Научная статья на тему 'YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGI TUSHUNCHASI, UNING MOHIYATI, MAZMUNI'

YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGI TUSHUNCHASI, UNING MOHIYATI, MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar / faollik / falsafa / ta'lim-tarbiya / axloq-odob / madaniyat / mustaqillik / uyushmaga.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ibraximov Barotjon Botirovich, Karimov O‘Tkirbek Raximjon O‘G‘Li

Maqolada Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi, uning mohiyati, mazmuniga to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGI TUSHUNCHASI, UNING MOHIYATI, MAZMUNI»

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGI TUSHUNCHASI, UNING MOHIYATI, MAZMUNI

*Ibraximov Barotjon Botirovich, 2Karimov O'tkirbek Raximjon o'g'li

1Namangan davlat pedagogika institute Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi, 2Namangan davlat pedagogika instituti 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11236391

Annotatsiya. Maqolada Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi, uning mohiyati, mazmuniga to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: yoshlar, faollik, falsafa, ta'lim-tarbiya, axloq-odob, madaniyat, mustaqillik, uyushmaga.

Аннотация. В статье рассматривается понятие общественно-политической активности молодежи, ее сущность, содержание.

Ключевые слова: молодежь, активность, философия, воспитание, мораль, культура, самостоятельность, ассоциация.

Abstract. The article examines the concept of socio-political activity of youth, its essence, content.

Keywords: youth, activity, philosophy, education, morality, culture, independence, association.

Hozirgi kunda aholi turli guruhlarining ijtimoiy holatidagi o'zgarishlar "hamisha ilg'or g'oyalar tarqatuvchi" deb hisoblangan yoshlarni ham chetlab o'tmayapti. Yoshlar - o'sish va ulg'ayishni boshidan kechirayotgan alohida ijtimoiy-demografik guruh bo'lib, uning holati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy ahvoli bilan belgilanadi. Yoshlarga doir davlat siyosatini (yoshlarni ijtimoiy, madaniy, ma'naviy va jismoniy rivojlantirish) samarali amalga oshirish uchun quyidagi sohalarda katta ishlar boshlab yuborilgan - huquqiy sohada, ish bilan ta'minlash va bandlik sohasida, oilani mustahkamlash va maishiy xizmat ko'rsatish sohasida, yoshlar iqtidorini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash sohasida va h.k.

Zamonaviy falsafa, sotsiologiya va psixologiya fanlarining dolzarb muammolaridan biri -yoshlarning siyosiylashuvi masalasidir. Ma'lumki, qayta qurish jarayonida boshlangan va SSSR parchalanishi bilan chuqurlashib borgan jamiyat ijtimoiy tizimining inqirozi qonuniy tarzda ijtimoiy mo'ljallarni o'zgartirishga, ko'pgina qadriyat va an'analarni yangicha baholashga olib keldi. Ijtimoiy ong darajasidagi sovet, milliy va g'arbiy qadriyatlarning o'zaro raqobati xalqning, ayniqsa, yoshlarning ruhiy holati, ma'naviyatiga ta'sir eta boshladi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda yoshlarning o'z hayot yo'llarini topishga, shaxsiy-ijtimoiy mavqyeini kuchaytirishga bo'lgan xohishi va intilishlari ijtimoiy muhitga moslashishning qiyin kechishi bilan to'qnashdi.

Bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida, bir tomondan, madaniyat mohiyatining o'sib borishi kuzatilsa, ikkinchi tomondan, madaniy jarayonlarning kommersiyalashuvi, ommaviy madaniyatning kirib borishi, elektron ommaviy axborot vositalarining ta'siri ham kuzatilmoqda. Ular esa, o'z navbatida, yoshlarning maqsadlari, ma'naviy-madaniy ideallari va qiziqishlariga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

Yoshlarga doir olib boriladigan har qanday tadqiqot "yoshlar" tushunchasining mohiyatini ochib berish, mazkur ijtimoiy guruhning turlarini (shaharda, qishloqda yashovchi, ishchilar, o'quvchilar va h.k.) aniqlash, yoshlar yashab, mehnat qilayotgan ijtimoiy muhitning holatini hisobga olishni talab etadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun, ularga uchta o'zaro bog'liq

