DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-38-289-293
Pages: 289-293
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS
4th INTERNATIONAL CONFERENCE
YUQORI SIFATLI TA'LIM - JAMIYATNING MUVAFFAQIYAT KALITI
Jasmina Yuldasheva
Talaba Buxoro Davlat Universiteti Buxoro, O'zbekiston E-mail: yuldashevaiasminaH04@gmail.com
MAQOLA HAQIDA_
Annotatsiya: Bugungi zamonaviy texnologiyalar rivojlanayotgan asrda ta'lim sifatini yaxshilash mamlakatimiz o'z oldiga qo'ygan eng muhim maqsadlardan biri hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari davri bo'lgan XXI asrda, globallashuv jarayoni kuchayib bormoqda. Bu esa internet va ommaviy axborot vositalarining insonlar, ayniqsa, yoshlar hayotidagi o'rni tobora mustahkamlashib, ularning nafaqat ilm-fan, balki ma'naviy, ma'rifiy va madaniy sohadagi savodxonligiga katta ta'sir ko'rsatmoqda . Ushbu maqolada respublikada umumiy bilim darajasini jadal o'stirish yo'lida amalga oshirilishi mukin bo'lgan taklif va tashabbuslar yoritib berilgan.Shu bilan birga ta'lim sifatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiya vositalaridan to'g'ri foydalanish, yurt ravnaqiga foyda keltiruvchi va mustaqil fikrlab ish yurita oladigan kadrlar tayyorlash uchun qo'l kelishi mumkin bo'lgan fikr va mulohazalar maqolada keltirilgan._
HIGH-QUALITY EDUCATION IS THE KEY TO SOCIETY'S SUCCESS
Jasmina Yuldasheva
Student Bukhara State University Bukhara, Uzbekistan E-mail: vuldashevajasminaH04@gmail.com
Kalit so'zlar:
globallashuv, metod, o'quv dasturlari , innovatsion texnologiyalar, ilmiy faoliyat, fan va texnika, modernizatsiya.
_ABOUT ATRICLE_
Key words: globalization, Abstract: Improving the quality of education in method, educational programs, today's modern technology is one of the important goals of innovative technologies, our country. In the 21st century, the era of modern scientific activity, science and information technologies, the process of globalization is technology, modernization._intensifying. This increasingly strengthens the role of the
Internet and mass media in the lives of people, especially young people, and has a great impact on their literacy not only in science, but also in the spiritual, educational and cultural spheres. In this article, proposals and initiatives that can be implemented in order to rapidly increase the general level of knowledge in our republic are highlighted. At the same time, in order to improve the quality of education, the ideas and opinions, that can be useful for the proper use of modern technology tools, and training personnel who can work independently benefiting the development of the _country, are presented in the article._
КАЧЕСТВЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ - ЗАЛОГ УСПЕХА ОБЩЕСТВА
Жасмина Юлдашева
Студент
Бухарский государственный университет
Бухара, Узбекистан E-mail: yuldachevajasmina804@gmail.com
_О СТАТЬЕ_
Ключевые слова: Аннотация: Повышение качества образования в
глобализация, метод, условиях современных технологий является одной из
образовательные программы, важных целей нашей страны. В XXI веке, в эпоху инновационные технологии, современных информационных технологий, процесс научная деятельность, наука и глобализации усиливается. Это все больше усиливает технологии, модернизация. роль Интернета и средств массовой информации в жизни
людей, особенно молодежи, и оказывает большое влияние на их грамотность не только в научной, но и в духовной, образовательной и культурной сферах. В данной статье выделены предложения и инициативы, которые могут быть реализованы в целях быстрого повышения общего уровня знаний в республике. В то же время в целях повышения качества образования в статье представлены идеи и мнения, которые могут быть полезны для правильного использования современных технологических инструментов, и подготовки кадров которые могут принести пользу развитию страны и _способных думать и работать самостоятельно._
Kirish. Har qanday jamiyatning muvaffaqiyat kaliti bu - yuqori sifatli ta'lim hisoblanadi. Butun insoniyat tarixiga nazar tashlanganda, nomi butun dunyoga taralgan buyuk bobokalon ajdodlarimiz umrlari davomida ilm olishdan aslo to'xtashmagani yaqqol ko'rinib turadi. Ularni hatto urush va isyonlar, o'z davrlarining qiyinchiliklari, ochlik, qurg'oqchilik va hattoki o'lim xavfi ham ilm olish, insonlarga ilm berish va ularni ezgulik sari yetaklashdan qaytara olmagan. Bugungi kunga qadar ota-bobolarimiz nasihat va o'gitlari biz yoshlarni ilm olishga, kitob mutolaa qilishga va kelajakda yurt rivojiga o'z hissasini qo'shadigan komil inson bo'lish yo'li sari chorlab kelmoqda.
