRISH

Jahon xalqlarining har biri o'z taraqqiyot yo'lini tarixiy tajribasi, madaniyat belgilari va boshqa omillardan kelib chiqib belgilaydi. Ijtimoiy ong va milliy qadryatlarning bir-biriga o'xshamasligi mafkuraviy yo'lning aynan takrorlanmasligini taminlovchi faktorlardandir. Millatning mafkura yo'lini ishlab chiqishi katta intelektual, moddiy va nomoddiy manbalarning jalb qilinishini talab etadigan murakkab siyosiy-ideologik jarayonlardan hisoblanadi.

Ko'pgina xalqlarning mustamlakachilik siyosati, siyosiy bosimlari ostida madaniy va siyosiy mezonlarini shakillantirgan o'zbek xalqining mafkuraviy taxdidlarga nisbatan qarashlarini liberallashtirishda eng katta to'siq bo'ladigan omillar bilan hisoblashmaslikning iloji yo'q albatta.

Sotsologik va psihologik tadqiqodlar hulosalariga ko'ra, o'zbek xalqining yangi tendensiya - mafkuraviy taxdidlarga nisbatan qarashlarni liberallashtirish tendensiyasi yo'lidagi biz ko'rib chiqadigan muammolar turg'un boshqaruv

tizimining uzoq vaqt amalda bo'lishi natijasi bo'lib, ulardan birining mavjud bo'lishi albatta boshqalarining kelich chiqishiga sabab bo'ladi.

Xalqning dispatizmga o'rganib qolingani va boqimandalik kayfiyati

XIX-XX asrlar ilm-fan va texnika sohalarida eng ko'p kashfiyot va yutuqlarini insoniyat tarqqiyoti uchun taqdim qilgan davr bo'ldi. Ayni shunday davrni o'zbek xalqi davlat boshqaruvi avtokratya, totalitarizm va terorga asoslangan davlat tarkibida bosib o'tdi. Hatto ikkinchi jahon urushidan keyingi imperiyalarning kuchsizlanishi soyasida mustamlakalarning ozodlik harakatlari muvoffaqiyati davrida [1;48] ham O'zbekiston va markaziy Osiyo totalitar boshqaruvi tasiriga aksincha, chuqurroq kirib bordi. Sovet ittifoqi hukumati yakka g'oyadan yakka partiyaga, partiyadan yakka siyosiy-ijtimoiy ongga, siyosiy-ijtimoiy ongdan yakka mafkuraga, mafkuradan standartga asoslangan davlat boshqaruvi, [2;29] hatto inson ongi va kayfiyatida ham standartlashtirish va planlashtirish siyosatini olib bordi.

Xalqning mafkurasiga zid bo'lgan boshqaruv shaklidan ozod bo'lish harakatlariga ziyoli va siyosiy faol qatlamning ommaviy qatag'onlari, surgun qilinishlari, repressiyalar, oilalarining taqib ostiga olinishlari bilan javob qaytarildi. Hukumatning ayovsiz qatag'on va terror siyosati, xalq vakillari bilan hech qanday dialogga bormasligi, ziyoli qatlamning butunlay jamyatdan ajratilishi, ularga xalq dushmanlari tamg'alarining bosilishi xalqni avvaliga chidashga keyinchalik esa bu holat tabiiydek ko'nikishiga sabab bo'ldi.

Sovet hukumati davridagi har qanday rahbarning komunistik partiya azosi bo'lishi shart qilib qo'lyilgani, lekin ularning siyosiy jarayonlarga tasir o'tkazish qobilyatisiz qoldirilishi, barcha muhim qarorlar faqat partiya aparati tomonidan qabul qilinishi, partiyaning boshqa azolari esa faqatgina bajaruvchi yoki partiyaning t o'g'ri yo'lda ekanligini ko'rsatuvchi hayrihohlar guruhi bo'lib kelgani O'zbek siyosiy elitasi va siyosiy faollarning despatizm kayfiyatiga sabab bo'ldi.

