Научная статья на тему 'LEKSEMALARGA XOS NAZARIY QARASHLAR'

LEKSEMALARGA XOS NAZARIY QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1626
346
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Leksema / grammatik ma’no / tovush / lisoniy birlik / morfema.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sabohat Sadullayevna Jumayeva

Leksema haqida fikr bildirishdan oldin uning lugʻaviy ma’nosiga e’tibor qaratish lozim. Leksema (yun. lexis — soʻz, ifoda) — til qurilishining leksik maʼno anglatuvchi lugʻaviy birligi. Leksema bildiradigan maʼno soʻzning material qismi: maʼlum tovush kompleksini maʼlum obʼyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LEKSEMALARGA XOS NAZARIY QARASHLAR»

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

LEKSEMALARGA XOS NAZARIY QARASHLAR

lW

>

! * i >

Sabohat Sa'dullayevna Jumayeva

Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 27- umumiy o'rta ta'lim maktabining

Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6969854

' t

HM.Ote

1> ^ Annotatsiya: Leksema haqida fikr bildirishdan oldin uning lug'aviy ma'nosiga

e'tibor qaratish lozim. Leksema (yun. lexis — so'z, ifoda) — til qurilishining leksik

ma'no anglatuvchi lug'aviy birligi. Leksema bildiradigan ma'no so'zning material

qismi: ma'lum tovush kompleksini ma'lum ob'yektiv voqelikka bog'lash bilan kishi

ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija.

Kalit so'zlar: Leksema, grammatik ma'no, tovush, lisoniy birlik, morfema.

\ ]><iM. M.<j ]>

Leksema so'zning grammatik ma'no bildiruvchi qo'shimchalarsiz qismi; tilning

lug'at tarkibiga xos birlik. Leksema anglatadigan ma'no, ma'lum tovushlar majmuini muayyan obyektiv voqelikka bog'lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun, ya'ni undan anglashiladigan narsa-buyum, voqea-hodisa, belgi-xususiyat leksik

»

m?

ma'no (lug'aviy ma'no) deb ataladi. Masalan, suvdon so'zi «qushlarga suv beriladigan idish»,suvchi so'zi «ekinlarni, xususan g'o'zalarni sug'oruvchi dehqon,sug'orish bo'yicha mutaxassis» lug'aviy ma'nolarni anglatadi.Ilmiy manbalarda leksik ma'no semema deb ham yuritiladi. Leksik ma'no, ya'ni semema

semalardan tarkib topadi.Sema leksik ma'no (semema)ni hosil qiluvchi ma'no

........ , . , , , . . , . , , .. , . ,

bo'laklaridir Masalan:tun leksemasining ma'nosi - sutkaning kunbotishidan kun

chiqqungacha, oqshomdan tong olar vaqtigachabo'lgan qismi. Mazkur semema «qorongi», «vaqt», kabi semalardan tarkib topgan. Ilmiy manbalarda leksik ma'no quyidagi nuqtai nazarlardan turlarga ajratiladi:

1) yasalish munosabatiga ko'ra;

2) obyektni ifoda etishiga ko'ra;

3) nutqda voqelashishiga ko'ra.

Yasalish (hosil bo'lish) munosabatiga ko'ra leksik ma'no ikki turli bo'ladi: J-jt

_____

a) asos ma'no; b) yasama ma'no.

Leksemamng boshqa ma'nolarini kelib chiqishiga asos bo'lib xizmat qiladigan ma'nosi asos ma'no hisoblanadi. Masalan, boshso'zining tananing bo'yindanyuqorigi, oldingi qismi; kalla ma'nosi uning asos ma'nosidir.

Leksemaning yasama ma'nosi hosila ma'no deb ham ataladi. Masalan, bosh so'zining aql-hush, miya tog 'ning ko 'rki tosh bilan,odamning ko'rki bosh bilan. Maqol: boshliq, rahbar (Yaxshiyigit —davraning boshi. Maqol); lavozim, mansab jihatdan katta (bosh vrash qabulida bo'ldim); ulkan, katta, asosi (Shaharning

I n>»=

^TOTTOT^- a >

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

boshdarvozasi shu):, eng muhim, asosiy, yetakchikabi o'nlab ma'nolari uning hosila

ma'nolaridir.

Albatta, asos ma'no va yasama ma'no ko'p ma'noli so'zlar uchun xos.Obyektni ifoda etishiga ko'ra ham leksik ma'no ikki turli bo'ladi

1) nominativ ma'no,

2) figuial ma'no.

Leksemaning voqelik bilan bevosita bogdanadigan, narsa-buyum, belgi, harakatning norm bo'hb xizmat qiladigan ma'nosi nominativ ma'no deyiladi. Masalan, ko'z leksemasining ko'risha'zosi, nichka leksemasining yozuv quroii ma'nosi nominativ ma'nodir.

Leksemaning voqelik bilan bevosita bogianmagan, narsa-buyum, belgi, harakatning nomiga aylanmagan ma'nosi figural ma'nodir.

Bechora xotinlar bo'lsa, erlaridan bekitib yurganpullarini da'vo qilolmay, damlari ichlariga tushib, kuyib qolaberdilar. (P Tursun. 0 'qituvchij O'zi bilmaydi-yu, mengao'rgatganiga kuyaman!(A. Qahhor. )

Gaplarda kuy leksemasi yo 'nalish, kuymoq so'zi ajrab qolmoq, alam qilmoq kabi figurai ma'nolarda qo'llangan.

