Научная статья на тему 'INSTITUTSIONAL YONDASHUV ASOSIDA BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA KASBIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI'

INSTITUTSIONAL YONDASHUV ASOSIDA BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA KASBIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
insttitsionalizim / institutsional yondashuv / kasbiy madaniyat / pedagogik jarayon / kasbiy kompetentlik / kasbiy axloq / o`z o`zini tahlil qilish. / институционализм / институциональный подход / профессиональная культура / педагогический процесс / профессиональная компетентность / профессиональная этика / самоанализ.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.T.Ibragimova

ushbu maqolada instituitsional yondashuv asosida bo`lajak o`qituvchilar kasbiy madaniyatini shakllantirish jarayonining bugungi kunda fan rivojidagi ahamiyat yoritilgan bo`lib, pedagogik oliy ta’lim muasasalarida tahsil olayotgan bo`lajak o`qituvchilarda kasbiy madaniyatni shakllantirish ularning kelgusidagi faoliyatlarida nechog`lik zarurligi adabiyaotlardagi manbaalar asosida tahlil qilingan hamda muallifning shaxsiy fikr – mulohzalari bilan boyitilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECTIVENESS OF FORMING PROFESSIONAL CULTURE IN FUTURE TEACHERS BASED ON THE INSTITUTIONAL APPROACH

в данной статье на основе институционального подхода подчеркивается значение процесса формирования профессиональной культуры будущих учителей в развитии науки, анализируемой на основе источников и обогащенной личным мнением автора.

Текст научной работы на тему «INSTITUTSIONAL YONDASHUV ASOSIDA BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA KASBIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Sh.T.Ibragimova1^_

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada instituitsional yondashuv asosida bo lajak o qituvchilar kasbiy madaniyatini shakllantirish jarayonining bugungi kunda fan rivojidagi ahamiyat yoritilgan bo'lib, pedagogik oliy ta'lim muasasalarida tahsil olayotgan bo lajak o'qituvchilarda kasbiy madaniyatni shakllantirish ularning kelgusidagi faoliyatlarida nechog'lik zarurligi adabiyaotlardagi manbaalar asosida tahlil qilingan hamda muallifning shaxsiy fikr - mulohzalari bilan boyitilgan.

MAQSAD: institutsional yondashuv asosida bo lajak o'qituvchilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishning dolzarbligini asoslab berish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida adabiyotlar bilan ishlash, suhbat, kuzatish hamda qiyosiy tahlil metdlaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro'y berayotgan katta o'zgarishlar kasbiy faoliyatning mazmuni va harakterini sifat jihatdan qayta o zgartirishni, bo'lajak o qituvchilarning kasbiy madaniyatini, ijtimoiy-kasbiy safarbarligi darajasini, raqobatbardoshligini belgilovchi sifatlar (nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikning uzviyligi va birligi, kasbiy madaniyat, moslashuvchanlik va kasbiy safarbarlik, kasbiy vazifalarni hal etish usullarini egallash, turli kasbiy muammolarni yecha bilish qobiliyati, o'ziga ishonch, mas'uliyat, muvaffaqiyatga intilish, faol hayotiy va kasbiy pozitsiya, o'zining amaliy tajribasini muntazam boyitishga tayyorgarlik)ni talab etmoqda.

Ushbu jarayon istitutsional yondashuv asosida amalga oshirilsa bo lajak pedagog o'zi ongli ravishda ushbu ta'lim muassasalarining xatti-harakatlari yoki faoliyatini tartibga soluvchi normalar, qadriyatlar yoki qoidalarga o zini tegishli deb hisoblaydi. Institutsional asoslar ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, barqarorlikni ta'minlash va tartibni ta'minlash uchun asos bo lib xizmat qiladi. Natijada bo'lajak pedagog tegishli ta'lim muassasasiga o'zida yuksak axloq va kasbiy madaniyatni shakllantirgan, ta'lim muassasasidagi ta'limiy tarbiyaviy muhitni rivojlantirish uchun bor kuch gayratini safarbar etadigan tayyor kadr bo'lib yetishadi. Psixologiyada ta'kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o'z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo'lgan ishtirokchisi hamdir. Pedagog doimo o'sib o'zgarib boradigan muhit va inson bilan ishlaydi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda institutsional yondashuv asosida

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy madaniyatni shakllantirilsa yuqorida ko'zlangan barcha maqsadlarga yetish mumkin bo'ladi.

