Научная статья на тему 'YOSHLARNING SIYOSIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA JADID MA’RIFATPARVARLARINING AHAMIYATI'

YOSHLARNING SIYOSIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA JADID MA’RIFATPARVARLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’qituvchi / ta’lim / tarbiya / jadid / ma’rifat / madaniyat / siyosiy / axloq / ong / bilbim / ko’nikma / malaka

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — O‘Tayev Akram Yo‘Ldoshevich

Ushbu maqolada jadid ma’rifatparvarlarining go’yalari orqali bo’lajak o’qituvchilarda siyosiy madaniyatni rivojlantirish masalalari yoritib berilgan hamda pedagogik asoslari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING SIYOSIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA JADID MA’RIFATPARVARLARINING AHAMIYATI»

YOSHLARNING SIYOSIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA JADID MA'RIFATPARVARLARINING

AHAMIYATI

O'tayev Akram Yo'ldoshevich

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti v.b.dotsenti, (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11214668

Annotatsiya. Ushbu maqolada jadid ma'rifatparvarlarining go'yalari orqali bo'lajak o'qituvchilarda siyosiy madaniyatni rivojlantirish masalalari yoritib berilgan hamda pedagogik asoslari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, ta'lim, tarbiya, jadid, ma'rifat, madaniyat, siyosiy, axloq, ong, bilbim, ko'nikma, malaka,

O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida sifatli ta'limga erishish va professional pedagog kadrlar tayyorlash vazifalari ham belgilangan [1].

Mamlakatimizning hozirgi rivojlanish bosqichida oliy pedagogik ta'lim jarayonida talabalar siyosiy madaniyatini rivojlantirish muhim o'rin tutadi, chunki siyosiy madaniyatli mutaxassis kelgusida siyosiy bilimli, siyosiy ongli va siyosiy shaxsni tarbiyalaydi, shu sababli talabalarda siyosiy madaniyatni shakllantirishda jadid ma'rifatparavarlari g'oyalaridan foydalanish dolzarb bo'lib turibdi.

Bizning yondoshuvimizga ko'ra bo'lajak o'qituvchilarning siyosiy madaniyati asoslarini siyosiy bilim, siyosiy onglilik va siyosiy ko'nikmalik tashkil qiladi [2].

Siyosiy madaniyat tushunchasi va unga xos bo'lgan xususiyatlar bo'yicha ko'plab munosabatlar bildirilgan. Avvalo, yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirish masalasi mazkur tushunchaning o'zini yetarli darajada idrok qilishni talab qiladi. Tushuncha etimologik jihatdan siyosat va madaniyat tushunchalarining birikuvidan hosil bo'lgan bo'lib, bu ikki tushunchaning birikuvi ularning mazmuni bilan bog'liq yangi tushunchani paydo qilgan.

Shu ma'noda biz siyosiy madaniyat deganda shaxsning talab darajasida siyosiy bilim, siyosiy ong, siyosiy axloq va siyosiy faoliyat ko'nikmasiga ega bo'lishini tushunamiz. Chunki bu tushunchalar siyosiy madaniyat tarkibida muhim o'rin tutadi va shaxs ularga ega bo'lmasdan siyosiy madaniyatli inson sifatida namoyon bo'la olmaydi. Bunda siyosiy bilim umumiy bilimning, siyosiy ong ijtimoiy ongning, siyosiy axloq etika me'yorlarining va siyosiy faoliyat esa shaxs umumfaoliyatining tarkibiy qismi sifatida namoyon bo'ladi. Mazkur tushunchalar majmui bo'lgan siyosiy madaniyatning mazmunini aniqlab olish uchun biz quyida uning tarkibiy qismlarini ko'rib chiqamiz.

Yoshlarda ijtimoiy-siyosiy madaniyat va siyosiy tarbiya ko'nikmalarini rivojlantirish ta'lim muassasasi mutaxassislari faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo'lib, uning maqsadi o'quvchilarning shaxs sifatidagi faoliyatini oshirishga qaratiladi. Pedagogning bunday faolligi jamiyat talabi va ehtiyoji hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda yoshlar ijtimoiy-siyosiy madaniyati ta'lim-tarbiya xususiyatlariga mosligi va egaligi bilan ahamiyatlidir.

Shaxsning ijtimoiy-siyosiy madaniyatini shakllantirishda ta'lim-tarbiya muhim vosita hisoblanadi. Bunda ikki muhim masalaga e'tibor berish lozim: birinchidan, o'quv fanlarini siyosiy tushunchalar va ma'lumotlar bilan boyitish; ikkinchidan, o'qitish jarayonida shaxsga ijtimoiy-

siyosiy bilim berish, uning siyosiy ongi va axloqini shakllantirishga qaratilgan bilimlar va tadbirlarni amalga oshirish.

