Научная статья на тему 'YOSHLARNI INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARIDA HIMOYA MEXANIZMLARI NAMOYON BO’LISHINING IJTIMOIY–PSIXOLOGIK JIHATLARI'

YOSHLARNI INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARIDA HIMOYA MEXANIZMLARI NAMOYON BO’LISHINING IJTIMOIY–PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
39
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
: ijtimoiy munosabat / shaxsiyat / rag'batlantirish / ego / ijtimoiy o'ziga xoslik / qiziqishlar / qobiliyatlar / xarakter va temperament.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shamsiddinov Botirjon Nuriddinovich

Maqolada himoya mexanizmlarining tipologik tavsifining o'ziga xos jihatlari va yoshlarni ijtimoiy munosabatlarda shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan o'rganish holati tahlil qilinadi, bu ularning individual tipologik xususiyatlarida himoya mexanizmlarining namoyon bo'lishining ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlashdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARIDA HIMOYA MEXANIZMLARI NAMOYON BO’LISHINING IJTIMOIY–PSIXOLOGIK JIHATLARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN- TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

YOSHLARNI INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARIDA HIMOYA

MEXANIZMLARI NAMOYON BO'LISHINING IJTIM OIY-PSIXOLO GIK

JIHATLARI Shamsiddinov Botirjon Nuriddinovich

Andijom davlat universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10160142

Annotatsiya. Maqolada himoya mexanizmlarining tipologik tavsifining o'ziga xos jihatlari va yoshlarni ijtimoiy munosabatlarda shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan o'rganish holati tahlil qilinadi, bu ularning individual tipologik xususiyatlarida himoya mexanizmlarining namoyon bo'lishining ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlashdan iborat.

Kalit so'zlar: ijtimoiy munosabat, shaxsiyat, rag'batlantirish, ego, ijtimoiy o'ziga xoslik, qiziqishlar, qobiliyatlar, xarakter va temperament.

Аннотация. B статье анализируются специфические аспекты типологической характеристики механизмов защиты и состояния изучения, направленного на формирование молодежи как личности в социальных отношениях, которая заключается в определении социально-психологических аспектов проявления механизмов защиты в их индивидуально-типологические особенности.

Ключевые слова: социальная установка, личность, стимулы, эго, социальная идентичность, интересы, способности, характер и темперамент.

Abstract. The article analyzes the specific aspects of the typological characteristics of the protection mechanisms and the state of study aimed at the formation of young people as individuals in social relations, which consists in determining the socio-psychological aspects of the manifestation of protection mechanisms in their individual-typological characteristics.

Keywords: social attitude, personality, stimuli, egos, social identity, interests, abilities, character and temperament.

Jahonda shaxsning o'z-o'zini anglashi, istiqbolni rejalashtira olishi, shaxs rivojlanishiga ta'siri bilan bog'liq bo'lgan shaxs himoya mexanizmlarining ijtimoiy- psixologik jihatlarini o'rganish muammosi tobora dolzarblashib bormoqda. Psixologik lug'atda qayd etilishicha, «...psixologiya fani rivojlanishida amaliy psixologiya rolining ortishi sezilarli tendensiya hisoblanadi»[1]. Bu borada psixologik amaliyot va psixoterapiya kontekstida shaxsning psixologik himoya mexanizmlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish muammosi eng muhim va zarur fenomen hisoblanadi. Shaxsning himoya mexanizmlari uning individual ichki dunyosiga hamda psixikaning namoyon bo'lishi shakllariga moslashishini ta'minlash bilan birga, jamiyatda uning o'z o'rnini topa olishi yoki aksincha, yo'qotishining asosiy sababi bo'lib ham xizmat qilishi mumkin. Shu jihatdan qaraganda mazkur muammo hozirgi kunga qadar etarli darajada o'rganilmagan va dolzarb ahamiyatli muammo sifatida ilmiy tadqiq etishni taqazo etadi.

Jahon ta'lim va ilmiy muassasalarida shaxsining himoya mexanizmlariga xos bo'lgan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar bilan bog'liq masalalar bo'yicha ilmiy izlanishlar ma'lum darajada olib borilmoqda. Bu borada, shaxs rivojlanishining eng muhim bosqich ekanligi, mazkur yosh davrida shaxsning o'z taqdirini o'zi belgilashi mumkinligi, mutlaqo individual bo'lgan hayot yo'lini tanlash nuqtai nazaridan ahamiyati beqiyos ekanligi, o'zini-o'zi anglash, o'zini-o'zi faollashtirish, kelajakka refleksiv munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan masalalarga e'tibor qaratish muhimligi bois o'sprinning shaxs sifatidagi rivojlanishini ta'minlanishida uning himoya

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN- TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

mexanizmining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan bog'liqligini o'rganish zarurati kuzatilmoqda.

