Научная статья на тему 'XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHIDA MISR HUKUMATINING DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH STRATEGIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHIDA MISR HUKUMATINING DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH STRATEGIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1330
119
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diniy ekstremizm / radikalizm / terrorizm / Yaqin Sharq / islomparastlar / fundamentalistlar / armiya. / religious extremism / radicalism / terrorism / the Middle East / Islamists / fundamentalists / army.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yodgorov, Sherbek Meylijonovich

XX asr oxiri – XXI asr boshlarida diniy ekstremizm va terrorizm muammosi jahon mamlakatlarini birdek tashvishga soldi hamda ijtimoiy-siyosiy muammolarni keltirib chiqarishi jihatidan eng xavfli ko‘rinishga ega bo‘ldi. Ayniqsa, bu davrda Yaqin Sharq mintaqasining yirik davlatlaridan biri – Misr Arab Respublikasida sodir bo‘lgan diniy ekstremizm va terrorizm harakatlari butun mamlakatni qamrab oldi va hukumatni bu muammo bilan jiddiy kurashishga majbur qildi. Mamlakatdagi beqarorlik, hal qilinmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning kengligi, kattagina aholi qatlamining G‘arb modernizatsiyasini qabul qilmasligi, yashash tarzining og‘irligi – islomparastlarga qo‘l keladigan omillar bo‘lib xizmat qildi. Mazkur maqolada Misr Arab Respublikasining XX asr oxiri – XXI asr boshlarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash tajribasi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FEATURES OF THE STRATEGY OF THE GOVERNMENT OF EGYPT IN THE FIGHT AGAINST RELIGIOUS EXTREMISM AND TERRORISM IN THE LATE XX EARLY XXI CENTURIES

In the late XX early XXI centuries, the problem of religious extremism and terrorism caused serious concern in the world and became the most dangerous, causing socio-political problems. Especially during this period, religious extremism and terrorism in the Arab Republic of Egypt, one of the largest states in the Middle East, spread throughout the country and forced the government to seriously address this problem. The instability in the country, the scope of unresolved socio-economic problems, the reluctance of a main part of the population to accept western modernization and the severity of the way of life served as factors that benefit the Islamists. The article analyzes the experience of the Arab Republic of Egypt in the fight against religious extremism and terrorism in the late XX early XXI centuries.

Текст научной работы на тему «XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHIDA MISR HUKUMATINING DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH STRATEGIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

XX ASR OXIRI - XXI ASR BOSHIDA MISR HUKUMATINING DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH STRATEGIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Sherbek Meylijonovich Yodgorov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti

sherbek 90@mail. ru

Annotatsiya: XX asr oxiri - XXI asr boshlarida diniy ekstremizm va terrorizm muammosi jahon mamlakatlarini birdek tashvishga soldi hamda ijtimoiy-siyosiy muammolarni keltirib chiqarishi jihatidan eng xavfli ko'rinishga ega bo'ldi. Ayniqsa, bu davrda Yaqin Sharq mintaqasining yirik davlatlaridan biri - Misr Arab Respublikasida sodir bo'lgan diniy ekstremizm va terrorizm harakatlari butun mamlakatni qamrab oldi va hukumatni bu muammo bilan jiddiy kurashishga majbur qildi. Mamlakatdagi beqarorlik, hal qilinmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning kengligi, kattagina aholi qatlamining G'arb modernizatsiyasini qabul qilmasligi, yashash tarzining og'irligi - islomparastlarga qo'l keladigan omillar bo'lib xizmat qildi. Mazkur maqolada Misr Arab Respublikasining XX asr oxiri - XXI asr boshlarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash tajribasi tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: diniy ekstremizm, radikalizm, terrorizm, Yaqin Sharq, islomparastlar, fundamentalistlar, armiya.

