Научная статья на тему 'YOSHLАR MILLIY O‘ZLIGINI АNGLАSHIDА GLОBАLLАSHUV JАRАYONLАRINING TА’SIRI'

YOSHLАR MILLIY O‘ZLIGINI АNGLАSHIDА GLОBАLLАSHUV JАRАYONLАRINING TА’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
glоbаllаshuv / milliy o‘zlik / yoshlаr / yoshlаrgа оid dаvlаt siyosаti / qаdriyatlаr / ОАV / intеrnеt mа’lumоtlаri.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mаhruya Хаkimоvа

Mаqоlаdа glоbаllаshuv jаrаyonlаrining milliy tаfаkkurgа tа’siri hаqidа so‘z bоrаdi. Bugungi kungа kеlib ахbоrоt mаydоnidаgi хilmа хillik, ulаrdаn fоydаlisini tаnlаb оlish, jаmiyat uchun hizmаt qilаdigаn хususiyatlаrini аnglаsh zаrurligi tа’kidlаnаdi. Shuningdеk, Rеspublikаmizdа yoshlаrgа оid dаvlаt siyosаti bo‘yichа mа’lumоtlаr hаm kеltirilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLАR MILLIY O‘ZLIGINI АNGLАSHIDА GLОBАLLАSHUV JАRАYONLАRINING TА’SIRI»

YOSHLAR MILLIY O'ZLIGINI ANGLASHIDA GLOBALLASHUV JARAYONLARINING TA,SIRI

Mаhruya Хаkimоvа

TIQXMMI-MTU katta o'qituvchisi Siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.11241712

Annotatsiya. Mаqоlаdа glоbаllаshuv jаrаyonlаrining milliy tаfаkkurgа tа'siri haqida so'z boradi. Bugungi kunga kelib axborot maydonidagi xilma xillik, ulardan foydalisini tanlab olish, jamiyat uchun hizmat qiladigan xususiyatlarini anglash zarurligi ta 'kidlanadi. Shuningdek, Respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosati bo'yicha ma'lumotlar ham keltirilgan.

Kalit so'zlar: globallashuv, milliy o'zlik, yoshlar, yoshlarga oid davlat siyosati, qadriyatlar, OAV, internet ma'lumotlari.

Аннотация. В cmambe paccMampmaemcn влиянж npo^ccoe глoбaлизaции Ha нaциoнaльнoe мышлeниe. Пoдчeркивaeтся мнoгooбрaзиe инфoрмaциoннoгo noля Ha сeгoдняшний dern, rno6xoduMocmb eb6opa из них пoлeзнoгo, oсoзнaния mex ceoUcme, Komopbe cлужam oбщecmву. Тaкжe прeдcmaвлeнa инфoрмaция o гocудaрcmвeннoй мoлoдeжнoй noлитиKe в нaшeй pecпубликe.

Ключевые слова: глoбaлизaция, нaциoнaльнaя идeнmичнocmь, мoлoдeжь, гocудapcmвeннaя шлитиш в omнoшeнии мoлoдeжи, цeннocmи, СМИ, ^meprnm-инфopмaция.

Abstract. The article examines the impact of globalization processes on national thinking. The diversity of t.he information field today is emphasized, the need to choose from them useful, awareness of those properties that serve society. Information on the state youth policy in our republic is also provided.

Keywords: globalization, national identity, youth, public policy towards youth, values, mass media, Internet information.

Keyingi yillarda Yer yuzida keskin geosiyosiy o'zgarishlar ro'y berdi, xalqaro miqyosda xavfsizlik va barqarorlik tizimi izdan chiqmoqda. Globallashuv jarayonining tobora shiddatli tus olishi nafaqat insoniyat imkoniyatlarini kengaytirmoqda, balki ziddiyatlarning keskinlashuvi, rivojlangan va qoloq davlatlar o'rtasidagi tafovutning o'sishiga ham olib kelmoqda. Buning oqibatida tinchlik va barqarorlikka rahna solayotgan, mohiyati va ko'lamiga ko'ra transmilliy xususiyatga ega turli xatti-harakatlar sodir etilmoqda" [1], - deb ta'kidlaydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Inson bor ekan unda albatta insoniylik tuyg'ulari bor. Bu tuyg'ular uning qalbida uni ma'lum bir millatga va mamlakatga tegishli ekanligini ifodalaydi. Shu ma'noda milliy belgilarni inson tanasida ona suti bilan kirib, jon bilan chiqadigan belgilar deyish mumkin. Bu masalada milliylik albatta ustuvorlik qiladi. Unda umuminsoniy xususiyatlar muhim rol o'ynasa-da uning ona tili, Vatani, ona xalqi asosdir. Milliy qadriyatlar inson ijtimoiy va shaxsiy hayotida katta ahamiyatga egaligini ta'kidlagan holda milliy o'zlikni anglash uning harakat jarayonini aks ettirishini anglamoq joiz.

