Научная статья на тему 'YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA AUTODESTRUKTIV XULQATVORGA MOYILLIK MUAMMOSI VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI (ILMIY MANBALAR SHARHI)'

YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA AUTODESTRUKTIV XULQATVORGA MOYILLIK MUAMMOSI VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI (ILMIY MANBALAR SHARHI) Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
146
223
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘z-o‘ziga zarar yetkazishga qaratilgan xatti-harakatlar / sotsializatsiya / autodestruktiv xatar muammosi / o‘z joniga qasd qilishninig namoyishkorona / affektiv va asl kabi suitsid xatti-harakatlar turlari. / self-injurious behavior / socialization / autodestructive risk problem / suicide / types of suicidal behavior such as demonstrative / affective and original

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Kubayev Ma’ruf Qosim O‘gli

Ushbu maqolada bugungi kunda butun dunyoda allaqachon dolzarb muammoga aylanib ulgurgan mavzu ya’ni, o‘smirlardada autodestruktiv xulq-atvor (o‘z-o‘ziga zarar yetkazishga qaratilgan xulq)ning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROPENSITY OF HIGH SCHOOL STUDENTS TO SELF-DESTRUCTIVE BEHAVIOR AND ITS SOCIO-PSYCHOLOGICAL ASPECTS (REVIEw OF SCIENTIFIC SOURCES)

This article deals with the socio-psychological aspects of self-destructive (self-harm) behavior in adolescents, which has already become an urgent problem in the whole world today.

Текст научной работы на тему «YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA AUTODESTRUKTIV XULQATVORGA MOYILLIK MUAMMOSI VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI (ILMIY MANBALAR SHARHI)»

Kubayev Ma'ruf Qosim o'g'li,

Xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti

YUQORI SINF O'QUVCHILARIDA AUTODESTRUKTIV XULQ-ATVORGA MOYILLIK MUAMMOSI VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI (ILMIY MANBALAR SHARHI)

UO'K: 159.923.2 DOI: 10.34920/SO/VOL_2024_ISSUE_1_5

KUBAYEV M.Q-U. YUQORI SINF O'QUVCHILARIDA AUTODESTRUKTIV XULQ-ATVORGA MOYILLIK MUAMMOSI VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI (ILMIY MANBALAR SHARHI)

Ushbu maqolada bugungi kunda butun dunyoda allaqachon dolzarb muammoga aylanib ulgurgan mavzu ya'ni, o'smirlardada autodestruktiv xulq-atvor (o'z-o'ziga zarar yetkazishga qaratilgan xulq)ning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida so'z boradi.

Tayanch so'z va tushunchalar: o'z-o'ziga zarar yetkazishga qaratilgan xatti-harakatlar, sotsializatsiya, autodestruktiv xatar muammosi, o'z joniga qasd qilishninig namoyishkorona, affektiv va asl kabi suitsid xatti-harakatlar turlari.

КУБАЕВ М.К-У. СКЛОННОСТЬ УЧАЩИХСЯ СТАРШИХ КЛАССОВ К АУТОДЕСТРУКТИВНОМУ ПОВЕДЕНИЮ И ЕГО СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ (ОБЗОР НАУЧНЫХ ИСТОЧНИКОВ)

В данной статье рассматриваются социально-психологические аспекты аутодеструктивного (членовредительного) поведения подростков, которое сегодня уже стало актуальной проблемой во всем мире.

Ключевые слова и понятия: самоповреждающее поведение, социализация, проблема авто-разрушающего риска, самоубийство, демонстративные, аффективные и оригинальные виды суицидального поведения.

KUBAEV M.K-U.THE PROPENSITY OF HIGH SCHOOL STUDENTS TO SELF-DESTRUCTIVE BEHAVIOR AND ITS SOCIO-PSYCHOLOGICAL ASPECTS (REVIEW OF SCIENTIFIC SOURCES)

This article deals with the socio-psychological aspects of self-destructive (self-harm) behavior in adolescents, which has already become an urgent problem in the whole world today.