Dispatizmning uzoq vaqt davom etishi, siyosiy-mafkuraviy hayotda yangilanishalarning yetishmasligi, keyinchalik esa turg'unlik davriga ulanib ketishi, [3] o'zbek jamiyati psixalogiyasida siyosiy boqimandalik kayfiyatining paydo bolishi faktorlari bo'lib xizmat qildi. 80-yillardan jamiyat azolari siyosiy faol bo'lish, davlat va jamiyat qurilishida, boshqaruvida ishtirok etish, siyosiy kuch yoki guruh sifatida shakillanish haqida o'ylamay ham qo'ydi. Bunga yana bir omil qilib 60-80 yillarda partiya boshqaruv aparati hodimlarining o'rtacha yoshi 60-70 [3] yoshlarda bo'lganini ham ko'rsatish mumkin. Ijtimoiy so'rovnomalar va tahlillardan malumki jamiyatning yosh qatlami yangi g'oyalarni yaratish, kishilar hayotini yengillashtirish, liberal ko'rsatkichlarni o'stirish tarafdori bo'lib kelgan. [4;645] Sanab o'tilgan

holatlar komunistik jamiyat fuqorolarida barcha siyosiy islohotlar va qarorlar hukumat tomonidan tuzilishi, joriy etilishi, ularning natijadorligini nazorat qilinishi kerakligi haqida ong osti kayfiyati shakillanishiga olib keldi. Mafkuraviy taxdidlarga nisbatan liberal qarashlarning mavjud bo'lmagani natijasini biz xalqimizning boqimandalikdan qutilish haqidagi fikrlarni faqat iqtisodiy rakurasdan ko'rilishiga olib keldi deb bilamiz.

Xalq ongida "avval iqtisod, keyin siyosat", "iqtisodiyot siyosatdan ustun" kabi hato tushunchalarni yoqlash komunistik davrda hosil b o'lgan dispatizmga ko'nikish va siyosiy boqimandalik kayfiyati natijasi deyish mumkin. Bunday siyosiy ong va kayfiyatning jamiyat taraqqiyotiga havf solishi shubhasizdir. O'z-o'zini boshqarishga qodir bo'lmagan, kuchli ijtimoiy jamiyat qurilishiga, davlatchilik va fuqorolik pozitsiyasiga ega bo'lmagan, siyosiy muammolar qarshisida jamiyat va davlat taqdiriga dahldorlik tuyg'ularisiz xalq ohir oqibatda yana begona siyosiy kuchlar tasir doirasiga tushib qolishi siyosiy aksiomaga aylangan.

Xalqning e'tiqodi va diniy qarashlari

Mafkuralar va g'oyalar kurash maydonida o'z so'ziga ega bolib ulgurgan diniy ekstermizm va terorizm, uchinchi ming yillikdan boshlab qudratli davlatlarni ham o'zi bilan hisoblashishga majbur qilib kelyapti. Ularga qarshi olib borilayotgan harbiy harakatlar ko'lami, harbiy harajatlar natijalar bilan taqqoslansa natijasiz kechyapti deyish mumkin. Diniy ekstrimizm va terrorizm g'oyalari "Arab bahori", Afg'onistonda "Tolibon" guruhining hukumatga kelishidan keyin o'zining keyingi rivojlanish bosqichiga ko'tarilib real siyosiy kuch ko'rinishiga keldi. Olib borilayotgan yarbiy harkatlar, targ'ibot-tashviqot ishlari, taqiblarga qaramay jahon xalqlari orasida bu mafkuralarni moddiy, bevosita yoki bilvosita qo'llab-quvvatlovchilar to'xtamayapti.

XIX asrning boshlaridan XX asrning o'rtalarigacha Markaziy Osiyoda davom etgan diniy ulamolar va ziyolilar ustidan olib borilgan qatag'onlik siyosati, masjid va madrasalarning ommaviy yopilishi, keyinchalik esa materalizm va ateizm go'yalarining targ'iboti [5;50] o'zbek xalqini diniy savodsiz qilib qo'ydi deyish mumkin. Sovet Ittifoqi davrida O'zbekistonda 89 ta masjid va 2 ta madrasa [6;65] 20 million aholi uchun xizmat qilib keldi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda e'tiqod va din erkinligi nisbatan taminlangan bo'lsa ham diniy sohada olib borilgan islohotlar tabab darajasidan quyi bo'ldi. Masalan 2016-yilgacha mamlakatimizda 2065 ta diniy muassa faoliyat yuritdi. Lekin bu ko'rsatkich Qozog'istonda 2516 ta, Qirg'izistonda 2669 ta, Tojikistonda 3930 tani tashkil qildi. Markaziy Osiyoda e'tiqod qiluvchilar

532

soniga ko'ra birinchi o'rinda bo'lgan O'zbekiston diniy muassalar soni bo'yicha ohirgi o'rinni egalladi.