Globallashuv jarayoni haqida gap ketar ekan "Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig'iz, shu qadar tezkorki, endi ilgaridek, ha bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo'q, deb beparvo qarab bo'lmaydi" [2].

Agar biz o'z hayot tarzimiz, urf-odatlarimiz, muqaddas dinimizga begona, milliy g'oyamizga mutlaqo zid bo'lgan mana shunday xavf-xatardan yoshlarimizni asramasak, bu holat ularning qalbi va ongiga singib ketadigan bo'lsa, millatimiz ma'naviyatini butunlay teskari tomonga burishi va oxir-oqibatda o'zligimizni, har qanday millat, xalqni xalq qiladigan an'ana va qadriyatlarimzni yo'qotishimiz mumkinligini barchamiz aniq ravshan tasavvur qilmog'imiz darkor.

Global jarayonlar ta'sirini barcha sohalarda ko'rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o'rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakatlari uchun qulayliklar vujudga kelishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarini tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg'unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi bugungi kunning asosini tashkil etmoqda. Xalqlarning bu tarzda aralashish holati bir kunda yuz bergan jarayon emas. Bu holatni biz qadimda biz yashagan hududlardan o'tgan Ipak yo'lining ta'sirida ham ko'rishimiz mumkin. Bu savdo yo'li Sharq bilan G'arbni shunchaki bog'lamay xalqlarni madaniyatini, urf-odatlarini, tilini, bilim va tafakkuridagi o'ziga xos jihatlarni ham bir-birlari bilan o'zaro kirishib ketishiga sabab bo'lgan. Bu jarayonlardan har bir xalq o'zining milliy mentaliteti, diniy e'tiqodlari va shu kabi o'ziga xos jihatlariga suyangan holda kerakli jihatlarni olgan, hamda o'z millatini ma'naviy me'rosi va urf-odatlarini boyitishga erishgan. Bizning hududlarimizda yashagan ajdodlarimiz ham bu jarayondan chetda qolmagan. Bugungi kunimizda amal qilayotgan odatlarimiz, e'tiqodimiz barchasi saralangan holatda bizga yetib keldi.

Ajdodlarimizdan bizlarga qoldirilgan shunday noyob durdona urf-odatlarimiz, asori-atiqalarimiz, dinimizdagi halollik va halovat tuyg'ulari borki, bularning barchasi bugungi kunimizda yanada sayqallanib, o'zining jilosini turli ko'rinishlarda namoyon etmoqda. Chunki har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma'naviy qarashlari o'z-o'zidan bo'sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo'ladi. "...ezgu fazilat va intilishlar xalqimizning qon-qoni va suyak-suyagiga singib ketgan. Uning tabiatiga xos bo'lgan yuksak ma'naviyat necha asrlarki bizni ne-ne balo-qazolardan, to'fon va bo'ronlardan sog'-salomat asrab kelmoqda. Har qanday bosqin va istilolarga qaramasdan, har qanday og'ir va murakkab sharoitda ham ota-bobolarimiz o'zligini yo'qotmasdan, ma'naviy hayot mezonlari, odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagani bugun ham barchamizga ibrat bo'lib, kuch-quvat bag'ishlab kelmoqda" [4].

