Научная статья на тему 'Sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanishida emotsional intellektning ahamiyati'

Sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanishida emotsional intellektning ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
208
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
sud psixolog eksperti / sotsial-psixologik kompetentligi / sud psixologik ekspertiza / kasbiy kompetentlik / kompetentlik / ekspert shaxsi / emotsional intellekt / kasbiy faoliyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Laziz Yarashovich Olimov

Ushbu maqolada sud psixolog eksperti faoliyatida sotsialpsixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini tadqiq etish hamda uning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik omillarini takomillashtirish haqida fikr yuritilib, sud psixolog eksperti sotsial-psixologik kompetentligi va emotsional intellektini rivojlantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, komponentlarini aniqlash, sud psixolog ekspertidagi kommunikativ, emotsional va shaxslilik komponentlarining namoyon bo‘lishi va rivojlanishini tadqiq qilish; sud psixolog ekspertlarining sotsialpsixologik kompetentligini rivojlantirishda ularning sud-huquq tizimi bilan bog‘liqligi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanishida emotsional intellektning ahamiyati»

Sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanishida emotsional intellektning ahamiyati

Laziz Yarashovich Olimov olimovlaziz82@gmail.com Buxoro davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada sud psixolog eksperti faoliyatida sotsial-psixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini tadqiq etish hamda uning o'ziga xos ijtimoiy-psixologik omillarini takomillashtirish haqida fikr yuritilib, sud psixolog eksperti sotsial-psixologik kompetentligi va emotsional intellektini rivojlantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, komponentlarini aniqlash, sud psixolog ekspertidagi kommunikativ, emotsional va shaxslilik komponentlarining namoyon bo'lishi va rivojlanishini tadqiq qilish; sud psixolog ekspertlarining sotsial-psixologik kompetentligini rivojlantirishda ularning sud-huquq tizimi bilan bog'liqligi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: sud psixolog eksperti, sotsial-psixologik kompetentligi, sud psixologik ekspertiza, kasbiy kompetentlik, kompetentlik, ekspert shaxsi, emotsional intellekt, kasbiy faoliyat

The role of emotional intelligence in the development of the socio-psychological competence of a forensic psychologistexpert

Laziz Yarashovich Olimov olimovlaziz82@gmail.com Bukhara State University

Abstract: This article discusses the study of the manifestation and development of factors of socio-psychological competence in the activities of a forensic psychologist and the improvement of its specific socio-psychological factors, the identification of components, the study of the manifestation and development of communicative, emotional and personal components of a forensic psychologist; in the development of socio-psychological competence of forensic psychologists, their connection with the legal system is revealed.

Keywords: forensic psychologist-expert, socio-psychological competence, forensic psychological examination, professional competence, competence, personality of an expert, emotional intelligence, professional activity

KIRISH

Mamlakatimizda sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va soha mutaxassislarining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. "Sud ekspertizasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respulikasi qonunida sud ekspertizasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, bo'yicha muhim vazifalar belgilangan. Bu vazifalarni bajarishda sud psixologik ekspertizasi ekspertlari kasbiy kompetentligini takomillashtirishga oid tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, sud psixologik ekspertizasi ekspertlari psixologik kompetentligini oshirish, ularning shaxsiy fazilatlarini ro'yobga chiqarish, psixokorreksion usullar orqali faoliyat samaradorligiga bevosita ta'sir etuvchi sotsial-psixologik kompetentlik omillarini shakllantirish dolzarb muammo sifatida qaraladi.

Sotsial-psixologik kompetentlik bilan bog'liq manbalarni tadqiq qilganimizda unga aloqador bo'lgan tahlillar tadqiqotimizda sud psixolog ekspertining sotsial-psixologik kompetentligi ularning kasbiy kamoloti jarayoniga bog'liqligini yana bir jabhadan yoritishga undadi. Bu esa sotsial-psixologik kompetentlikni rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar hisoblanmish emotsional intellektning sud psixolog eksperti faoliyatida o'zaro aloqadorlikda rivojlanish jarayonini alohida tadqiq qilishni talab qiladi.

Zamonaviy psixologiyada «emotsional intellekt» tushunchasi keng qo'llanilib, ushbu tushunchani fanga P. Selov va Dj. Meyerlar olib kirdilar.