ОСОБЕННОСТИ СТРАТЕГИИ ПРАВИТЕЛЬСТВА ЕГИПЕТА ПО БОРЬБЕ ПРОТИВ РЕЛИГИОЗНОГО ЭКСТРЕМИЗМА И ТЕРРОРИЗМА

В КОНЦЕ XX - НАЧАЛЕ XXI ВЕКОВ

Шербек Мейлижонович Ёдгоров

базовый докторант, Ташкентский государственный университет востоковедения

sherbek_90@mail. ru

Аннотация: В конце ХХ - начале XXI века проблема религиозного

экстремизма и терроризма вызвала серьезную озабоченность в мире и стала

самой опасной, вызывающий социально-политических проблем. Особенно в

этот период религиозный экстремизм и терроризм в Арабской Республике

Египет, одном из крупнейших государств Ближнего Востока, распространился

по стране и вынудил правительство серьезно заняться решением данной

проблемы. Нестабильность в стране, размах нерешенных социально-

экономических проблем, нежелание значительной части населения принять

1144

Scientific Journal Impact Factor

западную модернизацию и тяжесть образа жизни послужили факторами, приносящими пользу исламистам. В статье анализируется опыт Арабской Республики Египет в борьбе с религиозным экстремизмом и терроризмом в конце ХХ - начале XXI веков.

Ключевые слова: религиозный экстремизм, радикализм, терроризм, Ближний Восток, исламисты, фундаменталисты, армия.

THE FEATURES OF THE STRATEGY OF THE GOVERNMENT OF EGYPT IN THE FIGHT AGAINST RELIGIOUS EXTREMISM AND TERRORISM IN THE LATE XX - EARLY XXI CENTURIES

Sherbek M. Yodgorov

Base doctoral student, Tashkent State University of Oriental Studies

sherbek_90@mail. ru

Abstract: In the late XX - early XXI centuries, the problem of religious extremism and terrorism caused serious concern in the world and became the most dangerous, causing socio-political problems. Especially during this period, religious extremism and terrorism in the Arab Republic of Egypt, one of the largest states in the Middle East, spread throughout the country and forced the government to seriously address this problem. The instability in the country, the scope of unresolved socio-economic problems, the reluctance of a main part of the population to accept western modernization and the severity of the way of life served as factors that benefit the Islamists. The article analyzes the experience of the Arab Republic of Egypt in the fight against religious extremism and terrorism in the late XX - early XXI centuries.

Key words: religious extremism, radicalism, terrorism, the Middle East, Islamists, fundamentalists, army.

KIRISH (INTRODUCTION)

Yoshlar ma'naviyatiga tajovuz solayotgan tahdidlar qatorida dinni niqob qilib, diniy qadriyatlarimizni oyoqosti qilishga urinayotgan mutaassib siyosiy islom tarafdorlari hamda diniy ekstremistik harakatlarning faoliyati jiddiy tashvish uyg'otmoqda. Bugungi kunda bunday xavf-xatarlarni oldini olish, uni oziqlantirayotgan omillarni bartaraf etish hamda unga qarshi kurashish har bir mamlakat uchun ustuvor masalaga aylangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida ekstremizm va terrorizm muammosiga katta e'tibor qaratib, shunday degan edi: "Bu borada ko'p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning

Scientific Journal Impact Factor

oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir"[1].

Arab davlatlarida o'tgan asrning 90-yillarining boshlarida ko'tarilgan va zo'ravonliklar zanjirini vujudga keltirgan islom niqobidagi ekstremizm to'lqini bugungi kunda birmuncha susaygandek tuyulsa-da, hamon diniy radikalizm real xavf sifatida saqlanib qolmoqda. Xususan, radikal islom tashkilotlari tomonidan aholi o'rtasida, ayniqsa, uning savodsiz qatlami orasida millatlararo va dinlararo kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishga qaratilgan targ'ibot va tashviqot ishlari davom ettirilayotganini ta'kidlash zarur [2].