XULOSA: shunday qilib, hozirgi zamon o'qituvchisining xususiyati dinamik xarakterda ekanligi bilan diqqatni tortadi. Bu masalada quyidagi xulosaga kelish mumkin: birinchidan, institutsional yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy madaniyatni shakllantirish mazmunida professionallik, bilimdonlik va zamonaviylik komponentlari muhim o'rin tutadi; ikkinchidan, o'qituvchi kasbiy madaniyati mazmunida o'qituvchi kasbiy madaniyatida kasbiy layoqatlik, axloqiy malakalik va faoliyatni baholash komponentlari ustuvor bo'ladi.

Kalit so'zlar: insttitsionalizim, institutsional yondashuv, kasbiy madaniyat, pedagogik jarayon, kasbiy kompetentlik, kasbiy axloq, o'z o'zini tahlil qilish.

Iqtibos uchun: Ibragimova Sh.T. Institutsional yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishning dolzarbligi. // Inter education & global study. 2024. №5. B.412-420.

ЗНАЧЕНИЕ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ НА ОСНОВЕ ИНСТИТУЦИОНАЛЬНОГО ПОДХОДА_

© Ш.Т.Ибрагимова1 н

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье на основе институционального подхода подчеркивается значение процесса формирования профессиональной культуры будущих учителей в развитии науки, анализируемой на основе источников и обогащенной личным мнением автора.

ЦЕЛЬ: обосновать актуальность формирования профессиональной культуры у будущих учителей на основе институционального подхода.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались методы работы с литературой, интервью, наблюдения и сравнительного анализа.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: большие изменения, происходящие в социально-экономической жизни современного общества, приводят к качественному изменению содержания и характера профессиональной деятельности, профессиональной культуры будущих учителей, уровня социально-профессиональной мобилизации, качеств, определяющих их конкурентоспособность. (теоретические знания и практическая целостность и единство подготовки, профессиональная культура, гибкость и профессиональная мобилизация, овладение методами решения профессиональных задач, умение решать различные профессиональные задачи, уверенность в себе, ответственность, стремление к успеху, активная жизненная и профессиональная позиция, практический опыт подготовки к регулярному обогащению) обязателен.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Если этот процесс осуществляется на основе институционального подхода, будущий педагог будет сознательно считать себя принадлежащим к нормам, ценностям или правилам, которые регулируют действия или деятельность данных образовательных учреждений. Институциональные основы служат основой регулирования общественных отношений, обеспечения стабильности и поддержания порядка. В результате будущий педагог приедет в соответствующее образовательное учреждение готовым кадром, у которого сформирована высокая моральная и профессиональная культура и который мобилизует всю свою энергию на развитие учебно-воспитательной среды в образовательном учреждении. Как отмечают в психологии, каждый человек уникален. Он также является участником педагогического процесса со своими целями, энтузиазмом и индивидуальностью. Учитель работает с постоянно меняющейся средой и людьми. С этой точки зрения достичь всех вышеперечисленных целей можно будет, если профессиональная культура будущих учителей будет формироваться на основе институционального подхода.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: таким образом, природа современного учителя динамична. В этом вопросе можно прийти к следующему выводу: во-первых, компоненты профессионализма, знаний и современности занимают важное место в контексте формирования профессиональной культуры будущих учителей на основе институционального подхода; во-вторых, в содержании профессиональной культуры учителя приоритетными в профессиональной культуре учителя являются компоненты профессиональной компетентности, нравственной компетентности и оценки деятельности.

Ключевые слова: институционализм, институциональный подход, профессиональная культура, педагогический процесс, профессиональная компетентность, профессиональная этика, самоанализ.

Для цитирования: Ибрагимова Ш.Т. Значение формирования профессиональной культуры будущих учителей на основе институционального подхода. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 412-420.

THE EFFECTIVENESS OF FORMING PROFESSIONAL CULTURE IN FUTURE TEACHERS BASED ON THE INSTITUTIONAL APPROACH_

© Shakhnoza T. Ibragimova1®

1 Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: In this article, based on the institutional approach, the importance of the process of forming the professional culture of future teachers in the development of science is highlighted. analyzed on the basis of sources and enriched with personal opinions of the author.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

AIM: to substantiate the urgency of forming professional culture in future teachers based on an institutional approach.