Mualliflarning fikricha, emotsional intellekt - emotsiyani ifoda etish va baholash qobiliyati; emotsiyani tushunish va emotsional bilimlarga egalik; qolaversa, shaxsning emotsional va intellektual kamolotini o'zaro birlashtiruvchi emotsional boshqaruv qobiliyati hisoblanadi. "Emotsional intellekt" terminini fanga kiritilishi bilan emotsional va bilish jarayonlarining nisbati nuqtai nazaridan tadrijiy o'zgarish yuz berdi.

Emotsiyalarni tadqiq qilish ko'pincha intellekt tadqiqotlaridan alohida tarzda amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan, affektiv va kognitiv (bilish) jarayonlari o'rtasidagi munosabatlarni tizimli tahlil qilishning dastlabki urinishlari amalga oshirilmoqda. Nemis psixologi va faylasufi G.Mayerning "Psychologie des emotionalen Denkens"(1908) nomli kitobida tafakkur turlarining mukammal tasnifi keltirib o'tilgan. G.Mayer "hukm qiluvchi" tafakkur turi bilan birga emotsional tafakkurni ajratib ko'rsatadi, unda amaliy ehtiyojlar - iroda va his-tuyg'u birinchi o'rinda turadi. Bu tafakkur turlarini bir-biriga taqqoslagan G.Mayer ular o'rtasidagi bir qancha umumiyliklarni, xususan: o'xshash mantiqiy jarayonlar kuzatish mumkinligini ta'kidlaydi (sharhlash, ob'ektivlashtirish, kategorial apparat faoliyati). Shunga qaramasdan, emotsional tafakkur harakatlarida mantiqiy tafakkurdan farqli tendensiya

mavjud bo'lib: unda bilish jarayoni "ko'lankali, orqa fonga surilgan, diqqat markazi amaliy maqsadga qaratilgan bo'lib, unda bilish shunchaki qo'shimcha vosita sanaladi"

G.Mayer emotsional tafakkurni affektiv (estetik va diniy) va irodaviy turlarga ajratadi. Estetik tafakkur deyilganda, "yoqadi - yoqmaydi" ko'rinishidagi mulohazasini o'z ichiga oladigan estetik kechinmalar tushuniladi. Diniy tafakkurda esa fantaziyaning emotsional tasavvurlari, e'tiqod fikrlari (irrotsional, affektiv hamda irodaviy istak bilan yuzaga keladigan "Olloh mavjud" mulohazasi namuna bo'ladi)ga kiritiladi. G.Mayerning tadqiqotlari go'yoki tafakkurda bilishga bo'lgan qiziqish ikkinchi darajali hisoblanishi haqidagi "intellektual xurofotlar"ni tarqatadi va "emotsional tafakkur" insonning aqliy faoliyatida ahamiyatli rol o'ynashini ta'kidlab o'tadi.

1970-1980 yillarning oxirlariga kelib emotsiya va tafakkurning o'zaro ta'sirini o'rganishga doir qiziqish ortib bordi. Bu davrda emotsional va kognitiv jarayonlarning o'zaro samarali ta'siri haqidagi qarashlar ko'pgina tadqiqotlarda o'z isbotini topdi. Masalan: tafakkur realligiga depressiyaning ta'sirini o'rganish inson kayfiyatining o'zgaruvchanligi va kreativlikka moyillikning o'zaro bog'liqligi shuningdek, emotsional o'zini-o'zi boshqarish imkoniyatlarini o'rganish, kayfiyat va fikr-mulohazani birlashtiruvchi "kognitiv halqa" mavjudligi haqidagi gipoteza ilgari surilgan edi. Bunday qarashning mohiyati shundaki, salbiy his-tuyg'ular negativ fikrlarga olib keladi va o'z navbatida emotsional kechinmalarning tezligini kuchaytirib yuboradi. Qolaversa, ijobiy emotsiyalar pozitiv fikrlarni faollashtiradi. R.Lazarusning kognitiv konsepsiyasida emotsiyalarning bilish determinatsiyasi haqidagi g'oya markaziy hisoblanadi.

