Научная статья на тему 'UCHINCHI RENESSANS YOSHLARINING KUCHLI SALOHIYATI VA KENG IMKONIYATLARI'

UCHINCHI RENESSANS YOSHLARINING KUCHLI SALOHIYATI VA KENG IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
157
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
YANGI OʻZBEKISTON / YOSHLIK / KATTA AVLOD / UCHUNCHI RENESSANS / G'AYRAT-SHIJOAT / INNOVATSIYA / UYG'ONISH / SALOHIYAT / KUCHLI JAMIYAT / XALQ

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduvoxidova M.A.

Barcha asrlarda mamlakat kelajagi yoshlar uchun bo'lib kelgan. Inqilob, taraqqiyot va rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari - bu doimo yoshlardir. Davlat ularga urush paytida, urushdan keyingi davrda, inqirozlar davrida tayanib kelgan. Sababi, bu yosh, sog'lom insonlar yangi , mustahkam binolar qurdilar, aql bovar qilmas darajadagi ixtiro, kashfiyotlar yaratishdi va ularni hayotga tadbiq etishdi. Katta avlodning vazifasi yoshlarga ushbu murakkab dunyoda o'zlarining munosib o'rnini topishga yordam berish, o'zlarini imkon qadar anglab yetishga ko'maklashishdir! Ushbu maqolada birinchi va uchinchi renessans yoshlari orasidagi kuchli tafovut hamda uchunchi renessans yoshlarining salohiyati,keng imkoniyatlari,qilinajak ishlarning samarasi haqida kichik izlanishlar olib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRONG POWER AND WIDE POSSIBILITIES OF THE THIRD RENESSANCE YOUTH

In all centuries, the future of the country has been for the youth. The driving forces of revolution, progress and development are always the youth. The state relied on them during the war, in the post-war period, in times of crisis. The reason is that these young, healthy people have built new, sturdy buildings, created incredible inventions, discoveries and put them into practice. The task of the older generation is to help young people find their rightful place in this complex world, to help them realize themselves as much as possible! This article explores the strong differences between the first and third renaissance youth, as well as the small potential of the third renaissance youth, the vast opportunities, and the effectiveness of the work to be done.

Текст научной работы на тему «UCHINCHI RENESSANS YOSHLARINING KUCHLI SALOHIYATI VA KENG IMKONIYATLARI»

УДК 314

Abduvoxidova M.A.

Iqtisodiyot yonalishi 4-bosqich talabasi "Inson resurslarini boshqarish " fakulteti Samarqand Davlat Universiteti

UCHINCHI RENESSANS YOSHLARINING KUCHLI SALOHIYATI

VA KENG IMKONIYATLARI

Annotatsiya: Barcha asrlarda mamlakat kelajagi yoshlar uchun bo'lib kelgan. Inqilob, taraqqiyot va rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari - bu doimo yoshlardir. Davlat ularga urush paytida, urushdan keyingi davrda, inqirozlar davrida tayanib kelgan. Sababi, bu yosh, sog'lom insonlar yangi , mustahkam binolar qurdilar, aql bovar qilmas darajadagi ixtiro, kashfiyotlar yaratishdi va ularni hayotga tadbiq etishdi. Katta avlodning vazifasi yoshlarga ushbu murakkab dunyoda o'zlarining munosib o'rnini topishga yordam berish, o'zlarini imkon qadar anglab yetishga ko'maklashishdir! Ushbu maqolada birinchi va uchinchi renessans yoshlari orasidagi kuchli tafovut hamda uchunchi renessans yoshlarining salohiyati,keng imkoniyatlari,qilinajak ishlarning samarasi haqida kichik izlanishlar olib borilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, Yoshlik, katta avlod, uchunchi renessans, g'ayrat-shijoat, innovatsiya, uyg'onish, salohiyat, kuchli jamiyat, xalq.

Abduvoxidova M.A.

