Научная статья на тему 'RAQOBATBARDOSH JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING INNOVATSION TAFAKKURINI OSHIRISHNING FALSAFIY-KONSEPTUAL TAHLILI'

RAQOBATBARDOSH JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING INNOVATSION TAFAKKURINI OSHIRISHNING FALSAFIY-KONSEPTUAL TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Прочие медицинские науки»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jamiyat / xotin-qizlar / malakali kadlar / BMT Bosh Assamblyasi / ilm-fan / ta’lim-tarbiya / raqobatbardosh / innovatsiya.

Аннотация научной статьи по прочим медицинским наукам, автор научной работы — To’Yeva Muhayyo Shuhrat Qizi

Ushbu maqolada raqobatbardosh jamiyatda xotin-qizlarning ilimli bo’lishligi va ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan nechog’lik foydalana olayotganligi haqida ilmiy falasfiy qarashlar o’rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQOBATBARDOSH JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING INNOVATSION TAFAKKURINI OSHIRISHNING FALSAFIY-KONSEPTUAL TAHLILI»

RAQOBATBARDOSH JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING INNOVATSION TAFAKKURINI OSHIRISHNING FALSAFIY-KONSEPTUAL TAHLILI

To'yeva Muhayyo Shuhrat qizi

TDPU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi m_toyeva@tdpu.uz +998931226699 Taqarizchi: Kamolova Kimyoxon https://doi.org/10.5281/zenodo.10800084

Annotatsiyasi. Ushbu maqolada raqobatbardosh jamiyatda xotin-qizlarning ilimli bo'lishligi va ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan nechog'lik foydalana olayotganligi haqida ilmiy falasfiy qarashlar o 'rin olgan.

Kalit so'zlar. Jamiyat, xotin-qizlar, malakali kadlar, BMT Bosh Assamblyasi, ilm-fan, ta'lim-tarbiya, raqobatbardosh, innovatsiya.

Ключевые слова: Общество, Женщины, квалифицированные кадры, Генеральная Ассамблея ООН, наука, образование, конкурентоспособность, инновации.

Keywords: Society, Women, qualified personnel, UN General Assembly, science, education, competitiveness, innovation.

"Ta'lim tizimining barcha pog'onalarida o'qishga intilgan xotin-qizlarni qo'llab-

quvvatlaymiz va ularga sharoit yaratamiz".

Sh. Mirziyoev

Kirish (Introduction) Yangi O'zbekistonni barpo qilishda yoshlar zamonaviy bilim bilan birga, ajdodlarimizning madaniy merosini o'rganishlari lozim. Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, "bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qaerda yo'q. Bu merosni chuqur o'rganishimiz, xalqimizga, dunyoga etkaza bilishimiz kerak" [1]

Yangi asr dunyo miqyosida inson huquq va erkinliklari, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy muhofazasi bo'yicha nufuzli xalqaro tashkilot, uyushma va harakatlar, anjumanlar faollashuvi bilan izohlanadi. Jumladan, xalqaro darajada faoliyat yurituvchi Malala Fondi, BMT tarkibidagi ayollar huquqlarini himoya qilish bo'yicha UN Women, Afrika qit'asida ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini topishga ko'maklashuvchi The Boardroom Africa tashkiloti, azaldan erkaklar, asosan, band bo'luvchi axborot tizimi va dasturlash texnologiyalari kabi sohalarda ayollar hamda qizlarning ishtirokini kengaytirishga ko'maklashuvchi Girls Who Code ("Dasturchi qizlar") tashkiloti shular jumlasidandir.Bundan ko'rinib turibdiki dunyo davlatlar allaqachon o'z e'tiborlarini ayollar innovatsion tafakkurini oshirishga qaratishgan.

Tarixdan ma'lumki, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi ulug' ajdodlarimiz, ma'rifatparvar jadidlarimiz ham oilaning tinch, mustahkam va farovon bo'lishida, farzandlar tarbiyasida xotin-qizlarning o'rni va ta'siri beqiyos ekanini alohida ta'kidlaganlar. Buyuk ma'rifatparvar Abdurauf Fitrat aytganlaridek: "Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim". Men shu qarashlariga qo'shilgan holda millat onalarini raqobatbardosh jamiyatga kerakli kadlar qilib tarbiyalash bugungi kun talabi degan bo'lardim.

BMT Bosh Assambleyasi 2013 yil dekabrda "Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovasiyalar" to'g'risida rezolyusiyani qabul qildi. Ushbu hujjatda barcha sohada gendir tenglikni

ta'minlash kafolati sifatida istalgan yoshdagi ayollar va qizlarning fan, texnika va innovatsiyalar yutuqlari rivojidan teng va to'laqonli foydalanish imkoniyati e'tirof etiladi.