Kognitiv bavosita ifodalanishn emotsiyalarning paydo bo'lishidagi zarur sharti sifatida baholanadi. R.Lazarusning konsepsiyasida asosan ikki ta holat muhim hisoblanadi:

1) mohiyatidan qat'i nazar har bir emotsional reaksiya o'ziga xos turdagi kognitiv yoki baho funksiyasi;

2) emotsional javob reaksiyasi qandaydir sindromni o'zida ifodalaydi, uning har bir alohida qismi umumiy reaksiyadagi qandaydir muhim lahzani o'zida aks ettiradi.

Intellektning ko'plab turdagi kategoryalarining imkoniyatini aniqlagan X.Gardner 1983 yilda "intropsixik qobiliyatlar" (introspeksiya - o'zini-o'zi kuzatish qobiliyati) va "shaxsiy qobiliyatlar" deb ataluvchi turli intellektual qobiliyatlarning mavjud bo'lishi mumkinligi to'g'risidagi fikr bildirdi. Gardner dastlab intellektning yetti turini ajratib ko'rsatadi: vizual-makonli, verbal-lingvistik, mantiqiy-matematik, tana-harakatli,musiqali-ritmik, shaxslararo va ichki shaxsiy; 1998 yilda tabiiy va mavjudlik turlari qo'shildi.

Har bir intellektual qobiliyat hayot faoliyatining muayyan sohasida muvaffaqiyatga erishishda muhim hisoblanadi. Intellektning har bir komponenti

qimmati muayyan intellektual qobiliyatlarning rivojlanishiga rag'batlantiruvchi va rag'batlantirmaydigan umumiy mezonlar orqali aniqlanadi.

Gardner har bir yangi aniqlanadigan intellekt turi (shakl)ga mos keladigan mezonlarni taklif qildi. Avvalo, har bir intellekt shakli o'zining belgilar tizimiga ega bo'lishi lozim.Shu bilan birga, u o'zining asosiy operatsiyalari yoki funksiyalari tizimiga tayangan holda dalillarni olish kerak. Gardnerning modeli yanada integrallashgan, shu bilan birga, intellekt tabiati va paydo bo'lish shakllariga bo'lgan farqli qarashni amalga oshirishga imkon berdi. E.Doll, D.Veksler va R.Liperlar tomonidan boshlangan tadqiqotni R.Sternberg davom ettirdi. Natijada "real hayotda yuzaga keladigan vaziyatlarga moslashish, o'zgartirish yoki tuzatish qobiliyati" sifatida belgilangan "amaliy intellekt" konsepsiyasi paydo bo'ldi.

R.Sternbergning nazariyasida intellekt shaxsning atrof-muhitga moslashishiga xizmat qiluvchi informasion tizim sifatida qaraladi. Triarxik nazariyaning asosiy mazmuni quyidagicha: "Intellektni aqliy o'z-o'zini boshqarish, butun hayotni konstruktiv maqsadga yo'naltirilgan usul yordamida aqliy boshqarish sifatida belgilash mumkin" Aqliy o'z-o'zini boshqarish uch asosiy elementni o'z ichiga oladi: atrof-muhitga moslashish, yangi atrof-muhit ta'sirini tanlash yoki shaxs bilan mosmuhitni tanlash va atrof-muhitni shakllantirish.

Sud psixolog ekspertlarining kasbiy kamolotida sotsial- psixologik kompetentlikni rivojlanishida emotsional intellekt orasidagi uyg'unlikni baholashda N. Xoll tomonidan yaratilgan "Emotsional intellektni o'rganish" metodikasini tanladik.. Test natijalarining dastlab umumiy natijalari xususida to'xtalsak, so'ngra uning sotsial intellekt bilan o'zaro aloqadorlikda o'rganishga harakat qilamiz. A.Adler emotsional intellekt haqida to'xtalar ekan, shaxsning muomalaga qobiliyatini IQ emas, balki uning emotsional ekvalenti emotsioanal intellekt(YeQ) eng muhim ko'rsatkichi sifatida belgilaydi, degan edi.

NATIJALAR

Bugungi kunda emotsional intellektni xarakterlovchi beshta asosiy elementini keltirib o'tamiz:

- o'z emotsiyasini bilish;

- o'z emotsiyasini boshqarish;

- shaxsiy motivatsiyasini shakllantirish;

- boshqa insonlarning emotsiyasini aniqlash;

- o'zaro munosabatlar bilan boshqarish.

