Научная статья на тему 'Yurish harakat fe’llarining valentlik tarkibi'

Yurish harakat fe’llarining valentlik tarkibi Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
139
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harakat fe’llari / valentlik / lug’aviy valentlik / denotative ma’no / signifikativ / leksema

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilnoza Shuxratovna Rahimova

Mazkur maqolada tilshunoslikda yurish harakat fe’llarida valentlik tarkibining ifodalanishi va valentlikning xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Yurish harakat fe’llarining valentlik tarkibi»

Yurish harakat fe'llarining valentlik tarkibi

Dilnoza Shuxratovna Rahimova Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada tilshunoslikda yurish harakat fe'llarida valentlik tarkibining ifodalanishi va valentlikning xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: harakat fe'llari, valentlik, lug'aviy valentlik, denotative ma'no, signifikativ, leksema.

Valence structure of verbs of action

Dilnoza Shukhratovna Rahimova Urganch State University

Abstract: In this article, there are opinions about the expression of valence structure in verbs of action in linguistics and the features of valence.

Keywords: action verbs, valence, lexical valence, denotative meaning, significative, lexeme.

Yurish-harakat lingvistik tushuncha bo'lib, u subyektning muayyan makonda oyoqlar yoki transport vositalari yordamida amalga oshiradigan harakatini ifodalash uchun qo'llaniladi.1 Subyektning shunday harakatini aks ettiruvchi fe'llar tilshunoslikda yurish-harakat fe'llari deb ataladi. Har bir fe'l u qanday harakatni ifodalashidan qat'iy nazar, o'zining leksik ma'nosiga egadir. O.E.Mavlonberdiyevaning fikricha, so'zning leksik ma'nosi tilga bog'liq bo'lmagan borliq bilan o'zaro chambarchas bog'liqlikda bo'lib, u ikki ko'rinishda bo'ladi:

❖ signifikativ ma'no,

❖ denotativ ma'no.

Har bir harakat fe'li leksemasi boshqa fe'llardan denotativ ma'nosi orqali farqlanadi, hamda ular signifikativ ma'no doirasida birlashadi. So'zlarning ma'no jihatidan bunday bog'langanligi bitta tematik guruhni, bitta semantik maydonni tashkil etadi.2 Olimlarning ushbu qarashlari yurish-harakat fe'llari doirasiga ham mos keladi. Xuddi shunday, yurish-harakat fe'llari ham fe'l leksemasi tizimida o'ziga xos semantik

1 Мирсанов F.K. Инглиз ва узбек тилларида юриш-^аракат феълларининг акционал ва аспектуал хусусиятлари: Филол. фан. номз. дисс. — Самарканд, 2009. — 155 б.

2 Мавлонбердиева О.Е. Сопоставительная характеристика глаголов движения в русском и узбекском языках: Автореф. дисс. канд. филол. наук. — Худжанд, 2011. — 24 с.

maydonni tashkil etib, barcha yurish-harakat fe'llari mazkur leksik-semantik maydon doirasida birlashadi. Tilimizda mavjud bo'lgan fe'llarni semantik jihatdan chuqur o'rganishda ularni har tomonlama tasniflash maqsadga muvofiqdir. Yurish harakat fe'llarining valentlik tarkibi haqida fokr yuritishdan oldin valentlik tushunchasi va uning mazmunini bayon etsak.

Valentlik haqida tushuncha. Valentlik aslida kimyoviy atama, tilshunoslikda lisoniy birliklarning yuzaga chiqmagan birikuvchanlik-biriktiruvchanlik imkoniyati sifatida qaraluvchi lisoniy hodisaga nisbatan qo'llanadi. Valentlikning kimyoviy tavsifi quyidagicha. Masalan, kislorod (O) atomi boshqa turdagi yana ikkita atomni biriktirish imkoniyatiga ega. Bu uning elektron qavatidagi ikkita atomning bo'sh o'rniga qarab belgilanadi. Suv molekulasi (N2O)da bu bo'sh o'rinlar to'ldirilgan. Shuningdek, nafaqat kislorod, balki vodorod (N) ham valentlikka ega bo'lib, uning bo'sh o'rni bitta. Demak, ko'rinadiki, suv molekulasida kislorodning ham, vodorodning ham valentlik imkoniyati voqelikka aylangan bo'lib, ular kislorodda biriktiruvchi, vodorodda esa birikuvchi tabiatga ega. Har ikkala atom (vodorod va kislorod) ham bir-biriga muvofiq bo'lgandagina birikma hosil qilishi mumkin. Masalan, vodorod va oltin atomlari birikib, molekula hosil qila olmaydi.

