Научная статья на тему 'YOSHLAR HAYOTIY STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISHDA TA‟LIMNING O‟RNI'

YOSHLAR HAYOTIY STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISHDA TA‟LIMNING O‟RNI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

238
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR HAYOTIY STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISHDA TA‟LIMNING O‟RNI»

Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International

^^pecialists^n^heFieldoimÊamÊpmÊm

Tashkent State Transport University

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-830-833

YOSHLAR HAYOTIY STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISHDA

TA'LIMNING O'RNI

Rashid Usarovich Baratov Nilufar Jo'rayevna Nazarova

Toshkent davlat transport universiteti

Bugungi kunda mamlakatimiz kelajagi bo'lgan yoshlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta'minlash, ularga o'z intilish va qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, jamiyat va davlat rivojiga munosib hissa qo'shishlari uchun yaratilgan imkoniyat - yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy ustuvor maqsadlaridan bir sifatida, hukumatimiz tomonidan Yoshlar ittifoqi faoliyatiga doir jami 40 ta qonun va qonunosti hujjati qabul qilindi va yoshlar masalalari bilan bog'liq 70 ga yaqin meyoriy-huquqiy hujjatga qо'shimcha va о'zgartirishlar kiritildiki, bu esa yoshlar va ular bilan bog'liq masalalar yangi bosqichga ko'tarilganligini ko'rsatmoqda.[1] Jumladan, mamlakatimiz yoshlarini qo'llab-quvvatlash, har bir sohadagi samarali faoliyati, yutuqlari va iqtidorlarini munosib baholash va rag'batlantirib borish maqsadida "Mard o'g'lon" davlat mukofoti hamda "Kelajak bunyodkori" medali ta'sis etildi. O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil qilingan sana - 30 iyun mamlakatimizda "Yoshlar kuni" sifatida belgilandi. Bu o'z navbatida, tegishli davlat tuzilmalari va jamoatchilik e'tiborini yana bir bor yoshlar bilan bog'liq masalalarga jiddiy e'tibor qaratgan holda istiqboldagi dolzarb sanalgan vazifalarni belgilab olish lozimligini ko'rsatmoqda.

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi "O'zbekiston yoshlari - 2025" konsepsiyasini ishlab chiqishi, unda ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlari belgilanishi zarur [2]"ligini alohida ta'kidladiki, demak yoshlar bilan bog'liq har qanday masalalar davlat siyosati darajasida ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Yoshlarga oid belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, yoshlarga turli hayotiy masalalar yuzasidan maslahatlar berish tizimini, ijtimoiy xizmat, ijtimoiy yordam ko'rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari tizimini, yoshlarning dam olishi va ularni sog'lomlashtirishni tashkil etish tizimini rivojlantirishda esa etnomadaniy omillarning o'rni va rolini inobatga olish lozim. Shu bois biz yoshlar hayotiy strategiyasi masalasini tahlil etishdan oldin, etnomadaniy omillarga qisqacha to'xtalib o'tishni joiz deb bildik.

Yoshlar hayot strategiyasini shakllantirish masalasi bu

April 21-221

https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference

Tashkent State Transport University Google Scholar indexed

Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-830-833

Specialists in the Field

murakkab va ko'p qirrali jarayon hisoblanadi. Yoshlar hayot stretegiyasi deganda, bu ularning orzu va intilishlari, maqsad va qiziqishlarini amalga oshirish uchun oldindan hayotini rejalashtirish, maqsad va orzularga erishish yo'lida qat'iy kurashish usul va yo'llarini tanlash va ishlab chiqish, shuningdek tuzilgan reja asosida harakatlar ketma-ketligini amalga oshirilishi tushuniladi. Bu borada sotsiologlar, psixologlar, iqtisodchilar 1-5, 10 yillik rejalar tuzish va bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ko'rsatishgan [3]. Negaki, yoshlar o'ziga xos ijtimoiy-demografik guruh sifatida, hayotiy rejalarini, orzu va intilishlarini, maqsad va qiziqishlarini tez-tez o'zgartirib turishga moyil, maqsadlarga erishish yo'lidagi harakatlarning beqarorligi bilan ajralib turuvchi strata hamdir.

Shu bois yoshlar hayot strategiyasiga ta'sir etuvchi omillarning o'rni va rolini hisobga olish lozim. Bular:

- turmush tarzi;

- oilaviy muhit;

- ijtimoiy muhit;

- ta'lim-tarbiya;

- individual xususiyatlar;

- jamiyatda o'rnatilgan mavjud meyorlar va b. [7]

Yoshlar hayotiy strategiyasining shakllanishida xulq namunasi ham alohida ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, yoshlar hayot strategiyasi ma'lum bir muhit (sotsium yoki jamoa) ta'siriga javob tariqasida quyidagi xulq namunalarida namoyon bo'ladi:

kundalik xulq namunasida; kasbiy xulq namunasida; rolli xulq namunasida; ekspressiv xulq namunasida; assertiv xulq namunasida; tasdiqiy xulq namunasida va b.

