INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA TA'LIM JARAYONINI LOYIHALASH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI Tajiyeva Ruxsora Normuminovna
Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7067764 Annotatsiya. Akmeologik yondashuvlar o'qituvchi kasbiy mahoratini rivojlantirishda yuqori natija beradi agarda: akmeologik rivojlanish usullari muammosining o'rganilganlik darajasi tahlil etilsa; bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik-psixologik jihatlari o'rganilsa; bo'lajak o'qituvchilarni akmeologik rivojlanishi samaradorligini ta'minlovchi pedagogik shart-sharoitlar aniqlansa; tizimli yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy moslashtirish modeli ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etish.
Kalit so'zlar: falsafiy, pedagogik kuzatish, pedagogik, metodik hamda kasbiy ta'lim modellashtirish; psixologik; pedagogik tajriba; shaxs; o'z-o'zini anglash.
ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ ФОРМИРОВАНИЯ
УМЕНИЙ ПРОЕКТИРОВАНИЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НА ОСНОВЕ АКМЕОЛОГИЧЕСКОГО ПОДХОДА Аннотация. Акмеологические подходы дают высокий результат в развитии профессионального мастерства учителя, если: анализируется уровень изученности проблемы акмеологических методов развития; если изучены педагогические и психологические аспекты профессиональной адаптации будущих педагогов; если определены педагогические условия, обеспечивающие эффективность акмеологического развития будущих учителей; на основе системного подхода разработана и реализована на практике модель профессиональной адаптации будущих педагогов.
Ключевые слова: философское, педагогическое наблюдение, педагогическое, методическое и профессиональное моделирование образования; психологический; педагогический опыт; человек; самосознание.
PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL MECHANISMS FOR THE FORMATION OF THE SKILLS OF DESIGNING THE EDUCATIONAL PROCESS IN FUTURE TEACHERS BASED ON THE ACMEOLOGICAL APPROACH Abstract. Akmeological approaches give a high result in the development of the professional skills of the teacher if: the degree of study of the problem of methods of akmeological development is analyzed; the pedagogical and psychological aspects of professional adaptation of future teachers are studied; the pedagogical conditions that ensure the effectiveness of akmeological development of future teachers are determined; the model of professional adaptation
Keywords: philosophical, pedagogical observation, pedagogical, methodological and vocational education modeling; psychological; pedagogical experience; personality; self-awareness.
KIRISH
Har qanday sohada yoki kasbda shaxs o'z potensialini rivojlantirishi jamiyatda va undagi turli tuman vaziyatlarda o'z o'rniga ega bo'lishi muhim sanaladi. Shaxs nazariyasida pedagogika
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
va psixologiya tarmoqlarida shaxsning o'ziga hos kasbiy malakalari shakllanishiga doir qarashlar mavjud.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Lekin hozirgi paytda bo'layotgan zamonaviy texnika va texnologiyalashgan davrda kishi ongiga bo'lgan ta'sir vositalarining kuchayishi yuqoridagi masalani kun tartibiga qo'ymoqda. Har bir ishning samaradorligini va yuqori natijalarini egallash uchun kuchli, o'tkir bilimga, yuqori iqtidorga, zamon talabiga moslashishga, tashkiliy madaniyatga, xulqqa, motivatsiyaga va bilim olish uchun moyillikka ega kadrlar o'ta zarurligini hayot taqozo etmoqda. Har qancha yangi imkoniyatlarga ega bo'lgan texnologiyalardan ko'ra zamonaviy bilimga ega mohir va aql bilan ish tuta biladigan,o'z kasbining yetuk mutaxassislari, mahorat egalari kabi aniq maqsadga to'la erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham inson idroki, aql-zakovatiga, inson kasbiy mahoratini shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli tajriba orttitish, ko'nikma va malakalarni hosil qilish har qanday tashkilotning uzoq muddatli ustivor faoliyatining asosiy omili bo'lib kelmoqda.
Bugungi kunning eng ilg'or korporatsiyalar o'z personallarini zamonaviy bilimlar asosida o'qitishga qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga, mehnatlariga sharoitlar yaratishga va bir butun jamoa bo'lib ishlashiga alohida ahamiyat bermoqdalar.
Bugungi kunda yoshlar o'z mutaxassisliklari asosida ishga kirib kelmoqdalar lekin ularning malaka ko'rsatkichlari, bilimlari, iqtidori mos ravishda yuksalishi uchun uzoq muddatli amaliy jarayonlarni talab etadi.