Key words and concepts: self-injurious behavior, socialization, autodestructive risk problem, suicide, types of suicidal behavior such as demonstrative, affective and original.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

Kirish.

Psixologik konsultatsiya, psixoterapiya va psixokorreksiyaga doir tadqiqotlarga ko'ra, o'smirlardagi o'z-o'ziga zarar yetkazishga qara-tilgan xatti-harakatlarning mohiyati, mexaniz-mlarini hamda u bilan ishlash imkoniyatlarini keng yoritib berish muhimdir. Bu yuqorida aytib o'tilgan xatti-harakatning oldini olish jihati-dan ham foydalidir. Biroq shuni ta'kidlash loz-imki, o'z-o'ziga zarar yetkazuvchi xatti-har-akatni bashorat qilish, shaxsning o'ziga zarar yetkazishga moyilligini, shuningdek, uning paydo bo'lishi va rivojlanishidagi xavflarni ani-qlash masalasi muhimroq sanaladi. Shu bois-dan, so'nggi vaqtlarda autodestruktiv xulq-atvor muammosiga bag'ishlangan tadqiqot ishlari tobora ko'payib bormoqda.

Autodestruksiya - bu shaxsiyatning g'ayritabiiy holati bo'lib, u ijtimoiylashuv buz-ilganligi sababli o'zini o'zi yo'q qilish istagida namoyon bo'ladi. U o'smirlardagi giyohvandlik, turli narsalarga qaramlik, alkogolizm, o'z joniga qasd qilish, besabab maktab darslarini qoldirish, keraksiz narsalarga ko'p vaqt sarflash kabi ko'rinishlarda namoyon bo'ladi.

O'quvchilarda bu xulq-atvor birdaniga sodir bo'lmaydi, u ma'lum vaqt davomida shaklla-nadi. Ba'zan boshqalar uchun yashirin shaklda ba'zida esa o'z-o'zini yo'q qiladigan xavfliroq va buzg'unchi harakatlarga o'tadi. Shu boisdan bunday g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarni ilmiy tadqiq etib, samarali yechimlar berish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotning maqsadi.

Hozirgi davrda zamonaviy psixologiyan-ing dolzarb masalasiga aylanib borayotgan yuqori sinf o'quvchilarida autodestruktiv xulq-atvorga moyillik muammosi va uning ijtimoiy-psixologik jihatlari shu davrgacha qay darajada o'rganilganligi va endilikda nimalarga ko'proq e'tibor qaratish kerakligini yoritishdan iborat.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

Insondagi autodestruktiv xulq tabiati hozirga qadar psixologiya fanida hali yaxshi o'rganilmagan muammolardan biri sanaladi Bu muammo 20-asrning o'rtalarida shakllangan. Psixologik yondashuv shaxsning og'ishgan xul-qidagi alohida ko'rinishlarini ijtimoiy-psixologik tafovutini ajratishga asoslangan.

Xulqda og'ishlik ko'rinishlarini namoyon bo'lishida negativ ustanovkalar - shaxsning atrofdagilarning aksariga nisbatan salbiy muno-sabatlari natijasida shakllanadi. S.P. Ivanov va V.V. Boyko tadqiqotlarida1 destruktiv ustanovka-larning quyidagi turlari ajratiladi:

1. Atrofdagilarga nisbatan fikrlar va xatti-harakatlarida yashirin beshavqatlilik;

2. Atrofdagilarga nisbatan ochiq beshavqatlilik;

3. Insonlar haqida asoslangan negativ fikrlar. Ma'lum bir ijtimoiy vaziyatlarda yuzaga kel-gan holatlar asosida unga sababchi bo'lgan insonlar to'g'risida salbiy fikrga ega bo'lish ham shunday;

4. Negativ faktorlar yuzasidan o'zining sheriklari haqida asoslanmagan umumlashtirish-lar qilish.

Atrofdagilar bilan munosabatlar jarayonida negativ tajribaga ega bo'lish Y.A.Kleyberg va A. Ellislar2 destruktiv xulq ko'rinshlarini shakllanish-ida "irratsional ustanovkalar" tushunchasini kir-itganlar.