Bu borada professor R.Samarov "Yoshlarga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda, majmuaviy yoki integrativ tarzda yondashish lozimligini inobatga olsak, tadqiqot olib borish uchun bilimlar majmuasini funksional-tuzilmaviy jihatlarini inobatga olib, sotsiologik tadqiqotlarning nazariy asosini maqsadli shakllantirish tavsiya etilishini" [5] ko'rsatib o'tadi. Aynan yoshlar hayot strategiyasini tadqiq etish uchun vazifadorligi jihatidan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va psixologik jarayonlarni belgilovchi uchta nuqtani, ya'ni:

shakllanish nuqtasini;

April 21-22

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022

Google Scholar indexed Prospects for Training International

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-830-833 Specialists in the Field of Transport

rivojlantirish nuqtasini;

takomillashtirish nuqtasini belgilab olish lozim.

Ilmiy manbalar tahlili, "hayot strategiyasi" konseptining bir nechta ta'riflari mavjudligini ko'rsatdi. Bu atama birinchi marta Sharlot Byuler tomonidan (1933) kiritilgan bo'lib, u shaxsning hayot yo'lini, shaxs sifatida kamol topishini, shaxs hayotining dinamikasi sifatida belgilab berdi. S.L.Rubinshteyn (1935) SH.Byulerdan farqli o'laroq, "hayot strategiyasi" konseptini "olg'a intilayotgan shaxs sifatida emas, balki yuqoriga, yuqoriroq, yanada mukammal shakllarga, inson mohiyatining yaxshiroq namoyon bo'lishiga intilayotgan shaxs sifatida ko'rib chiqadi" [6].

Umuman olganda, yoshlar hayot strategiyasini tanlash jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga, uning madaniyatining rivojlanish darajasiga bog'liq bo'lib, ishlab chiqarish va mulkiy munosabatlar usuli, hayot darajasi va sifati, muayyan ijtimoiy qatlam va kogorta (odamlar guruhi)ga a'zo bo'lish, muayyan tarixiy davrda jamiyatda hukmronlik qiladigan urf-odatlar, g'oyalar va qadriyatlarning ta'siri va vaqti bilan, shuningdek, yoshlar hayot strategiyasini belgilashi ularning jinsi, yoshi, etnik va milliy xususiyati, ijtimoiy holati va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega belgilariga ham bog'liqdir.[4,8,9,10]

Shunday qilib, yoshlar hayot strategiyalarini turli asoslarga ko'ra tasniflash mumkin, biroq ulardan eng asosiylari sifatida quyidagi turlar alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq:

Birinchidan, kunlik yoki kundalik strategiyalarni to'g'ri shakllantirish;

Ikkinchidan, o'z-o'zini anglash strategiyasini shakllantirish va rivojlantirish;

Uchinchidan, muvaffaqiyatga erishish strategiyasini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadga muvofiq.

Yoshlar hayotiy strategiyalar tegishli usullar va manbalar orqali kundalik xatti-harakatlarida, amalga oshiriladigan kelajakdagi hayot haqidagi shaxsning dinamik fikrlash tizimi sifatida ifodalanishini inobatga olsak, yoshlar hayot strategiyasini to'g'ri shakllantirish orqali yoshlar kamolotini ta'minlashga erishish mumkin.

REFERENCES

1. Nazarova, N. J., & Nalibaeva, Z. O. (2022). THE INFLUENCE OF SOCIAL INSTITUTIONS ON THE FORMATION OF COMPETITIVE QUALITIES IN YOUTH. Thematic Journal of Applied Sciences, 2(2).

2. Y36eKHCTOH Pecny6nHKacn npe3HgeHTH fflaBKar Mnp3HeeBHHHr OHHH Ma^nncra Mypo^aaraoMacH. http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-

April 21-22

832

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022

Google Scholar indexed Prospects for Training International

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-830-833 Specialists in the Field of Transport

shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01 -20203.

3. Beknazarov, A. A., Rakhmonov, D. A., Normuratova, M. K., & Nasirov, K. J. (2020). Psychological-pedagogical classification of the philosophy of social service. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(7 Special Issue), 2759-2762.

4. Baratov, R. U. (2019). ETNOGRAPHIC SPECIFICATION IN TRAINING EQUIPMENT SPECIALIST STAFF IN THE CONDITION OF GLOBALIZATION. Theoretical & Applied Science, (11), 530-534.

5. Samarov RS, Rakhmonov DA (2016) SOCIAL WORK ACTIVITY IN PROVIDING THE LIFE OF THE SOCIETY (FUNCTIONAL-STRUCTURAL ANALYSIS). // ISJ Theoretical & Applied Science, 07 (39): 14-16.

6. Илаева Р.А., Савина Н.Н. Сущность жизненной стратегии и её типологии. //Современные проблемы науки и образования. - 2016. - № 6. https://www.science-education.ru/ru/article/view?id=25635

7. Nazarova Nilufar Juraevna. 2021. "THE ROLE OF COMMUNICATIVE COMPETENCE IN YOUTH SOCIAL ACTIVISM". Archive of Conferences, October, 50-51. https://conferencepublication.com/index.php/aoc/article/view/1584.

8. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

9. Abdinazarovich, R. D., Abdullajonovna, Y. K., Ahadjanovich, Q. A., Bakhromovich, G. A., & Juraevna, N. N. (2020). The role of social service in the protection of human interests. Journal of Critical Reviews, 7(6), 1263-1267.

10. Ramatov, J. S., & Umarova, R. (2021). Ensuring Human Rights at a New Stage of Uzbekistan's Development. European Journal of Life Safety and Stability (26609630), 12, 117-120.

April 21-22

833

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.