Malakali mutaxassis: berilgan mehnat turiga ijtimoiy mas'uliyat darajasiga, uning jarayoni va natijalariga qarab kasbga yaroqliligi, psihologik tayyorgarligini aniqlash orqali mehnat faoliyatini amalga oshirishdagi imkoniyat va natijalarini belgilash dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Refleksli — innovatsion potensialni mahorat darajasigacha takomillashtirish va innovatsiyalarni ijtimoiy ahamiyatini baholashni, sarf etilgan intilishlarni hamda uni amalga oshirish yutuqlari asosida belgilash orqali o'rganilmoqda. Reflektiv tomoniga ko'ra: (rivojlanayotgan «Men» sifatidagi shaxsni o'zligini anglash va mehnat faoliyati jarayonida kommunikatsiya bo'yicha hamkorlarini tushuna bilishi bilan bog'liq) tizim yaratuvchi faktor hisoblanib, insonni kasbiylashuvini belgilashda akmeologik aspektlarning optimal o'zaro harakatini ta'minlaydi.
TADQIQOT NATIJALARI
Qobiliyat, iqtidorlik bir-biri bilan uzviy ketma-ketlikda rivojlanishida bo'lishini nazarda tutish kerak. Akmeologiyaning tadqiqot obyekti - bu akme shaxs ya'ni yetuk shaxs, obyektiv qonuniyatlarga asoslangan holda kasb faoliyatining va ijodiy faoliyatning metodologik, texnologik hamda gumanitar jihatlarini o 'rganish jarayonida jamiyat rivojida kasb-hunar moddiy, ma'naviy jihatlari bilan bog'liq akmeologik muammolami aniqlaydi. Bugungi kunda bozor munosabatlarining rivojlanishida yangi kasb-hunarlarni shakllantirish, davr talabiga mos keluvchi yetuk kadrlar yetishtirish dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Globalizatsiya jarayonlariga ijodiy kompleks yondoshish, kasbkorlik madaniyati, komillik va mukammallik haqida alloma va mutafakkirlaming qarashlarini tahlil etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xos jihatlami va zamonaviy tajribalami chuqur egallash, texnika, texnologiya va axborot madaniyatini o 'zlashtirish masalalari ham akmeologiyaning obyektlaridan biriga aylanishi mumkin.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Inson qobiliyatlari chek chegara bilmaydi aslida, ammo bu chegarasiz manbaa shunchaki paydo bo'lib qoladigan topilma emas, balki bunga uzoq mehnat bilim olish jarayonlari hamda takomillashib boradigan akmeologik qobiliyatlar ya'ni insonning ma'lum soha yoki yo'nalishlariga fan, san'at, sport, kasb umuman olganda inson faoliyat sohalarining ham jismoniy ham manaviy tomonlarini o'ziga qamrab oladi.
Inson shaxsi o'zining psixologik xarakter temperamenti, olamni anglash hissi, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlar asosida insonda kasbga hunarga alohida moyillik hosil bo'ladi bularga: inson inson, inson tabiat, inson badiy obraz, inson texnika kabilarga bo'linadi. Shu asosida yoshlarimizni tarbiyalashda uning imkoniyatlari, qobiliyati va asosiysi qiziqishlarini inobatga olgan holda bilimlarni egallashiga yo'naltirish lozim. Keyingi yillarda jahonning sinovdan o'tgan tajribalari asosida ta'limni yo'lga qo'yishga alohida e'tibor beriliyapti. Jahonning ko'plab ta'lim tizimlarida ijtimoiy muhitga moslashuv va o'zaro harakatlar tizimini o'rtgatishga va professional bilimlarga o'rgatiliyapti bu murakkab jarayon inson umrining oxirigacha davom etuvchi yo'l sanaladi. Bu tizimni o'rganadigan fanlar yangi yondashuvlarni, tamoyillar, metod va qarashlar bilan yanada boyib borishni o'rganadigan akmeologiya sohasi aynan kishini komillik darajasiga chiqish yo'llarini izlash ustida bosh qotiradi. Insonni rivojlanish fenomenologiyasini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o'rganuvchi, tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnikaviy fanlar integrallashuvida paydo bo'lgan akmeologiya fani xuddi shunday fanlar sarasiga kiradi. Sotsiologiya, pedagogika va psixologiya bilan o'zaro harakatda rivojlanib borayotgan akmeologiya fani so'nggi paytlarda o'z e'tiborini kadrlarni malakali mutaxassis tayyorgarligiga va uzluksiz ta'lim tizimiga qaratmoqda.
MUHOKAMA
Akmeologik yondashuv yordamida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini takomilashtirishni turli qirralarini hisobga olgan holda, malakali mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini ochish va rivojlantirish muammolari oldingi o'ringa chiqib bormoqda. Bu borada ta'lim tizimida o'qituvchi shaxsiga e'tibor katta. Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy moslashishini akmeologik jihatdan tadqiq qilinsa bugungi zamon talabiga mos, biroq avvalgi chuqur bilimlarga ham ega yetuk o'qituvchi shaxsini, o'z ishining mutaxassisi etib yetishtirish jarayoni juda murakkab pedagogik va psixologik jarayon hisoblanadi.