Respublikamizda so'nggi yillarda shaxsning ma'naviy, ruhiy va aqliy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, o'sprinlik davridan darning ijtimoiy faolligini oshirish bo'yicha zaruriy-me'yoriy asoslar yaratildi. «Yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish, yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash, yoshlarning mukammal ta'lim olishi...»[2] ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi o'sprin shaxsida himoya mexanizmlarini shakllanishiga xizmat qiluvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni ilmiy tadqiq etish orqali istiqboldagi vazifalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi. Bu borada yangi avlodning davlat taraqqiyoti uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi uchun «... barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan bilim va ko'nikmalarni egallashni ta'minlash»[3] talab etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «20222026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida», 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida», 2019 yil 29 apreldagi PF 5712-son «O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmonlar, 2019 yil 13 fevraldagi PQ-4190-son «20192025 yillarda O'zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida» Qaror hamda ushbu sohada qabul qilingan boshqa me'yoriy hujjatlarda belgilangan keng ko'lamli vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Adabiyotlar tahlili. O'zbek psixolog olimlaridan N.Boymurodov, L.B.Bekniyazova, M.G.Davletshin, V.M.Karimova, D.Sh.Nasirov, D.B.Norqo'ziev, N.S.Safoev, R.I.Sunnatova, N.I.Xalilova, K.A.Tillashayxova, G.B.Shoumarov, O.S.Qodirov, E.G'.G'oziev va boshqalar tomonidan o'quvchilarning o'sprinlik davrida shaxs himoya mexanizmining psixologik xususiyatlarini namoyon bo'lishini o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, N.G.Kamilovaning ilmiy ishlarida deviant xulq-atvorni belgilovchi yoshlarning o'zini-o'zi qadrlash xususiyatlari ilmiy tadqiq etilganligini qayd etish o'rinlidir. Mustaqil Davlat Hamdo'stligi mamlakatlari olimlaridan E.N.Andreyeva, F.V.Bassin, M.K.Burlakova, L.I.Bojovich, L.S.Vigotskiy, V.N.Volkov, R.M.Granovskaya, S.V.Zvereva, V.G.Kamenskaya, A.B.Karpov, V.E.Kogan, I.S.Kon, V.V.Krigina, V.V.Nikolaeva, E.S.Romanova, E.T.Sokolova, I.D.Stoikov, V.A.Tashlikov, T.V.Tulupeva, E.V.Chumakova va boshqalar shaxsda psixologik himoya mexanizmining turli masalalari ilmiy tadqiq etilgan bo'lsa, B.S.Bratus, D.A.Leontev, V.N.Myasishev, V.A.Petrovskiy, S.L.Rubinshteyn, Z.I.Ryabikina, V.I.Slobodchik, E.N.Shiyanov va boshqalarning ilmiy ishlarida esa mazkur muammoning amaliyotga yo'naltirilgan jihatlari ilmiy tadqiq etilgan. Xorij olimlaridan G.Yu.Ayzenk, A.Freud, A.Adler, A.Maslov, K.Rojers, K.Horney, F.Pearls, E.Fromm, V.S.Rotenberg, E.Erickson va boshqalar tomonidan shaxsning himoya mexanizmlari masalalari ilmiy tadqiq etilgan.

Ilmiy va nazariy adabiyotlarni ko'rib chiqish asosida psixologiya fanidagi muammoning holati va tasavvurdagi gender farqlarining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishga mavjud yondashuvlar ochib berilgan; olib borilayotgan tadqiqot nazariy jihatdan asoslangan; xorijiy va mahalliy psixolog olimlarning gender ijtimoiy psixologiyasi muammolari bo'yicha olimlar olib borgan ishlarining tahlillari keltirilgan, jumladan E.Erikson, E.T.Sokolova, V.V.Nikolaeva,

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN- TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

F.V.Bassin, A.ARean, M.K.Burlakov, V.N.Volkov va boshqalar; V.A.Tashlikovning tadqiqotlarida idrok va baholashning adaptiv qayta tuzilishi sifatida, I.D.Stoykov himoya mexanizmlarini ichki xotirjamlik, muvozanat va hissiy barqarorlik usuli sifatida, V.S.Rotenberg, V.V.Arshavskiy himoya mexanizmlarini o'z-o'zini anglashning yaxlitligini qo'llab-quvvatlovchi omil sifatida ko'rib chiqilgan, asosan moslashish jarayonida ijobiy natijaga ularsiz erishi mumkin emasligi haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga K.Rojers, A.Maslou, K.Xorni kabi ko'plab nazariyotchilar va boshqalar psixologik himoyani birinchi navbatda buzilish omili sifatida ko'rishlari asoslangan.

