CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
YOZMA NUTQNI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI.
Abdiolimova Qizlarxon Subhonali qizi Qahhorova Mavluda Mukarramovna Farg'ona davlat universiteti nemis va fransuz tillari kafedrasi mudiri
filologiya fanlari nomzodi, professor https://doi.org/10.5281 /zenodo. 13896779
ABSTRACT
Ushbu maqolada yozma nutqni shakllantirishning ahamiyati yuzasidan fikr va mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, maqola davomiyligida fanlararo integratsiyaning tutgan o'rni va ommalashuvi jihatidan nutqiy preparatlarning ahamiyatliligi darajasida mulohazalar mavjud. So'zlovchining ifodalayotgan fikr va mulohazalari uning ichki dunyosi, xarakter xususiyati, bilim darajasini ochib berishda katta rol o'ynashi muhimdir. Talabalar nutqiy savodxonligi esa nutqiy priparatlari va individual ravishda rivojlanayotgan o'quvchi-yoshlarning nutq tizimida ularning nutqiy tuzilishi namoyon bo'ladi. Monologik nutqning ahamiyatli jihati shundan iboratki, anglashilayotgan fikrni to'g'ri va ravon tarzda yetkazib berishga xizmat qiladi. So'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi munosabat og'zaki va yozma tarzda yuzaga kelishi ifodalangan.
Bilamizki, bugungi kunda fanlar aro integratsiyaning ommalashuvi natijasida o'quvchi yoshlarning nutqiy savodxonlikka erishishiga qaratilayotgan e'tibor yanada yuksalib bormoqda. Shuning bilan birga, talabalar nutqiy savodxonligining eng yuqori bo'g'inida turuvchi fikriy erkinlikning ahamiyati ham katta rol o'ynaydi. Ayni bu borada esa monologik nutq vositasida ifoda etiladigan tushunchalar va qarashlarning ahamiyati kattadir. Ushbu nutq shaklining og'zaki tarzda anglashilishi talaffuzda namoyon bo'lib, intonatsiyaning tutgan o'rni bilan anglashiladi. Shuningdek, so'zlovchining fikri qaratilgan shaxslararo munosabat shakllarining to'liq va to'g'ri tarzda namoyon etilishi ham nutq tarkibining kompozitsion tuzilishiga aloqadorlikni kasb etadi. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarning nutqdagi kamchiliklarini tanqid qilish ehtiyotkorlikni talab etadi. Qo'pol tanbeh, noto'g'ri tanqid o'quvchilar o'rtasidagi yaxshi muomalani buzishi, o'quvchini o'rinsiz ranjitishi mumkin, shuning uchun ham o'qituvchi, nutqiy muomala qilishda pedagogik odob talablariga rioya qilishi, o'quvchilarning insoniy qadr-qimmati, obro'sini saqlashga intilish zarur. Ona tili darslarida o'quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o'ylashni va ko'rganlari, eshitganlari, o'qiganlari bo'yicha to'g'ri bayon qilishni o'rganadilar. Ona tili darslari bolalap lug'atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni tuzishni o'rgatadi. O'qish darsi va u bilan bog'liq holda olib boriladigan ekskursiya o'quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa
ARTICLE INFO
Received: 27thSeptember 2024 Accepted: 29thSeptember 2024 Published:30th September 2024
KEYWORDS
Fonematik o'quv,
avtomatizatsiya, differensiatsiya, disleksiya, ogrofiya, logopediya, imlo tekshiruvi.
kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi; bu darsda o'quvchi nutqiga, uni shakllantirish va o'stirishga keng imkoniyat mavjud. Grammatika va to'g'ri yozuv darslarida tilni maxsus o'rganish bilan bolalar alohida tovush, bo'g'in, so'z va gaplarni eshitishga va aytishga o'rganadilar. Ular predmet, harakat, belgi bildirgan ko'pgina so'zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo'g'in, o'zak, so'z, so'z yasovchi, forma yasovchi, qo'shimcha, so'z turkumi, ot, sifat, son, fe'l, olmosh, bog'lovchi, gap, gap bo'lagi, bosh bo'lak, ikkinchi darajali bo'lak, darak gap, so'roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko'p yangi terminlarni bilib oladilar. Hozirga qadar yoshlarga ta'lim - tarbiya berishda amaliy yordam beruvchi, bilim berish jarayonini soddalashtiruvchi bir qancha ilmiy ishlar, nomzodlik dissertatsiyalari, qo'llanma va maqolllar yaratilganligi ma'lum. Biroq o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda ularni mustaqil ravishda bilim olishga, mustaqil ishlashga qaratilgan ilmiy ishlar, ularning yozma nutqi kamchiliklari xususida olib borilgan ilmiy ishlar hozirgi vaqtda dolzarb mavzulardan biri bo'lib qolmoqda".