Lombrosoning fikriga ko'ra3, biologik xususi-yatlar va birinchi navbatda tashqi morfologik xususiyatlar (bosh suyagi shakli) haqidagi o'z xulosalariga asoslanib, jinoyatchilarga xos bo'lgan tug'ma xususiyatlarining natijasi, jinoy-atni muqarrar deb hisobladi va jazo ularni tuza-tolmasligini aytdi.

Lombroso jinoyatchilikning kriminologiya-sida eng ko'p talab qilinadigan formulani ishlab chiqdi. Uning formulasida antropologiya insti-tutining asoschisi mahkumlarning antropologik xususiyatlarining o'rtacha hajmini spirtli ichim-liklar iste'mol qilgan voyaga yetmaganlarning soni bilan bog'lashni taklif qiladi.

1 Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning o'rni. // uslubiy qo'llanma. - T. -2008, 86-bet.

2 Salayeva M.S. "O'zbek oilalarida bolalarning o'z oilasidagi hayotga munosabatlarining etnopsixologik xususiyatlari". Pedagogik tahlim. № 6. 2001. TDPU. -B. 27-28.

3 Фахрадова, Лейла Натиговна, Ирина Николаевна Раз-варина, and Елена Олеговна Смолева. Рискованное деструктивное поведение подростков и условия его формирования. // Проблемы развития территории 1 (87) (2017): 114-129..

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

R.F. Baumeister, S.J. Scher1 tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarida ko'p hollarda ko'rib chiqiladigan autodestruktiv xulq-atvor turli shakllarining tahliliga doir ma'lumotlarga ko'ra, sog'lom kishilar o'zlariga zararni noadek-vat reaktsiyalar, samarasiz metodlarning kutil-magan natijalari, tavakkal va sarflangan kuchni noto'g'ri baholanishi natijasida yetkazishadi. Bunda aslo ongli ravishda o'z-o'zini halok etishga intilish ko'zatilmaydi. Ushbu holatlarda o'z vaqtida ko'rsatilgan pedagogik -psixologik ta'sir shaxsda o'z-o'zini boshqara olish, muam-moni hal etilishining boshqa, alternativ usul va vositalarini izlab topish motivatsiyasining shak-llanishiga yordam beradi. Kognitiv sohada ijo-biy o'zgarishlar esa o'z fikr va mulohazalaridagi xatoliklarni to'g'ri tahlil etish imkonini beradi.

O'smirlarda autodestruktiv xulq-atvor mua-mmosini o'rganish bo'yicha yurtimizda ham ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. O'smirlik suitsidini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqot-larda, suitsidal urinish sodir etganlar xulqi suitsi-doldi holati va belgilarini, somatik o'zgarishlarni tahlil qilinganliklarini ko'ramiz. Jumladan, B.M.Umarov tadqiqotlarida2, pubertat oldi va kichik pubertat yoshida suitsidal xulqning asosiy motivi bo'lib, asosan ruhiy nosog'lomlik va ko'rinch holatlariga bog'liq bo'lgan nizoli kechinmalar (6,9 foiz, 30,7 foiz) bo'lsa, pubertat va pubertatdan keyingi yosh davrlarida shaxsiy, oilaviy, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi nizolar, (39,2 foiz, 44,9 foiz) hamda ijtimoiy axloq iorma-lari bilan bog'liq bo'lgan nizolar tashkil etilishi aniqlangan.

Tahlil va natijalar.