Yosh avlodga ta'lim tarbiya beruvchi yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash muhim ustivor masala bo'lib qolaveradi. O'qituvchi shaxsi o'z ustida tinimsiz ishlashi hamda izlanishi masalasiga e'tibor bugungi kunda ham juda katta. Akmeologik yondashuvlar asosida o'z faoliyatining akme darajasiga intilish va uni ro'yobga chiqarish ustida yangi usul va har kim oziga hos yo'nalishlaridan borishini talab etadi.
O'z-o'zini anglashning individual usuli va varianti g'oyasi (K.A.AbulxanovaSlavskaya, A.A.Derkach va boshqalar). Olingan vaqtinchalik kompetensiyalar va shaxs tomonidan erishilgan vaqtinchalik malaka darajasi ko'p jihatdan bo'lajak o'qituvchilarning individual psixologik xususiyatlari va xususiyatlarining o'ziga xosligi bilan belgilanadi. A.A.Derkachning fikricha akmeologiyada modelga murojaat qilish zarurati bizga psixologik hodisani tasavvur qilish, uning muhim xususiyatlarini, tarkibiy xususiyatlarini, mexanizmlarini, shakllanish darajalarini ochib berishga imkon beradi.
Reflektiv tomoniga ko'ra: (rivojlanayotgan «Men» sifatidagi shaxsni o'zligini anglash va mehnat faoliyati jarayonida kommunikatsiya bo'yicha hamkorlarini tushuna bilishi bilan bog'liq)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
tizim yaratuvchi faktor hisoblanib, insonni kasbiylashuvini belgilashda akmeologik aspektlarning optimal o'zaro harakatini ta'minlaydi.
Maktab yoshidagi bolaga, yosh avlodga va boshqa tinglovchiga bilim berishda o'z kasbiy mahorati yuksak akmeshaxs bo'la oladigan o'qituvchi o'zining tasirigagi tinglovchini to'la jaalb eta olishi hamda uni bilim olish va hayotiy ko'nikmalarga tayyorlashi tayin. Akmeologik ta'lim texnologiyalarini o'qitish amaliyotida tatbiq etish, ta'lim va ijodni rivojlanishini refleksli-psixologik konsepsiyasi asosida malakali mutaxassislarni tayyorlashda akmeologik yondashuvlarni tuzilmaviy tomonlarini hisobga olib borish lozim.
XULOSA
Darhaqiqat, Abdulla Avloniy o'qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga keng ta'rif berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya'ni axloqli, odobli, bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi, farosatliligi, aql-zakovatliligi ta'lim- tarbiya jarayoni uchun asosiy negiz bo'lsa, ijodiy izlanish o'qish va o'qitishning yangi shakl, uslub hamda vositalarini qidirish o'qituvchining eng muhim kasbiy sifatlaridan ekanligini uqtiradi. Bu bilan Abdulla Avloniy o'qituvchi faoliyatiga nisabatan akmeologik yondashuvni o'z davri qiyofasida olg'a suradi.
Bo'lajak o'qituvchilarni akmeologik rivojlanish jarayonini yana bir e'tiborli jihati bu yuqorida ta'kidlab o'tilgan yo'nalishlardagi kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish va amaliyotga to'laqonli tatbiq etishning zaruriy shart- sharoitlari majmuasining belgilanishidir. Chunki, qulay va maqsadga yo'naltirilgan pedagogik sharoit jarayondan ko'zlangan natijaga erishishini engillashtiradi.
REFERENCES
1. Ахмадов, Н. Р. (2021). Суицидальное поведение подростков. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов), 13-15.
2. Ахмадов, Н. Р. (2020). Причины суицидального поведения. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов), 60-62.
3. Ахмадов, Н. Р. (2021). Подростковый суицид. причины и профилактика. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов), 30-34.
4. Ахмадов, Н. Р. (2020). ПРИЧИНЫ СУИЦИДОВ В ДЕТСКОМ И ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ. Рекомендовано к печати Ученым советом Института психологии имени ГС Костюка НАПН Украины (Протокол № 14 от 28 декабря 2020), 14.
5. Azimovna M. S., Shokhrukhovich U. F. Ways to expand network marketing and ecommerce in the wholesale of medicines //INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876. - 2022. - Т. 16. - №. 06. - С. 113-116.
6. Ахмадов, Н. Р. (2019). Причины суицида среди подростков. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов), 60-63.
7. Nazir, A. (2022). SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE REHABILITATION OF DISADAPTED ADOLESCENTS. Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes, 377380.
8. Axmadov, N. R. (2022). Dezadaptatsiya va uning o'smir xulqida na'moyon bo'lishi. Science and Education, 3(3), 389-395.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
9. Ахмадов, Н. Р. (2022). Социально-психолого-педагогическая реабилитация дезадаптированных подростков. Science and Education, 3(2), 10451053.