Bugungi tahlikali davrda diniy ekstremizm, radikalizm va terrorizmga qarshi kurashning xorij tajribasini o'rganish, ibratli jihatlarini o'zlashtirish hamda hayotga tatbiq etish mavjud davlatlarning barchasi uchun bir xilda zarur va foydali. Diniy ekstremizm, radikalizm hamda terrorizmning asosiy o'chog'i bo'lgan Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan arab mamlakatlari ushbu muammolarga qarshi kurashda dunyoning boshqa mintaqalari va davlatlariga nisbatan ko'proq tajribaga ega. Shu ma'noda, arab-islom olamida diniy ekstremizm va terrorizm muammosiga birinchilardan bo'lib duch kelgan Yaqin Sharq mintaqasining yirik davlatlaridan biri - Misr Arab Respublikasining bu boradagi uzoq yillik tajribasini o'rganish muhim ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (LITERATURE

REVIEW)

Bir qator sharqshunos olimlar - R.G.Landa, A.A.Ignatenko, M.Z.Rajbadinov, Y.B.Sheglovin, Y.E.Kamlevskaya, V.P.Yurchenko, B.V.Dolgov, A.V.Korotayev, S.E.Babkin, V.E.Donsov, N.V.Jdanov, A.V.Malashenko, S.A.Modestov, O.G.Peresipkin, D.Syukiyaynen, S.A.Semedov, M.S.Zinchenkolarning ishlarida musulmon dunyosida islomning siyosiylashuvi va "islom omili"ning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlari ichki va tashqi siyosatiga ta'siri, diniy ekstremizm, radikalizm va terrorizmning arab mamlakatlari xavfsizligiga ta'siri masalalari yoritilgan.

O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan sharqshunos va siyosatshunos olimlardan A.Xaydarov, A.Hasanov, Sh.Yovqochev, Z.Munavvarov,

M.Muhammadsidiqov, S.G'afurov, M.Rajabova, O.Yusupov, M.Nuritdinov, Z.Husniddinov, O'.Hasanboyev, A.Tulepov, A.Abdisattorov, F.Karimovlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarda arab davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar,

Scientific Journal Impact Factor

xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash muammolari o'rganilgan.

Maqola umumqabul qilingan tarixiy metodlar - tarixiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, davriy izchillik kabi metodlardan foydalanildi. Shuningdek, mavzu bo'yicha izlanish olib borgan olimlarning tadqiqotlari o'rganildi.

MUHOKAMA (DISCUSSION)

Misrda islom dinidan siyosiy maqsadlarda foydalanish tajribasi boshqa ko'plab arab davlatlariga qaraganda chuqurroq ildizlarga ega[3]. Aynan Misrda XIX asr oxiri - XX asr boshlarida jamiyatda islomning o'rni masalasida turlicha yondashuv va qarashlar shakllangan edi.

Misr sal kam bir asrdan buyon ya'ni, 1928-yilda Ismoiliya shahrida "Musulmon Birodarlar" tashkiloti tashkil etilganidan boshlab siyosiy islom harakatlariga qarshi kurash olib bormoqda. Aynan Misr Arab Respublikasi arab-musulmon davlatlari ichida birinchi bo'lib terrorizm muammosiga 1940-yillarda, "Musulmon birodarlar"ning o'z faoliyatida ishontirish usullaridan radikal terrorchilikka - davlat, polisiya va armiyaning ko'zga ko'ringan arboblarini jismonan yo'q qilish yo'liga o'tishi natijasida duch keldi. Ushbu davlatning diniy mutaassiblikka qarshi kurashdagi bir necha o'n yillik tajribasi radikal diniy guruhlarga xayrixohlik bilan qarash, ularni pinhona rag'batlantirish ekstremistik harakatlarning yanada faollashuviga, yangilarining paydo bo'lishiga imkon yaratishini ko'rsatadi[4].