Siyosiy madaniyat shaxs imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Siyosiy madaniyatsiz shaxs o'z siyosiy huquqlari, majburiyatlari va burchlarini yetarli darajada anglay olmas ekan, uning shaxs va jamiyat hayoti uchun ahamiyatini quyidagilar bilan izohlash to'g'ri bo'ladi:

- shaxsni siyosiy bilim, axloq va faoliyat asoslari bilan qurollantirish;

- shaxsni siyosiy, ijtimoiy, kasbiy va axloqiy jihatdan yanada faollashtirish;

- shaxsni jamiyat ehtiyojlari va talablariga moslashtirish;

- shaxsni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga safarbar qilish.

Bu qarashlar shaxs va jamiyat hayoti uchun siyosiy madaniyat naqadar katta o'rin tutishini idrok qilish imkoniyatini beradi.

Bo'lajak o'qiutvchilarda siyosiy bilimni rivojlantirish jarayonida jadid ma'rifatparvar pedagogi Mahmudxo'ja Behbudiyning "zamona ilmini o'rganish" ma'rifiy g'oyasi muhim ahamiyatga ega [3]. Unga ko'ra Behbudiy ta'lim oluvchilarga o'z zamoni ehtiyojlariga mos bilimlarni o'rganishni tavsiya etadi. Bir o'rinda u zamona ilmini o'rganish siyosiy savodxonlikning asosidir degan fikrga keladi. Bu borada uning ayniqsa "Katta jo'g'rofiya kitobi" asari muhim bo'lib, asarda Behbudiy davlatchilikning demokratik, kadidchilik (istiqlolchilik) va unitar (yakkaboshchilik) shakllarini batafsil tahlil qilib bergan. Shu jihatda bugungi kunda bo'lajak o'qituvchilarda siyosiy madaniyatni shakllantirish uchun ularga davlatchilik shakllari to'g'risida ham siyosiy bilim berish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Behbudiy ta'kidlagan davlatchilik shakllaridan tashqari respublika, federatsiya, va konfederatsiya shakllari ham mavjud. Bo'lajak o'qituvchilar davlatchilikning mazkur shakllari bo'yicha ham siyosiy bilimga ega bo'lishlari taqoza etiladi. Misol uchun, mamlakatimizda davlatchilikning demokratiya va respublika shakllari uyg'un qabul qilingan. Bunday ma'lumotlarga ega o'qituvchi kelgusida o'quvchilarning siyosiy-pedagogik bilimlarini tarkib toptirishda muhim o'rin tutadi.

Bo'lajak o'qituvchilarda siyosiy madaniyatni rivojlantirishning muhim negizlaridan biri siyosiy onglilikdir. Unga ko'ra, siyosiy onglilik - bu shaxsning o'z jamiyatida mavjud siyosiy -pedagogik qadriyatlarni anglash, o'zlashtirish va amaliy faoliyatida qo'llashidir. Shu ma'noda jadid ma'rifatparvar pedagogi Abdurauf Fitratning "birodarlik" ma'rifiy g'oyasidan foydalanish muhim amaliy ahamiyatga ega [4]. Fitratning fikricha, birodarlik ma'rifiy g'oyasi nagizlarini quyidagilar tashkil etadi:

a) insoniy birodarlik;

b) ma'rifiy birodarlik;

v) umumiy birodarlik.

Jadid ma'rifatparvar pedagogi va birinchi o'zbek professori Fitrat bu g'oyalarni "Najot yo'li" pedagogik risolasida tahlil qilib o'tgan. Unda insoniy birodarlik bir jamiyatda yashovchi fuqarolarning o'zaro hamkorligidir, ma'rifiy birodarlik ta'lim va tarbiya jarayonida mintaqaviy davlatlar bilan hamkorlik qilishidir hamda umumiy birodarlik - bu Yer yuzida tinchlik, farovonlik va hamkorlik yo'lidagi intilishlar majmuidir. Shu jihatdan bugungi kunda bo'lajak o'qiutvchilarning siyosiy onglilik ko'nikmasini rivojlantirishda insoniy, ma'rifiy va umumiy birdarlik g'oyasi muhim o'rin tutadi. Bunday g'oyalarga ega o'qituvchi kutilgan darajada siyosiy ongga ega bo'lishi va kelgusida u ta'lim oluvchilarni ana shunday birodarlik g'oyalari asosida tarbiyalaydi.

