Научная статья на тему 'MEN DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMNI QANDAY TUSHUNAMAN!'

MEN DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMNI QANDAY TUSHUNAMAN! Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1203
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekstremizm / terrorizm / radikalizm / globallashuv / diniy qarashlar / vijdon erkinligi. / extremism / terrorism / radicalism / globalization / religious views / freedom of conscience.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Toqsanbaeva Ayjamal

Mazkur maqolada bugungi globallashuv sharoitida hamda xalqaro va mintaqaviy mojarolar transformatsiyasi davom etayotgan bir paytda, terrorizm va ekstremizm tushunchasi va ularga qarshi samarali kurashish masalalari keng ilmiy yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HOW DO I UNDERSTAND RELIGIOUS EXTREMISM AND TERRORISM!

This article discusses a wide range of issues related to the effective fight against terrorism and extremism in the context of modern globalization and the ongoing transformation of international and regional conflicts.

Текст научной работы на тему «MEN DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMNI QANDAY TUSHUNAMAN!»

MEN DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMNI QANDAY TUSHUNAMAN!

Toqsanbaeva Ayjamal

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti Yurisprudensiya yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6603662

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi globallashuv sharoitida hamda xalqaro va mintaqaviy mojarolar transformatsiyasi davom etayotgan bir paytda, terrorizm va ekstremizm tushunchasi va ularga qarshi samarali kurashish masalalari keng ilmiy yoritilgan.

Kalit so'zlar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, globallashuv, diniy qarashlar, vijdon erkinligi.

КАК Я ПОНИМАЮ РЕЛИГИОЗНЫЙ ЭКСТРЕМИЗМ И ТЕРРОРИЗМ!

Аннотация.В данной статье рассматривается широкий круг вопросов, связанных с эффективной борьбой с терроризмом и экстремизмом в условиях современной глобализации и происходящей трансформации международных и региональных конфликтов.

Ключевые слова: экстремизм, терроризм, радикализм, глобализация, религиозные взгляды, свобода совести.

HOW DO I UNDERSTAND RELIGIOUS EXTREMISM AND TERRORISM!

Abstract. This article discusses a wide range of issues related to the effective fight against terrorism and extremism in the context of modern globalization and the ongoing transformation of international and regional conflicts.

Keywords: extremism, terrorism, radicalism, globalization, religious views, freedom of conscience.

KIRISH

Mamlakatimizda ma'naviy va jismoniy barkamol yosh avlodni tarbiyalash masalasi har doim davlat siyosatining muhim bir bo'g'ini bo'lib kelgan. Shu paytgacha bu borada ulkan ishlar amalga oshirilayotgan bo'lsa-da, bu islohotlar bugungi davr talablari darajasida keng qamrovli emasligi hamda ba'zi sohalarda kamchiligi ko'rinib qolayotganligi hech kimga sir emas. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida shunday deb ta'kidlagan edi: "...yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo'lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz" [1.7]. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Yurt kelajagi ham ma'nan, ham jismonan barkamol bo'lgan yoshlar qo'lidadir.

O'z davrida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlab o'tganlaridek: O'zbekiston XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o'rin egallashi o'sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo'lib voyaga yetishishiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Shunday ekan, ayni paytda bu sohada yo'l qo'yilgan har qanday sustkashlik, kamchilik kelajakka berilgan zarbaga teng, deyish mumkin. Buning ustiga XXI asr vabosiga aylangan terrorizm va diniy ekstremizmning turli-tuman ko'rinishlari xuruj qilib turgan bir paytda ogohlik va hushyorlik, qat'iyatlilik va mardlik talab etiladi. So'nggi yillarda g'oyaviy dushmanlarimiz o'zlarining manfur niyatlarini amalga oshirish uchun eng zamonaviy telekommunikatsiya yutuqlaridan, jumladan, internet