4th year student of economics Faculty of Human Resource Management Samarkand State University

STRONG POWER AND WIDE POSSIBILITIES OF THE THIRD

RENESSANCE YOUTH

Annotation: In all centuries, the future of the country has been for the youth. The driving forces of revolution, progress and development are always the youth. The state relied on them during the war, in the post-war period, in times of crisis. The reason is that these young, healthy people have built new, sturdy buildings, created incredible inventions, discoveries and put them into practice. The task of the older generation is to help young people find their rightful place in this complex world, to help them realize themselves as much as possible! This article explores the strong differences between the first and third renaissance youth, as well as the small potential of the third renaissance youth, the vast opportunities, and the effectiveness of the work to be done.

Keywords: New Uzbekistan, Youth, Senior Generation, Third Renaissance, Enthusiasm, Innovation, Awakening, Potential, Strong Society, Nation.

Yoshlik - bu barcha muammolar tezda hal qilinishini, to'siqlar osongina yengilishini va orzularning bir zumda amalga oshishini istalgan inson umrining takrorlanmas davridir. Ushbu davrning imkoniyatlaridan to'liq foydalanish kerak. Yoshlar o'z g'oyalari bilan mamlakat o'zgarishlariga yordam berishini tushunishlari shart. Quyida renessans davrlarning bir biri bilan chambarchas bog'lanib ketishi ko'rsatilgan.

Birinchi renessans

ikkinchi renessans

uchinchi renessans

KIRISH QISM: Hozirgi yoshlar o'z kuchlari bilan zamonni o'zgartirishga va kelajakni buyuklik sari yo'naltirishga qodir. Yoshlarning g'ayrat-shijoati, ko'plab masalalarga innovatsion yechimlar, yorqin g'oyalar, o'z maqsadlariga erishish qobiliyati jamiyatimiz tomonidan doimo qadrlanib kelingan. Biroq bugungi kunda, ba'zi yoshlarda qo'pollik odat tusiga kirgan. Ular ayrim holatlarda shafqatsizlik, beparvolik, loqaydlik kabi illatlarni namoyon qiladilar. Sababi barcha turlicha maqsad sari harakatlanadi , har bir shaxsning o'ziga xos xususiyatlari, orzulari va intilishlari bor. Aslida ba'zida yoshlarga shunchaki, motivatsiya yetishmaydi. Ular kim bo'lishni xohlashlarini, nima qilishlarini va Vatanlari uchun nima qila olishlarini to'liq tushunishmaydi. Aslida Davlat yoshlarga investitsiya qiladigan har bir narsa natija bilan taqdirlanadi. Ma'rifatli yoshlar - bu mamlakat doimo dam oladigan ustunlardir. Agar yoshlar yoshlarga vatanparvarlik va o'z vataniga muhabbat tuyg'ularini singdira olsalar, ular o'z

navbatida qalblarini uning rivojlanishi va obodligiga qo'yadilar.

ÉÊk

ÉÊÊk ^^^ ÉÊk

HP asp ^¡¡¡p

W

xalq

RENESSANS. Bu so'zni ilgari ham eshitganman, o'qiganman. Uni fanda ilk bor italyan gumanistlari qo'llaganini ham bilaman. Lekin kecha bu so'zni O'zbekiston Prezidenti nutqlaridan eshitib, uning shukuhini, quvvatini o'zgacha hayrat, o'zgacha mas'uliyat bilan idrok etdim. Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan strategik sa'y-harakatlar kun kelib Uchinchi Renessansga poydevor bo'lishini jo'shqin ma'ruzadan shuurimga oqib kirayotgan motivatsiyaning katta to'lqinida angladim. Axir, mudroq jamiyatni, odamlarni uyg'otishning o'zi UYG'ONISHning - RENESSANSning debochasi emasmi! Bugungi O'zbekiston - kechagi O'zbekiston emasligi, bugungi yoshlar -kechagi yoshlar emasligini isbotlashga hojat qolmaganining o'ziyoq zalvorli natija emasmi!