Huddi shu davrda kadrlar tayyorlash masalasida ham kamchilklar ko'zga tashlanib, 1 ta imomga o'rtacha 7824 kishi to'gri keldi. [7;52] Sohada olib borilgan islohotlar natijasiga ko'ra 2021-yilga kelib diniy talim berish muassalari soni 13 taga yetkazilindi. Lekin, 34 million aholi uchun bu ko'rsatkich hali kichik hisoblanadi. Inson ongi uchun olib borilayotgan kurashlarda yot mafkura azolari sonining oshishida yo'l qo'yilgan asosiy hatolardan biri ham shunda. Eksterimistik oqimlar o'z tarafdorlari sonini oshirishda sifatga etibor qaratmadi. Ular qisqa vaqt ichida katta sonli ergashuvchilarni to'plashga harakat qildi. Diniy, mafkuraviy bilimi va pozitsiyasiga ega bo'lmagan aholining asosiy qismi esa ko'proq va faolroq bo'lganlar tomonida bo'lishni to'g'ri deb bilishi avvaldan ular tomonidan inobatga olingan edi.

Yot mafkuralarga qarshi tura olish tajribasiga ega bo'lmagan O'zbekistonning o'sha vaqtdagi hukumati kurashning noto'g'ri yo'lini tanlab eksterimistlar va terrorchilar obrazlarida millat dushmani obrazini yaratish, taqib va taqiq usullaridan keng foydalandi. Muammoga liberal yondoshuvning yo'qligi minglab O'zbekiston fuqorolarining ekstrimistik tashkilotlarga o'z ihtiytorlarini topshirib qo'yishiga olib keldi.

Tarixiy tajribadan bilamizki Adolf Gitler, Stepan Andreivich Bandera, [8;39] Bin Lodin, Ku-kluks-klan asoschilari, Mulla Omar, Abu Bakr al-Bag'dodiy jisman yo'q qilingan, ularning tashkilotlati faoliyati ekstrimistik tashkilotlar sifatida ko'plab davlatlarda taqiqlangan bo'lsa ham ular yaratgan go'yalar haligacha yashab kelyapti. [9]

Mustaqillikdan keyingi yillarda ekstrimistik tashkilotlar moderatorlaridan dars olgan yoshlar va imomlar o'rtasidagi tortishuvlarda imomlarning ilmiy salohiyati yetmay qolgan holatlarning ko'p uchraganligi diniy talim muassasalarida o'qitish uslublarining va manbalarining tub isloh etishga muhtoj ekanligini ko'rsatdi. Liberalizm yot mafkuralarga qarshi kurashda asosan muloqot va muzokara usullaridan foydalanishni taklif qilar ekan diniy talim muassalari soni va sifatini oshirish siyosatisiz e'tiqod qiluvchi qatlamni himoya qilishning iloji yo'q deb hisoblaymiz. Bunda dindagi ahborotlarni sintezdan o'tkazish, ularning faqat malum qisminigina ommaga yetkazish amalyotidan vos kechish zarur. Olayotgan diniy malumotlarining asosiy qismi dindagi taqiqlar haqida bo'lgan kishilar ekstrimistik oqim vakillari bilan muloqotda ulardagi ahborotning rang-barangili vositasida ularning tasir doirasiga tushish holatlari ham ko'p uchrayapti. Tan olish kerakki ekstrimistik va missionerlik harakatlari azolari ovutish, tinchlantirish, ishontirish

ko'nikmalarini yahshi egallagan. Har xil sabablar bilan ruhiy istirobda bo'lgan fuqorolarning o'zlariga dardkash yoki ruhiy dalda manbasini izlashi tabiiy bo'lib, O'zbekiston tajribasida bunga hozircha psixologik xizmatlar orqaligina javob qaytarish amaliyoti mavjud. [10] Nasroniylik dinidagi ruhoniylarning aholiga stress vaqtida ko'rsatadigan xizmatlarining O'zbekiston diniy muassasalarida yo'lga qo'yilishi ruhiy yordamga muhtoj fuqorolarning yot mafkura tasiriga tushib qolishida katta to'siq bo'lib xizmat qila olgan bo'la olgan bo'lar edi.