Yozma nutqning ham amaliy vositalar asnosida rivojlanishiga erishish pedagogik jihatdan muhim ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim. Monologik nutqda so'zlovchi o'z fikr va mulohazalarini subyektiv munosabat vositasida ham banoyon rtishi mumkin. Shuningdek, monologik nutqning ahamiyatlilik darajasini oshirishda uning kishilik jamiyatimizda so'zlovchi va tinglovchi munosabatlarining ham og'zaki ham yozma tarzda namoyon etilishida anglash mumkin. Yozma nutqni tashkil etishda asosan, kirish so'zlar hamda badiiylik bo'yog'iga ega bo'lgan so'zlardan foydalanish malakalarining paydo bo'lishi lozim bo'ladi. Yozma nutq mexanizmining eng rivojlangan va o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini namoyish qilishdagi eng asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu boradag rus olimlarining ilmiy izlanishlari bugungi kunda yozuv sohasidagi nuqsonlarni bartaraf etish va ushbu sohadagi xizmatlarning, amaliyotlarining namunali amalga oshirilishini belgilaydi. Yozma nutqdagi nuqsonlar xalqlari notori shakllanishi yoki imloviy jihatdan qo'pol xatolarning yuzaga kelishi bilan ifodalanadi ular turli xil elementlar, birikmalar va so'zlarni qisqartirish vositasida ham yuzaga kelishi mumkin. "Maktablar o'quvchilar nutqini o'stirish, aqliy, ijodiy o'sishiga mo'ljallangan yangi dasturga o'tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada oshdi.Og'zaki va yozma inshoga o'rgatish jarayonida o'quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o'z inshosini aniq fikrga bo'ysundirish, material to'plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko'nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, „texnik" vazifalarham amalga oshiriladi, ya'ni matnni yozishda im lo qoidalari va husnixatga e 'tibor berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. Og'zaki va yozm a insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi. Insho material manbaiga ko'ra uchga bo'linadi:
1) o'quvchining o'zi ko'rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, kuzatishlar, ekskursiyalar, o'yinlar, o'z tajribasi va boshqa jonli m ateriallar asosidagi insho;
2) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o'qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho;
3) turli manbalar materialidan foydalaniladigan insho.
Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko'rish metodiga ko'ra insho ikki turli boiadi: 1) sinf o'quvchilari uchun um um iy bir mavzu asosida jamoaviy tayyorgarlikdan so'ng yoziladigan insho;. 2) alohida mavzu asosida yakka tayyorgarlikdan so'ng yoziladigan individual insho. Janriga ko'ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi insholarga bo' linadi. Boshlang'ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo'lgan hikoya tarzidagi inshodan ko'proq foydalaniladi. Inshoni tasnif qilish ta'limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni tanlashga, shuningdek, ish turlarini zaruriy yo'nalishda, baravar
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
taqsimlashga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi o'quvchilam ing shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir".
Yozuvdagi kamchiliklar disgrofiya yoki ko'p holatlarda qo'llanilgan kamchiliklar esa disleksiyalar bilan birga kuzatiladi. O'quvchi-yoshlarning nutq faoliyati tovushlarning talaffuzi tarzda anglashilayotgan fikrlari, ularning ko'rgan voqealariga real tarzda amalga oshiriladi. Logopedik jihatdan esa ona tili va adabiyot sohalari yoki turli xil nutqni rivojlantirishga qaratilgan fan sohalarida ustida ishlatilyotgan artikulyatsion hodisalar o'quvchilarni anchayin rivojlangan va og'zaki va yozma nutq predmetlarini to'g'ri yo'lga qo'yib olgan ekanligi anglashiladi. Shuni unutmaslik lozimki, so'z va gaplarni analiz va sintez qilishda kop holatlarda ularning to'g'ri tarzda tarkib topganligi mantiqiy jihatdan uzluksiz bog'liqligi so'zlarning anglashilayotgan fikrga hamohang ekanligi bilan ifodalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xasanboyeva Shoiraxon. Yozma nutqni rivojlantirish. Proceedings of international Conference on Educational Discoveries and Humanities Hosted online from Plano, Texas, Usa -2022
2. Kadamova Mohinur Mamurbek qizi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish usullari. Международный научный журнал No7(100), часть 2 «Научный импульс» Февраль, 2023
3. Chettillarda o'qishni o'rgatish metodikasi bo'yicha insholar - T.: / 2. Ed. I.M.Berman va V.A.Buchbinder. - Kiev: Oliy maktab, 2017 yil.
4. Hoshimov O'. Yoqubov I. Ingliz tili o'qitish metodikasi. - T.: Sharq nashriyot-matbaa aksiadorlik kompaniyasi Bosh tahririyat, 2013.
5. Jalolov J. J. Chet tili o'qitish metodikasi O'qituvchi nashryot-matbaa ijodiy uyi T. 2012.
6. Rogova G.V. Ingliz tilini o'qitish metodikasi. - Leningrad, 2015 yil.
7. Hagboldt P. Chet tillarni o'rganish. - M., 2013 yil.