Misrning barcha prezidentlari (Muhammad Mursiydan tashqari) harbiylardan tashkil topganiga qaramay, har bir prezidentning o'ziga xos siyosiy qarashlari mavjud bo'lgan. Masalan, mamlakatdagi islomchi kuchlarga nisbatan Jamol Abdul Nosir o'ta qattiq siyosat olib borgan. U mamlakat ichidagi barcha islomchi partiyalar faoliyatini cheklagan. Natijada barcha diniy partiyalar noqonuniy faoliyat olib borib mamlakat ichki barqarorligiga xavfi ortib ketgan[5].

Anvar Sadat esa Jamol Abdul Nosirdan yumshoqroq siyosat olib borib, partiya va harbiylar o'rtasida ko'ptomonlama siyosat olib borgan. O'zini din va diniy qarashlarning bosh himoyachisi sifatida ko'rsatishga harakat qilgan Anvar Sadat mamlakatda dinni kuchaytirish orqali so'l kuchlarga qarshi kurashga qaratilgan siyosat olib boradi. Natijada "At-takfir val-hijra" ("Kofirlikda ayblash va ajralib chiqish") va "Al-jihod al-Muqaddas" ("Muqaddas jihod") kabi tashkilotlar shakllanadi. Misr tajribasi shunisi bilan qiziqki, yuzaga kelgan qulay vaziyatdan ekstremistlar zudlik bilan foydalanishga harakat qilishini, islomni qutqarish zaruratini ta'kidlagan, mavjud muammolarni ro'kach qilgan holda davlat va hukumat rahbarlari hayotiga suiqasd uyushtirish, konstitutsiyaviy tuzumni ag'darib tashlashga intilishini

1147

Scientific Journal Impact Factor

ko'rsatadi.

1981-yil 6-oktyabrda harbiy parad vaqtida Anvar Sadat va yana 7 kishi "al -Jihod" tashkiloti a'zolari tomonidan otib tashlangani, Sadatning o'limidan so'ng "al-Jihod" tashkiloti o'rta asr islom xalifaligiga o'xshash islom davlatini tashkil etish maqsadida Asyut shahri ustidan nazorat o'rnatishga harakat qilgani ham Misr hukumatining diniy ekstremizmga qarshi kurash faoliyati davomida olgan "achchiq" saboqlardan hisoblanadi[5].

Radikal ekstremistik oqim vakillari Misr Arab Respublikasi davlat va siyosiy tizimini islomga qarshi sifatida, hukumatni esa haqiqiy islom dushmani, deb biladilar. Ular haqiqiy islomiy davlat qurishning yagona yo'li zo'ravonlik, deb hisoblaydilar[6]. XX asrning 80-90-yillarida radikal ekstremistik guruhlar sodir etgan zo'ravonlik va qo'paruvchilik harakatlari eng dahshatli voqealar sifatida zamonaviy Misr tarixidan joy oldi.

O'tgan asrning 90-yillarida Misrda terroristik hujumlar o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Radikal islom guruhlari MARning turli hududlarida keng ko'lamdagi terroristik faoliyatini olib bordi. Polisiya uchastkalari, ma'muriy va xo'jalik binolariga, qishloq hududlarida qurolli bosqinlar uyushtirildi. Bu hujumlar nafaqat davlatning hukumat tizimiga, balki iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy xavfsizligi, madaniy va g'oyaviy tizimiga ham tahdid sola boshladi. Terrorchilar boshlagan urush Misr XX asrda tashqi dushmanlar bilan qarshilashgan har qanday urushdan ham dahshatliroq bo'lib qolgan edi[7].

NATIJALAR (RESULTS)

Allaqachon xalqaro va transmilliy ahamiyat kasb etib ulgurgan diniy ekstremizm va terrorizmning oqibatlarini yengish va unga qarshi samarali kurash olib borishda davlatlarning iqtisodiy, ilmiy, madaniy va diniy salohiyatini safarbar qilish, xalqaro miqyosda esa jahon hamjamiyati sa'y-harakatlarini o'zaro umumlashtirish talab etilmoqda.