O'zbek olimlaridan L.B.Beknazarova tomonidan boshlang'ich maktabdan o'rta maktabga o'tish davrida o'quvchilar moslashuvining psixologik xususiyatlari muammosini, N.G.Kamilova esa o'sprinlarning deviant xulq-atvorini belgilovchi o'z- o'zini baholashga xos psixologik xususiyatlarini tadqiq etishgan. Olimlarning tadqiqotlari shuni tasdiqladiki, o'z-o'zini baholash va himoya qilish mexanizmlari tartibga solish vazifalarini bajaradigan, insonning xulq-atvori, faoliyati, munosabatlarini tashkil etish uchun shaxsning shakllanishiga yordam beruvchi vosita sifatida xizmat qiladi.

Psixologik himoya murakkab vaziyatlarda hissiy zo'riqishni bartaraf etishga qaratilgan aqliy faoliyatning muhim jihati sifatida qaraladi. Rivojlanish psixologiyasi va yosh psixologiyasi sohasidagi mahalliy tadqiqotlar tahlili o'sprin davridagi zo'riqishning eng keskin pozisiyalari - "o'sprinning o'z-o'ziga baho berishi", "oilaga munosabati", "o'sprinning ijtimoiy moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklari" o'rtasidagi bog'liqliklarni ko'rsatdi.

Ushbu sohani o'rganish inson xarakterini shakllantirishi jarayonidagi murakkabliklarning o'ziga xos xususiyatlarini, shaxsning sog'lig'i va uning shaxsiy rivojlanish istiqbollarini yangicha anglashga imkon beradi. Tadqiqot natijasi psixologik ko'rsatkichlardan "himoya mexanizmlarini shakllantirishga ta'sir qiluvchi omillarni", "himoya usulini tanlashning o'ziga xosliklarini va ularning hissiy stressni engillashtiradigan asosiy imkoniyatlarini", "o'z-o'zini baholashni" va "shaxs rivojlanishini" kabilarning o'zaro bog'liqligini o'rganishga imkon berdi.

Xulosa qilib aytganda "Yoshlarni individual-tipologik xususiyatlarida himoya mexanizmlari namoyon bo'lishining ijtimoiy-psixologik jihatlari" quyidagi xulosalar keltirdik:

- Yangi darajadagi kompetensiyaga erishilgandan so'ng dastlabki, erta davrlardagi, bolalik bilan bog'liq reaksiya shakllari va xulq-atvor turlariga qaytish bo'lgan regressiya paytida almashinish sodir bo'lishi aniqlandi, bu esa o'z navbatida asabiy vaziyatning ta'siri ostida paydo bo'lgan hissiy bosimni anglatadi, lekin bu engillik yoki maqsadga erishishga olib kelmaydi. Bunday vaziyatda sub'ekt ba'zag ichki keskinlikni buzadigan, kutilmaganda ma'nosiz harakatlarni amalga oshirishi mumkin, ammo shu vaqtning o'zida haqiqat idrok etilgan holda tashqi tomondan bu harakat sezilmasligi mumkin.

- Ilmiy tahlillar shuni ko'rsatdiki, (qiz) yoshlarda, shuningdek, (o'g'il) yoshlarda ham ijtimoiy muhitda ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik ularning o'z- o'zini borligicha qabul qilishlari, shuningdek boshqalarni ham qabul qilishlari, hissiy qulaylikni his etishlari, yuqori darajadagi sub'ektiv nazoratga ega ekanliklarining ko'rsatkichidir, bu kabi o'sprinlar ular bilan sodir bo'ladigan voqealarni, birinchi navbatda, ularning shaxsiy fazilatlari (kompetensiya, qat'iyatlilik, qobiliyat darajasi va boshqalarga) va o'z faoliyatlarining tabiiy oqibatlarining natijasi deb hisoblashishlari isbotlandi;

- Tadqiqot jarayonida yoshlarning o'zini o'zi baholashning ijtimoiy- psixologik xususiyatlarini va psixologik himoya mexanizmlarini aniqlash usullari yuzasidan ishlab chiqilgan

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN- TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

mualliflik so'rovnomasi asosida qaltis vaziyatlarda o'sprinning o'zini o'zi baholashi va xulq-atvor reaksiyasi o'rtasidagi bog'liqliklar mavjud ekanligi tasdiqlandi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni.O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plamlari.2017.-(766)-son.B.36-37.

2. Sh.M.Mirziyoev. Birlashgan millatlar tashkiloti bosh assambeliyasidagi nutqi.19.09.2017 y

3. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirishkontseptsiyasi

4. G'oziev E.G'. Umumiy psixologiya. -T.: 2010. -544 b.;

5. G'.B.SHoumarov. Oila psixologiyasi-SHarq.:2010.-283 b.;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.