Bugungi kunda insonlar har qanday mushkul ishni rivojlangan texnalogiyalar va zamonaviy shart-sharoitlar yordamida osongina bajarish imkoniyatiga egadir. Muhtaram yurtimiz prezidenti xalqimiz tinchligi, mamlakatimiz fuqarolari yaxshi hayot kechirishi, O'zbekiston rivoji yo'lida har qanday to'siq va qiyinchiliklarni yo'qqa, chiqarib, barcha zarur va kerarli shart-sharoitlarni yaratib kun sayin ularni yaxshilanishi yo'lida tinimsiz harakatdadir. Shu jumladan, ta'lim-tarbiya - yuqori e'tibor qaratilayotgan sohalardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Ma'lumki, har qanday rivojlangan mamlakatlarning negizida ta'lim-tarbiya yotadi. Shunday ekan, ta'lim sifatini davomiy ravishda yaxshilab borish muhim ahamiyatga ega. Yuqori sifatli ta'lim inson hayotida muvaffaqiyatga erishish yo'lidagi muhim bir omildir, chunki u insonning nafaqat shaxsiy hayoti, balki kelajakdagi hayoti va karyerasi uchun poydevor sifatida xizmat qiladi.
Respublikamizda aksariyat ta'lim muassasalari bitiruvchilar soni haqida ko'proq qayg'urib, ta'lim sifati tushib ketishi xavfini unutib qo'yishmoqda. Har yili yurtimizdagi barcha talim muassasalaridan yuzlab, balki minglab o'quvchi va talabalar shahodatnoma va diplomlarga ega bo'lgan holda bitirib chiqishadi. Albatta, bitiruvchilar soni ko'p bo'lgani davlatga foyda keltiradi, chunki bituruvchilar yangi kadrlar deganidir. Ammo, yurt kelajagi ular qo'lida ekan, yangi kadrlar sonidan ko'ra ularning olgan bilimi muhimroq. Mamlakatiz har tomonlama rivoj topishi uchun zamonaviy bilim va yondashuvlarga ehtiyoj mavjud. Shu sababli, ta'lim sifatini oshirishda davr talablariga mos bo'lgan zamonaviy metodlardan foydalanish, yangi o'quv dasturlarini yaratish va takomillashtirish, innovatsion texnologiyalardan foydalanish va ta'lim muassasalarini malakali pedagoglar bilan ta'minlash kabi vazifalar birinchi o'rinda bajarilishi kerak bo'lganlaridir. Davlatimiz rahbari ko'plab nutqlarida ilm-fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga koproq e'tibor qaratishni ta'kidlab o'tganlari bejizga emas.
