Научная статья на тему 'YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH: ISLOHOT VA IMKONIYATLAR'

YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH: ISLOHOT VA IMKONIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mustaqillik / yoshlar / globallashuv / transformatsiyalashuv / ijtimoiylashuv / islohot / konstitutsiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abduraimova Muqaddas Ergashovna, Mamirova Munisa Umar Qizi

Mustaqillik yillarida Oʻzbеkistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatida chuqur transformatsiyalashuvni kuzatish mumkin. Jamiyatda global jarayonlarining kеchishi natijasida unga nisbatan qat’iy tartibda yoshlardagi ijtimoiylashuv ham kеskin oʻzgarib bormoqda. Ushbu maqolada O’zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va islohotlar shu bilan birgalikda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalalari xayotiy misollar asosida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH: ISLOHOT VA IMKONIYATLAR»

YOSHLAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISH: ISLOHOT VA IMKONIYATLAR 1Abduraimova Muqaddas Ergashovna, 2Mamirova Munisa Umar qizi

1Tosh DAU dotsenti 2ToshDAU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10870066

Annotatsiya. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatida chuqur transformatsiyalashuvni kuzatish mumkin. Jamiyatda global jarayonlarining kechishi natijasida unga nisbatan qat'iy tartibda yoshlardagi ijtimoiylashuv ham keskin o'zgarib bormoqda. Ushbu maqolada O'zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va islohotlar shu bilan birgalikda yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish masalalari xayotiy misollar asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: mustaqillik, yoshlar, globallashuv, transformatsiyalashuv, ijtimoiylashuv, islohot, konstitutsiya.

KIRISH

Dunyoviy taraqqiyotdan ma'lumki, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida e'tirof etib kеlingan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yo'naltirib va qo'llab-quvvatlab turishni talab etadi. Bu haqda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda: "Buyuk yunon olimi, Sharqda "Birinchi muallim" deb ulug'lanadigan Aristotelning "Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi", degan so'zlari, qarang, miloddan 350 yil avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta'lim va tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Binobarin, mustaqillik va javobgarlik mas'uliyatini chuqur anglagan uni vijdonan his etadigan yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi". Yoshlarga bo'lgan e'tibor davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar markazida ekanligi alohida e'tirofga molikdir.

Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O'zbekistonda esa bu ko'rsatkich 60 foizdan oshadi. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan.

Mustaqillik davrida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatida chuqur transformatsiyalashuvni kuzatish mumkin. Jamiyatda global jarayonlarining kechishi natijasida unga nisbatan qat'iy tartibda yoshlardagi ijtimoiylashuv ham keskin o'zgarib bormoqda.

Bu haqda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda" deya ta'kidlaydi. Zero, bugungi tezkor rivojlanayotgan globallashuv sharoiti yoshlar siyosati masalasida alohida e'tibor qaratish vazifasini kun tartibiga qo'ymoqda. Hozirgi globallashuv davri va zamon talabi intellektual salohiyatli, kreativ fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash borasida

tеran fikrlashni taqozo etmoqda. Shu sababdan yoshlarning ijtimoiy faolligini muvoflqlashtirish, ularning ma'naviy-ma'rifiy, mafkuraviy - g'oyaviy immunitetini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlarimiz uchun bugungi kunda barcha shart-sharoitlarni yaratishga Davlat darajasida ahamiyat qaratilgan va buning natijasida kelajagimiz egalari dunyoda eng kuchli ekanliklarini ko'rsatishlariga ishonamiz!

Hurmatli yoshlar, Konstitutsiyada yoshlar masalalari bo'yicha alohida bob kiritilganini alohida ta'kidlashimiz lozim.

Davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi. Amaldagi Konstitutsiyada har kim ta'lim olish huquqiga egaligi belgilangan bo'lsa-da, ushbu huquqni amalga oshirishning asosiy mexanizmlaridan biri bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish borasida davlatning majburiyatlari belgilanmagan edi. Shu bois davlat zimmasiga fuqarolarning ta'lim olish huquqini ro'yobga chiqarish uchun zarur bo'lgan ta'lim tizimi, uzluksiz ta'limning turlari va shakllarini rivojlantirish vazifasi yuklanmoqda.