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

darajada yondashish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz: birinchidan, yoshlarga ijtimoiy fenomen sifatida umummetodologik darajada yondashish; ikkinchidan, yoshlarga maxsus-nazariy darajada yondashish, ya'ni ularni alohida ijtimoiy-demografik guruh deb hisoblash, xulqi, yashash tarzining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, boylik mo'ljallarini o'rganish; uchinchidan, yoshlarga empirik, ya'ni sotsiologik tadqiqotlarning dalillari va ko'rsatkichlariga asoslangan holda yondashish.

Yoshlarni mazkur yondashuvlar asosida o'rganish, ularga ma'lum yoshdagi kishilar sifatida qarabgina qolmay, balki o'ziga xos ijtimoiy-demografik guruh sifatida qarashga ham imkon beradi. Mazkur guruh, bir tomondan, o'ziga xos psixologik-jismoniy xususiyatlari, ijtimoiy mexanizmi, ijtimoiy hayotga kirib borishi bilan bog'liq alohida faoliyatni olib borsa, ikkinchi tomondan, submadaniyat, jamiyat ijtimoiy tabaqalanishiga bog'liq ichki differensiatsiyalash jarayonlari bilan tavsiflanadi. Demak, yoshlarga ilmiy yondashish, ularga jamiyatning o'ziga xos guruhi sifatida qarashni, hayotning turli jihatlari va xususiyatlarini kompleks o'rganishni talab etadi.

Yoshlarga oid masalalar ta'lim-tarbiya, axloq-odob, madaniyat, sog'liqni saqlash, ijtimoiy munosabatlar, siyosat, huquq, din, bo'sh vaqtni tashkil qilish, oila, mehnat, sport bilan chambarchas bog'liq. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda yoshlar bilan bog'liq mazkur muammolar jamiyat tizimida (ya'ni jamiyat asosiy tavsifi, tizimli o'zgarishlar va siljishlar bilan uyg'un holda) ham, o'ziga xos ijtimoiy guruh sifatida differensial tarzda ham o'rganiladi.

Shuni inobatga olish kerakki, hozirgi kunda O'zbekiston yoshlari bilan bog'liq muammolarning asosiy qismi jamiyatda ro'y berayotgan ob'ektiv jarayonlar (ya'ni urbanizatsiya, jamiyatda pensionerlar va qariyalar sonining o'sishi, tug'ilishning kamayishi va h.k.) bilan bog'liq. Bugun yoshlarning jamiyatdagi o'z o'rinlarini aniqlashi va topishi eski qarashlar, qadriyatlarning so'nishi hamda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi davrida amalga oshirilmoqda. Shuning uchun ham yoshlar orasida agressiya, lokaydlik, ekstremistik kayfiyatlar, sarosimaga tushish holatlari ham uchramoqda.

Yoshlar - ijtimoiy munosabatlarning sub'ektlaridir. Shu tufayli ham ular ob'ektiv ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchisiga aylanganlar. Olimlar o'rtasida yoshlarni alohida guruh sifatida ajratib o'rganish polemikasi hamon davom etmoqda. Ular mazkur guruhni sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, demografiya hamda turli klassifikatsiyalardan kelib chiqqan holda o'rganishga harakat qilmoqdalar. Ammo fikrimizcha, yoshlarni o'rganishda ma'naviy, mafkuraviy omil ham muhim ahamiyatga ega.

Ko'p yillar mobaynida, xususan, Sobiq Ittifoq davrida yoshlar alohida ijtimoiy-demografik guruh sifatida o'rganilmagan. Yoshlarni mazkur tarzda o'rganish jamiyat sinfiy tizimi hamda ijtimoiy-siyosiy birlikka asoslangan rasmiy mafkuraviy doktrinasiga muvofiq kelmagan. Yoshlar haqida ishchi sinfi, dehqonlar va ziyolilarning muayyan tarkibiy qismi sifatida gapirish mumkin bo'lsa-da, ammo yoshlarning ijtimoiy xususiyatlarini inobatga olib ularga alohida yaxlit bir guruh sifatida qarash hukm surgan tizim manfaatlariga mutlaqo to'g'ri kelmasdi. Bunday qarash yoshlarni boshqa ijtimoiy guruh va tabaqalarga qarshi ko'yish, deb hisoblanardi.

