Научная статья на тему 'YOSHLARDA OILAVIY MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI'

YOSHLARDA OILAVIY MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / munosabat / ta’lim muassasalari / ruhiy / oila barqarorligi / shaxs / ma’naviy-hissiy / emotsional munosabatlar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dusanov Noryigit Ernazarovich

Ishda o‘quvchi yoshlarning oilaviy vazifalari va muammolari: oilaviy burch, oilada rollar taqsimoti, er-xotin munosabatlari qonuniyatlarinining ayrim masalalari tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA OILAVIY MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI»

YOSHLARDA OILAVIY MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK

JIHATLARI

Dusanov Noryigit Ernazarovich

TIPI pedagogika fakulteti dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11485927

Annotatsiya. Ishda o'quvchi yoshlarning oilaviy vazifalari va muammolari: oilaviy burch, oilada rollar taqsimoti, er-xotin munosabatlari qonuniyatlarinining ayrim masalalari tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: oila, munosabat, ta'lim muassasalari, ruhiy, oila barqarorligi, shaxs, ma'naviy-hissiy, emotsionalmunosabatlar.

Аннотация. В работе анализируются некоторые вопросы семейных задач и проблем школьников: семейный долг, распределение ролей в семье, законность брачных отношений.

Ключевые слова: семья, взаимоотношения, образовательные учреждения, духовность, семейная устойчивость, личность, духовно-эмоциональные, эмоциональные отношения.

Sog'lom oila - sog'lom bola va sog'lom jamiyat garovidir. Ibratli oilaviy munosabatlarni shakllantirish, oilalar barqarorligini ta'minlash, oila a'zolarini sihat-salomatliklarini saqlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sanaladi. Chunki, «Sog'lom bola» mana shunday oilada dunyoga keladi va jamiyatning ijtimoiy faol a'zosi sifatida tarbiyalanadi.

Har bir yigit-qiz nikohdan o'tar ekan, bekamu-ko'st oilaviy baxtga, xotirjam hayotga "to'liq haqliman", deb niyat qiladi, mehru-muhabbatlari nishonasi farzandlarini ahillikda tarbiyalab, voyaga yetkazish orzu-umidlari bilan oila quradilar. Ammo, o'rganilgan tadqiqot natijalarini ko'rsatishicha, 5-10 yillik oilaviy hayot muddatiga ega er-xotinlarning nikohdan oldingi kutilmalari bilan nikohning hozirgi holatidagi kutilmalari o'rtasida sezilarli farq borligi aniqlandi. Bu holat er-xotin nizolari, uning sabablarini o'rganishimizga turtki bo'ldi. Olingan natijalarga ko'ra, nikohdan qoniqqanlik darajasiga qarab shartli ravishda mutanosib va nomutanosib oilalarga ajratib oldik. Nomutanosib, nizoli oilalarda olib borilgan "o'zaro tushunish, hissiy yaqinlik. o'zaro hurmat" (PEA) metodikasi asosida o'tkazilgan so'rovnomalarimizda aniqlanishicha, erkak va ayollar o'rtasida hissiy yaqinlik, mehr-muhabbat mavjud emasligi, ularning bir-birlari bilan shartli ravishda muomalada bo'lishlari, dildan suhbatlashib turmasliklari, oilaviy vazifalari va muammolarni umuman birgalikda hal etmasliklari kuzatildi. Ular bilan alohida o'tkazilgan savolnomamizda esa har qanday ayol yoki erkak kishi hissiy yaqin kishisi bo'lishini, kim bilandir ko'ngildan suhbatlashish, tuyg'ularini almashishni, ruhiy dalda bera oladigan, ma'naviy suyanchiq bo'la oladigan yaqin odami bo'lishini, hattoki, mana shu ehtiyoj tufayli ular yashirin tarzda ikkinchi nikohga ham (ko'pchilik erkaklar) rozi ekanliklarini bildirishdi. Bu shaxsning ma'naviy-hissiy, emotsional munosabatlarga nisbatan ehtiyojlarini kompensatsiyalashga intilishlarini mavjudligini izohlaydi. Er-xotinlar o'rtasidagi bundayin "nuqsonlar", ya'ni hissiy begonalashuv, "mehrsiz" lik ularning bir-birlari oldidagi ma'naviy javobgarliklarini pasaytirib yuboradi. O'z oilasidan ma'naviy ozuqa ololmagan kishi ajrim yoki nikohdan tashqari munosabatlarni ko'payishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu o'z o'rnida bolalari tarbiyasiga, farzandlar kelajagi bilan jiddiy shug'ullanishlariga salbiy ta'sir etadi. Jamiyat

miqyosida ma'naviy tubanlik xatti-harakatlarini ko'payishiga olib keladi. Bu muammolar biz tomonimizdan o'rganilayotgan mavzuni dolzarbligini yanada oshiradi.

