Научная статья на тему 'Qo’riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari'

Qo’riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
62
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
kompetentlik / xodim ijtimoiy-psixologik kompetentligi / kasbiy kompetentlik / kompetentlik / kasbiy faoliyat / kasbiy bilim / kо‘nikma va malakalar / kasbiy psixolоgik xususiyatlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zulfiya Mexmonovna Maxmudova

Ushbu maqolada qo‘riqlash xizmati xodimlari ijtimoiy-psixologik va kommunikativ kompetentligi omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini tadqiq etish hamda uning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik omillarini takomillashtirish haqida fikr yuritilib, xodim ijtimoiy-psixologik kompetentligi va kommunikativ kompetentligini rivojlantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, komponentlarini aniqlash mexanizmlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Qo’riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari»

Qo'riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari

Zulfiya Mexmonovna Maxmudova azizbekyarasev@mail .ru Buxoro davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada qo'riqlash xizmati xodimlari ijtimoiy-psixologik va kommunikativ kompetentligi omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini tadqiq etish hamda uning o'ziga xos ijtimoiy-psixologik omillarini takomillashtirish haqida fikr yuritilib, xodim ijtimoiy-psixologik kompetentligi va kommunikativ kompetentligini rivojlantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, komponentlarini aniqlash mexanizmlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: kompetentlik, xodim ijtimoiy-psixologik kompetentligi, kasbiy kompetentlik, kompetentlik, kasbiy faoliyat, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar, kasbiy psixolоgik xususiyatlar

Social-psychological characteristics of professional competence of protective service employees

Zulfiya Mexmonovna Maxmudova Bukhara State University

Abstract: This article discusses the research of the manifestation and development of the factors of social-psychological and communicative competence of security service employees and the improvement of its specific social-psychological factors, the mechanisms for determining the components are revealed.

Keywords: competence, social-psychological competence of an employee, professional competence, competence, professional activity, professional knowledge, skills and competencies, professional psychological characteristics

Kirish

Respublikamizda so'nggi yillarda huquq-tartibot organlari faoliyati samaradorligini oshirish, qo'riqlash xizmati xodimlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. «Qo'riqlash faoliyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunida qo'riqlash xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu qonunda ko'rsatib o'tilgan bunday

muhim vazifalarni bajarishda qo'riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini takomillashtirishga oid tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, qo'riqlash xizmati xodimlarlari kasbiy kompetentligini oshirish, ularning shaxsiy sifatlariga xos bo'lgan xususiyatlarni ro'yobga chiqarish, psixokorreksion va rivojlantiruvchi usullar orqali ularning kasbiy faoliyat samaradorligiga bevosita ta'sir etuvchi kasbiy, kommunikativ va ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillarini shakllantirish dolzarb muammo sifatida belgilangan.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Kompetentlik va kompetensiya kategoriyalarining tuzilmasini o'rganish jarayonida bir nechta yo'nalishlarni ajratib ko'rsatish mumkin. Ko'pgina mualliflar faoliyatli yondashuvni istiqbolli deb baholaydilar, shuningdek ular kompetentlikni kasbiy faoliyatda namoyon bo'ladi va shu bilan bir qatorda uning asosi ham, deb hisoblaydilar. Bunday holatda kompetentlik jarayonning aniq doirasida samarali harakatni yuzaga keltirish uchun zarur bo'lgan ichki resurslar tizimi sifatida tushuniladi. Kompetentlik tuzilmasi quyidagi komponentlarga ajratiladi: yo'naltiruvchi va ijrochi, mazmunli (bilim) va jarayonli (ko'nikma), kognitiv va operatsional.

Ijtimoiy-psixologik kompetentlik muammosining umumiy jihatlari G.M.Andreyeva, Ye.A.Abulxanova-Slavskaya, V.P.Bederxanova, A.A.Bodalev, M.Kyarest, V.A.Labunskaya, A.N.Leontev, A.K.Markova, D.Mayers, Ye.S.Mixaylova, A.V.Petrovskiy, S.L.Rubinshteyn, A.V.Xutorskiy, A.J.Yujaninova kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan.