tarmog'idan ham foydalanishga harakat qilayapti. Shu sababli ma'naviyatimizda bo'shliq hosil bo'lishiga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov - bunday bo'shliq yuzaga kelgan taqdirda uni yoshlarning ilmga, kasb-hunarga, sog'lom turmush tarziga, bunyodkorlik ishlariga qiziqishlari bilan hamohang bo'lgan yangicha hayot mazmuni, yangicha qadriyatlar bilan to'ldirish lozimligini o'z davrida qayta-qayta uqtirib o'tgan edilar.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Vatanimiz uzoq tarixiga nazar tashlasak, zaminimizda madaniyat rivojining uch ming yildan ortiq buyuk tarixni ko'ramiz. Markaziy Osiyoda, xususan, O'zbekistonning hozirgi hududida qadim davrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo'lgan, xilma-xil dinlarga e'tiqod qilgan xalqlar hamjihatlikda, hamdo'stlikda yashaganlar. Bu esa xalqimizga xos bo'lgan diniy bag'rikenglikning ma'naviy asosini tashkil etadi.

O'zbekiston Respblikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqida "Biz butun jahon hamjamiyatiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz" deb ta'kidlagan.

Bugun ham yurtimizda diniy bag'rikenglik va osoyishtalikni ta'minlash Konstitutsiyamizda qat'iy belgilab qo'yilgan bo'lib, olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida diniy e'tiqod erkinligi sohasida tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining diniy sohada davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlari fuqarolarning vijdon va diniy e'tiqod erkinligi kafolatlash, konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda bag'rikenglik madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi.

"Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi", - degan qoida diniy bag'rikenglik uchun dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda. Ularni anglash uchun avvalo, "ektremizm", "terrorizm" qanday yuzaga kelgan degan savollarga javob topa bilishimiz kerak.

"Ekstremizm" so'zi lotincha extremis - ashaddiy, atamasidan olingan bo'lib, "keskin fikr va choralarni yoqlash, keskin choralarga tarafdorlik" ma'nosini anglatadi [2.442]. Olimlar "ekstremizm" iborasini siyosiy atama deb qaraydilar.

Bu atamaning siyosat bilan bog'liq jihatlari shundaki, norasmiy ekstremistik tashkilot rahbarlari siyosiy masalalar yuzasidan "keskin, qat'iy choralar ko'rish yo'li bilan", ya'ni kuch ishlatish, zo'rlik bilan davlatning rasmiy hokimiyatni konstitutsiyaga xilof ravishda o'zgartirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yganligidadir. Ularning norasmiy deyilishiga sabab, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Siyosiy partiyalar", "Nodavlat notijorat tashkilotlar" hamda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi amaldagi qonun talablariga ko'ra rasman faoliyat yuritish uchun Adliya Vazirligidan ro'yxatdan o'tmaganligidadir[3.38].

Terrorizm - siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yo'qotish yoki qo'rqitish, aholi o'rtasida vahima va tartibsizliklarni keltirib chiqarish maqsadidagi zo'ravonlik harakatlari (ta'qib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqa[4.404].

O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi "Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida"gi qonunida terrorizmga quyidagicha ta'rif berilgan:

«Terrorizm» - siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog'lig'iga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob'ektlarning yo'q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni,

jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko'zlab ig'vogarliklar qilishga, aholini qo'rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo'rlik, zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar[5.15].

TADQIQOT NATIJALARI

Hozirgi zamonaviy hayotda qurolli tahdidlardan ko'ra ma'naviy tahdid eng nozik masalalardan biriga aylanib qolmoqda. Yoshlarning hali hech qanday iflosliklar bilan kirlanishga ulgurmagan, o'z ma'naviy olamlarini himoyalay olmaydigan sof qalblari, onglariga salbiy ta'sir o'tkazish orqali minglab insonlarni to'g'ri yo'ldan og'dirib, minglab odamlarning umrga zomin bo'lmoqdalar[6.400]. Bu to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 72- sessiyasida so'zlagan nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konversiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish bo'yicha tashabbuslarida terrorizm muammosiga katta e'tibor qaratib, uning tub sabablariga barham berishga chaqirdi. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligini alohida ta'kidlab o'tdilar.

Bu masalaning kishining doimo ogoh bo'lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa, buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab yetish nihoyatda qiyin. Bugungi kunda ma'naviy tahdidlarning eng ko'p qamrovga ega bo'lgani ommaviy axborot vositalari tizimidir. Davlatlar, mamlakatlar boshqa hududlardan o'z chegaralari bilan ajratilgan va mustahkamlangan, lekin axborot ko'lami shunchalik kengki, u hech qanday chegara bilmaydi.