Salbiy ijtimoiy sharoitlar va insonning noto'g'ri konstitutsiyaviy hamda biologik xususi-yatlari o'z-o'zini yo'q qilish ehtimolini oshiradi3. Biroq, muayyan shaxsning autodestuktiv xatti-harakati, birinchi navbatda, ijtimoiy o'zaro

1 Borrill, J. 2011. Religion, ethnicity, coping style, and self-reported self-harm in a diverse non-clinical UK population. Mental Health, Religion & Culture. 14 (3), pp. 259-269.

2 Umarov B.M., Rajabova F.P. Voyaga yetmaganlarda xulq og'ishi va tarbiya buzilishining ijtimoiy-psixologik omillari // Современное образование (Узбекистан). - 2015. - №. 8. - С. 16-21.

3 Ambrumova A.G. Психология самоубийства // Соци-

альная и клиническая. психиатрия, 1996. - № 4. - С.

14-20.

ta'sir sub'ektlarining psixologik xususiyatlariga bog'liq. Buni quyidagi faktlar tasdiqlaydi:

1) bir xil ijtimoiy muhitda odamlar butunlay boshqacha xatti-harakatlarni namoyish etadilar;

2) autodestuktiv xulq-atvor nafaqat deviant submadaniyat sharoitida, balki juda tez-tez - oddiy ijtimoiy sharoitda shakllanadi;

3) bir oilada katta bo'lgan bolalar o'zlarini boshqalardan farq qilishini namoyon etishadi;

4) bir xil neyropsixiyatrik kasalliklari bo'lgan bemorlar ba'zi hollarda autodestruktiv xulqqa ega, boshqalarida esa bu xulq kuzatilmaydi.

Ijtimoiy va biologik nazariyalar bu qar-ama-qarshiliklarni tushuntira olmaydi, chunki autodestruktiv xulqning haqiqiy sabablari shaxsiy xususiyatlar va o'z-o'ziga zarar yetkazishga qaratilgan xatti-harakatlarining psixologik mex-anizmlarida mujassamlashgan.

Hozirgi vaqtda o'z-o'zini buzadigan xatti-har-akatlar, ayniqsa o'smirlar orasida ommaviy hod-isaga aylandi. Psixologlar avtodestruktiv xulq-atvorning tabiati va shunga mos ravishda sabablari haqida bahslashmoqda. Bu bo'yicha klassik ta'rif mavjud: o'z-o'zini yo'q qilish xulq-atvori deviant xatti-harakatlar shaklidir. Bu o'z somatik yoki ruhiy salomatligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazishga qaratilgan harakatlardir. Deviant xulq-atvor shaxsning ma'lum bir jamiyatda amalda shakllangan yoki rasman o'rnatilgan tartib va me'yorlarga javob bermaydigan qilm-ishlar yoki harakatlari deb ta'riflanadi4. O'z joniga qasd qilish, giyohvand moddalarni iste'mol qilish, kimyoviy bo'lmagan tobeliklar, alkogolizm, narkomaniya va o'z-o'ziga zarar yetkazishning boshqa turlari ijtimoiy halokat darajasiga yetdi. Tadqiqotchi olim Van der Kol-kning ta'kidlashicha, autodestruktiv xatti-har-akatlarning odamlar hayot sifatiga, shuningdek, jamiyatning intellektual, kasbiy, genetik salo-hiyatiga salbiy ta'siri uning oldini olish yo'llarini o'rganish muammosini nihoyatda dolzarbligini belgilab beradi5. O'z-o'zini yo'q qilishga qaratilgan xulq-atvor - hozirgi davrda keng tarqalgan murakkab va xavfli hodisa. Bu hayotga, jismoniy

4 Umarov B.M., Rajabova F.P. Voyaga yetmaganlarda xulq og'ishi va tarbiya buzilishining ijtimoiy-psixologik omillari // Современное образование (Узбекистан). - 2015. - №. 8. - С. 16-21.

