Научная статья на тему 'MILLIY QАDRIYATLАR – MILLIY O‘ZLIGIMIZ'

MILLIY QАDRIYATLАR – MILLIY O‘ZLIGIMIZ Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy qаdriyatlаr / urf оdаt / аn’аnа / yoshlаr / milliy o‘zlik / аjdоdlаr mеrоsi / hаlоllik / mа’nаviyat / оdоb ахlоq / yoshlаrgа оid dаvlаt siyosаti / dеmоkrаtiyalаshuv / Vаtаngа muhаbbаt.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jаlоlоvа Zulаyhо Kоmiljоn Qizi

Mаqоlаdа milliy qаdriyatlаr hаqidа so‘z bоrаdi. Milliy qadriyatlarimiz urf-оdаt, аn’аnаlаrimiz bugungi kunga kelib yanada sayqallanib, o‘ziga hosligi bilan qadrini oshirib bormoqda. Bu jarayon esa yosh аvlоdni Vаtаngа bo‘lgаn muhаbbаtini mustаhkаmlаydi. Millаtimizning аsrlаrgа tаtigulik ezgu qаdriyatlаri bоr. Ulаrni sоf hоldа kеlаjаk аvlоdgа yеtkаzishdа hаr bir insоn mаs’ul ekаnligi tа’kidlаnаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY QАDRIYATLАR – MILLIY O‘ZLIGIMIZ»

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQAROILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

MILLIY QADRIYATLAR - MILLIY O'ZLIGIMIZ

Jalolova Zulayho Komiljon qizi

O'zDJTU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11217721

Annotatsiya. Maqolada milliy qadriyatlar haqida so'z boradi. Milliy qadriyatlarimiz urf-odat, an'analarimiz bugungi kunga kelib yanada sayqallanib, o'ziga hosligi bilan qadrini oshirib bormoqda. Bu jarayon esa yosh avlodni Vatanga bo'lgan muhabbatini mustahkamlaydi. Millatimizning asrlarga tatigulik ezgu qadriyatlari bor. Ularni sof holda kelajak avlodga yetkazishda har bir inson mas'ulekanligi ta'kidlanadi.

Kalit so'zlar: milliy qadriyatlar, urf odat, an'ana, yoshlar, milliy o 'zlik, ajdodlar merosi, halollik, ma'naviyat, odob axloq, yoshlarga oid davlat siyosati, demokratiyalashuv, Vatanga muhabbat.

Аннотация. В cmambe рaссмaтривaются нaциoнaльныe цеnnocmu. Haши нaциoнaльныe ^nnocmu^mo трaдиции, трaдиции, Komopbie к сeгoдняшнeму дню сmaнoвяmся ece бoлee ommoчeнными и энными блaгoдapя свoeй уникaльнoсmи. И эmom npo^cc укpeпляem мoлoдoe пoкoлeниe в любви к Рoдинe. Haшa нaция имeem зaвemныe цeннoсmи, дoсmoйныe ee^e. Пoдчepкивaemся, 4mo шждый чeлoвeк rncem omвemсmвeннoсmь 3a mo, 4mo6bi nepeдamь их будущeму пoкoлeнию в чисmoм e^e.

Ключевые слова: нaциoнaльныe цeннoсmи, oбычaи, mpaдиции, мoлoдeжь, нaциoнaльнoe сaмoсoзнaниe, нaслeдиe пpeдкoв, чeсmнoсmь, дуxoвнoсmь, нpaвсmвeннoсmь, гoсудapсmвeннaя шлитиш в omнoшeнии мoлoдeжи, дeмoкpamизaция, любoвь к Рoдинe.

Abstract. The article discusses national values. Our national values are traditions, traditions that are becoming more refined and valuable today due to their uniqueness. And this process strengthens the younger generation in the love of the Motherland. Our nation has cherished values worthy of centuries. It is emphasized that each person is responsible for passing them on to the future generation in their pure form.

Keywords: national values, customs, traditions, youth, national identity, ancestral heritage, honesty, spirituality, morality, state policy towards youth, democratization, love of the Motherland.