MATERIALS AND METHODS: working with literature, interview, observation and comparative analysis methods were used in the research process.

DISCUSSION AND RESULTS: the great changes taking place in the socioeconomic life of the modern society lead to a qualitative change in the content and nature of professional activity, the professional culture of future teachers, the level of socio-professional mobilization, the qualities that determine their competitiveness (theoretical knowledge and practical integrity and unity of training, professional culture, flexibility and professional mobilization, acquisition of methods of solving professional tasks, ability to solve various professional problems, self-confidence, responsibility, striving for success, active life and professional position, practical experience preparation for regular enrichment) is required.

If this process is carried out on the basis of an institutional approach, the future pedagogue will consciously consider himself to belong to the norms, values or rules that regulate the actions or activities of these educational institutions. Institutional foundations serve as a basis for regulating social relations, ensuring stability and maintaining order. As a result, the future pedagogue will arrive at the relevant educational institution as a ready-made staff who has formed a high moral and professional culture and will mobilize all his energy to develop the educational and educational environment in the educational institution. As noted in psychology, each person is unique. He is also a participant of the pedagogical process with his own goals, enthusiasm and personality. A teacher works with an ever-changing environment and people. From this point of view, it will be possible to achieve all the above goals if the professional culture of future teachers is formed based on the institutional approach.

CONCLUSION: thus, the nature of the modern teacher is dynamic. In this matter, the following conclusion can be reached: firstly, the components of professionalism, knowledge and modernity occupy an important place in the context of formation of professional culture of future teachers based on the institutional approach; secondly, in the content of the teacher's professional culture, the components of professional competence, moral competence and activity evaluation are the priority in the teacher's professional culture.

Key words: institutionalism, institutional approach, professional culture, pedagogical process, professional competence, professional ethics, self-analysis.

Mazkur maqolada institutsional yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy madaniyatni shakllantirishning dolzarbligini o rganilgan adabiyotlar tahlili orqali asoslab

For citation: Shakhnoza T. Ibragimova. (2024) 'The effectiveness of forming professional culture in future teachers based on the institutional approach', Inter education & global study, (5), pp. 412-420. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

beriladi. Ma'lumki, pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa ana shu jarayon avj pallasiga chiqmoqda. Xususan, huquqiy davlat barpo etish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat beradi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o'zgarish sezilmaydi. Modomiki, zamon jadal sur'atlarda o'zgarayotibdimi, demak, pedagogika ham shu o'zgarishlarga hamohang bo'lmog'i darkor. Ushbu maqolada pedagogning ta'lim-tarbiya jarayonidagi vazifasi, shuningdek pedagogning umumiy va kasbiy madaniyati ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.

Xususan, muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning: "Yangi O'zbekistonning asosiy ustuni — bilim, ta'lim va tarbiya bo'ladi!" - degan davatlari barcha pedagog kadrlar oldiga yuksak vazifalarni qo'yadi[l]. Prezidentimizning "Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan." - degan so'zlari albatta bo'lajak o'qituvchilar tayyorlash va ularning kasbiy madaniyatini oshirish masalasi naqadar dolzarbligini yana bir karra tasdiqlaydi [2].

Xalqaro tajribalarga ko'ra, ta'lim amaliyotining differentsiatsiyalanishi va innovatsionlik sharoitida ishlashga, yangiliklarni amaliy joriy etishga qodir professional pedagoglar tayyorlash oliy ta'limning strategik vazifalaridan hisoblanadi. Zamonaviy ta'limning asosiy maqsadi ham jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o'z ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat.

O'qituvchining kasbiy madaniyati amaliy tusga ega fenomendir, u o'qituvchi faoliyatining barcha jihatlarida namoyon bo'ladi. Shu sababli barcha muassasalarda oqituvchiga qo'yiladigan talablarga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Chunki, ana shunday talablarni qoniqtirish va javob berish maqsadida o'qituvchining kasbiy madaniyati shakllantiriladi. Insonning ijtimoiy mohiyatini jamiyat talabiga mos ravishda shakllantiruvchi soha xalq ta'limi tizimi deb atalib, uni amalga oshiruvchi shaxs o'qituvchi yoki muallim deyiladi. Muallimlik kasbining sharafliligi, nafaqat, uning o'qituvchi, turli bilimlarni o'rgatuvchi va mohir tarbiyachi bo'lganligi uchungina emas, balki uning o'zi tanlagan kasb-xunar yunalishidagi barcha mutaxassisliklar bo'yicha maxsus fanlarni va ularning poydevori bo'lgan fundamental fanlarni hamda o'qitish va tarbiya berishni, psixologiya va pedagogika asoslarini a'lo darajada egallagan bo'lishi shart.

