Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASA RAHBARLARINING SAMARALI BOSHQARUV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION FAOLIYATI'

TA’LIM MUASSASA RAHBARLARINING SAMARALI BOSHQARUV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
37
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rahbar / boshqaruv / professionallashuv / fenomen / ijtimoiylashuv / nazorat / ichki refleksiv faolligi / tadqiqot

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduxoliqova Marjona, Ablyakimova Refide

Ushbu maqolada ta’lim muassasa rahbarlarining samarali boshqaruv faoliyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda professionallashuvning mazmuni haqida batafsil ma’lumotlar o’rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASA RAHBARLARINING SAMARALI BOSHQARUV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION FAOLIYATI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

TA'LIM MUASSASA RAHBARLARINING SAMARALI BOSHQARUV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION FAOLIYATI 1Abduxoliqova Maijona, 2Ablyakimova Refide

1Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktab menejmenti 2 kurs talabasi 2Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktab menejmenti kafedarsi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.101600 70

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim muassasa rahbarlarining samarali boshqaruv faoliyatini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari hamda professionallashuvning mazmuni haqida batafsil ma'lumotlar o'rin olgan.

Kalit so'zlar: rahbar, boshqaruv, professionallashuv, fenomen, ijtimoiylashuv, nazorat, ichki refleksiv faolligi, tadqiqot

Аннотация. В данной статье содержится подробная информация об особенностях развития эффективной управленческой деятельности руководителей образовательных учреждений и содержании профессионализации.

Ключевые слова: лидер, менеджмент, профессионализация, феномен, социализация, контроль, внутренняя рефлексивная деятельность, исследование.

Abstract. This article contains detailed information about the specific features of the development of effective management activities of the heads of educational institutions and the content of professionalization.

Keywords: leader, management, professionalization, phenomenon, socialization, control, internal reflexive activity, research

Bugungi kunda rahbar boshqaruvining samarali bo'lishida psixologik omillarni aniqlash borasidagi izlanishlar uch yondashuv asosida olib boriladi. Bular quyidagilar: funksional yondoshuv, shaxs yondashuvi, vaziyatli (xulq) yondashuv. Har bir yondashuvga xos xususiyatning batafsil bayoni keyingi bo'limda keltiriladi. Bu yerda esa ularning har biri haqida qisqacha ma'lumot berib o'tishni lozim deb topamiz. Funksional yondashuvda rahbarlik, asosan, rahbar zimmasiga yuklanadigan funksiyalardan kelib chiqqan holda talqin etiladi. Bunday funksiyalar olimlar fikricha, turli miqdorda bo'ladi. Shaxs yondashuvida asosiy e'tibor ish samaradorligi yuqori bo'lgan rahbarga xos fazilat va sifatlarga qaratiladi. Va nihoyat, vaziyatli yondashuvda esa boshqaruv xususiyati mavjud vaziyat orqali belgilanadi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, funksional va vaziyatli yondashuv boshqaruvni faoliyat sifatida tahlil qilish imkonini bersa, shaxs yondoshuvida esa boshqaruvda aynan rahbar shaxs asosiy tahlil ob'ektiga aylanadi. Ushbu bo'limda «boshqaruv professionalizmi» fenomeni gumanitar fanlarda nufuzli metodologik manba bo'lmish -«faoliyat yondashuvi» pozitsiyasidan tahlil etiladi.

Rahbar o'z qudrati va salohiyatini tashkilot maqsadiga butunlay safarbar etishi undan ichki bir qaror, barqarorlik va ishonchni talab qiladi. Bunday mas'uliyat, uning zimmasiga aksariyat hollarda inson shug'ullanadigan rasmiy faoliyati va biron rasmiy tizimda egallagan xuquqiy maqom orqali yuklanadi. Bunday maqomi shaxsning shu sohaga rasman kirganligi va ushbu yo'nalishda bundan buyon faoliyat yuritishini anglatgan holda endi uni «professional» deb atash uchun asos bo'ladi.