A.K.Markova ijtimoiy kompetentlikni mazmun jihatdan tahlil qilib, uning jarayonli va natijali tomonlarini ajratib ko'rsatgan. Muallif kompetentlik tuzilmasini jarayon (pedagogik faoliyat, pedagogik muloqot, o'qituvchi shaxsi) va pedagogik faoliyat natijalari, ya'ni ta'lim oluvchining ta'lim olganlik va tarbiyalanganlik nuqtai nazaridan tizimlashtirilgan.

A.V.Xutorskiyning o'tkazgan ilmiy izlanishlarida, kompetentlik - o'ziga xos individual-psixologik xususiyat sifatida namoyon bo'lishi, kompetensiya esa insonning aniq bir muhitda samarali va sifatli faoliyati uchun zarur bo'lgan tayyorgarlikka qo'yilgan va oldindan belgilangan ijtimoiy talablardan iboratligini ta'kidlaydi.

Psixologik kompetentlik tuzilmasida J.G.Garanina quyidagi ikkita darajaning mohiyatini bilim, ko'nikma, malaka va fikrlash asosida talqin qiladi:

1) kategoriyalar, hissiy-emotsional obrazlar, ijtimoiy etalonlar, stereotiplar va boshqalar, hamda fikrlash tizimlari (ijtimoiy muammolarni hal etish bo'yicha refleksiv aqliy faoliyat);

2) amaliy, ijrochilik, ya'ni insonlar bilan o'zaro ta'sir o'tkazish malaka va ko'nikmalar tizimi. Yuqoridagi ikkala yo'nalish kompetentlikning refleksiv va progressiv xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.

Bizning fikrimizcha, agar shu ikki daraja bo'lmaganida edi kompetentlik tushunchasining mohiyati u qadar to'laqonli hisoblanmasdi.

I.A.Zimnaya kompetentlikni yo'naltirilganlik, maqsadni qo'ya bilish, xulqning hissiy-irodaviy boshqarilishi, qadriyatli-mazmunli munosabatlarni o'z ichiga olgan shaxs xususiyatlari sifatida qaraydi. Uning fikricha, kompetentlik tuzilishi quyidagi komponentlar tizimidan iborat:

a) shaxsning ichki psixik, tashqi xulqiy harakatida ushbu xususiyatlarni namoyon qilishga tayyorlik;

b) muvaffaqiyatga erishish uchun vazifalarni bajarishning vositasi, metodlari va dasturlarini anglash, ijtimoiy va kasbiy masalalarni yecha olish, tartib-intizom talablari va o'ziga xos bo'lgan me'yorlariga rioya qilish. Bu kompetensiyaning asosiy mazmun-mohiyatini quyidagicha mazmunda ochib beradi;

c) bilimlarni amaliyotda qo'llay olish tajribasi, ya'ni ko'nikma va malaka;

d) hissiy-irodaviy regulyatsiya, kompetentlikni namoyon qila olish qobiliyati, uning ijtimoiy va kasbiy o'zaro ta'sir holatlariga bog'liq holda namoyon bo'lishini muvofiqlashtirish sifatida.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, kompetensiya tarkibida ijtimoiy-psixologik va kasbiy kompetentlikning namoyon bo'lish holatlarida o'zini-o'zi nazorat qilish, shaxsiy va kasbiy imkoniyatini namoyon qilish qobiliyatini aks ettiruvchi o'ziga xos belgilarni ajratish zarur. Sud psixologik ekpertizasi jarayonida o'z bilim, ko'nikma va malakalarni samarali qo'llash sud psixolog xodimidan o'zini-o'zi idora qilish va o'zini-o'zi boshqarishning psixologik mexanizmlarining shakllanishini talab qiladi.

Pedagog A.A.Dunyushin shaxsning ijtimoiy-psixologik kompetentligi kasbiy faoliyatda insonlar bilan o'zaro munosabatda bo'lishi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni amalda qo'llay olish qobiliyati ekanligini ta'kidlaydi. Ko'rinib turibdiki, fikr muallifi quyidagi bir necha mulohazalar orqali aniqlashtirilgan:

a) kompetentlik aniq bir faoliyat sub'ekti tavsifi sifatida baholanishi mumkin;

b) kompetentlikning mazmuni kasbiy faoliyat maqsadi, tuzilishi va maxsus talablariga bog'liq;

c) kompetentlik hissiy-irodaviy sifatlar, shaxsning muloqotmandligi, intellektual salohiyati, shaxsning yo'naltirilganligi kompetentlikka asos bo'lib xizmat qiladi.