E'tibor qiling: Prezident biz haqimizda - yoshlar haqida alohida e'tibor va qat'iy ishonch bilan gapirdi. Ta'lim, dedi, matematika, kimyo, biologiya -fundamental fanlarni zo'r o'qitaylik, dedi, innovatsiyalarga yo'l ochaylik, dedi. Yoshlarning ma'rifati, ma'naviyati bosh masalamiz, strategik vazifamiz, ustuvor yo'nalishimiz, dedi. Deganlarining amaldagi isbotini ko'ring: so'nggi to'rt yilda O'zbekistonda 43 ta yangi oliy ta'lim muassasasi tashkil etildi. Bu yil esa oliy o'quv yurtlariga kirish uchun bir yarim millionga yaqin yigit-qizlar hujjat topshirdi. Bu degani yoshlarimizning ta'lim olishga motivatsiyasi naq 40 foizga oshdi, degani! Shu o'quv yilidan yana bir yangi tizim joriy etildi: kam ta'minlangan oilalarda ulg'ayayotgan qizlarimizning bilim olish imkoniyatini kengaytirish maqsadida OTMda ular uchun davlat granti asosida 940 ta qo'shimcha o'rin ajratildi. Mana sizga iste'dodlarning intilishlarini ro'yobga

chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib o'rin egallashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar!

Ko'hna Xitoy mutafakkiri Konfutsiy: "Agar rejangiz bir yillik bo'lsa, sholi eking, o'n yillik bo'lsa, daraxt eking, yuz yillik bo'lsa - bolalaringizga ta'lim bering", deya bejiz ta'kidlamagan. Kelajakda kutilgan "hosil" ni yig'ish uchun O'zbekistonimizda hozirdan keng imkoniyatlar yaratilyapti, yoshlarni ilmu ma'rifatga rag'batlantirish, ilm egalarini qadrlashga qaratilgan tizim shakllantirilyapti.

O'z navbatida, yoshlar ham shaxsiy rivojlanishi uchun motivatsiya manbalarini o'zi topa bilishi kerak - u xoh kitob, xoh kinoasar, xoh sport yoki sayohat bo'lsin. Imkoniyat yaratilsa o'qiyman, deydigan emas, har qanday vaziyatda ham bilim olish va rivojlanishga harakat qilaman deydigan yigit-qizlarimiz safi kengayishi uchun hammamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak.

ASOSIY QISM: Biz yashab turgan shu muqaddas zaminda Uyg'onish -Renessans boshlangan paytlar Yevropa hali g'aflat uyqusida bo'lganini ko'pchilik yoshlar bilmasa kerak. Bu tarixiy haqiqatni Yevropaning yetuk olimlari tan olganini ham bilmaydiganlar bordir balki. Har qalay, atoqli nemis sharqshunosi Adam Mesning "Musulmon Renessansi", akademik Nikolay Konradning "Sharq Renessansi" konsepsiyasi osmondan tushgan emas. Agar "Die Renaissance des Islams" kitobini ushbu mavzudagi bosh manba deb hisoblaydigan bo'lsak, Adam Mesdek buyuk olim fundamental tadqiqotini yaratishda ulug' vatandoshimiz Beruniyning ilmiy merosiga tayanganidan faxrlanmay bo'ladimi!

Ta'lim

Amalda ^^^H Tushuncha

Mashhur Ma'mun akademiyasida kamolga yetgan Ibn Sino, Muso al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi yuzlab allomalar Sharq uyg'onish

davrining birinchi bosqichiga, Temuriylar davri tamaddunining yorqin vakillari Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi olimlar ikkinchi yuksalish bosqichiga hissa qo'shgani qiyos qilinsa, Uchinchi Renessans vakillari bugungi islohotlarning mevalaridan bahra olgan Yangi O'zbekiston bolalari orasidan yetishib chiqsa, ne ajab! Haqiqatan ham, rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ularda jamiyat hayotini o'zgartirishga qaratilgan islohotlar, avvalo, ta'lim tizimidan, bog'cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko'ramiz. Chunki maktabni, ta'lim-tarbiyani tartibga solmay turib shaxsni, jamiyatni o'zgartirib bo'lmaydi. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, O'zbekistonning ertangi kuniga ishonchni mustahkamlash, ajdodlarga munosib bo'lish uchun islohotlarni ilmdan boshlash kerak. Chunki ilmsiz hech bir sohada natija bo'lmaydi.

