Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
YOSHLARNING MUSIQIY-ESTETIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHDA "FORTEPIANO" CHOLG'USINING AHAMIYATI
Shamsudinova Mohlaroyim Muzaffarjon qizi
Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada madaniyat va san 'at sohasidagi islohotlar va bu islohotlar jamiyatimizdagi tutgan o'rni, bo'lajak fortepiano cholg'usi ijrochilarining informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirishda musiqaga oid kitoblar va qo'llanmalar, tarixiy-badiiy asarlar, fortepiano cholg'usini ijro etishga doir enseklopediyalar, amaliy va nazariy metodlar orqali ko 'nikma va malakani o 'stirish, dunyoqarashni shakllantirish, musiqa fanini o 'qitish muammolariga oid ilmiy-metodik manbalar tahlil qilingan.
Kalit so'z va iboralar:san'at, mdaniyat, ko'rik-tanlovlarfortepiano ijrochiligi mutaxassisligi fanini o'qitish, bo'lajak fortepiano ijrochilarining informatsion-analitik kompetentligi, musiqiy ta'lim, musiqiy enseklopediyalar, tarixiy-badiiy asarlar, ilmiy-metodik yondoshuv, ko'rgazmali ta'lim, jo'rnavozlik amaliyoti, ansambl ijrochiligi, nazariy va amaliy bilimlar.
ЗНАЧЕНИЕ ИНСТРУМЕНТА "ФОРТЕПИАНО"В РАЗВИТИИ МУЗЫКАЛЬНО-ЭСТЕТИЧЕСКОГО МИРОВОЗЗРЕНИЯ МОЛОДЁЖИ.
Шамсудинова Мохларойим Музаффаржон кизи
Учитель Ферганской специализированной школы искусств
АННОТАЦИЯ
В данной статьи рассматриваются реформы в сфере культуры и искусства, роль этих реформ в нашем обществе, развитие информационно -аналитический компетентность будущих пианистов, развитии навыков и компетентности, используются книги и пособия по музыке, историко-художественные произведения, энциклопедии по игре на фортепиано, практические и теоретические методы. Проанализированы источники, связанные с проблемами формирования мировоззрения и музыкального образования.
Ключевые слова и фразы: культура, искусство, конкурсы, обучение науке игры на фортепиано, информационно-аналитическая компетентность будущих пианистов, музыкальное образование, музыкальные энциклопедии, историко-художественные труды, научно-методический подход, наглядное
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
воспитание, аккомпанементская практика, ансамблевое исполнительство, теоретические и практические знания.
THE IMPORTANCE OF THE "PIANO" IN THE DEVELOPMENT OF THE MUSIC-AESTHETIC WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE
This article discusses reforms in the field of culture and art, the role of reforms in our society, the development of information and analytical competence of future pianists, development of skills and competence, books and manuals on music, historical and artistic works, encyclopedias on piano playing are used, practical and theoretical methods. The next related to the problems of worldview information and music education are analyzed.
Key words and phrases: culture, art, competitions, teaching the science ofpiano playing, information and analytical competence of future pianists, music education, music encyclopedias, historical artistic works, scientific and methodological approach, visual education, accompaniment practice, ensemble performance, theoretical and practical knowledge.
KIRISH (BBegeHHe/Introduction).
San'at mojizadir. Yurak va miyaning shunday bir joylari borki, u yerga faqat san'at vositasidagina kirish mumkin. Mustaqillik yillaridan boshlab san'at va madaniyatga alohida etibor berilgan, yangi O'zbekistonning tarixini yatarish, moddiy va nomoddiy madaniy me'ros durdonalarini saqlash va targ'ib etish. Aholi, xususan yoshlar madaniy saviyasini yuksaltirish, ulardagi bor bilimlarni yanada rivojlantirish hozirgi kundagi dolzarb mavzulardan biridir. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Bundan tashqari, ingliz san'atshunos olimi F.R.Martini "Temuriylar singari san'at va madaniyatni qadrlaydigan hukmdor Markaziy Osiyoda hech vaqt bol'magan"- deb yozadi. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 26-maydagi " Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ushbu soxa vakillarining keng ko'lamdagi san'atshunos yoshlarning uzoq kutilgan orzulari, istaklarini ro'yobga chiqarishga katta imkoniyat, sharoit yaratdi.
