Научная статья на тему 'YOSHLARNING JAMIYAT IJTIMOIY TUZILMASINING BARQAROR RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI'

YOSHLARNING JAMIYAT IJTIMOIY TUZILMASINING BARQAROR RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar / ijtimoiy tuzilma / O'zbekiston-2030 Strategiyasi / jamiyat / tarbiya / barqaror rivojlanish / o'rta sinf.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sarvar Sadullaevich Otamuratov

Ushbu maqolada yoshlarning jamiyat ijtimoiy tuzilmasining barqaror rivojlanishidagi o'rni tahlil etilgan. Mavjud ilmiy tushunchalar berilib, yoshlarning jamiyat rivojlanishi uchun amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING JAMIYAT IJTIMOIY TUZILMASINING BARQAROR RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI»

„ , , , , , , . ,. , . O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

Toshkent davlat îqtisodiyot universiteti . , ,. . , , , . . , . , . .

inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari

, , ,, . . Uzbekistan - 2030 Strategy:

Tashkent State University of Economics „ „ „ ,. „ „ „ f. ,

Opportunities to Realize Human Potential

YOSHLARNING JAMIYAT IJTIMOIY TUZILMASINING BARQAROR

RIVOJLANISHIDAGI O'RNI

Sarvar Sadullaevich Otamuratov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi mudiri, sotsiologiya

fanlari doktori

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yoshlarning jamiyat ijtimoiy tuzilmasining barqaror rivojlanishidagi o'rni tahlil etilgan. Mavjud ilmiy tushunchalar berilib, yoshlarning jamiyat rivojlanishi uchun amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar tahlil etilgan.

Tayanch so'zlar: yoshlar, ijtimoiy tuzilma, O'zbekiston-2030 Strategiyasi, jamiyat, tarbiya, barqaror rivojlanish, o'rta sinf.

Jamiyat murakkab organizm bo'lib, u ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarni o'zida mujassamlashtiradi. Ularning har biri o'ziga xos mustaqil yo'nalishlarni tashkil qiladi. Bu "mustaqillik" nisbiy bo'lib, ular biri ikkinchisisiz rivojlana olmaydi. Ulardagi o'zaro bog'liqlik barqaror taraqqiy qilsagina jamiyat va unda yashaydigan insonlarning farovon yashashlari uchun imkoniyatlar kengayib boraveradi. Bu esa bir qator ob'ektiv va sub'ektiv omillar bilan bog'liq. Ushbu omillar tizimda jamiyat ijtimoiy tuzilmasining barqarorligi alohida o'rin tutadi. Uning barqaror rivojlanishi esa inson omili bilan bog'liq. Chunki u jamiyat hayotidagi barcha moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratuvchisi va iste'molchisi hisoblanadi.

Shu bilan birga jamiyat ijtimoiy tuzilmasida yoshlarning o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ular, bir tomondan, yangillikga, taraqqiyotga intiluvchan, bunyodkor kuchlarni lokomotivini tashkitl etishi mumkin bo'lgan ijtimoiy guruh hisoblansa, ikkinchi tomondan, ularda hali to'la shakllanmagan dunyoqarashi, shu jumladan, ma'naviy dunyoqarashi va jamiyatda bo'layotgan jarayonlarga munosabati, ayrim guruhlarning yoshlarga ta'sir etishi, o'zlarining maqsadlariga ergashtirish uchun asos bo'lishi mumkin.

Demak, davlat tomonidan ushbu masalalarga alohida e'tibor berish talab etiladi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, «Yosh avlodning fuqarolik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish, farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar, yetuk mutaxassislar etib tarbiyalash bo'yicha keng ko'lamli ishlarni olib bormoqdamiz»[1].

29

Tashkent State University of Economics

Shu nuqtai nazardan, xalqimizni erkin va farovon, qudratli Yangi O'zbekistonni barpo etish maqsadida O'zbekiston-2030 strategiyasi qabul qilindi. Unda beshta ustuvor yo'nalishlar belgilandi. Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratish yo'nalishidagi yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo'nalishlardagi islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo'nalishda yoshlarni rivojlanishi, mustaqil fikrlash, intelektual salohiyatlarini oshirish, zamonaviy kasblarga ega bo'lishi, IT texnologiyalarni o'zlashtirishi, jismoniya tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari kabi muhim maqsadlar va erishilishi ko'zda tutilgan ko'rsatkichlar aniq belgilangan.