Keyingi uch yilda bu boradagi muammolarni samarali hal etish, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Shu maqsadda qator Farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi kompleks sa'y-harakatlar uchun puxta huquqiy zamin yaratildi. Maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim va oliy ta'lim tizimi mazmunan va sifat jihatidan yangilanib bormoqda.

O'zbekistonda Uchinchi renessans poydevori bormi?

Davlatimiz rahbari O'qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan so'zlagan nutqida ustozlarimizni bayram bilan samimiy tabriklab, "Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi" deb e'tirof etdilar va keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O'zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta'lim tizimida ham tub islohotlar olib borilayotganiga to'xtalib, "Biz keng ko'lamli demokratik o'zgarishlar, jumladan, ta'lim islohotlari orqali O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o'zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak" deb ta'kidlab o'tdilar.

Shu borada men bir yosh tadqiqodchi sifatida, birinchi va ikkinchi Uyg'onish davrining tarixiy shart-sharoiti va uni yuzaga keltirgan faktorlargabto 'xtalmoqchiman.

Birinchi renessans nima, u qanday tarixiy sharoitlarda yuzaga chiqdi va butun insoniyatga nimalarni tuhfa qildi?

Barcha sharq va g'arb olimlarining e'tirof qilishlaricha, Yevropada

XV-XVII asrlar orasida yuzaga kelgan Birinchi Renessans yurtimizda undan bir necha yuz yil avval, ya'ni IX-XI asrlarda ro'y bergan. Ushbu ulkan yuksalishning sodir bo'lishining o'z tarixiy sabablari bor, albatta. Chunki, mazkur davrda davlat taraqqiyoti uchun juda muhim bo'lgan yangi islohotlar va qonunlar joriy qilindi, yer-suv, qo'shnichilik munosabatlaridan soliqlargacha tub yangilanishlar sodir bo'ldi. Davlat yuritishdagi va siyosatdagi yangiliklar ilm-

fan kishilarini ezgu g'oyalar tevaragida birlashtirdi, turli-tuman fanlarga, ayniqsa matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, huquq, geodeziyaga qiziqish kuchaydi va dunyo tuzilishi haqidagi zamonaviy nazariyalarga aynan o'sha davrda asos solindi. Mazkur davr dunyo taraqqiyotining yuksalish tamoyillarini belgilab berdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Buning yorqin isboti - Xorazmda barpo etilgan Ma'mun akademiyasidir. Daho mutafakkirlarni o'z bag'riga to'plagan bu oliy dargoh nafaqat o'z mintaqasi, balki butun dunyo uchun akselerator vazifasini o'tagani haqiqat.

Sferik trigonometriya, o'nli raqamlarning tizimli qo'llanishi, trigonometriyada "funktsiya" tushunchasining paydo bo'lishi, jo'g'rofiy koordinatlarining aniq ifodalanishi, Yer sayyorasining sferik globusi, qattiq va suyuq moddalarning solishtirma og'irligi, minerallar tasnifi, quruqlik tarkibiy jismlarining harakati va qatlamlar hosil bo'lishi, dengiz va materiklarning joylashuvi, tibbiy va farmatsevtik bilimlarning bir tizimga solinishi, tashxislash va davolashning yangi usullari, ma'danlar transmutatsiyasi imkonlarining tahlili - bular yurtimizda IX-XI asrlarda yashab ijod qilgan buyuk ajdodlarimizning tabiiy va aniq fanlarda amalga oshirgan innovatsion g'oyalarining ba'zilari, xolos.

O'rni kelganida shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, ilm-fan osmonida yulduzday yaraqlab turgan bu allomalar atrofida va ulardan keyin yana yuzlab safdoshlari, shogirdlari, davomchilari yurtimiz ilm-fani mevalarini jahonning ilg'or ommasiga yetkazib berishda katta xizmatlar ko'rsatishdi va mamlakat shon-shuhratini, tafakkur qudratini uzoq o'lkalarga qadar yoyishdi.