Misr Arab Respublikasining diniy ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi umuman olganda, har bir davlatga xos bo'lgan o'ziga xos xususiyatlar va ustuvor yo'nalishlardan qat'i nazar, bilvosita va bevosita qarshilik ko'rsatish usullarini o'z ichiga oladi. O'zbek sharqshunos olimi M.Muhammadsidiqov ushbu usullarga quyidagilarni kiritadi[8]:

Bilvosita qarshilik ko'rsatish usullariga rasmiy diniy tashkilotlar bilan hamkorlik, zo'ravonlikka qarshi kurashda diniy arbob va muassasalarning ahamiyatini oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradigan dasturlarni kiritish mumkin.

Scientific Journal Impact Factor

Bevosita qarshilik ko'rsatish o'z ichiga huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan ko'riladigan choralarni, aksilterrorchilik qonunlarini qabul qilish, ulardan keng foydalanish kabi tadbirlarni oladi. Shu o'rinda, masalan, Misr qonunchiligi diniy asosda partiyalar tashkil etishni taqiqlashini ta'kidlash joiz. Bundan tashqari, davlat noqonuniy ravishda qurol saqlaganlar, zo'ravonlikni targ'ib etuvchilar, radikal guruhlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlovchilarga nisbatan qattiq ma'muriy-jinoiy choralarni qo'llashini ham qayd etish lozim. Har ikkala usulga alohida diqqat qaratib chiqamiz.

Birinchi usul: bilvosita qarshilik ko'rsatish. Misr hukumatining diniy ekstremizmga qarshi kurash usullaridan biri - rasmiy islom, ya'ni rasmiy diniy tashkilotlar bilan hamkorlik hisoblanadi. Siyosiy va diniy ekstremizmga qarshi kurashishda Misr muftiysi, "Al-Azhar" shayxi hamda Vaqf ishlari vaziri katta rol o'ynaydilar. Ko'pgina tadqiqotchilarning qayd etishicha, islom jangarilari bilan kurashda ularning o'rni katta. Ular mavjud hukumatga nisbatan ijobiy yondashuvda bo'lib kelmoqdalar. Shunisi aniqki, Misr hukumati mavjud tuzumning "musulmoncha imidji"ni saqlab qolish tarafdori bo'lib, uning siyosatini rasmiy islom institutlari, xususan "Al-Azhar" bilan qo'llab-quvvatlashni ko'zlaydi. Fransuz arabshunos va siyosatshunos olimi Jil Kepel ushbu masalaga to'xtalarkan, quyidagilarni alohida ta'kidlab o'tadi: "Al-Azhar universiteti tufayli Husni Muborak diniy instansiyalarga ega edi va hokimiyatning aralashuvi va bir paytning o'zida eng radikal islomchilarning tanqidlari va "Musulmon birodarlar"ning ulamolar va o'qituvchilar orasiga kirib borishiga qaramay, ulkan obro'-e'tiborni saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan"[9].

Misrda "xususiy" yoki "xalq masjidlari" deb ataladigan masjidlarning faoliyati va siyosiy faolligi kuchaygani tufayli davlat tomonidan ularning faoliyatini nazorat qilishni bosqichma-bosqich Vaqf vazirligiga o'tkazila boshlashi barobarida ularga Al-Azhar universitetini bitirganlarni imom qilib tayinlash, qishloqlardagi Qur'onni o'rganish markazlarida savodsizlikni tugatishni targ'ib qilish ham davlatning din sohasidagi siyosatining uzviy qismiga aylanib bormoqda.

