Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
*TA'LIM VA FAN INTEGRATSIYASI * * ИНТЕГРАЦИЯ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ* INTEGRATION OF SCIENCE AND EDUCATION*
YOSH OLIMLAR IJTIMOIY-KASBIY GURUH SIFATDA: TUSHUNCHANING KONSEPTUALIZASIYASI
G.H.Tillaeva
f.f.n., Toshkent Iqtisodiyot va pedagogika instituti Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti dotsenti. O'zbekiston.
Mamlakat taraqqiyoti uchun 100 ta maqsadni amalga oshirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'Zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida» PF-60-son Farmonining IV-chi bo'limi adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, unda har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o'qish imkoniyatini yaratish. Kasbga o'qitish ko'lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o'qitish va bu jarayonda nodavlat ta'lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish (37-maqsad), oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta'lim sifatini oshirish (46-maqsad), 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta'lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash (47-maqsad), 2026-yilgacha nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish (49-maqsad), "El-yurt umidi" jamg'armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o'qishga yuborish ko'lamini 2 baravarga oshirish, bunda yoshlarning 50 foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga o'qitish (50-maqsad), Iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish (51-maqsad), global innovatsion indeksda O'zbekiston Respublikasining o'rnini yaxshilash va 2030-yilga qadar top-50 mamlakatlari qatoriga kirish (52-maqsad) va boshqa ko'pgina vazifalarning belgilab qo'yilishidan ko'zlangan asosiy maqsad, ta'lim va fan integratsiyasi asosida mamlakat taraqqiyotini yangidarajalarga ko'tarishdir.
Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Sh.M.Mirziyoyevning «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi 2017-yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli
May 15, 2024
9
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
Farmoni va «O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to'g'risida»gi 2017 18-iyuldagi PQ-3138-sonli Qarorida hamda Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator qonun xujjatlarida belgilab berilgan vazifalar yosh olimlarning ilmiy va innovatsion faoliyati, milliy manfaatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yosh olimlarning jahon ilmiy maydonida raqobatbardoshliligini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, yoshlarning intellektual mulk ob'ektlarini respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlariga joriy etish nazarda tutilgan.
1991-yil 20-noyabrda "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi, va uning 2016-yil 14-sentyabrdagi O'RQ-406-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlanishi mamlakatimizda yoshlar siyosatiga bo'lgan e'tibor va g'amxo'rlikni yangicha bosqichga ko'tarishi bilan muhim ahamiyatga egadir.
Shunga ko'ra, Fan va texnologiyalar bo'yicha davlat komissiyasining 2017-yil 20-sentyabrdagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy markazlar va universitetlarga qisqa
muddatli ilmiy stajirovkaga yuborishni tashkil etish bo'yicha tanlov o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom (ro'yxat raqami 2948, 2017-yil 15-noyabr)ga muvofiq yosh olim deb - 25 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan, ilmiy faoliyatning biror soxasi bilan fundamental shug'ullanuvchi yoshlar nazarda tutilgan.
Tadqiqotimiz davomida bugungi kunda joylarda noyob qobiliyat sohiblari, intellektual etuk innovatsion g'oyalarni izlab topish, ularning ta'lim va fan integratsiyasiga jalb etish orqali jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy maxsuldorligi oshishiga faol ishtirok etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Ayniqsa, bu sohada sotsiolog olimlarning ishlarini o'rganib,
- Farzand tarbiyasida mas'uliyat ko'proq kimning zimmasida?
degan savolga javob topishni o'z oldiga maqsad qilib quydik.
Natijalar quyidagicha:
10
May 15, 2024
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va mamlakatning barcha viloyatlarida jami 1100 nafar respondent, jumladan, shahar aholisi - 559 kishi (50,8%) va qishloq aholisi 541 kishi (49,2 %), erkaklar - 556 kishi (50,5%), xotin-qizlar - 544 kishi (49,5%) bilan tadqiqot olib borilgan.
So'ralganlarning milliy tarkibi: o'zbeklar - 91,4%, qoraqalpoqlar - 1,4%, Markaziy Osiyo millatlari - 6,1%, ruslar - 0,4%, boshqalar - 0,7%.