Demak, yuqoridagi tahlillarga tayangan holda, sud psixolog xodimlarining kommunikativ kompetentligiga aloqador bo'lgan jihatlarni rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri ekanligi, sud psixolog xodimlari kasbiy faoliyatining turli tomonlarini tadqiq etishni hozirgi zamon talabi sifatida tushunish lozim.

N.S.Aulova olib borilgan nazariy tahlillarga asoslanib shuni aytish mumkinki, mutaxassislarni faoliyatga tayyorlashda ijtimoiy kompetentlikning quyidagi mezonlarini asos qilish kerakligini ko'rsatadi:

- shaxs refleksiv faolligi darajasi - hamkasblarga munosabat, shaxsiy ahamiyatli kasbiy sifatlarda ifodalangan ideal mutaxassis obrazini tanlash, o'z kasbiga mosligini baholash, refleksiv (o'z tushunchasi va hatti-harakatlarni anglash) harakatlarning shakllanganligi;

- asosiy texnologik tayyorgarlik sifatida mazmunli-jarayonli, operatsional komponentning shakllanganlik darajasini, kasbiy faoliyatning vositalari, metodlari va yo'llarini egallash;

- bilish faollik darajasining o'zlashtirilgan kasbiy bilimlar tizimi, kasbiy masalalarni hal etish usullarini qo'llash ko'nikmasi;

- kasbning yuqori ijtimoiy belgilanganligida ishonchning shakllanganligi darajasi;

- samarali kasbiy faoliyat ko'nikmalarini o'zlashtirish zaruriyatining ahamiyatini anglash;

- ularni o'z kasbiy faoliyatida amalga oshirish yo'llarini topishga intilish;

- anglashning faollik darajasi.

Bizningcha, muallifning mazkur ta'rifida o'ziga xos ijtimoiy-psixologik omillar tizimiga alohida e'tibor qaratadi.

Bugungi kunda jahonda ijtimoiy-psixologik kompetentlikning quyidagi asosiy jihatlariga alohida ahamiyat beriladi:

a) ijtimoiy - o'ziga mas'uliyatni his etish, hamkorlikda qarorlar qabul qilish va unda faol ishtirok etish qobiliyati, turli etnik madaniyat va dinlarga tolerantlik, shaxsiy qiziqishning jamiyat talablari bilan mosligi;

b) kommunikativ - turli tillardagi yozma va og'zaki tarzda muloqot qila olish qobiliyatiga egalik;

c) ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilayotgan ijtimoiy axborotga tanqidiy munosabat;

d) kognitiv - doimiy ravishda ta'lim olish darajasini oshirishga intilish, o'zining imkoniyatini faollashtirish va amalga oshirishga bo'lgan ehtiyoj, ya'ni bilim va ko'nikmalarni mustaqil egallash, o'zini-o'zi rivojlantirish qobiliyati;

e) madaniyatlararo kompetensiyalar;

f) mustaqil bilish faoliyati sohasidagi kompetentlik;

j) maxsus - kasbiy amallarni mustaqil bajarishga tayyorgarlik, o'z mehnati natijalarini baholash.

Yuqorida qayd etilgan ishlarda kompetentlik mezonlari umumilmiy, ijtimoiy, siyosiy-huquqiy va umumkasbiy bilimlar asosida talqin etilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ta'kidlash kerakki, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni ijtimoiy-psixologik kompetentlik omili sifatida talqin qilish an'anasi ham mavjud.

Shunday qilib, malaka ham kompetentlik kabi asosiy va kasbiy bo'lishi, shu bilan birga, kasbiy malakalarni ko'pincha oddiy malakalar deb nomlash ham mumkin. Ilmiy adabiyotlarda asosiy malakalar sifatida quyidagilar kiritiladi:

- shaxsning kasbiy tayyorgarligi darajasidan tashqaridagi uning ekstrofunksional bilimi, ko'nikmalari, individual xususiyalari;

- aniq kasblar guruhlari sohasidagi ishni bajarish uchun zarur bo'ladigan shaxsning umumkasbiy bilimlari, ko'nikmalari va malakalari, shuningdek, qobiliyatlari va sifatlari;

- turli jamoalarga moslashish va ularda samarali faoliyat uchun zarur madaniyatlararo va sohalararo bilimlar, ko'nikmalar, malakalar va qobiliyatlar.