Professionallik nafaqat rasmiy maqom, balki inson mehnat qilayotgan soha, ixtisoslik bo'yicha zarur bilim va malakaga egalik hamdir. Lekin bunday bilim va malakaga egalik turli darajada bo'lishi, shunga ko'ra, mutaxassisning professional salohiyatini bir nechta toifalarga

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

ajratish mumkin. Gap boshqaruv haqida borar ekan, boshqaruv professionalizmini rahbarning o'z jamoasini tashkilot maqsadi sari yo'naltirishda yuksak darajadagi bilim va malakalarga tayangan holda faoliyat olib borishi, deb ta'riflash mumkin.

Qator tadqiqotchilar professionalizmni faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qiladilar. Bunda shaxsning kasbga oid bilim va malakalarni egallashi yetakchi mezonga aylanadi va professionalizm «o'z ilmiy yo'nalishi, sohalararo bilimlarni egallash hamda ularni amalda qo'llay olish san'ati» sifatida talqin etiladi. Ba'zi olimlar esa professionalizm tarkibiga nafaqat bilim, malaka va ko'nikmalarni egallash, balki yangilarini yaratishni ham kiritadilar. Deyarli barcha ta'riflarda professionalizm shaxs tomonidan kasbiy faoliyatni yuksak darajada bajarish qobiliyati sifatida ta'kidlab o'tiladi.

Umuman olganda, faoliyat yondashuvi boshqaruv vabilak rahbarning o'zaro muvofiqlashuvi jarayonini ochib bergan holda shaxsning kasb bilan identifikatsiyalashuvi masalasiga ham oydinlik kiritadi. Xususan, boshqaruv funksiyalari ustida to'xtalar ekanmiz, an'anaviy klassifikatsiya bo'yicha maqsadni belgilash, tashkillashtirish, motivatsiya va nazorat funksiyalarini qayd etishimiz mumkin va ularning har birida «faoliyat ulushi» turlicha bo'ladi. Masalan, boshqaruvni tashkillashtirish bosqichida rahbarning faolligi aniq ko'zga tashlanadi va uning jamoa hayotiga aralashuvi yuqori darajada namoyon bo'ladi. Faollik past darajada namoyon bo'luvchi funksiya sifatida nazorat bosqichini qayd etish mumkin.

Maqsadni belgilash funksiyasi ko'proq refleksiv mohiyatga ega bo'lgan holda shaxsning ichki, intellektual va ijodiy faolligi orqali ta'minlanadi. Darvoqe, maqsadni belgilash funksiyasi rahbarning hamkasblari bilan hamjihatligini rivojlantirishda qulay imkoniyat bo'lishi mumkin. Bu bilan rahbar uchun o'z ichki refleksiv faolligini tashqi tomonga yo'naltirish imkoni ochiladi.

Motivatsiya bosqichida esa rahbar faolligi eng uzoqlashgan, distant tarzda namoyon bo'ladi. Chunki motivatsiya shakllari tashkilotning turli hudud va turli vaqt bo'laklarida, bir qaraganda, rahbar aralashuvisiz namoyon bo'lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan tahlil etilganda, boshqaruv funksiyalarining barchasi o'ziga xos, spesifk xususiyatlarga ega va rahbar faolligini ta'minlovchi bosqichlar sifatida lavozim bilan identifikatsiyalashuv hamda mavqeni his etish omili hisoblanadi.

Shu o'rinda "professional" atamasi ustida to'xtalib o'tish o'rinli. Professional so'zi tom ma'noda «Biror ishni o'ziga kasb qilib olgan, o'z kasbining mutaxassisi bo'lgan shaxs» degan ma'noni anglatadi.

Keng ma'noda, professionallashuv - ijtimoiy institutlarni tashkil etish va rivojlantirish, shuningdek, jamiyatning professional strukturasiga oid qoida va me'yorlarni yaratishdan iborat. Tor ma'noda esa, professionalashuv jarayoni o'ziga xos qiziqish va qadriyatlarga ega bo'lgan, professional pozitsiyalar va rollarga suyanadigan professional guruhlarning paydo bo'lishini nazarda tutadi. Shu qatorda profesionallashuv individning u yoki bu professional rolni bajarishga qodirligini ham ifodalaydi.