Pedagog bu - yuksak madaniyatli mutaxassis, o'z fanini chuqur biluvchi, umumiy va bolalar psixologiyasini yaxshi biluvchi, ta'lim-tarbiya metodikasini mukammal biluvchidir. Ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi va vazifasi barkamol, etuk shaxs, malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Shunday ekan biz ta'lim-tarbiya samaradorligini

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'quvchilarning qay darajada bilim, ko'nikma va malakaga ega ekanliklari, mustaqil bilim olishga, jamiyatda o'z o'rinlarini topish uchun qanday tayyorgarligi bilan o'lchashimiz, baho berishimiz lozimligini bilishimiz shart. O'qituvchi-muallimlarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azal-azaldan e'tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qoyiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan. Olib borilgan tadqiqotlar har qanday pedagog quyidagi ijtimoiy sifatlarga ega bo'lishi shart ekanini ko'rsatdi. Birinchidan, pedagog pedagogik kasbning jamiyat hayotidagi o rnini, uning paydo bo'lish tarixini yaxshi bilishi kerak. Chunki pedagogika tarixini o'rganish jarayonida kishi pedagogik faoliyatning insoniyat hayotidagi o'rnini, pedagogikadagi asosiy qonun-qoida va tamoyillarning shakllanish tarixini bilib oladi. Ikkinchidan, bo'lajak pedagog intellektual faoliyatining umumiy tomonlari (tafakkur, xotira, qabul qila olishi, ko'z oldiga keltirishi, e'tibor) ni xulq-atvor madaniyati va shu jumladan pedagogikaviy aloqasini egallagan bo'lishi shart. Uchinchidan, o'qituvchi falsafani yaxshi bilishi kerak. Chunki falsafa odamga abstrak fikr yuritishni o'rgatadi. O'qituvchi auditoriyaga kirganda, unda abstrakt tafakkur sust rivojlangan bo'lsa, o'zini yo'qotib qo'yadi. Auditoriyadagilar diqqatini o'ziga jalb qilishi uchun, kishida abstrakt tafakkur yaxshi rivojlangan bo'lishi lozim. To'rtichidan, muayyan fan bilimlarni o'rgatuvchi pedagog yosh avlodni axloq va odobga ham o'rgatishi kerak. Zero, bunday vazifa pedagog va o qituvchilarning burchi, hamda mas'uliyati hisoblanadi. Beshinchidan, ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchi kishi, albatta, estetik tarbiyalangan bo'lishi shart. Estetik tarbiyaning jamiyat tarqqiyotida naqadar muhim rol o'ynashi hammaga ma'lum. Estetik tarbiya ma'naviy tarbiyaning muhim va tarkibiy qismi ekanini unutmaslik kerak.

Yuqoridagi ijtimoiy sifatlardan tashqari o'qituvchining kasbiy madaniyati va o'qituvchining kasbiy shakllanishi ham muhim ahamiyatga ega. O'qituvchining kasbiy madaniyati uning kasbiy faoliyat doirasidagi, uning shaxsiy sifat tavsifining mohiyati-tizimli ta'limdan iborat bo'lib, o'qituvchining kasbiy shakllanishi oliygoh dargohida kasbiy ta'lim olish jarayonida amalga oshadi. Shu bilan birga, o'qituvchining kasbiy shakllanishi o'z-o'zini tarbiyalab borishga, o'z ustida tinmay ishlashga, zamonaviy bilimlardan xabardor bo'lishga, shuningdek, o'z vaqtida malakasini oshirib borishga uzviy bog'liq. Bularning hammasi kasbiy fazilatlarning ajralmas qismi hisoblanadi. O'qituvchining umumiy madaniyati uning ijtimoiy-ahamiyatli tavsiflarining kasbiy faoliyatda amalga oshgandagi etukligini ifodalaydi. Madaniyat shaxsning rivojlanishi, uning ruhiy kuchlari va qobiliyatlarining amaliy faoliyatida amalga oshish darajasi va xokazo. Insonning madaniy rivojlanishi-bu uning bilimlari, ishonchlari, qobiliyatlari, xulqining muxit tomonidan rivojlanish jarayonidir.