Shamsudinova Mokhlaroyim Muzaffarjon kizi
Teacher of the Fergana Specialized school of Arts
ABSTRACT
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
XXI-asr axborot texnologiyalar asri. Axborot texnologiyalarining san,at soxasida tutgan o'rni beqiyos.Chunki har bir musiqa yaratilishidan to tinglovchiga yetib borgunga qadar turli bosqichlardan o'tadi. Masalan, bir san'atkor o'z ijodini rivojlantirish yo'lida akbatta axborot texnologiyalardan foydalanadi, ular, radio, ommaviy axborotlar, qo'shiq yozish studiyalari va h,q. Oliy ta'limlarda ham musiqa ta'limi yoki mutaxassislik fanlariga ham chuqur e'tibor qaratilmoqda. Har bir darslar malakali, darsga innovatsion yondoshgan, darslarni ham amaliy ham nazariy va ko'rgazmali tarzda o'tadigan pedagoglar tomonidan tashkillanmoqda.Yoshlarning madaniyatini, dunyo qarashini, chet el talabalari bilan hamnafas bo'lishi uchun yurtboshimiz tomonidan barcha shart sharoitlar yaratib berilmoqda
Fortepiano cholg'usi ijrochiligiga kelsak, bu asbobning tarixi juda qadim zamonlarda, ya'ni, qadimgi Yunonistonda borib taqaladi. Pefagor yashagan davrda "monoxord" deb nomlanuvchi cholg'u asbobi bo'lgan. Yollar davomida bu cholg'u takomillashib XII-asrda "Klavikord" cholg'u asbobi paydo bo'lgan. Bora bora rivojlanishlar natijasida "Fortepiano" cholg'u asbobi vujudga keldi. Fortepiano-bu keng diapazonli, kuchli ovozga ega bo'lgan cholg'u bo'lib, boshqa hech qaysi musiqa cholg'usi bunday yorqin imkoniyatlarga ega emas.
Bog'chadan boshlangan qiziqish yetti yillik musiqa va san'at maktabida davom etadi. Bu yerda bola musiqaning boshlang'ich bilimlarni egallaydi. Nafaqatfortepiano ijrochiligini,nazariya, solfedjio, xor va qoshimcha cholg'u fanlarini o'zlashtiradi. Yetti yil davomida o'quvchi o'zbek va chet el kompozitorlar asarlarini o'rganib ijro etishadi. Musiqa maktabida o'qish jarayonida "Kamalar yulduzlari", "Istiqlol g'unchalari", Xalqaro ko'rik tanlovlarda qatnashib o'z bilim darajasini yanada oshirib, keyingi bosqichda Ixtisoslashtirilgan san'at maktabiga imtixon orqali qabul qilinadi. Bu yerda o'quvchi ikki yil davomida malakali pedagoglar tomonidan bilim oladilar. Fortepiano ijrochiligini o'rgatish jarayoni yaxlit sistema sifatida qarab, hozirgi bosqichdagi yoshlarning musiqiy-estetik tarbiyasini yanada rivojlantirishga qaratilagan. Pedagogning vazifasi, nafaqat fortepiano chalishni o'rgatish bilan cheklanmaydi. Pedagog o'quvchilarda musiqaga qiziqish, ularning musiqaga bo'lgan etiborini yanada kuchaytirish, musiqiy-ijodiy va ijrochilik qoniliyatlarini rivojlantirish, musiqa asarlarini chuqur idrok etishlari va mustaqil baholay olishlariga erishishi kerak.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (Литература и методология/Literature and methotology)
Fortepiano sinfidagi ta'limning hozirgi musiqiy-estetik tarbiyaning maqsadlari va vazifalariga mos mazmunini belgilashda yanayam samaraliroq yondoshish M.N.Skatkin ishlab chiqqan sistemasiga tayanishdan iborat bo'lib, bu sistema
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
musiqiy faoliyatning shartlariga moslashgan. Fortepiano cholg'usida ijro texnikasini oshirish juda ham muhim hisoblanadi. Bunda mashqlar, gammalar, etyudlar yordamida amalga oshirish mumkin. Biz albatta ushbu jarayonni ham innovatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirishimiz mumkin. Masalan, mashqlarni yoki gammalarni elektro pianinoda turli ritmlar ostida ijto etish yordamida ham ijro texnikasi ham oquvchining informatsion-analitik kompetentligi osadi. Ammo klassik asarlar ijrosi albatta fortepianoda bo'lishi lozim, bunda o'quvchi asarning xarakterini, dinamik belgilarini, asarning mohiyatini va o'zining asar ijrosi davomidagi ichki kechinmalarini ifoda qila oladi.Fortepiano chalishni o'rgatish mazmunini belgilashda mazkur masala bo'yicha M.Lamentning ta'lim mazmuni haqidagi, V.Asafyevning musiqani yaratish, ijro qilish, idok etishda ko'rinadigan musiqa san'atining uch birligi xaqidagi S.Rappoportning bilish va aloqa faoliyatining ajralmas birligi bo'lmish musiqiy-ijrochilik faoliyat haqidagi, N.Vetluginaning musiqa san'atiga bolaning estetik munosabati, modeli haqida yetakchi psixologik-pedagogik va musiqashunoslik konsepsiyalarini jamlashga asoslanadi. Bu modelga uchta komponent, musiqani idrok va ijro etish hamda juz'iy musiqa yaratish bo'yicha ijodiy faoliyat tajribasini, musiqaga va musiqiy faoliyatga estetik munosabat tajribasi. Markaziy Osiyo kompozitorlari orasida birinchilar qatorida o'znek fortepiano san'atining zabardast ustozi Georgiy Mushel ijodini aytib o'tish joizdir. U o'zining "24 prelyudiya va fugalar" turkumida Baxning kompozitorlik ijodiga xos polifonik uslubi asnosida o'zekona ohanglardan to'g'ri va o'rinli foydalangan holda, o'ziga xos uyg'unlikni ifoda etib, mukammal ijodiy maxoratini yana bir bor namoyon etgan.
