Научная статья на тему 'YOSHLAR HAYOTIDA VIRTUALLASHUV SABABLARI VA OMILLARI TADQIQ ETISH, MILLIY RUHDAGI MEDIA-KONTENTLARNI RIVOJLANTIRISH'

YOSHLAR HAYOTIDA VIRTUALLASHUV SABABLARI VA OMILLARI TADQIQ ETISH, MILLIY RUHDAGI MEDIA-KONTENTLARNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
176
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
virtuallashuv / yoshlar / axborot / media-kontent / internet telekanal / mobil ilova. / virtualization / youth / information / media content / Internet TV channel / mobile application.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — J. Oʻsarov

Ushbu maqolada yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari tadqiq etilgan boʻlib, bugungi raqamli texnologiyalar keng rivojlanayotgan davrda mamlakatimiz yoshlarining axborotlarga boʻlgan ehtiyojlarini milliy ruhdagi, maʼnaviyatimiz va mafkuramizga mos zamonaviy media-kontentlar bilan qondirish, internet telekanal yaratish orqali oʻzbek internet kengliklarida milliy kontentlarni koʻpaytirish masalasi koʻrib chiqilgan. Maqolada mavjud muammolarga yechim va amaliy takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDYING THE CAUSES AND FACTORS OF VIRTUALIZATION IN YOUTH LIFE, DEVELOPING MEDIA CONTENT IN THE NATIONAL SPIRIT

This article explores the causes and factors of virtualization in the lives of young people, and in today's era of widespread development of digital technologies, the issue of meeting the information needs of the youth of our country with modern media content is being addressed. in the national spirit, compatible with our spirituality and ideology, and increasing the national content in the Uzbek Internet by creating an Internet TV channel. The article provides solutions to existing problems and practical suggestions.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR HAYOTIDA VIRTUALLASHUV SABABLARI VA OMILLARI TADQIQ ETISH, MILLIY RUHDAGI MEDIA-KONTENTLARNI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YOSHLAR HAYOTIDA VIRTUALLASHUV SABABLARI VA OMILLARI TADQIQ ETISH, MILLIY RUHDAGI MEDIA-KONTENTLARNI RIVOJLANTIRISH

O'sarov Javohir Bahodir o'g'li

Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti MMT-85 guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7297889

Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari tadqiq etilgan bo 'lib, bugungi raqamli texnologiyalar keng rivojlanayotgan davrda mamlakatimiz yoshlarining axborotlarga bo'lgan ehtiyojlarini milliy ruhdagi, ma'naviyatimiz va mafkuramizga mos zamonaviy media-kontentlar bilan qondirish, internet telekanal yaratish orqali o'zbek internet kengliklarida milliy kontentlarni ko'paytirish masalasi ko 'rib chiqilgan. Maqolada mavjud muammolarga yechim va amaliy takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: virtuallashuv, yoshlar, axborot, media-kontent, internet telekanal, mobil

ilova.

ИЗУЧЕНИЕ ПРИЧИН И ФАКТОРОВ ВИРТУАЛИЗАЦИИ В ЖИЗНИ МОЛОДЕЖИ, РАЗРАБОТКА МЕДИА-КОНТЕНТА В НАЦИОНАЛЬНОМ ДУХЕ

Аннотация. В данной статье исследованы причины и факторы виртуализации в ^жизни молодежи, а в сегодняшнюю эпоху широкого развития цифровых технологий решается вопрос удовлетворения информационных потребностей молодежи нашей страны современным медиаконтентом. в национальном духе, совместимом с нашей духовностью и идеологией, и увеличение национального содержания в узбекском Интернете путем создания интернет-телеканала. В статье приведены решения существующих проблем и практические предложения.

Ключевые слова: виртуализация, молодежь, информация, медиаконтент, интернет-телеканал, мобильное приложение.

STUDYING THE CAUSES AND FACTORS OF VIRTUALIZATION IN YOUTH LIFE, DEVELOPING MEDIA CONTENT IN THE NATIONAL SPIRIT

Abstract. This article explores the causes and factors of virtualization in the lives of young people, and in today's era of widespread development of digital technologies, the issue of meeting the information needs of the youth of our country with modern media content is being addressed. in the national spirit, compatible with our spirituality and ideology, and increasing the national content in the Uzbek Internet by creating an Internet TV channel. The article provides solutions to existing problems and practical suggestions.

Keywords: virtualization, youth, information, media content, Internet TV channel, mobile application.