Atomning valentligi ro'yobga chiqmagan, namoyon bo'lishi uchun sharoit talab etiladigan imkoniyat. Lisoniy birlik ham ana shunday birikish-biriktirish imkoniyatiga ega, u (ya'ni valentlik) ham lisoniy birliklarning o'zi bilan muayyan til jamiyati a'zolari ongida yashaydi. Masalan, [o'qi] leksemasi kishi ongida bir nechta bo'sh o'rniga ega holda mavjud bo'ladi va nutqda voqelanib, bir vaqtda o'ziga shuncha birikuvchini ham torta olishi mumkin. Uni chizmada quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

Kim

Nimani

Kimga

Qanday o'qidi

Qachon

Nima bilan

Nima sababdan

Qancha

Bunda so'roq olmoshlari [o 'qi] leksemasiga birikish imkoniyatiga ega bo'lgan so'zlarga ishora qiladi. Bu imkoniyat bevosita kuzatishda berilmagan bo'lib, [o'qi] leksemasining mohiyatida yashiringan. Lekin kitobni o'qimoq, har kuni o'qimoq, ko'p o'qimoq nutqiy birikuvlarida bu imkoniyatlar bitta-bitta voqelangan. Quyidagi birikuvlarning birinchisida bir vaqtning o'zida bu imkoniyatdan ikkitasi, ikkinchisida esa uchtasi voqelikka aylangan, so'z birikmasi hosil qilingan: 1) kitobni tez o'qimoq;

2) kutubxonada kitobni tez o'qimoq;3

[o'qi] leksemasining ongdagi birikish imkoniyati valentlik ekan, uning nutqiy voqelanishi sintaktik aloqa hisoblanadi. Demak, valentlik lisoniy, sintaktik aloqa esa nutqiy hodisa sifatida qaraladi. Ular lison va nutqning barcha qarama-qarshi belgilarini o'zida aks ettiradi.

Valentlik Sintaktik aloqa

Umumiylik Alohidalik

Mohiyat Hodisa

Imkoniyat Voqelik

Sabab Oqibat

Valentlik Sintaktik aloqa

Moddiylikdan xoli moddiylikka ega

Ijtimoiy Individual

Takrorlanuvchan Betakror

Lisoniy birlikning valentligini to'ldiruvchi birlik aktant deb ham yuritiladi. Yuqorida aytilganidek, kislorod atomi bilan birga vodorod atomi ham valentlikka ega bo'lganligi kabi [o 'qi] leksemasiga birikuvchi leksema ham valentlikka ega. Biroq [o'qi] leksemasi hokim, tortuvchi mavqeda bo'lganligi sababli uning valentligi hokim valentlik, unga birikuvchi leksemaning valentligi esa tobe valentlik deyiladi.

Turli atom bir-biriga mos bo'lgandagina birika olganligi kabi lisoniy birlik ham ma'no va grammatik jihatdan muvofiq bo'lmog'i lozim. Boshqacha aytganda, biriktiruvchi leksema birikishi lozim bo'lgan leksemani nafaqat ma'no jihatdan, balki bir grammatik shaklda ham mos bo'lishini ham talab qiladi. SHunga ko'ra, valentlik lug'aviy va sintaktik qatlamga ajraladi.