Endi asosiy natijalar sharhiga murojaat etaylik. Agar emotsional intellektning tabiatiga e'tibor qaratilsa, unda sotsial-psixologik kompetentlikni to'ldiradigan tomoni borligining guvohi bo'lamiz.

Sud psixolog ekspertlarining emotsional intellektini tatbiq etilgan usulning beshta shkalasiga asoslanib amalga oshiramiz.

Sud psixolog ekspertlari emotsional intellektining umumiy ko'rsatkichlari N=102

Emotsional intellektni o'rganish testi Shkalalar M S

Emotsional bilimdonlik 13,73 2,748

O'z emotsiyasini boshqarish 12,02 1,41

O'z-o'zini rag'batlantirish 12,29 1,86

Empatiya 13,09 2,19

O'zga insonlarning kechinmalarini sezish 12,11 2,21

Izoh:

M - o'rtacha qiymat

S - standart xatolik

Sud psixolog ekspertlarining emotsional intellektining umumiy natijalari uchta shkalasi bo'yicha yuqori va ikkita shkalasi bo'yicha o'rta natijani qayd etmoqda. Ulardagi emotsional bilimdonlik (13,73 ball) yuqori darajadan o'rin egallaganligi shaxs kechinmalarining chegaralari, shaxslararo munosabatlardagi his-tuyg'ularni anglash, emotsional intellektning ikki tomoni, ya'ni o'zining emotsiyalarini tushunish uchun intellektual boshqaruvga yoki aksincha kasbiy faoliyat jarayonida kreativ impulslar va intuisiyalarni ta'minlashda emotsiyaga zarurat borligini anglash, inson emotsiyasining vazifalari haqidagi tushunchalarga, faoliyat jarayonida emotsional barqarorlik va beqarorlik, stressli holat, depressiya va ularni yengib o'tish yo'llarini qidirish haqidagi psixologik va hayotiy tajribadan xabardor ekanligini ko'rsatmoqda. Aynan emotsional sovadxonlik YeQning muhim jihati sifatida shaxs xususiyatlari va individualligiga singib boradi. O'ylaymizki, Sud psixolog ekspertlarining emotsional savodxonligining bu darajasi sudga oid psixologik ekspertizai jarayonida vujudga keladigan psixologik buzilishlar, emotsional zo'riqishlar, Sud psixolog ekspertlarining o'zaro munosabatlarini hissiy tushunishiga nazariy jihatdan yetarlicha tayyorligini anglatadi.

YeQ ning ikkinchi ko'rsatkichi "o'z emotsiyasini boshqarish" Bu shkala bo'yicha Sud psixolog ekspertlari o'rtacha qiymatni namoyon etgan bo'lib, unda Sud psixolog ekspertlarining emotsiya to'g'risidagi nazariy bilimlarini amaliyotda joriy etishda bir oz ortda qolayotganliklar, qiyin vaziyatlarga duch kelganda emotsional zo'riqishlarga berilishi, atrofdagilarni tushunishda asabiylashishlari mumkinligidan dalolat bermoqda (12,02 ball). Bu holatni ushbu kasbining mashaqqali mehnati oqibatidir deb baholashimiz mumkin.

Emotsional intellektning yana bir muhim funksiyasi bu shaxsning psixik ko'tarinkiligini quvvatlash, unda o'ziga ishonch tuyg'usi va rag'batni ta'minlashdan iboratdir. Sud psixolog ekspertlarining mazkur yo'nalishdagi emotsional jihatlarini "o'z-o'zini rag'batlantirish" shkalasi qiymatlari bilan izohlashga to'g'ri keladi. "O'z-o'zini rag'batlantirish" shkalasidagi ko'rsatkichlar o'rtacha daraja bilan cheklangan (12,29 ball). Sud psixolog ekspert emotsional intellektining ushbu shkalasida ham sud psixolog ekspertlar bo'yicha ular emotsiyasining muhim funksilari va imkoniyatidan foydalanish yo'l va usullarini ko'rsatish lozim bo'lar ekan. Tahlil etilayotgan natijalar

umumiy bo'lganligi bois sud psixolog ekspertlarining vazifalari bo'yicha sotsial psixologik kompetentlik bilan bog'liq holati tahlil etilayotganda yangi ma'lumotlar bilan taqdim etish imkoniyati tug'ilar. Agar "o'z-o'zini rag'batlantirish" shkalasi natijalariga ko'ra, sud psixolog ekspertlarining emotsional imkoniyatini o'z-o'zini rag'batlantirish, tushkunliklar, ruhiy zuriqishlar va kezi kelganda yutuqlarga erishganda hamundan yetarlicha qoniqish olishning psixologik usullarini bilishi kerak.