Bugungi kunda respublikamizda ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, mustaqil ijodkor va tashabbuskor yoshlarni tarbiyalash borasida ahamiyatga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, o'rganish va tahlil natijalariga ko'ra davlatimiz ta'lim tizimida anchadan buyon saqlanib kelayotgan muammolar mavjud. Bu muammolar o'z navbatida pedagoglar bilan bog'liq. Jadal suratda rivojlanib borayotgan fan va texnika zamon talablariga mos keluvchi malakali pedagoglarga zaruriyat yaratgani barchamizga aniq va ravshandir. Dunyo tobora rivojlanib, o'zgarib borgani sayin yosh avlodning dunyoqarashi, fikrlash doirasi, yondashuvlari ham unga mos ravishda o'zgarib bormoqda. Shu boisdan ham, eng avvalo, yangi avlod tabiatiga mos keluvchi zamonaviy va mustaqil fikrlovchi, axborot texnologiyalarini amaliyotda qo'llay oladigan, yangi ijodiy metodlar orqali yoshlarni ilm-fanga qiziqtira oladigan ijodkor
pedagoglarni tayyorlash talab etiladi. Yoshi ulug', tajribali va malakali pedagoglar kam emas, biroq yosh avlodni bugungi zamonaviy muhitga ko'nikkan, zamonaviy texnologiyalardan xabari bor yoshlar tushunishadi. Bundan tashqari, o'qituvchi va pedagoglarni doimiy ravishta shug'ullanib, malaka oshirishiga imkoniyatlar yaratalishi va balki, majburiy tajriba oshirishga yuborilishi ta'lim sifati oshishiga katta hissa qo'shadi. Sababi pedagog qanchalik ko'p shug'ullangan, malakali bo'lsa, talaba va o'quvchilarning ilmiy faoliyati shunchalik yuqori bo'ladi.
Albatta, bilim beruvchi va oluvchilar uchun shart-sharoitlarning ta'minlanishiga bo'lgan talab pedagoglarnikidan kam emas. Ammo, yurtimiz prezidenti tashabbusi bilan bu turdagi islohotlar allaqachon boshlab yuborilgani barchamizga ma'lum. Mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida yangi maktablar ochildi; ko'plab ta'lim dargohlari eski binolari yangilariga almashtirildi; muassasalar qulay, shinam va zamonaviy jihozlar va yangi nashrdagi o'quv darsliklari bilan bilan ta'minlandi. Qisqa qilib aytganda, muhtaram prezidentimiz mamlakatimiz yoshlari boshqa davlatlarnikidan kam bo'lmasligi, yurtimiz rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi uchun zarur bo'lgan barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib bermoqda.
Biroq ta'lim jarayonida malaka, sharoit va imkoniyatlar bilan birgalikda munosabatlar ham muhim rol o'ynaydi. O'qituvchi va o'quvchi munosabati ta'lim sifatiga oz bo'lsa ham o'z hissasini qo'shadi. Yoshlarning tabiati kattalarnikiga nisbatan nozikroq, atrof-muhitda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarni, o'zgalarning fel-atvorini qabul qilishi o'zgacha va ba'zan qiyinroq ham bo'ladi. Ustoz-shogird munosabati har sohada muhim rol o'ynaydi, shuning uchun ham pedagoglar har tomonlama mukammal bo'lishlari, psixologik metodlarni puxta egallagan bo'lishlari va ularning kasbiy tayyorgarligi yuqori bo'lishi talab qilinadi.
Ta'lim sifatini oshirishga borasidagi navbatdagi e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan masala bu ilmiy tadqiqot ishlarini xorij tajribalaridan foydalangan holda olib borishdir. Ya'ni, O'zbekiston ta'lim tizimiga chet davlatlari tizimining ayrim jihatlarini olib kirilishi lozim. Ko'plab o'quvchilar maktab dasturining so'nggi uch yoki ikki yilligida allaqachon o'zlariga mos bo'lgan kasb va yo'nalishlarni tanlab, o'z oldiga yuqori maqsad va istaklar qo'yib olishi hech kimga sir emas va aynan shu yillar ularning maqsadiga erishish yo'lidagi muhim muddat hisoblanadi. Demak, bu muddat davomida o'quvchilar uchun o'n va undan ortiq boshqa fanlarni ham o'quv dasturiga kiritilishi ularning maqsadlari yo'lidagi to'siq bo'ladi xolos, desak xato bo'lmaydi. Mavjud o'quv dasturlarini yangilash va takomillashtirish bu masalaning yechimi deb qarash mumkin. Quyi sinflarga barcha yo'nalishlardan dars berilib, yuqori sinflarga o'z kasbiy yo'nalishlariga taalluqli fanlardan bilim berilishi lozim. Albatta, matematika, tarix va davlat tili majburiy ravishda qo'yilishi zarur va foydalidir. Oliy ta'lim dargohlari ham shu jumladan, ya'ni
talabalarga ma'lum chegarada belgilangan fanlar orasidan o'zlari qiziqqan fanlarni tanlash imkoni bo'lishi lozim. Insonga majburlab qildirilgan ishdan ko'ra, o'zi qiziqib, mehr bilan bajargan ishi sifatliroq bo'lishi tayin.