Ana shu dolzarb muammolarni hal etishning muhim yo'nalishlaridan biri - bu jamiyat ijtimoiy tuzilmasining barqaror ishlashiga erishishdir. Jahonning shiddat bilan o'zgarayotgani inson ehtiyojlarining oshib borayotgani sharoitida jamiyat ijtimoiy tuzilmasida ham takomillashuv jarayonlari kechmoqda. Xususan, yangi ijtimoiy guruhlarning paydo bo'lishi an'anaviy guruhlar mavqeining susayishi, jamoaviylikka qaraganda individuallikning kuchayishi kabilar bugun jamiyat ijtimoiy tuzilmasida kechayotgan jarayonlardir. Shuningdek, ana shu jarayonlarda inson omilida kechayotgan ijobiy va salbiy o'zgarishlar ham tuzilma ichki hayotida o'z ifodasini topmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy guruhlarda moddiy jihatdan tabaqalanish, ular o'rtasida o'zaro begonalashuv holatini yuzaga keltirmoqda.

Jamiyat ijtimoiy tuzilmasining barqaror rivojida yoshlarning o'rni katta. Chunki: a) yoshlar o'zlarining qiziqishlari va yangilikka intilishi, hayotga nisbatan jo'shqin munosabatlari bilan jamiyatning boshqa ijtimoiy guruhlaridan ajralib turadilar; b) ular mamlakatning buguni va ertangi kunining vorislari, davomchilari hisoblanadilar. Ya'ni, tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida yashayotgan ijtimoiy guruhlar ichida yoshlar, o'zlaridan oldingi avlodlar erishgan yutuqlarga va to'plangan tajribalarga tayanib, o'zlari yashayotgan yangi tarixiy bosqich ehtiyojlaridan, ayni paytda o'z ehtiyojlariga mos ravishda yaratuvchilikka, ijodkorlikka, yangiliklar va ixtirolar yaratishga intiladigan guruhlar hisoblanadi; v) bugun fan, texnika va texnologiya jadal rivojlanmoqda. Ularni o'zlashtirish va yangilarini ishlab chiqarish va real amaliyotga tatbiq qilish ham yoshlarning intellektual salohiyatga bog'liq. Albatta, yuqorida keltirilganlar yoshlarda yetarli darajada shakllanavermaydi. Chunki ular bir tomondan yoshlarning qobiliyatlariga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan oila va ta'lim tizimigi bog'liqdir.

Jamiyat ijtimoiy tuzilmasining barqaror rivojlanishi va unda yoshlarning o'rinlari nimalardan iborat, degan savolga javob izlashga harakat qilamiz. Asosiy e'tiborni jamiyat ijtimoiy tuzilmasida sinflar, ijtimoiy guruhlar, millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglikning ijtimoiy tuzilma barqarorligini ta'minlashdagi o'rniga qaratamiz. Zero,

30

https://tsue.uz/

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

ularning har biri har bir mamlakatning barqaror rivojlanishiga va aksincha ularda kechadigan salbiy jarayonlar oqibatida inqirozga yuz tutishiga olib keladi.

Bugungi kundagi mavjud bo'lgan ijtimoiy sinf va tabaqalar manfaatlarini o'zaro muvozanatlashtirishi jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Chunki sinflar jamiyatdagi ijtimoiy ne'matlarga egalik qilishi, siyosiy hokimiyatga va o'z mavqeilari bilan farqlanadigan o'zaro uyushgan guruhlar hisoblanadi. Ularni ana shu omillar birlashtirib turadi. Jamiyat ijtimoiy tuzilmasining barqaror rivojiga nafaqat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, shu bilan birga siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyoti ham amaliy ahamiyatga egadir. Jahon miqyosida jadal o'zgarishlar bo'layotgan bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy tuzilmasiga innovatsion yondashib, yoshlarimiz hisobidan mustaqillik yillarida shakllana boshlagan o'rta sinfni rivojlantirish, uning barqaror taraqqiy qilishida amaliy ahamiyatga egadir.

Yoshlarimiz hisobidan shakllantiriladigan ishchilarning yangi avlodiga quyidagi sifatlarga erishishi talab etiladi: 1) yuksak malakaga erishish yo'lida doim o'z ustida tinmay ishlaydigan va ishlab chiqarishdagi faoliyatiga innovatsion yondashuvlarga intiluvchan; 2) o'zi ishlaydigan korxona, firmadagi ish o'rnini qadrlaydigan, uning muvaffaqiyatini o'z muvaffaqiyati sifatida xis qila oladigan; 3) o'z manfaatini ishxonasi, Vatani manfaatlari bilan uyg'un holda qaraydigan; 4) o'ziga yuklatilgan vazifaning sifati va undan keladigan darajada samarasi uchun mas'ullikni o'z zimmasiga oladigan; 5) Vatanparvarlik tuyg'ulari mustahkam bo'lgan yangi ishchilar avlodini shakllantirishni davrning o'zi taqozo qilmoqda.