NATIJALAR (Pe3y^bTaTbi/Results)
Fortepiano sinfida mutaxassislik fanidan tashqari ansambl ijrochiligi darsi ham bo'ladi. "Ansambl" (fransuzcha "ensemble"- birlik, uyg,unlik, ohangdoshlik)- degan ma'nolarni bildiradi.Ushbu fanda ma'lum musiqa asarlarining bir nechtaijrochilar tomonidan birga bir birlarini eshitib, xis qilib, to'g'ri sanoq ostida diqqat bilan ijro etilishidir. Ushbu fanning yutuqlari shundaki, ijrochi nafaqat o'zini balkim sherigini ham tinglashni o'rganadi. Ijrochilar soniga qarab ansambllar duet (2 kishi) trio yoki terset (3 kishi) kvartet (4 kishi) kvintet (5 kishi) va h,q. Hozirgi kunda ansamb ijrochiligida ham innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda.
Jo'rnavozlik. Musiqa ijrochiligida yakkaxon honanda, sozanda, raqqosa yoki ijrichilar guruhiga bir yoki bir nechta musiqa cholg'ular (ansambl, orkestor)ning jo'r bo'lishi. Jo'rnavozning vazifalari quyidagilardan iborat;
• Yakkaxon ijrochini tinglash.
• Yakkaxon ijrochi partiyasini kuzatib borish.
• Yakkaxon ijrochi bilan birga asarni boshlash va tugatish
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
• Yakkaxon ijrochiga asarning mohiyatini ochib berishda yordam berish
• Ularning ishlash xususiyatlari va ishlashdagi qiyinchiliklarining sababini bilish.
• Umumiy musiqiy iste'dod.
• Tinglash qobiliyati.
• Badiiylik.
• Ijrochilik maxorati.
• Pedagogik mahorat.
MUHOKAMA (Oöcy^geHHe/Discussion)
Demak musiqiy-estetik tarbiyasi nafosat tarbiyasi ham, odamiylik tarbiyasi ham, to'la-to'kis ahamiyatga ega bo'lgan go'zallik tarbiyasidir. Shu sababli talaba-yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash go'yat murakkab, ko'p qirrali dinamik jarayon bo'lib, uning yordamida barkamol shaxs tarbiyasi jarayonini olib borishning optimal variantlarini qo'lga kiritish mumkin. "Musiqiy-estetik tarbiya"- o'quvchilarni voqelikdagi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosab atlarini tarbiyalashdir. Albatta, musiqa shaxsni shakllantirish, uning ijobiy fazilatlarini oshirib, sayqallantiradi. Musiqa-san'at sifatida ijtimoiy ong shakli bo'lib, u kishining his-tuyg'ularini ifodalash bilan birga voqelik va davr ruhini ham o'zida aks ettiradi. Mashxur polyak basrakori K.Shimanovskiy <<Jamiyatda musiqaning tarbiyaviy ahamiyati>> sarlavhali maqolasida musiqaning tabiiy kuch-qudrati haqida fikr yuritar edi. Ze'ro, kuy va musiqiy ifoda kishining hissiyotiga chuqur ta'sir qilib, unda har xil hislarni uyg'otadi, turlicha kayfiyatlarni hosil qiladi. Fortepiano cholg'usidagi kuylarning ham ta'siri katta. G'amgin, quvonchlik, vahimalik, xushchag'choq, sekin yoki tez, baland yoki past tovushlar insonni emotsional holatga olib lelishi mumkin. Fortepiano cholg'u asbobi O'zbekistonga XIX asrda kirib kelgan. Hozirgi kunda keng ommaga tarqalib, musiqa ta'lim tizimiga zaruriy musiqa cholg'u asbobi sifatida o'quv dasturiga kiritilgan. U ijrochidan tinimsiz mehnat va harakat, yuksak musiqa savodxonligini va muntazam ravishda mashq va mashg'ulotlarni talab qiladi. Fortepiano fanidan mashg'ulotlar jarayoni yakka tartibda o'tqazilib, bu jarayon pedagogdan har bir talabaga indihar bir individual yondashib, alohida uslibni qo'llash imkoniyatini beradi. Har bitta talabaning bazaviy tayyotgarligi, o'zlashtirish qobiliyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda jarayonda pedagog shogirdiga dastur asosida dars beradi.