V.T.Lisovskiy fikricha, yoshlar - insoniyatning ijtimoiylashuv jarayonidan o'tgan alohida avlodi bo'lib, mazkur avlod kasb, bilim, madaniyat bilan bog'liq barcha vazifalarni o'zida jo qilgan, katta yoshga o'tgach esa, ularga to'liq amal qiladi.

Mazkur tushunchaga to'laroq ta'rifni I.S.Kon asarlarida uchratish mumkin. I.S.Kon fikricha, "yoshlar - ijtimoiy-demografik guruh bo'lib, u ma'lum davriy chegaralarga (16-32

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

yoshgacha), o'ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar va ijtimoiy mavqyega ega. Yoshlik inson hayotining biologik- universal pog'onasini belgilaydi, u bilan bog'lik barcha xususiyatlar va tavsiflar esa aniq ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo'lib, ular ijtimoiyiqtisodiy tuzum, mazkur jamiyatga xos qonuniyatlar bilan chambarchas bog'liq.

Darhaqiqat, navqiron avlod har bir mamlakatning ertangi kuni, jamiyatda o'zgarishlarga sabab bo'ladigan, bunyodkorlik g'oyalarini hayotga tatbiq etuvchi muhim kuch, salohiyatli resurs hisoblanadi. Albatta, yoshlarni ijtimoiy, ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, huquq hamda majburiyatlarini to'laqonli ro'yobga chiqarishga ko'maklashish, jamiyatda munosib o'rin egallashlariga qulay sharoit yaratish orqali ularni yurt taqdiri va kelajagini hal qiluvchi katta kuchga aylantirish mumkin. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki oylaridan e'tiboran yangi davlat hamda jamiyatni barpo etish bilan bog'liq kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri sifatida yoshlarga oid davlat siyosati va uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish vazifasi qo'yildi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni ma'naviy etuk va jismonan sog'lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.

Shunga qaramasdan, yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o'z o'rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, ularni kasbga yo'naltirish va bandligini ta'minlash, tashabbuslarini rag'batlantirish bo'yicha olib borilgan ishlar talab darajasida emasligini hayotning o'zi tasdiqlamoqda.

Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ko'p sonli yoshlarning o'z iqtidor va iste'dodini ro'yobga chiqarishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot g'oyalar ta'siridan himoya qilish, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati O'zbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning o'zi ko'rsatmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning sog'lom va barkamol voyaga etishi, zamon talablari darajasida ta'lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi uchun alohida e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatilib kelmoqda va bu o'z navbatida yoshlarimizga turli yo'nalishlarda o'z iqtidorlarini namoyon qilishda imkoniyatlar yaratadi.

RERFERENCES

1. Гринин ЖИ. Э. Глобализация и националный суверенитет-история и современност. -М., №1, 2005

2. Juraev S.A. Fuqarolik jamiyati: nazariya va amaliyot (ilmiy taxdiliy maqolalar to'plami). - T.: «Sharq,», 2003.

3. Komilov H. Komil inson — millat kelajagi. - T.: «O'zbekiston», 2001

4. Mirhamidov M. O'zbekiston: demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lida. — T.: «Sharq,» 2003

5. Musaev F. Demokratik davlat surishning falsafiy- huquqiy asoslari- T.: «O'zbekiston», 2007

6. Oripov Sh. Yoshlar siyosati — Barkdror taraqqiyot kafolati (ilmiy risola). - T.: «Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi», 2012.

7. Saifnazarov I. Ma'naviy barkamollik va siyosiy madaniyat. - T.: «Shark,», 2001

8. Yusupov E. Inson kamolotining ma'naviy asoslari. - T.: «Universitet», 1998.

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

9. ПОЛИТИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ДЕМОКРАТИИ И ОБЩЕСТВЕННОЕ ДОВЕРИЕ ББ Ибрахимов Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1 ...

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.