Kuzatuvchilarning fikricha, XXI asrga kelib iqtisod, ilm-fan, umuman barcha sohalarda axborot texnologiyalari va informatsion resurslarning o'rni va ahamiyati oshib bormoqda. Ayni paytda har bir davlat salohiyati va imkoniyati global miqyosda uning hududiy joylashuvi, kattaligi va aholisining sonini ko'pligi bilan emas, balki iqtisodiy qudrati, harbiy va kommunikatsion imkoniyati bilan o'lchanyapti. Ana shu imkoniyatlar turli ko'rinishlarda mamlakatimiz yoshlari hayotiga ham kirib kelmoqda. Ko'pgina adabiyotlarda, nashrlarda, OAV ma'lumotlarida yoshlarni qiziqish va intilishlari hisobiga turli tahdidlar ta'siriga tushib qolishlari haqida gapirilmoqda. Internet tarmog'idagi saytlar, turli guruhlar, diniy oqimlar, "ommaviy madaniyat" tahdidi, giyohvandlik, bularning nomini yanada oshirish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqda faoliyat yuritayotgan shunday saytlar bo'lyaptiki, ular yoshlarni o'ziga oxangrabodek tortmoqda. Faqat bugungi kun bilan yashashga o'rgatish orqali "madaniyat" tarqatishmoqda. Yevropa uchun "bir jinsli nikoh uning shaxsiy ishi" hisoblanib qolayotgan

bugungi kunda bizning yoshlarni bunga munosabati ancha o'ylantiradigan. "Senga nima", "mening shaxsiy hayotim, o'zim hal qilaman" kabi so'zlarni biz ham tez-tez eshitadigan bo'lib qoldik. Nahotki "Bir bolaga etti mahalla ota-ona" degan naqlni unutgan bo'lsak! Shuning uchun ham Respublikamizda faoliyat yuritayotgan jamoat tashkilotlari, yoshlar bilan ishlash bo'limlar, ta'lim muassasalari oldiga juda muhim vazifalar qo'yilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni samarasi ham o'z o'rnida ko'rinmoqda.

Prezidentimiz alohida ahamiyat bergan fikrlaridan biri - "Eng каНа boylik - bu аql-zаkovаt vа ilm, eng каНа meros - bu yaxshi tаrbiya, eng kаttа qаshshoqlik - bu bilimsizlikdir!" Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Olib borilayotgan bunday ulkan ishlarni zaminida kelajakni ta'minlash uchun yoshlarni malakali mutaxassis kadr bo'lib etishishi maqsad qilib olingan. Yoshlarni asosiy qismini oliy ta'lim bilan qamrab olinishi, Davlatimiz siyosatini asosini tashkil etmoqda. Ta'kidlab o'tilganidek: "Jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit-qizlarimizning ma'naviy va ma'rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish - birinchi darajali ahamiyatga egadir.

Shu bois, "Milliy tiklаnishdаn - milliy yuksаlish sаri" degan dasturiy g'oya asosida, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish - o'ta sharafli vazifadir" [3].

Bugun yurtimiz hayotining qaysi sohasini olmang, barchasida jiddiy o'zgarish yangilanish jarayonini chuqurlashayotganini, iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy hayot, ma'naviy-ma'rifiy jabhada hamda kishilar ongu shuurida demokratik qadriyatlar xalqimizning tarixiy tajribasi, ilmiy-falsafiy merosi, ilror an'ana va urf-odatlari bilan uyg'un tarzda qaror topib borayotganiga guvoh bo'lamiz.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarga munosabat quyidagi tamoyillar asosida olib borilmoqda:

- yoshlar haqida, ularning millati, irqi, tili, qaysi dinga mansubligi va siyosiy e'tiqodlaridan qat'iy nazar ramxo'rlik qilish;

- yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoyalash;

- avlodlarning milliy, madaniy va ma'naviy aloqalarini ta'minlash;

- yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o'z huquq va manfaatlarini himoya qilishni kafolatlash;

- jamiyat rivojlanishiga oid siyosat va dasturlarni shakllantirishda yoshlarni bevosita ishtirokini ta'minlash;

- huquq va majburiyatlar, erkinlik va mas'uliyat birligi.

Xulosa o'rnida, bugungi globallashuv jarayonida O'zbekiston yoshlari o'z fikri, o'z dunyoqarashi, o'z bilim salohiyati, eng asosiysi, xalqaro miqyosda o'z o'rnini topmoqda. Kelajakda Respublikamiz yetuk mutaxassis kadrlar bilan yetarli darajada ta'minlanadi. Buning uchun esa olib borilayotgan ishlar salmoqli ekanligi ko'rinib turibdi. "Vaqtni - imkoniyatga, imkoniyatni - yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantira olgan xalq - buyuk xalqdir" [2]. Shu buyuk xalqning yoshlari - Yangi O'zbekiston yoshlaridir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. J.1. - Toshkent.: O'zbekiston, 2017. 33-b.

2. Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 25.01.2020 y.

4. I.Karimov. Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch. Toshkent "Ma'naviyat" 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.