Lug'aviy valentlik. Lug'aviy valentlik biriktiruvchi leksemaning ma'noviy jihatdan o'ziga mos birikuvchilarni tanlashi. Masalan, [hangra] leksemasi [qush] leksemasini o'ziga torta olmaydi, [qush] leksemasi [hangra] leksemasidagi birorta ham bo'sh o'ringa tusha olmaydi. CHunki ularda ma'noviy muvofiqlik mavjud emas. Leksemalar bir-biriga ma'noviy mos bo'lishi uchun ularning ma'no strukturalarida o'xshash ma'no bo'lakchalari - semalari bo'lmog'i lozim.

[qush] [sayramoq]

«parranda» «ovoz chiqarish»

«uchadigan» «qushlarga xos»

«sayray oladigan»

Ko'rinadiki, [qush] leksemasi ma'no tarkibidagi «sayray oladigan» ma'no bo'lakchasi [sayramoq] leksemasida va undagi «qushga xos» ma'no bo'lakchasi qush leksemasida mavjud. Bu ularning birikma hosil qilishga asos bo'la oladi.

3 Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis. Darslik. - Toshkent: Mumtoz so'z, 2013. WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 1198

Bu leksemalarda, yuqoridagidek, ma'noviy moslik kuzatilmaydi. SHu boisdan [hangramoq] leksemasi valentligini to'ldirish uchun [qush] leksemasini o'ziga torta olmaydi, [qush] leksemasi esa [hangra] leksemasidagi bo'sh o'rinni to'ldira olmaydi.

Leksemaning valentliklari tor yoki keng bo'lishi mumkin. Masalan: [hangramoq] leksemasining nima so'rog'iga javob bo'ladigan valentligi to'ldiruvchisi - [eshak], [xo'tik], [hangi] leksemalari. [kishnamoq] leksemasining bunday valentligini to'ldiruvchi unsurlar - [ot], [toy], [bedov], [saman] leksemalari. Ba'zan birikuvchi yoki biriktiruvchi leksemalar ma'nolari muvofiq bo'lmagani holda ular nutqda birikuv hosil qilishi mumkin. Masalan, Artist «hangradi» kabi. Bunda endi me'yoriy valentlik buzilgan holda namoyon bo'lib, ko'chma, obrazli ma'no yuzaga chiqadi. Lekin bu sof nutqiy hodisa, [hangra] va [artist] leksemalarining lisoniy mohiyatidan joy olmagan. CHunki [artist] leksemasining ma'no tarkibi «san'atkor», «qo'shiqchilik-teatrga xos» semalari bo'lib, unda «hangra» semasi yo'q, [hangramoq] leksemasi «eshakka xos», «ovoz chiqarish» ma'no tarkibiga ega, unda «san'atkor», «qo'shiqchilikka xos» ma'no bo'lakchalari mavjud emas.

Lug'aviy valentlikni ot va fe'l turkumidan olingan namuna asosida dalillashga harakat qildik. Lekin lisoniy-lug'aviy valentlik nafaqat ot yoki fe'lga, balki boshqa so'z turkumlariga ham xos.

Sintaktik valentlik. Sintaktik valentlik leksema valentligining ikkinchi tomoni, u hokim mavqedagi leksemaning tobe leksemalarni o'ziga tortish uchun ularning ma'lum bir sintaktik shaklda - kelishik, ko'makchi, ravishdosh, sifatdosh qo'shimchasini olishini talab qilishi. Bu hokim leksemaning sintaktik mavqei, grammatik shakli tomonidan belgilanadi. Masalan, Xatni yozdi, Xat yozildi sintaktik qurilmalaridagi (xatni) va (xat) so'zlarining grammatik shakli bosh so'zning grammatik shakli bilan belgilangan.4

Sintaktik valentlik lug'aviy valentlik bilan zich bog'langan, biri o'zgarsa, ikkinchisi ham o'zgaradi, biri yo'qolsa, ikkinchisi ham bo'lmaydi. Masalan, [etakla] leksemasi jo'nalish kelishigidagi otni o'ziga tortmaydi (Halimga yetakla tarzida). Lekin [etakla] leksemasi orttirma nisbat shakli [-t] bilan shakllansa, (Halimga) so'zshakli unga tortila oladi. Bunda [etakla] leksemasining sintaktik valentligi o'zgardi.