Natijalar

«Kommunikativ ijtimoiy kompetentlik diagnostikasi» metodikasi asosida olingan natijalar tahliliga qaraydigan bo'lsak, nazorat tajriba natijalari barcha ijobiy omillarning o'sishga erishilganligini qayd etish lozim.

1-jadval

Kommunikativ ijtimoiy kompetentlik diagnostikasi bo'yicha olingan ma'lumotlar

tahlili (n=260)

Omillar uch yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar (n1=130) uch yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar (n2=130)

Aniqlovchi tajriba Nazorat tajriba Aniqlovchi tajriba Nazorat tajriba

n % n % n % n %

«A» omil Muloqotchan 53 40,07 112 86,15 81 62,30 121 93,07

Muloqotga kirishishga qiynaladigan 77 59,30 18 13,85 49 37,70 9 6,93

«B» omil Mantiqiy fikrlaydigan 87 66,92 109 83,84 84 64,61 118 90,77

Zaif fikrlaydigan 43 33,08 21 16,16 46 35,39 12 9,33

«C» omil Barqaror 76 58,46 114 87,69 85 65,38 108 83,07

Beqaror 54 41,54 16 12,31 45 34,62 22 16,93

«D» omil Optimizm 81 62,30 106 81,54 102 78,46 125 96,15

Pessimizm 49 37,70 24 18,46 28 21,54 5 3,85

«K» omil Ijodiy tafakkuri rivojlangan 49 37,70 63 48,46 91 70,00 116 89,23

Realist 81 62,30 67 41,54 39 30,00 14 10,77

«N» omil O'zini nazorat qila oladigan 89 68,46 113 86,92 95 73,07 117 90,00

Nazoratda qiyinchilikka uchraydigan 41 31,54 17 13,08 35 26,93 13 10,00

«M» omil O'ziga yo'nalgan 84 64,61 52 40,00 64 49,23 48 36,92

O' zgalarga yo' nalgan 46 35,39 78 60,00 66 50,77 82 63,08

Jami 130 100 130 100 130 100 130 100

Xususan, uch yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlarda muloqotchanlik (86,15%), optimizm (81,54%), mantiqiy fikrlaydigan (83,84%), barqaror (87,69%), o'zgalarga yo'nalganlik (86,92%), o'zini nazorat qila olish (86,92%) omillari bo'yicha ko'rsatkichlarning yuqori darajada o'sish kuzatilgan bo'lsa, uch yildan ortiq ish stajiga

ega bo'lgan xodimlarda barcha omillarning ijobiy tomoni bo'yicha ko'rsatkichlarning yuqori darajada o'sish kuzatildi, tabiiyki salbiy omillar bo'yicha ko'rsatkichlarning pasayganligi qo'llanilgan psixotexnikaning korreksion ahamiyat kasb etganligini ko'rsatadi. Bu esa xodim kasbiy faoliyati sifat-samaradorligining yuqori darajada bo'lishini ta'minlaydi (1-jadval).

Qo'riqlash xizmati xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kommunikativ kompetentlik bilan o'zaro proporsionallikda takomillashtirishga qaratilgan psixotexnikalarni qo'llash orqali yuqori samaradorlikka erishilganligini ko'rishimiz mumkin.

2-jadval

Qo'riqlash xizmati xodimlari emotsional intellektining qiyosiy ko'rsatkichlari tahlili

(N.Xoll usuli bo'yicha)

Omillar uch yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar n1-130 uch yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar n2-130

Aniqlovchi tajriba Nazorat tajriba Aniqlovchi tajriba Nazorat tajriba

M1 S M2 S M1 S M2 S

Emotsional bilimdonlik 9,02 2,13 13,68 1,99 10,26 2,01 15,38 1,38

O'z emotsiyasini boshqarish 8,03 1,23 15,49 2,13 11,72 1,13 16,25 1,36

O'zini-o'zi rag'batlantirish 9,03 1,41 15,73 1,53 11,84 1,33 15,80 1,51

Empatiya 9,12 1,52 15,54 1,94 11,02 2,01 16,46 1,18

O'zga insonlarning kechinmalarini sezish 7,33 2,43 15,87 2,21 11,87 2,12 16,67 0,68

Izoh: M - o'rtacha qiymat. S - standart xatolik

Yuqoridagi jadvallardan ko'rinib turibdiki, trening dasturi qo'llanilgandan keyin uch yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlarning emotsional intellektining umumiy natijalari shuni ko'rsatadiki, o'rtacha ko'rsatkich emotsional bilimdonlik 4,66, o'z emotsiyasini boshqarish 7,46, o'zini-o'zi rag'batlantirish 6,70, empatiya 6,42, o'zga insonlarning kechinmalarini sezish 8,54 ball doirasida o'shishga erishilganligini ko'rishimiz mumkin.