Bugungi kunda diniy omillarning siyosatlashuvi qator norasmiy oqim va yo'nalishlarining faoliyatlarida yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bu esa fuqarolarning diniy oqimlar ta'siriga tushishlariga sabab bo'lmoqda[7.72].

Buning oldini olish uchun mamlakatimizda turli huquqiy va ma'naviy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, ta'lim-tarbiya asoslarini puxta egallashlari, ommaviy axborot vositalaridan unumli foydalanish, falsafiy-huquqiy qarashlar, adabiyot va san'at ahli hamda ijodkor ziyolilar faoliyatini yoshlar tarbiyasiga yanada ko 'proq yo'naltirish lozim. Shu o'rinda birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma'rifatli, ayni paytda o'zining o'tmishi, ulug' qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan insonlarni, kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak" [8.13],-degan so'zlarini eslash kifoyadir. Ma'lumki, yoshlar tarbiyasi hamma vaqt dolzarb vazifalardan biri bo'lib, muhim ahamiyat kasb etib kelgan.

Mustaqil O'zbekiston Respublikasi XXI asrga qadam qo'yganidan keyin bu masala yanada dolzarb, yanada muhim, hayot-mamot masalalaridan biriga aylanib qoldi. Men, - deb yozgan edi Mustaqil O'zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov, - Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan fikrini ko'p mushohada qilaman. Buyuk ma'rifatparvarning bu so'zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham muhim va dolzarbdir"[9.12]. Tarbiya qancha

mukammal bo'lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo'lishi uchun esa, bu masalada bo'shliq (ma'naviy bo'shliq) paydo bo'lishiga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi.

MUHOKAMA

Bugungi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama - qarshiliklar va ziddiyatlar keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, fohishabozlik, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" va shu kabi boshqa xavf - xatarlar tobora kuchayib, insoniyat ming yillar davomida amal qilib kelgan milliy, diniy va oilaviy qadriyatlar, e'tiqodlarga putur yetmoqda. Mana shunday va boshqa ko'plab tahdidlar insoniyat hayotida, ayniqsa yoshlar tarbiyasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani - ayni haqiqat va buni hech kim inkor eta olmaydi. Afsuslar bo'lsinki, hatto o'z ichimizdan bu yo'lga kirib, vataniga, oilasiga xiyonat qilgan minglab yoshlar soni ortib bormoqda. Mafkuraviy bo'shliq va eng zararli bo'lgan loqaydlik va beparvolik. Beparvo odam dushmandanda xavfliroq ekanligini donolarimiz azal-azaldan kelajak avlodlarga uqtirib kelmoqdalar.

Ekstremistik va terroristik tashkilotlar o'zlarining g'arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta'limotining ayrim g'oya va tamoyillarini mazmun-mohiyatan tamomila yoki bir yoqlama o'zgartirib, o'zlaricha talqin qilib odamlarni to'g'ri yo'ldan - hidoyat yo'lidan adashtirishga urinmoqda. Markaziy Osiyo hududida yashovchi aholining aksari, shu jumladan, yurtimiz musulmonlari ham necha asrlarki mintaqa xalqlari uchun an'anaviy bo'lgan xanafiy va motrudiya aqidalariga rioya etishadi. Diniy ekstremistlar esa ana shu mazhab va aqidalarni rad etgan holda aholi ongiga siyosiylashtirilgan islom g'oyalarini singdirishga urinmoqdalar. Bu urinishlardan ko'zlangan yagona maqsadlari "xalifalik" yoki "islom amirligi" davlati tuzish shiori ostida siyosiy hokimiyatni egallashdir. Kishilarning osoyishtaligi va xavfsizligiga taxdid soladigan terrorning barcha ko'rinishlari buzg'unchilik, fasod ishlardan sanaladi.