Insoniylik - ma'naviy poklanish va barkamollikka intilishdan iborat. Barkamol shaxs tarbiyasi esa milliy va ma'naviy qadriyatlar uyg'unligida aks etadi. Ajdodlarimizdan bizlarga yetib kelayotgan bu noyob durdona urf-odatlarimiz, asori-atiqalarimiz, dinimizdagi halollik va halovat tuyg'ulari barchasi bugungi kunimizda yanada sayqallanib, o'zining jilosini turli ko'rinishlarda namoyon etmoqda. Prezident ta'kidlaganidek: "Biz jahonga faqat xom ashyo emas, avvalo ilm-ma'rifat, ma'naviy boylik yetkazib bergan ne-ne ulur zotlarning avlodimiz. Hech shubhasiz, ularga xos bo'lgan buyuk fazilatlar, ular yaratgan shonli an'analar bugun ham bizning qalbimizda, ongimizda, hayotimizda yashamoqda" [1]. Chunki har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma'naviy qarashlari o'z-o'zidan bo'sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo'ladi. "...ezgu fazilat va intilishlar xalqimizning qon-qoni va suyak-suyagiga singib ketgan. Uning tabiatiga xos bo'lgan yuksak ma'naviyat necha asrlarki bizni ne-ne balo-qazolardan, to'fon va bo'ronlardan sog'-salomat asrab kelmoqda. Har qanday bosqin va istilolarga qaramasdan, har qanday og'ir va murakkab sharoitda ham ota-bobolarimiz o'zligini yo'qotmasdan, ma'naviy hayot mezonlari,

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagani bugun ham barchamizga ibrat bo'lib, kuch-quvat bag'ishlab kelmoqda" [2].

Respublikamizda olib borilayotgan demokratik jarayonlarning mazmun mohiyati kelajagimiz bo'lgan yoshlarni har tomonlama yetuk bo'lib o'sishlariga qaratilgan. "...demokratiya tamoyillari milliy qadriyatlarimizdan voz kechish hisobiga emas, aksincha, ularning yanada takomillashuvi va gullab-yashnashiga xizmat qilmog'i darkor" [3]. Yoshlarni ijtimoiy qatlam sifatida manfaatlari davlatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. O'zbekiston Resnublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonunida ko'satib o'tilganidek, "Yoshlarga oid davlat siyosati - davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo'nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi [4] ni tashkil etadi.

Yoshlarni jamiyat hayotiga integratsiya qilishning izchil tizimlari shakllantirildi. Yoshlar tashkilotlari son va tarkib jihatidan keskin o'zgardi. Yoshlar tashkilotlari faoliyati keng aholi qatlamlarini qamrab olish, yoshlar va bolalar bilan ishlash metodikasini yangilanishi, demokratiyalashuvi zamonaviy interfaol uslublar bilan boyitilishi nuqtai nazaridan yangi mazmunda qayta qurildi. Bu olib borilayotgan ishlarni mazmunida yoshlarni Vatanga bo'lgan muhabbatini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, tarix va kelajak oldida o'zlarini burchlarini anglashga o'rgatish yotadi.

Kuzatuvchilarning fikricha, XXI asrga kelib iqtisod, ilm-fan, umuman barcha sohalarda axborot texnologiyalari va informatsion resurslarning o'rni va ahamiyati oshib bormoqda. Ayni paytda har bir davlat salohiyati va imkoniyati global miqyosda uning hududiy joylashuvi, kattaligi va aholisining sonini ko'pligi bilan emas, balki iqtisodiy qudrati, harbiy va kommunikatsion imkoniyati bilan o'lchanyanti. Ana shu imkoniyatlar turli ko'rinishlarda mamlakatimiz yoshlari hayotiga ham kirib kelmoqda. Ko'pgina adabiyotlarda, nashrlarda, OAV ma'lumotlarida yoshlarni qiziqish va intilishlari hisobiga turli tahdidlar ta'siriga tushib qolishlari haqida gapirilmoqda. Internet tarmog'idagi saytlar, turli guruhlar, diniy oqimlar, "ommaviy madaniyat" tahdidi, giyohvandlik, bularning nomini yanada oshirish mumkin. Bu ta'sirlarga kirib qolmasliklari uchun olib borilayotgan ishlar o'z samarasini bermoqda. Aytishga oson, lekin shu jarayonga kirib qolganlarini-chi, nima qilish kerak? Olib chiqib keta olamizmi? Qaysi yo'l bilan?