Davlat dasturiga ko'ra, barcha masjidlar Vaqf vazirligi qaramog'iga o'tkazilishi lozim. Bu tadbirlar ko'plab xususiy masjidlarni nazorat qiladigan va shu yerda yangi a'zolarni jalb qiladigan radikal islom tashkilotlari va guruhlarining ta'sirini kamaytirishga qaratilgan. Uning yana bir maqsadi jamiyatning ch alasavod, o'rta va quyi tabaqalarini radikal diniy g'oyalar ta'siridan himoya qilishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur jarayonda juma namozida o'qiladigan ma'ruzalar, ularning mazmunan bir xilligini ta'minlash orqali nazorat qilinayotganini ham ta'kidlash zarur.

Scientific Journal Impact Factor

Shunday qilib, hukumat tomonidan olib borilayotgan qator chora-tadbirlar, hamda mamlakatdagi rasmiy islom vakillari olib borayotgan ishlar jangarilar va terrorchilarning o'rnini susaytirish, ularning faoliyatini cheklashga xizmat qildi.

Shuningdek, Misr hukumatining bilvosita qarshilik ko'rsatishda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradigan dasturlari muhim ahamiyatga ega. Hukumat, siyosiy va diniy ekstremizm muammolari chuqur iqtisodiy va ijtimoiy ildizlarga ega ekanini tobora anglab, terrorchilar kuchli ta'sirga ega bo'lgan hududlardagi ijtimoiy muammolarni yumshatish uchun moddiy mablag' ajratildi. Xususan, 90-yillarda qabul qilingan mamlakatning janubiy hududlarini rivojlantirish bo'yicha majmua-dastur amalga oshirildi. Unda qatnashish istagini bildirgan xususiy biznes vakillariga imtiyozlar ajratildi.

Misrning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash strategiyasida ishsizlik, kam ta'minlangan oilalarning yashash darajasining pastligi, savodsizlik, uy-joy yetishmasligi kabi muammolarni yechishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga alohida e'tibor berilayotganini qayd etish lozim. Masalan, Misr hukumati mamlakatning qoloq tumanlari va viloyatlarini rivojlantirishga qaratilgan va ustuvor yo'nalishlarni o'z ichiga oladigan aniq dastur ishlab chiqishni o'z oldiga vazifa qilib qo'ymoqda. Shuningdek, Misr hukumati va rahbariyati ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligini pasaytirishga va 70 foizi qashshoqlikda yashayotgan aholining ahvolini yaxshilashga qaratilgan bir qator dasturlar va tadbirlarni amalga oshirmoqda[10].

Ikkinchi usul: bevosita qarshilik ko'rsatish. XX asr oxiri - XXI asr boshida Misr hukumatining islomparastlar bilan muloqotga borilmaydigan, yon bosmay digan, hukumatning aniq ishlab chiqqan chora-tadbirlari terrorizm, diniy ekstremizm va radikal diniy guruhlar faoliyatini asta-sekin yo'qqa chiqardi. Hukumatning islom fundamentalistlari bilan murosasiz kurashida Misr armiyasi ayniqsa, muhim rol o'ynadi.

90-yillarda Misrda yaratilgan ekstremizmga qarshi kurash tizimiga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning ko'p qismi jalb etildi. Misrda ushbu sohada barcha davlat idoralarining o'zaro aloqalarini o'rnatishga katta ahamiyat berildi. Ushbu maqsadlar uchun hukumat huzurida ichki ishlar idoralari, targ'ibot va ta'lim muassasalari, hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy vazirliklari va idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha idoralararo ishchi guruhi tuzildi. Ushbu tizimda muhim rol Oliy xavfsizlik sudiga yuklandi, ulardan armiya zobitlari tayinlandi. Sudning hukmlari ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas edi. O'zining

Scientific Journal Impact Factor

xatti-harakatlari va vakolatlari tabiati bo'yicha u favqulodda sudga to'g'ri keldi. Terroristik xarakterdagi jinoyatlar uchun asosiy jazo og'ir mehnat yoki o'lim jazosi edi. Misrdagi oppozision nashrlardan ma'lumki, 1995-yilda mamlakat qamoqxonalarida 10000 ga yaqin siyosiy mahbuslar saqlangan[11].