Qur'onda («Bakara» surasi 205-oyatidagi) «Alloh esa buzg'unchilik- fasodni sevmaydi» degan oyat tushunchasi islomning terrorga bo'lgan o'ta salbiy munosabatini belgilaydi. Mutaassiblik, ekstremizm va terrorchilik odatda begunoh odamlarning qoni to'kilishiga olib keladi. Qur'oni Karim oyatlarida bunday xolatlar «Biror jonni o'ldirmagan yoki yerda (buzg'unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni o'ldirgan odam huddi hamma odamlarni o'ldirgan kabidir» deya qat'iy qoralangan. Ming-minglab begunoh musulmonlarning qonini to'kib, go'yoki bu bilan o'zlariga jannatni naqd qilib qo'ymoqdamiz, deb hom hayolga berilayotganlar, aslida Allohning la'nati va g'azabini yuklab olmoqdalar. Bugungi kunga kelib anglab turibmizki, ularga qarshi kurashish har birimizning dolzarb vazifamiz ekan. Chunki, mafkuraviy tahdidlar aholining ma'lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o'zlariga ma'qul bo'lgan yo'nalishda o'zgartirish, diniy ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg'unchi g'oyalarni singdirishga urinishdek ko'rinishlarda sodir bo'lmoqda[10.67].

Keyingi paytlarda internet bilan bog'lik buzg'unchiliklar, global tarmoqdan qabih maqsadda foydalanayotganlar ko'payib bormoqda. Oqibatda, zalolatga boshlovchi elektron nashrlar va videolavhalar keng yoyilmoqda.

G'alamis kimsalar yoshlarni o'z tuzoqlariga ilintirishda internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. O'zlarini «yaqin do'st» yoki «hidoyatga chorlovchi» sifatida tanitib, yoshlarni to'g'ri yo'ldan chalg'itmokda. Aslida, ularning din va shariat haqida umuman ilmlari yuq,

faqatgina to'da boshidan yodlab olganlarini takrorlashdan nariga o'tmaydilar. Boshqa tomondan qaraganda, ular bu johilligi bilan boshqalarni ham jar yoqasiga tortayotgani va kimningdir nog'orasiga uynayotganini bilmaydilar. Bundaylar avval dinu diyonat, ibodat, jannat haqida turli jozibali so'zlarni gapirib, g'o'r yoshlarni yo'ldan urib, oxir-oqibatda, razolat qurboniga aylantirmoqda.

Bugungi tahlikali davrda diniy ekstremizm, radikalizm va terrorizmga qarshi kurashning xorij tajribasini o'rganish, ibratli jihatlarini o'zlashtirish hamda hayotga tatbiq etish mavjud davlatlarning barchasi uchun bir xilda zarur va foydali. Diniy ekstremizm, radikalizm hamda terrorizmning asosiy o'chog'i bo'lgan Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan arab mamlakatlari ushbu muammolarga qarshi kurashda dunyoning boshqa mintaqalari va davlatlariga nisbatan ko'proq tajribaga ega. Shu ma'noda, arab-islom olamida diniy ekstremizm va terrorizm muammosiga birinchilardan bo'lib duch kelgan Yaqin Sharq mintaqasining yirik davlatlaridan biri - Misr Arab Respublikasining bu boradagi uzoq yillik tajribasini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Misrda islom dinidan siyosiy maqsadlarda foydalanish tajribasi boshqa ko'plab arab davlatlariga qaraganda chuqurroq ildizlarga ega.[11.7]

Misrning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash strategiyasida ishsizlik, kam ta'minlangan oilalarning yashash darajasining pastligi, savodsizlik, uyjoy yetishmasligi kabi muammolarni yechishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga alohida e'tibor berilayotganini qayd etish lozim. Masalan, Misr hukumati mamlakatning qoloq tumanlari va viloyatlarini rivojlantirishga qaratilgan va ustuvor yo'nalishlarni o'z ichiga oladigan aniq dastur ishlab chiqishni o'z oldiga vazifa qilib qo'ymoqda. Shuningdek, Misr hukumati va rahbariyati ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligini pasaytirishga va 70 foizi qashshoqlikda yashayotgan aholining ahvolini yaxshilashga qaratilgan bir qator dasturlar va tadbirlarni amalga oshirmoqda.[12.58]