Ikkinchi Renessans nafaqat mintaqamizda, balki juda katta jo'g'rofiy hududlarda siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirgan ulug' bobomiz, sohibqiron Amir Temur nomi bilan chambarchas bog'liq. U zot tufayli qudratli markaziy boshqaruvga asoslangan davlat va yangi madaniy-ilmiy yuksalish uchun qulay vaziyat yuzaga keldi. Amir Temur o'z bepoyon saltanatining katta shaharlariga turli hududlardagi iste'dodli olimlar, shoirlar, hunarmandlar, me'morlarni jamladi va ilmi-fan taraqqiyoti uchun kerakli barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Bunday oqilona siyosat mamlakatning ilmiy va madaniy qudratini kuchaytirdi.

Ikkinchi renessans davri "Islom madaniyatining oltin asri" deb atalishi bilan birga, fazo ilmi va matematika fanlarining rivojlanishi bilan yurtimizda ikkinchi Uyg'onish, ya'ni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. Bu davrda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg'inoniy, Abul Mu'in Nasafiy kabi ulug' ulamolar, Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug'bek, G'iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, ko'plab xattot va sozandalar, musiqashunos va me'morlarning shuhrati dunyoga yoyildi. Birinchi Renessans davrida bo'lgani

kabi, bu davrda ham ilm o'rganishni istovchilar butun dunyodan oqib kela boshladilar.

XULOSA: Davlatimiz rahbari nutqidagi "Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo'yib, uni milliy g'oya darajasiga ko'tarmoqdamiz" degan so'zlari yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli tub islohotlardan ko'zlangan ulug' maqsadlarni ifoda etadi. "Biz maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo'lg'usi Renessansning to'rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog'cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o'qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg'onish davrining to'rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Men ishonaman - hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qo'llab-quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo'ladilar. Va bu ma'naviy-ma'rifiy hayotimizdagi eng mustahkam ustun bo'ladi, desam, o'ylaymanki, sizlar to'la qo'llab-quvvatlaysizlar" degan e'tirofi esa, "davlat-ta'lim-o'quvchi va ota-ona" halqalarini qat'iy bir tizimga mustahkamladi va juda ulug' maqsadga erishishning ishonchli yo'lini ko'rsatib berdi.

Shonli tariximizdagi har ikkala Uyg'onish davrida ham eng muhim jihat -davlatning, davlat rahbarining yuksak e'tibori bo'lib kelgan. Ma'mun akademiyasining barpo etilishida xorazmshoh Ma'muniylar sulolasining, Ikkinchi Uyg'onish davrining yuzaga kelishida esa buyuk bobomiz Amir Temurning va temuriy avlodlarning hissasi beqiyosdir. Har ikki sulola hukmdorlari o'z davrining yorqin iste'dodlarini, olimlarini davlat qanoti ostiga to'plagan va g'amxo'rlik qilib ,kerakli shart sharoitlarni yaratib bergani uchun tarixan qisqa davr ichida ona yurtimiz dunyo ilm-faniga poydevor bo'lgulik buyuk kashfiyotlarni yaratdilar.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 2020 yil 29 dekabr.

2.Islom Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T.: «Ma'naviyat», 2008., 176 b.

3.Тш-sunova N. Yoshlaming ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari. "Ijtimoiy fikr". 2004. 3-son. 149-150 betlar.

4. Bagrad Sarkisov, Ra'no Umarova. Sotsiologiya. Ma'ruzalar matni. - T.: 2004, 120-126 b.

5.B.Aliev., T.Sultonov., M.Mullajonova., B.Rahmonov va boshqalar. Sotsiologiya. (O'quv qo'llanma). -T.: TDYuI nashriyoti . 2006. 124-157 - betlar

6. Sotsialniy portret Uzbekistana. T. «Ijtimoiy fikr». 2002. s. S6.

7. Qayumov U. Rol semi v formirovanii nravstvennix i duxovnix osnov obщestva. "Ijtimoiy fikr". 2004. 4-son. 93-94 betlar.

8.Ubaydullaev B. «Kamolot"kecha, bugun, ertaga. "Ijtimoiy fikr". 2004. 3- son. 13-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.