Etnik xilma-hillik

O'zbekistonda aholining mafkuraviy taxdidlarga nisbatan qarashlarini liberallashtirishga teskari omillar qatorida etnik guruhlarning bir mafkura atrofida birlashtirish yo'lidagi muammolarni ham keltirish mumkin. O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasining 2021-yil yanvar oyi ma'lumotlariga ko'ra O'zbekiston ahollisining 84%ni o'zbeklar, keyingi o'rinlarda tojiklar 6%, qozoqlar 3%ni tashkil qiladi. Aholining qolgan qismi Qoraqalpoqlar, ruslar, turkmanlar va boshqa etnik guruhlardan iborat. [11]

Lekin rasmiy malumotlar aholimimg real etnik mansubligini ochib bera olmaydi. Masalan ikki millat vakili o'rtasida nikoh tuzilishida farzandlarning millati ota mansub bo'lgan etnik guruhga qarab belgilansada farzandlar boshqa millatga mansub bo'lgan ona tarbiyasini oladi. Natijada bolalar o'zlarini ona etnik guruhiga mansub deb hisoblaydi. Bundan tashqari, bazi hududlarda o'zbeklarga nisbatan ancha kam bo'lgan boshqa millatlar o'rtasida o'z millatini hujjatda o'zbek millatiga o'zgartirib ko'rsatishga urinish holatlari keng tarqalgan.

Mamlakatda o'zbeklar asosiy etnik guruh bo'lishiga qaramay hududlarda etnik-separatizm kayfiyati mavjudligining yana bir sababi bu etnik guruhlarning mamlakat bo'ylab bir tekis joylashmaganidir. Kichik etnik guruhlarning bazi hududlarda zich joylashuvi hududda davlat qonunlari bilan taqiqlangan harakatlardan urf-odat yoki ananalar foidasiga chekinish holatlarini yuzaga keltirib sinizmgacha bo'lgan muammoga aylantirish holatlari uchraydi. Bunday qonun buzilishlari ayniqsa nikoh, talim, fuqorolik sohalarida eng ko'p uchrayotganini ko'rish mumkin.

Masalan Toshkent viloyatining 60 %ni o'zbeklar, 8 %dan oshiq aholisini ruslar, 14 %ni qozoqlar, 5 %ni tojiklar [12] tashkil qilib ularning viloyat hududining bazi tumanalarida to'planib qolgani aholi qarashlarida alohida turmush tarzi, dunyo qarash, ijtimoiy ong shakillanishiga tasir etmay qolmayapti.

Davlat demografik haritasining bunday ko'rinish olishi davlat va jamiyat islohotlarining barcha mamuriy birliklarda sinhron kechishida bazi muammolarga sabab bo'lishi tabiiy. Davlat boshqaruv tizimi etnik ayirmachilik kayfiyatiga nisbatan

qarashlarini liberallashtirishni sust kechayotgan Xitoy, [13;60] Hindiston, Pokiston, Myanma [14;25] kabi davlatlarda entik guruhlar davlat bilan muholif kayfiyatda. Yaqin sharq davlatlaridagi kurd millati bilan bog'liq ayirmachilik kayfiyati ham hududlarda hukumat siyosatining bir tekis tasir etmasligiga asosiy sabablardan biri sifatida ko'rsatilinadi.

Bundan tashqari rus, belarus, ukain, koreys, tatar, qozoq va bazi o'zbek oilalari va boshqa millatlarning davlat tili bo'lgan o'zbek tilida talim oshish, ish yuritish, muloqot qilishdan saqlanishga urunishi ham mamlakat ichidagi ayirmachilik va guruhbozlik kayfiyatini saqlab turilishida rol o'ynayapti. Ularning boshqa tilini o'zaro muloqot tiliga aylantirishi axborotga bo'lgan ehtiyojini ham shu tili vositasida qondirishiga olib keladi. Boshqa tilidagi adabiyotlar, matbuot, filmlar, internet saytlari albatta shu til egasi bo'lgan davlatlar ichki va tashqi siyosiy manfaatlaridan kelib chiqib yaratilinadi. Bu esa ahborotni qabul qiluvchilarda ong osti moilligining paydo bo'lishi, uning tasir doirasida qolishiga asosiy sabablardan biridir. G'arb davlatlari tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki qonuq oldida fuqorolarning teng bo'lishini taminlash muammoning liberal (fundamental yondoshuv) yo'l bilan haq qilishning yagona vositasidir. [1]