XULOSA (3aK^MHeHHe/Conclusion).
Xulosa o'rnida, yoshlarning musiqiy-estetik qobiliyatini rivojlantirishda ba'zi tamoyillarni ilgari surish lozim deb hisoblayman, bular; talaba-yoshlarni badiiy didini
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
milliy va zamonaviylik asosida o'stirish, ularni chet el yoshlari bilan hamnafas tarzda yuqori texnologiyalar asosida informatsion-analitik kompetentligini oshirish, eshituvchanlik qobiliyatini yetishtirib berishimiz lozim. Shu sababli musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, insonni atrofidagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga, qadrlashga o'rgatadi, insonda yuksak manaviy dunyoqarashni shakllantiradi. Bu jarayonda shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatlarning individual ifodasi, ijtimoiy ahamiyatga moillikxususiyatlar kombinatsiyasi, inson ijtimoiyligi shakli ekanini nazarda tutadigan bo'lsak, bu bo rada musiqaning ahamiyati yana bir bor oydinlashadi va musiqiy ta'lim tizimida yangicha yondashuv borasidagi izlanishlarimiz zamonaviy axborot-pedagogik texnologiyalarini joriy qilish bilan bog'liq ekanini ko'rsatmoqda. Bu metodikadan foydalanish musiqa o'quv tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishga olib keladi, hamda shxzni musiqiy tomondan tarbiyalash va rivojlantirishga yordam beradi. Fortepiano cholg'usini o'rganish ham musiqiy ta'limning muhim omillaridan biri.Fortepiano cholg'u asbobida chalishni o'rganish talabalarga solfedjio, farmoniya, nazariya, musiqa tahlili, xor va xorshunoslik, dirijyorlik fanlaridan ayniqsa qo'l keladi. Shuningdek, ularning kelajak pedagogik isjlarida qiynalmay faoliyat yuritishlarida katta yordam beradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (ИСПОЛЬЗОВАННАЯ ЛИТЕРАТУРА/REFERENCES)
1. A.H.Jabborov. O'zbek kompozitorlari va musiqashunoslari. -T.,2004.
2. N.S.Yanov-Yanovskiy. Fortepiannaya muzika v sb. Istoriya uzbekskoy sovetskoy muziki" II tom - T. 1973.
3. T.A.Galovyans., E.S.Meyke. Kompozitori i muzikovedi Uzbekistana. - T. 1999.
4. K.Zoitov. Umumiy fortepiano. - T. 2004.
5. Yan Pekker. Georgiy Mushel. - M. 1996.
6. A.Vohidov. Stilisticheskiye osobennosti prelyudii i fug G. Mushel- T. 1982
7. Mamasiddiqov Ibroxim- "San'at va uning shakllanish tarixi"
8. A.Jabborov, S.Begmatova, M.Azamova "O'zbek musiqa tarixi"
9. M.Mo'minov "Musiqa san'ati talaba shaxsining badiiy-estetik tarbiyasida"
10. N.Sharipov "Sharq mutafakkirlarining musiqa san'ati bo'rasidagi qarashlari"
11. И.Мартинов. Музыкальная имтория. М. 1975
12. И.Гофман. Фортепианная игра. Ответы на вопросы о фортепианной игре. 1961
13. Д.Ражабова. Фортепиано машгулотлари. Укитувчи, 1994
14. Работа над фугой; Метод и школа Баха.
15. В.Д.Осипова. Полифония- Учебное пособие в двух частях.