5 Van der Kolk, B.A., Perry, J.C., & Herman, J. L. (1991). Childhood origins of self-destructive behavior. American journal of Psychiatry, 148 (12), 1665-1671.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

yoki psixologik salomatlikka, insonning normal rivojlanishiga tahdid soladigan xatti-harakat-lardir. Hozirgi vaqtda autodestruktiv xulqning quyidagi shakllar eng keng tarqalgan:

1) O'z joniga qasd qilish harakati eng xavfli shakl hisoblanadi. A.E.Lichko1 namoyishkorona, affektiv va asl kabi suitsid xatti-harakatlarni tur-larga ajratib ko'rsatadi.

2) Oziq-ovqatga qaramlik (bulimiya va anoreksiya) - inson xarakterining xususiyatlari, boshqalar uni qanday qabul qilishiga munosa-bati tufayli paydo bo'ladigan ovqatlanish buzili-shi.

3) Tobe xatti-harakatlar - kimyoviy (giyo-hvand moddalarni iste'mol qilish - alkogolizm, giyohvandlik, chekish) va kimyoviy bo'lmagan qaramliklar, o'zaro bog'liqlik (muhim shaxsn-ing nazoratiga bog'liqlik), ommaviy axborot vositalariga, reklamaga, iqtisodiy qaramlik (ier-arxiya va pul), egalik qilishga bog'liqlik (sevimli mashg'ulotlar, uy hayvonlariga bog'lanish), e'tiqodni cheklashga bog'liqlik, o'tmishdagi buz-ilishlarga, jarohatlarga, jiddiy kasalliklarga va yo'qotishlarga bog'liqlik, «mast» o'qish, ziqnalik va isrofgarchilik sindromlari.

4) Fanatik xatti-harakatlar (buzg'unchi diniy yo'nalishlarga aralashish, har qanday sport turiga yoki musiqiy yo'nalishga o'ta kuchli ish-tiyoq). Inson uchun fanatik xatti-harakatlarning eng xavfli va travmatik destruktiv oqimlarga «ketish».

5) Viktim (O'z-o'zini qurbon qilishga qara-tilgan) xatti-harakati (inglizcha victim - qurbon) - boshqa shaxsni bema'ni, axloqsiz yoki noqonuniy xatti-harakatlar qilishga undaydigan harakatlar yoki harakatsizlik. Bunday xatti-har-akatlarning psixologik asosi o'zini past bahol-ash, mazmunli munosabatlarni buzish qo'rquvi, o'zining nomukammalligi uchun aybdorlik hisi va «jazolar» ning «adolatliligi» g'oyasi. Psixologik tuzatish yoki psixoterapiya natijasida «qurbon bo'lish» buzg'unchi munosabatlarni uzish, o'z qadr-qimmatini bilish, sevish va hurmat qilish, munosib yashash huquqini tan olish uchun jas-orat topadilar.

6) Hayot uchun aniq xavf tug'diradigan harakatlar - bu ekstremal sport, mashina haydashda

1 Абдурахманова А.Т. Деструктивное поведение как проблема адаптации в обществе //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 7-2 (85). - С. 95-97.

tezlikni oshirish va boshqalar. Bunday xatti-har-akatlar ko'pincha ijtimoiy jihatdan ma'qullanadi, boshqalar bunday odamlarning «jur'ati» va «jasorati» ga qoyil qolishadi, garchi bu «sevimli mashg'ulotlar» hayot va sog'liq uchun aniq xavf tug'dirsa ham.

O'z-o'ziga zarar yetkazishga qaratilgan xatti-harakatlarining yuqoridagi barcha shakllari o'smirlarda uchraydi. O'smirlarning autodestruktiv xatti-harakati shunchalik keng tarqalganki, uning ko'lami ijtimoiy barqarorlikka tahdid soladi, bu statistikadan dalolat beradi. So'nggi yillarda voyaga yetmaganlar o'z joniga qasd qilish holatlari yana 8-10 foizga oshgan2. O'ttiz yil davomida bu ko'rsatkich o'ttiz barobarga oshgan. Achinarlisi, gap 70% hollarda sog'lom oila-larning farzandlari haqida ketmoqda. Mamlaka-timizda ham borgan sari psixotrop moddalarga qaramlik, chekish va qisman giyohvandlik, jum-ladan, o'smirlar o'rtasida keng tarqalishi bilan yoshlar va o'smirlar muhitida shunchalik tez ko'payib bormoqdaki, u milliy halokat miqyosini egallamoqda.