So'ralgan yoshlarning yosh tuzilmasi: 14-15 yosh - 11,3%, 16-17 yosh -12,9%, 18-19 yosh - 13,8%, 20-24 yosh - 31,9%, 25-29 yosh - 30,1%.
Respondentlarning ma'lumot darajasi: to'liqsiz o'rta - 25,6%, o'rta -11,5%, o'rta maxsus - 53,8%, to'liqsiz oliy - 3,4%, oliy - 5,7%.
So'rovga qamrab olindi: ishlovchi yoshlar - 30,5%, maktab, litsey, kollej o'quvchilari - 34,6%, OO'Yulari talabalari - 13,7%, bola parvarishi bo'yicha ta'tildagilar - 3,8%, uy bekalari - 9,0%, ishlamaydiganlar - 8,3%, nogironligi bo'lgan shaxslar - 0,1% ni tashkil etganlar.
So'rov natijalaridan ko'rinib turibdiki, aholining aksariyat qismi bolalar va
yoshlarning tarbiyasi uchun ota-onalar va davlat, tegishli o'quv va ta'lim muassasalari birgalikda javob beradi, -deb javob berishgan. Biz esa, tarbiya ishida ustozning o'rni muhim ekanligini qayd etdik.
Birinchi ustozlar - bu ota-otalar va buvi-buvalar. Ular sog'lom, qobiliyatli farzandni dunyoga keltirishlari va o'stirishlari kerak.
Ikkinchi ustozlar ham - bu ota-otalar va buvi-buvalar. Chunki ular farzandlariga o'zlaridagi yaxshi xislatlarni, malakalarini va o'zlarini professional bilimlarini berishlari kerak.
Uchinchi ustozlar - bu yana ota-otalar va buvi-buvalar. Chunki ular o'zlari shaxsan yoki turli komitetlar orqali vrachlardan sifatli meditsina xizmatlarini ko'rsatishni va o'qituvchilardan sifatli bilim berishlarini va o'quvchilarni professional innovatsion qobiliyatlarini rivojlanishini talab qilishlari kerak.
To'rtinchi ustozlar - bular endi o'qituvchilar va ilmiy raxbarlar. Ular o'quvchilariga o'z farzandlariga qaraganday qarashlari kerak. O'qituvchilar o'quvchilarni o'z xato va kamchilarini, shuningdek jamiyatning barcha soxalaridagi kamchiliklarini to'g'rilashga o'rgatishlari kerak.
May 15, 2024
11
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
Va nihoyat, agar o'qituvchilar o'z o'quvchilarini innovatsion fikrlash va yangi bilimlarni ishlab chiqishga o'rgatgan bo'lsa, ularni o'quvchilar ham o'z ota-onalaridek ko'rishlari kerak. Shunda ustozlarni yangi bilimlar va yangi innovator shogirdlari yaratuvchilari deyish mumkin.
Bizning bu kabi tarbiya asoslaridan ko'zlagan asosiy maqsadimiz: o'sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, ma'naviy hayotida o'z o'rniga
▲
Barqaror rivojlanish
Iqtisodiy farovonlik, ijtimoiy adolat, ekologik xavfsizlik
ega bo'lishini ta'minlashdan iboratdir. Bizning bu g'oyamizni bilimga asoslangan iqtisodiyot, deyish mumkin. Biz g'oyamizni piramida ko'rinishida ifoda etamiz.
Diagrammadan ko'rinib turibdiki, jamiyatning barqaror rivojlanish kontseptsiyasi o'zagida yuksak ma'naviyatli va yuqori intellektual saloxiyatli o ila, ota-onalar, innovator olimlar va o'qituvchilar bir qatorda fan va ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o'rnida, barqaror rivojlanish yo'lida yosh olimlar ijtimoiy-kasbiy guruh sifatda yuksak ma'naviyatli va yuqori intellektual saloxiyatli oila, ota-onalar, innovator olimlar va o'qituvchilar, fan va ta'lim, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash
12
May15,2024
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
ilmiy asoslangan boshqaruv, jamiyatni axborotlashtirish, iqtisodiy farovonlik, ijtimoiy adolat, ekologik xavfsizlik jarayonlaridan o'tishlari lozim.
13
May 15, 2024