Uch yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar emotsional intellektining umumiy ko'rsatkichlarini tahlil qilar ekanmiz, emotsional bilimdonlik 5,12, empatiya 5,44, o'zga insonlarning kechinmalarini sezish 4,80, o'z emotsiyasini boshqarish 4,53, o'zini-o'zi rag'batlantirish 3,96 ball yuqorilaganligi faoliyat jarayonida hamkasblari va fuqarolar bilan muloqotda samarali natijaga erishish imkonini berishi bilan ahamiyat kasb etib, emotsional kechinma chegaralari, emotsional intellektning ikki tomoni, ya'ni o'zining emotsiyalarini tushunish uchun intellektual boshqaruvga yoki aksincha kasbiy faoliyat jarayonida ijodiy impulslar va intuitsiyalarni ta'minlashda emotsiyaga zarurat borligini anglash, muloqot qilinayotgan shaxs emotsiyasining vazifalari to'g'risidagi bilimlarga, faoliyat jarayonida emotsional barqarorlik va beqarorlik, salbiy emotsional holatlar, xususan: affekt, stress, frustratsiya, depressiya va ulardan chiqish yo'llarini izlash to'g'risidagi psixologik tomonlari va hayotiy tajribadan yetarli darajada boxabar ekanligidan dalolat beradi (2-jadval).

Trening mashg'ulotlari o'tkazilgandan so'ng barcha kompetentlik omillari bo'yicha o'sish kuzatilganligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, uch yilgacha ish tajribasiga ega bo'lgan xodimlarda sotsial-perseptiv kompetentlik omili 4,8, kommunikativ kompetentlik 5,8, kognitiv kompetentlik 5,1, individual psixologik kompetentlik esa 4,1 balga ko'tarilganligini ko'rishimiz mumkin. Uch yildan ortiq ish tajribasiga ega bo'lgan xodimlarda ham ko'rsatkichlarning yuqori darajasi kuzatildi: sotsial-perseptiv kompetentlik omili bo'yicha 5,1, kommunikativ kompetentlik 4,8, kognitiv kompetentlik 4,2, individual psixologik kompetentlik esa 5,2 ball yuqoriladi.

Sotsial-perseptiv kompetentlik omili bo'yicha yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan respondentlarda muloqot jarayonida ijtimoiy persepsiya mexanizmlari, ya'ni refleksiya, identifikatsiya, empatiya muvaffaqiyatli darajada ishlashidan dolalat beradi. Ular o'z suhbatdoshlarini har qanday holatda ham tushunib, emotsional qo'llab-quvvatlashlarini anglatadi. Xodimlar kasbiy faoliyatida sotsial-perseptiv kompetentlik kasbdoshlari, rahbariyat va fuqarolar bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan, kasbiy kompentligi yuqori bo'lgan xodimlarda mazkur omilni yuqori darajada namoyon bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

3-jadval

Qo'riqlash xizmati xodimlarida kasbiy kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanganlik darajalari (IPS natijalari asosida) (n=260)

№ Omillar uch yilgasha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar ni-130 uch yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar n2-130

Mi M2 S M1 M2 S

1 Sotsial-perseptiv kompetentlik 15,4 20,2 1,37 17,7 22,8 1,09

2 Kommunikativ kompetentlik 13,8 19,6 1,52 16,9 21,7 1,75

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3 Kognitiv kompetentlik 16 21,1 1,23 18,6 22,8 1,05

4 Individual psixologik kompetentlik 16,8 20,9 2,02 18,4 23,6 1,02

25 20 15 10 5 0

Izoh: M- o'rtacha qiymat. S - standartxatolik

19,6

20,2 15,4

Sotsial-perseptiv kompetentlik

1

13,8 —•—

21,1 16

20,9 16,8

Kommunikativ kompetentlik Kognitiv kompetentlik Autopsixologik kompetentlik

2 3 4

uch yilgasha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar n1-130 M1 (aniqlovchi tajriba) uch yilgasha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar n1-130 M2 (nazorat tajriba)