Qo'shni davlatlardagi liberal muhit

Davlat hududidagi har qanday mafkuraviy islohotning muvaffaqiyatli amalga oshishida unga qo'shni bo'lgan yoki katta hamkor davlatlardagi mafkuraviy siyosat o'z tasirini ko'rsatmay qolmaydi.

Bunga misol qilib XX asrda komunizm mafkurasining SSR bilan qo'shni yoki do'st davlatlar: Kuba, Vetnam, Shimoliy Koreya, Xitoy, Hindiston, Bolgarya, Ruminya, Vengrya, Polsha [15;539] hududiga kirib borishi, Liberalizm va demokratiyaning g'arbiy Yevropadan boshlab deyarli butun Yevropa hududiga tarqalishi, [16;34] natsizm mafkurasining Italya va Germanya davlatlaridan ulaning yaqin hamkorlari Avstrya, Vengrya, Yaponya, Ispanya, Ukraina, Ruminya [17;3] kabi davlatlar mafkuraviy maydoniga kirib borganini misol qilib keltirish mumkin.

O'zbekiston ham dunyoning ko'plab davlatlari kabi mafkuraviy taxdidlarga nisbatan konservativ qarashlar va kurashga asoslangan davlatlar bilan hamkorlik qilishga majbur bo'lgan geografik hududda joylashgan. O'zbekistonning yangi tarixida unga qo'shni yoki strategik sherik bo'lgan davlatlarda ham eng katta mafkuraviy taxdidlar hisoblangan terrorizm, ekstrimizm, missionerlik, ommaviy madaniyat, korrupsiya, manopolya kabilarga qarshi kurashda yangi tarihda hech qanday tub liberal yondoshuvlar ko'zga tashlanmadi.

535

Faqat Prizident Shavkat Mirziyoevning boshqaruv davrida O'zbekistonda mafkuraviy taxdidlarga nisbatan qarashlarni liberallashtirish bo'yicha islohotlar boshlab berildi. 2018 yil 19 sentyabr, O'zbekiston respublikasi prezidentining 5542-sonli "Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O'zbekiston respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi farmoni elon qilindi. Qaror natijasida terroristik va ekstrimistik tashkilotlar tasir doirasiga tushib qolgan 18 000dan oshiq fuqorolar avf etildi. Ularning 10 000dan oshig'iga ishga joylashish yoki tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishiga yordam ko'rsatilingan. [18] Bundan tashqari "Tolibon" guruhi bilan tinchlik muzokaralari o'tkazilindi.[19]

Mafkuraviy taxdidlarga nisbatan qarashlarni liberallashtirish islohotining davomi sifatida besh martalik "Mehr" operatsiyalari tashkil qilindi. Operatsiyalar davomida Suriya, Iroq, Afg'onistondan 500dan oshiq terrostik va ekstrimistik guruhlar tasiriga tushib qolgan O'zbekistonlik ayollar va bolalar urush hududlaridan olib kelindi. [20] Ekstrimistik guruhlarning azosiga aylanib qonunlarni buzgan fuqorolarga jinoyatchilarga emas yot mafkuralar va diniy ilmsizlikning qurbonlari bo'lgan vatandosh sifatida qaralib ularga zarur tibbiy, psixalogik va ma'naviy yordam ko'rsatilindi. Islohotlarga xalqning bazi guruhlarida olib kelingan ekstrimistik guruh azolari o'z mafkuralaridan vos kechmasligi mumkinligi haqidagi qo'rquv bilan munosabat bildirishi xalqimizda yot mafkuraga mansub kishilar bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishishda ong osti qo'rquvi borigini namoish qildi.