Zamonaviy jamiyatda autodestruktiv xatti-harakatlarning ko'p turlari - alkogolizm, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish harakatlarining tarqalishi epidemiyadir. Shuning uchun nafaqat uni tuzatish masalalari, balki birlamchi pro-filaktika muammosi ham dolzarbdir. O'smirlar, ayniqsa, yoshga bog'liq xususiyatlar - his-siy beqarorlik, rivojlanishning ijtimoiy holatin-ing keskin o'zgarishi, hayot tajribasining kam-ligi, «oq-qora» fikrlash, shuningdek, bir qator salbiy ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy omillarning ta'siri tufayli o'z-o'ziga zarar yetkazishga qaratilgan xatti-harakati xavfi ostida. Shuning uchun autodestuktiv xatti-harakatlarining psixologik oldini olish choralari o'smirlik davrida ayniqsa muhimdir3.

Psixologik korreksiya va profilaktikada ikkita asosiy yondashuvni ajratish mumkin - muam-moga yo'naltirilgan va shaxsiyatga yo'naltirilgan. Birinchi holda, muayyan qiyin vaziyat yoki mua-

2 Попов Ю.В., Пичиков А.А. Особенности суицидального поведения у подростков (обзор литературы) // Обозрение психиатрии и медицинской психологии имени ВМ Бехтерева. - 2011. - №. 4. - С. 4-7.

3 Zmanovskaya Y.V. Девиантология: (Психология отклоняющегося поведения): Учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений. — 2-е изд., испр. — М.: Издательский центр «Академия», 2004.- 288 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

mmoni hal qilish muhimligi ta'kidlangan bo'lsa, ikkinchisida, insonning shaxsiy o'sishiga, uning o'ziga va o'z xatti-harakatlariga ongli munosa-batiga e'tibor qaratiladi1. Ko'pgina psixologlar, masalan, O.V.Xuxlayevning ta'kidlashicha2, autodestruktiv xulq-atvori muammosini hal qilish uchun asosiy e'tiborni korreksiyadan pro-filaktikaga o'tkazish kerak, chunki buzilishning (alkogolizm, o'z joniga qasd qilish harakati va boshqalar) oldini olmasdan o'smirning psix-ologik va ruhiy salomatligini saqlab bo'lmaydi. Bunday fikrlar vatandoshimiz, bobokalonimiz Ibn Sinoning "Kasallikni davolashdan ko'ra, uning oldini olish afzal"3 degan bugungi kun psixologiya ilmi oldida turgan dolzarb masala-lari yechimi bo'la oladigan gaplarini yodimizga soladi.

Psixologlar4 ruhiy salomatlik mezonlariga yondashuvlarni tizimlashtirib, turli mualliflar orasida eng ko'p uchraydigan belgilarni ani-qladilar:

- psixik jarayonlar sohasida - bu o'zini adekvat idrok etish, aks ettirilgan voqelik ob'ektlarining sub'ektiv tasvirlari, ob'ektga diqqatni qarata olish qobiliyati, xotirada ma'lumotlarni saqlash, ma'lumotlarni mantiqiy qayta ishlash, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik), aqlni nazorat qila olish (fikrlar oqimini boshqarish);

- psixik holatlar sohasida - bu his-siy barqarorlik, yoshga mos keladigan his-tuyg'ularning yetukligi, «salbiy» his-tuyg'ularga dosh berish qobiliyati, emotsiya va his-tuyg'ularning erkin tabiiy namoyon bo'lishi, zavqlanish qobiliyati, odatiylikni saqlash qobiliy-ati;

- shaxsiy xususiyatlar orasida: bu opti-mizm, konsentratsiya, muvozanat, axloq, o'z-o'zini baholash va o'z-o'zini hurmat qilishning me'yoriy darajasi, mas'uliyat, o'ziga ishonch, chidamlilik, mehnatsevarlik, mustaqillik, hazil

1 Elkonin D.B. Rivojlanish psixologiyasi: O'quv qo'llanma.

- М.: 2001 - 624 b.