KIRISH

Internet va raqamli texnologiyalarning keng qamrovli taraqqiyoti bugungi kun ilm-fanida, insonlarning yashashi, turmush tarzida, shaxslar orasidagi muloqotida tub o'zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Tom ma'noda, axborot texnologiyalarining rivojlanishi - XXI asr to'rtinchi sanoat inqilobining asosini tashkil etmoqda va bu bosqich virtualizm tendensiyalari bilan oldingilaridan butkul farq qilmoqda. Professor Klaus Shvab o'zining "To'rtinchi sanoat inqilobi" kitobida bu davrni "jismoniy, raqamli va biologik olamlarni bog'laydigan, barcha fanlar, iqtisodiyot hamda boshqa tarmoqlarga ta'sir etuvchi yangi texnologiyalar asri." deb ta'riflaydi . O'z navbatida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

virtual texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri - milliardlab odamlarni bitta tarmoqqa ulash hamda ularning raqamli muloqotini tashkil etishi bilan alohida tasniflanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Shu o'rinda virtual olam va undagi muloqot, virtuallashuv tushunchalariga to'xtalib o'tsak. Virtual olam — bu zamonaviy kompyuter texnologiyasiga asoslangan dasturlash tillari orqali yaratilgan sun'iy dunyo. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, zamonaviy jamiyatning virtuallashuvi o'z-o'zidan axborot maydonida hamda siyosiy muloqotda ham o'z aksini topadi.

Bugungi kunda, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik hech bir davlatda rasman ruhiy kasallik sifatida tan olinmagan. Buni internetga qaramlikning bir qismi deb hisoblash mumkin, ammo u hali dunyoning aksariyat mamlakatlarida kasallik hisoblanmaydi. Bugungi yoshlar jadal rivojlanayotgan onlayn dunyoga moslashish uchun kurashayotgan bir paytda, olimlar bunday qaramlikni aniqlash uchun diagnostika modellarini ishlab chiqmoqdalar. Tadqiqotchilarning ma'lum qilishicha, internetga qaramlikning mavjudligini ko'rsatadigan alomatlar ro'yxati quyidagicha ko'rinadi:

- internetda sodir bo 'layotgan voqealar haqida doimiy tashvishda bo'lish;

- boshqa faoliyat va real ijtimoiy munosabatlarni internetdan muntazam foydalanish bilan almashtirish, virtual muloqotni afzal ko'rish;

- internetsiz vaqtida o'zini yolg'iz his etish, real jamiyatga qo'shilib keta olmaslik;

- psixologik qaramlik va irodasizlik sindromi;

- internetda vaqt o'tkazishni yomon kayfiyat va stress bilan kurashishning samarali usuli sifatida qabul qilish shular jumlasidandir.

TADQIQOT NATIJALARI

Yuqorida qayd etib o'tgan holatlar ayni vaqtda o'zbek yoshlari orasida ham kechayotgan jarayondir. Mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu bevosita raqamli texnologiyalarning rivojida yaqqol sezilayotganini ko'rishimiz mumkin. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 5-oktyabr kuni "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonni imzoladi [4]. Farmonga ko'ra, 2020-2022-yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari belgilab olindi. Xususan, oliy ta'lim tizimini ham yangi bosqichga olib chiqish, ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishni tezlashtirib yubordi. Ma'lumot o'rnida aytish joizki, o'tgan 5 yilda 22 ta xorijiy hamda 21 ta nodavlat oliy ta'lim muassasalari tashkil etilib, oliygohlar soni 65 tadan 156 taga yetdi, oliygohlarga qabul 3 baravarga ortdi. Yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 28 foizga oshirildi. Yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrov darajasi 28 foizga yetkazilib, 170 ming nafardan ortiq yoshlarimiz oliy ta'limga qabul qilindi, bugungi kunda respublikadagi oliygohlarda 700 mingdan ortiq talabalar tahsil olishmoqda [5]. Shuningdek, so'nggi statistik ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston aholisi 34 558 891 nafarni tashkil etadi. Shundan 30 yoshgacha bo'lgan qatlam 21 803 954 nafarni yoki 61% ini tashkil etadi [6].

2-rasm.

O'zbekiston aholisining yosh tarkibi bo'yicha taqsimlanishi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- 30 gacha bo'lganlar

- 30 yoshdan kattalar

Ushbu doiraning qariyb 4%i ayni vaqtda oliy ta'lim tizimida tahsil olayotgan yoshlardir. Albatta, bu toifadagi yoshlarning deyarli barchasi internet texnologiyalaridan foydalanishadi. O'zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni — 25 millionga yaqin [7].

3-rasm.

O'zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni

Jami internetdan foydalanuvchilar soni (mln)

¿J

V v T? V V 1?