Prizidentning qo'shni davlatlar: 2017-yil 6-mart Turkmanistonga, [21] 22-mart Qozog'istonga, 5-may Qirg'izistonga 2018-yilning 10-12 iyun Tojikiston Respublikasiga bo'lgan tashriflari [22], 2017-yil 4-dekabrda Afg'oniston prizidenti Ashraf G'aninig O'zbekistonga tashrifi davomida qo'shni xalqlarning chegaradan o'tish, savdo-sotiq aloqalarini yo'lga qo'yish, notarial masalalarda to'planib qolgan va boshqa muammolarni hal qilishda katta ijobiy qadam tashlandi. Lekin bu yaqin qo'shnichilik va hamkorlik aloqalarisiz uzoq vaqt yashagan va buni "tinchlikni asrash", "mafkuraviy taxdidlardan, yot g'oyalardan saqlanish" deb atashga o'rganib qolgan xalqnining malum qatlami tomonidan qo'rquv bilan qabul qilindi. O'zbekiston sharoitida mafkuraviy taxdidlarga nisbatan qarashlarni liberallshtirish uchun xalqda uzoq yillardan beri shakillangan ksenafobiyani ham inobatga olish zarur.

Talim, adabiyot, sanat, ahborot madaniyati

Amerikalik mashhur yozuvchi Mark Tven "Men, maktabdagi darslarim mening talim-tarbiyamga xalaqit berishiga yo'l qo'ymadim" degan so'zlari bilan

o'sha davrdagi Amerika talim tizimi shahs tarbiyalash darajasida bo'lmagani bilan birga, har qanday davlat talim tizimida hatoliklar bo'lishi mumkinligiga ishora qilgan edi. Mustaqillikdan keyin O'zbekiston talim tizimida ham anchagina hatoliklarga yo'1 qo'yildi. Bular o'quv-tarbiya jarayonini to'gri tashkil qilishdan tortib, qo'shimcha adabiyotlarni o'quvchilarga tavsiya etishgacha bo'lgan ishlarda muvofaqqiyatga erishgan davlatlar tajribasidan foydalanishdan ko'ra konservativ talim jarayoniga sodiq qolish bilan izohlanadi. O'quvchi va talabalarning mafkuraviy taxdidlar oldida ojiz qolishida albatta xalq va oliy talimning talim jarayonlarini davr talabi darajasida professional tashkil qila olmaganinig ham hissasi katta bo'ldi.

Ko'plab diniy, jahon siyosiy va badiy manbalari va adabiyotlarining, porno medianing taqiq ostiga qo'yilishi, lekin yoshlar qatlamining glaballashuv sharoitlarida ularga bo'lgan ehtiyojlariga hukumatlarning sovuqqon siyosati natijasida aholining yoshlar qatlami o'z ehtiyojlarini noqonuniy va tavsiya etilmagan manbalar vositasida qondirib keldi. Bunday holatning uzoq davom etishi tabiiyki aholining eng faol qatlami bo'lgan yoshlarning diniy [23], siyosiy va nikoh masalalarida axloqsizlik va masuliyatsizlik tasir doirasiga tushib qolishiga olib keldi. O'zbekistonda yoshlarni g'arb va sharqda kuchayib kelayotgan mafkuraviy taxdidlaridan izolatsiyalashga urinish bilan birga, rivojlangan davlatlarining talimda yoshlarni ekstrimistik oqimlar, yangi siyosiy mafkuralar, erta nikoh va homiladorlik, ijtimoiy faol bo'lish, fuqorolik jamiyati qurishdagi shahsiy pozitsiya kabi boy liberal tajribasidan foydalanishdan ham vos kechildi.

Mustaqillikdan keyingi talimda o'quvchi va talabalarning mafkuraviy taxdidlar tasiridan saqlash maqsadida joriy etilgan fanlar, maxsus kurslar, seminarlar yoki tadbirlar doirasida yoshlarga axborot olamining chegarasiz imkoniyatlari haqida malumot berish o'rniga, axborot olamida nimalar qilish mumkin emasligi, qanday holatlardan saqlanish lozomligi haqida malumotlar berish bilan cheklanib kelindi. Lekin hozirgi avlodning texnika bilan o'zaro munosabatini tartibga solish uchun bu eng soda va konservativ uslub ekanligi keyinchalik malum bo'ldi.