Oilaning mustahkamligi yo'lida har yili yangidan-yangi farmoyishlar va davlat dasturlari qabul qilinmoqda. Jumladan, ta'lim muassasalarida o'qitilayotgan "Oila psixologiyasi" kursida o'quvchi yoshlarimiz oilaning vazifalari, oilada rollar taqsimoti, er-xotin munosabatlari qonuniyatlarini o'rganishadi. Ammo yosh xususiyatlari va motivatsion intilishlarini nazarda tutsak, bu muammolarni oliy o'quv yurtining 3-4 bosqichida o'rgatilishi maqsadga muvofiq bo'lar edi. Sababi, maktab va litsey o'qivchilarida asosiy hatti-harakat motivlari va qiziqishlari kasb tanlash va o'qishga kirishga qaratilgan bo'lib, oila muammolari bilan bog'liq qonuniyatlar va ilmiy tushunchalarni yosh jihatidan ham jiddiy qabul qilishga tayyor bo'lishmaydi. Biroq, oliy o'quv yurtining 3-4 bosqichida deyarli ko'pchilik yoshlarimizda oila qurish motivi ustunlik qiladigan davr hisoblanadi. Oilaviy hayot qonuniyatlarini chuqur va jiddiy o'rganishga qiziqishlari baland bo'lishadi.

Yoshlarni oilaviy hayotga ma'naviy, hissiy-psixologik, ijtimoiy-huquqiy, psixofiziologik jihatdan tayyorlash, bu fanlarning ilmiy qonuniyatlari haqida atroflicha va chuqur bilim berish davr toqazosidir.

Bugungi kunda qizlarimizni ruhiy tarbiyasi eng dolzarb mavzulardan biri sanaladi. Ruhiy tarbiya o'z ichiga nimalarni oladi, qizlarimizning ruhiyati nimalar bilan boyitilishi kerak?, - degan savollarga mutaxassislarimiz turlicha yondoshadilar. O'rta ta'lim muassasalarida o'qivchilari uchun o'rgatiladigan "Oila psixologiyasi" kursida ularga nimalarni chuqurroq o'rgatish zarurligini nazarda tutgan holatda bu kurs dasturini o'quvchilarning yoshini e'tiborga olgan tarzda, ehtiyoj motivlari va qiziqishlaridan kelib chiqib qaytadan tuzib chiqish maqsadga muvofiqligini ko'rsatadi. 15-17 yoshda shaxsning oilasigi ma'naviy munosabati, oila a'zolari bilan ruhiy yaqinligi, oila mustahkamligi, ahilligi, iqtisodi uchun qo'shadigan hissasida namoyon bo'ladigan aqliy salohiyati, o'zining oiladagi o'rni va rolini oshirishga qaratilgan bilimlar, tushunchalar shakllantirilishi zarur. Ayniqsa, shaxsning ko'ngil kechinmalari, his-tuyg'ulari, hissiyotini anglashi, o'zi tomonidan tartibga solinishiga, tarbiyalanishiga erishish lozim. Shuningdek, o'g'il yoki qiz farzand sifatida oilasi oldidagi vazifasi, oilaga ma'naviy bog'liqligi, o'quv yurti, jamiyatdagi o'rni, mavqeyi, yaqinlari, oila-a'zolari oldidagi burchiga mas'uliyatli, sadoqatli bo'lishni o'rgatib borish maqsadga muvofiq.

Jumladan, oliy o'quv yurtining 3-4 bosqichida barcha ta'lim yo'nalishlarida "Oila psixologiyasi" kursini o'tilishi, oilaning psixofiziologik, jinsiy-psixologik hayot qonuniyatlari borasida chuqur ilmiy bilim berilishi yosh oilalarda uchrashi mumkin bo'lgan muammolarga yechim topa olishlarida yordam beradi.

Oiladagi erlik va xotinlik munosabatlari, mustahkam oila qurish shartlari, omillari borasida yoshlarimizni savodli qilish, tasavvurlarini kengaytirish, ularning o'rni va ahamiyati haqida nikohdan oldin to'g'ri va o'rinli tushuncha berishni toqazo etadi. Shundagina sog'lom oila -sog'lom bola va sog'lom jamiyat kelajagi kafolatlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Добрович А.Б. Беседы о половом воспитании. - M.: Знание, 1982.

2. Изард К. Эмоции человека. - М.: Изд-во МГУ, 1980.

3. Орлов Ю.М. Половое развитие и воспитание. М.1993.

4.Психология. Словарь. Под.обш.ред. А.В.Петровского, М.Г.Ярошевского.2-е изд.,испр. и доп. - М.: Политиздат, 1990. 373-б.

5.Каменская В.Г. Психологическая защита и мотивация в структуре конфликта.Санкт-Петербург, «Детство-пресс» 1999. Психология. Словарь., Политиздат, 1990. с-121.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.