Bo'lajak o'qituvchilarning siyosiy madaniyatida siyosiy bilim va siyosiy onglilik asosida tarkib topadigan siyosiy ko'nikmalik muhim o'rin tutadi. Unga ko'ra, siyosiy ko'nikmaga ega

o'qituvchi siyosiy jihatdan uyg'oq, hushyor va ogoh shaxs hisoblanadi. Bu borada Munavvar Qorining "milliy davlatchilik" g'oyasi muhim ahamiyatga ega [5]. Unga ko'ra Minavvar Qori milliy davlatchilik har bir jamiyatning o'ziga xos qiyofasi ekanligini tahlil qilib ko'rsatadi. U bu borada jadid ma'rifatparvarlari tomonidan tuzilgan Qo'qon shahrida faoliyatda bo'lgan Turkiston Muxtoriyati davlatini ko'rsatadi. Shunisi e'tiborga loyiqki, Munavvar Qorining milliy davlatchilik g'oyasida dunyoviy davlatchilik tamoyillari ustuvor hisoblanadi. Shu jihatdan bugungi kunda bo'lajak o'qituvchilarda siyosiy ko'nikmalik qadriyatini tarkib toptirishda milliy davlatchilik g'oyasi negiz hisoblanadi. Buning uchun Minavvar Qorining ma'naviy merosidan foydalanish dolzarb hisoblanadi.

E'tibor berilsa, hozirgi zamon bo'lajak o'qituvchilarda siyosiy madaniyatni rivojlantirish uchun jadid ma'rifatparlarning merosi g'oyaviy, ma'rifiy va amaliy asalari orqali ham beriladi. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jarayonida pedagogika, politologiya va sotsiologiya turkumdagi o'quv fanlari vositasida mazkur meros chuqurlashtirilgan tarzda o'qitilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, jadid ma'rifatparvar pedagoglari ayni paytda siyosiy amaliyotchi ham bo'lishgan. Shu jihatdan Mahmudxo'ja Behbudiyning mufti bo'lgani holda siyosiy faoliyat olib borganligi e'tiborni tortadi. Demak, diniy e'tiqod siyosiy madaniyatli bo'lishga monelik qilmaydi.

Abdurauf Fitrat Buxoro Xalq Respublikasi Maorif vaziri bo'lib ishlaganligi ma'lum. U vazir sifatida ta'lim tizimini jadidchilik g'oyalari asosida tashkil etish, siyosiy yetuk o'qituvchilar tayyorlash, musiqiy merosni saqlab qolish kabi muhim islohotlarni amalga oshirdi. Bugungi kunda bo'lajak o'qituvchilarning siyosiy madaniyatini rivojlantirishda bunday amaliy faoliyat asoslari bilan ularni tanishtirib borish ham dolzarb hisoblanadi.

Munavvar Qori ilk demokratik davlatimiz Turkiston Muhtoriyatining bosh siyosiy yetakchisi sifatida juda ko'p milliy davlatchilik islohotlarini amalga oshirgan. U ilk bor ma'rifiylik, dunyoviylik va siyosiy g'oyaviylik asosida davlat qurish, bunday davlatda ijtimoiy-siyosiy faol o'qituvchilarning faoliyat yurtishi bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirgan. Bunday amaliy namunalarni o'rganish va o'zlashtirish hozirgi zamon bo'lajak o'qituvchilari uchun g'oyatda muhim yo'nalish bo'lib turibdi.

Keltirilgan misollardan ma'lum bo'ladiki, jadid ma'rifatparvar pedagoglarning nazariy, siyosiy g'oyalari va amaliy siyosiy faoliyati bo'lajak o'qituvchilar uchun muhim manbalardir. Shu jihatdan hozirgi zamon o'qituvchisining siyosiy madaniyat majmuida Said Ahroriyning vatanparvarlik [6], Ishoqxon Ibratning madaniyatlik [7] kabi g'oyalari muhim yo'nalishlardan biridir. Said Ahroriy vatanparvar bo'lmasdan siyosiy faol bo'lmaslikni, Ishoqxon Ibrat esa madaniyatlik ko'nikmasga ega bo'lmasa yetuk Ustoz bo'lish mumkin emasligini asoslab ko'rsatishgan. Shu jihatdan vatanparvarlik va madaniyatlik hozirgi zamon o'qituvchisining siyosiy madaniyatida muhim fazilatlar sifatida qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Tajriba shuni ko'rsatadiki, bizning mutafakkir pedagoglarimiz barcha sohalar qatorida siyosiy madaniyatlik borasida ham namuna bo'lishgan. Ularning siyosiy madaniyatga ega bo'lishi o'z zamonining ta'lim va tarbiya jarayonini kuchaytirgan. Bundan ma'lum bo'ladiki, jadid ma'rifatparvar pedagoglarining ma'rifiy g'oyalaridan foydalanish hozirgi zamon o'qituvchisining siyosiy madaniyatlilik ko'nikmasi asosi hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATRI

1. "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi".// vvv ZiyoNen.uz.

2. O'tayev A.Y. Bo'lajak o'qituvchilarda siyosiy tarbiya ko'nikmasini rivojlantir.-T., 2022

3. Mahmudxo'ja Behbudiy.Tanlangan asarlar.-T.,1998

4. Abdurauf Fitrat.Tanlangan asarlar.5-jild.-T.,2007

5. Munavvar Qori.Tanlangan asarlar.-T.,2015

6. .Said Ahroriy.Tanlangan asarlar.-T.,2001

7. Is'hoqxon Ibrat.Tanlangan asarlar.-T.,2005

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.