Shu o'rinda qadriyatlarga, uning kuchiga tayanmoq kerak. Oilada, mahallada, boshqa ta'lim-tarbiya maskanlarida faoliyat yuritayotgan el hurmatini qozongan insonlar bu holatlarni bartaraf etishga yordam bera oladi.

Bir voqeani keltirib o'tmoqchiman: "Bobomlarni ko'rgani qishloqqa bordim. Yoshlari saksondan oshgan, lekin hali tetik. Qo'llariga ketmon ushlagancha hovlida qandaydir ko'chat ekish bilan mashg'ul. Meni ko'rganlarida ko'zlarida quvonchni ko'rib dilim yayradi. Bobojonim-ey, nima qilasiz o'zingizni qiynab? O'zimga aytsangiz qilib beramanku shu ishni, desam, Sizlarga deb ko'chat o'tqazyapman, dedilar, kayfiyatlari baland. Shu daraxtni mevalari pishsa, mazza qilib yeysizlar, meni eslab yurasizlar, meniki tabarruk, dedilar. Bog'imizda deyarli hamma meva daraxtlari bor, lekin bobomlar har bahorda yangi ko'chat olib kelib ekadilar. Bu orqali men azaliy urf-odatlarimiz qanchalik ulug'ligini tushunganday bo'ldim. Bu ko'chatlar orqali bobom menga milliy o'zligimizni, urfimizni, mehrini, umrini berayotganligi angladim". Axir shuning o'zi Vatanga xurmat, milliy o'zligimizni anglash emasmi? Bizning buvalarimiz, buvilarimiz o'z farzandlari, nabiralari kamolida o'zining hayot aksini ko'radilar. Bu bizning millatimizni faqat

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

o'zi uchun emas, farzandi uchun yashashligi qadriyat ekanligi ko'rsatadi. Bu qadriyatlar inson qalbida bo'ladi. Mutafakkirlarning fikricha, odamlarda turli xil qalb bor: "o'lik qalb - hech narsaga intilmaydigan qalb; hasta qalb - yangilikka havasi bor, lekin yordamga muhtoj qalb; g'ofil qalb -hikmat (onglilik) nuridan bebahra qalb; uyg'oq qalb - nuri bor, biroq tarbiyaga muhtoj qalb; tirik qalb - o'z baxtini topgan va o'zgaga baxt beruvchi qalb"[5]. Biz bugun tarbiyada qalblardagi tuyg'ularni yomonliklardan asrash, ularni ezgulik nuri bilan yoritish va bu borada o'zligimizni namoyon etmog'imiz darkor.

Milliy va ma'naviy qadriyatlar tufayli odam o'z-o'zini anglab va qadrlab, chinakam insoniy fazilatlar mujassami sifatida o'z "Meni"ga ega bo'lsa, jamiyatda o'z o'rnini topadi va kelajak uchun o'zidan albatta yaxshi nom qoldiradi.

O'z-o'zini anglab insonga aylangan odam albatta qaysi millat va madaniyatga mansub ekanligini boshqalardan ko'ra yaxshiroq xis qiladi. "Milliy madaniyat va milliy o'zlikni anglash -yagona millat va elat ma'naviy dunyosining qo'sh qanotidir"[2]. Bu qadriyatlar albatta yoshlarimizni Vatannarvarlik tuyg'ularini mustahkamlaydi, ularni hayot mazmunlariga aylanib boradi deb umid qilamiz. Olib borilayotgan barcha chora-tadbirlar yoshlarimiz kelajagiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.

2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Т., Ma'naviyat, 2008. 7-bet.

3. Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari: iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy jihatlari. Т., Ma'naviyat, 2006. 93-bet.

4. Yoshlarga oid davlat siyosati. O'zbekiston Respublikasi Qonuni. (Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma'qullangan)

5. Do'stjonov Т. Va boshq. O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb muammolari., Iqtisod-Moliya. 2006. 399-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.