Misr hukumatining XX asr oxiri - XXI asr boshida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashida ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritganiga qaramay, ko'rilgan choralar mamlakatda radikal islomparast tashkilotlarni butunlay yo'q bo'lishiga olib kelmadi. Ular aholi orasida kichik masshtabda bo'lsa ham o'z faoliyatlarini davom ettirdilar. Demak, Misr hukumatining tajribasi shuni ko'rsatadiki, faqatgina qat'iy choralar ko'rish bilan ushbu muammo bilan kurashib bo'lmaydi. Yoshlarni nazoratsiz qoldirish, ularning diniy bilimlar bazasiga e'tiborsizlik mamlakatni o'tkir inqirozlar sari yetaklaydi. Islomparastlarga qarshi kurashda hushyorlikni boy bermasdan, aholiga, ayniqsa, yoshlarga mo'tadil islom ta'limotlarini singdirish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish eng maqbul yechim ekanligi Misr tajribasida yanada aniq namoyon bo'ladi.

Xalqaro iqtisodiyot va tinchlik institutining an'anaviy "Terrorizm global indeksi" ko'rsatkichlariga ko'ra, O'zbekiston 2016-2020-yillarda terrorizm xavfi kam yoki xavf juda past davlatlar qatoriga kiritilgan.

Bunday e'tiroflar amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirishga, yuqori samaradorlikka erishish uchun ko'proq harakat qilishga undaydi.

Bu xavfli illatlardan soqit bo'lish uchun biz qanday yo'lni tanlamog'imiz kerak.

Qanday chora-tadbirlar bilan bu xatarli botqoqdan zararsiz o'tib olish mumkin?

XULOSA

Buning uchun biz, avvalo, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ko'rsatgan yo'l biz uchun katta namunadir. Ularning BMT ning 72 sessiyasida ilgari surilgan g'oyalari «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» rezolyusiyasini ahamiyati beqiyosdir. Ma'rifat orqali inson ilmga va tafakkuri rivojlanadi, ilm va tafakkurli inson albatta diniy ekstrimizm va terrorizmning maqsadini va oldiga qo'ygan manfaatlarini yaxshi tushunadi va unga qarshi ilm tafakkur orqali kurashadi. Xalqimizda ma'naviy hayotida bo'shliq, boshqalar salbiy chirkin g'oyalarini singdira olishlari mumkin bo'lgan hollardan o'zimizni saqlashimiz kerak.

Prezident Sh.Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga etishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir" [13.4].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi. Toshkent. 2020 yil 29 yanvar.

2. O'zbek tilining izoli lug'ati. -М.: Rus tili, 1981. -T.2. -B. 442.

3. Rajabova M. Diniy ekstremizm va terrorchilik. -Т.: Yangi asr avlodi, 2000. -B. 38.

4. O'zbek milliy ensiklopediyasi. Т.8. - Т., 2004. - 404-b

5. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, -Т., 2001. № 1-2. - 15-m..

6. Захарцев С. И. Оперативно-розыскная деятельность в XXI веке / С.И. Захарцев, Ю.Ю. Игнащенков, В.П. Сальников. - М.: Норма, 2015. - 400 c.

7. Матчанов и др. Деятельность ОВД по предупреждению и расследованию терроризма. Учебно-практическое пособие. - Т.: Академия МВД Республики Узбекистан, 2013. - 72 с.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 - son farmoni "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlari ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida" Toshkent shahri, 2017 yil 5 iyul.

9. "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari" to'g'risidagi qonun. 1991 yil.

10. Quchqarov. V. Milliy o'zlikni anglash va barqaror taraqqiyot T.: Akademiya, 2013 67-bet

11. Борисов А.Б. Противодействие исламскому экстремизму. Опыт Ближневосточных стран. Национализм и фундаментализм на Ближнем Востоке. Материалы конференции Москва, 04.02.99 г.. -С. 7.

12. Камлевская Я.Е. Борьба с терроризмом в Египте на рубеже XX -XXI веков. Ближний Восток и современность. Сборник статей (выпуск девятнадцатый) М., 2003. - С. 58.

13. Toshbekova. M.X. "The ideological confrontation and its consequences in the context of globalization" © Journal «Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research», Publication date: May 10, 2020 DOI: 10.5281/zenodo.3753875 Historical Sciences

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.