Ushbu internet foydalanuvchilarining, axborotlar iste'molchilarining katta qismi yoshlar hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarimiz qanday ma'lumotlarni qabul qilishmoqda, ularning axborotlarga bo'lgan ehtiyojini qanday resurslar qondirmoqda, nega "virtual qullik" iskanjasiga tushib qolishmoqda kabi muhim va dolzarb savollar o'rtaga tashlanmoqda. Tadqiqotchi Hilmiy Xidir Soriy "Internet orqali bog'lanishning ijtimoiy munosabatlarga ta'siri" mavzusida 471 kishi o'rtasida o'tkazgan so'rovlar natijalariga ko'ra, internetga mutelik oqibatida ijtimoiy va ruhiy yolg'izlik muammosi ko'payayotgani aniqlangan. Sarosima, tushkunlik, xavotir, farzandlarning internet bilan mashg'ulligi sababli yosh oilalardagi kelishmovchiliklar, yoshlarning oila a'zolari bilan aloqalari beqarorlashuvi ushbu muammoning asosiy alomatlari sifatida ko'rsatilmoqda. Internet va virtual olamning ijobiy tomonlarini rivojlantirish masalasi qanday hamda ushbu global muammoning yechimi nimada? Xususan, mamlakatimizda yoshlarning virtual olamda, ijtimoiy tarmoqlarda, internet kengliklaridagi axborotlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun nima qili zarur? Bu borada fact checking (axborot tahlili), tanqidiy fikrlash, ma'lumotlarni qidirish sintezi va axborot savodxonligi dolzarb masalaga aylanadi.

Bugungi yoshlarimiz-tengqurlarimiz orasida virtual muhit afzalliklarini oshirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va ushbu resurslarda o'tkazgan vaqtlarini bilimga aylantirishni, shaxsiy rivojlanish platformasi sifatida talqin ettirish, ushbu yaratiqlar inson kamoloti uchun kerak ekanligi orqaligina yuqorida qayt etib o'tgan muammoga oqilona yechim berishimiz mumkin. Ya'ni, yechim - yoshlarimizga ijtimoiy tarmoqlar va virtual muhitlar bilim olish manbai ekanligini tushuntirish, shaxsiy rivojlanishda, tashqi dunyo bilan bilvosita muloqot qilishda va bu orqali dunyoqarashni kengaytirishda keng imkoniyatlar berishini anglatishimiz hamda eng asosiysi, o'zbek milliy internet kengliklarida ma'naviyatimizga xos, bilim ulashadigan, o'zbekona qadriyatlarimizni mujassam etadigan, kreativ, ruhlantiruvchi, zamonaviy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

media-resurslardan foydalanilgan media-kontentlarni ko'paytirishimizdir. Biz aynan shu usul orqaliga bugungi yoshlarimizning virtual muhitdagi "hayot"larini ijobiy tomonga o'zgartirishimiz mumkin bo'ladi.

Internet telekanal va milliy media-mahsulotlar

Yuqorida qayd etib o'tganimizdek, internet kengliklarimizda milliy media-mahsulotlarni ko'paytirishimiz zarur va shart. Bunda internet telekanal loyihalari katta yordam beradi. Internet telekanal - bu bugungi kunda internet kengliklarida foydalanuvchilarning axborotlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun virtual dunyo yordamida ularga zamonaviy media-resurslarni taqdim etishning zamonaviy usuli. Respublikamizdagi yoshlarga ham turli yo'nalishlarda internet telekanallarini tashkil etish, hatto, ijtimoiy tarmoqlarda ham keng auditoriyalarda mahsulotlarni taqdim etib borish talab etiladi. Xususan, bu ta'limga oid - onlayn darslar, vaqtni mazmunli o'tkazishga mo'ljallangan, sport va salomatlik, shaxsiy rivojlanish, ruhlantiruvchi, texnologiyalar haqida, fikr almashinuv, yangiliklar, tahliliy chiqishlar, tanlov va konkurslar, ijtimoiy roliklar shular jumlasidandir. Bu kabi media-kontentlar doimiy ravishda internet kengliklarida chop etilishi zaruratini talab etadi. Agar o'zbek internet kengliklarida yosh virtual olam vakillarining ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlar mavjud bo'lsa va mafkuramizga yod bo'lgan, ma'naviy qiyofamizga mutlaqo teskari axborotlardan chetlanadi.

Birinchidan, internet foydalanuvchisi axborotga bo'lgan ma'lum ehtiyojini qondiradi va ortiqcha ma'lumotlarga e'tibori kamayadi. Agar bizda shu media - kontentlar bo'lmasa, begona axborot mahsulotlarini qabul qilishga majbur bo'ladi. Bu esa ertangi xavotirni uyg'otadi. Internet tarmog'ida tarqatilayotgan axborotlar yoshlarning ijtimoiy jihatdan faolligini susaytirish bilan bir qatorda ularning ma'naviy tarbiyasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.