2 Гребенщикова Л.Г. К вопросу о соотношении понятий «деструктивное»,«агрессивное» и «девиантное» поведение // Сборники конференций НИЦ Социосфера.

- Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro, 20l 1. -№. 19. - С. 61-67.

3 Ibodullayev Z.R. "Tibbiyot psixologiyasi". Darslik. -T.: 2008, 24-b.

4 Ambrumova A.G. Психология самоубийства // Соци-

альная и клиническая. психиатрия, 1996. - № 4. - С.

14-20.

tuyg'usi, xayrixohlik, o'z-o'zini nazorat qilish, faollik, maqsadga muvofiqlik.

Shaxsning integratsiyalashuvi darajasi, uyg'unligi, muvozanati va ma'naviyat, o'z-o'zini rivojlantirishga yo'naltirilganlik, ijtimoiy salomatlik kabi yo'nalishning tarkibiy qismlariga alohida ahamiyat beriladi5. Uning asosiy mezon-lari - ijtimoiy voqelikni adekvat idrok etish, atrofimizdagi dunyoga qiziqish, ijtimoiy foydali ishga yo'naltirish, yuqori iste'mol madaniyati, hamdardlik, mas'uliyat, manfaatsizlik, xulq-atvorda demokratizm hisoblanadi. A.Maslou6 sog'lom odamlarni quydagicha tavsiflaydi: ular o'z-o'zini anglaydigan, faktlarni idrok etishga qodir (o'rnatilgan fikr va g'oyalar prizmasi orqali dunyoni idrok etish tendentsiyasidan farqli o'laroq); ularni tuzilmagan va hali ochilmagan haqiqatlar o'ziga tortadi; ular tajribaga ochiq va xavf-xatardan voz kechishadi; ularda aybdorlik va uyat yo'q (o'zlarini qabul qilish va ularning kamchiliklari haqida xafa bo'lmaslik qobiliyati). Sog'lom odam faqat ishning haqiqiy yo'nalishi mumkin bo'lgan, erishish mumkin bo'lgan nar-sadan og'ishini ko'rgandagina noqulaylikni boshdan kechiradi.

Psixologik jihatdan sog'lom bo'lgan odamn-ing voqelik bilan munosabati ichki dunyosidan belgilanadi, uning o'ziga xos qadriyatlari bor va uning butun vaqti shaxsiy o'sish hamda o'zini o'zi rivojlantirishga sarflanadi, bu turli xil qar-amliklar va boshqa turdagi autodestruktiv xatti-harakatlarning paydo bo'lishini oldini olishga xizmat qiladi7.

Xulosa va takliflar.

Shunday qilib, o'z-o'zini buzuvchi xatti-har-akatlarning muvaffaqiyatli oldini olish uchun o'smirlarning psixologik salomatligini saqlash, ularning shaxsiy rivojlanishi, kasbiy o'zini o'zi belgilash, qiziqish va o'zini o'zi bilish qobiliya-tini rivojlantirishga yo'naltirilgan uzoq mud-datli psixologik ko'mak dasturlari zarur. Shuni

5 Polskaya N.A. Аутодеструктивное поведение в подростковом и юношеском возрасте. // Консультативная психология и психотерапия. - 2015. - Т. 23. - №. 4. - С. 176-190.

6 Холмогорова А.Б. и др. Суицидальное поведение в студенческой популяции //Культурно-историческая психология. - 2009. - Т. 5. - №. 3. - С. 101-110.