Lug'aviy va sintaktik valentlik o'zaro bog'liq bo'lsa-da, ular tez-tez o'zgarishga uchrab turadi. Masalan, Ashulachi «hangradi» birikuvida sintaktik valentlik o'zgarmasdan voqelangan, ammo lug'aviy valentlik yangilangan holda yuzaga chiqqan. Bunday hol ko'chma ma'no yuzaga chiqqanidan dalolat beradi. Xat yozildi, Xatni yozdi birikuvlarida ma'noviy valentlik joyida, biroq sintaktik valentlik o'zgargan. Bu turlicha sintaktik shakllar voqelanganligini ko'rsatadi. Biroq aytilgan

4 Kharatova, S. K., & Ismailov, T. X. O. G. L. (2022). Use of innovative technologies in the educational process. Science and Education, 3(3), 713-718.

har ikkala o'zgarish ham bir yoqlama - yo ma'noviy, yo sintaktik tabiatga ega. Agar o'zgarish birdaniga ikki tomonlama - ham lug'aviy, ham sintaktik bo'lsa-chi? Bunda derivatsiya sodir bo'ladi. Dalil sifatida [ochmoq] fe'lining lug'aviy va sintaktik valentliklarini aniqlash orqali bunga amin bo'lish mumkin:

1. Tergovchi jinoyatni ochdi.

2. Jinoyatchi tergovchi tomonidan ochildi.

3. Amerikani Vespuchchi ochdi.

4. Gul ochildi.

1- va 2-misolda [ochmoq] fe'li valentliklarini to'ldiruvchi so'z (tergovchi) ning ma'nosi o'zgarmagan, lekin sintaktik shakli (tergovchi - bosh kelishikda, tergovchi tomonidan - ko'makchili) o'zgargan. Demak, [ochmoq] leksemasining ma'noviy valentligi o'zgarishsiz saqlangan, sintaktik valentligi o'zgargan. Bu o'zgarish [ochmoq] fe'liga [-il] majhul nisbat qo'shimchasi tomonidan kiritilgan. 3-misolda esa fe'lning sintaktik valentligi o'zgarishsiz qolgani holda ma'noviy valentlik o'zgarishga uchragan. Chunki [Amerika] so'zining ma'nosi [ochmoq] fe'li ma'nosiga muvofiq kelmaydi. Ammo sintaktik shakli mos. 4-misolda esa ham ma'noviy, ham sintaktik valentliklar butkul o'zgargan. CHunki [gul] so'zi [ochmoq] fe'liga ma'noviy jihatdan mos emas. Bundan tashqari, birikuvchi so'zning sintaktik shakli ([gul] - bosh kelishik) [ochmoq] fe'lga -il qo'shimchasi qo'shilishi natijasida o'zgarishga uchragan.

Demak, ma'lum bo'ladiki, leksemaning lisoniy valentligi ikkiyoqlama, ma'noviy tomoni unga qanday leksema birika olishi me'yori, chegarasini ko'rsatsa, sintaktik tomoni birikuvchi so'zning qanday grammatik qo'shimchani olishini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. -Toshkent: O'zME, 2013.

2. Sayfullaeva R. , Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o'zbek tili. O'quv qo'llanma. - Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009

3. Jamolxonov H. O'zbek tilining nazariy fonetikasi. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - Toshkent: O'zME, 2013.

4. Zamonaviy o'zbek tili. Morfologiya. Darslik. - Toshkent: Mumtoz so'z, 2008.

5. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis. Darslik. - Toshkent: Mumtoz so'z, 2013.

6. Mirtojiyev M. O'zbek tili fonetikasi. - Toshkent: Fan, 2013.

7. Kharatova, S. K., & Ismailov, T. X. O. G. L. (2022). Use of innovative technologies in the educational process. Science and Education, 3(3), 713-718.

8. Kharatova, S. K. Goals And Tasks Of English Language Teaching. International Bulletin Of Engineering And Technology, 2(9).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.