Ammo, keyingi "empatiya" shkalasi qiymatlari ancha ijobiydir (13, 09 ball). Empatiya sud psixolog ekspertlarining kasbiy faoliyatini ta'minlashning muhim shartidir. Sud psixolog ekspertlarining hamkasblarini va atrofdagilarni tushunishida empatiya muhimdir. Amaliyotda empatiyaning yetishmasligi turli darajadagi nizolarga va o'zaro tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday holatdan Sud psixolog ekspertlari anchagina yiroq deya olamiz.

"O'zga insonlarning kechinmalarini sezish" shkalasi natijalari ham aynan empatiyaniki singari yuqori qiymatlidir (12,11 ball). Sud psixolog ekspertarining kasbiy kamolotiga ko'ra shaxslararo munosabatlarda o'zaro tushunish, o'zga insonlarni kechinmalarini his etish, ularga o'z munosabatini bildira olishi, verbal va noverbal xulq-atvoridagi o'zgarishlarni baholashga qobiliyatliliklari emotsional intellekt natijalarida o'z aksini topmoqda.. Natijalarda umumiy qiymatlarni yoritgan singari o'rtacha qiymat nuqtai nazardan emas, balki intellektlar orasidagi ichki munosabatni korrelyatsion tahliliga tayanildi.

XULOSA

Tadqiqotimiz davomida sud psixolog ekspertlari sotsial-psixologik kompetentligi omillarini har biri o'ziga xos dinamikasi va natijasiga ega ekanligi qayd etildi va bu uslub, o'z navbatida, ijtimoiy psixologiya fanidagi sotsial-psixologik kompetentlik samaradorligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy.

Sud psixolog ekspertlarining sotsial-psixologik kompetentligini rivojlanishida emotsional intellektning o'rni beqiyos. Sud psixolog ekspertlarining kasbiy faoliyatiga yo'naltirilgan talablarning o'sib borganligi hamda ijtimoiy tajribalarning shakllanganligiga bog'liq bo'lishi mumkin.

Sud psixolog ekspertlarining sotsial-psixologik kompetentlik omillari ko'rsatkichlarining oshishi bevosita ularning kasbiy faoliyatida tajribaning oshishi bilan bir qatorda ijtimoiy ko'nikma va malakalarni shakllanishi bilan ham bog'liq.

Sud psixolog ekspertlari kamolotida sotsial-psixologik kompetentlikning roli faoliyat davomiyligining oshishi bilan bir qatorda shaxs ijtimoiylashuviga ham bog'liqdir.

Umuman, sud psixolog ekspertlari shaxsiy va kasbiy faoliyati uyg'unligining namoyon etilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi sotsial-psixologik kompetentlikni ko'rsatkichlariga baho berishda, ularning adekvat muloqotmandligi, adekvat emotsional munosabati kabi omillarini chuqur o'rganish, tahlil qilish va tegishli

empirik xulosalar chiqarish orqali sud psixolog ekspertlari kasbiy faoliyat kompetentligini taminlash mumkinligi yana bir bor o'z tasdig'ini topdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of Psychological Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С 233237.

2. Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 | November 2021 75-76

3. Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of law-enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 5 2017

4. Elov Z.S. Psychological influence of speech disorders and the causes that cause them on the child's psyche. Academicia globe: inderscience research volume: 3, issue 1, january-2022 39-42

5. Elov Z.S. Researches of the Reasons Conditions, Fastors of Suicide Rick Intellectual Archive Volume 5 Number 1. 2016. 49-53

6. Elov.Z.S. Кддимги халклар урф-одатлари ва ривожланган жамиятда уз жонига касд килишнинг ижтимоий психологик сабаблари. Тарих ва бугун (кадимги халклар урф-одатлари ва бугунги замон) Jamiyat va innovasiyalar. 10.2021 169-173.