7 Bekmurodova G.B. Ijtimoiy destruktsiyaning ^^loyon bo'lish xususiyatlаri //Journal of Social Sciences. - 2022. -T. 1. - №. 02. - S. 72-75.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

ta'kidlash mumkinki, hozirgi vaqtda o'z-o'zini buzuvchi xatti-harakatlarning psixologik old-ini olish bilan bog'liq holda, o'smirning shax-siy salohiyatini rivojlantirishni o'z ichiga olgan yagona tematik voqealardan kompleks das-turlarga o'tish tendentsiyasi mavjud1. Zamon-aviy jamiyatda voyaga etmaganlar huquqbu-zarligi, shafqatsizligi va tajovuzkorligi, kelajakka ishonchsizlik va tashvish, qarovsizlik, bolalar va o'smirlarning sog'lig'ining yomonlashishi qayd etilgan. Autodestuktiv xulq-atvorni tuzatish va

psixologik yordam ko'rsatish ta'lim muassasas-ida o'smirlarni reabilitatsiya qilish tizimining eng muhim vazifalari hisoblanadi.

Psixolog tomonidan tavsiya etilgan texnologiyalarning kaliti bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlar autodestruktiv xulqli o'smirlarga jamiyatga moslashishga, o'zlari, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini uyg'unlashtirishga yordam beradi. Va bu yerda asosiy narsa -mutaxassisning bolalar bilan ishlash istagidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ambrumova A.G. Психология самоубийства // Социальная и клиническая. психиатрия, 1996. - № 4. - С. 14-20.

2. Umarov B.M., Rajabova F.P. Voyaga yetmaganlarda xulq og'ishi va tarbiya buzilishining ijtimoiy-psixologik omillari // Современное образование (Узбекистан). - 2015. - №. 8. -С. 16-21.

3. Van der Kolk, B.A., Perry, J.C., & Herman, J. L. (1991). Childhood origins of self-destructive behavior. American journal of Psychiatry, 148 (12), 1665-1671.

4. Zmanovskaya Y.V. Девиантология: (Психология отклоняющегося поведения): Учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений. — 2-е изд., испр. — М.: Издательский центр «Академия», 2004.- 288 с.

5. Elkonin D.B. Rivojlanish psixologiyasi: O'quv qo'llanma. - М.: 2001 - 624 b.

6. Polskaya N.A. Аутодеструктивное поведение в подростковом и юношеском возрасте. // Консультативная психология и психотерапия. - 2015. - Т. 23. - №. 4. - С. 176190.

7. Bekmurodova G.B. Ijtimoiy destruktsiyaning nаmoyon bo'lish xususiyattari //Journal of Social Sciences. - 2022. - T. 1. - №. 02. - S. 72-75.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Karvasarayskiy B.D. Психотерапия: Учебник/Под ред. Б.Д.Карвасарского, - 2-е. изд., перераб. и доп. - СПб.: Питер, 2002. -672 с.

9. Ibodullayev Z.R. "Tibbiyot psixologiyasi". Darslik. -T.:2008, 378-b.

10. Ambrumova A.G. Психология самоубийства // Социальная и клиническая. психиатрия, 1996. - № 4. - С. 218.

11. Гребенщикова Л. Г. К вопросу о соотношении понятий «деструктивное»,«агрессивное» и «девиантное» поведение //Сборники конференций НИЦ Социосфера. - Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro, 2011. - №. 19. - С. 61-67.

12. Попов Ю. В., Пичиков А. А. Особенности суицидального поведения у подростков (обзор литературы) //Обозрение психиатрии и медицинской психологии имени ВМ Бехтерева. - 2011. - №. 4. - С. 4-7.

13. Абдурахманова А. Т. Деструктивное поведение как проблема адаптации в обществе //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 7-2 (85). - С. 95-97.

1 Karvasarayskiy B.D. Психотерапия: Учебник/Под ред. Б.Д.Карвасарского, - 2-е. изд., перераб. и доп. - СПб.: Питер, 2002. - 672 с

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.