Shunday qilib, hozirgi zamon o'qituvchisining xususiyati dinamik xarakterda ekanligi bilan diqqatni tortadi. Bu masalada quyidagi xulosaga kelish mumkin: birinchidan, o'qituvchi kasbiy madaniyati mazmunida professionallik, bilimdonlik va zamonaviylik komponentlari muhim o'rin tutadi; ikkinchidan, o'qituvchi kasbiy madaniyati mazmunida o'qituvchi kasbiy madaniyatida kasbiy layoqatlik, axloqiy malakalik va faoliyatni baholash komponentlari ustuvor bo'ladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'qituvchining kasbiy madaniyati uning kasbiy faoliyat doirasidagi, uning shaxsiy sifat tavsifining mohiyati-tizimli ta'limdan iborat. O'qituvchining pedagogik madaniyati tashkil topgan ko'rsatgichlar darajasi va asosiy tizimli komponentlariga quyidagilar kiradi:

A) intellektual rivojlanish darajasi (eng avvalo, pedagogik tafakkurning rivojlanishi);

B) pedagogik faoliyatning har tomonlama tashkil topishi va darajasi;

C) asosiy kasbiy pedagogik etika, ma'naviy harakter, va odob madaniyati;

d) o'zaro munosabat madaniyati;

e) so'zlashuv madaniyati;

f) tashqi ko'rinish madaniyati va boshqalar [3].

Pedagogik fikrlash madaniyatiga pedagogik taxlil va sintez qobiliyatining rivojlanishi, fikrlashdagi tanqidiy kurash, mustaqillik, kenglik, epchillik, faollik, tezlik, kuzatuvchanlikning rivojlanishi, pedagogik xotira va boshqalar kiradi. Pedagogik fikrlash madaniyati bo'lgan o'qituvchi tafakkuri-dunyo qarashining uch bosqichini o'z ichiga oladi: birinchisi metodologik dunyo qarashdagi pedagogik ishonchlar. Metodologik tafakkur o'qituvchiga o'zining kasbiy faoliyatiga to'g'ri qaray olishiga, gumanistik strategiyani ishlab chiqishiga imkon yaratadi. Pedagogik tafakkurning ikkinchi bosqichi-taktikaviy dunyoqarash bo'lib, u o'qituvchiga pedagogik fikrlash, pedagogik jarayonning moddiylashuviga imkon yaratadi. Uchinchi bosqichi umumiy pedagogik qonuniyatlarni, real pedagogik faoliyatning unikal xodisasi bo' lib hisoblangan bo'lim-bo'limlarga tadbik qilishda namoyon bo'ladi. Bu tezkor fikrlashdir.

Pedagogik madaniyat tuzilmasida uning odob-axloq bo'limi muhim o'rin egallaydi. Bu pedagogik ishonch jarayonining shakllanishi, natijasi va o'qituvchining o'z qiziqishlarini ko'prok aniqlash jarayonidir. O'qituvchi, kasbiy muxitdan reloksin jarayonga, o'zining tutgan o'rnini yangilashga faol kirib borishi zarur. Pedagogik madaniyatning kasbiy faoliyatiga bog'liq tashkil etuvchisi pedagog tomonidan o'zining pedagogik qobiliyatlarining barcha spektrini bilib olganligini harakterlaydi, u esa pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining nishonasi, pedagogik xatolarning oldini olish va nixoyat, pedagogik qobiliyat usullarini egallanganligidan iborat [4].

Ma'naviy madaniyat etuk bilimlarning nazariy darajasi holatida shakllanuvchi axloqiy bilimni o'z ichiga oladi. Bu kasbiy pedagogik etikadan iborat.