Shaxs professional tizimga kirib borar ekan, psixikaning adaptiv funksiyasi evaziga kasb talablariga mos ravishda o'zining individual xislatlarini ham qayta tashkil eta boshlaydi, ya'ni professionallashib boradi. Bu borada "kasb" so'ziga murojaat etishimiz muqarrar holatdir. "Kasb - ish faoliyatining ma'lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi, sohasi; hunar" deb ta'riflangan holda ko'proq ijtimoiy mazmun va mohiyatga ega. Shu jihatdan kasb egasi, shaxs haqida gap borar ekan, «professional» atamasidan foydalanish o'rinli bo'lardi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Kasb so'zi «Kasb egasi» va «professional» atamalarini o'zaro to'ldiruvchi tushunchalar sifatida, o'zaro mutanosiblikni ifodalovchi iboralar ma'nosida tushunish mumkin. Kasb egasi shunchaki biron hunar yoki soha sohibi deb tushunilsa, "professional" atamasi shu sohada yuksak bir maqomni egallagan inson deb talqin etiladi. «Professionallashuv» esa jarayon sifatida insonning shu kasb sohasidagi jadal harakati, shu kasb uning qadriyat darajasiga olib chiqilganini nazarda tutadi. Shu ma'noda, professional ijod insonning o'zini-o'zi yengib o'tishi, o'zida avval shakllangan faoliyat uslublari va vositalaridan voz kechgan holda ularning o'rniga yangi, sharoitga mos keluvchi uslublarni konstruksiyalash sifatida tushunilishi mumkin (o'z ma'nosiga ko'ra «mutaxassis» so'zi ham insonning kasb sohasidagi maqomini ifodalaydi, lekin «professionallik» shaxs tomonidan kasbning o'ziga xos tomonini kashf qilgani, shu kasbni egallabgina qolmay, balki uni «egarlashini» ham nazarda tutadi).

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan «professionallashuv» tushunchasi insonning kasb sohasiga kirishi va professional talablar asosida o'zini tartibga solishi sifatida e'tirof etildi. Sohani o'rganish, ixtisoslikni tarkibiy qismlarga ajratgan holda izchil tahlil etish orqali kasb inson ichki dunyosida tarkib topa boshlaydi. Shu ma'noda professionallashuv, ma'lum jihatdan shaxsning faolligi evaziga sodir bo'ladi va inson kasbni o'zi uchun yaratadi, deb e'tirof etish mumkin. Bunday jarayondagi asosiy jihatlar qatorida izchillik, tartiblilik va uzviylik tamoyillarini alohida belgilab o'tish lozim. Ushbu ma'noda «profesionalashuv» psixologiya fanida mustahkam o'rin olgan «ijtimoiylashuv» atamasi bilan uzviy bog'liqlikda tushunilishi mumkin.

Ijtimoiylashuv, ya'ni «sotsializatsiya» jamiyatdagi me'yor va qoidalarni shaxs ichki rejasiga o'tishi - interiorizatsiyasi sifatida talqin etilgan holda, professionallashuvni -kasbning me'yor va talablarini o'zlashtirish hamda insonda shaxsiy mazmun kasb etishi ma'nosida tushunish mumkin.

Ijtimoiylashuv shaxs taraqqiyotining asosiy negizi sifatida bir umr davom etadigan jarayon ekan, insonning kasb sohasida ulg'ayishi, uning professionalashuvi ham davomiy va bosqichma bosqich amalga oshadigan jarayondir. Shu o'rinda professionallashuvning ilk, boshlang'ich va yetuk bosqichlari hamda ular oralig'idagi darajalar haqida so'z yuritish mumkin. Ko'pgina tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, professionallashuv shaxs rivojlanishining yetuklik davriga kelib, ijtimoiylashuvning asosiy tarkibiy qismiga aylanadi. Agar mehnat individning biologik va antropologik evolyusiyasida qanchalik yetakchi o'rinni egallagan bo'lsa, professionallashuv ham shaxs ontogenezida shunchalik muhim o'rin tutadi, deb ta'kidlash mumkin. Ijtimoiylashuv jarayonining eng yuksak bosqichini shaxsning jamiyat bilan integratsiyalashuvi, umuminsoniy va individual qadriyatlarning uyg'unlashuvi, shaxsning o'z-o'zini yuksak darajada idora etish qobiliyati va shaxsiy hayot tajribasini, hatto missiyasini anglashi sifatida talqin etilgani singari, professionallashuvning ham yuksak darajasini «professionalizm» atamasi bilan ifodalash o'rinli bo'lardi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.