25 22,8 2i 7 22,8 23,6

17 7 18,6 18,4

20 -17,7 16,9

15 10 5 0

Sotsial-perseptiv Kommunikativ kompetentlik Kognitiv kompetentlik Autopsixologik kompetentlik kompetentlik

1234 uch yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar n2-130 M1 (aniqlovchi tajriba) uch yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar n2-130 M2 (nazorat tajriba)

1-rasm. Qo'riqlash xizmati xodimlarida kasbiy kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanganlik darajalarining qiyosiy tahlili (IPS natijalari asosida) (n=260) Kommunikativ kompetentlik bo'yicha yuqori natijalarning qayd etilishi, xodimlarda muloqotda so'zning motivatsion funksiyasidan samarali foydalanish, ma'lumotlarni aniq, tizimli bayon qilish, nutqning ta'sirchanligini oshirish uchun paralingvistik ta'sir vositalarini qo'llash ko'nikmasining ustuvor ekanligini ko'rsatadi. Xodimlardagi muloqot auditoriyasining rang-barangligi axborotni qabul qilish va uzatish jarayonida paralingvistik, ekstrolingvistik ta'sir mexanizmlaridan samarali foydalanishni talab etadi.

Ijtimoiy-psixologik kompetentlik omillaridan navbatdagisi kognitiv kompetentlikdir. Aslida kognitiv kompetentlikning yuqori darajada namoyon bo'lishi xodimlarda kasbiy ma'lumotlarni to'plash, mantiqiy operatsiyalar yordamida qayta ishlash, ijodiy tafakkur doirasida uning ahamiyatlilik darajasini baholash hamda tahlil qilish, kasbiy funksional vazifalarni bajarishda tezkor qaror qabul qilish hamda vaqtni rasional taqsimlash xususiyatining ustuvorligini anglatadi. Umuman olganda mazkur omil bo'yicha aniqlangan holat kognitiv kompetentlik omilini namoyon bo'lishida xodimlarda kasbiy faoliyat bilan bog'liq vaziyatli to'siqlarni yengib o'tish ko'nikmasining rivojlanganlik darajasini ijtimoiy ish tajribasiga bog'liq ravishda namoyon bo'lishi muhim ahamiyatga ega ekanligi kuzatilmoqda.

Autopsixologik kompetentlik omili bo'yicha yuqori natijaga ega bo'lgan xodimlarda o'z hatti-harakatlarini to'g'ri boshqara olish, o'z shaxsiy xususiyatlarini adekvat baholay olish, o'zini-o'zi tartibga solish qobiliyati yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Xodimlarning doimiy o'z ustida ishlab, atrofdagilarning ayniqsa, fuqarolar hamda hamkasblarining ijtimoiy kutuvlariga o'zlarini moslashtirib, o'z-o'zlarini nazorat qilishlari, o'z-o'zlarini kuzatishlari, tahlil qilishlari asosida o'z-o'zlarini anglashlari muhim kasbiy-professional xususiyatlaridan biri hisoblanadi (3-jadval, 1-rasm). Xulosa

Shaxsning kasbiy va akmeologik rivojlanishi bilan bog'liq ravishda yuzaga keladigan psixologik xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening dasturni samaradorligini baholashda aniqlovchi hamda nazorat tajribalaridan olingan natijalarni tahlillariga asoslanib, qolaversa, qo'riqlash xizmati xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish dasturi va uni qo'riqlash xizmati xodimlarining kasbiy faoliyatiga ta'siri natijasini tadqiq qilish bo'yicha quyidagilar aniqlandi:

1. Qo'riqlash xizmati xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega va xodimlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish dasturida turli vaziyatlar va shaxslararo munosabatlar tizimining ta'sirchan mexanizmlariga alohida e'tibor qaratildi.

2. Biz tomonimizdan taklif etilgan rivojlantiruvchi psixologik trening dasturi qo'llanilganidan so'ng xodimlarda kasbiy kompetentlik omillarining rivojlanganligi aniqlandi. Jumladan, tajriba guruhimizda kasbiy kompetentlik va uning omillari indeksatsiyasi darajasi ortib, ularning o'z-o'ziga beradigan bahosi, ijtimoiy vaziyatni adekvat baholash, o'z emotsiyalarini refleksiv boshqarish ko'nikmasi, muloqotchanlik, muvaffaqiyatga intilish tendensiyasi kuchayganligi aniqlandi.