Buni oddiy so'zlar bilan quyidagicha izohlash mumkin. Endi davlat ta'lim sohasini rivojlantirishda urg'uni faqatgina umumta'limga emas, balki ta'limning barcha turlariga bab-baravar e'tibor qaratib, fuqaro to tug'ilgandan boshlab butun hayoti davomida sifatli ta'lim olishi uchun sharoitlar yaratadi. Buning uchun nafaqat davlat ta'lim muassasalari, balki ta'limning nodavlat shaklini ham rivojlantirishga mas'ul bo'ladi. Bu orqali fuqaroda eng sifatli ta'limni olish uchun raqobatli tanlov imkoniyati paydo bo'ladi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ta'lim olish huquqini ta'minlash, uzluksiz ta'lim tizimining shakllaridan biri sifatida davlat ta'lim tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat ta'lim tashkilotlarini rivojlantirilishini davlat o'z zimmasiga olmoqda.

Keling bu haqida aniq tasavvurga ega bo'lishimiz uchun Sizlar bilan ushbu soha oldin qay ahvolda edi, hozir qanday va kelajakda qanday bo'ladi, degan savollarga javob izlab ko'ramiz.

Misol uchun, ilgari oliy ta'lim olish istagida bo'lgan abiturientlarda tanlov birmuncha cheklangan edi. Sababi ular xohlagan yo'nalish faqatgina bitta oliy ta'lim muassasasida bo'lardi yoki u ham bo'lmasdi.

Birgina oliy ta'lim misolida olib qarasak, oxirgi 2022-2023-o'quv yili uchun oliy ta'lim olish istagida bo'lgan abiturientlar soni 1 mln 200 mingdan ortiqni tashkil etdi, oliygohlarga qabul so'nggi olti yilda 5 baravarga ortib, talabalar soni 1 millionga yetdi. Qamrov esa, 9 foizdan 38 foizga oshdi. Misol uchun, 2016 yilda 77 ta oliy ta'lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo'lsa, 2023-yilga kelib ularning soni 200 dan oshdi, shundan 40 tasi nodavlat oliy ta'lim tashkilotidir.

Bugungi zamon yoshlari ilg'or fikrlaydigan, qat'iyatli, o'z maqsadi sari harakat qiladigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, muammoni ijobiy yechadigan shaxslar bo'lishi kerak. Ta'lim sohasida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar esa aynan shunday yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Shuningdek, Konstitutsiyamizning 79-moddasida Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishi belgilab qo'yilgan.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ilk bor davlat yoshlarning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini ro'yobga chiqarish uchun sharoit yaratish konstitutsiyaviy darajada mustahkamlamoqda.

Keling mazkur huquqlardan biri bo'lgan yoshlarning ishga joylashish va bandlik huquqlari haqida fikrlashib olsak. Bugungi kunda O'zbekistonda yoshlarning bandlik darajasi 30,9 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda bu ko'rsatkich Rossiya Federatsiyasida 27 foiz, Yevropa Ittifoqi hududida esa 32 foizga to'g'ri keladi. Ishlab chiqilgan bandlik milliy strategiyasi doirasida 2030-yilga borib yoshlarni kasb-hunarga o'qitishni har yili 200 ming kishiga yetkazish rejalashtirilgan.

Ma'lumki, yoshlar o'zining yoshi tufayli kamsitish va huquqlardan foydalanishda to'siqlarga duch kelishi mumkin, bu esa ularning imkoniyatlarini cheklaydi. Xususan, ta'lim muassasasini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy xizmatni o'tagan yoshlarning ishga joylashishida sun'iy to'siqlarga uchrash holatlari mavjud.

Misol uchun, oilasiga moddiy yordam berishni xohlagan yoki endigina oliy ta'lim muassasasini bitirib kelgan yoshlarni ish beruvchilar unchalik ham "xush ko'rishmaydi'Waholanki, amaldagi mehnat qonunchiligi bo'yicha o'n besh yoshga to'lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan yoki talabalar ham o'qishdan tashqari vaqtda bemalol mehnat shartnomasi asosida ishlashlari mumkin. Endilikda ish beruvchilar yoshlar bilan hisoblashmasdan iloji yo'q. Chunki yoshlarning ushbu huquqlari konstitutsiyaviy darajada belgilab qo'yildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.