Talimning maqsadi nima qilmaslikni emas nima qilishni o'rgatish ekanligi Prizident Shavkar Mirziyoev tomonidan qayta eslatilindi. 2019-yilning 21-noyabr kuni Prizident tashabbusi bilan "1 million o'zbek dasturchisi" loihasiga start berilishi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari sohasida talim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, besh tasabbus doirasida aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan

samarali foydalanishni tashkil etishga va fanni o'qitishdagi qator islohotlar o'quvchi yoshlarning ahborot olamiga bo'lgan kuchli qiziqishlarini samarali yonaltirishda amaliy qadam bo'ldi.

XULOSA

Tahlillarimizdan malum bo'ldiki, mafkuraviy taxdidlarga nisbatan qarashlarni liberallashtirish davlat va jamiyatni keskin kelishmovchiliklar va to'qnashuvlardan saqlashda, davlatchilikning rivojlanishida katta ijobiy ahamiyatga ega. Taraqqiyot shiddati keskin ko'rinish olgan zamonda xalqning bir siyosiy kuch bo'lib jipslashuvi hayotiy zarurat ko'rinishini kasb etmoqda. Millat taraqqiyoti yo'lida to'siq bo'lib xizmat qilayotgan omillarning esa hal etilishi zarurati hukumat tomonidat olib borilayotgan liberal siyosat fonida o'zini kuchliroq namoyon etyapti.

REFERENCES

1. Sieborger R. History and the emerging nation: The South African experience. International Journal of Historical Learning, Teaching and Research. Volume 1. - P 39-48.

2. Hilal Wani. "Ethnic Conflict, Democracy and Good Governance: Case of Nigeria." Public Policy and Administration Research.Vol.3, No.12, 2013. P 29-34

3. https://thermik.ru/uz/period-zastoya-v-sssr-reformy-l-i-brezhneva/

4. Martikainen P., Martikainen T., & Wass H. "The effect of socioeconomic factors on voter turnout in Finland". European Journal of Political Research. 2005. P - 645-669.

5. Халилова З. Слушатели медресе советского Узбекистана (1945-1991 гг.): социальная жизнь и повседневные практики." Россия и мусульманский мир 10 (304) (2017). C 50-54

6. Narzulla Jo'rayev, Akbar Zamonov. O'zbekiston tarixi. Toshkent.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B 65

7. Ногойбаева Э., Кушкумбаев С., Мамадазимов А., Салимов С. Азия, Центральная. пространство «Шёлковой демократии». Ислам и государство. «Шёлковой демократии». Ислам и государство." Фонд им. Ф. Эберта, 2017.-Алматы. с-52.-Режим доступа URL: http s://l ibrary. fes. de/pdffiles/bueros/kasachstan/14106. pdf-(дата обращения: 12.10. 2020).

8. Дроконова О.Н. "Культура, наука, образование: проблемы и перспективы развития." Тюмень, 2014. C 39- 44

9. https://www.kommersant.ru/gallery/2590013#id1077618

10. https://lex.uz/docs/-4367731

11. https: //aholi.stat.uz/uz/demo grafik-ko-rsatkichlar/demo grafik-ko-rsatkichlar

12. https://uz.wikipedia.org/wiki/Toshkent viloyati#Aholisi

13. Помелова Ю. Проблемы формирования национальной идентичности в Китайской Народной Республике (2002-2012 гг.): дисс.... канд. ист. наук: 07.00.

03. (2020). C 60-87

14. Багдасарова А.Б. "Конфликтология (Этноконфликтология) методические указания по выполнению практических работ." Ставрополь, 2017. C 25-30

15. Mark Kramer, "Ideology and the Cold War" Review of International Studies 25:

4. 1999. - P 539-542

16. Laski H. J., John L. S. "The rise of European liberalism." Routledge, 2018.2014. P 34-41

17. Hussain Mazher., Nasir Hussain Aqiel., Muhammad Anwar Farooq. "Impact of Nazism on European Societies in Post-World War-II Era." Journal of Social Sciences and Humanities Research 5.04 (2017): 18-24. P 3-5

18. https://central.asia-news.com/uz-Cyrl/articles/cnmi_ca/features/2018/10/09/feature-01

19. https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-tolibon-harakati-bilan-muzokaralar-otkazdi

20. https://www.gazeta.uz/oz/2021/04/30/mehr/

21. https://president.uz/oz/lists/view/289

22. https://president.uz/oz/lists/view/2040

23. https://religions.uz/uz/news/detail?id=73

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.