3. Kasbiy kompetentligini rivojlantirish trening dasturi qo'riqlash xizmati xodimlarida tadqiq qilindi va shu asosda muayyan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu dasturni qo'riqlash xizmati xodimlari kasbiy faoliyatining barcha bosqichlarida foydalanish mumkin.

4. Barcha bosqich qo'riqlash xizmati xodimlarining psixologik trening dasturini qo'llashda erishilgan natijalar kasbiy kompetentlik va unga ta'sir qiluvchi omillarning ko'rsatkichida o'z aksini topdi.

Qo'riqlash xizmatida faoliyat olib boradigan xodimlarning kasbiy kompetentligi omillarini namoyon bo'lishi va rivojlanishi masalasini chuqurroq tahlil qilish uchun kelgusida kasbiy kompetentlikning ish faoliyatiga tayyorlik darajasi bilan bog'liqlik tomonlarini tadqiq etish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. O smirlarda ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirish. Monografiya. "Buxoro viloyat bosmaxonasi MChJ" nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 160.

2. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Psychodiagnostics. O'quv qo'llanma. "Turon zamin ziyo" nashriyoti. Toshkent 2014. -B. 298.

3. Olimov L.Ya. Psixodiagnostika va psixometrika asoslari. Darslik. "Durdona" nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 747.

4. Olimov L.Ya. Umumiy psixodiagnostika. "Durdona" nashriyoti. Buxoro. 2020. -B.1103.

5. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M.. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. o'quv qo'llanma. "Turon zamin ziyo" nashriyoti. T. 2020. -B. 820.

6. Olimov L.Ya., Nazarov A.M.. Xulqi o'gishgan bolalar psixologiyasi. O'quv qo'llanma. "Tafakkur avlodi" nashriyoti. Buxoro. 2020. -B. 490.

7. Olimov L.Ya., Bahronova M.O'.O'smirlar ma'naviyatini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Science and education. Scientific journal. Volume 3, issue 3. March 2022 407-413 p.

8. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Osmirlarda ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirish. Monografiya. "Buxoro viloyat bosmaxonasi MChJ" nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 160.

9. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Psychodiagnostics. O'quv qo'llanma. "Turon zamin ziyo" nashriyoti. Toshkent 2014. -B. 298.

10. Olimov L.Ya. Psixodiagnostika va psixometrika asoslari. Darslik. "Durdona" nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 747.

11. Olimov L.Ya. Umumiy psixodiagnostika. "Durdona" nashriyoti. Buxoro. 2020. -B.1103.

12. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M.. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. o'quv qo'llanma. "Turon zamin ziyo" nashriyoti. T. 2020. -B. 820.

13. Olimov L.Ya., Nazarov A.M.. Xulqi o'gishgan bolalar psixologiyasi. O'quv qo'llanma. "Tafakkur avlodi" nashriyoti. Buxoro. 2020. -B. 490.

14. Olimov L.Ya., M.B.Rasulova. O'smir shaxsi shakllanishida ahloqiy normalarning ijtimoiypsixologik ahamiyati. Science and education. Scientific journal. Volume 3, issue 3. March 2022 675-683 p.

15. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M. Ekstremal vaziyatlarda koping xulq-atvor va strategiyalar namoyon bo'lishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari. Psixologiya ilmiy jurnali. 2021 yil, 3 son 98-106 b.

16. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M. O'smirlarda psixologik himoya mexanizmlarining namoyon bo'lishining o'ziga xosligi. Psixologiya ilmiy jurnali. 2021 yil, 4 son 103-112 b.

17. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M. Psixologicheskie mexanizmi deviantnogo povedeniya. Psixologiya XXI veka. Yaroslavl., 2020. -S. 125-127.

18. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M. Stressli vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlari va koping xulq-atvor namoyon bo'lishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari. Psixologiya. Uchrediteli: Buxarskiy gosudarstvenniy universitet, 31-38.

19. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M. Stressli vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlari va koping xulq-atvor namoyon bo'lishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari: stressli vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlari. Psixologiya ilmiy jurnali. 2020 yil, 4 son 109-115 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.