1995-yilda Addis-Abebada Prezident Husni Muborakka qilingan suiqasddan so'ng, Misr terrorizmga qarshi kurash bo'yicha keng qamrovli dastur ishlab chiqdi. Uni amalga oshirish doirasida 1997-yilda islom ekstremizmiga qarshi kurashni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha choralar ko'rildi. Xususan, xodimlar soni ko'paytirildi va o'quv dasturi takomillashtirildi, Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizligi bosh boshqarmasining vakolatlari kengaytirildi. 1998-yilda ish boshlagan ushbu bo'limning yangi rahbari X.Alberiy Misrda aksilterror faoliyatini sezilarli darajada faollashtirishga muvaffaq bo'ldi. Shunday qilib, uning buyrug'iga binoan, shubhali shaxslarning harakatini cheklash uchun Misr-Liviya chegarasini qo'riqlash kuchaytirildi. Bundan tashqari, AQShdan sotib olingan portlovchi moddalarni aniqlash uchun uskunalar MAR dengiz portlari va aeroportlariga o'rnatildi.

Shu bilan birga, mamlakatdagi diniy muassasalar ustidan davlat nazorati kuchaytirildi. Islomparastlarga masjidlardan o'z maqsadlari uchun foydalanishni qiyinlashtirish uchun Misr hukumati 1996-yildan 2000-yilgacha hisoblangan 30 mingga yaqin kichik masjidlarni Vaqf vazirligi nazorati ostiga o'tkazish rejasini qabul qildi. Bu islomiy guruhlarni moliyalashtirish manbalaridan biri bo'lgan xayriya mablag'larini yig'ish ustidan nazorat o'rnatdi[12]. Bundan tashqari, rasmiylarga ko'ra, ekstremistlarni qo'llab-quvvatlagan "Musulmon birodarlar" uyushmasi, shifokorlar, huquqshunoslar, muhandislar, farmasevtlar kasaba uyushmalarining moliyaviy faoliyati tekshiruvlari tekshirildi.

1996-yil avgustga qadar Misr tomonidan bir qator davlatlar bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitimlar tufayli Misr Arab Respublikasi Ichki ishlar vazirligi asosan islomchilar uchun mo'ljallangan xorijdan mablag'larni ushlab qolish muammosini hal qilishga muvaffaq bo'ldi[13]. Bunday harakatlar natijasida moliyaviy bazaning keskin qisqarishi tufayli Misrdagi ko'plab islomiy tashkilotlar mahalliy saylovlarda qatnashishdan bosh tortishga majbur bo'ldilar.

XX asrning 90-yillari oxiri hamda XXI asr boshlariga kelib islomchilarga nisbatan qattiq repressiv choralar, uzoq muddatli qamoq jazosi va og'ir mehnatga hukm qilish bilan birga vaqti-vaqti bilan amnistiya amalga oshirilib, qamoqdan chiqqandan keyin joylashish uchun sudlanganlarga pul mablag'lari berilib borildi[14]. Masalan, faqat 1998-yilda Misr qamoqxonalaridan Favqulodda vaziyat qonuni bo'yicha sudlangan 5000 ga yaqin kishi ozod qilindi. 1999-yil may oyida "Al-Jamoa

Scientific Journal Impact Factor

al-Islamiyya"ning 1200 ga yaqin a'zosi amnistiya qilindi[15]. Bundan tashqari, ekstremizm muammosi chuqur iqtisodiy va ijtimoiy ildizlarga ega ekanligini anglagan holda, Misr Arab Respublikasi rahbariyati mamlakatning ushbu qismini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha Misr janubidagi viloyatlarning aholisi orasida islomiy ekstremistlar ta'sirini zaiflashtirish bo'yicha kompleks dasturni amalga oshirdi.