Lekin, boshqa tomondan, mamlakatimizdagi o'quvchi va talaba yoshidagi o'g'il-qizlarning barchasi ilmiy yo'nalishda ildam qadam tashlayapti deyolmaymiz. Bugungi kunda, yurtimizda imkoniyati cheklangan, yashash sharoiti to'sqinlik qilgan yoki oilasiga ko'mak bo'lish niyatida o'qishdan ko'ra ishlashni ustun qo'ygan yoshlar soni kam emas. Bu esa shubhasiz, mamlakatimizdagi umumiy bilim darajasini pasayishiga olib keladi. Bundanda achinarlisi, zamonaviy texnologiyalar davrida tug'ilib, voyaga yetayotgan bugungi yoshlarning ayrimlari o'zlarining axborot vositalari va mobil apparatlar haqidagi bilim va ko'nikmalarini foydali yo'lda ishlatish o'rniga, ulardagi turli programma va jaholatga chorlovchi dasturlar asiriga aylanib qolishmoqda. Bularning barchasiga oiladagi muhit turtki bo'ladi. Bolalarning yaxshi o'qishi, nufuzli ilm dargohlarida ta'lim olish, o'z kelajagi uchun maqsadlar qo'yishi va ularning tarbiyasida oilaning o'rni katta. Tatqiqotlar shuni ko'rsatadiki, oliy ma'lumotli bo'lgan, hech bo'lmaganda kollejda tahsil olgan insonlarning farzandi ota-onasi faqat maktabni tamomlagan o'quvchilardan yaxshiroq ilmiy natijalarga erishadi. Xulosa qilib aytganda, ota-onaning ilmiy faoliyati ularning farzandining bilim olish sifatiga albatta o'z ta'sirini ko'rsatadi. Demak, ta'lim sifatini oshirish uchun faqat yoshlarga emas, balki kattalarga ham murojaat qilinishi, ota-onalarni o'z farzandlari xatti-harakatidan doimiy tarzda xabardor bo'lishlari, farzandlarining axborot yoki aloqa vositalari va internet tarmoqlaridan foydalanish vaqti va maqsadini nazorat qilishlari, ularning kamol topishi va kun kelib yurt istiqboliga o'zining sezilarli hissasini qo'shadigan avlod qilib tarbiyalashi lozimligini uqtirish lozim. Buni amalga oshirishning bir usuli bu televideniya hisoblanadi. Hozirgi kunda insonlarga murojaat qilishning eng qulay va oson yo'li bu mobil va television vositalar hisoblanadi. Ular yordamida ota-onalarni ta'lim sifatini oshirish ishlariga jalb qilish, yurt rivoji va yoshlar kelajagi shunga bog'liqligi haqida va bunda ularning o'rni juda ham muhimligini xabar qilish mushkul ish emas.
Xulosa. Keltirib o'tilgan takliflarni bajarish orqali ta'lim sifati ma'lum miqdorda oshishi tayin. Ta'lim sifatini oshirish jarayonidagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, maqsad va vazifalarni aniq qilib belgilash bu jarayon samaradorligini oshiradi. Axborot texnologiyalarini dars jarayonlarida xorij tajribalaridan foydalangan holda pedagogik texnologiyalar bilan uyg'unlikda qo'llash davlatdagi umumiy bilim darajasini oshirish va yosh avlodni kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilanishiga xizmat qiladi. Kelajak avlodning savodxonlik darajasi mamlakat istiqboli va gullab-yashnashi uchun albatta ulkan turtki hisoblanadi va shuning uchun bu vazifa eng avval bajarilishi kerak bo'lganlardan biridir.
Adabiyotlar.
1Journals.internationalrasd.org Effect of Teachers training on Students Academic Performance
2. US.News & World Report https://www.usnews.com