Pedagogik aloqa qilish madaniyati suxbatdoshni eshitish va eshita olishda, savollar bera olishda, aloqani amalga oshirib boshqani tushuna olishda, muloqotning qiyin holatlarini kura olish va odamlardagi ta'sir holatini to'g'ri taxlil qila bilishda, muloqotga tayyorlanish va muloqotga bo'lgan xoxishlarda ko'rinadi. Pedagog uchun eng zaruri nutq madaniyatini egallashdir. O'qituvchining nutqi kundankunga o'quvchilar uchun ibratli bo'lib borib ularning nutq madaniyatini shakllantirishga yordam berishi kerak. Nutqning grammatik to'g'riligi, uning leksik boyligi, yaxshi ifodalanganligi, obrazliligi, nutq texnikasini egallanganligi o'qituvchining turli xil kasbiy masalalarni sifatli yechishiga imkon beradi.

Hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro'y berayotgan katta o'zgarishlar kasbiy faoliyatning mazmuni va harakterini sifat jihatdan qayta o'zgartirishni, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy madaniyatini, ijtimoiy-kasbiy safarbarligi darajasini,

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

raqobatbardoshligini belgilovchi sifatlar (nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikning uzviyligi va birligi, kasbiy madaniyat, moslashuvchanlik va kasbiy safarbarlik, kasbiy vazifalarni hal etish usullarini egallash, turli kasbiy muammolarni yecha bilish qobiliyati, o'ziga ishonch, mas'uliyat, muvaffaqiyatga intilish, faol hayotiy va kasbiy pozitsiya, o zining amaliy tajribasini muntazam boyitishga tayyorgarlik)ni talab etmoqda.

Ushbu jarayon istitutsional yondashuv asosida amalga oshirilsa bo'lajak pedagog o'zi ongli ravishda ushbu ta'lim muassasalarining xatti-harakatlari yoki faoliyatini tartibga soluvchi normalar, qadriyatlar yoki qoidalarga o'zini tegishli deb hisoblaydi. Institutsional asoslar ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, barqarorlikni ta'minlash va tartibni ta'minlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Natijada bo'lajak pedagog tegishli ta'lim muassasasiga o'zida yuksak axloq va kasbiy madaniyatni shakllantirgan, ta'lim muassasasidagi ta'limiy tarbiyaviy muhitni rivojlantirish uchun bor kuch g'ayratini safarbar etadigan tayyor kadr bo'lib yetishadi. Psixologiyada ta'kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o'z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo'lgan ishtirokchisi hamdir. Pedagog doimo o'sib o'zgarib boradigan muhit va inson bilan ishlaydi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda institutsional yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy madaniyatni shakllantirilsa yuqorida ko'zlangan barcha maqsadlarga yetish mumkin bo'ladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-may Fanlar akademiyasi tashkil topganining 80 yilligiga bag'ishlangan nutqi. -T.: Oyna gazeytasi 34-son. 30.05.2023.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni.

3. A.Abduaxadov. Pedagogik mahorat asoslari. Ma'ruzalar matni. Toshkent, 2009 yil

4. B.Ziyomuhammadov. Pedagogika. O'quv qo'llanma. Toshkent, 2006 yil.

5. Ishmuhamedov R.J., Yuldashev M.A. Ta'lim va tarbiyada innovatson pedagogik texnoogiyalar (ta'lim tizimi xodimlari, metodistlar, o'qituvchilar, tarbiyachi va murabbiylar uchun o'quv qo'llanma) - T. 2017, Z68 b .

6. Зеер Э.Ф. Психолого-дидактические конструкты качества профессионалного образования. // М.: "Образование и наука" журнали. 2002. №2. С. -14.

7. Muslimov N.A. va boshkalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. / Monografiya. - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2013. 76-81 b.

8. Маркова А.К. Психологический анализ профессиональной компетентности учителя // Советская педагогика. - 1990. - № 8. - С. 82-88.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HIbragimova shaxnoza Tulqinovna, Buxoro davlat pedagogika institi 1- bosqich tayanch doktoranti, [Ибрагимова Шахноза Тулькиновна, Бухарский государственный педагогический институт, базовый докторант первой ступени], [Ibragimova Shakhnoza Tulkinovna, Bukhara State Pedagogical Institute, first stage basic doctoral student]; manzil: O'zbekiston, Navoiy sh., Nurafshon ko'chasi, 13-uy, 20-xonadon [адрес: Узбекистан, Навоийский район, улица Нурафшана, дом 13, комната 20], [address: Uzbekistan, Navoi district, Nurafshan street, 13th house, room 20]. e-mail: moneygood750@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.