Raqobatbardosh jamiyat barpo etishda xotin-qizlarning innovatsion tafakkurini oshirish borasida yurtimizda keng ko'lamli islohatlar amalga oshirilmoqda bulardan, ilm-fan, ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchi iqtidorli xotin-qizlar va yosh qizlarning huquqlari, iqtidori, innovasion kelajagini ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Yangi Konstitusiyasi ( 2023 yil 30 aprel), "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi, "Ta'lim to'g'risida"gi, "Pedagogning maqomi to'g'risida" gi (01.02.24.O'RQ-901-son) qonunlari muhim ahamiyat kasb etadi.[2]

Yangi O'zbekistonni barpo qilishda xotin-qizlarga zamonaviy bilim bilan birga, ajdodlarimizning madaniy merosini o'rganishlari lozim. Ularni o'rganish va hayotga tatbiq qilish shaxsning ma'naviy barkamolligini ta'minlashda zarur ahamiyat kasb etadi. Xotin-qizlarning innovatsiyon tafakkurni oshirish tushunchasi keskin raqobat hukm surayotgan hozirgi sharoitda jamiyatni barqaror rivojlanishsiz faoliyat yurita olmaydigan hayot tarzi nazarda tutiladi.Raqobatbardosh jamiyatga munosib tura oladigan aqlu-zakovat, azmu-shijoatli ayol-qizlarni hayotga tayyorlash tushinladi. "Tafakkur" obyektiv voqelikning tasvvur, tushuncha va muhokamadagi aktiv in'kosi protsessi, insonning fiklash qobilyati, fiklash tizimini ifoda etuvchi tushuncha hisoblanadi.U o'ylash, fikryuritish, mulohaza bildirish, u yoki bu voqelikni baholash, xullas insonning sub'yektiv qarashlari, faoliyati ifodasidir[3]. Olimlarning ta'kidlashiga ko'ra , "tafakkur uslubi hissiy va aqliy bilimga asoslangan voqelikni vositali inkos etilishidir" [4]

Innovatsiyon tafakkurni oshirish uchun odatiy turmush tarzidan chetga chiqish va ayol-qizlarimizning dunyoqarashini kengaytirishimiz zarur. Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o'rni bilan bog'liq salbiy qarashlarni o'zgartirishni ta'qazo etadi. Innovatsion tafakkur-bu g'oyalarning integrassiyalashuvi, muammo yechimi va kashfiyot deb oladigan bo'lsak, innovatsiya- jamiyatdagi yechimalgan masala muammo ko'rinishiga kelib qolgan, vaqtida e'tibor qaratilmagan, hozirda yordamga muhtoj g'oyalar hisoblanadi.

Literature review

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yil 22 dekabrdagi 70-sessiyasida 11 fevral "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni".1999 yildagi 54/120 sonli Rezolyusiyasiga binoan har yili 12 avgustda "Xalqaro yoshlar kuni" 2011 yildagi Rezolyusiyasi asosida 2012 yildan "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan esa butun dunyoda mamlakatimiz taraqqiyoti taqdirini yaratuvchi xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, ezgu maqsadlarini qo'llab-quvvatlash borasida xalqaro miqiyosda tadbirlar o'tkazilmoqda.

2019 yil 19 iyuldagi "Oliy malakali ilmiy va ilmiy -pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to'g'risida"[5] 606-son qaroriga muvofiq 2020 yildan Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi joriy etishning o'ziyoq ayollarga ko'rstilyotgan e'tiborning isbotidir. 2020 yilning yanvar oyidan boshlab stajyor-tadqiqotchilik instituti faoliyati yo'lga qo'yilganligi ilmiy iqtidorli xotin-qizlar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Prezidentimiz olg'a surgan g'oyalar asosida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8-avgustdagi 437-son qaroriga binoan Respublika "Olimalar" jamiyati, "Oqila ayollar" [5] harakati tashkil etilganligi ushbu toifa xotin-qizlar uchun motivasiya berdi. Davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda: "Bu imkoniyat hali bizning tariximizda umuman bo'lmagan".