Mamlakat ijtimoiy tuzilmasining asosiy qismini tashkil qiladigan yoshlarning o'rta sinf vakillari sifatida shakllanish jarayoni bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlar sharoitida murakkab kechadi. Chunki, ularni shakllantirishga qaratilgan qancha qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilmasin, ularning "ishlashi" uchun yoshlarda huquqiy bilim yetmaydi. Bundan tashqari, yoshlarning o'rta sinf darajasiga yetib kelishi uchun nafaqat davlat tomonidan qabul qilinadigan qonunlar, shuning bilan birga dastlabki mablag'lar ham kerak bo'ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zbekiston-2030 strategiyasida belgilangan vazifalar qatorida yoshlarning jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi mavqeini oshirish, ular hisobidan o'rta sinfni shakllantirish uchun qo'yidagilarga e'tibor berish muhim ahamiyatga ega:

birinchidan, jamiyatimizni modernizatsiyalash vazifalaridan kelib chiqib, yoshlarning bu jarayonda faol ishtirokini ta'minlashda moddiy ehtiyojlarni qondirishning muhim mexanizmlari sifatida: jamiyat tuzilmasida mavjud bo'ladigan qarama-qarshilik va ziddiyatlarni bartaraf etish (yoki yumshatish) hamda yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayonlarini pozitiv (ijobiy) dunyoqarash va amaliy faoliyatga aylanishiga erishish;

31

Tashkent State University of Economics

ikkinchidan, yoshlarni mavjud bo'lgan tabiiy qobiliyatlarini (yangilikka intilish, tavakalchilik, o'zlariga ishonch va h.k.) inobatga olgan holda ta'lim darajasini oshirish, ularning intellektual salohiyatni shakllantirish va innovatsion faoliyatlarini rag'batlantirish. Buning uchun esa uzluksiz ta'lim va malaka oshirish tizimini yo'lga qo'yish, bu esa o'z navbatida ularning intellektual qobiliyatlari va imkoniyatlarini kengaytirishga olib keladi;

uchinchidan, mehnat bozorida yosh xodimlarning raqobatlashish samaradorligi, shuningdek kasbiy malaka oshirish imkoniyatlarining ob'ektiv (yoshlarning mehnat bozoridagi mavqei, kadrlar tayyorlash tizimining ish beruvchilar talablariga yo'naltirilganligi, mutaxassislarni tayyorlash sifati) va sub'ektiv (yosh xodimning shaxsiy fazilatlari, uning ijtimoiy jarayonlar va hayot tomonlariga munosabati) omillarini inobatga olish zarur hisoblanadi;

to'rtinchidan, jamiyatni modernizatsiyalashtirish jarayonida ta'lim va tarbiya tizimini tubdan o'zgartirish, ularni boshqarishda demokratik uslublarni joriy etish, yoshlarning o'qishi, ilm olishi, fan, texnika va texnologiyaga bo'ladigan qiziqish va harakatlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi hamda yoshlar ongi, dunyoqarashi va tafakkurini modernizatsiyalashtirish talablari asosida yangilash hamda faoliyatlarini yangilik, kashfiyot va ixtirolar yaratishga yo'naltirish muhim amaliy ahamiyatga ega bo'lib qoladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent, O'zbekiston, 2021. -54-55-b.

2. Falsafa qomusiy lug'at. - Toshkent, Sharq, 2004.

3. Xolbekov A., Idirov U. Sotsiologiya (izohli lug'at - ma'lumotnoma). - Toshkent, Abu Ali ibn Sino, 1999.

4. Mirziyoyev SH.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild. - Toshkent, O'zbekiston, 2007.

5. Milliy g'oya va rahbar mas'uliyati. - Toshkent, G'afur G'ulom, 2007.

6. Абдрахимов А. Б. и др. Фундаментальная и прикладная наука: состояние и тенденции развития, 2023.

7. Otamuratov S., Otamuratov S., Atamuratova F. Sociological study of social and innovative activities of youth in Uzbekistan //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 420. - С. 06050.

32

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.