4-rasm.

Media-mahsulotlarni chop etish jarayoni bosqichlari

Zero, yoshlarning ma'lum bir qismi internetdan milliy odob-axloq me'yorlariga zid bo'lgan, oila qadriyatlariga putur yetkazadigan axborotlarga butkul ishonib, jamiyat qoidalariga zid bo'lgan xatti-harakatlar sodir etish va xudbin hayot tarziga moyil bo'lib boradi. Shuning uchun biz milliy media-resurslar bilan yoshlarimizni to'yintirishimiz kerak.

MUHOKAMA

Yana bir yechim sifatida esa, tengqurlarimiz ruju qo'yayotgan ijtimoiy tarmoqlarning o'rnini bosadigan muqobil variantlar yaratishdir. Muqobil variantlari qanday yaratiladi? Buni quyidagi misol bilan ko'rsatishimiz mumkin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tadqiqotchisi Nurmuhammad Nursaidov tomonidan O'zbekiston va xorijdagi o'zbek oilalarining farzandlari uchun "Kids video" nomli mobil ilova yaratilgan [9]. Ilovaga saralangan va bola ruhiyatini ko'taruvchi multfilmla, kinofilmlar, barcha sohalarda ta'lim beradigan video -materiallar, boshqotirmalar, o'yinlar, qo'shiqlar, ertaklar, hikoyalar hamda barcha yo'nalishlarni qamrab olgan har xil turdagi ma'lumotlar joylashtirilgan va joylashtirilib borilmoqda. "Kids video" ilovasi YouTube platformasiga o'xshash dizayn va ranglar berilgan hamda ilova tili ingliz tilida taqdim etilgan. Sabab: birinchi navbatda bola YouTube'dan farq sezmasligi muhim ahamiyatga ega. Eng asosiysi ilova faqat filtrlangan kontentga egaligidadir.

5-rasm.

"Kids video" mobil ilovasi ko'rinishi

Bu ham bugungi axborotlashgan jamiyatda yoshlarimizning ma'lumotlar qabul qilishida katta yechimdir. Bu kabi dasturiy mahsulotlarni ko'paytirish va targ'ibotini kengaytirishimiz zarurdir. XULOSA

Xulosa o'rnida aytish kerakki, bugungi internet texnologiyalari hamda ijtimoiy tarmoqlar keng rivojlanayotgan zamonamizda biz, yoshlarni, ulardan cheklash yoki to'siq qo'yish amaliy jihatidan aks ta'sir ko'rsatishi ma'lum. Shu boisdan internet texnologiyalarining ijobiy jihatlarini targ'ib qilish, virtual muhit ayni hayotiy jarayonlarimizdan butkul farqlanishini ongimizga singdirish, milliy ruhdagi, qadriyatlarimiz aks etadigan zamonaviy, kreativ, yoshlarimizga mos media resurslarni ko'paytirish, yoshlarning axborotlarga bo'lgan ehtiyojlarini o'z kontentlarimiz bilan qondirish, internet telekanallarni rivojlantirish, "Kids video" kabi turli foydali ilova va platformalarni yaratishni asosiy yechimlar sifatida talqin etdik. Yoshlar uchun ham virtual texnologiyalari faqat bilim manbai sifatida qarash, undan foydalanish me'yorlarini tushunish, axborot qidirish savodxonligini oshirish, berilayotgan ma'lumotlarni tekshirish, "internet -bilim" tushunchasini anglatishdan iboratdir.

REFERENCES

1. Klaus Shvab. Chetvertaya promwshlennaya revolyutsiya. 2020. — 288 s. — ISBN 978-5699-98379-7.

2. Bell, M. W. (2008). Toward a Definition of «Virtual Worlds». Journal of Virtual Worlds Research, 1(1), 1-5.

3. Boyd D.M., Ellison N.B. Social network sites: Definition, history, and scholarship. J. Comput. Mediat. Commun. 2007;13(1):210-230. doi: 10.1111/j.1083-6101.2007.00393.x

4. https://lex.uz/uz/docs/5030957 - "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

5. https://edu.uz/uz/news/view/3363 - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2021 yil yakunlariga bag'ishlangan hay'at majlisidagi nutqidan

6. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2 - Aholining yosh tarkibi bo'yicha taqsimlanishi (jami)

7. https://mitc.uz/uz/stat/4 - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi rasmiy saytidagi statistika

8. http://irvispress.ru/catalog/tv/sovremennye-tehnologii-tv/televidenie-i-internet/

9. http://tsue.uz/uz/raqamli-dunyoda-bolalar-uchun-foyda-va-xavf-ozbekistonda-ishga-tushirilgan-kids-video-mobil-ilovasi-haqida/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.