Ilm-fan sohibasining shaxsiy aniq kelgusi maqsadi ularning iqtidori, qobiliyati, xatti-harakatlari mohiyatini oshiradi. Shuning uchun ta'lim muassasasi, oilada kitobxonlikni rivojlantirish, oilaning ta'lim-tarbiyaviy salohiyatini oshirish, qizlarning umumiy va inklyuziv

ta'lim olishlarida yaqindan ko'maklashish vositasida iqtidorli qizlar, ijodkor ayollarning mavjud boy tajribasi, ilmiy, texnikaviy, ijodiy yutuqlaridan unumli foydalanish o'z samarasini beradi.Shu bois, yoshlarning iqtidori, qiziqish va ilmiy salohiyatini takomillashtirishda ota-onalar, o'qituvchilar, ilmiy ustozlar bugungi kunda jamiyat hamda oiladagi baxtli va farovon hayot, farzandlar kelajagi ilm-ma'rifatli xotin-qizlarga bog'liq ekanligini inobatga olib quyidagi yangi tizimlarda faol ishtirok etmoq lozim

O'zbekistonda K.U.Najmiddinova, S.X.Safayeva, E.Sultonova, S.S.Hoyimova, T.E.Egamberdiyev [10]larning dissertatsiya tadqiqotlarida jamiyat hayotida erkak va ayolning ijtimoiy-siyosiy teng huquqliligi, davlat boshqaruvida ayollarning ishtirokini ta'minlashga oid muammolar tadqiq etilgan.

Research Methodology

Bizning maqsadimiz raqobatbardosh jamiyatda xotin-qizlarning innovatsiyon tafakkurini oshirish haqida o'ylasak ham, sharqda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ayollarga hurmat, tenglik deyilganda, G'arbdagi kabi «ayollar barcha ishni qilishlari mumkin» deb tushunish, ichkilikbozlik qilish, erkaklari tikuvchilik bilan, ayollari esa konlarda og'ir mehnat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yadigan jamiyat ko'zda tutilmaydi, aksincha, ularni jismoniy zo'riqishdan, og'ir ishlar bilan tahqirlash va kamsitishlardan xoli boqimandalik kayfiyatidan uzoq, o'z aqli-zakovatiga ega, vatanini sevadigan, ertangi kuniga va oldiga qo'ygan maqsadlariga dadil ishonch bilan shaxdam qadamlarda ildam borayotgan ayollar nazarda tutilgan.

Raqobatbardosh jamiyatda ayol-qizlarning ilm olishlari va kariyera qilishlari uchun mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning nufuzini aniqlash, ularning jamiyatdagi ijtimoiy sohada faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha "Yo'l xaritasi"ni shakllantirish uchun tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadida tadqiqot davomida turili saytlarda ijtimoiy so'rovnomalarni olib borishimiz darkor.

Bozor iqtisodiyotining taraqqiyot qonuniyatlari va uning xotin-qizlarning bandlik siyosatini ta'minlash orqali raqobatbardosh jamiyatda xotin-qizlarning tadbirkorlik hamda biznes-ledi toifalarining islohotlardagi iqtisodiy ulushining dinamikasini tadqiq etish,jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faollashuvi tahlillariga tayanib, oila va nikoh munosabatlarida ayollarga nisbatan diskriminatsiya hamda zo'ravonlikning determinantini ilmiy yoritib berish, "xotin-qizlarning faolligi", "xotin-qizlar ish kuchi", "ayollar tadbirkorligi" kategoriyalarini aniqlash asosida ayollar mehnati samaradorligining raqobatbardosh jamiyatda xotin-qizlar innovatsion tafakkurini mezon va ko'rsatkichlarini asoslash lozimligini ko'rsatadi. Amerikalik sotsiolog T. Parkinsonning fikricha, chinakam shaxsiy qadr-qimmat shaxsning o'rab turuvchi muhit bilan munosabati, tashqi olamga reaksiyasi, ya'ni uning faolligida ifodalanadi[11 46-b].Raqobatbardosh jamiyat ayol-qizlarimizdan chinakam shuddat va kuchli mehnat talab etadi.

Analysis and results

Dono xalqimiz orasida «Ayol bir qo'li bilan beshikni, ikkinchi qo'li bilan dunyoni tebratadi», degan naql bejiz vujudga kelmagan. Raqobatbardosh jamiyat bugun ayol-qizlarimizdan aynan shunday faollikni talab etmoqda.Buyuk ajdodlarimiz, millatimiz tarixidan ma'lumki, o'zbek ayoli, o'zbek onalari nafaqat o'z elimiz, balki dunyo hamjamiyati, umumbashariyat taraqqiyotiga o'zining ulkan hissasini qo'shgan mashhur o'g'lonlari - yengilmas Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi sarkardalari, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G'ijduvoniy, hazrat Xo'ja Ahror Vali kabi azizu-avliyolari, jahonni turli jabhalarda lol qoldirgan olimlari - Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Imom Al Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek, adiblari -Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Umar Hayyom, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qahhor,

Oybek kabilar bilan mashhurdirlar. Mag'rur, jasur va dono To'maris, Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiylar nomlari nafaqat biz uchun, balki bugun hayotga kirib kelayotgan innovatsion tafakkuri yuqori ayol qizlarimiz uchun ham o'rganishga arziydigan tarixiy shaxslar hisoblanadi.

Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko'rsatgan,o'zining innovatsion g'oyalari va o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo'shgan xotin-qizlarga beriladigan "Mo"tabar ayol" ko'krak nishoni tassis etilishi ham yurtimizdagi ayol-qizlarning shijoatiga kuch-quvvat bag'ishlasa ajab emas.

Tadqiqotalar shuni ko'rsatadiki, ayol qizalarimizning faolikklari oshib borishi bilan davlat va jamiyat boshqaruvi ishiga faol jalb etilib, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat tizimida ham o'ta mas'uliyat talab etadigan lavozimlarda faoliyat olib borishiligi bilan oila va nikoh munosabatlaridan "begonalashuvi" ro'y berishi mumkinligi ijtimoiy-siyosiy jihatdan raqobatbardoshlilik talab etiladigan va ayni vaqtda qo'llab-quvvatlashga muhtoj bo'lgan muhim ijtimoiy-falsafiy xususiyatdir.Yangi O'zbekistonda uyg'onish davri, avvalo, raqobatbardosh jamiyatda xotin-qizlar ilm-fanning taraqqiyotiga, milliy ma'naviyatning mustahkamligiga bog'liqdir. Mazkur o'tkir haqiqatni chuqur his qilgan holda xotin-qizlarning innovatsion ta'limi va ilm-fan bilan shug'ullanishlari uchun davlatimiz tomonidan yangi imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Conclusion/Recommendations

Raqobatbardosh jamiyatda xotin-qizlarning innovatsion tafakkuri ijtimoiy faolligi o'ziga xos milliy, diniy, tarixiy shakllangan mental xususiyatga ega bo'lib, u uzoq vaqt yoki davrni talab etadi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi xalqaro va milliy norma va mezonlarda ayollarning huquqiy manfaatlarini shakllantirish orqali ijtimoiy-siyosiy faolligini ta'minlanadi. Bu masala bir kunlik kompaniyavozlik aholi orasida norozilikni keltirib chiqaradi.

Shuningdek, raqobatbardosh jamiyatda xotin-qizlar innovatsion tafakkurini oshirish va ijtimoiy-siyosiy faolliklari fanlararo tadqiqot predmeti bo'lib, shaxsning ijtimoiy hayotga obyektiv voqelikka qat'iy munosabati, ruhiy holati, o'z manfaatlari doirasida umumiy qabul qilingan me'yoriy axloqidir. Ijtimoiy-siyosiy faollik moddiy dunyodan shaxsning o'z manfaatlarini qondirishda alohida va jamoaviy hamkorligi, birgalikning ijtimoiy haraktchanligi va tashabbuskorlini nazarda tutadi. Shu bois, ijtimoiy siyosiy faollik inson hayotning barcha sohalariga tashqi olamga ta'sirning yuqori emosional shaklidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev: mamlakatimizdagi boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qaerda yo'q // "Xalq so'zi" gazetasi. 2018 yil 21 dekabr soni.[1]

2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutisiyasi yangi tahriri 2023 yil 30 aprel. (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son).[2]

3. O'zbek tilining izohli lug'ati 4 jild. Toshkent; O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, Davlat ilmiy nashriyoti, 2008.13-b

4. Berdiyev N. Falsafa erkin ijoddir Tafakkur, 2018, 3 son 31-32 b

5. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabrdagi "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi O'RQ-576-son Qonuni.

6. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi"Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ 637-son Qonuni.

7. O'zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi qonuni.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7-martdagi "Oila va xotin qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-87-son Farmoni.

10. Najmiddinova K.U. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy-axloqiy madaniyatning o'rni. Fals. fan. nomz. dis... avtoref. - Toshkent, 2006. - 23 b.;

11. Safaeva S. X. Ayollar masalasi: umumijtimoiy va milliy jihatlari. Fals. fan. nomz. dis... avtoref. - Toshkent, 2002. - 20 b.;

12. Sultonova E. Ayol davlatning rivojlanish strategiyasida. Siyos. fan. dok. dis... avtoref. -Toshkent, 2005. - 34 b.;

13. Shoyimova S.A. Tadbirkor o'zbek ayollari shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyati. Psix. fan. nomz. dis... avtoref. - Toshkent, 2009. - 24 b.;

14. Egamberdiev E. O'zbekiston Respublikasi ma'naviy hayotida ayollar faolligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari. Ped. fan. dok. dis... avtoref. - Toshkent, 2005. - 38 b.

15. Parkinson T. Aksiologicheskaya traktovka aktivnosti jenshin. -M.: Yurist. 2012. — 46-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.