7. F.F.Usmonov, Z.S.Elov. Suicide - as a global problem facing humanity. Web of scientist: international scientific research journal. Volume 3, Issue 2, Feb.,2022. 349-354

8. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Osmirlarda ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirish. Monografiya. "Buxoro viloyat bosmaxonasi MChJ" nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 160.

9. Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya.. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. "Durdona" nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 600.

10. Olimov L, Avezov O. Social Psychological Characteristics Of Psychological Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. International Journal of Scientific & Technology Research. volume 9, issue 02, february 2020. P 2784-2786.

11. Olimov L.Ya, Maxmudova Z.M. Psychological peculiarities in stressful situations and social psychological features of coping behavior manifestation. "Science and Education" Scientific Journal. February 2022/ Volume 3 Issue 2. www.openscience.uz 1324-1333.

12. Olimov L.Ya. Psixodiagnostika va psixometrika asoslari. Darslik. "Durdona" nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 747.

13. Olimov L.Ya. Umumiy psixodiagnostika. "Durdona" nashriyoti. Buxoro. 2020. -B. 1103.

14. Z.Elov. Qobiliyatning shaxs psixologiyasidagi o'rni va Danning-Kryuger effektipedagogik mahorat 2021/10/30 Номер 5 Страницы 143-144

15. Олимов Л.Я, Махмудова З.М. Психодиагностикани автоматлаштириш ва фанни укитишда инновацион педагогик ва ахборот-коммуникацион технологиялардан фойдаланишнинг узига хослиги. Масофавий таълимни ташкил этишнинг педагогик-психологик жихатлари мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман материали. Тошкент., 2021. -Б. 489-493.

16. Олимов Л.Я. Бахрамова М.Р. Формирование личности преподователя в процессе самовоспитания. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов). 2018 год, Выпуск 17. 131-133 ст.

17. Олимов Л.Я. Социально-психологический подход к исследованию конфликтов. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов). 2019 год, Выпуск 19. 379-381 ст.

18. Олимов Л.Я. Теоретические основы педагогической технологии. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов). 2018 год, Выпуск 18. 163-165 ст.

19. Олимов Л.Я. Теоретический анализ проблемы креативности в психологии. Вестник интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 23, 2021 г. С 237-241.

20. Олимов Л.Я., Жумаев Н.З. Педагогическое общение педагога со студентами. Вестник интегративной психологии.(журнал для психологов). 2017 год, Выпуск 15. 198-203 ст.

21. Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Диагностика Управленческих Способностей. Вестник интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 2, 2020 г. С 204-209.

22. Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Психологические механизмы девиантного поведения. Психология XXI века. Ярославль., 2020. -С. 125-127.

23. Олимов Л.Я., Махмудова З.М. Стрессли вазиятларда психологик химоя механизмлари ва копинг хулк-атвор намоён булишининг ижтимоий психологик хусусиятлари: стрессли вазиятларда психологик химоя механизмлари. Psixologiya ilmiy jurnali. 2020 yil, 4 son 109-115 b.

24. Элов З.С. Замонавий жамиятда суицид (уз жонига касд килиш) муаммолари. Eurasian journal of Law, Finance and Applied Sciences. 2(2021): EJLFAS 26-28

25. Элов З.С. Исследования причин условий, факторов суицидального риска. Евразийский юридический журнал. 7 (86) 2015. 310-312

26. Элов З.С. Психологические особенносты самоубийств среди сотрудников ОВД. Психология XXI столетия. 2020 401-403

27. Элов З.С. Суицид - уз жонига касд килиш ижтимоий психологик муаммо сифатида. Conference on social and humanitarian research. International Conference on Social Humanitarian Research 17-18 th September, 2021 Poland 188-189.

28. Элов З.С. Суицидал уринишларни содир этишга сабаб булувчи асосий омиллар (Ички ишлар органлари ходимлари мисолида). Psixologiya. 2(18) 2015. 82-87

29. Элов З.С. Суицидал хулк шаклланиши ижтимоий-психологик муаммо сифатида (ички ишлар идоралари ходимлари мисолида). Psixologiya. 3(23) 2016. 62-72

30. Элов З.С. Теоретические основы суицидального поведения. Psixologiya. 4(16) 2014. 20-24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.