10. Azimovna M. S., Abdurozikovich M. Z. Features of the pharmaceutical market of the Republic of Uzbekistan //INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429. - 2022. - Т. 11. - №. 06. - С. 201-206.
11. Ахмадов, Н. Р. (2022). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РЕАБИЛИТАЦИИ ДИЗАДАПТИРОВАННЫХ ПОДРОСТКОВ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 79-84.
12. Axmadov, N., & Ostanov, S. (2021). РОЛЬ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО ЗДОРОВЬЯ СТУДЕНТОВ В УЧЕБНЫЙ ПРОЦЕСС. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 3(3).
13. Ахмадов, Н. Р. Усмирлар орасида суицид х,олатларининг содир этилишининг сабаблари". Innovаtsion yondаshuvlаr аsosidа milliy tа'lim tizimini tаkomШаshtirish" mаvzusidаgi хаЦаш ilrniy-атаНу konferensiya mаteriаllаri to 'plami.
14. Рустамов, Ш. Ш. (2021). Амалиётчи психологлар касбий компетенлигини ривожланишида математик усуллардан фойдаланишнинг амалий жихдтдан урганилиши.
15. Azimovna M. S., Shohrukhovich U. S. THE ROLE OF AGRICULTURAL PRODUCTS IN THE FOREIGN TRADE TURNOVER OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. -2022. - Т. 2. - №. 6. - С. 110-112.
16. Rustamov, S. (2021). Usage Method of SPSS Software in the Processing of Psychological Data. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 7(7).
17. Rustamov, S. S. Analiz psixologicheskix dannix s pomoshyu programmi SPSS. Informasionnaya kultura sovremennogo detstva. Sbornik statey Mejdunarodnoy nauchnoprakticheskoy konferensii Rossiya, g. Chelyabinsk, 31.
18. Rustamov, S. (2021). КЛАСТЕРНЫЙ АНАЛИЗ ПРИ БОЛЬШОМ КОЛИЧЕСТВЕ НАБЛЮДЕНИЙ (КЛАСТЕРНЫЙ АНАЛИЗ МЕТОДОМ К-СРЕДНИХ). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 8(8).
19. Рустамов, Ш. Ш. (2022). ОСОБЕННОСТИ МАТЕМАТИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПРАКТИЧЕСКИЙ ПСИХОЛОГОВ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 59-64.
20. Рустамов, Ш. Ш. (2022). Корреляционный анализ пример по психологии. Корреляции в психологии. Science and Education, 3(3), 1100-1106.
21. Назарова, А. М., & Хафизова, Ф. Б. (2022). Формирование профессиональной математической компетенции будущее практической психологов. Science and Education, 3(2), 1299-1305.
22. Хакимова, Ф. Х. (2021). Психические и эмоциональные состояния у детей. Вестник интегративной психологии, (23), 358-361.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
23. Назаров, А. М., & Рустамов, Ш. Ш. (2019). АНАЛИЗ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ДАННЫХ С ПОМОЩЬЮ ПРОГРАММЫ SPSS. ББК 71.0 И74 Редакционная коллегия Ответственный редактор, 187.
24. Salixov, S. M., & Salixov, T. M. (2022). Bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchisining kasbiy tayyorgarligini shakllantirish. Science and Education, 3(3), 1013-1019.
25. Umedjanova, M. L., Salikhov, S. M., & Salikhov, T. M. (2022). The Role of National Education in Preparing Young People for Family Life. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(2), 271-276.
26. Гайбуллаев, А. А. Психология: происхождение и структура научного факта. Вестник интегративной психологии, 19(19), 115-119.
27. Dilafroz, I. (2022). THE ATTITUDE OF THE FATHER TOWARDS THE CHILD IN THE FAMILY PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 3(1), 1-5.
28. Murtazoyevna, Q. D., & Jamilovna, A. Z. (2021). FEATURES OF EMOTIONS IN THE UPBRINGING OF CHILDREN. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 2(04), 6064.
29. Baxtiyorovna, Q. S. (2020). Heads Of Competence In Psychologically School Education. International journal of scientific & technology research, 9(02).
30. Ахмедов, А. А., & Зикиряева, М. М. (2020). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ ФОРМИРОВАНИЯ СОЦИАЛЬНОГО ВООБРАЖЕНИЯ У ПОДРОСТКОВ. Новый день в медицине, (1), 151-154.
31. Roziyev, U. (2020). Адаптатция первокласника к школьному обучению. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 4(4).
32. Kuliev, Y., & Eshov, E. (2020). Social Psychological Properties Of The Inspection
33. Зарипова, Г. К., & Рамазонов, Ж. Ж. (2019). Информационная безопасность (обязанности). Научные исследования, (1 (27)).