XULOSA (CONCLUSION)

Misr hukumatining XX asr oxiri - XXI asr boshida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashida ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritganiga qaramay, ko'rilgan choralar mamlakatda radikal islomparast tashkilotlarni butunlay yo'q bo'lishiga olib kelmadi. Ular aholi orasida kichik masshtabda bo'lsa ham o'z faoliyatlarini davom ettirdilar. Demak, Misr hukumatining tajribasi shuni ko'rsatadiki, faqatgina qat'iy choralar ko'rish bilan ushbu muammo bilan kurashib bo'lmaydi. Yoshlarni nazoratsiz qoldirish, ularning diniy bilimlar bazasiga e'tiborsizlik mamlakatni o'tkir inqirozlar sari yetaklaydi. Islomparastlarga qarshi kurashda hushyorlikni boy bermasdan, aholiga, ayniqsa, yoshlarga mo'tadil islom ta'limotlarini singdirish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish eng maqbul yechim ekanligi Misr tajribasida yanada aniq namoyon bo'ladi.

1. O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi jahon ommaviy axborot vositalari nigohida. // https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-prezidentming-bmt-bosh-assambleyasi-72-sessiyasid-22-09-2017.

2. Muhammadsidiqov M.M. Afrika arab davlatlarida dinning siyosiylashuvi va uning siyosiy jarayonlarga ta'siri: siyos. fan. dok. (DSc) diss. -Toshkent, TDSHI, 2018. -B. 221.

3. Борисов А.Б. Противодействие исламскому экстремизму. Опыт Ближневосточных стран. Национализм и фундаментализм на Ближнем Востоке. Материалы конференции Москва, 04.02.99 г.. -С. 7.

4. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari: Mas'ul muharrir: Z.Islomov. -Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2017. -B. 127.

5. O'sha joyda, o'sha bet.

6. Юрченко В.П. Египет проблемы национальной безопасности (1952-2002 гг.). -М. 2003. -С. 253.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

Scientific Journal Impact Factor

7. Камлевская Я.Е. Борьба с терроризмом в Египте на рубеже XX-XXI веков. Ближний Восток и современность. Сборник статей (выпуск девятнадцатый) М.,

2003. - С. 58.

8. Muhammadsidiqov M.M. Afrika arab davlatlarida dinning siyosiylashuvi va uning siyosiy jarayonlarga ta'siri: siyos. fan. dok. (DSc) diss. -Toshkent, TDSHI, 2018. -B. 214-215.

9. Кепель, Жиль. Джихад. Экспансия и закат исламизма (перевод с фр.). -М.,

2004. -С. 268.

10. Muhammadsidiqov M.M. Afrika arab davlatlarida dinning siyosiylashuvi va uning siyosiy jarayonlarga ta'siri: siyos. fan. dok. (DSc) diss. -Toshkent, TDSHI, 2018. -B. 216.

11. Камлевская Я.Е. Борьба с терроризмом в Египте на рубеже XX-XXI веков. Ближний Восток и современность. Сборник статей (выпуск девятнадцатый). -М., 2003. -С. 58.

12. Поляков К.И. Противодействие религиозному экстремизму и терроризму в арабских странах. Исламизм и экстремизм на Ближнем Востоке (сборник статей). -М., 2001. -С. 188.

13. Бабкин С.Э. Движения политического ислама в Северной Африке. / Институт изучения Израиля и Ближнего Востока. - М., 2000. -С. 51.

14. Поляков К.И. Арабские страны и ислам в России (90-е годы ХХ века). -М., 2001. - С. 98.

15. Ёдгоров, Ш. М. (2021). ХХ аср охири - XXI аср бошида Миср ва Суриянинг диний экстремизм ва терроризмга карши кураш тажрибаси. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1). -Б. 490.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.