Nutqda voqea tashishiga ko'ra leksik ma'no ikki turga bo'linadi:

x , •

>

Erkin ma'no narsa-buyum, belgi, harakat bilan bevosita bog'liq bo'lib, uning

a) erkin ma'no,

b) bog'li ma'no.

Erkin ma'no narsa-buyum, belgi, harakat bilan bevosita bog'liq bo'lib, uning voqelashgan majmui so'zlar qurshovi shart emas. Leksemaning erkin ma'nosi u

alohida olinganda anglashilaveradi. Masalan, do 'ppi leksemasining milliy bosh

-,....... , .........

kiyim,og'iz so 'zining ovqat hazm qilish a 'zosi ma 'nolari erkin ma'no.

Demak, leksemaning erkin rna'nosi boshqa so zlar yoki so'zlar qurshovi (kontekst)ga bog'liq bo'lmaydi. Xusussan Shavkat Rahmatullayevning "Hozirgi o'zbekadabiy tili" darsligida leksemaga quyidagicha ta'rif berilgan: Leksema bildiradigan ma'no so'zning material qismi: ma'lum tovush kompleksini ma'lum ob'yektiv voqelikka bog'lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija. Har qanday Leksema o'zining fonelshlari ifodalagan ma'nosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat. Bunday birlik so'z va iboralarda mavjud. J-jt Ularga nisbatan glossema, lug'aviy morfema atamalari ham ishlatiladi.

Leksema lisoniy birlik sifatida miyaning til xotirasi qismidagi ramzga

teng; leksemadan foydalanishda ana shu ramzdan nusxa olinadi. Nutqda

j > ' ^^ ^ 1 > leksemaning o'zi mustaqil namoyon bo'lmaydi, chunki u butunga emas,

! K*

qismga teng holatda bo'ladi, sintaktik belgi-xususiyat qo'shilganidan keyin

butunga aylanadi. Leksemaning ana shunday qism holatida bo'lishi oxiriga

chiziqcha yozib ko'rsatiladi: nok-, pish-, shirin-, sekin- kabi. Masalan, nok ,,_______. • • 7 A -, ___, ,,________• ______

leksemasini talaffuz birligi sifatida nok tarzida yozsak, leksemani emas, balki

-^OTIœr^- 249g > I

>>

* : >

й*

*ф:

>>

#ф>

^ >3> 1

Я>

>3» Ы у! Й> #ф>

>j*

^ H ! Я>

Ы )>

• >4>

+И >

Щ »

ш

¡ >р-

*ф> >j>

Ы >

i >j>

* - >

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

leksemashaklni ("leksema + biriik son ko'гsatkichi + bosh kelishik ko^satkich^'ni) yozgan bo'lamiz. Demak, leksema til xotiгasida lisoniy biriik sifatida mavjud bo'ladi, nutqda sintaktik tavsif olib qatnashadi. Til birligi sifatida leksema ikki jihatning -ifoda jihatining va mazmun jihatining bir butunligidan iborat. Bu ikki jihat ajralmas biг butunni tashkil etishiga qaгamay nisbiy mustaqillikka ega: haг biгi o'z taraqqiyot qonunlaгi asosida o'zgaгadi. Shunga ko'ra leksemaning ifoda jihati va mazmun jihati mustaqil bayon qilinadi.

Leksemaning ifoda jihati. Leksemaning ifoda jihati deganda avvalo qaysi til tovushlarining qanday tartibdagi qatori bilan ifodalanishi tushuniladi. Leksemaning (shuningdek morfemaning ham) ifoda jihati bo'lish vazifasini bajarishi bilan til tovushi fonema mavqeiga ega bo'ladi. Demak, til tovushi - tilning tovushlar tizimiga mansub birlik; fonema - til birligi (leksema, morfema) tarkibida birlamchi qurilish ashyosi vazifasini bajaradigan til tovushi. Fonema - til biriigining ifoda jihati bo'lib xizmat qiladigan va shu o^ali til biriiklarining o'zaro faгqlanishini ham ta'minlaydigan til tovushi. Fonema til qurilishidagi alohida bir hodisa, alohida birlik emas, balki til qurilishiga mansub tovushlarning ijtimoiy vazifa bajarish holati xolos: til tovushiga ijtimoiy vazifasiga ko'ra fonema nomi berilgan. Afsuski, fonema nazariyasi rivojlangan sari til tovushiga xos artikulyatsion belgi-xususiyatlar ham fonemaga tortib olinib, til tovushi tilning qurilish birligi sifatida umuman gapirilmaydigan, til birligi deb to'g'ridan to'g'ri fonema aytiladigan bo'ldi' "til tovushi" tushunchasi go'yo "fonema" tushunchasiga singdirildi. Aslida til qurilishiga xos birliklar (birlamchi qurilish birliklari) sifatida avvalo til tovushlari tasvirlanadi, keyin-gina shu til tovushlari ijtimoiy vazifasiga ko'ra fonema sifatida o^ganiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ulupov N. Tilshunoslik nazariyasi. O'quv qo'llanma -T.:Barkamol fayz media. 2016

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G.,Qurbonova M., va boshqalar Hozirgi o'zbek adabiy tili. - T.: 2009

3. www.ziyouz.com

jW^ У

q ж**

Ш

!> jjh

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

j

Ыщ

* I l>

q уф: q И>

4 >i#;

q

Щ >

*ф>

ИИ>

¡ЙИ*

Jj

m

Qj^f^S).

250

q

>H >

Ы j>

q

ÜN>

ym*

]>Ж *ф>

q j>p

Ц >p

|:H> Ы >

q щъ

Щ > q iho-

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.